|
Reja:
Biznes-reja tushunchasi
|
bet | 72/79 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #119547 |
Bog'liq Biznesni tashkil etish va yuritishReja:
Biznes-reja tushunchasi
Firma faoliyatini biznes-reja vositasida rejalashtirish
Biznes-reja va bozor ehtiyoji
Biznes-reja-bu shunday xujjatki, firmaning unda o'z ishini qanday boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi, qanday texnologiyani qo'llashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk) ni kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat kurashida yutib chiqish kabi ko'rsatkichlarning loyihasi o'z aksini topadi.
Beznes-reja korxona (firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga firma taraqqiyotining umumiy kontseptsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini birmuncha batafsil bayon etadi, aniq-tayin chora-tadbirlarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Boshqacha qilib aytganda, biznes-reja tadbirkor uchun go'yo bir ish qurolidir, aniqrog'i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o'z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga:
- o 'sib borishga
- bozorda yangi mavqelarni qo 'Iga kiritishga;
- o'z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga;
-yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga;
-yangi mo'ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini
tanlab olishga yordam beradi;
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib boradi. Biron-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g'oyasini rejasiz amalga oshirib bo'lmasligini xorijiy biznesmenlar allaqachon tushunib etganlar. Bu erda gap awalgi besh yillik rejalarimiz haqida bormayapti. Xorijiy mamlakatlarning "Besh yillik rejalari" butunlay boshqacha usulda tuziladi. Ularni biznes-reja deb yuritishadi.
Agar o'z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlaydigan bo'lsangiz, tez kunlar ichida inqirozga uchrab, sinishingiz turgan gap! Hayron qolmang, chunki jahon amaliyotidan bizga ma'lumki, biznes-reja ishbilarmonning hammasi uchun juda zarur, go'yoki suv bilan havodek.
Nega deganda, biznes-reja-bu shunday narsaki, uning yordamida siz ko'p ishlarni bajarishga qodirsiz. Masalan, siz o'z loyihangizni amalga oshirmoqchi yoki sotmoqchisiz. Buning uchun esa sizga lozim bo'lgan mablag'ni bankdan qarzga olish paytida bankirni o'zingizning biznes-rejangizdan xabardor etishingiz shart.
Bundan tashqari, bu narsa, o'z kelajagini bilishni xohlagan va o'z vazifasini aniq hamda puxta tushunish niyatida yurgan kasbdoshlaringiz, to'g'rirog'i xodimlaringiz uchun ham, eng avvalo yuqorida ta'kidlaganimizdek o'zingiz uchun ham juda keraklidir.
Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo'libgina qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan awal loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo'lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o'rganib chiqishadi. Shundan so'ng ular loyihani ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar. Korxona o'z faoliyatini biznes-rejasiz boshlar ekan, u albatta inqirozga uchrashi muqarrar.
Muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qilishga hamda uning istiqboldagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho berishga yordam beradi. U muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga, shuningdek korxona boshqaruviga aloqador bo'lmagan shaxslarga berish ta'qiqlanadi.
Biznes-reja bozor ehtiyojini inobatga olgan holda firmaning qisqa va uzoq muddatga mo'ljallash, shuningdek zaruriy resurslarni olish maqsadida tuziladi. U tadbirkorga quyidagi vazifalarni bajarishga, ya'ni:
• firma faoliyatidagi aniq yo'nalishni, maqsadli bozorlar va u bozorlarda firmaning
o'rnini aniqlashga;
• firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadini belgilash va ularni amlga oshirish
taktikasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga. Har bir strategiya ijrosini
ta'minlovchi ma'sul, javobgar shaxslarni belgilashga;
• tovar va xizmat turlarini tanlash va iste'molchilarga qilinadigan taklif tarkibini
belgilashga, ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlarni
baholashga;
• firma maqsadini amalga oshirish uchun mavjud kadrlar salohiyatining hamda
mehnat motivatsiyasining talab darajada ekanligini baholashga;
• bozorni o'rganish, reklama, sotishni rag'batlantirish, narx-navo, sotish
shaxobchalari va hokazolar bo'yicha firma marketingi faoliyati tarkibini
aniqlashga;
• firma maqsadini amalga oshirishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslarning
muvafiqligini baholashga;
• biznes-rejanibajarishga xalaqit beruvchi, ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar,
to'g'anoqlarni oldindan ko'ra bilishga yordam beradi.
