Innovatsion tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni




Download 2,21 Mb.
bet53/79
Sana15.12.2023
Hajmi2,21 Mb.
#119547
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
Biznesni tashkil etish va yuritish

Innovatsion tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni.


  • Tadbirkorlik faoliyatiga innovastion ishlanmalarni joriy etish

    Innovatsion tadbirkorlikni tadbirkorlik faoliyatini yangi imkoniyatlarini kashf qilib, vaqt va mablag‟ tejash orqali ko‟proq daromad keltirish manbai sifatida qarasa bo‟ladi. Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi tadbirkorlik faoliyatining shakli, boshqaruv uslubi, ishlab chiqarishda qo‟llaniladigan yangi texnika-texnologiyalar, ilmiy tadqiqotchi hamda ularning natijalarini mahsulot ishlab chiqarishda qo‟llay oladigan malakali mutaxassislar, yangi mahsulot turi va ularning iste‟molchi talabini qondirish darajasi, innovatsion tadbirkorlikni yaratishdagi mavjud biznes muhiti singari bir qancha omillarga bog‟liq. Innovatsion tadbirkorlik riskning yuqoriligi, ilm-fan yutuqlariga asoslanganligi, ma‟lum yo‟nalishda tadqiqotlar olib borilishi va ularni tadbirkorlik faoliyatida qo‟llashga yo‟naltirilganligi kabi jihatlari bilan klassik tadbirkorlik faoliyatidan ajralib turadi. Innovatsion tadbirkorlik faoliyati aynan shu xususiyatlarga egaligi uchun ham potensial investorlarni o‟ziga jalb qiladi. Xorij tajribasidan shuni ko‟rish mumkinki, yuqori mablag‟ga ega investorlarning ko‟pchilik qismi aynan shu sohaga mablag‟ tikadilar. Chunki, ularning risklilik darajasi qanchalik yuqori bo‟lsa,daromadhamshunchalikkattabo‟ladi. Hozirgikundamamlakatimizdafaol investitsion tadbirkorlik faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida ham kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bunga misol qilib “Innovatsion faoliyatni qo‟llab-quvvatlash to‟g‟risida” gi 13-sentyabr 2018-yil 721-son Vazirlar Mahkamasi qarorini keltirishimiz mumkin. Unga ko‟ra, mamlakatda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida uning tashkiliy shakli bo‟lgan ilmiy texnoparklar barpo etish ko‟zda tutilgan, shuningdek, biznes inkubatorlarning vazifalari, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga imtiyozlar keltirib o‟tilgan.1 Qolaversa, bu to‟g‟risida O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlarni yaratish to‟g‟risida” giqaroriga


    muvofiq innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida innovatsion g‟oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar markazlarini tashkil etish to‟g‟risida qator ko‟rsatmalar ham berilgan.
    Quyidagi grafikda 2017-yilda O‟zbekistondagi innovatsion tashkilotlar va ularyaratganinnovatsiyalarsonikeltiribo‟tilgan.Ungako‟ra,Respublikabo‟yicha 2017-yilda har bir innovatsion faol tashkilot o‟rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qilgan. Jumladan har bir innovatsion faol tashkilotga Andijon, Farg‟ona, Samarqandviloyatlaridao‟rtacha3tadaninnovatsiya,Buxoro,Navoiy,Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida o‟rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog‟iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida o„rtacha 1 tadan innovatsiya joriyqilingan.


    Download 2,21 Mb.
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni

    Download 2,21 Mb.