Muhsin Qodirov – teatrshunos olim. Ijodkorning teatr san’atiga oid qo‘llanmalari




Download 75,43 Kb.
bet3/7
Sana24.05.2024
Hajmi75,43 Kb.
#251987
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhsin Qodirov

1.1. Muhsin Qodirov – teatrshunos olim. Ijodkorning teatr san’atiga oid qo‘llanmalari.
Qodirov Muhsin Xalilovich (1932.10.3, Shahrisabz) — teatrshunos olim. 1978-yildan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni sohibi. 1976-yildan San’atshunoslik doktori, 1980-yildan professor hisoblanadi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan 1955-yili tamomlagan. Qashqadaryo viloyat madaniyat boshqarmasida katta mutaxassis (1955— 57). Toshkentdagi San’atshunoslik institutida ilmiy xodim (1957-58), katta ilmiy xolim (1961-64, 1966-76), ilmiy kotib (1964-66), 1976 yildan bo’lim mudiri. 1962 yildan san’at institutida dars beradi (1996-98 yillar institut rektori). Ilmiy faoliyati o’zbek xalqi tomosha san’atlari (an’anaviy teatr, raqs, tsirk, maydon tomoshalari va bayramlar)ni o’rganishga bag‘ishlangan. Qodirovning “O‘zbek xalq og‘zaki dramasi” (1963), “Masxaraboz va qiziqchilar san’ati” (1971), “Xalq qo’g’irchoq teatri” (1972), “O‘zbek teatri an’analari” (1976), “O‘zbek xalq tomosha san’ati” (1981), “Navoiy va sahna san’ati” (2000) kabi kitoblari alohida qimmatga ega. Qodirov “Tanbur nolasi” (Farg‘ona teatrida qo‘yilgan), “Sehrli uzuk” (rus yosh tomoshabinlar teatrida, Kattaqo‘rg‘on, Qashqadaryo, Surxondaryo teatrlarida qo‘yilgan), “Kenja qiz”, “Sirli nay” (Respublika qo‘g‘irchoq teatrida), “Baxt qushi” (Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan), “Susanbil” (Xorazm qo‘g‘irchoq teatrida qo‘yilgan), “Samar va qand qissasi” (Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan) kabi pyesalar yozgan. 2003-yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
Atoqli olim, respublikada ananaviy o‘zbek san’ati bo‘yicha yirik mutaxassis. U san’atshunoslikda tarixiy, etnografik va adabiy asarlar asosida san’at tarixini tiklashdan iborat ilmiy yo‘nalishga asos solgan. Respublika teatrshunoslik fanining shakllanishi va taraqqiyotida, sahna ijodkorlari, yosh olim va pedagoklarini tarbiyalab yetishtirishda Muhsin Qodirovning hissasi katta. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 15 kishi fan nomzodi, 9 kishi fan doktori ilmiy darajasiga muyassar bo‘lgan. San’atshunoslik fanlari doktori, professor M.X.Qodirov 1978-yildan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1997-yildan Tabiat va jamiyat Xalqaro fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi, 2003-yildan “El-yurt hurmati” ordeni sovrindori hisoblanadi. U 1958-1970 yillar orasida maxsus uyushtirilgan folklor ekspiditsiyalari va ilmiy safarlar davrida butun O‘zbekistonni aylanib va ba’zi qo‘shni mamlakatlarda bo‘lib, 300 ga yaqin malakali xalq aktyorlari-qiziqchi, masxaraboz va qo‘g‘irchoqbozlarning nomlarini aniqlab, faoliyatini o‘rganib, hayot bo‘lganlaridan 200 dan ziyod tomosha matnlarini yozib olgan, biroq ular shu paytgacha