Biznes-rejani nazarga olmagan tadbirkor kutilmagan noxushliklarga duch kelishi tabiiy. Bu noxushliklar nafaqat tadbirkorning o'ziga, shu bilan birga uning boshlagan yoki yurgizayotgan faoliyatiga qattiq zarba berishi mumkin. Shu sababli vaqtni ayamasdan biznes-rejani tuzishga (uni tuzishga 200 odam-soatgacha vaqt talab qilinadi), so'ngra faoliyatni boshlashga jazm etmoq zarur. Hattoki bozorda o'zgaruvchanlik intensiv bo'lgan hollarda ham uni tuzishdan voz kechmaslik darkor.
Firma faoliyatini biznes-reja vositasida rejalashtirish quyidagi afzalliklarga ega:
• firma rahbarlarini firma istiqboli bilan shug'ullanishga majbur qiladi;
• firma maqsadini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni aniq
muvofiqlashtirishga imkon beradi;
• firma faoliyatini nazorat qilish ko'rsatkichlarini o'rnatishga yordam beradi;
• firma rahbari va ma'sul xodimlar majburiyatlarini yanada aniqroq o'rnatishga,
ularning javobgarligini oshirishga majbur qiladi;
• firmani bozor vaziyatiga har doim tayyorlab boradi.
Qisqasi, biznes-reja tadbirkorga mazkur faoliyat uchun pul sarflash kerakligi, bu sarf daromad olib keladimi, olingan daromad sarflangan xarajatni qoplab firma rentabelligini ta'minlay oladimi degan savollarga javob beradi.
Biznes-reja quyidagi o'ta dolzarb vazifalarni echish uchun ham zarurdir:
• mavjud va yangitdan tashkil topadigan xususiy va aktsiyador firmalarga kredit
olish uchun;
• davlat korxonalarni xususiylashtirish bo'yicha takliflarni asoslash uchun;
• yangi faoliyatni boshlash va firmaning bo'lg'usi yo'nalishni aniqlash uchun;
• chetdan investorlarni jalb qilish uchun;
• qo'shma korxonalarni tashkil qilish uchun;
• buyurtmachi yoki xaridor bilan yirik shartnomani tuzish uchun;
• yangi malakali xodimlarni o'z firmangizga jalb qilish uchun;
• tovaringizni yoki xizmat turlarini chetga chiqarishni asoslash va hokazolar
uchun.
Bu muammolarni echish uchun biznes-reja zarurdir va u awalgi ko'nikkan texnik-iqtisodiy asoslash kabi xujjatning o'rnini bosmog'i darkor.
Biznes-rejani menejer, tadbirkor, firma, firmalar guruhi, konsalting tashkiloti tayyorlashi mumkin. Biznes-rejani tuzish jarayoni tadbirkorlik g'oyasidan boshlanib, olingan foydani uning ishtirokchilariga taqsimlash bilan yakunlanadi.
Biznes-rejani tuzishda rahbarning shaxsan ishtiroki juda zarurdir. Shuning uchun ham ko'pgina xorijiy mamlakatlar banklari va investorlari, agar biznes-rejani boshidan oxirigacha chetdan maslahatchi yollab bajargan va rahbar faqat qo'l qo'yganini bilib qolsalar, bunday biznes-reja loyihasiga mablag' berishdan voz kechadilar.
Bu degani biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar hizmatidan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, investorlar tomonidan ekspert maslahatchilarning xizmatidan biznes-rejani ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi qo'llab-quwatlanadi. Gap bu erda boshqa narsada. Biznes-rejani ishlab chiqishda korxona rahbarining yoki tadbirkorning shaxsan o'zi ishtirok etishi shart.
Firma yangi o'zlashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mo'ljallagan bo'lsa-yu, lekin bularni ishlab chiqarish uchun etarli quwatlarga ega bo'lmasa, u yo yangi quwatlarni yuzaga keltirish uchun sarmoyalarni jalb qilish yo'lidan borishi, yoki ishning bir qismini bajarib beradigan sheriklarni qidirib topish yo'liga kirishi mumkin. Bunday holda biznes-reja sheriklar kapitalini inobatga olgan holda tuziladi.
