• Abdulla Avloniy (1878-1934) 29
  • Hamza (1889-1929
  • Abdurauf Fitrat (1886-1938) 32
  • Munavvar Qori Abdurashidxonov




    Download 1.88 Mb.
    bet18/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    Munavvar Qori Abdurashidxonov
    1916-yilda Toshkentga - navbat-dagi safarga kelgan taniqli sharq-shunos akademik A.N.Samoylovich «Kolizey»da Avlo niyning Jalil Ma-mad qulizoda asari asosida tayyor-langan «O'liklar» spektaklini ko'radi. Bosilib chiqqan barcha o'zbek dramalarini ko'zdan kechiradi. «Sartlarning dramatik adabiyoti» nomli maqola yozadi. 7 drama - «Padarqush», «To'y», (Nusratulla Qudratulla), «Baxtsiz kuyov» (A. Qodiriy), «Axloq», «Juvanmarg» (Abdulla Badriy), «Ko'knori», «Eski maktab-yangi maktab» (Hoji Muin) asosida Turkistonda «Yangi adabiyot» maydonga kelganini ma'lum qiladi. U yozadi: «Turkistondagi yangi adabiyotning markazi Samarqandda bo'lsa kerak, yosh adiblarning bosh ilhomchisi sifatida esa, na tojik na turk asli «xo'ja» samarqandlik mufti Mahmud Behbudiyni e'tirof etish ke-rak bo'ladi»1.

  • Marhum sharqshunos olim Laziz Azizzoda Behbudiy -ning sobiq Turkiston o'lkasining ijtimoiy, madaniy va adabiy rivoji dagi o'rni, roli va ahamiyatiga juda katta baho berib, uni hatto fransuz ma'rifatparvari Jan Jak Russo, rus inqilobchi demokratlari N.G.Chernishevskiy, Dobrolyubovlar, tatar va ozarbayjon ma'rifatparvarlari Shahobiddin Marjoniy, Qayum Nosiriy, Mirza Fatxali Oxundov, Naxafbek Vazirovlar bilan qiyoslagan. O'zbekistonda Navoiy, Ulug'bek kabi buyuk zotlar



  • «BeCTHrnc MMp об-вa Вocтoковeдения». 1916, №5, стр. 4.

  • bilan birga Behbudiyga ham haykal o'rnatish kerak»27, deb yozgan edi.

  • Jadidichilik harakatining yirik vakillaridan bo'lgan Munav-var Qori Abdurashidxonov (1878-1931)28 Ismoil Gaspirinskiy-ning o'qish va o'qitish, madrasa va maktab islohotiga oid fikrlari-ning Turkistondagi otashin targ'ibotchilaridan biri edi. Bunda Bog'chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Tataristonda chop etilgan «Vaqt», «Yulduz», Istanbulda bosilgan «Siroti mustaqim» («To'g'ri yo'l»), kabi matbuot nusxalarining Turkistonga turli yo'llar bilan tarqalishi katta o'rin egalladi. Munavvar Qori 1901-1904-yillarda qrimlik do'sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli sovtiya» maktabini ochadi. 1910-yilga kelganda bunday maktablar 10 tagacha yetadi. Chor ayg'oqchisi 1912-yilda bunday yozgan edi: «Toshkent shahrida yashab turgan Munavvar Qori-ning hozirgi paytda 80 o'quvchisi bor.

  • Ularni tatar uslubida o'qitadi. Bu maktabning o'quvchilari sart tilida sahna asarlari qo'yadilar».

  • «Nauka i prosvesheniye» jurnalining ma'lumotlariga qara-ganda, Munavvar Qori Abdurashidxonovning «Namuna» mak-tabida bir necha yuz bola o'qigan. Bu maktabda tayyorgarligi anchagina jiddiy bo'lgan iste'dodli yoshlar o'qituvchilik qilishgan. Ularning qo'lida ta'lim olgan yoshlar orasidan keyinroq Hamza, Qayum Ramazon, Oybek Mannon Uyg'ur kabi iste'dodli adib va san'atkorlar yetishib chiqishdi.

