• Kurs ishining maqsad va vazifalari.
  • Bob. Kirish




    Download 75,43 Kb.
    bet2/7
    Sana24.05.2024
    Hajmi75,43 Kb.
    #251987
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Muhsin Qodirov

    Kurs ishining predmeti. Hazrat Amir Temur va temuriy shohlar davrida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-u ma’rifat gullab-yashnagan. Ammo shu aytgacha o‘sha davrdagi san’at, ayniqsa, tomosha san’atlari xususida aniq bir tasavvurga ega emasmiz. San’atshunoslik fanlari doktori, professor Muhsin Qodirovning “Temur va temuriylar davrida tomosha san’atlari” risolasi shu yo‘lda qo‘yilgan dastlabki qadam bo‘lib, Temur va temuriylar zamonidagi teatrlashgan namoyishlar, marosimlar, maydon tomoshalari, an’anaviy teatr, raqs san’ati hamda xalq sirki o‘yinlari haqida umumiy tushuncha beradi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor M. X. Qodirovning “O‘zbek teatri tarixi” Madaniyat, san’at kollejlari va oliy о‘quv yurtlari uchun darsligida o‘zbek an’anaviy teatrining XVIII-XX asrlardagi faoliyati, repertuari, ijrochilik mahorati, atoqli namoyandalarining hayoti, usta-shogird masalalari mufassal yoritiladi. Darslik san’at, madaniyat, ma’rifat oliy va o‘rta maxsus o'quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan. Ayni chog‘da u teatr san’ati ijodkorlari, dramaturglar uchun ham qimmatli manba bo‘ladi.
    Kurs ishining maqsad va vazifalari. Atoqli olimning hayot faoliyati davomida qoldirgan ilmiy-ijodiy merosini keng o‘rganish va tahlil etish orqali, sohaga oid tahliliy bilimlar manbayini oshirish ko‘zda tutilgan.
    Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi Kirish, 2 bob , 4 bo‘lim, Xulosa va Adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
    I.BOB. KIRISH. San’atshunoslik fanlari doktori, professor M.X.Qodirov O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), Tabiat va jamiyat Xalqaro fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi(1997), 2003-yildan “El-yurt hurmati” ordeni sovrindoridir. U 1958-1970 yillar orasida maxsus uyushtirilgan folklor ekspiditsiyalari va ilmiy safarlar davrida butun O‘zbekistonni aylanib va ba’zi qo‘shni mamlakatlarda bo‘lib, 300 ga yaqin malakali xalq aktyorlari-qiziqchi, masxaraboz va qo‘g‘irchoqbozlarning nomlarini aniqlab, faoliyatini o‘rganib, hayot bo‘lganlaridan 200 dan ziyod tomosha matnlarini yozib olgan, biroq ular shu paytgacha nashr etilmagan. Ammo yozuvchining “Ananaviy teatr dramaturgiyasi” kitobida mana shu an’anaviy teatr, xalq sirki ustalari va ayol ijrochilaridan muallif tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan 85 ta tanqid, muqallid, kulgu-hikoyalar jamlanadi. Matnlar 6 qismga bo‘lib joylashtiriladi, izohlar bilan ta’minlanadi. So‘zboshi o‘rnida berilgan “Og‘zaki dramaturgiya” qismida o‘zbek an’anaviy teatri dramaturgiyasining kelib chiqishi haqida fikr yuritiladi. Ba’zi namunalarning tahlili asosida janrlari va turlariga tarif beriladi. Shuningdek og‘zaki ijod bo‘lmish ushbu san’at namunalarini aniqlash va yozib olish tarixi qayd etilgan. To‘plam xalq madaniyati tarixida ilk marotaba og‘zaki dramaturgiya namunalarini konkret va keng yoritishi bilan qimmatlidir. Ushbu qo‘llanmadagi materiallar faqat san’atshunos, folklorshunos va etnograflarni qiziqtiribgina qolmasdan, balki xalq ijodiyoti bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar dramaturglar, sahna ustalari, san’at va madaniyat o‘quv yurtlari, pedagoglari, talabalari uchun ham foydalidir. Atoqli olim, respublikada an’anaviy o‘zbek san’ati bo‘yicha yirik mutaxassis. U san’atshunoslikda tarixiy, etnografik va adabiy asarlar asosida san’at tarixini tiklashdan iborat ilmiy yo‘nalishga asos solgan. Respublika teatrshunoslik fanining shakllanishi va taraqqiyotida, sahna ijodkorlari, yosh olim va pedagoglarini tarbiyalab yetishtirishda Muhsin Qodirovning hissasi katta. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 15 kishi fan nomzodi, 9 kishi fan doktori ilmiy darajasiga muyassar bo‘lgan. Muhsin Qodirov ilm yo‘lini o‘rganish davomida bir qancha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lib, olimning shaxsiyatiga nisabatan hurmatim yanada oshganini ta’kidlab o‘tish kerak.

    Download 75,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 75,43 Kb.