• Foydalanilgan manbalar
  • Qiziqchilik san’atining Muhsin Qodirov tomonidan o‘rganilgan tarixiy jihatlari




    Download 75,43 Kb.
    bet7/7
    Sana24.05.2024
    Hajmi75,43 Kb.
    #251987
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Muhsin Qodirov

    2.2. Qiziqchilik san’atining Muhsin Qodirov tomonidan o‘rganilgan tarixiy jihatlari.
    Olim tomonidan qiziqchilik san’atining yoyilishining mustamlakachilik davri ham o‘rganilgan. Mustamlaka davrida Turkistonga har xil sayyor teatr va sirk truppalari oqib kela boshlaydi. Aksariyat hollarda xususiy bo lib, antreprenerlar tom onidan boshqarilgan ushbu truppalar Turkistonga yangi faoliyat maydoni, yangi tomoshabin qidirib, yaxshi niyatlar bilan kelgan. Qo‘qon xonligi 1876-yilda Buxoro amirligi va Xiva xonligiga nisbatan oldinroq chorizm tomonidan zabt etilganligi, butun Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyati bevosita Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinganligi sababli xorijiy teatr, ayniqsa, malakali sirk jamoalarining ta’siri Farg’ona qiziqchilarining ijodiy faoliyatida yaqqolroq ko’rindi. Bu davrda Farg‘ona vodiysida xalq aktyorlarining o‘z repertuari, mahorati, ijodiy yo’nalishi va intilishlari bilan turli-tuman boigan bir qator guruhlari yashagan. Davr taqozosi va ta’siri bilan ularning ijodi o’zgarib borgan, repertuarida, mahoratida, uslubi va tasviriy vositalarida yangiliklar paydo boigan. Mashhur Zokir eshonning dongdor to‘dasi bu davrda ham faoliyatini davom ettirdi. Chunki xonlik tugatilgach, xalq orasidan yetishib chiqqan bu san’atkorlar shu xalq bag’ridan issiq makon, hurmat-ehtirom topadi. Zokir eshon truppasi Farg’ona vodiysi shaharlarida xalq sayillari va to’ylarida halol xizmat qiladi. Ammo bu mashhur qiziqlar otaxoni Zokir eshon 1892-yilda O‘sh shahrida to‘satdan vafot etgandan so’ng, truppa mayda bo’laklarga bo’linib ketadi. Albatta, bunday yirik to’daning tarqalib ketishi juda katta yo’qotish edi. Ammo truppa tomonidan takomillashtirilib, boyitilib kelingan Qo’qon qiziqlar m aktabi an’analari yo’qolmadi. Bu an’analar Zokir eshon truppasidagi qiziqlar bilan birga Farg’ona vodiysi bo’ylab tarqaldi. Truppadagi har qiziq ma’lum bir shaharda turg’unlashib, o’z atrofiga 4-5 mahalliy kulgichilarni to’plab, ularga tajribasi va mahoratini o’rgatgan.
    XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshida o‘zbek an’anaviy teatri o’ziga xos ijodiy qiyofa va uslublarga, uyushma va qonuniyatga ega boigan. Bu san’at namoyandalari masxaraboz va qiziqchilar xalq orasidan yetishib chiqqan, o’z estetikasi va axloq asoslariga ega professional aktyorlar bolib, har doim jamiyat rivojiga xizmat qilgan, satiradan nayza yasab, tomoshabinlarga kulgi va zavq, ruhiy soglomlik va jur’at bag‘ishlab kelgan. Masxarabozlik va qiziqchilik tomoshalari xalqni kuldirib turib, inson va jamiyat hayoti jumboqlari ustida o’ylashga undagan, yomonlik va yomonlarga qarshi kurash olib borishga da’vat etgan. An’anaviy teatr bu davrda Buxoro amirligi, Xiva va Qo’qon xonliklari hududlarida qaror topgan o‘ziga xos teatrlardan iborat bo'lgan. Mazkur teatrlar bir-biridan avvalo o‘z repertuari bilan farq qiladi. Garchi mavzu va muammo, g‘oya va maqsad nuqtai nazaridan repertuarlar bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, badiiylik va janr jihatidan har xildir. O‘z-o‘zidan ma’lumki, har qaysi repertuar muayyan ijrochilik