  • Ulug' pedagog olib borayotgan ishlar zolim chor huku-mati vakillarini ancha bezovta qilib qo'ydi. Bu haqda jadidchi Mo'minjon Muhammadjonovning «Turmush urinishlari» asarida shunday yozilgan: «Olmaota (Verniy)da rus muallimlarining katta yig'ini bo'ldi, shul yig'inda «tatarlar qozoqlar bilan birga sart bolalari o'qitilmasun! O'qumishli tatarlarga Turkiston o'lkasida turish uchun yo'l qo'yilmaslik kerak! Chunki ular sart, qozoqlarga bilim tarqatib, ko'zlarini va fikrlarini ochadirlar. So'ngra bizga yemak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2-yangi tartib bilan o'qituvchi muallimlar, progromlari, o'qitadurgon kitoblari kim-ning asarlari ekanligini «inspektor»larga yozib ko'rsatmaguncha bola yig'ib o'qita olmaydurlar», deb qaror berdilar. Chor amaldorlari maktablarning dasturlari bilan muntazam tanishib borganlar va imtihonlarda ishtirok etganlar».

  • Sirojiddin Ahmadning «Munavvar Qori»1 maqolasida qayd qilinganidek Munavvar Qori pedogogik va badiiy asarlar ham yozgan. U Turkiston o'lkasida birinchilar qatorida «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» («Jug'rofiya»), «Havoyiji diniya» kitoblarini (1907-yilda) nashr ettirgan. 1914-yilda Salim Ismoil Ulviyaning Qur'on qiroati bo'yicha saboq beruvchi «Tajvid»ini o'zbekchaga tarjima qilib, Orenburgda nashr ettirgan. «Sadoi Turkiston» jaridasida bosilgan Kamiy, Xislat, So'fizoda, Hamza kabi shoirlarning she'rlarini to'plab, «Sabzazor» nomi bilan chop ettirgani ma'lum.

  • Ulug' mutafakkir bu ishlar bilan ham cheklanmadi. O'ziga o'xshash ochiq fikrli yoshlar - Ubaydulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Toshpo'lat Norbo'tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909-yilda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi. Biroq, bu jamiyat iqtisodiy jihatdan bir necha ag'niyolarning iona va yordamiga suyangani uchun erkin ish olib bora olmaydi. Lekin rais o'rinbosari bo'lgan Munavvar Qorining tinib-tinchimasligi natijasida jamiyat taraqqiyparvar yoshlar qo'liga o'tadi.

  • Jamiyatning yangi a'zolari pul topmakka ham yangi yo'l-lar izladi, boshlab «Gramafon obshestvo sila» suylashib, har bir plastinkadan o'n tiyin olmoq sharti-la bir hafta hofizlarni va o'z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu yil ichindagina loaqal ikki ming so'm kirsa ke-rakdir».

  • Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906-yil sentabrda «Xurshid» («Quyosh») jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qiladi. «Najot» (1917-yil), «Kengash» (1917-yil), «Hurriyat» (1917-yil), «Osiyo», «Ha-qiqat», «Turon» kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qiladi.

  • Munavvar Qori matbuotga elni, millatni g'aflat uyqusidan uyg'otuvchi, buyuk kuch, madaniyat va ma'rifatga chorlovchi buyuk vosita, haqiqat jarchisi deb qaradi.U «Sadoiy Turkiston» (1915-1918) jaridasida maktablarni takomillashtirish, imtihonlar o'tkazish haqida yozar ekan: «...Butun dunyodagi madaniy millatlarning qayg'u va hasratlariga ishtirok etmagan va bu shod-lik masarratlaridan bahra olmagan bir qavm va bir millat bor esa, ul ham Turkiston turklaridirmiz», deydi.

  • Munavvar Qori 1913-yildan o'z faoliyatini boshlagan «Tu-ron truppasining tashkilotchilaridan bo'ldi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi ochilish marosimi bo'ldi. Spektaklni birinchi pardasini ochish Munavvar Qori Abdurashidxonovga topshirildi. Mazkur tanatanada u bunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynalmag'onligi barchangizga ma'lumdir. Shul sababli ba'zi kishilarimiz teatrga, ehtimolki o'yinbozlik yoki masxarabozlik ko'zlari ila boqurlar. Holbuki, teatrning asl ma'nosi «Ibratxona» yoki «Ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur».

  • Munavvar Qori Turkiston o'lkasining qoloqligi sabablarini izlar ekan, «Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonliq va olamdan xabarsizliq demakdin bosh-qa chora yo'qdir. Bu nodonliq va dunyodan xabarsizliq balosidan qutulmoq uchun avval oramizda hukm surgan buzuq odatlarning buzuqligini bilmak va o'rganmak kerakdir», deydi u. U teatr san'atiga ana shu «buzuq odatlarning buzuqligini bilmak» va tuzatmak muassasasi, «tabibi hoziq» deb qaradi.