nashr qilinmagan. Ammo yozuvchining “Ananaviy teatr dramaturgiyasi” kitobida mana shu an’anaviy teatr, xalq sirki ustalari va ayol ijrochilaridan muallif tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan 85 ta tanqid, muqallid, kulgu-hikoyalar jamlanadi. Matnlar 6 qismga bo‘lib joylashtiriladi, izohlar bilan taminlanadi. So‘zboshi o‘rnida berilgan “Og‘zaki dramaturgiya” qismida o‘zbek ananaviy teatri dramaturgiyasining kelib chiqishi haqida fikr yuritiladi. Ba’zi namunalarning tahlili asosida janrlari va turlariga ta’rif beriladi. Shuningdek og‘zaki ijod bo‘lmish ushbu san’at namunalarini aniqlash va yozib olish tarixi qayd etilgan. To‘plam xalq madaniyati tarixida ilk marotaba og‘zaki dramaturgiya namunalarini konkret va keng yoritishi bilan qimmatlidir. Ushbu qo‘llanmadagi materiallar faqat san’atshunos, folklorshunos va etnograflarni qiziqtiribgina qolmasdan, balki xalq ijodiyoti bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar dramaturglar, sahna ustalari, san’at va madaniyat o‘quv yurtlari, pedagoglari, talabalari uchun ham foydalidir. Adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida teatr san'ati haqida to‘xtalar ekanman, shu o‘rinda ta’kidlash joizki, teatrni inson sifatida oladigan bo‘lsak uning yuragi dramaturgiyadir. Dramaturgiya deganda, biz faqat muallifi ma'lum bo'lgan yozma pesalarnigina tushinib kelganmiz. Xolbuki O‘zbekistonda shahar madaniyati bilan bog‘liq holda to‘rt ming yildan buyon yashab kelayotgan teatr mavjud bo‘lib, o‘ziga xos dramaturgiyaga tayanib faoliyat ko‘rsatgan. O‘zbek teatrshunosligida u an’anaviy teatr deb ataladi. An’anaviy teatr dramaturgiyasi ko‘pincha og‘zaki shakllarda nomoyon bo‘lib kelgan. Shu bois o‘zbek dramaturgiyasining yoshini XX asr bilangina o‘lchash to‘g‘ri emas. Izzat Sulton o‘zining “Adabiyot nazariyasi” nomli darsligida B.G.Belinskiy fikriga tayangan holda “faqat XX asrda, oktyabr revolyusiyasining arafasida o‘zbeklar millat sifatida o‘zbeklar millat sifatida shakllana boshlab, jamoatchilikka yot”likdan xalos bo‘lganlaridagina o‘zbek adabiyotida ilk dramatik asarlar paydo bo‘ladi”, deb yozadiki biz bu faktlarga qo‘shila olmaymiz. Zero, Belenskiyning: “Xalq bo‘lib emas, balki qabila bo‘lib, cho‘llarda tarqoq holda yashagan, jamoatchilikka yot bo‘lgan arablarda faqat lirika yoki lirik -epik poeziya mavjud edi, lekin dramatik poeziya ularda hech vaqt bo‘lgan emas va bo‘lishi ham mumkin emasdi”, degan to‘g‘ri xulosasini o‘zbek madaniyatiga to‘la tadbiq etib bo‘lmaydi. Chunki o‘zbek millati tarkibini asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan uyishib, o‘rtoq bo‘lib yashagan. Madaniyatli xalqlar va elatlar tashkil etgan. To‘g‘ri chorva bilan kun ko‘rgan yarim ko‘chmanchi o‘zbek qabilalari ham bo‘lgan, biroq ular ham shahar madaniyati ta’siri ostida yashab kelishgan. Shuningdek, ularning o‘z dostonchiligi, maydon tomoshalari, aytishuvlari, o‘yinlari bilan umumxalq madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelganligini ham inkor etib bo‘lmaydi.
