Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish




Download 2,21 Mb.
bet49/79
Sana15.12.2023
Hajmi2,21 Mb.
#119547
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Bog'liq
Biznesni tashkil etish va yuritish

2. Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish 

 Marketing tadqiqotlar-bu tovar va xizmatlarni ayriboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog`liq barcha ma`lumoti va muammolarning maqsadli to`plamini tahlil qilishdir. 
Marketing tadqiqotlari muayyan tovar bozorining mavjudligi va uni egallash hamda mustahkamlanib qolish kabi savollarga ko`proq amaliy javob beradi.(A. Xosking). Marketing tadqiqotini o`tkazish quyidagi turtibda amalga oshiriladi: 
-masalaning qo`yilishi va firma oldida turgan muammolarni aniqlash; 
-tadqiqot maqsadlarini aniqlash va xarajatlarning qiymatini baholash; 
- axborot to`plash va uni turkumlash; 
-dastlab berilgan, so`ng hisoblanganlarni tahlil qilish; 
-tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 
Marketing tadqiqotlarining asosiy yo`nalishlari-bozorni o`rganish va marketing majmuasining asosiy elementlarini, tovarni, tovar narxini, tovar xarajatini va sotishni rag`batlantirish natijalarini tahlil qilish. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborot tadbirkorlar uchun xo`jalik strategiyasini ishlab chiqshda va amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing tadqiqotlari o`tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiklovchi haqikat shuki, keyingi 10- 15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma`lumotlarga ko`ra 50 foizdan ko`p amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o`z kuchlari bilan olib boradilar. Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Hozir marketing tadqiqotlari bilan juda ko`p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shugullanmokda. Masalan, G`arbiy Germaniyada 120 dan ko`proq 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo`lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday 
muassasalar 100, Angliyada 200, AQSh da 800 dan ko`proq bo`lib, bir yilda 1 milliard dollar atrofida mablag` aylantiradi. 
Marketing tadqiqotlariga bunday qizikishning asl ma`nosi - bozorda raqobat shaklining o`zgarib borishi va aholi talabiga fan-texnika yutuklarning katta ta`sir o`tkazishidir. “Baholar urushi” deb atalgan 30- 60-yillardagi raqobat uslublari o`rnini mahsulotning tayyorlanish sifati, assortimentining tez o`zgarishi, sotishdan keyingi servis va texnika xizmat ko`rsatishlar egallamoqda. 
Bozorni segmentlarga ajratish - uning iste`molchilarini maxsus guruhlash demakdir. 
Marketing amaliyotida bozorni segmentlarga bo`lishda uch xil yondashish ishlab chikilgan. Birinchi-ommaviy bozor. Korxona unga kirishda, keng xaridorlar ommasiga qaratilgan bir xil marketing dasturlariga ega bo`ladi. 
Ikkinchidan-segmentlashgan bozor. Korxona unda, asosiy e`tiborini alohida belgilariga ega bo`lgan bir xil segmentlarga qaratadi. Ana shu segment uchun maxsus dastur ishlatiladi. 
Uchinchi- ko`pchilik ko`rsatkichlari bilan tabaqalashgan bozor. Bunda o`z xususiyatlari bilan farqlanadigan bir yoki ikki xil segmentga alohida ishlab chiqiladi. Bozor segmentlari doimiy emas. Har doim korxona o`zining imkonyatlari va maqsadlariga mos holda bozorni quyidagi segmentlarga bo`lish mumkin. Masalan, iste`mol tovarlari bozorida quyidagi segmentlar mavjud: 
-xaridorlar segmentlari (iste`molchilar, ularning talablari, hatti-harakatlari va boshqa belgilar); 
-tovarlar segmentlari (ommaviy va arzon, qiymat va maxsus kundalik, yangi va xokazo); -savdo segmentlari (tovar harakati, sotish usullari va boshqalar); 
- geografik segmentlar (iqtisodiy rivojlanish daradjasi bo`yicha tuman, shahar, viloyatlar) aholi soniga va joylashishiga qarab bo`linadi. 
Amaliyotda albatta bozorni yuqoridagi va boshqa belgilariga qarab segmentlanadi. 
Ammo, hamma vaktda, segmentlar orasida tafovut ajralib turishi, aksincha xaridorlarda esa o`xshashlik bo`lishi shart. Korxona o`zi tanlagan segmentlari xususiyatlarini va talablarini o`lchay olishi va ularga chiqish yo`llarini egallashi lozim. Segmentlar keraklicha keng hajmli va kelajagi porloq bo`lishi kerak. 
Iste`molchilar sifatida, bozorda ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari katnashishlari mumkin. Iste`molchilarning asosiylari-tovarlar va xizmatlarning shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini kondirish uchun xarid qiluvchi kishilardir. 
