• V B O B MUSTAMLAKA TURKISTONDA MADANIY HAYOT 1. MAORIF
  • 2. ADABIY-MARIFIY JARAYON. TARIX VA BADDY IJOD
  • Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827- 1897).
  • Muqimiy. (1850-1903).
  • Furqat (1858-1909).
  • Zavqiy (1853-1921).
  • Muhyi Hoqandiy (1835-1911
  • Bayoniy (1840-1923). Muhammad Yusuf Bobojonbek ogli
  • Feruz (1844-1910)
  • Ahmad Tabibiy (1869-1911).
  • Berdaq (1827-1900)
  • Anbar otin Farmonqul qizi (1870 - Qoqon - 1906)
  • Dilshod Otin
  • VI B O B TURKISTON XX ASR BOSHLARIDAGI SIYOSIY LARZALAR VA BOHRONLAR DAVRIDA
  • 1. TURKISTONDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIK /II MINING YANADA KUCHAYISHI
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet15/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    Nazorat savollari

    1. Chor Rossiyasi bosib olingan yerlarini qanday yo'l bilan boshqargan?

    2. Mustamlaka ma'muriyatida sud tizimi va uning faoliyati nima maqsad-ga qaratilgan edi?

    3. Ruslarning Turkistonda agrar siyosat yuritishidan asosiy maqsadlari nima edi?

    4. Rus zulmiga qarshi xalq Ozodlik harakatlari haqida gapirib bering?

    5. Toshkentdagi «Vabo isyoni»ni keltirib chiqargan asosiy sabablar haqi-da nimalar bilasiz?

    6. 1898-yilgi Andijon qo'zgolonining borishi va uning oqibatlari qanday bo'lgan?

    7. V B O B

    8. MUSTAMLAKA TURKISTONDA MADANIY HAYOT







    9. 1. MAORIF



    10. Chor Rossiyasi bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi o'choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istilochilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilikning bundan keyingi taqdiri uchun o'sha maktab va madrasalarning g'oyatda xavfli ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois cho-rizm o'lkada ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo'yicha o'z dasturini ishlab chiqadi. O'sha pixini yorgan siyosatchi K.P.Kaufman bu sohada ayniqsa jon kuydirib faoliyat ko'rsatadi.

    11. 1880-yilda Imperiya Davlat Kengashida Turkistondagi ma­hal liy aholi bolalarini ruslar bilan birgalikda o'qitish masalasi ko'rilganda Turkiston aholisining «savdo-sotiq, dehqonchilikda suyagi qotganligi va yuvosh tabiati» ta'kidlanib, ularning «imperiyadagi boshqa musulmonlardan keskin ajralib turishlari» qayd qilinadi.

    12. Davlat Kengashining bu qarori Kaufman tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Kaufman «ruslar va tuzemetslarning bolalarini birgalikda tarbiyalash» masalasini ko'taradi. U musulmon va rus maktablarining ajralib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisoblaydi. Uning bu g'oyasini keyingi general-gubernatorlar davom ettiradilar. 1884-yilda Toshkentda birinchi rus-tuzem maktabi ochiladi, ularning soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ke-

    13. tadi1.


      1. 1 Узбeкиcтoннинг янги Taprexre. В^инчи китoб.253-бeт.

      Chor Rossiyasi ma'murlarining Turkiston o'lkasida yerli xalq vakillarini qorong'ilik zulmat va zabunlikda saqlashga qaratilgan mustamlakachilik va zo'rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri XX asr boshlarida o'lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti to'xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham

    1. Sovet hokimiyati yillarida kommunistik mafkura ta'siri ostida manqurtlik va qullarcha tobelik dunyoqarashida shakllangan mahalliy olimlar o'z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosatni ko'pirtirib maqtadilar. Chor Rossiyasi bosqiniga qadar o'lkadagi bu sohadagi ahvolni kamsitib yerga urdilar. Ular 1897-yil o'lkada savodli o'zbeklar -1,6 foizni, qozoqlar - 1 foizni, turkmanlar - 0,7, qirg'izlar - 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan keyingi yillarda ham oshmagan, O'zbekistonda har 100 kishining 98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. «O'rta Osiyo xalqlari inqilobgacha de-yarli yoppasig a savodsiz edi. 1897-yili o'zbeklarning atigi 1,9 foi-zi o'qish va imzo chekishni bilardi. 1897-yilgi Butunrossiya aholi ro'yxatiga ko'ra savodlilar o'lkada 1,8 foizni tashkil etgan, ya'ni inqilobgacha Turkiston deyarli yoppa s avodsiz o'lka edi». «O'zbek xalqi deyarli yalpi savodsiz edi. Savodlilar 1,5-2 protsentdan oshmasdi» kabi fikrlarni yozdilar, targ'ib qiladilar.

    2. Hatto ayrim olimlar vatanga, o'z xalqiga xiyonat qilgan va bosqinchi Rossiya hukmdorlari tomoniga o'tgan Saidazimboy singari savdogarlarni Toshkentda o'z uyida rus-tuzem maktabi ochdi deb osmonga ko'tarib maqtaydilar. Aslida esa rus-tuzem maktablari asosan tilmochlar - tarjimonlar tayyorlashga mo'ljallab tashkil etilgan edi.

    3. Ammo sovet davrida bu kabi da'volarni inkor etuvchi xoliso-na tadqiqotlar ham e'lon qilinadi. Tarixchi olim Pyotr Gerono-vich Kim o'zining «Uydirma va haqiqat» maqolasida o'zimizdan chiqqan «olimlar»ga qonuniy savol bilan murojaat qiladi:

    4. Xo'sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining faxr-u iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Xivadagi Go'ri Amir, Shohi Zinda, Bibixonim kabi koshonalarni va boshqa ko'plab osori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan? Savodsiz xalq qay yo'l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni yetkazib berdi ekan? Savodsiz xalq Navoiy, Ulug'bek Forobiy, Jomiy va boshqa ko'plab shoir-u fozillari bilan olamga dong taratganining siri nimada? Furqat, Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi minglab ma'rifatparvarlari bo'lgan xalqning savodsizligiga isho-nish mumkinmi?

    5. P.G.Kim bu kabi mantiqsiz va kurakda turmaydigan da'volarni inkor etib bo'lmaydigan dalillar bilan o'z maqolasida fosh etdi. U bunday yozadi: «Endi manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897-yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o'quvchilarning sonlarini kuzatsak bu o'lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi.

    6. Rossiyada aholining umumiy soni - 126.388.800, maktablar soni - 33,401, o'quvchi soni - 2.318.100, aholining umumiy soniga nisbatan o'quvchilar - 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi - 21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni -6.492.857, maktablar soni - 2.263, o'quvchilar soni - 125.418, aholining umumiy soniga nisbatan o'quvchilar - 1,9 foizni tash-kil etgan holda aholining savodxonligi - 24.7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni - 3.792.774, maktablar soni - 6.027, o'quvchilar soni - 64015, aholining umumiy soniga nisbatan o'quvchilar - 1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi-

    7. 19,55 foiz bo'lgan1.

    8. Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko'p eski maktablarda oliy ta'lim beradigan o'quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta'lim olganliklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon ayollar otinoyilik qilib, shariat (fikh) qonunchiligidan ta'lim-tarbiya berganlari, o'sha o'quv muassasalarida ko'plab yurtdoshlarimiz o'qib, zamonasining savodli kishilari bo'lib ye-tishganini unutmaslik kerak. XX asr boshlarida butun o'lka bo'yicha jadid maktablarining necha tarmog'i yuzaga kelganini ham e'tibordan chiqarmaslik lozim.


      1. 1 Ким П.Г. YiinMpMa Ba xaRHRaT. «y36eKMeroH aдaбиёти Ba caHbaTM», 1989, 20 oKTH6p.

      Ehtimol shu boisdan mashhur rus olimlaridan akademik V.V.Bartold, A.D.Middendorf, sayyoh olim A.L.Fedchenko, sharqshunoslardan V.P.Nalivkin, A.L.Kun va boshqalar o'lka-dagi maorif taraqqiyotiga yuqori baho berganlar, xalqimiz-ning madaniyatiga hayron qolganlar va uni olqishlaganlar. Tarixchi olim Haydarbek Bobobekov «O'tmishda o'zbeklar savodsizmishlar» maqolasida bu haqda quyidagi dalillarni keltiradi: «A.Middendorfning 1882-yilda chop etilgan «Ocherki Ferganskoy dolini» kitobida shunday satrlarni o'qiymiz: «Farg'ona viloyatida qadimdan o'troq holda yashashni sev­gan mehnatkash qabilalar istiqomat qilishadi... Albatta, o'ziga xos betakror sharoiti bo'lgan Farg'ona yuksak madaniyatli mamlakatlar cho'qqisiga ko'tarildi». A.Middendorfning so'ziga qaraganda XIX asrda yevropaliklar yer xo'jaligi ravnaqiga harakat qilib maqsadlariga erisholmayotgan bir paytda Farg'ona vodiysida bu muammo ancha burun hal bo'lgan, u joylarda dalalar sug'orilar, yaylovlar esa o'g'itlantirilarkan».

    9. Olim o'z fikrini davom ettirib yozadi: «Farg'onada qilingan ishlarga havas qildik, bu yerdagi zaminga nisbatan yuksak madaniyat boshqa yerlarga qaraganda ko'proq saqlanib qolganligini ko'rdik. Bir qancha yerlarni ko'zdan kechirib shu xulosaga keldikki, Farg'onada yer xo'jaligini ehtiyotkorona va mohirona olib borishar ekan. Bu esa hayratda qoldiradigan ha-qiqiy madaniy mehnat eng katta zanjirining bir qismi ekaniga ishonch hosil qildik».

    10. «Golos» gazetasi 1874-yil 29-avgust sonida suv xo'jaligi masalasi haqida bunday yozadi: «...amalda ko'pincha tuzemets-lardan (ya'ni mahalliy aholidan - mualliflar) ko'p narsani o'rga-nishga to'g'ri kelmoqda. Shunday qilib, irrigatsiya haqida bizda (ya'ni Rossiya - mualliflar) oxirgi vaqtgacha o'ylanmagan edi. Osiyoda esa bu soha yuksak darajada rivojlangan va, albatta, dalalarni sun'iy sug'orish bo'yicha biz O'rta Osiyoliklarga hech narsa o'rgata olmaymiz. Bizda Janubiy Rossiyada irrigatsiya borasida tortishuvlar davom etayotgan bir davrda osiyoliklar tog'larda korizlar orqali kanallar qurishmoqda. Uning tubidan o'nlab sajen yuqori suvlarni chiqarishmoqda, bir qoyadan ikkinchi qoyaga arg'amchi tortib tarnov yordamida suv olishmoqda, bular esa bizdagi donishmandlarning tushiga ham kirmagan».