uslubi va tasviriy vositalar bolishini taqozo qilgan. Xorazm, Buxoro, Farg’ona an’anaviy teatrlari repertuarida ijro uslubi va ayrim tasviriy vositalari bilan bir-biridan farq qilib tursada, tavsir ob’yekti boigan ijtimoiy hayot, xalq turmushining bir xil feodal ishlab chiqarish munosabatlariga asoslanganligi, g‘oyaviy estetik pozitsiyaning yagona demokratik, xalqchil mazmunga ega bo‘lishi, umumiy hajviy yo‘nalish, satira tilining jamiyatdagi xalq dunyoqarashi va axloqiga zid ko‘rinishlar, holatlar va illatlarga qarshi qaratilganligi bilan bir butun edi. Butun O‘zbekistonda xalq aktyorlarining jamiyatda tutgan o‘rni, mavqei, turmushi, funksiyalari qariyb bir xil. Feodalizm tuzumi sharoitida masxaraboz va qiziqlar past tabaqaga mansub hisoblanib, tahqirlanar va ezilar edilar. Ular oddiy kishilar qatori bir ikki bo‘lmay, faqirlik va muhtojlikda kun kechirishgan. Fuqaro boshiga yog‘iladigan zulm-istibdod, kulfat-alamlardan ular ham omon qolmas edilar. Ammo shunga qaramasdan, xalq aktyorlari hamisha xushchaqchaq va dilkash, cho‘rtkesar va jasur, mag‘rur va mustaqil, halol va insonparvar, do‘stga do’st, dushmanga bamisoli tig‘i to’qmoq bolganlar. Xalq ularni mana shu fazilatlari uchun sevgan, qadrlagan. Xalq san’atkorlari, jumladan, masxarabozlar va qiziqchilarning ahvoli, ularga boigan munosabat mustamlaka davrida yanada yomonlashdi. Chorizm ma’murlari fuqaroga ko‘rsatiladigan tomoshalar qancha yengil va beta’sir bo‘lsa, shuncha mamnun bo‘lishgan. Aniq maqsad va yo‘nalishga ega bo‘lgan mazmunli xalq san’atini har qadamda kamsitib, uning yo‘liga g‘ovlar hosil qilib kelishgan. Chunonchi, xalq san’atchilari bir qator shaharlarda tomosha berish uchun politsmeysterlardan ruxsat olishlari zarur bo‘lgan. Fikrimizni quyidagi misol quvvatlay oladi. Abdumajid Mirzaahmedov degan bir qo‘g‘irchoqboz yangi Marg‘ilonda o‘z teatri tomoshalarini ko‘rsatishga ruxsat berilishini so’rab shahar politsmeysteriga arz qiladi. Politsmeyster ariza ustiga o‘ta qo’pollik bilan: “Yangi Marg‘ilon aholisi uchun tuzem musiqasi xizmatkorlarni yumushlaridan qoldirishi mumkin xolos”, - degan gaplarni bitadi.
    XX asr boshidan to O‘zbekiston mustaqilligi davrigacha xalqimiz og‘ir kunlarni boshidan kechirdi. Ma’naviy-madaniy merosi, qadriyatlari oyoq-osti qilindi, izchil o‘rganilmadi, tadqiq etilgan paytlarda esa sinfiylik va kommunistik mafkura nuqtai nazaridan qaralib, noilmiy va soxta xulosalar yasaldi. Ammo ijtimoiy-siyosiy sharoil qancha og’ir bo‘lmasin, xalq ijodiyoti, marosimlari, bayramlari goh yaqqol ko‘zga tashlanib, goh elas-elas ko‘rinib, yashab keldi. Sho’ro davrida, xususan, Farg‘ona vodiysidagi qiziqlarning faoliyati qizg’in bo‘ldi. Ular Qo'qon, Marg‘ilon, Andijon va Namangan singari yirik madaniyat markazlari atrofiga uyushganlar. Vodiy bo‘ylab taralgan yuzlab professional va havaskor qiziqlarning barchasi, qayerda yashashi va qanday ish bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, shu to‘rt markazdan birining ta’sirida bo‘lgan.
