|
Muhsin Qodirov va O‘zbek an’anaviy qo‘g‘irchoq teatr san’ati og‘zaki dramaturgiyasi
|
bet | 4/7 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 75,43 Kb. | | #251987 |
Bog'liq Muhsin Qodirov1.2. Muhsin Qodirov va O‘zbek an’anaviy qo‘g‘irchoq teatr san’ati og‘zaki dramaturgiyasi.
Teatr san’atining paydo bо‘lishi qadimgi yunon teatriga borib taqaladi. Yunon dramaturgiyasi miloddan avvalgi IV asrda yuzaga kelgan. Shu bilan bir qatorda xalq teatri va dramaturgiyasi ham shakllana boshlagan. Unda mimlar - taqlid qiluvchilar, masxaralovchilar tomosha kо‘rsatgan. Bizning Turon zaminda xususan, Oʻzbekiston hududida ham anʼanaviy teatr juda qadimiy va boy merosga egadir. Uning ilk ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa yuzaga kela boshlagandayoq ov va boshqa mehnat jarayoni ifodalangan taqlidiy raqslar, jangovar va xalq oʻyinlari, tabiat hodisalariga sig‘inish oqibatida vujudga kelgan marosimlar shaklida namoyon boʻlgan. Mil. avv. 7-6 - asrlardanoq Turonda zardushtiylik va uning muqaddas kitoblar toʻplami - Avesto bilan bogʻliq 2 toifa - kulgili va qaygʻuli marosim tomoshalari o‘zining aniq shakl va mohiyatiga bo‘lgan. Alalxusus, mana shunday marosim tomoshalari xalq orasiga singib, jamoaning ajralmas hayotiy bir bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Vaqtlar davomida bu tomoshalar kishilarning aqliy faoliyatining hamda turmush tarzining rivojlanganini ko‘rsatib o‘laroq shakl va mazmunda bir qancha o‘zgarishlar yuzaga kelib, o‘z mohiyati va hamiyatini yanada mustahkamlab bordi. Buning negizida esa xalq og‘zaki ijodi va o‘tmishdan xabar beruvchi milliy folklor janri vujudga kelib taraqiiy etti. О‘tmishda folklor bilan bog‘liq tomosha san’ati turlari - xalq turmush tarzi, marosimlari, urf-odatlari, odob-ahloq talablari bilan mahkam bog‘liq bо‘lgani, ularning ijrochilari bir-biriga о‘xshash sharoitda, har xil muhitda faoliyat yuritib, birbiriga ta’sir kо‘rsatib, to‘ldirib, yanada ommalashib kelgan. “Tomosha san’ati” tushunchasini ilmiy atama shaklida ilk bor Muhsin Qodirov qо‘lladi. Ustozning 1981- yilda “О‘zbek xalq tomosha san’ati” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Shundan e’tiboran “tomosha san’ati” tushunchasini tadqiqotchilar qо‘llay boshlagani uchun atamaga aylandi. Bu atama tо‘g‘ri ekanligini olim - an’anaviy teatrning turlari, sahnaviy yakka ijroga asoslangan raqs san’ati va xalq sirki kо‘rinishlari, bayramlar haqidagi ma’lumotlar asosida dalillangan. Xususan, Temuriylar davri tomosha san’ati turlari, bayramlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda yig‘malar muhim akamiyat kasb etti. Shuningdek, tadqiqotdagi Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Hasanxо‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahrob” kabi asarlari ham xuddi shu kabi asosnoma bo‘lib xizmat qiladi. Ularda an’anaviy teatr, raqs, folklor va sirk tomoshalari bо‘yicha ma’lumotlar, umumlashma fikrlar mavjud. Tomosha san’ati turlari va bayramlar tarixini tadqiq etgan Muhsin Qodirov o‘zidan judda kata boy ilmiy-ijodiy meros qoldirgan. Bu esa bizning milliy an’anaviy teatr tarixi haqida tasavvurlarimizni to‘la shakllanishiga muhim vosita sifatida xizmat qiladi. An’anaviy teatrning eng qadimiy namunalaridan biri qо‘g‘irchoq о‘yini tarixini о‘rganar ekanmiz, mazkur san’at turi bilan bog‘liq atamalarga e’tiborni qaratamiz. M.Qodirov Temuriylar davri tomosha san’ati bilan tanishar ekan, qо‘g‘irchoq о‘yin haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tgan. U davrda qо‘g‘irchoq о‘yin va uning “Chodir jamol”, “Chodir xayol”, “Fonus xayol” turlari keng tanilgan. Ijrochilari “lubatboz”, “qovurchoqchi” deb atalgan.”1 Shu о‘rinda qо‘g‘irchoq sо‘zining kelib chiqishiga izoh keltirsak. M.Qodirov