    11. Rus olimlari, sayyohlari, savdogarlari Qo'qon xonligidagina emas, balki o'lkaning boshqa joylarida ham sun'iy sug'orish usulini o'z ko'zlari bilan ko'rib yuksak baho berdilar. Masalan, N. Ulyanov yozgan edi: «Bu mahalliy Leonardo da Vinchilar ijodida bir bosh emas, balki bir necha avlodlarning tajribali aqlini ko'rdim».

    12. Turkiston xalqlari madaniyati haqida Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskiyning podshoga sadoqatini izhor etib yozgan dokladida (1899-yil) qiziqarli fikrlar bor. Jumladan, u shunday yozadi: «Uzoq vaqtlar mobaynida Buxoro butun musulmonlar (sunniylar) olamida musulmon huquqshunos-ligi va ilmining mo'tabar markazi sifatida tan olib kelingan, boz ustiga bu obro'-e'tiborni hanuz yo'qotmay kelayotir. Bir vaqtlar O'rta osiyolik ruhoniylar, qonunshunos arab tili bilimdonlari faoliyatining ahamiyati naqadar ulug' bo'lganini bugungi kunda butun dunyodagi musulmon-sunniylar qo'llayot-gan mashhur va mo'tabar shariat majmualarining ayrim lari O'rta Osiyoda bitilganini eslashning o'zigina kifoya. «Hido -ya-i-Sharif» Marg'ilonda, «Aqoid» Buxoroda, «Hikmat-ul-Ayn» Samarqandda yaratildi. Musulmon olamiga shariatning so'nggi talqinini O'rta Osiyo taqdim etdi. Bulardan tashqari, bu o'lka olamga Navoiy, So'fi Olloyor, Ahmad Yassaviy, Mashrab kabi shoir-so'fiylarni berdi».

    13. Xullas, Turkistonda Rossiya bosqiniga qadar aholining savodxonlik va madaniyati darajasi yuqorida ta'kidlagani singari qoloq bo'lmagan. To'g'ri, hozirgi davrga nisbatan oladigan bo'lsak savodsizlar Turkiston o'lkasida XIX asrda ko'p bo'lgan. Ammo o'tgan o'sha XIX asrda qaysi mamlakatda ahvol bundan ko'ra yaxshiroq edi? Shuning uchun xalqimizning o'tmish tarixini nodonlarcha qora bo'yoqlarda yoritishga istiqlol tufayli barham berilmoqda1.



    14. 2. ADABIY-MA'RIFIY JARAYON. TARIX VA BADDY IJOD


      1. 1 Bu haqda qarang: Узбeкиcтoннинr янги TapKm. В^инчи китoб. TypK№croH 4op Рoccияcи мycтaмлaкaчилиrи дaвpидa. Ty3yB4iraap X,.C^mcoB, Р.Шaмcyтдинoв, n.PaBmaHoB, ^.Ycmohob, "IHapK". Т., 2000.253-277-бeтлap. Кapимoв Ш., Шaмcyтдинoв Р. Typкиcтoн Рycия бocкини дaвpидa. Ai^kkoh, 1995. 90—159^^^.



    15. Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasini o'z mustamlakasiga aylantirgan XIX asrning ikkinchi yarmida o'lkaning ijtimoiy-madaniy hayotida albatta ba'zi bir ijobiy o'zgarish va yan-giliklar ham bo'ldi. Bu o'zgarishlar va yangiliklar mustamlaka-chilar tomonidan yerli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro'yobga chiqarilgani yo'q. Balki, birinchi navbat da va asosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtayi naza-ridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik va o'zgarishlardan biri o'lkada aholiga xizmat qiluvchi madaniy-ma'rifiy muassasa-larining paydo bo'lishidir. 1870-yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867-yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo'r qiyinchiliklar bilan 1868-yilda Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan O'rta Osiyoni va unga qo'shni bo'lgan mamlakatlarni o'rganishga va boshqa masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo'lib, uning o'quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to'g'risidagi ma'lumot 1870-yil may oyidan 1871-yil sentabrgacha bo'lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo'lib 75 kitobxon bo'lgan, shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2 kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi1.

    16. Shunday bo'lsada, kutubxona har holda ma'rifiy ish bilan shug'ullandi va o'lkada XIX asr rus adabiyotining demokra-tik g'oyalarini tarqatish vazifasini o'tadi. Biroq 70-80-yillarda Rossiyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo'lga kiritgan demokratik huquqlarni yo'q qilishga intilgan reaktsiyaning hujumi boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chet-da qolmadi. 1882-yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyayevning buyrug'i bilan alohida ishlar bo'yicha amaldor, «Peterburg xarobalari» asarining muallifi, reaksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani taftish qiladi. U o'zining Chernyayevga yozgan raportida: «Rus mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisarev, Nekrasov va Shiller (A.Mixaylov) asar-lariga talab eng ko'p ekanligi ma'lum bo'ldi», deb yozadi. Ushbu raportga asosan general Chernyayev 1883-yil 1-yanvardan e'tiboran kutubxona faoliyatini to'xtatish to'g'risida buyruq ber-di. Jamoatchilikning talabi bilan 1889-yilda kutubxona yana o'z ish faoliyatini boshlaydi.

    17. O'rta Osiyoni o'rganish bilan shug'ullangan taniqli rus olim-lari — arxeolog V.L.Vyatkin, akademik V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan, natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to'lib borgan.

      1. 1 Дмитровский Н.А. Двaдцaтипятиneтиe Typ^c^'aHc^M i^nrniHoH библия^ки ^yp^^'aHc^e вeдoмocти», 1895, № 15,18,28,33,37.


    18. «Umuman O'rta Osiyoga, ayniqsa, Turkiston o'lkasiga oid asarlar va maqolalarning Turkiston to'plami kutubxona fondlarida to'plangan manbalarning ajoyib majmuasi bo'ldi. Bu to'plam 594 tomdan iborat bo'lib, inqilobgacha bo'lgan Turkis-ton haqidagi kitoblardan, ro'znoma va oynomalardan olingan maqolalardan tashkil topgan. To'plamning 416 tomi mashhur rus bibliografi V.I.Mejov tomonidan tayyorlangan. Bu tomlarga 1867-1887-yillarga oid materiallar kiritilgan. So'ngra to'plam ustida olib borilayotgan ish to'xtab qolgan va 1907-yildan 1917-yilgacha bo'lgan davrda har xil bibliograflar to'plamning 175 to-mini tuzganlar»1.

    19. XIX asrning 80-90-yillarida Toshkent va boshqa yirik shaharlarda turli ilmiy jamiyatlar (arxeologiya, jug'rofiya, etnografiya kabilar) tashkil etilgan. 1896-yilda Samarqandda «Ta-rixiy muzey» ish boshladi. Bir qator ilmiy ekspeditsiyalar uyush-tirildi. Bu borada rus olimlari I.V.Mushketov, N.A.Seversov, A.P.Fedchenko, P.P.Semenov-Tyan-Shanskiy, N.M.Prjevalskiy va boshqalar samarali ishlar olib bordilar. Turkiston xalqlari tari-xini o'rganish va yoritish xalqimizning o'tmish madaniyatini ilmiy tadqiqot qilishda sharqshunos olimlar V.V.Radlov, V.V.Bartold, Ye. E.Bertels va boshqalarning xizmatlari oz emas. Shu davr mobaynida bir qator ijodkor rus adiblari asarlarining mahalliy xalqlar tillariga o'girilishi ham ijobiy faoliyatlardan hisoblanadi.


      1. 1 Крсимова O. Узбeкистoндa кyтyбxoнaчилик TaproM.T., «Укитувчи»,

      1868-yilda Toshkentda birinchi bosmaxonaning tashkil etilishi bilan Turkistonda kitob bosish, matbaachilik yo'lga qo'yildi. 1870-yilda bir qator kattaroq boshqa bosmaxona tashkil etilgandan keyin, «Turkestanskiye vedomosti» gazetasi chiqarila boshlandi. Shu yildan e'tiboran bu gazetaning o'zbek va qozoq tillarida (arab alfavitida) ilovalari chiqa boshladi. Ana shu tariqa Turkistonda vaqtli matbuot tarixi o'z ilk qadamini tashladi. Xud-di shu 1870-yilning oxirlarida Xorazmda ham toshbosma paydo bo'ldi. 1880-yilda Navoiyning «Xamsa»si («Hayratul abror»ning birinchi kitobi), «Devoni Munis» va «Devoni Raji» asarlari bosilib chiqdi. 1883-yilda «Toshkentda toshbosmada birinchi marta So'fi Olloyorning «Kitobi sabotul ojizin»i bosilib chiqdi. Shu davrdan boshlab o'zbek va tojik tillaridagi kitoblar asosan toshbosmada chiqadigan bo'ldi. Turkiston xalqlari hayotida toshbosma katta rol o'ynadi. «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining o'zbekcha va qozoqcha ilovalari 1883-yilda «Turkiston viloyatining gazeti» nomi ostida mustaqil chiqarila boshladi. 1898-yilda Toshkentda «Russkiy Turkestan», 1904-yildan boshlab Samarqandda «Samarqand» gazetalarini chiqarish yo'lga qo'yildi.

    20. 1905-yildagi inqilobiy to'lqinlarning ta'sirida «Russkiy Turkestan» va «Samarqand» gazetalarining rahbarligi bol-sheviklar qo'liga o'tib ketdi. Podsho hukumati bu gazetalar faoliyatini taqiqlab qo'ygach ular o'z nomlarini o'zgartirib : «Tur-kiston», «Vperyod» «Russkiy Turkistan»), «Zaravshan», «Novoy Samarqand», «Russkiy Samarqand» («Samarqand») nomlari ostida chiqarila boshlaydi. 1906-yilga kelib bu gazetalarni chop etish umuman taqiqlab qo'yiladi.

    21. XX asrning boshlariga kelib mahalliy milliy matbuotni yo'lga qo'yish borasidagi say-harakatlar ijobiy yakunlanadi. 1906-yilda Toshkentda birinchi marta o'zbek tilida «Taraqqiy» gazetasi chiqariladi. Bu o'zbek milliy matbuotining ilk debochasi sifatida tarixga kiradi. Shundan so'ng birin-ketin, yangi-yangi matbuot organlari vujudga kela boshlaydi. Toshkentda «Sadoi Turkiston» gazetasi jadidlar tomonidan chiqara boshlaydi.

