• Sayid Muhammad Rahimxon II (1864-1910)
  • XIVA XONI IGINING ZABT ETIIISHI




    Download 1.88 Mb.
    bet10/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20

    4. XIVA XONI IGINING ZABT ETIIISHI



  • Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-guber-natorligini o'zining O'rta Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish uchun tayanch markaziga aylantirib, bu safar istilo tig'ini Xiva xonligini to'la bo'ysundirishga qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira unutmagan edilar. 1717-yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo'shinining xalokati va 1839-yilda Perovskiy yurishining barbod bo'lganligi rus generallarining xotirasidan chiqmagan edi. Pyotr I ning bosqinchilik rejasini to'la amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini poyoniga yetkazishgach, istilochilar Xiva xonligiga ko'z tika boshlaydilar.

  • Fon Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qo'yish choralarini ko'radi. U Buxoro amiri va Qo'qon xoniga tahdidli maktublar yo'llab, ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi. Masalan, uning 1873-yil 4-martda Qo'qon xoni Xudoyorxonga yo'llagan xatida shunday deyilgan edi: «O'zimga ishonib topshirilgan qo'shinlar bilan Jizzax ustidan, Buxoroning shimoliy hududlari orqali o'taman. Sizning dono harakatlaringizdan o'rnak olmay, Rusiya bilan do'stona mu-nosabatlar o'rnatilishiga qarshi turgan Xiva xonini jazolash uchun yo'lga tushmoqdaman».

  • Buxoro amiri Muzaffarning Kaufmanga yozgan javob xatida ruslarga sodiqlik ruhi o'rmalab turadi: «Elchingiz, stat-maslahatchi Struve Rusiyaning Xiva bilan aloqasini batafsil gapirdi. Men bunday do'stlikni ifodalovchi xabarning ma'lum qilinishidan nihoyatda xursand bo'ldim. Albatta, o'rtamizdagi do'stona munosabatlar sizning do'stingiz - bizning do'stimiz va sizning dushmaningiz - bizning dushmanimiz bo'lishini taqozo qiladi. Men yaxshi tushunamanki, agar Xiva Rusiya bilan to'g'ri munosabatda bo'lmasa, u vaqtda unga qarshi qurol ishlatishga to'g'ri keladi. Bunday hol yuz bersa, men imkonim boricha o'z yordamimni amalda ko'rsatishga tayyorman.

  • Sizning elchingiz bizga shuni tushuntirdiki, Oq podsho-ning yerlaridan Xivaga uch tarafdan yo'l boradi: ulardan biri Kaspiy dengizidan, ikkinchisi - Kozilidan, uchinchisi Oq pod-shoning ixtiyoridagi bizning yerimiz Amudaryodan o'tadi. Sizga batafsil javobni statmaslahatchi Struve orqali yuborayotirman.

  • Sodiq do'st va qo'shni sifatida sizdan iltimos qilamanki, menga o'z fikringiz va harbiy yurish vaqtini oldinroq ma'lum qilingki, fuqarolarimizni xotirjam qilish va sizga ishonchli kishilarimni yuborish imkoni tug'ilsin».

  • Shunga qaramay, harbiy ta'lim olgan, bosh shtab akade-miyasini bitirib, boy nazariy va jangovar malaka hosil qilgan rus generallari va zobitlari ixtiyorida eng zamonaviy to'p, raketa otuvchi moslamalar, pulemyotlar bo'lsa ham, ular erksevar va ikki bor rus qo'shinlarini mag'lub qilgan Xivadan baribir hayiqishgan.

  • Chor hukumati Knyaz Bekovish-Cherkasskiy alamini olish va podsho Pyotr I armonlarini ro'yobga chiqarish maqsadi bilan Xiva xonligiga qarshi urushga alohida tayyorgarlik ko'radi.

  • Chor hukumati Xivaga qarshi yurish uchun turli xildagi ig'vogarlik va bahonalarni izlaydi. 1870-yil 18-yanvarda gene­ral Kaufman Xiva xoniga bunday xat yozadi: «Men sizga uch marta xat yozib birortasiga ham javob olmadim. Buning ustiga mening so'nggi elchilarimni ham ushlab qolgansiz. Bunday harakatlarga ortiqcha chidab bo'lmaydi. Ikkitadan bittasiga -yoki aytganlarimga ko'nasiz - do'st bo'lib qolamiz yoki aytgan-larimizga ko'nmasangiz - dushman bo'lib qolamiz».

  • 1872-yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi pobsho noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Generallar rejasiga ko'ra Turkis-ton general-gubernatorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Oren­burg gubernatori va Kavkaz noibligi ixtiyoridagi harbiy kuchlar esa g'arbdan va shimoliy g'arbdan Xiva ustiga yurishlari kerak edi. Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy mansabdorlariga sir emas edi. Sayid Muhammad Rahimxon II (1864-1910) 1872-yilda Hindiston vitse qiroli huzuriga elchi jo'natib ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so'ragan edi. Xonning elchisi Aminboy Muhammad o'g'li Kalkutta shahrida Lord Norsbruk bilan muzokaralar olib boradi. Ammo Angliya Xivaga yordam ko'rsata olmaydi, u Rusiya bilan aloqani buzish-ni xohlamasdi.