    Marg‘ilon qiziqlariga to‘xtalib o‘tsam, bu davrda Qo‘qon emas, Marg’ilon an’anaviy teatr markaziga aylangani haqida ma’lumotlarni uchratdim. Atoqli xalq qiziqchisi Yusufjon Shakarjonovning yuksak mahorati, tashkilotchiligi va ulkan obro‘- e’tibori tufayli shunday bo‘ldi. Farg'ona qiziqchilari san’atini puxta o’zlashtirib, keng ko‘lamda rivojlantirib kelgan Yusufjon qiziqning sho‘ro davridagi faoliyati ham e'tiborli o‘tdi, desa bo‘ladi. San’atkor turli doiralarda o‘tkazilgan ko‘riklarda, xalq inshootlari qurilishida, bayram va sayillarda faol qatnashadi. Yusufjon qiziq o‘zidan avval o‘tgan mashhur katta qiziqlar singari serqirra ijodga ega edi. Teatr, raqs, pantomima, imitatsiya, usul, askiya, korfarmonlik va tashkilotchilikda tengi yo‘q ulug’ va yorqin siymo edi. U san’at turlaridan shunchaki xabardor bo’lib qolmasdan, ularni mukammal egallagan edi. U bamisoli bir bebaho hazina, bir tilsimot edikirn, Hamza Hakimzoda Niyoziydan boshlab uni ochish, uni o‘rganishga kirishildi. Yusufjon qiziqdan yozib olingan 34 ta komediya, 10 ta kulgi-hikoya va muqallid, o‘nlab usul va kuylar, xalq san’atining turli mavzularida u bilan o‘tkazilgan hisobsiz suhbatlar xalq mulkiga aylanib, madaniyat xazinasini boyitdi. Sharoit qancha og'ir bo'lmasin. Yusufjon qiziq an’anaviy teatr merosini yangi sharoitlarda davom eltirishga harakat qildi. Yangi san’atni qurish va rivojlantirishda ham uning xizmatlari katta. Shu haqda gap borarkan, birinchi galda qiziqning Hamza bilan ijodiy hamkorligini tilga olmay bo’lmaydi. Yusufjon qiziq Hamzaning otasi Hakim tabib bilan qadrdon oshna bo'lib, Hamzani bolaligidan yaxshi bilardi. Hamzaning faoliyatini kuzatar ekan, unga muhabbati tobora oshib boradi. 1918-1920 yillarda ular o’rtasida mustahkam aloqa o'rnatilib, ijodiy ham korlik boshlanadi.1 Bu hamkorlik, ayniqsa, Yusufjon qiziq rahbarligidagi qiziqchi, xonanda va sozandalar to’dasining Hamzaning frontga xizmat qiluvchi truppasiga qo’shib olinganidan keyin yanada rivojlandi. Hamza undan, u Hamzadan o’rgandi. Xalq hayoti va san’atini puxta bilgan, serqirra ijod sohibi, mohir ijrochi Yusufjon qiziq Hamza uchun xazinaning xuddi o‘zi edi, undan xalqqa yaqin va tushunarli shakl, uslub va tasviriy vositalarni topib ishga solardi. 1923 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan xalq san’ati ko‘rigida ham Yusufjon qiziq qatnashadi. Ayniqsa, u 1937 yil may oyida o‘zbek san’atining Moskvada o‘tgan birinchi dekadasiga tayyorgarlik ko’rish va uni o‘tkazish ishiga muhim hissa qo‘shadi. “O‘zbek xalqining san’ati” (“Sayil va kolxoz to'yi”) nomli ikki qismli insenirovka (K. Yashin librettosijni sahnalashtirishda, bu uchun 15 qiziqni to‘plash, uyushtirish, ularga korfarmon va ustozlik qilishda katta mehnat sarf qiladi, tashabbus ko‘rsatadi. Tnsenirovkada uning o‘zi eshoni rais rolida (“Zarkokil”komediyasida) chiqadi, Aka Buxor Zokirov, Mirshohid Miroqilov, Komil qori Qulijonov kabilar bilan birga “Soqiyo” nomli ashulali hajviy o’yinni ijro qiladi, Erka qori Karimov, Mamayusuf Tillaboyev, Aka Buxor Zokirov, Mamajon maxsum Mirzaahmedovlar bilan askiyada tortishadi. 1940 yil oktyabrda Toshkentda o‘tkazilgan Farg‘ona qiziqchilarining ko‘rigida tashkilotchi, korfarmon, qiziqchi, askiyachi sifatida faol qatnashgan. Nonvoy (“Mardikor-novvoylik”) va Shayx (“Mozor”) rollarida katta muvaffaqiyat qozongan. 