    22. Rus demokratlari va jadidlar 1916-yil 1-iyuldan Andijonda «Turkestanskiy golos» gazetasini chiqara boshlaydilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida mustamlaka Turkistonda har qanday og'ir muhit sharoitida bo'lsada ijtimo-iy fan sohasida va badiiy ijodda qalam tebratgan, o'z xalqining dard-u hasrati bilan kuyib yongan va uning kelajak istiqboliga so'zsiz ishongan dono mutafakkir va yozuvchi shoirlar bo'ladi. Bu davrda tarix, badiiy ijod bobida asarlar yozgan adiblarning aksariyati mahalliy boylar, amaldor to'ralarning o'tkazgan zulmkorlik siyosatlaridan to'yib ado bo'lgan va Turkistonni o'z mustamlakasiga aylantirgan chor ma'murlaridan umid va najot kutgan xalq ommasining intilishlari, ezgu niyatlarini tarannum etdi. Ammo ular intilgan narsa quruq, amalga oshmaydigan orzu sarob edi. Shunday bo'ldi ham, xalq orasidan yetishib chiqqan ijodkor farzandlar tez orada buni tushinib yeta boshlaydilar, ha-yot maktabi tobora ularning ko'zini ochib boradi.

    23. Ahmad Donish Mahdum ibn Nosir (taxallusi Kalla) (1827-

    24. 1897). Ahmad Donish taxallusi bilan elga tanilgan Ahmad Mah-dum o'z davrining yirik ma'rifatparvar olimi va filosofi, yozuv-chisi va astronomi, tarixchisi va arxitektori, musavviri va musiqa navisi edi1. Donish qiziqishlari dunyosining naqadar serqirraligini uning yozgan asarlaridayoq ko'rsatib turibdi. Ma'rifatparvar mutafakkirning bizgacha yetib kelgan asarlari jumlasiga «Nomus-al-a'zam» («Ulug' qonun»), «Muntahab-al-ahkom» («Tanlangan qarorlar»), «Navodir-ul-vaqoe'» («Noyob voqealar») va «Risolai muxtasare az ta'rixi salatanati xonadoni amironi Mang'it» («Mang'it amirlari xonadoni saltanatining qisqacha tarixi»)lar kiradi.

    25. Buxoro amiri elchisining kotibi sifatida uch marta Rossiyada bo'lgan Donish taraqqiyotda har tomonlama Rossiyaga nisbatan orqada bo'lgan amirlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni tanqid qiladi, rus madaniyatini omma o'rtasida tinmay targ'ib qiladi va undan o'rganishga chaqiradi. Uning asarlarida oddiy meh-natkash xalqqa nisbatan muhabbat va zolimlarga nisbatan esa nafrat hissi O'rta o'rinni egallaydi: Donish xalqni ma'rifatli qi-lish, uning madaniyatini oshirish yo'li bilan «adolatli» monarx hokimiyati rahbarligida mavjud tuzumda hukmron bo'lgan no-haqlik va adolatsizlikni yo'qotib baxtli hayot qurish mumkin, deb hisoblardi. Biroq bu borada bu amalga oshmaydigan xom-hayollarga ham berilgan edi. Shunga qaramasdan o'z davriga nisbatan ma'rifat va madaniyatni yashash tarzining va istiqbol-ning dasturiga aylantirgan Donish qarashlari ijobiy ahamiyatga ega edi.

    26. Muqimiy. (1850-1903). XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida vujudga kelgan demokratik adabiyotning yi-rik vakillaridan biri Muqimiydir. Kambag'al hunarmand oilasida dunyoga kelgan Muhammad Amin Xo'ja (Muqimiy - uning ta-xallusi) chinakam xalq shoiri bo'lgan. Asosan she'riy asarlari bilan dong taratgan shoir ijodini janr xususiyatlariga qarab to'rt guruhga bo'lish mumkin.

    27. 1. Lirika: g'azallar, muxammaslar, murabba', masnaviy, ru-
      boiy, tuyuq va fardlar.

    28. 2. Hajviy: satira va yumor.



    29. Узбeкиcтoн Миллий Энциклопедиши... 1- жилд. 536^eT.

    1. S ayohatnomalar.

    2. Maktubot: she'riy va prozaik maktulardir.

    1. Xalq manfaatlarini o'z ijodida ifodalagan va baralla kuylagan Muqimiy xonlarning cheklanmagan va adolatsiz hukmronili-gi ostida og'ir va qimmatli hayot kechirayotgan mehnatkash ommaning hayotidan fig'on chekadi va o'z asarlarida undan nafratlanadi. U «Tanobchilar» satirik she'rida tanobchilar (yer o'lchovchilar)ning jabr-sitamlaridan adoyi tamom bo'lgan, soliqlarni to'lolmay xarob bo'lgan dehqonlar hayotini o'zida aks ettiradi. Shoir yer o'lchash bahonasida poraxo'rlikni, zulmni avj oldirgan tanobchilardan yuragi zada dehqon tilidan zorlanadi:

    2. Bo'ldi taajjub qiziq hangomalar, Arz etayin emdi yozib nomalar. Adl qulog'ila eshit holimi, Zulm qilur, balki, menga xolimi. O'n ikki oyda keladur bir tanob, O'zgalarga roghatu menga azob.



    3. Muqimiy «Tanobchilar» she'rida chor ma'murlarining o'lka mehnatkashlariga o'tkazgan mustamlakachilik siyosatining bar-cha jirkanch qiyofalarini ustalik bilan ochib tashlaydi. Biz «pod-sholik mahkamasi»ning ma'murlari bo'lgan Sulton Alixo'ja va Hakimjonlarning orqa suyanchig'i bo'lmish chor Rossiyasi bu-tun siyosati va dahshati bilan qilich yalang'ochlab turganligi uchun xalqqa istagancha zo'ravonlik va zulm qilishlarini «Tanobchilar»da ko'rib unga guvoh bo'lamiz. Muqimiy tanobchi-larning xatti-harakatini bayon qilgach, ular xarakterini ochishga o'tadi. Sulton Alixo'ja bilan Hakimjon, barcha chor amaldorlari singari, qahri qattiq, rahmsiz bo'lib, qamchisidan qon tomib turadi. Ular birgalashib tanoblashga chiqadilar va ittifoq bo'lib ish ko'radilar:

    4. Sulton Alixo'ja, Hakimjon ikov, Birixotun, birisibo'ldikuyov. Ikkalasibo'ldichunon ittifoq, Go'yo xayolaylaki, qilmay nifoq, Osh yesalar o'rtada sarson ilik. Xo'ja chiroq yog'i, Hakimjonpilik.

    5. Tanobchi amaldorlarning xarakteri qishloqqa chiqib dehqonlar bilan qilgan qo'pol, dag'al muomalalarida yanada to'laroq ochiladi, ularning jirkanch basharalari butun to'laligicha namoyon bo'ladi. Maqtanchoqlik, takabburlikda, shuning-dek, tovlamachilik va talonchilikda tanobchilar bir-biridan qolishmaydi. Sulton Alixo'ja qishloq aholisini yig'ib, ularga shun-day do'q uradi:



    6. Ыапк11апоЫсЫц1Ътап kelib, Xizmatimi yaxshi qiling^r bilib. O't quyubon kuydurаdurg'on o'zim, Hokimingu o'ldurаdurg'on o'zim. Xoh tаnobingni duchаndon qihy, Xoh kаrаm bir^ boshingni sitoy.



    7. Tanobchi Hakimjon ham o'z manfaatini ko'zlab, o'z navbatida, xalqqa qarab zo'ravonlik bilan surbetlarcha shunday deydi:



    8. «. . .Yaxshilig'ingni /щат bilmаgаy, Holi buhr ko'zgа bizi ilmаgаy. Ikki tаnobini qihy o'n tаnob, Yurtingizni kuydurib аylаy xarob. Xoh o'ling, xoh qoling, bаchchаgr». Debki, шащща аyog'ni timr.



    9. Muqimiy o'zi yashagan davrdagi hayot muammolarini va nuqsonlarini, din niqobi ostida xalqqa jabr-zulm qilayotgan ularning nonini yarimtalayotgan ba'zi bir chala mulla, ruhoniylar va boylarni «Moskovchi boy ta'rifida», «Avliyo», «Bachchag'ar» va boshqa asarlarida satira o'ti ostiga oladi, ularni masxaralaydi.

    10. Muqimiyning mashhur asarlaridan biri «Sayohatnoma»dir. Bu asar o'z ishiga asosan uch sayohatnomani oladi: «Qo'qondan Shohimardonga», «Qo'qondan Farg'onaga» va «Qo'qondan Isfaraga», 1953-yilda topilgan yana bir yangi parcha «Isfara sayohatidan» deb yuritiladi. «Sayohatnoma»larda Muqimiy o'zining sayohatlar chog'ida olgan taassurotlarini qalamga oladi va xalq ommasining haqqoniy hayotini aks ettiradi. Shoir mus-tamlakachilik zulmi siyosati va mahalliy boylar, amaldorlarning o'tkazgan jabr-sitamlaridan ado bo'lgan xalq timsolidan faryod chekadi:



    11. Bunda bordim Beshariq, Odamlarin rangi sariq Yemishlari emish tariq.



    12. Muqimiy jafokash va mehnatkash xalqqa bo'lgan hurmati va muhabbatini quyidagi satrlarda ifodalaydi:



    13. Qirpastida sho'rtang ariq, Bir to'pyigit o'rgay tarig'. To'nsiz, yalang'och, hay darig', Bechora, och dehqon ekan.



    14. Shoir Muqimiy «Sayohatnoma»da bechora och va yalang'och dehqonlarni zolimlarcha ekspluatatsiya qiluvchi «yurt kattalari»dan nafratlanadi, ochko'z va qizg'anchiq mingboshilar, bo'lis boshliqlari, qozi va ellikboshilarni masxaralaydi, ularning ustidan kuladi va satira o'tiga oladi:



    15. Ming boshisiso'finamo, Tasbehu bo'ynida rido, Cho'qib qochar zog'ialo, Bir dog'uli ayyor ekan. Xayru saho vajhida kar, Bir pulni yuz yerdin tugar, Kelsa gadoy nogoh agar, Bir non chiqish dushvor ekan.