  • Xiva endi o'z kuchi va imkoniyatiga qarab ish ko'rishi lozim edi. Xonlikning qo'shinida hammasi bo'lib 27 eski zambarak,

  • 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qo'shin, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi.

  • Xiva xoni masalani tinch yo'l bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilarga qarshi o'zining lashkarboshilarini safarbar qiladi.

  • Matmurod devonbegi, Mahmud Yasovul boshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobomextar rahbarligidagi o'zbek va turkman (yovmut) yigitlari rus qo'shinlari hujumini qaytarish uchun ikki guruhga bo'linib yo'lga to'shadilar.

  • Xivaga yurish 1873-yil may oyida boshlanadi. Muhammad Yusufbek Bayoniy «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bunday yozadi:

  • «...Rusiya davlati mundin burun besh martaba Xorazm yo'lida tashnalikdan qirilib, ba'zilari Xorazmga borib urushib qirilib, hanuzgacha aslo zafar topa olg'onlari yo'q erdi. Bas, imperator a'zam bu bobda tamom arkoni davlati bilan maslahat etib, ul tarafga bormoqqa q aysi yo'l yaxshiroq ekanini ham bilmay, lojaram (chorasiz - mualliflar) Xorazm ustiga to'rt tarafdan askar yubormoqni iltimos etadilar (lozim ko'rmoq - mualliflar)».

  • General Kaufman Turkiston lashkari bilan, ikkinchisi Kavkaz qo'shinlari, uchinchisi general Verevkin boshliq Oren­burg lashkari va to'rtinchisi Lomakin rahbarligidagi jami 12 ming kishidan iborat yaxshi qurollangan qo'shin Xorazm ustiga yuradi. Kaufmanga umumiy qo'mondonlik topshiriladi. Rus qo'shini Turkiston qo'shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 to'p) general Kaufman, Orenburg otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazak, 8 to'p) qo'mondondan bo'lib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyoriga berilgan edi. Imperator Aleksandr II Xiva yurishiga katta e'tibor beradi. Xatto, aytish joizki, imperator oilasining a'zolari - buyuk knyazlar Xiva sari yurishda bevosi-ta qatnashadilar. Nikolay Konstantin, Yevgeniy Romanovlar va Gersog Leytenbergskiy kabi oliy zotlarning harbiy qismlarga qo'mondon qilib tayinlangani ham Rusiyaning Xiva istilosiga katta e'tibor berganini ko'rsatadi.

  • Amudaryodan o'tib, Muhammad Rahimxon II (Feruz) boshliq xonlikning shahar va qishloqlarini birin-ketin egallay boshlaydi. Turkiston xalqlarining qonxo'r jallodi chor genera-






  • yashaydigаn tomon Bаdirkentgа - Ismomut otа qаbristonigа che-kinadi. Muhammаd Yusufbek Bаyoniyning mа'lumotigа ko'rа bu dаvrdа xonning тПап Аmir vа Otаxon to'rа Muhammаd Rahimxon II yonidа turib umumiy dushmangа qarshi xalqni birlashtirib jаng qilish o'rnigа taxt talashmoq biten ovorа edilаr. Xonning qochgаnligidаn foydаlаnib inilаri Аmir vа Otаxon to'ra sotqin mаhrаmlаr bilаn til biriktirib Kаufmаn huzurigа non-tuz ^ЧагЛ boradilаr. Rus generali mаg'lublаrni judа iliq qаbul qilаdi-yu, biroq uterm Xiva xoni qiyofаsidа ko'rmаydi. General Kаufmаn xonning o'zini kelishini tаlаb qilаdi. Xongа yozgаn mаktubidа u: «Аgаr uch kun muddаtdа o'zing kelib, biz biten sulh olib bormаsаng, o'rninggа inilаringdаn birini xon qilib ^ЧагЛ qаytib ketаmаn» deydi.


  • Muhammаd Rahimxon general Kаufmаngа chopаr yo'llаb, tаslim bo'lgаnini bildirgach, harbiy harаkаtlаr to'xtаtilаdi. Аmmo olchoq vа johil polkovnik Skobelev vа graf Shuvаlov boshchi-ligidа minggа yaqin rus qo'shini Shohobod dаrvozаsini portM^, yo'ldа duch kelgan odаmni qirib, xon o'rdаsigа bostirib borаdilаr. Ukming аsli mаqsаd muddаosi ko'proq o'ljа-boyliklаrni qo'lgа olish, oliy martaba va nishonga ega bo'lish edi. Lekin gene­ral Kaufman bu «zafarli hujum»ni o'zboshimchalik sifatida qoralaydi va ayniqsa, o'zini qo'yarga joy topolmay yur gan Sko-belevni jiddiy ogohlantiradi. Ayyor general vaziyatdan silliq chi-qish maqsadida hali rus qo'shini qadami yetmagan noma'lum sahro yo'llarini xaritaga chizib keladi. General Kaufmanga bu harakat yoqqan bo'lsada, tullakilik qilib yosh zobitni taltaytirib yubormaslik uchun quriqqina qilib: «Siz ko'z o'ngimda avvalgi xatoingizni to'g'riladingiz, lekin hali hurmatimni qozonganin giz yo'q», - deydi.


  • Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 1.88 Mb.