  • Munavvar Qori Abdurashidxonov insonning ma'rifatli bo' lib, ko'zi ochilmaguncha vijdoni uyg'onmasligini, vijdoni uyg'onmasa na o'zining, na xalqining erkini muhofaza qila oli-shini, bu - imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan o'z asar larida ko'rsatib berdi. Bu ulug'vor yo'lda u mardonavor va qahramonlarcha kurashadi.



  • Abdulla Avloniy (1878-1934)29

  • o'zbek xalqining atoqli shoiri, mual-limi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o'z tarjimayi holida: «Turli gazeta va jurnallar o'qishga tutindim. 1904-yilda jadidlar to'dasiga kirdim. Mirobodda «usuli jadid» maktabi ochib o'qituvchilik qila boshladim»,30 deydi.

  • Abdulla Avloniy o'zi och-gan maktab uchun to'rt qismdan iborat «Birinchi muallim», «Ikkin-chi muallim», «Maktab gulistoni»,

  • Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi

  • darsliklar va o'qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko'mak ko'rsatuvchi «Jamiyati xayriya» tashkil etdi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do'konini ochadi.

  • U 1913-yilda tashkil etilgan professional «Turon» nomli teatri to'garagining tashkilotchilaridandir. Bu to'garak keyinchalik Hamza tomonidan tashkil etilgan truppa bilan qo'shilib hozirgi bosh drama teatri Hamza nomidagi hozirgi Milliy davlat akade-mik teatriga asos bo'ldi. Avloniy to'garagidan keyinchalik mash-hur inqilobchi va madaniyat arboblari bo'lib tanilgan Nizomid-din Xo'jayev, G'ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Shamsiddin Sharofiddinov (Xurshid), Mannon Uyg'ur singari ulug' shaxslar yetishib chiqdilar. Ular jadid yozuvchilar: Mahmudxo'ja Behbu-diy, Hamza, Abdulla Qodiriy asarlarini sahnalashtirar va asosiy rollarni o'zlari o'ynar edilar. 1916-yilda ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib «Turon» gruppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtiradi. Abdulla Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Aynichog'da Avloniy o'z teatri uchun «Pinak» (1915), «Advokatlik osonmi?» (1916) kabi sahna asarlari yozib beradi va ularni sahnalashtiradi. Bundan tashqari u tatar va ozarbayjon jadid yozuvchilarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima ham qilgan.

  • Abdulla Avloniy millat va yurt qayg'usi bilan, mamlakat is-tiqboli va ravnaqi ezgu niyati bilan yashadi va u bilan nafas oldi, o'z asarlarida uni kuylab tarannum etdi. Bu borada Avloniyning quyidagi so'zlari g'oyatda ibratlidur va xuddi bugungi kunda bizni o'ylab aytilgan so'zlarga o'xshaydi: «Har bir millatning dunyoda borligin ko'rsaturg'on oynai hayoti til va adabiyotidur. Milliy til-ni yo'qotmoq millatning ruhini yo'qotmakdur... Yohu bizga na bo'ldi? Bobolarimiz yo'lidan chiqib ketduk! Yaxshi qo'shningdan olguncha yomon uyingni qidir, demishlar. Bobolarimizga yetishg'on va yaratgan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas. O'z uyimizni qidirsak va axtarsak yo'qotganlarni ham topamiz. Yo'qolsa yo'qolsun, o'zi boshimga tor edi, deb Yevropa qalpog'ini kiyub, kulgu bo'lmak zo'r ayb va uyotdur»31.

  • Abdulla Avloniy barcha jaholatliklar, qorong'uliklar va nodonliklarning, millatning o'zligini anglamasligining asosida ma'rifatsizlik yotishini yaxshi ko'ra oldi va u avlodlarga, farzandlarga, o'g'il-qizlarga pand-u nasihatlar qilib maktabga borish, o'qish, o'rganish, ilm olishga da'vat etadi. U bir she'rida:

  • Maktab duru gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar. Maktab jaholatdan qochar, G'ayrat qulub o'qing, o'g'lon! Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon! Maktab o'quvniko'rsatur, Maktab yozuvniko'rsatur, Maktab yuqudan uyqotur, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur husni jamol. Maktabdadur milliy xayol, G'ayrat qilib o'qing, o'g'lon!