    16. 1907-yilda N.Ostroumov «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilgan Muqimiyning asarlarini to'plab kitobcha holiga keltiradi va Toshkentda nashr ettiradi. Ushbu kitobda N.Ostro-umov yozgan «shoir Muqimiy» sarlavhasi ostida tarjimayi hol-da Mavlaviy Yo'ldoshning Muqimiy vafotiga yozgan marsiya-tarixi ham bosilgan edi. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, N.Ostroumov Muqimiy va Furqat asarlarini yig'ib to'plovchi sifatida ijobiy baholansada, u hukmdor mustamlakachi mam-lakatning bir vakili sifatida shoir Muqimiyga to'g'ri xoliso­na baho bermaydi, uni kamsitadi, asarlarida olg'a surilgan ilg'or g'oyalarni ko'rmaydi yoki ko'rishni istamaydi. U shoirni qandaydir ojiz va darveshnamo shaxs sifatida, dunyodan, real borliq muammolaridan, hayot zavqu tashvishlaridan chetda turgan loqayd ijodkor sifatida talqin etadi. Albatta bu boshdan oyoq g'ayri-ilmiy va o'ta subyektiv qarashdagi xulosalardan iborat edi.

    17. Xullas ma'rifatparvar, elparvar va demokrat shoir Muqimiy o'zining keng qamrovli, chuqur, g'oyaviy, yuksak badiiy asarlari bilan xalqning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'lgan o'zbek xalqi-ning ajoyib farzandidir.

    18. Furqat (1858-1909). O'zining xalqchil va demokratik ruhda yozilgan asarlari bilan xalq ommasi o'rtasida katta obro' va e'tibor topgan shoirlardan biri Zokirjon Xolmuhammad o'g'li Furqat. U shoirlar maskani Qo'qonda tug'ilgan. Ammo umrining talay-gina qismini o'z ona diyoriga sig'magan Furqat mustamla kachi to'ralar, mahalliy betamiz va farosatsiz zolim boyvachchalardan qochib xorijiy mamlakatlarda xor-u zorlikda o'tkazadi.

    19. Furqat ham dastlabki davrlarda Turkistonni bosib olgan chor ma'murlariga umid nigohini tikadi, hatto rus ilm fani, texnikasi va madaniyatini madh etuvschi asarlar yozib, o'z xalqini unga da'vat etadi. Uning «Gimnaziya», «Ilm xosiyati», «Vistavka xususida», «Suvorov», «Nag'ma bazmi xususida» kabi yozgan asarlari bu fikrimizning isbotidir. Ammo hayot jumboqlari va ha-qiqati borgan sayin Furqatning ko'zini ocha boradi, uning ongi, dunyoqarashi tadrijiy bir tarzda o'sib boradi. Bu o'rinda shoir-ning «Furqatnoma» asari fikrimizga yorqin dalildir.

    20. «Turkiston viloyatining gazeti»da «Ho'qandlik shoir Zokir-jon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'oni» sarlavhasi ostida chop etilgan bu asar gazetaning 1891-yilgi o'n ikkita sonida alohida maqolalar tarzida berilgan. «Furqatnoma»ning bosh mavzusi — ma'rifatparvarlikdir. Unda Furqatning Yangi Marg'ilonga (hozirgi Farg'ona shahri), Xo'jandga, Toshkentga, Samarqand-ga qilgan safarlari xotiralar tarzida hikoya qilinsa-da, har bir voqea, jarayon tasviri, har bir tafsilot bosh mavzu bilan chambarchas bog'liqdir. Xarakteri asarda yorqin namoyon bo'lgan ma'rifatparvar ijodkor zamonasining ilg'or, yuksak ongli kishisidir. Uning o'z xalqiga mehr-muhabbati g'oyat kuch-li, shu boisdan mustamlakachilarga-chorizm vakillariga qattiq nafrat bilan qaraydi. Asta-sekin asar qahramoni o'z qarashlarini, munosabatlarini o'zgartira boshlaydi. Mavjud shart-sharoitlar, voqelik unga saboq beradi.

    21. Ma'rifatparvarlik g'oyalarining yetakchiligi «Furqatnoma» -dagi madaniy-ma'rifiy muhit tasvirida g'oyat kuchli seziladi. Furqat, avvalo o'zbek madaniyatining ildizlari, sarchashmalari haqida batafsil so'z yuritgan. Buning tagida g'oyat ulkan va keng ma'no yotibdi. Shoir o'zining qanday ta'lim-tarbiya olganligini, qanday kitoblar mutolaa qilganligini bayon etar ekan, iste'dodli, bilimdon kishilarni yetishtirishga qodir shart-sharoitlar chorizm istilosidan oldin ham mavjudligini mahorat bilan ko'rsatib o'tadi. O'z xalqi mustamlakachilar o'ylaganidek «johil, qoloq» emasligi, yuksak madaniyat-ma'rifatga egaligini muallif o'ziga xos yo'sinda ifoda etgan. Bu vatanparvar, xalqparvar ijodkor»ning o'z milliy g'ururini,eliga mehr-muhabbatini namoyon qilishi edi, istilochi-larning kamsitishlariga, zo'ravonliklariga qarshi pinhoniy noro-ziligi, yashirin isyoni edi.

    22. Furqat asrlardan beri shakllangan milliy ta'lim tizimi bu sohada darslik qo'llanma sifatida foydalaniladigan asarlar haqi-da ma'lumotlar beradi. U o'qigan kitoblar ro'yxatiga nazar tash-lasak ajdodlarimizning «atigi ikki foizi savodli» bo'lgani haqida-gi gaplar naqadar puchligini anglaymiz. Dastlabki boshlang'ich ta'limdan keyin «Qur'oni Karimni xatm qilib, «Chor kitob» ibti-do qildim» (Furqat. T A 2-tom, 1958, 134-bet) deb yozadi shoir. Shundan so'ng u quyidagi asarlarni mutolaa qilish, o'rganish orqali o'z bilimlarini boyitib boradi. 1. Fariduddin Attor. «Mantiqut tayr», 2. Hofiz Sheroziy devoni. 3. Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, 4. Mir Alisher Navoiy «Chor devon», 5. Fuzuliy g'azaliyoti, 6. «Maslaqul muttaqin», 7. «Avvali ilm» risolasi, 8. «Mu'zi Vazanjoniy» risolasi, 9. «Avomil», «Harakot» risolalari, 10. «Qofiya» kitobi, 11. «Sharhi mulloyi Jomiy», 12. «Risolai Shamsiya».

    23. Ushbu ro'yxat ta'lim jarayonida b adiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o'rin olganligini, dunyoni anglash tafakkurini shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida ahamiyat beril-ganini ko'rsatadi. Sharq adabiyotining Navoiy, Attor, Hofiz, Be­dil, Fuzuliy kabi ulkan namoyandalari ijodi, ularning go'zal va serma'no asarlari yosh avlodning ulg'ayishi yo'lida dasturulamal vazifasini munosib bajargan.

    24. Furqat ijodining mavzusi keng qamrovli va serqirradir. Uning shu kungacha yetib kelgan she'riy asarlari sakkiz ming misradan ortiqdir. Bundan tashqari Furqatning proza va publitsistikaga oid asarlari ham bor. Shoir faol ilmiy ishlar ham olib borgan, ta-rix, etnografiya va she'riyat nazariyasiga oid asarlar yozgan.

    25. Furqat insoniy oliyjanob fazilatlarni ulug'lar ekan, birinchi o'ringa ozodlik g'oyasini qo'yadi. Bu hol tushunarlidir, albatta. Chunki buni Furqat yashagan davr va zamon talab qilardi. Shoir-ning lirik qahramoni har qanday qullikning murosasiz dushmani, ozodlik, erkinli, hurlikning otashin jarchisidir:



    26. Do'stlar, ayshu tarab, fasli bahor istar ko'ngul, Har kunisahroda sayri lolazor istar ko'ngil. Aylamak har sori ohular shikor istar ko'ngul, Kabi raftarin ko'rarga qo'hsor istar ko'ngul, Dog'i xursandetgusi har ne ki bor istar ko'ngul.



    27. Ozodlik, erkinlik va hurlik g'oyalari turlicha r ang-bo'yoqlarda «Fasli navbahor o'ldi», «Fasli guldur», «Bahor ayyomida», «Ul qaro ko'z» singari she'rlarida yanada sayqal topadi.

    28. Furqatning «Sayding qo'yaber sayyod» she'rida gunoh-siz mahbuslarni changaliga olgan shafqatsiz zolimlarga qarshi oshkora nafrat sadolari har qanday qalbi tosh o'quvchining ham yurak bag'rini tilka-pora qiladi:



    29. Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ekan mendek, Ol domini bo'ynidan, bechora ekan mendek, O'z yorini topmasdan, ovora ekan mendek, Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag'ri sadpora ekan mendek. Bechorani zulm aylab, qo'l-bo'ynini bog'labsan. Har sori chekib-sudrat, o'ldirgalik chog'labsan. Ko'ksini jafo birla lola kabi dog'labsan, Sot menga agar qasding olg'usiso'rog'labsan! Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek, Kuygan jigari-bag'ri sad pora ekan mendek.

    30. Furqat o'zining «Muhammasi Muhammad Xudoyorxon tilidan» asarida Xudoyorxonni el-yurt g'amini o'ylamagan, faqat shaxsiy manfaat va dabdabani ko'zlagan hukmdor sifatida o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantiradi. Bu asari N.Ostroumov «Oxborot» jurnalining 1893-yilgi 8-sonida birinchi marta chop ettirgan.

    31. Shunday qilib Furqat chorizm mustamlakachiligi zul-mi sharoitida yurt, Vatan va el baxti bilan kuyub yongan ma'rifatparvar demokratik shoir sifatida o'zbek adabiyotida o'zining munosib o'rniga ega.

    32. Zavqiy (1853-1921). Zavqiy o'zbek demokratik va xalqchil adabiyotining Muqimiy va Furqat ijod etgan an'analarini davom ettiradi. U o'z asarlarida xalqning ayanchli hayoti va qismatiga sherik bo'lish va achinish, kelajak istiqbolga umid nigohi bilan bo-qish, ozodlik va erkka intilish g'oyalarini ilgari suradi. Zavqiy ijod etgan asarlar yo'nalishini quyidagi to'rt guruhga bo'lish mumkin: l.Lirik she'rlar. 2.Hajviyalar. 3.Sayohatnomalar. 4.Dostonlar.

    33. Shoir o'zining «Aylab keling», «Kelmasa kelmasun, netay», «Ofarin», «Yuzingni ko'rsatib avval», «G'orat etding», «Uch xo-roboti», «Ajab ermas», «Farg'ona», «Raxsan Ergash», «Voqeai qozi saylov», «Obid mingboshi haqida hajv», «Talading baring», «Ahli rasta hajvi», «Ajab zamona», «Zamona kimniki?» kabi lirik she'rlari, muhammaslari va hajviy satirik asarlarida ulug' insoniy fazilat, haqiqiy chin sevgiga s adoqat va chirkin tuzum sharoitidagi nuqsonlarga munosabatni tarannum etadi.

