Bir aktyor teatri xususida Muhsin Qodirovning izlanishlari




Download 75,43 Kb.
bet6/7
Sana24.05.2024
Hajmi75,43 Kb.
#251987
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhsin Qodirov

2.1. Bir aktyor teatri xususida Muhsin Qodirovning izlanishlari.
San’atshunoslarning xalq musiqasi, amaliy bezak san’ati va me’morligi sohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari tufayli XIX asr va XX asr boshidagi an’anaviy shakllardagi o'zbek san’ati o‘zining ko‘pgina xususiyatlari bilan bir necha lokal guruhga boiinishi ayon boidi. Chunonchi, musiqashunos olim F. M. Karomatov o‘zbek xalq musiqasini Buxoro-Samarqand, Farg‘ona-Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo-Surxondaryo lokal guruhlariga bo‘lib o’rganishni zarur deb biladi1. Teatrshunos M. Rahmonov ham shu fikrni qayd qiladi: “XVIII-XIX asrlar mobaynida o‘zbek teatri, musiqasi va raqs san’ati hamma xonliklarda bir xilda va bir uslubda rivoj topmadi. Har bir xonlikda teatr, musiqa va raqs san’atining o‘ziga xos uslub va formalari shakllandi”. Ushbu farq, ayirma ham repertuarda, ham ijrochilik uslublari va vositalarida ko‘rinadi. Shunga asoslanib o‘zbek an’anaviy teatrini uch guruhga ajratib o’rganish lozim va o’rinli deb topildi. Ular Buxoro teatri, Xorazm teatri, Farg’ona teatri nomi bilan belgilandi. A n’anaviy teatr uslublari, O‘zbekiston hududida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari o‘rnatilgan XVIII asrdayoq shakllana boshlagan.
Bir aktyor teatrining davrimizga kirib kelishi, taraqqiy topishi, umuman atamaning izohini Muhsin Qodirovning teatr san’ati borasidagi boy ilmiy-ijodiy merosidan topishimiz mumkin. Unga ko‘ra: “Bir aktyor teatri— badiiy o‘qish turi bo‘lib, ijrochining bir o‘zi butun bir afsona, rivoyat, doston, hajviya, monolog va boshqalarni hikoya qiladi va gavdalantiradi. Bir aktyor teatri qadim zamonlarda shakllangan va asrlar davomida takomillashib borgan. Yunonistonda ularni mim deb ataganlar. O‘rta Sharq mamlakatlarida bunday teatr rivojlangan va rasm bo‘lgan, o‘rta asrlarda esa ma’lum darajada Islom dini va tasavvuf bilan bog‘lanib ketgan. Xuroson, Movarounnahr, Xorazmda bunday ijrochilar mukallid, qissaxon, go‘yanda, voiz, maddoh deb yuritilgan. Malakali xalq aktyorlari — masxarabozlar ham ba’zan yakka holda tomosha ko‘rsatganlar. Ko‘pgina xonlar, beklar, lashkarboshilar, shahzodalarning xos qissago‘ylari va masxaralari bo’lgan. Buxoro amirligida masxaralar voqealarni chiroyli va kulgili qilib hikoya qilishgan bo’lsa, Xiva xonligida bunday sarguzashtlarni musiqa, raqs, muallaq unsurlari bilan aralashtirib gavdalantirishgan, Qo‘qon xonligidagi qiziqchilar esa kulgihikoya janrini kashf etib, unda yuksak mahorat ko’rsatishgan. 20-asrda ham mazkur san’at an’analari ma’lum darajada saqlanib qoldi. Yevropa uslubidagi o‘zbek teatr sahnasida ham Bir aktyor teatrini tuzish bo‘yicha urinishlar bo’ldi. Ammo bu janr ko’proq radio va televideniyeda yaxshi rivoj topdi. Muhsinhamidov, Sharifqayumov, Razzoq Hamroyev, Hamza Umarov kabi atoqli aktyorlar O‘zbekiston radiosida “Bir aktyor teatri” janrida hikoya, qissa, doston va hatto romanlarni ijro etganlar. Televideniyedagi miniatyuralar teatrida ham bir kishi ijro etadigan hajviya, monolog va hikoyalar ko’p ishlatiladi. Bu sohada Hasan Yo’ldoshev katta ijro mahoratiga erishgan edi. Qiziqchilardan Muhiddin Darveshov, Hojiboy Tojiboyev, Mirzabek Xolmedov va boshqalarning chiqishlarini Bir aktyor teatri deb atash mumkin”.