Biznes-rejani yangi hissadorlar, kreditorlar, biznes sohasidagi sheriklar, mablag' beruvchi xomiylar va chet el investorlarini qidirib topishda hammadan ko'p foydalaniladi. Bunday sharoitda biznes-reja qachon, kim va nima uchun degan savollarga javob olish uchun tuziladi.
Tadbirkor uchun uning biznesi hayot-mamotidir. Bank menejeri yoki chet el investori uchun tayyorlangan bu xujjatlar ular qo'liga kelib tushadigan ko'plab xujjatlarning faqat biridir. Siz bu reja bilan ularni ishontira olishingiz, o'zingizga jalb qila olishingiz va pirovardda uni qo'llab-quvvatlashingizga erisha oolishingiz lozim.
Burring uchun siz tuzgan biznes-reja quyidagi talablarga javob berishi, ya'ni:
• aniqvaravon;
• qisqa va lo'nda;
• mantiqan kuchli asoslangan;
• to'g'ri va ishonchli;
• raqam va faktlar bilan o'z tasdig'ini topgan bo'lishi shart.
19-mavzu:Biznes-rejaning hayotiyligi va muvaffaqiyatliligini ta’minlash.
Biznes-rejani ishlab chiqishdagi muhim jihatlar va yo’l qo’yiladigan kamchiliklar.
Reja:
1. Biznes-rejaning umumiy tuzilishi 2. Sarlavha sahifasi, mazmuni jadvali, maxfiylik memorandumi, biznes-reja xulosasi 3. Tashkilot faoliyati tarixi (sohaning tavsifi) 4. Tashkilotning biznes ob'ekti tavsifi 5. Tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish
1. Biznes-rejaning umumiy tuzilishi
Biznes-rejaning tuzilishi:
1) sarlavha varag'i;
2) izoh;
3) maxfiylik memorandumi;
Keyin uning asosiy bo'limlari.
1) rezyume;
2) tashkilotning biznes tarixi (tarmoq tavsifi);
3) tashkilotning biznes ob'ekti tavsifi;
4) tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish;
5) marketing rejasi;
6) ishlab chiqarish rejasi;
7) tashkiliy reja;
8) moliyaviy reja;
9) xavflarni baholash va sug'urta qilish;
10) ilovalar.
Darhol darhol rejani tuzing, bu biznes-rejaning tuzilishi faqat tavsifiy xarakterga ega va u namunali deb da'vo qilmaydi. Har bir holatda bo'limlar ro'yxati va ularning tarkibi kompaniya faoliyat ko'rsatadigan sharoitlarga qarab to'ldirilishi yoki aniqlanishi mumkin.
Endi biz biznes-reja tuzilmasini va uning bo'limlari tarkibini batafsil o'rganishga o'tamiz.
2. Sarlavha sahifasi, mazmuni jadvali, maxfiylik memorandumi, biznes-reja xulosasi
Biznes-reja bilan boshlanadi sarlavha sahifasiodatda ko'rsatiladi:
1) loyihaning nomi;
4) muassislarning nomi va manzili;
5) biznes-rejani va undan foydalanuvchilarni tayinlash.
Sarlavha sahifasi odatda mos keladi maxfiylik memorandumi. Rejadagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik va undan faqat loyihani taqdim etgan kompaniya manfaatlarida foydalanish to'g'risida barcha odamlarni ogohlantirish maqsadida tuzilgan.
Sarlavha sahifasida, agar uni amalga oshirishga sarmoya kiritishga sabab bo'lmasa, muallifga biznes-rejaga qaytish talabi ham bo'lishi mumkin.
Sarlavha sahifasidan keyin quyidagilar tarkibi jadvali - ma'lum bir loyihaning xususiyatlariga muvofiq eng muhim fikrlarni ta'kidlab sahifalarni ko'rsatib, reja bo'limlarining tahlili.
Biznes-rejada quyidagilar bo'lishi mumkin izoh, unda biznes-rejaning maqsadi va asosiy qoidalari qisqacha tavsifi berilgan (0,5 - 2 bet). Xulosa quyida ko'rsatilgan ketma-ketlikda joylashtirilishi mumkin.
1. Korxona.
3. Telefon, faks.
4. Korxona rahbari.
5. Taklif qilinayotgan loyihaning mohiyati va amalga oshirish joyi.
6. Loyihaning natijasi.
7. Kerakli moliyaviy manbalar.
8. Loyihani to'lash muddati.
9. Kutilayotgan o'rtacha yillik foyda.
10. Investorning taklif etilayotgan shakli va taqdiri shartlari.
11. Investitsiyalarning qaytarilishi bo'yicha mumkin bo'lgan kafolatlar.
Ichida kirish biznes-rejani tuzish vazifasi va unga murojaat qilingan odamlar doirasi ko'rsatilgan.
