|
Biznesni tashkil etish va boshqarish fanidan
|
bet | 48/79 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #119547 |
Bog'liq Biznesni tashkil etish va yuritishMarketing quyidagi printsiplar asosida rejalashtiriladi:
Milliylik printsipi: marketing biznes-rejalari, avvalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy rahbarlikni xo`jalik rahbarligidan ajratib bo`lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu printsip xo`jalik vazifalarini hal etishda printsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishni talab qiladi. Milliylik printsipi marketingda, mahalliychilik, millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo`l qo`ymaydi.
Yetakchi bo`g`in printsipi. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim xo`jalik vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib borishi va respublika iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o`sha vazifalarning bajarilishiga bog`liqdir. Bu vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo`lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o`tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozorni, eng avvalo, iste`mol buyumlari bilan to`yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko`plab chet el investitsiyalarni jalb qilishga yo`naltirmog`i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo`nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez sur`atlar bilan o`stirishga qaratilishi ko`zda tutilmoqda. Marketing biznes-rejalarida ana shu etakchi bo`g`inlarni birinchi navbatda ta`min etishni ko`zda to`tishlari zarur.
Ilmiy-texnika jihatdan asoslanganlik printsipi. Bu - fan va texnika yutuqlarini hisobga olish demakdir. Bu printsip ob`ektiv iqtisodiy qonunlarni bilishni, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlarni hisobga ola bilishni taqozo qiladi. Marketing biznes-rejalari real bo`lishni, texnika yangiliklari, progressiv normalar qo`llashni talab qiladi. Marketing biznes-rejalari hozirgi davrning iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Marketing biznes-rejalarining ilmiy asoslanganligi ko`p jihatdan ularning iqtisodiy-matematik modellar va usullar hamda komp`yuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bog`liqdir. Marketingni biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd qilingan printsiplardan tashqari demokratik tsentralizm va boshqa printsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznes-rejasining muhim va ajralmas tarkibiy qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar tomonidan va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va bo`g`inlarida tuziladi.
Marketing biznes-rejalari taqsim qilinadigan mahsulot nomenklaturasining amal qilish muddatlari, ko`lami va rejalashtirish davriga qarab bir qancha turga bo`linadi. Amal qilish davriga qarab, ular perspektiv va joriy rejalarga, joriy rejalar o`z navbatida yillik, chorak va oylik rejalarga bo`linadi. Amal qilish ko`lamiga qarab, marketing rejalari: respublika, tarmoq, korxona va sof marketing korxonasi biznes-rejalariga bo`linishi mumkin. Perspektiv marketing biznes-rejalari, o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular faqat ayrim ko`rsatkichlar bo`yichagina tuziladi. Bunda uzoq muddatga mo`ljallangan tovarlar, resurslarning muhim turlari bo`yicha sarflash normalari va ularga bo`lgan ehtiyoj butunicha taxminiy tarzda korxonalarda va tashkilotlarda hisoblab chiqiladi. Respublika, rayon va ayrim xo`jaliklar bo`yicha, muhim tovarlar bo`yicha moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar perspektiv rejalarni ishlab chiqish maqsadida tuzilib, bu rejalar moddiy resurslar bilan asoslanadi.
Yillik marketing biznes-rejalari joriy rejaning bir qismi bo`lib, ularda tovarga bo`lgan ehtiyoj va bu ehtiyojni qoplash manbalari kelgusi yil uchun aniqlanadi. Bu rejada jismoniy shaxslar, asosiy va yordamchi xo`jaliklarning, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarning ham ehtiyojlari ko`rsatiladi. Chorak va oylik marketing rejalari, yuqorida keltirilgan perspektiv va yillik rejalardan ko`p jihatdan ajralib turadi. Ular faqat quyi marketing tashkilotlari va korxonalarida tuziladi. Bu rejalar tovarlarning ko`rsatilgan nomenklaturasi bo`yicha tuziladi.
Respublika marketing biznes-rejalari tovarlarni ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va import rejalarini tuzishni, marketing byudjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlarni tovarlarini sotishni o`z ichiga oladi. Zavod-fabrika rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, avvalo tovarga bo`lgan ehtiyojning homaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat`iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo`ladi.
Marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyot rejasi va korxonalardagi biznes-rejaning hamma qismlari bilan chambarchas bog`langandir. Masalan, ishlab chiqarish dasturi bilan marketing biznes-rejalari bir-biri bilan, ayniqsa uzviy bog`langandir. Ishlab chiqarish dasturi moddiy resurslarga bo`lgan ehtiyojni belgilab beruvchi boshlang`ich hujjatdir. Ko`pgina korxonalarda ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilayotganida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash rejasi ham ishlab chiqiladi. Bu reja ham marketing rejasida o`z aksini topishi kerak.
Marketing biznes-rejasi yangi texnikani qo`llanish (texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligini oshirish) rejalari bilan ham bog`liq. Yangi texnikani rivojlantirish rejasi marketing biznes-rejasi bilan ikki tomonlama bog`liqdir: birinchidan, yangi texnikani rivojlantirish ishi ma`lum moddiy xarajatlarni talab qiladi; chunonchi tajriba o`tkazish maqsadida yasaladigan namunalarga har xil materiallar ishlatiladi. Bu materiallar marketing biznes-rejasida albatta aks ettiriladi;
ikkinchidan, marketing biznes-rejasi tuzilayotganida texnika taraqqiyotining sarflash
normalariga ta`siri va shu munosabat bilan sotiladigan, talab qilinadigan yoki resurslar miqdori hisobga olinadi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham uzviy bog`langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga va foydaning ko`payishiga ta`sir etadi. Bu hol marketing biznes-rejasida o`z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg`i va hokazolarni tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz.
Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog`liqligi quyidagilardan iborat:
korxonalar ko`pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar ularning moliyaviy rejalarida aks ettiriladi. Aylanma mablag`lar normasi xom-ashyo materiallar va yoqilg`i zapasi normasiga va boshqa normalarga bog`liqdir. Bu normalarning hammasi marketing rejasida o`z aksini topadi.
|
| |