An’anaviy teatr ijrochilik san’atidir. Og‘zaki to‘qiladigan dramaturgiya ham shu ijrochilikdan kelib chiqadi. Chunki tomoshalarning sahnaviy talqini ularni tobqish jarayoni bilan, ijod qilish, ijro etish bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi.
1995-yilda tashkil topgan “Mirzo” qiziqchilar teatri Mirzo Xolmedov, Shukrullo Isroilov, Valijon Shamshiyev, Ravshanbek Jo‘rayevlar ishtirokida shu kunlargacha ishlab kelmoqda. Teatrning birinchi tomoshasi 1996-yil may oyida ko‘rsatildi. Birinchi dasturda katta-kichik sahnaviy ko‘rinishlar bir-biriga bog‘lab, yaxlit tomosha shakliga keltirildi. Sahnaviy ko‘rinishlar Mirza Xolmedov (1961-yilda tug‘ilgan), Shukrullo Isroilov (1969-yilda tug‘ilgan) va Valijon Shamshiyev (1975-yilda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan) tomonidan ijro etilgan hamda dastur Ravshan Jo'rayev tomonidan boshqarib borilgan. Unda “Kavkaz asirasi”filmiga o‘xshatma, “Yulduz Usmonova” muqallidi. “Ayiq va asalari”, “Chol va kampir” sahnaviy kulgilari o‘zining puxta o‘ylanganligi, yaxshi ijrosi bilan tomoshabinlarni maftun etdi. Shundan boshlab qiziqchilar teatri har yil bahorda o‘zining yangi spektaklini namoyish etmoqda. “Shayton”, “Gap yo‘q”, “Bu hali holvasi”, “Hay-hay do‘st”, “Sen bop-men bop” kabi qiziqchilik dasturlari shu tarzda vujudga keldi. Ular bevosita tomoshabinlarga ko‘rsatilishi bilan birga videoalbom qilib borildi. Qiziqchilik dasturlarini sahnalashtirishda rejissyor M. Abdullayeva, rassom B. To‘rayev, pardozchi S. Jalilov yordam bergan. Lekin har qaysi sahnaviy voqeani to‘qish va dastur ssenariysini tuzib chiqish baribir yetakchi qiziqchi Mirza Xolmedov zimmasida bo‘lgan. Yetakchi rollarda ham uning o‘zi. O‘z ijrosi, bir voqeani didaktik-falsafiy mushohadalar bilan yakunlab, ikkinchisini boshlash bilan ko‘rinishlarni bir-biriga bog‘laydi. Musiqa, ashulalar, o‘yinlar ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ammo, shu kunlargacha yaratilgan dasturlarni yaxlit bir sahnaviy asar sifatida baholash baribir qiyin. Zeroki, ularda voqealar ichidan o‘qtomir bo‘lib o‘tuvchi bosh qahramon obrazi yaratilmagan. Shunga qaramasdan, qiziqchilik dasturlari qiziqarli, kulgili va eng muhimi, mazmunlidir. Chunki Mirza Xolmedov o‘z sheriklari bilan ularda qalbini o'rtagan o'y-fikrlarini kulgili voqealar orqali bayon qiladi, niyati xamon osmonimiz musaffo, hayotimiz farovon, odamlarimiz pok, halol, mard, tanti, mehr-oqibatli boiishini istaydi. Har qaysi dastur 4-5 ko’rinishdan tashkil topgan. Hammasi boim asa ham, har qaysi dasturda bir-ikki badiiy jihatdan pishiq sahna ko’zga tashlanadi. “Vali ota”, “Choi va kampir”, “Qiziqchi va chol”, “Ninachi va chumoli”, “Charli Chaplin”, “Oqqush kodi” tomoshalari shular jumlasidandir. Ular uyushgan holda ijod qilish bilan cheklanmay, to'y va bayramlarda goh qovushib, goh yakka holda qiziqchilik qilish, katta konsertlarni, shoudasturlarni boshqarib borish, kinotilm larda suratga tushish, teleko’rsatuvlarda qatnashish bilan ham faol shug‘ullanib keladilar. Bu ishda, ayniqsa, mazkur guruhlarning badiiy rahbarlari Mirza Xolmedov bilan Obid Asomovning faoliyati e’tiborlidir.

Download 75,43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 75,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir aktyor teatri xususida Muhsin Qodirovning izlanishlari

Download 75,43 Kb.