1941-yilda Yangiyo‘1 musiqali drama va komediya teatrida sozanda va qiziq bo‘lib ishlaydi. Shu yili unga O‘zbekiston xalq artisti unvoni beriladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Yusufjon qiziq O‘zbek Davlat sirkida masxaraboz, raqqos, doirachi hamda o‘yin o‘rgatuvchi sifatida samarali ish olib boradi. Keksa san’atkor urushdan keyingi yillarda Marg‘ilon san’atchilari xalq ansamblida qiziqchilik va korfarmonlik qiladi. Ora-chora boshqa xalq sozandalariga ham qo‘shilib turadi, estrada sahnalarida o‘ynaydi, qiziqchilarga rahnamolik qiladi va hokazo. O‘z san’ati, bilimi, boy tajribasi, mahoratini yoshlarga o’rgatishga intiladi. Xususan, 1958-1959 yillarda uning faoliyati samarali bo‘ladi. Moskvada o‘zbek san’ati va adabiyotining dekadasini ohkazish uchun qizg’in tayyorlarlik boshlangan kunlarda Yusufjon qiziq ham kenjatoy shogirdi Oxunjon Huzurjonovni yetaklab kelib qoladi. 90 yoshli san’atkor Toshkentdagi do'stlari va shogirdlari bilan hangom alashadi, teatrlarga tushadi, sirkni tom osha qiladi, xoreografiya bilim yurtini borib ko‘radi, estrada sahnasida konsertlar beradi. Hammadan muhimi, “Qo‘shiqlar parvoz qilmoqda” nomli qisqa metrajli film-konsertda bosh rolda chiqadi. Atoqli qiziq qayerda, qanday asosda ishlagan bolmasin, butun kuch-qudratini o‘zbek san’atini rivojlantirish uchun safarbar qildi. Zamonaviy qiziqchilik, askiya, lapar, muqallid, kulgi-hikoya, dor masxarabozligi yaratishda Yusufjon qiziqning xizmatlari katta. Xususan, o‘zbek sahnaviy raqsining tarkib topishi hamda bir qator raqqosalarning yetishib chiqishiga muhim hissa qo‘shdi. Etnografik truppada, qator teatrlarda u ko‘proq mumtoz raqs va xalq laparlarini ohgatuvchi muallim sifatida xizmat qildi. U tarbiyalab yetishtirgan san’atkorlar orasida Tamaraxonim va Mukarrama Turg‘unboyevalar bor. Bu - tabiiy bir hol. Zotan, Yusufjon qiziq raqs san’atining yirik namoyandasi hamdir.
    Qiziqning urushdan keyingi faoliyati haqida so‘z borar ekan, uning tarqoq xalq san’atchilarini uyushtirish, birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatgan tashabbusini alohida qayd qilmoq kerak. U qayerga bormasin, san’atchilarni to‘plab, to‘da tuzish va ularni ma lum bir tashkilotga biriktirish, repertuarini yaxshilash va yangilash uchun chin dilidan harakat qildi. So'nggi yillarda ustoz qiziq “Kichkinajon” o‘yinining mohir ijrochisi Mirxalil Abdullayev bilan hamkorlikda tomoshalar ko‘rsatdi. Aka Buxor qiziqchi sifatida, tashkilotchilikda, ustozlik ham ijodkorlikda Yusufjon qiziqdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, desak yanglishmaymiz. Uning repertuari rang-barang tomoshalarga boy edi. So‘z o‘yinida, muqallidda, mimikada, hajviy raqsda undan o‘tadigan qiziqchi kamdan-kam topilardi. Aka Buxor ijodkoi qiziqchi edi: u xalq orasida saqlanib kelayotgan qiziqchilik asarlarini shunchaki jonlantirib qo‘ya qolmay, ularga ijodiy yondoshgan. Natijada ko'p qadimgi tomoshalar yangicha talqin qilingan. Iste’dodli ijodkor Aka Buxor san’ati mehnatkashlarga huzur va zavq bag‘ishlash bilan bir qatorda, qiziqchilar uchun ibrat vazifasini o'tadi. Tesha qiziq Kornilov, To‘ychi qori Rahimov, G‘afurjon Yusupov, Hojivoy Soliyev kabi taniqli qiziqchilar unga ergashib, uning repertuaridan foydalangan holda ijod qilganlar. Yangiqo‘rg‘on yaqinidagi Qo'shtegirmon qishlog‘ida Tesha qiziq Komilov (1900-1960) Aka Buxor bilan atigi to‘rt-besh yil birga ishlagan bo‘lsa-da, uning repertuarini puxta o‘rganib olib, unga e’tiqod bilan ergashgan. Ammo Tesha qiziqni Aka Buxorga ergashishdan nariga o‘tmagan deb qaramaslik kerak. U о‘z ijodiy qiyofasiga ega bo'lgan mustaqil qiziqchi. Aka Buxor bilan hamkorligi uning ijodini boyitgan, xolos.
