• Abdiiqodu- Slmkuriy
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet17/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    . , n . , .., Ubaydullaxoja

  • ularning tajribasidan foydalanadi20. Asadiillax0'jayev

  • Bunday yashirin tashkilotlar Tur-kistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Andijon kabi shaharlarida faoliyat ko'rsatib, mahalliy aholi orasida katta ta'sir kuchiga ega edi. Bu tashkilotlar «Taraqqiyparvarlar», «Padarkushchilar», «Yosh o'zbeklar», «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar» nomlari bilan el-yurt orasida mashhur bo'lib ketgan edi. Bu tashkilotlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldilar21.

  • Shuni alohida qayd etish lozimki, XX asr boshlaridayoq milliy-ozodlik bayrog'ini baland ko'tarib, milliy kuchlar birligi-ni ta'minlash borasida salmoqli faoliyat ko'rsata boshlagan Tur-kiston jadidlari jahon jamoatchiligi e'tiborini o'ziga jalb qildi. 1906-yilning bahorida Fransiya respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (harbiy razvedka) topshirig'i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishadi. U o'zining kuzatishlarini hisobot tarzida «Komitet Asiya Fransays» nomli jurnalda chop etadi. Maqola Yevropada katta qiziqish uyg'otadi. Bu maqolada Turkiston general­gubernatorligi hududidagi ijtimoiy-siyosiy kuchl ar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi. E'tiborli tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o'tkir nigohi bilan Turkistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday aniqlab berildi-ki, bu hol rus siyosiy politsiyasini g'oyat jiddiy tashvishga soladi. Mayor Lyakost Turkiston o'lkasidagi eng e'tiborli va kelajagi porloq tashkilot sifatida sotsial-demokratlar (bolshevik va mensheviklar), yoki sotsialist-inqilobchilar (so'l va o'ng eserlar), yo kadet va liberallar emas, balki yosh sartlar (rasmiy idoralar Turkiston jadidlarini yosh turklarga qiyoslab «Yosh sartlar» deb atashgan) degan xulosaga kelgan edi.

  • Razvetkachi Turkistonda jadidlar ta'siri kuchli bo'lgan o'z fir-qasiga ega ekani va u 1906-yilning yanvarida Sankt-Peterburgga, Umumrusiya musulmonlarining qurultoyga vakil yuborganini ta'kidlab, bu firqa xuddi Qozon tatarlari kabi o'zining milliy das-turiga ega ekanligi va rus istibdodiga jiddiy zarba berishi mum-kunligiga ishora qilgan edi22.

  • Sho'rolar hokimiyati o'rnatilgan bir paytda ham «Yosh sart-lar», «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar» partiyalari komfir-qa arboblari tomonidan tilga olinib ijobiy baholangan edi. Mosq-qadan kelgan vakil P.A.Kobezev 1918-yili Lenin va Sverdlovga yo'llagan xatida «1917 yil inqilobiga qadar Turkistonda «Yosh sartlar», Buxoroda «Yosh buxoroliklar», Xivada «Yosh xivalik-lar» firqalari faoliyatda bo'lganligi, ularning a'zolari esa katta mablag' yevropacha ma'lumotga ega ekanliklari, hamma shahar-larda bunday to'garaklar ishlab turgani»23 ni yozgan.

  • «Yosh Xivaliklar» partiyasini shakllanishi va rivojlanish bos-qichlari, uning faoliyatidagi faktik o'garishlar, umuman «Yosh xivaliklar» haqidagi yangicha talqinlar N.T.Polvonovning nom-zodlik dissertatsiyasida o'z ifodasini topgan24.

  • Turkiyadagi «Ittihod va taraqqiyot»chilardan Turkistondagi «Ittihod va taraqqiyot»chilarning (taraqqiyparvarlarning - mu-all.) afzallik tamonlari bor edi. Ularda kosmopolitik g'oya yo'q bo'lib, rus imperalizimiga va uning mustamlakachilik tizimiga qarshi kurash g'oyasi va mafkurasi kuchli edi. Hatto 1905-yilgi rus inqilobi va 1908-yilgi Turkiya inqilobida imperializm va mus-tamlakachilikka qarshi kurash olib borish go'yasi yo'q edi.

  • Birinchi rus inqilobi va 1917-yilgi oktabr to'ntarishi Turki-stonda jadidchilik harakatida iperalizimining ziddiyatlarini kes-kin kuchaytirib yubordi. Shu bois Turkistonda chor Rossiyasi va uning mustamlakachiligiga qarshi kurashda jadidlar bilan rus demokratlari o'rtasida hamkorlik, hamjihatlik ham tarkib topgan

  • edi25.