Xulosa (biznes kontseptsiyasi) - taklif etilayotgan rejaning asosiy qoidalarining qisqacha mazmuni, ya'ni rejalashtirilgan biznes va kompaniya yoki tadbirkor o'z oldiga qo'ygan, o'z biznesini boshlagan yoki mavjudini rivojlantirgan maqsadlari to'g'risida ma'lumot.
Kontseptsiya biznes-rejaning barcha bo'limlarini yozgandan so'ng tuziladi, chunki uning barcha bo'limlarining eng asosiylarini o'z ichiga oladi.
Xulosa biznes imkoniyatlari, ularning jozibadorligi, korxona va mintaqa uchun ahamiyati, zarur moliyaviy resurslar (o'z mablag'lari yoki qarzga olingan mablag'lar), qarz mablag'larini qaytarishning mumkin bo'lgan muddati, kutilayotgan foyda va uni taqsimlash, investitsiya sharoitlarini ko'rsatadi. Rezyumeda taklif qilinayotgan biznesning asosiy maqsadi va ishlab chiqilayotgan biznes-rejaning maqsadi bo'lishi kerak.
Biznes-rejaning asosiy maqsadi (vazifalari) ni ta'kidlashdan tashqari, u kimga mo'ljallanganligi ko'rsatiladi: potentsial investor yoki kreditor, potentsial biznes sheriklari yoki aktsiyadorlari, ta'sischilar, korxona rahbariyati yoki tadbirkorning o'zi (o'zini o'zi tashkil etish vositasi sifatida), davlat yoki shahar hokimiyati ( qo'llab-quvvatlash uchun).
Shunday qilib, xulosa quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
1) loyihaning g'oyalari, maqsadlari va mohiyati;
2) taklif etilayotgan tovarlarning (xizmatlarning, ishlarning) xususiyatlari va ularning raqobatchilarning o'xshash mahsulotlariga nisbatan ustunliklari;
3) maqsadlarga erishish strategiyasi va taktikasi;
4) xodimlar va ayniqsa rahbar xodimlarning malakasi;
5) talab prognozi, tovarlarni (xizmatlarni, ishlarni) sotish hajmi va kelgusi davrda (oy, chorak, yil va boshqalar) daromad miqdori;
6) ishlab chiqarishning rejalashtirilgan tannarxi va moliyalashtirishga ehtiyoj;
7) kutilayotgan sof foyda, rentabellik darajasi va xarajatlarni qoplash muddati;
8) muvaffaqiyatning asosiy omillari (harakatlar va harakatlar usullarining tavsifi).
3. Tashkilot faoliyati tarixi (sohaning tavsifi)
Ushbu bo'limda kompaniya va uning faoliyat sohasi haqida asosiy ma'lumotlar mavjud. Bu erda taklif qilingan biznes g'oyalarining paydo bo'lishiga ta'sir ko'rsatadigan asosiy voqealar, shuningdek hozirgi vaqtda tashkilot oldida turgan asosiy muammolar aks ettirilgan. Korxonaning bozordagi haqiqiy holati baholanadi, kelajakda uning rivojlanish yo'nalishlari ko'rsatilgan. Uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan korxona o'zining biznes faoliyati haqida qisqacha ma'lumot beradi. Taklif qilinadigan biznes turi ko'rsatilgan. Kompaniya bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan yoki allaqachon shug'ullanmoqchi bo'lgan faoliyat turlari keltirilgan.
Bo'limda korxona joylashgan joyning ijobiy va salbiy tomonlari tavsiflanadi. Korxona faoliyatiga ta'sir qiluvchi yoki ta'sir etuvchi (ma'lum sharoitlarda) asosiy omillar ko'rib chiqiladi. Ushbu bo'limda shuningdek sohaning umumiy tavsifi berilgan.
Bo'lim korxonaning maqsadi va maqsadlarini shakllantirish va biznes strategiyasini aniqlash bilan yakunlanadi.