An’anaviy teatr tomoshalari qadim-qadimdan bor ekan dramaturgiya bo‘lishi turgan gap. Zeroki, dramaturgiya teatr bilan birga tug‘iladi. Uning badiiy negizini tashkil etadi. An’anaviy teatr tomoshalarida bazan turli vositalar uyg‘unlashadi. Qo'g'irchoqbozlarning cholg'u kuylari, qo'shiqlari va usullar bilan yo'g'rilgan o'ziga xos musiqali komediyalari bunga misol bo'lishi mumkin. Chunki ularda turli san'at vositalari bir biriga shu qadar bog'lanib, chatishib ketadiki, natijada yangi bir yaxlit badiiy asar maydonga keladi. Masxaraboz va qiziqchilar san'atida ham bunday tomoshalar oz emas. Ammo ularning fa'oliyatlarida so'z, musiqa, raqs, sirk unsirlari yonma yon keluvchi tomoshalar ham ko'p uchraganki, bu sinkretiklik ba'zan qoloqlik nishonasi sifatida talqin etiladiki, bunga qo'shilish qiyin. “Bu badiiy-obrazli idrokning o'ziga xos sinkretikligi idrokning rivojlanmaganligi bilan emas, -deb yozadi B.E.Gusev, -balki idrok predmetining tabiati bilan belgilanadi, ya'ni xalq ommasi o‘z san’ati yig'indisi bilan belgilanadi, ya’ni xalq ommasi o‘z san’ati yig‘indisi bilan estetik tabiatining butun qirralari va murakkabligi bilan birga estetik bir butun, yaxlit tasavvur qiladi”. An’anaviy teatr tomoshalari qo‘llanmasi ko‘p epezodli bo'lib, voqealari turli joylarda o‘tsada, tanafuslar bilan ko'rsatilmagan. Shunga qaramasdan ayrim pesalarni mazmunidan kelib chiqqan xolda ko'rinishlarga bo'lib yozish ma'qul topilgan. Yozuvchimizning “O'zbek teatri tarixi” qo‘llanmasida esa o‘zbek an’anaviy teatrining XVIII-XX asrlardagi faoliyati, usta-shogird masalalari mudassal yoritiladi. Darslik san’at, madaniyat, ma'rifat oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Ayni vaqtda u teatr san'ati ijodkorlari, dramaturglar uchun ham qimmatli manadir. O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida, jumladan ma'naviyat va ma'rifat sohasida ham tub o'zgarishlar sodir bo'lmoqda.Teatr san'ati ma'naviyatining eng yorqin, ta'sirchan ko'rinishlaridan biridir. Zero u tomoshabinlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Sahna bilan tomoshabinlar o'rtasida samimiy bog'lanish, muloqot hosil bo'lib, ham sahna ijodkorlarini, ham tomoshabinlarini ma'nan va ruhan boyitadi. Ya'ni ikki tomonlama ta'sirlanish yuzaga keladi. Teatr bir yarim ikki soat ichida zamonaviy yoki tarixiy voqelikdan hikoya qilib, zalda o'tirganlarning fikrini o'zgartirib yuborishi, qalbida shuurida o'chmas iz qoldirishi mumkin shu bois, bugungi kunda teatr san'atining ahamiyati va ma'suliyati nihoyatda yuksakdir. Chunki uning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, qat’iy iroda va e’tiqodga ega shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat. Alqissa, an’anaviy teatrning faoliyati XX asrning sovet istibdodi davrida ziddiyatli kechdi. Bir tomondan, masxaraboz va qiziqchilar o'z holiga tashlab qo'yilgani, ayniqsa, kulgi, hajv, tanqid yo'lida paydo bo'lgan g‘ovlar, to‘g‘anoqlar tufayli bu sohada tushkunlik, parokandalik ro'y berdi. Ikkinchi tomondan, xalq aktyorlarining fa'oliyat maydoni kengayadi va ularning ijodi ilm-fan manbaiga aylana bordi. O'zbekiston mustaqillikga erishgach, davlat qurilishida, iqtisodiyot va ma'naviyat sohalarida yangi davr boshlandi. Xalqning ijodiyotga munosabati tubdan o'zgardi. Qiziqchilik va masxarabozlikni rivojlantirish uchun ham chinakam qulay sharoit va imkoniyat yaratildi. Demak, o'zbek an'anaviy teatri tarixini o'rganish yoshlarning boy ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni o'zlashtirib, milliy teatr an'analarini izchil davom ettirishlarida asqotadi.



Download 75,43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 75,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muhsin Qodirov – teatrshunos olim. Ijodkorning teatr san’atiga oid qo‘llanmalari

Download 75,43 Kb.