    Qiziqlar an’anaviy komediyalarni zamonabop qilib talqin etish bilan cheklanmay, an’anaviy uslub va vositalar, mavzu va obrazlar negizida, sirk masxarabozligi texnikasidan foydalangan holda yangi repertuar yaratdilar. “Saodatxon”, “Juvozkashlik”, “Hasan-Husan”, “Old bola” kabilar shular jumlasidandir. “Saodatxon” komediyasi 20-yillar voqeasini tasvirlaydi. Undagi hajv o‘tdan tushsayam, egardan tushmagan, maqtanchoq va zolim boyga qarshi yo‘naltirilgan. Biz boy rolida Komilqori Qulijonovni ko'rgan edik. Tomosha boshida boy - Komil qiziq xovliqqan, gerdaygan, m aqtangan, buyurgan, po'pisa qilgan, sertashvish qiyofada gavdalanadi. U bechora zamon o‘zgarganidan, endi uning do‘q-po‘pisalari, dabdabasidan hech kim qo‘rqmasligidan bexabar, habardor bo lsayam buni tan olgisi kelmaydi, o ‘tmishni qo‘msaydi. Ota zulmidan toqati toq bo‘lgan qizi Saodat undan yuz o'girib, xizmatkori bosh ko‘targach, boyning ko‘zi ochilib, ayanchli va ojiz qoladi. Bo‘yni yo‘g‘on, tilidan zahar, pichog'idan qon tomib turgan odamning ho‘ng-ho‘ng yiglashi juda kulgili bo‘larkan. Komediya boyning masxara qilinishi bilangina emas, oddiy to‘quvchi va ichkarida ezilgan Saodat obrazi bilan ham qimmatlidir. Ijobiy qahramonlar boy bilan aloqani uzib, yangicha yashash, ishlash va o‘qishga ahd qilishadi. Komilqori Qulijonovning aytishicha, “Saodatxon”ning yuzaga kelishida Hamzaning ham qo‘li bor. To'quvchining “Yorug‘lik”, yangi zamon haqidagi mulohazalari, qizni paranjini tashlash va yangicha yashashga da’vat etishi shuni ko‘rsatadi. Komediya, shubhasiz, qimorbozlarning o‘yin paytidagi jazavasi, chapaniligini, ushbu порок va tuban mashg'ulot keltirayotgan yomonliklarni hajv etishi bilan muhimdir. Aka Buxor tomoshaning qiziqarli chiqishini istab, uni bir gala qo‘shiq, yalla, kuy va raqs bilan bezagan. Ammo bu urinish mavzu izchilligiga putur yetkazgan. Chunonchi, qimorboz Mamajonning tuzalishi ishonarli chiqmagan, er-xotinning nima sababdan to‘yxonaga tushib qolishi va bazmda ishtirok etishini tushunib yetish qiyin. Mazkur komediyaning Tesha qiziq Rahimov va To‘ychi qori Rahimov variantlari hajmi kichik bo‘lishiga qaramasdan, qimor o‘yini, qimorboz xotinining qidirib kelishi, eru xotin mojarosi, yarashish va o‘gii Mamayusufni allalash kabi asosiy ko'rinishlarni yorqin aks ettiradi. Ularda ayolning erdan noroziligi, qimorbozning tuzalishi, shuningdek, bolani erkalab aytiladigan qo‘shiq asosli va mantiqliroq berilgan. Er bilan xotin navbat bilan “Alla, bolam” qo‘shig‘ini aytib, bolasini erkalash bilan birga, unda hamxonasiga o‘z munosabatini ifodalaydi.
    Shunday qilib, sovet istibdodi davrida Farg'ona qiziqlari an anaviy tomoshalarni ko'rsatish bilan birga, ularni yangicha talqin etdilar ham da shularga tayangan holda zam onaviy tomoshalar yaratdilar. Bu jarayonda ular sirk masxarabozligi syujetlari va tasviriy vositalaridan ham foydalandilar. Yangi tomoshalarda askiya, maqtov va o‘yinga ko‘p o'rin berilgan. Keyin, aksariyat tomoshalar tomoshabinga murojaat bilan boshlangan va yakun yasash bilan tamomlangan. Bu ularga tashviqot ruhi baghshlagan. Yana bir xususiyat shundan iboratki, zamonaviy tomoshalarning muallifi aniqdir. Bu xususan kulgi-hikoyaga taalluqlidir. Masalan, Yusufjon Shakarjonov an’anaviy tomoshalarni qayta ishlashda, Aka Buxor Zokirov yangi komediyalar yaratishda, Oxunjon H uzurjonov kulgi-hikoya to ‘qishda m ohir bo‘lgan. Ammo yaratuvchisi aniq bo'lgan tom oshalar ham baribir xalq ijodi hisoblanadi. Negaki, har bir ijrochi unga o‘z ulushini qo‘shib, boyitgan, takomillashtirgan.