  • deb yosh avlodga murojaat qilsa, yana bir 1916-yilda yozgan «Maktab» she'rida quyidagi misralarni bitadi:



  • Kimki в'цытаз так1аЪ, Ыгтаз-цагатаз так1аЪ, 0)й%'ау Ъи ЫзкИагсктгуосил fig'on так1аЪ. ]отт, o'qungizтак1аЪ, Ъогиyo'qingizтак1аЪ, Siz^r uchun а\\одхт, ^g'iguliston так1аЪ. Mааidur fаn таЫаЪ, eng yaxshi chаmаn таЫаЪ, Axloq-u odoЪsizgа o^oqligi таЫаЪ. Guldаstаi gul таЫаЪ, sw^^u jаnЪul таЫаЪ, BuWul каЫ toliЪgа gulzori jahon таЫаЪ. Milliy uyrniz таЫаЪ, to'nu to'yrniz таЫаЪ, Та т uyidur, Hijron, eng yaxshi mаkon таЫаЪ.



  • Xullas, Abdulla Avloniy jadidchilik harakatining yirik vakili sifatida XX asr boshlaridagi milliy uyg'onishga munosib hissa qo'shdi.

  • Davr va zamon nafasi hozirjavob ma'rifatparvar va demok-ratik shoirlardan biri Hamza (1889-1929)dir.

  • Hamza madrasada o'qishni tashlab jadidchilik g'oyalari ta'sirida o'z tashabbusi bilan Marg'ilon, Qo'qon va boshqa shaharlarda mehnatkashlar bolalari uchun yangicha usulda maktablar ochadi va bepul ularni o'qitadi. Ammo har safar ho-kim va to'ralarning qarshiligiga duch kelaveradi. «1914-yilning oxirlarida... Marg'ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha bormay Andreyev ismindagi Skobel maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi... » («Tarjimoi hol»). Yana unda yozadi: «Undan yana Ho'qand kelib,... Yo'qsul bolalar uchun pulsiz o'qitish maktabi ochdim... o'zim 4 oycha davom ettirgandan ke-yin, uyezd nachalnigi Medinskiy tomonidan tintuv bo'lib, yopil-di. Lekin hech bir qanday qog'ozlarim qo'liga tushmagani uchun qamalmay qutuldum».


  • Hamza 1909-yilda Buxoroga va so'ngra Toshkentga borgan kezlarida mahalliy xalqlar orasida boshlangan ijtimoiy-siyosiy ishlarga, «Milliy anjumanlar»ga faol qatnashadi va milliy istiqlol uchun kurashga tortiladi.

  • Hamza buyuk ijodkor sifatida yozib qoldirgan she'riy, prozaik va dramatik asarlarida mehnatkash oddiy xalq ommasining inti-lish va qiziqishlarini, ularning haqsizlik, adolatsizlik va xo'rlikka qarshi haqqoniyat uchun kurashlarini aks ettiradi. Hamzadan qolgan «Devon»ga shoirning 1905-1914-yillarda yozilgan 177 she'riy asarlari, shu jumladan, 150 g'azal, 27 murabba', muxammas va musaddaslar kiritilgan. Bu asarlarning barchasida Hamza «Nihoniy» («Yashirin») taxallusini qo'llagan. Devonga kiritilgan 12 asar fors-tojik tilida yozilgan. Hamza she'riyatida oliyjanob insoniy fazilatlar, sof sevgi-muhabbat, xalqqa, millatga sadoqat ulug'lanadi, ma'rifat, madaniyatga da'vat kuylanadi. Bu borada Hamzaning «Yig'la Turkiston» she'ridagi quyidagi satr ibratlidir:



  • Yig'^, yig'^, Turkiston, yig'^ Turkiston, Ruhsiz tаnlаr tebrаnsun, yig'h, Turkiston. Qo'l mh^M^, birlashing emdi, Turkiston, Ма 'п/аМ xushlаshing kelmаy tobuston, Kinаlаrni tashlashing, bitsun jahliston, Tаrаqqiygа boshlashing, o'lsun sidkiston. Mаktаb oching, bаyonlаr, bo'ling himmаtli, Bo'lsun o'qub sibyon^r oliy g'аyrаtli, Shoyad bo'lsun millаtgа sodiq xizmatli, Bu ko'ngulhr quvonsun qolmаy hasratli.

  • Darig' tutmang ilm uchun ketsa molu jon, O'quvfarzligimingyil Qur'ondafarmon, Ma 'rifatsiz topulmas ahkomi imon, Ilmsizga aytulmas komil musulmon.



  • Hamza ijodiy dunyoqarashining shakllanishida uning 1911-yilda Afg'oniston, Hindiston, Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Shom, Bayrut, Istanbul kabi xorijiy mamlakatlar va shaharlarga qilgan safari katta rol o'ynadi.

