O’zbekistonda Start-up loyihalari qanday rivojlanmoqda?




Download 2,21 Mb.
bet50/79
Sana15.12.2023
Hajmi2,21 Mb.
#119547
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
Bog'liq
Biznesni tashkil etish va yuritish

O’zbekistonda Start-up loyihalari qanday rivojlanmoqda?


  • Start-up loyihalari

  • O’zbekistonda Start-up so’rovining asosiy natijalari:


    U-Report O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda so’rov o’tkazishdi. Maqsad - yoshlarning Start-up (startap) loyihalari haqidagi tushunchalarini o’rganish, qaysi sohada o'zlarining Start-up loyihalarini rivojlantirishni xohlashlari va startap-loyihalar mamlakatdagi innovatsiyalar va iqtisodiyotning rivojlanishiga ta'siri haqidagi fikrlarini o’rganish.
    So'rov natijalari Innovatsiya vazirligiga Start-up harakatlarini va intellektual mulk bozorini rivojlantirish, yoshlarning o'z g'oyalarini bozorda targ'ib qilishda hayotiy pozitsiyalarini yaxshilash uchun zarur.
    So‘rovda mamlakat bo‘ylab 8800 dan ortiq respondentlar qatnashdi.
    START-UP LOYIHALARI HAQIDAGI SO’ROVNING ASOSIY NATIJALARI:

    1. Respondentlarning 68%i startap loyihalari to'g'risida aniq tasavvurga ega emaslar, ularning 22%i javob berishga qiynalayotganliklarini aytishdi, qolganlari esa startap mezonlariga javob bermaydigan turli xil variantlarni tanladi.

    2. Respondentlarning deyarli yarmi (48%) O'zbekistonda juda kam bo'lsa-da, muvaffaqiyatli startap loyihalari mavjud deb hisoblashadi.

    3. Respondentlarning 81%i o'z startaplarini ochishni xohlashadi (ularning 23%i nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun buni amalga oshirolmagan).

    4. Respondentlarning deyarli yarmi (jinsidan qat'iy nazar o'rtacha 48%i) O'zbekistonda startap loyihalarini yaratish uchun faqat qisman sharoitlar yaratilgan deb hisoblashadi.

    5. Respondentlarning fikriga ko'ra, O'zbekistonda startaplarning rivojlanishidagi asosiy to'siqlar quyidagilar: (1) startap nima ekanligini bilmaslik (24%), (2) qog'oz byurokratiyasining ko'pligi (22%) va (3) mamlakatda startaplarni yuritish va rivojlantirish bo'yicha yoshlarda bilim va/yoki ko’nikmalar yetishmasligi.

    6. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun quyidagi uchta asosiy yo'nalishda startap loyihalarini amalga oshirish zarur: ta'lim (35%), IT / telekommunikatsiyalar (24%) va sog'liqni saqlash (7%).

    7. U-Reportyorlarning fikricha, mamlakatda muvaffaqiyatli startap loyihalarini ko'paytirish uchun moliyaviy yordam (24%), ta'lim tizimini takomillashtirish (19%) va startaplar bo'yicha o'quv kurslarini tashkil qilish (18%) kerak.

    8. U-Reportyorlarning aksariyati (68%) "Biznes / tadbirkorlik asoslari" fanini maktablar / universitetlarning o'quv dasturlariga kiritish kerak deb hisoblashadi.

     

    Download 2,21 Mb.
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda Start-up loyihalari qanday rivojlanmoqda?

    Download 2,21 Mb.