ushbu sо‘zga, qо‘g‘irchoq (qovurchoq) sо‘zi о‘zak - qо‘g‘ir (qovur) hamda qо‘shimcha (choq)dan iborat, asli “qо‘g‘ir-moch” sо‘zidan olingan, deb ta’rif beradi. U qо‘g‘irmoch qovurilgan bug‘doy, kо‘chma ma’nosi - aqlli, topqir kishi, ya’ni u “qо‘g‘irchoq”ni mitti polvon, “jajji odamcha”, deydi. Qobarchuq (qovarchoq) sо‘zini ham qо‘g‘irchoq sо‘ziga bog‘lab, qabariq (qavariq), ya’ni qadoq qо‘l, kо‘chma ma’noda mehnatkash, tirishqoq, о‘z maqsadi sari tirishib harakat qiluvchi odamcha2 , deya ta’rif beradi. О‘zbek qо‘g‘irchoq teatrining paydo bо‘lishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Uning ilk ildizlarini xalq san’ati namunalaridan topish mumkin. Xalq san’atiga xos bо‘lgan an’anaviy teatr shakllarida qо‘g‘irchoq teatriga xos bо‘lgan ifodalar mavjud bо‘lgan. An’anaviy teatr rivojlanish jarayonida mustaqil san’at turlariga bо‘lina boshlagan. Dastlab u muqallid san’ati bilan ajralib chiqdi. Milodiy I-II asrlarda xalq aktyorlari muqallidda о‘zlari taqlid namoyishini kо‘rsatish bilan birga taqlidda qо‘g‘irchoqlardan ham foydalana boshlashdi. Natijada qator qо‘g‘irchoq kо‘rinishidagi qahramonlar paydo bо‘la boshladi. Qo‘g‘irchoq teatri hozirgi kunda O‘zbekiston shahar va qishloqlari xalq bayramlarining an'anaviy dasturlariga kiradi. Qo'g'irchoq teatri, boshqa folklor san'ati kabi, o‘zining badiiy xususiyatlariga ega edi. Bu san’at turi ko'p jihatdan “masxara, muqallid” xalq professional teatriga yaqin. Bu yaqinlik ham og‘zaki dramaturgiyada, ham improvizatsiya, ham sahna san’atida bir-birini to‘ldirib borgan. “Masxara va muqallid” teatri bir vaqtlar niqoblar teatri bo‘lgan. Masxaraboz va qiziqchilar niqoblardan foydalangan holda o‘z tosmosha san’atlarini namoyish etishgan. Qo‘g‘irchoqlarni esa aktyorlarning o‘zi parda ortidan, yoki kechqurunlari nur va soya yordamida harakatlantirib tomoshalar tashkil etishgan. Qo‘g'irchoq teatrining asosiy o'ziga xosligi shundaki, bu yerda qahramonlar - qo‘g'irchoqlar va ularni harakatga keltiradigan aktyor tomoshabinlarning ko‘zidan yashiriladi. Ehtimol, dunyoda qo'g'irchoq aktyordan ko‘ra oddiyroq aktyor yo‘q. U aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etish imkoniyatidan mahrum. U barcha iste'dodlarini qo‘g'irchoqlarga beradi. Ammo dramatik aktyor mahrum bo‘lgan imtiyozlarga ega. O‘zbek qo‘g‘irchoq teatrida, masalan, bir, ikki yoki uchta aktyor turli rollarda ijro etuvchi spektaklni muvaffaqiyatli ijro etishi mumkin edi. Ma’lumki, qadimda Sharqda qо‘g‘irchoq о‘yin “Chodir jamol” kо‘rinishida - doiraga о‘ralgan mato ichidan turib kо‘rsatilgan. Bu kо‘rinishni shartli quvur ichidan turib amalga oshirilgan deb qabul qilsak, beshikdagi quvurchoq bilan matoli quvurchoq bir-biriga bog‘liqdek tuyuladi. Shunga kо‘ra, qovurchoq (qо‘g‘irchoq)ni beshik anjomining nomidan kelib chiqqan degan farazimiz bor. Biroq bu fikrlarimiz isbot talab etadi. Shuning uchun dastlabki qо‘g‘irchoq atamasiga teatrshunos olim M.Qodirov tomonidan keltirilgan fikr asosliroq, deyish mumkin. An’anaviy teatr - uning bir qismi folklorshunoslik fani bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomoni teatrshunoslik faniga oid hisoblanadi. Shuning uchun uning tarixini faqat teatr san’ati tarixiga bog‘lab о‘rganib bо‘lmaydi. О‘zbek an’anaviy qо‘g‘irchoq teatri ham murakkab soha sanalib, uning asosini og‘zaki dramaturgiya tashkil etadi. Gap an’anaviylik haqida ketganda, avvalo og‘zaki dramaturgiya nazarda tutiladi. Biroq og‘zaki dramaturgiya faqat ma’lum voqealar ketma-ketligi va ularning orasidagi so‘zlashuvlar jamlanmasi emas. Zamonaviy san’atshunoslik fanida dramaturgiya muayyan mavzu atrofidagi syujetlar hamda qahramonlarning suhbati va qaramaqarshiliklar bilan ta’riflanadi. An’anaviy qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasining tamoyillari butunlay о‘zgacha. “An’anaviy teatr, - deydi M.Qodirov, - faqat pyesa shaklidagi tuzilmalargagina emas, shu bilan birga, ssenariy va libretto singari og‘zaki kо‘rsatma va qoidalarga ham tayangan holda ish kо‘radi. Qanday bо‘lmasin, an’anaviy teatr asosini asrlar davomida ustadan-shogirdga, og‘izdan-og‘izga о‘tib kelgan syujetlar, konfliktlar, obrazlar, kompozitsiyalar, lavhalar, uslub va vositalar tashkil etib kelgan”. Qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasi ham an’anaviy teatr dramaturgiyasining bir tarmog‘i sifatida yuqoridagi ta’rif bilan xarakterlanadi. Bundan kelib chiqadiki, о‘zbek an’anaviy qо‘g‘irchoq teatri asosini ham og‘izdan-og‘izga о‘tib kelayotgan syujetlar, urf-odat va marosimlar, turli diniy qarashlar asosidagi rivoyatlar tashkil etgan. Barcha kompozitsiyalar ustadan-shogirdga, avloddan-avlodga о‘tib sayqallanib boravergan. Og‘zaki dramaturgiyani о‘rganar ekanmiz, bevosita shunga oid namuna orqali “Chodir jamol” teatri dramaturgiyasi haqida fikr yuritamiz. Namuna sifatida M.Qodirov tomonidan 1965-yil Samarqandda ustazoda qо‘g‘irchoqboz Qulibobo Novvotov ijrosida “Polvon Kachal sarguzashtlari” nomi bilan yozib olingan nusxadan foydalangan holda qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasi bilan tanishib chiqamiz. Qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasini о‘rganar ekanmiz, mazkur og‘zaki pyesaning ham dramaturgik unsurlarini tahlil qilamiz. Asarda har bir qahramonning xarakteri turlicha. Hech biri bir-birinikini takrorlamaydi. Korfarmonni olaylik, adolatli, aqlli, farosatli, haqiqattalab va chо‘rtkesar shaxs. Aosan, u odil hakam ko‘rinishida gavdalanadi. Nima tо‘g‘ri, yo notо‘g‘riligini hal qilib beruvchi, har kimning hojatini chiqaruvchi, yoqlovchi yoki jazolovchi odil personaj. Uning tomosha davomida aytadigan sо‘zlari ham aniq, ravon, masxara-yu mayna sо‘zlar aralashmagan, dono nutq egasidir. Polvon Kachal esa qiziqqon, shoshqaloq, kо‘ngilchan va shu bilan birga u ham adolatparvar qahramondir. Bir sо‘z bilan aytganda, mukammal bо‘lmagan oddiy, chapani odam. Pyesadagi nutqi ham jo‘n, hazilomuz, yolg‘on aralashmagan, tili biyron. Bichixon ham Polvon Kachalga mos. Oddiy, sodda ayol. U ham biroz qiziqqon, shо‘x, dilidagini sо‘zlaydigan jo‘shqin shaxs. Sudxо‘r bо‘lsa haqiqiy salbiy qahramon. Katta gapiradigan, ayyor, hech narsadan tap tortmaydigan inson. Voqelikdagi so‘zlari ham qо‘pol, qо‘rs tarzda berilgan. Bu ham qо‘g‘irchoqbozlarning mahoratidan darak beradi. M.Qodirov ularning mahoratini e’tirof etar ekan quyidagi fikrlarni bildiradi: “Dialog san’atida qо‘g‘irchoqbozlar ulkan yutuqlarga erishgan. Savol-javoblarning lо‘nda, ixcham, sodda, tejamli, ayni chog‘da mazmunli, ifodali, jozibali va jonli bо‘lishi uchun kurashganlar. Dialog vaziyatga, qahramon holatiga, personajlarning о‘zaro munosabatiga odatda mos va hamohang bо‘lgan”. Shunday qilib, tarixga nazar tashlasak yurtimiz mustaqillikka erishgach, avvalo ma’naviyatga, jumladan san’atga, madaniyatga alohida e’tibor berildi. San’atning turli yо‘nalishlarida milliylikka urg‘u berila boshlandi. Ushbu davrga kelib xalqning tomosha san’atiga bo‘lgan qiziqishlari inobatga olinib, ehtiyojlarini о‘rgana boshladi. Ularga ham milliy, ham zamonaviy asarlar namoyishlari taqdim etib kо‘rildi. Qо‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasida ham milliy qadriyatlarimiz aks etgan asarlar yozishga va sahnalashtirishga intilishlar bо‘ldi. Hozirda sahnalarimizda klassik asarlar, tarjima va insenirovkalar qatorida milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna asarlari, jumladan, qo‘g‘irchoq teatri namoyishlari uzluksiz faoliyat olib bormoqda.
|
| |