  • Jadidlar Buxoro amirligi va xiva xonligida xon va amirni o'z g'oya va maslaklariga topshirishga harakat qiladilar. Buxo-ro jadidlari 1900-yil boshida amirdan yangi uslubdagi maktab-lar ochishga ruxsat olishga muvaffaq bo'ladilar. Ammo bunday yangi usul maktablarining ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi, shu amir jadidlarning siquv ostiga oladi. Rossiya barcha imko-niyatlarni ishga solib jadidlar, umuman, O'rta Osiyo bilan mu-sulmon mamlakatlari, xususan, Turkiya bilan bo'ladigan har qanday bordi-keldi aloqalarning oldini olishga birinchi darajali e'tibor beradi.O'zbekiston davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan qimmatli manbalarning guvohlik berishicha, chor ma'muriyati mustamlaka chegaralarida har bir harakatning o'zining iskovich ayg'oqchilari yordamida kuzatib borar edi. «Tatar o'qituvchi-lari sart aholisini yangi usulda o'qitish uchun Toshkent shahri atroflariga ham kelmoqdalar. M'alumki, 1912-yilda uchta erkak va bitta ayol o'qituvchi kelgan edi. O'qituvchi xonim Chinozda yashar edi, hozir ham o'sha yerda yashasa kerak. Uning ismi Bibi Maryam, qolgan ikkitasi esa Piskent viloyatida yashaydi». «Farg'ona viloyatiga 1912-yilda Orenburg va Ufadan 8 o'qituvchi kelgan edi».

  • 1914-yil 10-yanvarda Turkiston tuman qo'riq bo'limiga shunday xabar keladi: «O'tgan yil dekabr oyining so'ngqi kun­larida Eski Buxoroga Konstantinopoldan (IstanbuldaH - muall.) tuzemets Shayx ali Aslan keldi, bir kecha qozi kalonning (bosh sudya) uyida tunadi va qozi kalon o'z ukasi Maqsumjonnikiga jo'natib yubordi... shayx ali Aslan Turkiyadan Buxoro musul-monlarini birlashish va ruslarga qarshi ko'tarilish uchun tashvi-qot qilishga yuborilgan».

  • 1914-yil 2-martda Jandarmediya alohida bo'limning rotmistri Prigoraning bergan ma'lumotida, «Eski Buxoroda keyingi payt-larda Konstantinopoldan juda ko'p kitoblar olindi, ular omma o'rtasida keng tarqatilmoqda va bu kitoblar musulmonlarni xris-tiyanlarga, ruslarga qarshi uyg'otishga qaratilgandir», deyiladi.

  • Rossiya mustamlakachilari O'rta Osiyo bo'ylab ochilgan yangi usul maktablariga qarshi o't ochadilar, bu maktablarni «Islomiyaga qarshi», «g'ayridin maktablari» degan tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxo-ro amirligiga va Xiva xoniga ham kuchli tazyiqlar o'tkazadilar. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bu masala bilan bog'liq ko'p-lab qurbonlar yuz beradi. Chor ma'murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar.

  • 1904-1905-yilgi rus-yapon urushi va bunda chorizmning mag'lubiyati rus ziyolilari orasidagi hur fikrlilikning kuchayi-shiga, chor hukumatini esa, ma'lum islohotlar o'tkazishga m ajbur qiladi. Birinchi rus inqilobiga qadar saylovlarda ishtirok eta olmagan g'ayrirus kishilari, jumladan, turkistonliklar inqilobdan so'ng Rossiya davlat dumasiga saylanadilar. Turkistondan, jadid-lar faollaridan Mahmudxo'ja Behbudiy davlat dumasiga saylan-gandi. Andijondan shahar oqsoqoli Xolbotir Ro'zadorbiy ham dumaga say langandi. Shu bois u Xolbotir duma laqabini olgan. Ammo bu holat uzoq davom etmaydi, birinchi galda turkistonlik vakillar dumadan chiqarib yuboriladi. Bu voqea ham Turkiston jadidlarining rus imperializmi va uning mustamlakachili giga qarshi kurashi to'g'riligini isbotlaydi, jadidlar haqligini na-moyish etadi. Turkiston xalqida jadidlarga bo'lgan xayrixohlik ishonch tobora ortib boradi.