4. Tashkilotning biznes ob'ekti tavsifi
Biznes-reja "Tashkilotning biznes ob'ekti tavsifi" ("Xizmatlar va mahsulotlar tavsiflari") qismida iste'molchilar nuqtai nazaridan korxona mahsulotlari tavsifi berilgan. Buning uchun quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:
1) tovarlar qondiradigan ehtiyojlar;
2) sifat ko'rsatkichlari;
3) iqtisodiy ko'rsatkichlar;
4) tashqi dizayn;
5) boshqa shunga o'xshash mahsulotlar bilan taqqoslash;
6) patent himoyasi;
7) eksport ko'rsatkichlari va uning imkoniyatlari;
8) mahsulotni ishlab chiqarishning asosiy yo'nalishlari;
9) muvaffaqiyatning mumkin bo'lgan asosiy omillari.
Tovarlarning asosiy maqsadi kompaniya mijozlarining ehtiyojlarini qondirishdir. Biznes-reja tovarlarning ko'lamini, funktsional xususiyatlarining ro'yxatini, jozibadorlik omillarini aks ettiradi. Mahsulotning jozibadorligi omillari qiymat, xarid qilish imkoniyati, narx, sifat, atrof-muhitga zarar etkazish, imidj, tovar, shakli, qadoqlash, xizmat muddati va boshqalar.
Mahsulotning xususiyatlari uning sifat ko'rsatkichlari bilan bog'liq - chidamlilik, ishonchlilik, foydalanish va ta'mirlashning soddaligi va xavfsizligi va boshqalar. Ba'zi sifat ko'rsatkichlarini hisoblash mumkin, biznes-rejada tegishli ma'lumotlar keltirilgan. Sanoat mahsulotlari sertifikatlarining mavjudligi.
Raqobatchilarning mahsulotidan yangi yoki mavjud bo'lgan mahsulot o'rtasidagi farq shakllanadi. Korxonaning patent huquqlari, foydali modellarga berilgan patentlar va savdo markalari tavsiflangan. Litsenziyalar va nou-xau ko'rsatilgan. Mahsulotlarni eksport qilish imkoniyati ko'rsatilgan. Agar mahsulotlar tashqi bozorga etkazib berilsa, unda eksportni tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar keltirilgan (mamlakat, sotish hajmi, valyuta tushumlari).
Yangi mahsulot uchun biznes-reja mahsulotning yangilik talablariga javob berishini ko'rsatadi. Ushbu atama quyidagi mahsulotlarni anglatadi:
1) bozorda o'xshash bo'lmagan tovarlar;
2) o'xshash tovarlarga nisbatan sezilarli darajada yaxshilangan tovarlar;
3) bozorda allaqachon paydo bo'lgan, keyinchalik uning xususiyatlari tubdan o'zgarishi uchun yaxshilangan mahsulot;
4) bozorning yangilik tovarlari, ya'ni faqat ushbu bozor uchun yangi bo'lgan tovarlar;
5) yangi qamrovni topgan eski mahsulot.
Biznes-rejaning ushbu bo'limining roli potentsial investorga mahsulotning yangi noyob xususiyatlarini taqdim etish va xaridorlarning qiziqishini uyg'otishi mumkinligini isbotlashdan iborat.
5. Tashkilotning ishbilarmonlik muhitini tahlil qilish
Ushbu bo'lim, qoida tariqasida, bozorni o'rganish va tahlil qilish, ulardagi raqobat va hokazolarga bag'ishlangan. Bozor tadqiqotlari birinchi navbatda mahsulot, xizmatlarning bugungi iste'molchilarini aniqlash va potentsialini aniqlashga qaratilgan. Iste'molchini sotib olishda qaysi yo'nalishga yo'naltirilganligi aniqlanadi - sifat, narx, etkazib berish vaqti va aniqligi, etkazib berishning ishonchliligi, sotishdan keyingi xizmat va boshqalar.
Bozor tadqiqotlari doirasida bozor segmentatsiyasi amalga oshiriladi, korxona mahsulotlari uchun bozorlarning hajmi va hajmi aniqlanadi. Bozor segmentatsiyasi deganda, bozorning tovarlarga (xizmatlarga) bo'lgan talab xususiyatlarida, ya'ni iste'molchilarni motivatsiya va boshqa xususiyatlar bo'yicha bir-biridan farq qiladigan alohida qismlari (segmentlari) ajratilishi tushuniladi. Bozor hajmi - korxona tovarlari (xizmatlari) sotiladigan hudud.
|
| |