    XULOSA.
    Teatrshunos olim Muhsin Qodirovning bizgacha qoldirilgan katta merosini nafaqat asrab-avaylash balkim uni boyitib, kelgusi avlod uchun yetkazishda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak deb hisoblayman.
    Mazkur kurs ishimning yakuniy xulosasi sifatida aytishim mumkinki, teatrshunos olim Muhsin Qodirovning boy ma’naviy-ilmiy merosini o‘rganish jarayonida xalqimizning maishiy hayotidagi teatr bilan bog‘liq muhitning yuzaga kelishini chuqur tahlil etish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu mavzuda hali o‘nlab ilmiy manbalar tayyorlab ilm-fan dunyosiga taqdim etish yo‘lida izlanishda davom etishimiz lozim.


    Foydalanilgan manbalar:

    1. Muhsin Qodiriv. O'zbek teatri an'analari T. G'.G'ulom nom. nashriyot, 1976.-16 b.

    2. Muhsin Qodirov. O'zbekiston teatri tarixi. T. Ijod dunyosi nashriyot, 2003.- 233 b.

    3. Muhsin Qodirov, S. Qodirova. Qo'g'irchoq teatri tarixi. T. Talqin nashriyot 2006.- 36 b.

    4. Qodirov M. О‘zbek xalq tomosha san’ati. - Toshkent: О‘qituvchi, 1981.

    5. Muhsin Qodirov. Temur va temuriylar davrida tomosha san’atlari. T. G'.G'ulom nom. Nashriyot, 1996.-64 b.

    Download 75,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 75,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiziqchilik san’atining Muhsin Qodirov tomonidan o‘rganilgan tarixiy jihatlari

    Download 75,43 Kb.