    34. Xususan, Zavqiyning hayotiy voqealarga nisbatan o'ta sez-girligi, voqea va hodisalarning ichki mazmunini chuqur anglab yetishga mohirligi va undan aniq va to'g'ri xulosalar chiqara olish san'ati shoirning «Ajab ermas» muhammasida yorqin ko'zga tashlanadi.

    35. 1916-yilgi Jizzax qo'zg'olonini ziyraklik bilan kuzatgan shoir Zavqiy: «Muqarradur zamona inqilob o'lsa ajab ermas» degan qat'iy xulosa chiqaradi.

    36. Zavqiy satirik shoir sifatida adolatsiz zamondan faryod chekadi, undagi illatlar, chirkin nuqsonlar jabr sitamlarni o'tkir qalam tig'ila hajv qiladi. U o'z asarlarida «Zamona zo'rniki» de-gan xalq naqlidan kelib chiqib shunday deydi:

    37. Ahlidilbo'lsazamonningboyibo'l, bazzozibo'l, Aqchadin langar chop ushlab, rastaning darbozi bo'l.



    38. «Zamona kimniki?» she'rida shoir Zavqiy qo'yilgan aniq savolga mantiqiy va to'g'ri javob beradi: «davr-davron hamma joyda hokimu mirzoniki, «silliq salloniki», «surati zeboniki». Mehnatkash xalq esa och-yalang'och, xonavayron hokimlar zul-mi ostida bag'ri qon ekanligini afsus nadomatlar ila tasvirlaydi.



    39. Shahru qishloq demangizkim, fisq ila to'ldi jahon, Ahli dunyo qoshida yolg'onchilardur nuqtadon. Yo'q rivojkasb-u hunarga, sovrilibdur xonumon. Xoh kosib, xoh dehqon qayga borsa bag'ri qon, Holi har yerda suhan sharmanda-yu rasvoniki.



    40. Xulosa shuki ma'rifatparvar demokrat shoir Zavqiy mehnatkash xalq g'ami-dardi bilan yongan va xalqning baxtli istiqboliga o'zini baxshida etgan ajoyib bir insondir.

    41. Muhyi Ho'qandiy (1835-1911).O'zbek adabiyoti taraq-qiyotiga katta hissa qo'shgan iste'dodli shoirlardan Hoji Muhid-din Ho'qandiydir. «Muhiy» taxallusi bilan elga tanilgan shoir 1835-yilda Hirotda tug'ilgan. U dastlab Qandahorda va so'ng Buxoroda o'qigan. Otasi vafotidan so'ng, 70-ytllarning o'rtalarida Andijonga kelgan, keyin Qo'qon xoni Nasriddinbek huzurida xizmatda bo'ladi.

    42. Muhyi mashhur o'zbek shoirlaridan Muqimiy, Furqat, Zavqiy bilan zamondosh va bir adabiy muhitning vakillari edilar. Muhyi o'zbek va fors-tojik tillarida baravar ijod qilgan bo'lib, uning forsiy va turkiy devonlari bir kitobda 1330-yil xijriy (me-lodiy 1911-yil) Toshkentda bosilgan. Muhyi 1911-yili Andijonda vafot etgan.

    43. Muhyining hayoti haqida A.P.Qayumovning «Qo'qon ta-rixi va adabiyoti», «Qo'qon adabiy muhiti» asarlaridagina ma'lumotlar mavjud. Muhyi she'riyatini o'rganishga akademik G'afur G'ulom bir necha maqola bag'ishlagan.

    44. Lekin Muhyi ijodini o'rganishda yaqin o'tmishda biryoq-lamaliklarga yo'l qo'yildi. Adabiyot tarixini o'rganishga sinfiy-lik prinsipini zo'rma-zo'raki yopishtirib, Muhyi «boylarning, savdogarlarning, mulkdorlarning shoiri» deb e'lon qilinadi. Doim kamsitiladi, yaxshi o'rganilmaydi.Vaholanki, Muhyi ham boylarcha hayot kechirmagan. U bir umr Miyon Qayyum haz-rat xonaqohida musofirlikda yashab, hatto bir boshini ikkita qila olmay o'tib ketgan, butun ongli hayotini ijod va adabiyotga bag'ishlagan.

    45. Muhyi asarlarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, u shubhasiz, G'.G'ulom aytganidek «taqdir qiladigan darajada talantli shoir» bo'lgan, ishqiy va ijtimoiy mavzularda go'zal asarlar yozgan. Haj-viy she'rlari esa Muqimiy hajviyotlaridan qolishmaydigan asarlar bo'lgan.

    46. Bu fikrning to'g'riligiga Muhyining mashhur firibgar Vik­tor haqidagi «Bektur» radifi bilan yozgan, Muqimiyning shu radifdagi hajviy she'rlariga to'la hamohang bo'lgan va quyidagi band bilan boshlangan hajviya-muxammasini o'qib, to'la ishonsa bo'ladi:



    47. Ro'siyahlar ichinda bir nobakor Bektur, Bir guli dev siyrati qadi manor Bektur. Shaklimisolipista, og'zi chug'or Bektur, Farg'ona ichra tokim tutti qaror Bektur. Topti rivojbehad ham e'tibor Bektur.



    48. Bayoniy (1840-1923). Muhammad Yusuf Bobojonbek o'g'li

    49. (adabiy taxallusi Bayoniy) o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, shoir va tarixchi olim, tarjimon va hattot, tibbiyot ilmining bilimdon kishilaridan biri sifatida tanilgan. Qomusiy iste'dod egasi bo'lgan Bayoniy arab, fors, usmonli turk, ozarbayjon va boshqa tillarni bilar edi. Uning lirik she'rlar devonlari, tarjima asarlari bilan bir qatorda tarixga oid asarlari ham g'oyatda qimmatlidir. Bu asarlarda Xorazm, Buxoro, Qo'qon xonliklari va O'rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati va xorijiy davlatlar bilan munosabatlari to'g'risida ishonarli va muhim fikrlar bayon etilgan.

    50. Bayoniyning tarixiy asarlarini o'rganish esa bugungi o'quvchining ongini faktik materiallar, tarixiy voqealar, adabiyot, madaniyat ahlining hayoti va ijodi bilan tanishtirishda ham katta ahamiyatga egadir. Bayoniy, Mavlono Darvesh Ahmad tomonidan 1092 (1681)-yilda arab tilida yozilgan umumiy tarixga oid» «Sahoiful ahbor», Ali Muhammad al Xiraviy (taxallusi Bi-noiy)ning «Shayboniynoma», Abu Ja'far Jarir at Taboriyning arab tilida yozilgan umumiy tarixga oid «Tarixa Taboriy» va boshqa asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Ushbu tarjima asarlari bilan birga Bayoniy «Shajarai Xorazmshohiy» va «Xo-razm tarixi» kabi monumental asarlar ham ijod etadi. Bayoniy bu asarlarini yozish bilan Abulg'ozi Bahodirxon, Munis va Ogahiy an'analarini davom ettiradi. U o'zining «Shajarai Xorazmshohiy» nomli tarixiy asarida Xorazmda XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab 1913-yilgacha bo'lgan voqealarni bayon qilib bera-di. Bayoniyning ikkinchi asari «Xorazm tarixi»dir. Bu asarning ayrim boblari ma'no jihatidan «Shajarai Xorazmshohiy» asariga o'xshab ketsa-da, uning yozilish uslubi, voqealarning yangi talqini bilan tubdan farq qiladi. Bayoniy o'zining «Shajarai Xorazmsho-hiy» tarixiy asarida Xorazmdagi tarixiy, adabiy-madaniy hayot haqida ishonchli ma'lumot beradi. Bayoniyning ushbu asari Mu­nis va Ogahiylar tomonidan yozilgan Xorazm tarixining davomi va xulosasini tashkil etadi.

    51. Bayoniy ushbu asarida Xiva xonlarining tarixini ruslar tomonidan Xorazmning bosib olinganidan toki 1914-yildagi bi-rinchi jahon urushining boshlanishiga qadar bo'lgan voqealarni atroflicha yoritgan.

    52. Feruz (1844-1910) Sayid Muhammad Rahimxon Soniy - Xiva xoni Xorazm xalqining adolatparvar va ma'rifatparvar shoiri va farzandidir.


      1. 1 Pa^uM Дaвлaтёр, Marnpacyn, UIuxHa3ap, Oepy3-mox нюир KHCMaTM 1991, 6-бет.

      2. 2 «Ёш Л£нинчи», 1991 йил 23 aBrycT.

      O'zbek adabiyoti, san'ati va tarixida muhim o'rin tutgan sermahsul ijodkor va madaniyat homiysidir. O'z saroyida u qirqqa yaqin shoir, sozanda, tarixchi, hattot va tarjimonlarni to'plagan1. Hasan Murod Qori Muhammadamin o'g'li Laffasiy esa «Xiva shoirlari va adabiyotchilarining tarjimayi hollari» tazkirasida Feruz saroyida 54 ta shoir faoliyat ko'rsatganini yozadi2. Feruz o'zidan so'ng «Devoni Feruz», «G'azaliyoti Fe-ruz» majmuasini qoldirgan. Shuningdek shoirning she'rlari Ah­madjon Tabibiy, Muhammad Yusuf Xarratov-Chokar, Komiljon Ismoilov-Devoniy, Bobojon Tarroh Azizov-Xodim va bosh-qa xodimlar tomonidan ko'chirilgan bayozlarda va toshbosma manbalarda uchraydi. Shoir Feruz o'zining yozgan g'azallarida Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiy, Komil kabi so'z san'atining ulug' namoyandalari an'analarini davom ettirib, ishq-muhab-bat mavzusini bosh mezon sifatida qabul qiladi. U ishq-muhab-batni madh etish orqali ijtimoiy hayot voqealariga o'z munosaba-tini, dunyoqarashlarini bildiradi, bular: sevgidan zavqlanish, oliyjanob insoniy g'urur, jo'shqinlik, ruhiy g'alayon, e'tiqod, imon, kamtarlik, ilm, kamolotga intilish, odamlarga yaxshilik qi-lishdir.