  • O'lka jadidlari har qancha qarshiliklarga qaramasdan 1905-yilgi inqilobdan so'ng Rossiya hududidagi butun turkiy qavmdagi xalqlar bilan, Turkiya mamlakati bilan yaqindan aloqa qilishga intiladilar. O'z davrida turk dunyosi markazlari bo'lgan Qrim,

  • Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar Turkistonga tez kirib, keng yoyila boshlaydi. Istanbulda tashkil topgan «Jamiyati xayriya», «Nashriyot shirkatlari» kabi ijti-moiy tashkilotlar Buxoro va Xivada ham maydonga keladi. Bu jamiyatlar ichida kamol topgan jadidchilik harakati o'sib, 1908-yilgi Turkiya inqilobi tufayli yuzaga kelgan «Yosh turklar» harakatiga taqlid qilgan. Xivada «Yosh xivaliklar», Buxoroda «Yosh buxoroliklar» jamiyatlarini yuzaga keltiradi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oladilar. Bunday jadidchilik harakatining siyosiy tashkilotlari, jamiyatlari qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Andijon kabi Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida nufuzli tashkilotlarga ega bo'ladi.


  • Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keladi, mukammal bir shaklga kiradi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va jaholatdan qutulish, rus istilosiga qarshi kurash, ma'rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo'lga kiritish g'oyalari bilan to'lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllanadi. Behbudiy bunday adabiyotning ilk namunalarini yaratadi. Undan so'ng Fitrat va boshqalar maydonga chiqqan edi.

  • 1900-yili Buxoroda Jo'raboy tomonidan yangi usuldagi maktab ochiladi. 1908-yili bunday maktab Mirza Abdul Vo-hid tomonidan ham ochiladi. Buxoro amiri bu maktablarni tan olishga majbur bo'ladi. Mufti Domullo Ikrom bu yangi usuldagi maktablarning diniy jamoat tomonidan qabul qilinishiga erisha-di. Buxoroda Ahmadjon Mahdum, Sadriddin Ayniy, Usmon-xo'ja Po'latxo'ja o'g'li, Abdulvohid Rafiy Mahdum «Tarbiyai Atfol» nomli yashirin jadidchi jamiyatini tuzadilar. Bu jamiyat imperializmga, mustamlakachilikka, jaholatga qar shi kurash boshlab yuboradi. «Tarbiyai At fol» jamiyati Turkiyada tahsil ko'rayotgan talabalarga yordam ko'rsatish maqsadida Istan-bulda shu'ba tashkil etadi. Uning rahbariyati Sodiq Ashur o'g'li Abdurahmon va Abdurauf Fitratlardan iborat edi.

  • Buxoro jadidlarining yana bir jamiyati «Turon nashri maorif» jamiyati edi. Uning tashkilotchilari Abdurauf Fitrat, Muqim Boy-jon, Ahmadjon Mahdum, Olimjon Idrislar bo'lgan. Bu jamiyat qisqa vaqt ichida Turkiyaga talabalar jo'natadilar. Ular tez orada ilm odamlari bo'lib yetishadilar. S. Ahmedov va Q. Rajabov «Jadidchilik» maqolasida ta'kidlaganlaridek Samarqandda Mahmudxo'ja Behbudiy, Toshkentda Munavvar Qori, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov, Abdulla Avloniy, Buxoroda Fitrat, F. Xo'jayev, Usmonxo'ja, Abduvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Qo'qonda Ashurali Zo-hiriy, Obidjon Mahmudov, Hamza, Orenburgda Ahmad Boytur-sun, Miryoqub Dulat, Andijonda Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon, Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev, Xorazmda Polvon-niyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov Turkiston jadidchilik harakatining ulug' namoyandalari edilar.

  • O'lkada jadidchilik harakatining paydo bo'lishi va rivoj-lanishida Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Turkiyaning, xususan, «Yosh turklar» partiyasining ijobiy va demokratik ta'siri bo'lgan. Turkistonning o'zidagi Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar, Berdaq va boshqalarning ilg'or demokratik qarashlaridagi g'oyalar bilan sug'orilgan asarlarisiz jadidchi lik harakatini tasavvur etish mumkin emas.

  • Siyosiy hurriyat va Turkiston milliy istiqloli masalalarini ilk bor ko'tarib chiqqan shaxs buxorolik qozi Abdurashid Ibrohi­



    mov (1851-1944) bo'lgan. U Turki-ya, Makka va Yevropa davlatlarida bo'lib, bu mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotni o'rgangan va o'zi ko'rgan-bilgan g'oyalarni Turkis-ton xalqlari o'rtasida keng tashviq va targ'ib qilgan. Chunki XX asr boshlarida yashagan jadidlar siyosiy hurlikka, milliy istiqlolga ega bo'lish uchun yosh avlodning siyosiy ongini oshirish, ularni Yevropa sivilizat siya-si ruhida va darajasida tarbiyalamoq lozim deb, tushunganlar.