  • Maorif tarqatish, xalqni ilmli va ma'rifatli qilish Hamza dunyoqarashining markazida turardi. U bir emas uchta darslik yaratdi: «Yengil adabiyot», «O'qish kitobi» va «Qiroat kitobi» (1914-1915)da she'riy shaklda m a'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib etsa, nasrda xalqning eng yaxshi aqidalarini - mehnatsevarlik, rostgo'ylik, birodarlik va zulmga nafratni yoshlar ongiga singdiradi.

  • Hamza ma'rifatning hayotdagi o'rnini o'zining 1916-yilda yozgan «Zaharli hayot» dramasida yanada bo'rttiribroq talqin etadi. Asar bosh qahramoni ayol kishi (Maryamxon) bo'lib, u o'z sevgilisi va sevguvchisi Mahmudxonni haqiqat va adolat yo'liga ya'ni ma'rifat va baxtiyorlik yo'liga boshlaydi.

  • Hamza Hakimzoda Niyoziy o'zining 1915-1917-yillarda bostirib chiqargan oltita ashulalar to'plamini «Milliy ashulalar uchun milliy she'rlar majmuasi» deb atalgan umumiy sarlavha ostida e'lon qiladi. «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul», «Sariq gul», «Pushti gul» va «Safsar gul» nomlari bilan e'lon qilingan mazmunan bir-biriga yaqin bo'lgan bu asarlarning barchasiga shoirning «Uxlama, o'zbek eli, asri taraqqiy vaqtida» misrasi epigraf bo'lib xizmat qiladi.

  • Hamza chor Rossiyasining mustamlakachilik va saltanat -chilik siyosatini keskin qoralaydi. Ayniqsa u birinchi jahon uru-shi munosabati bilan Rossiyaning Turkiston xalqlariga nisbatan o'tkazgan zo'ravonlik, talonchilik siyosatini la'natlaydi.

  • Chor Rossiyasining front orqasi uchun yerli aholini mardikorlikka safarbar qilish haqidagi 1916-yil 25-iyundagi farmoni shoirning mustamlakachilarga nisbatan nafrat va g'azabini qo'zg'otadi. Hamzaning «Safsar gul» to'plamiga kirgan she'rlarining hammasi «mardikorlar»ning og'ir kechinmalari va qismatlarini aks ettiradi.

  • Hamza Hakimzoda Niyoziy baxtli istiqbolga, ozod kelajakka ishonch, e'tiqod umidi bilan yashadi. Buni biz shoirning «Safsar gul» to'plamiga kirgan deyarlik har she'rida, «Qachon ozod bo'lur, tangrim, boshimiz» nidosi bilan bir qatorda:



  • Suv^r ketar, tosh qolur, Ku^t ketar, bosh qolur. Bobolаrdаn bir so'z bor: O'smа ketar, qosh qo^r.



  • kabi satrlarda ochiq-oydin ko'rishimiz mumkin.

  • Hamza ham o'z davrining farzandi edi. Shul bois u ham og'ir va murakkab yo'lni bosib o'tdi.

  • Abdurauf Fitrat (1886-1938)32 jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biridir. U hali 1909-1913-yillarda o'qishni Istanbulda d avom ettirib yurgan kezlarida F.Xo'jayevning bergan ma'lumotiga ko'ra hamyurtlari bilan birgalikda «Buxoro ta'limi (umumiy) maorifjamiyati»ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o'zaro moddiy-ma'naviy uyushmasi vazifasini bajargan.

  • Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o'z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. U siyosat maydoniga sho'ng'ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, san'ati, tari-xini chuqur va atroflicha o'rganadi. Ilg'or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari turk adabiyoti orqali esa G'arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G'arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o'rtasida farqlarni o'z ko'zi bilan ko'radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.

  • Fitrat adabiyotga shoir va adabiyot shunos sifatida kirib keldi. Ko'p o'tmay o'zini dramaturgiya va nasrda ham sinab ko'rdi. U



  • «Munozara» (dastlabki nomi «Hin-
    distonda bir farangi ila buxorolik bir
    mudarrisning bir necha masalalar
    ham usuli jadid xususida qilgan
    munozarasi») asari ni Turkiyaga bo-
    rishidan oldin, 1905-1907-yillarda
    yaratgan. «Sayha», «Sayyohi hin-
    di», «Rahbari najot», «Tarixi Islom»
    asarlarini esa Turkiyada tahsil olgan
    pay tida yozgan va «Munozara» 1908-
    yilda, «Sayha» 1910-yilda «Sayyohi
    hindi» 1913-yilda Istanbulda bosilib
    chiqqan. «Rahbari najot» va «Oila»
    1915-1916-yillarda Bokuda nashr

    Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1.88 Mb.