    53. Shoir lirik g'azallarining bosh qahramoni Feruzning o'zidir. Bu qahramon o'zida oliyjanob fazilatlarini mujassamlashtirgan, jamiyat va xalqni o'ylovchi sxaxsdir. Bosh qahramonning fojiasi shundaki, oliyjanob shoir bilan qo'pol va noinsoniy odatlar, tushunchalar, aqidalar o'zaro konfliktlarga kiradilar.



    54. Ey fаlаk netdim seni, dushmanlig' izhor аylаding, Notаvon ko'nglim tugаnmаsg'аmgа duchor аylаding,



    55. deb xonish qiladi shoir.

    56. Xullas Feruz o'zining hayotbaxsh she'rlarida oliyjanob inso-niy his-tuyg'ularni kechinmalarni mahorat bilan qalamga olgan. O'z uyida oddiy eski kiyimda o'tiradigan Feruz hayotdagi eng ulug' va mo''tabar insonlardan bo'lgan. Manbalarning guvohlik berishicha uning oilasidan chiqqan yigirmadan ortiq kishi turli mansab va vazifalarni egallagandan tashqari badiiy ijod bilan ham shug'ullanganlar. Bu ijodkorlar so'z san'atining rango-rang turlarida qalam tebratib, qator tarixiy asarlar yaratdilar, hat-totlik va tarjimonlik bilan shug'ullandilar, badiiy nasr va nazm mulkini boyitdilar. Komyob, Oqil, Sodiq, Murodiy kabi yetuk qalam sohiblari ana shular jumlasidandir. Xivalik adabiyot bi-limdoni Muhammadali Laffasiy qiziq bir dalil to'g'risida fikr yuritadi: «Feruzning nabira, avlodlari she'rga havaskor bo'lib, alar ham Feruzga qo'shimcha har xil g'azal, muxammaslarni yo-zib turadilar». Xodim, Chokar, Nodimlar bilan birgalikda Feruz saroyi devonida ishlagan Komil Devoniy Feruzning ustozlari

    57. Munis, Kiromiy, Hofiz, Nizomiy, Jomiy, Ravnaq, Fuzuliy, Bedil, Fazliy, Lutfiy, Ogahiylar ijodidan bahramand bo'lganligi, o'ziga hamnafas zamondosh shoirlar ijodining muhim qirralaridan bahramand bo'lganligini bir she'rida quyidagicha tasvirlaydi:

    58. Feruzning avlod-ajdodlaridan yigirmadan ziyodi ijodkorlar bo'lganligini yuqorida ta'kidladik. Shu munosabat bilan qi-ziq bir tarixiy voqeani qayd etmoqchimiz. Shoh Feruzning ini-si Murodiy (asli ismi To'ramurod to'ra 1854-yilda tug'ilgan) ruslar Xivani qamal qilganda Otajon To'ra va Amir to'ralarga qo'shilib mamlakatga o'zlari xon bo'lib, davlatni idora etish ni-yati bilan Kaufman huzuriga borgan va rus generali bu taklifni qabul qilmagan. Qilgan ishidan tazarru yeb pushaymon bo'lgan Murodiy akasi Feruzdan kechirim so'rab «Devoni Murodiy»da quyidagi satrlarni bitadi:



    59. Qulliqingni qilmadim nodonlik aylab oshkor, Kibra targ'ib aylagan shayton ekandur, bilmadim. Vasli Jomiydin Murodiydek bo'lib sarxush mudom, Mehnatu xijron bilan bejon ekandur, bilmadim. Vuslati vasling bila jandonu shod erdim, vale Furqat ichra tushkan el nolon ekandur, bilmadim.

    60. Feruz Xiva xonligida fan va madaniyatni rivojlantirishga katta e'tibor bergan bo'lsada, bu yaqin-yaqinga qadar etirof etil-mas edi. Jumladan, V. Mirzayevning «Avaz O'tar kitobida «XIX asrning o'rtalariga kelib, Xorazm madaniy hayotida alohida taraq-qiyot yuz berdi. Ilgari vayron bo'lib ketgan binolar qaytadan tikla-nadi. Yangidan sug'orish inshootlari, karvonsaroylar va 60 ga yaqin masjid, madrasalar barpo etiladi. Xiva xonligi hududida 1847-yili Xiva shahrida birinchi marta litografiya tashkil etil-di. Unda 1880-yilda bosilgan birinchi kitob Alisher Navoiyning «Xamsa»si edi»1 deyiladi.

    61. «Xorazmda bayozchilikning keng taraqqiy etishi natija-sida «Bayozi musaddasot», «Bayozi majmuai ash'or», «Bayozi muxammasot» va «Bayozi ash'or» kabi bayozning yangi turlari vujudga keladi. Ular ichida xorazmlik shoirlar tomonidan tuzil-gan qo'lyozma bayozlar o'zining kompozitsiyasi, she'rlarining g'oyaviy mazmuni, kitobat uslubi hamda savodli yozilgan go'zal xati bilan alohida ajralib turadi. Bu ishlarga bevosita Muhammad Rahimxon homiylik qiladi. Bayozchilik maktabi ustida tadqiqot ishlari olib borgan M.Hamidova Feruz faoliyatining bir qator qirralarini ochib berishga harakat qilgan.

    62. Feruz rahbarligi ostida Tabibiyning «Majmuat-ut shuaro», Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» tazkiralari yaratildiki, natijada biz juda ko'plab ijodkorlar nomlari bilan tanishish baxtiga ega bo'ldik.

    63. Muhammad Rahimxon saxovatli, fuqaroparvar inson edi. Bu fikrimizni quyidagi dalillar bilan isbotlashimiz mumkin. Saroy shoirlari orasida Doiy o'zining dovyurakligi, betgachoparligi bilan ajralib turgan. U hech tap tortmasdan kishining aybini shartta betiga aytar ekan. Yuqori lavozimli a'yonlardan ham hayiqmasdan, ularni bemalol kinoyali so'zlar bilan masxara qilar ekan. Bu haqda Laffasiy shunday ma'lumot keltiradi: «Doiy Yusuf Hoji nomi bilan mashhur bo'lib, hamma vaqtlar Xiva ulamo va sipohilarini mazammat etib haqoratlar qilib yurur erdi. Feruz Doiyni yaxshi hurmatlar bilan in'omlar berib turar erdi. Muhammad Rahimxon Doiyni shu tariqa sipohi ulamolarni haqoratlar qilib mahammat qilg'onini bilib oni Xivadagi masjidi Kalonga voizlik mansabig'a ta'inlaydur».

    64. Feruz musiqa sohasida ham barakali ijod qildi. Feruz «...musiqa ishlariga ham havaskor bo'lib doim xizmatida atoqli go'yandalar tanbur, g'ijjak bo'lomonlar chertib o'ltirur erdilar.

    65. Feruzning o'zi Shashmaqomga o'n uchta kuy bastalagan va shunga ko'ra u o'zi yashagan davrning bastakori ham edi.

    66. Xulosa shulki, Feruz vatanimiz tarixida faqat insonparvar, adolatparvar va m a'rifatparvar hukmdorgina emas, ayni zamonda katta ijodkor, g'azalnavis shoir va musiqa ijodkori sifatida ham munosib o'ringa egadir.

    67. Ahmad Tabibiy (1869-1911). Xorazm ma'rifatparvar ijodkorlaridan, Xivada tavallud topgan. O'zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Uchta o'zbekcha va ikkita tojikcha devon tuzgan. Fuzuliyning «haft jom» asarini o'zbek tiliga tarjima etgan. Ah­mad Tabibiy «Vomiq va Uzro» dostonining muallifidir. Xiva xoni Muhammad Rahim Feruzning topshirig'iga muvofiq o'ttiznafar xivalik yirik shoirlar haqida ma'lumotlar beradi va ularning asarlaridan namunalarni o'z ichiga olgan «Majmuat ush-shuaroi Feruz» degan nomda tazkira tuzadi.

    68. Ahmad Tabibiy o'z asarlarida haq, adolatni, oliyjanob in-soniy fazilatlarni ulug'lash bilan birga, o'z davrining illatlarini ayovsiz fosh qiladi.

    69. Berdaq (1827-1900) (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg'a-boy o'g'li). U Mo'ynoq tumanida tug'ilgan shoir qoraqalpoq adabiyoti asoschisi2. Shoir ijodining ahamiyati Qoraqalpoq xalqining tarixida beqiyosdir. U XX asr bo'sag'alaridagi qoraqalpoq xalqi milliy ongi kamolotining eng yorqin ifodachisidir. Qoraqalpoq xalqi bu ulkan shoir asarlari misolida o'zligini yanada chuqurroq tanidi va idrok etdi, xalq sifatida o'zining buyuk va qudratli kuchga ega ekanligi haqidagi ishon-chini mustahkamlay bordi.

    70. «Izlar edim» she'rida u Navoiydan savod oshirganini, Fuzuliydan durlar terganini, ilm qonunini yaratgan Aflotun va Arastular asarlarini mutoala qilganini bayon etadi. Bedil, Attor asarlaridan hidoyatni, xaqqa eltuvchi to'g'ri yo'lni izlaganini ta'kidlaydi. Shoir ijodiga qoraqalpoq klassik shoiri Qulxo'ja, turkman shoiri Mahtumquli she'rlari sezilarli ta'sir etdi.

    71. Xalq og'zaki ijodini yaxshi bilgan Berdaq tenglik, insonparvarlik, adolat, vatanparvarlikni targ'ib qiladi. Xalqning ayanchli ahvolidan kuyunib she'rlar bitadi.

    72. Bo'lmadi qilgan niyatim Xor bo'ldixalqim, himmatim, Yig'lay-yig'lay, o'tdik yetim. Yig'lamas vaqt bo'lgan emas.

    73. deb yozgan edi xalqni adolatli zamonda baxtiyor ko'rishni istagan shoir nadomat bilan «Bo'lgan emas» she'rida. Ana shu ohang uning «Soliq», «Bu yil», «Umrim» she'rlarida ham yaqqol namoyon bo'ladi.

    74. Berdaq tenglik va adolatni izlar ekan, «Dunyo yaralgandan beri Podshoh odil bo'lgan emas»ligini anglab yetadi. «Yaxshi-roq», «Shekillik», «Ahmoq podsho» singari dostonlarida ham shoir Berdaq jamiyatdagi muammolarga o'z munosabatini bayon qiladi.

    75. XIX asrning 50-yillari Berdaq ijodining gullagan davri hisoblanadi. Bu yillarda shoir o'zining «Omonkeldi», «Erna-zarboy» dostonlarini yaratadi. Bu dostonlarda shoir xalq erki uchun kurashgan qahramonlarni ulug'laydi. «Avlodlar», «Aydasbiy» dostonlari ham tarixiy mavzuga bag'ishlangan bo'lib, ularda qoraqalpoq xalqi hayotidagi tarixiy voqealar qalamga olinadi. Shoir bu asarlarda qabila va elatlarning kelib chiqishi ha-qida o'z mulohazalarini bildirgan.