  • Turkistonda jadidchilik g'oya-
    larini aholi o'rtasida keng tarqatish va Abdiiqodu- Slmkuriy

  • targ'ibot qilishda tatar ziyolilarining

  • xizmatlari ham katta bo'ladi. Ana shunday ma'rifatparvardan biri

  • Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) edi26. U 1908-yilda Turkistonda

  • bo'lib ilg'or ma'rifatvarlardan Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, A.Shakuriy va boshqalar bilan uchrashadi, o'zbek, tojik, tatar bolalari uchun yangi maktablar ochib jadidchilik g'oyalarini keng tarqatadi. Bunday g'oyalarni tarqatishda Ismoil Gasnirinskiyning o'zi tashabbus ko'rsatib chiqargan «Tarjimon» gazetasining o'rni katta bo'ladi. U musulmon milliy ozodlik harakatining yo'lboshchisi sifatida tanilgan edi. «Dor ul-rokat musulmonlari» ilmiy-fantastik asari, «Yuz yildan so'ng 2000-sana» badiiy-publitsistik roman, «Turkiston ulamosi» kabi kitoblar uning qalamiga mansub edi.

  • S.Ayniy bunday deb yozgan edi: «1908-yil yoz faslida tatar jamoati xodimlaridan Ismoilbek Gaspirinskiy Buxoroga kel-di. Tabiiy, Ismoilbek har yerda qiladurg'onidek Buxoroda ham maktab masalasini qo'zg'otdi. Bu masalani muzokaraga qo'ymoq uchun Buxoro taraqqiyparvarlaridan bir nechalarini saroyga chaqirdi... Mulla Nizom uyidagi mak tab uchun podsholikdan biron munosib o'rin so'rab olib, maktabni tatar va buxoroliklar uchun umumiy qilmoq ham rasmiylashtirmoq muzokara






    1. tiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan yalovbardor-lardan edi. Fayzulla Xo'jayev Behbudiy haqida bunday degandi: «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o'sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo'lmasa kerak».

    2. Behbudiy Gaspirinskiy yo'lga qo'ygan «usuli jadid» maktabla-rini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo'llanmalar bilan ta'minlashda jonbozlik ko'rsatadi. Yangi tipdagi mak-tablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo'la olishi mumkinligi haqida o'nlab maqolalar yozadi. «Muntaxabi jug'rofiyai umumiy» («Qisqa umumiy geografiya»), «Kitobat-ul atfol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», «Madhali jug'rofiyai umro-niy («Aholi geografiyasiga kirish»), «Muxtasari jug'rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha geografiyasi») kabi darsliklar yaratadi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo'llanmalar, xaritalar bosib chiqargani ma'lum. Bular ilk o'zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo'llanmalar sifatida emas, til-yozuv madaniyatimiz ta-raqqiyoti nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.

    3. Behbudiy 1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jur-nalini chiqaradi. Gazeta dastlab 2, so'ng 4 betlik bo'lib, hafta-da 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45-sonidan keyin to'xtagani ma'lum. «Oyina» o'lkada o'zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo'lgan. Boshida haf-tada bir, 1914-yildan esa har o'n besh kunda chiqqan. Ziyo Said «O'zbek vaqtli matbuoti tarixiga doir materiallar»ida bu jurnal-ning 2 yil davomida 68 soni (jami 1720 bet) dunyo yuzini ko'rib, 1915-yil 15-iyunda1 to'xtaganini ma'lum qiladi.

    4. 1912-yilda yozilib 1913-yilda bosilgan «Padarkush» dramasi Behbudiyga juda katta shuhrat keltirdi. Garchi birinchi o'zbek dramasi («Mahramlar») xronologiyaga ko'ra bir yilcha oldin Namanganda Abdulrauf Shahidiy tomonidan e'lon qilingan bo'lsada, bu sohada ham karvonboshi bo'lib Behbudiy tarixga ki-radi. Asar 1914-yilning 15-yanvarida Samarqand havaskorlari to­monidan sahnaga qo'yiladi. 27-fevralda esa Toshkentdagi mash-hur «Kolizey»da «Turon» truppasi o'z faoliyatini shu spektakl



    5. Зиё Саид. Tamtams acapлap, 1974, 45-6e^



    6. bilan boshlaydi. Shundan so'ng Bu-xoro, Qo'qon, Andijon, Namangan, Kattaqo'rg'on kabi juda ko'p shahar-larda sahnaga qo'yiladi.

    7. Asar jamoatchilikka, ayniqsa, adabiyotga kirib kelayotgan yoshlarga qattiq ta'sir ko'rsatadi. «1913-yillarda chiqqan «Padarkush» pyesasi ta'sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobi-ni yozib yuborganimni o'zim ham payqamay qoldim», - qayd etadi Abdulla Qodiriy o'z tarjimayi holida.



      1. Download 1.88 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.