Marketingda tadqiqotlar o`tkazish va segmentlashning asosiy maqsadi ana shu iste`molchilarning bozordagi hatti-harakatlarini chuqur o`rganib, ularning obrazini (modelini) yaratish va kelajakdagi ehtiyoj (talab) larini tasavvur qilishdan iborat. 
Marketing kontseptsiyasi (tamoyili) ga asosan, har kanday korxona, bozorda muvaffakayatga erishish uchun eng avvalo ista`molchilar tilak-istaklarini nazarda tutish kerak. 
Bu esa iste`mol jarayonini, aholi ehtiyoji va talabini bilish va ularga mos tushadigan tovarlar va xizmatlar taklif etishini taqozo qiladi. 
Marketing nazariyasi va amaliyoti iste`molchilar talablarini o`rganishda, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko`ra (daromad, yashash joyi va sharoiti, oila tarkibi, jinsi, yoshi, mashguloti va boshqalar) darajalab turlarga bo`lish uslubini ishlab chiqqan. 
Shu bilan birga iste`molchilar xatti-harakatini psixografika asosida tahlil qilinishi (qiziqishlari-xobbi, yangiliklarga progressiv va konservativ qarashlari, hayotiy mujizalar to`g`risidagi fikrlari va boshqalar) orqali, ularni emperik turlarga ajratish keng rivojlanmoqda. Natijada iste`molchilar, ijtimoiy- iqtisodiy va demografik o`xshashlariga qarab “Modani quruvchilar”, “dasturchilar”, “nafosatshunoslar”, “texnikasevarlar” va boshqalarga bo`linadi. 
Bozorlarni segmentlashda uslubiy va axborot to`plash hamda turlarga bo`lish asosi bo`lib PANeLLI o`rganish hisoblanadi. Iste`molchilar panelli- oldindan tayyorlangan dastur 
asosida doimo ko`zatib boriladigan tanlama iste`molchilar guruhi (oilalar) yoki qishloq, mahalla, ovul, tuman va shahar bo`lishi mumkin. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlkatlarda iste`molchilarning madaniy saviyasi yuqorilashib borgan sari, ularning o`z huquqlarini bozorda himoya qilishlari uchun kurash ham kuchayib bormokda. “Kons`merizm”- deb ataluvchi ana shunday ittifoqlar 60- yillarda vujudga keldi. 
Ular bozorda paydo bo`lib qolayotgan, tekshirilmagan dorilar, sabzavot, poliz ekinlari va hokazolarga karshi kurashmokdalar. Hozir iste`molchilar huquqini himoyalash ko`rashi keng rivojlangan. Ularning talablari bilan iste`molchilarga atalgan jurnallar, reklama, maslahatlar, tovarlarni ekspertiza qilish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchilarni javobgar qilishgacha bo`lgan tadbirlar amalga oshirilmokda. 
Ana shu harakat katnashchilari talabi va ta`siri natijasida 1985 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Assambleyasi “Iste`molchilarni himoya qilishga oid quyidagi raxbarlik talablarini” ishlab chikdilar: 
zararli tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga milliy va xalqaro mikiyosda qarshi kurashishda mamlakatlarga yordam berish; 
iste`molchilarga bozorda past narxlar bilan ko`p miqdorda tovar taklif etish 
sharoitlari yaratilishini rag`batlantirish; 
tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar orasida iste`molchilarga yuqori darajada 
estetik (nafosatli) munosabatda bo`luvchilarni alohida siylash. 
Bu talablar iste`molchilar salomatligini vva havfsizligini himoya qilishga qaratilgan. Hozir istemolchilar Ittifoqining xalqaro tashkiloti mavjud. Unga 70 davlat a`zo bo`lgan. O`zbekistonda ham iste`molchilar huquqini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo`yildi.
Marketing tashkil etish deganda uning vazifalarini bajaruvchi tarkibiy bo`linmalarining tuzilishi va ularning o`zaro mas`uliyatlarini hamda bog`liqliklarini ifodalovchi tizimni yaratish tushuniladi. Bunday tizim oddiy firmadan tortib bozorda ishtirok etayotgan barcha sub`ektlar, davlat yoki nodavlat, tijorat yoki notijorat, tuman, shahar, viloyat va respublika mikesida faoliyat ko`rsatayotgan muassasa va tashkilotlarda tuzilgan marketing xizmatlarini o`z ichiga oladi.
Marketing xizmati vazifalari uning o`ziga xos tamoyillari asosida kelib chiqadi. Bunga 
quyidagilar kiradi: korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to`plash va tahlil qilish, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish savdo va xo`jalik faoliyatini reklama qilish, moliyaviy va boshqa jihatlari bo`yicha manfaatlarga mos karor qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash; talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish.

8-mavzu:“Start-up” loyihalarining mazmuni, tayyorlash jarayoni. “Start-up” loyihalarining muvaffaqiyatga erishish shartlari.


Xorijiy mamlakatlar va O’zbekistondagi muvaffaqiyatli “start-up” loyihalari tajribalari.
Reja:

  1. Download 2,21 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Download 2,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozorni kompleks o`rganish va marketing izlanishlarini tashkil etish

Download 2,21 Mb.