    76. Xususan, shoirning «Shajara» nomli dostoni qoraqalpoq xalqi tarixini, uning shajaralari bosib o'tgan yo'lni, bu yo'ldagi keskin kurashlarni, ziddiyatlarni, murakkabliklarni nohaqlik jamiyatida el boshiga tushgan azob-uqubatlarni epik ko'lamlikda yoritib bergan mumtoz asarlardan. Shunisi e'tiborliki, Berdaq bu asarida qoraqalpoq xalqi bilan yonma-yon yashagan, bir daryodan suv ichib, bir tuproqda don yetkazgan o'zbek xalqi ta-rixining ham qator o'ziga xosliklarini yoritishga ahamiyat beradi. Uning ko'pgina asarlari o'zbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan. 1998-yili O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda Berdaq tavalludining 170-yilligi keng nishonlandi1.

    77. Xullas, qardosh va qondosh qoraqalpoq xalqining o'g'li Berdaqning sermahsul ijodi umumxalq boyligi sifatida avlodlarga xizmat qilaveradi.

    78. Anbar otin Farmonqul qizi (1870 - Qo'qon - 1906) - o'zbek xalqparvar shoirasi. Kambag'al kosib oilasida tug'ilgan. Otasi Farmonqul asli marg'ilonlik bo'lib, shoira Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi qo'qonlik bir kosibning qizi bo'lgan. Anbar Otin yetti yoshidan o'z mahallasidagi Dilshod otinning maktabida ta'lim oladi. Dilshod otin o'z davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo'lib, «Barno» taxallusi bilan she'rlar ham yozgan. U Anbarning she'riyatga qiziqishini ko'rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishtirgan. Dastlab kichik she'rlar yoza boshlagan Anbar ijodda ko'proq Uvaysiyga ergashadi, uning g'azallarini diqqat bilan o'rganadi, muxammaslar bog'laydi. Ayniqsa Navoiyni birinchi ustoz hisoblaydi.

    79. Anbar otinning turmush o'rtog'i Zohidxo'ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo'lib, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suhbat va mushoiralarda ishtirok etgan. Uning «Mushoira» nomli risola yozganligi haqida og'zaki ma'lumotlar uchraydi. Anbar otin haqgo'y va oqilligi bilan mahalla ayollari o'rtasida obro' qozonib, otin, otincha nomini olgan. U boyvachchalarga qarshi hajviy she'rlar yozgan. Bundan g'azablangan boyvachchalar shoirani bir yig'inda rahmsizlarcha kaltaklab, keyin baland zinadan itarib yuboradilar. Natijada shoiraning ikki oyog'i sinadi. Shundan so'ng uning sog'lig'yi yomonlashib, o'pka k asaliga duchor bo'ladi. Biroq u umidsizlikka tushmaydi. She'r shoiraning butun umri davomida ajralmas do'sti, hamdardi bo'ladi. 1905-yilda Anbar otin devon tuzib, unga 41 g'azal, 4 muxammas, bir qit'a, bir mustahzod va she'riy tarjimayi holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho'chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchilarni, riyokorlarni qattiq tanqid qiladi:



    80. Tariqcha ilmi yo'q «qozi» kalonman-muftiman» deydur, Abu Sino, Ulugbekdin ko'z yumg'onlarg'a o't tushsun.



    81. Anbar otinning boshqa g'azallarida ham xalqparvarlik, ma'rifatparvarlik, yuksak insoniylik g'oyalari targ'ib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay, ularga ij-timoiy ta'na ham beradi, mash'um zamonani o'zgartirish xalqning harakatiga bog'liq degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyo-qarashini, falsafiy tafakkurini o'zida mujassamlashtirgan asari -«Qoralar falsafasi»dir. Asar kirish va to'rt fasl (qism)dan iborat. Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga o'z qarashlarini va mushohadalarini bildiradi. U kambag'al xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy kamsitishlarga o'z noro-ziligini ifoda etadi. Shuningdek ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning jamiyatdagi qonuniy o'rni va huquqlarini talab qi-lib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida bir she'r keltirilib, qissadan hissa chiqariladi. Asarda insoniy fazilatlar ulug'lanadi: «Ansar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Afg'on, Selon, Hind va Kashmir xalqlari qorayuz, oqko'ngil xaloyiq erurlar. U xaloyiq ham aslzoda, oq tanlar kabi odam, a'zoyi badan, qo'l-oyoq, til, ko'z va aql-hush, g'ayrat, quvvat va tafakkurga molikdurlar

    82. Anbar otin onaning insoniyat oldidagi xizmatlarini sanar ekan, har qanday insonning onasi har qanday donishmandning enagasidir deydi: «Ona shunday mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Abu Sino va Ulug'bekni, Jomiyni, Sa'diyni, Firdavsiyni va Hayyomni, Nodira va Uvaysiyni... olamni ko'rishga ...davru mohir qilibdur». Anbar otin ozod va baxtli hayot kelishiga umid bildiradi, bunga qattiq ishonadi ham. U kelajakka umidvor boqadi, ayollarni o'z haq-huquqi uchun kurashishga chaqiradi.

    83. Dilshod Otin, (Barno, Dilshodi Barno taxalluslari: asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so'fi qizi), (1800-1905/06). U 17 yoshida asirga tushib O'ratepadan Qo'qonga olib kelinadi.Bu yerda o'zbek yigitiga turmushga chiqib, umrining oxirigacha shu yerda yangidan o'zbek tilida ko'plab g'azallar yozadi.

    84. Dilshod o'z ijodi orqali jamoatchilik fikrini bayon etadi, ha-yotning turli tomonini ochib beradi. Uning tojik va o'zbek tillarida yozilgan asarlari bir-birini to'ldiradi va boyitadi. Ularni bir-biridan ustun qo'yish qiyin, chunki shoira bu tillarni mukammal bilganligi tufayli ikkala tilda ham chuqur, mazmunli asar yozadi va yurakdagi, qalbdagi so'zlarini mohirona bayon etadi.

    85. Dilshod o'zining she'r va g'azallarida hukmron sinfning yu-qori tabaqalarini, hukmdor va ekspluatatorlarning kirdikorlarini tanqid qiladi. Ma'naviy tushkunlikni, tekinxo'r va bezorilarni qoralaydi.

    86. Dilshod Umarxon bilan uchrashganini quyidagicha bayon etadi: «Meni yasantirganday yalang'ochligimcha qandaydir xonaga olib kirishdi.U yerda amir chopon va sallalik o'tirar edi. Oldida qora stol, uning ustida suv, pichoq va bir dona anor bor edi.

    87. Xon baland bo'yliq qora ko'zliq qora soqolli va ochiq yuzli bo'lib salobatli ko'rinardi. Mening salomimdan keyin men bilan xushmuomalalik bilan suhbatlashdi. Uning xushmuomalali-giga qaramay, menga u johil va qonxo'r podshoh bo'lib tuyuldi. U menga: «Qani, g'azal tuzadigan tojik qizi, yonimga kel...» -dedi.

    88. Men bilan savol-javob qilib, ismimni, kelib chiqishimni so'rab bo'lib, anor haqida g'azal to'qishimni talab qiladi:

    89. Bu dunyoda osmon gumbazini ko'rdim men,

    90. Ichi to'la g'amlarni ko'rdim men.

    91. Yupqaparda bilan qoplangan yuzlarniko'rdim men,

    92. Bag'rilari qonga, ko'zlari yoshga to'lganlarni ko'rdim men

    93. Umarxon farmoni ila shafqatsiz qilich bilan,

    94. Har bir go'zal yuraklari kesilganini ko'rdim men.



    95. Men bu she'rni o'qib bo'lishim bilan amir ikki marta qarsak chaldi. Mahram kirdi. Amir: «Bu sochi kesilganni zindonga olib boringlar» deydi va ko'zi bilan qandaydir ishora qiladi3.

    96. Dilshodning hayoti haqidagi ma'lumotlar uning o'z asarlarida va qo'qonlik shoir Sulaymon Rojiyning «Muxtasar ul-ash'ori Dilshod» kitobida saqlangan. Uning otasi ham shoir bo'lib, u qatl etilgan. Dilshod unda juda yosh edi, onasidan ham erta judo bo'lib (1814) buvisi qo'lida tarbiyalangan. Uni 17 yoshida (1818) Umarxon sarbozlari Qo'qonga asir qilib olib ketgan. Biroq Dil-shod tikso'zligi tufayli Umarxon saroyidan haydaladi (to'g'rirog'i qochishga muvaffaq bo'ladi - mualliflar) keyin Toshmaxdum de-gan imomga turmushga chiqadi. Shoiraning qaynonasi ma'rifatli, bilimdon ayol bo'lib, muallimalik qiladi. «Men, - deb yozadi. Dilshod - 88 yoshimgacha oynasiz xat ko'rib, maktabdorlik qildim. 51 yil maktab tutib, a'lo avsat hisobida 23 talaba tu-tib, 891 qizni basavod qildim. Alardin qariyb to'rtdan biri tab'i nazmlari bor erdi... boz avval oxir ikki yuzdan ortiq nazmxon shoiralar ta'lim olib chiqqan erdi. Kamina o'rda shoiralariga qo'shilmoq orzusidan mahrum erdi. Ammo ulug' otinlar: Jahon-bibi va Nodirabegim nazmlari salihimg'a quvvat baxsh etadilar. Nazmlarimni devon qilmoq borasida orzu bor edi».

    97. Dilshod talabalari orasida Anbar otinga alohida e'tibor bergan. Dilshod adabiyotga erta kirib kelgan. Barno va Dilshod taxallluslari bilan o'zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan. Shoira g'azal, muxammas, musaddas, badiiy xotiranomalar, bir necha doston yaratgan («Tarixi muxosara», «Xatmi muntaham ul-ash'or», «Zamonadin shikoyat», «Hayot madhi» va boshqalar). Uning asarlarida aksar tarixiy hodisalar, xalq hayoti va turmushi haqida fikr yuritilgan. Shoira haqgo'ylik, to'g'rilik, bilim kishi­ni illatlardan xoli tutadi, yuksaklikka ko'taradi, nohaqlik, egrilik esa halokatga duchor etadi, degan fikrni ilgari suradi.

