|
Biznesni tashkil etish va boshqarish fanidan
|
bet | 61/79 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #119547 |
Bog'liq Biznesni tashkil etish va yuritishTO‘G‘RI VA EGRI SOLIQLAR
To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya‘ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
UMUMDAVLAT SOLIQLAR HAMDA MAHALLIY SOLIQLAR VA YIG’IMLAR
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak.
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma yetmasa subventsiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisoblanadi.
Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy xokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos.
|
| |