    98. Dilshod g'azallarida bosh mavzu sevgi, muhabbatdir. Shoira sof muhabbatni zo'r ehtiros bilan kuylaydi. Vafosiz, xudbin ma'shuqalarni makkor va xiylagar, deb ataydi. Shoira asarlarida zamon bilan hamnafaslik sezilib turadi. Shoiraning «Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiran» («Inson matonati va muhojirlar tarixi»)da o'zining tavalludi, oilasi va ayanchli taqdiri bayon qilingan. Zotan, uning taqdiri ham muhojirlar taqdiridan farq qilmagan. Bu asarga shoiraning o'zbek tilidagi 37 ta va tojik tilidagi 5 ta g'azali ham kiritilgan.

    99. Dilshodning ijodi tarixiy materialga boyligi, ijtimoiy maz mundorligi, haqqoniyligi, xalqparvarlik g'oyalari bilan sug'orilganligi uchun ham o'zbek va tojik mumtoz adabiyotining qim matli namunalaridan hisoblanadi.

    100. Dilshod otinning «Tarixi muhojiron» asarida XIX asrda Qo'qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma'rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a'zolari bo'lishga chorlagan4.

    101. Qo'qonlik shoir va shoiralar haqida Dilshod bunday deydi:

    102. «Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo'qon shoirlar shahridir. O'n ikki darvozalik bu katta shaharda to'rt yuz qirq mahalla bor deydilar va har birida shoirlar bor...

    103. Qo'qon maydonining Sarimozor dahasida birorta mahalla yo'qki, u yerda biror bir shoir va donishmand bo'lmasa, Xo'ja Kalon To'ra mahallasida mendan tashqari yana Mahzani, Turobi va Bahori taxallusli shoirlar va Fidoiy ismli shoira yashardilar.

    104. Bizning qo'shni Buzrukxo'ja mahallasida qachonlardir juda iste'dodli, shirinso'z shoir janob Bog'dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mahallada shoira Mohinabonu va Hafiza otin va shoir Sabuhi yashaydilar. Yana bulardan tashqari, mening iste'dodli o'quvchilarimdan Bahri otincha va Anbar otinchalar ijodiyoti-ning cho'qqisidadirlar. Yana qo'shni Qo'rxona mahallada yosh shoir va mohir san'atkor hattotlar yashaydi...

    105. Agarda qibla tomonga qarasak panjarasoz mahallasini ko'ramiz. U yerda o'zlarining she'rlar devoniga ega bo'lgan Sadon va Qori Devona shoirlar bor. Qisqa qilib aytganda, Movaroun-nahrning poytaxti bo'lmish bu shaharda har bir avlodda minglab shoir va o'qimishli kishilar, ulamoi fozillar yashab, o'zlarining minglab rejalari bilan o'z asarlarini yaratdilar va o'zlarining she'rlarida falakning taqdiridan arz qilib va dodlab ketar edilar.

    106. So'z va g'azal ustalaridan biri Anbar otin - Jahon otun Uvays ismli ham shu shaharda yashab vafot etgan. Juda ko'p shoir va donishmandlar o'z go'zal va jozibakor asarlarini yaratib ketdilar...»1.

    107. Dilshodning so'ziga qaraganda, «ayniqsa shoir Mahjub hur-fikrli shoirlarning yuqori pog'onasida ekan va ularning joylari guloh yonida ekan. Lekin ular hammom gulohida yashashiga qaramay, ularning hurmatlari baland ekan. Bulardan tashqa-ri yana Muntazir, Mahmud va Gulxaniy ismli shoirlar bo'lgan. Hozir Mahmud va Muntazirlar hayotlar, lekin na ilojkim borki, ularni ko'rsak ular guloh yonida, men esa bir uyning burchagida katakka solingan qafasdadirman. Bundan xalos bo'lish faqat xalq irodasi bilan amalga oshishi mumkin.»2.

    108. Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki, chor Rossiyasining og'ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to'xtab qolmadi, xalqimiz o'zining an'anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa qo'shdi.



    109. Nazorat savollari

    1. K.P.Kaufman Turkistonda maorif sohasi bo'yicha qanday ishlar olib bordi?

    2. Middendorf va tarixchi olim Haydarbek Bobobekovlar Turkiston aholisi-ni turmush tarzi, ijtimoiy hayoti haqida qanday fikrlar aytgan?

    3. Mustamlakachilik davrida Turkiston o'lkasida ijod qilgan shoir va olim-lardan kimlarni bilasiz?

    4. Mustamlaka tuzumi davrida matbuot, davriy nashrda qanday g'oyalar ilgari surilgan?

    1. VI B O B

    2. TURKISTON XX ASR BOSHLARIDAGI SIYOSIY LARZALAR VA BO'HRONLAR DAVRIDA



    3. XX asrning dastlabki o'n yilliklari jahon xalqlari uchun nihoyatda og'ir, tashvishli, inqiroz va bo'hronlarga botgan yillar bo'ldi. Jahon iqtisodiy va siyosiy bo'hronlari birinchi navbatda Yevropa va Sharqning rivojlangan mamlakatlarini o'z girdobiga tortdi. Ular bu og'ir iqtisodiy va siyosiy bo'hronlardan chi-qib ketish maqsadida tajovuzkor tashqi siyosat olib bordilar. Oqibatda fojiali va qirg'inbarot urushlar kelib chiqdi. 1904-yilda boshlangan rus-yapon urushi va 1914-1918-yillardagi dunyo-ning 28 mamlakatini o'z domiga tortgan birinchi jahon urushi bu fikrimizning yaqqol dalilidir. Urushlar tarixda hech qachon yaxshilik va xayrli ishlarga olib kelmagan. U doimo xarobalik va vayronalikni, ochlik va qashshoqlikni, ya'ni qisqa qilib aytganda siyosiy, bo'hron va larzalarni olib kelgan. Buni biz chor Rossiya-sining mustamlaka o'lkasi bo'lgan Turkiston misolida aynan ko'ramiz.



    4. 1. TURKISTONDA CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIK /II MINING YANADA KUCHAYISHI



    5. Chor Rossiyasi 1864-1895-yillar mobaynida Turkiston-ni bosib olgach, o'lkada qattiqqo'llik bilan mustamlakachilik siyosatini olib bordi, endi mehnatkashlar ommasi ikki tomonlama ekspluatatsiya qilina boshlandi. Chor Rossiyasi, ayniqsa, rus-yapon va Birinchi jahon urushlari munosabati bilan o'lkada mus-tamlakachilik milliy zulm va zo'rlik siyosatini avjiga mindirdi. U o'z oldiga bosh maqsad qilib Turkiston o'lkasi boyliklarini talash va yerli xalqlarni qattiqqo'llik bilan ekspluatatsiya qilib, ularning qonini zulukdek so'rish uchun ulug' davlatchilik siyosatini olib bordi. Chor ma'murlari bu boradagi o'z jirkanch niyatlarini hech kimdan yashirgan ham emaslar va faqat o'lkadan ko'plab boylik va foyda olib ketish niyati bilan nafas olganlar. Buni biz 1906-yilda moliya ishlari vaziri Sergey Vitte nomiga yozilgan «Zapiski o gosudarstvennix i obshestvenno-ekonomicheskix nujdax Tur­kestanskogo kraya» deb nomlangan xatning mazmunidan bilsak ham bo'ladi. Bu xatning 26-27-betlarida Turkiston o'lkasi Ros-siyaga foyda keltirish mumkingina bo'lib qolmay, balki majbur hamdir, deyiladi. Buning uchun vaqtni qo'ldan boy bermasdan qat'iylik bilan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qi-lindi:

    1. Olinadigan boyligiga qaramasdan, foydalanishdan chetda qolgan yerlarni davlat hisobiga o'zlashtirishni tezlashtirish;

    2. Eng unumdor yerlar hisobiga qishloq xo'jaligi sanoatini rivojlantirish;

    1. 3. O'lkaning tog' boyliklaridan foydalanish;

    2. 4. O'lkani ruslar tomonidan ekspluatatsiya qilishni kuchay-
      tirishga keng imkoniyat yaratib berish;

    3. 5. Xalq maorifini rus uslubi bo'yicha rivojlantirish;

    4. 6. O'lkani dastlab biz bosib olgan davrdagi o'rnatilgan tash-
      kiliy boshqaruv yo'nalishlarini qo'llab-quvvatlash lozim.

    5. Ana shu belgilangan tadbirlarning barchasi Rossiya huku-mati va chor ma'murlariga Turkiston o'lkasi boyliklarining doi-miy suratda ko'proq oqib kelishini ta'minlashi lozim edi. Agar 1888-1893-yillar mobaynida Turkistondan Rossiyaga 14 257 515 pud qimmatbaho paxta xomashyosi tashib olib ketilgan bo'lsa, 1914-1916-yillarda jahon urushi bahonasida 41 million pud pax-ta tolasi olib ketilgan. Umuman olganda 1880-1917-yillarda Tur-kiston o'lkasidan Rossiyaga jami bo'lib 225,8 million pud pax-ta tolasi olib ketilgan. Bunday surbetlarcha talonchilik tarixda kamdan kam bo'lgan. Og'ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, chor Rossiyasi Buxoro (Kogon-Qarshi-Termiz), Farg'ona (Qo'qon-Namangan-Andijon), Yettisuv (Aris-Burnas) temiryo'llarini qurdi. Bu yo'llar orqali o'lkada yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni imkoniyati boricha ko'proq Rossiyaga olib ketildi. 1914-1916-yillarda paxtadan tashqari Rossiyaga 3 million puddan ortiq paxta yog'i, 200 ming pud so-vun, 300 ming pud go'sht, 474 ming pud baliq, 70 ming ot, 12.797 tuya, 270 arava, 1344 o'tov, ko'p miqdorda quruq mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari o'lkadan olib ketilgan. Shuning singari 1914-yilda Yettisuv viloyatidan 34 million so'mlik yirik va mayda qoramol, 1915-yilda Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridan 1 million bosh qo'y olib ketilgan.

    6. Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasiga xom ashyo bazasi sifatida qaradi va shu boisdan og'ir sanoat korxonalarini qurish masalasiga mutlaqo e'tibor bermadi. U faqat tez foyda beradigan, kichik-kichik yengil hunarmandchilikka oid korxonalar qurishga harakat qiladi. Turkiston o'lkasidagi sanoat korxonalarining asosiy tarmog'i paxta tozalash zavodlaridan iborat bo'lib, 1914-yilda ularning soni 254 ta edi. Bu korxonalar Turkistondagi barcha sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining to'rtdan uch qism mahsu-lotini berar edi. Umuman olganda Turkiston o'lkasidagi sanoat ishlab chiqarishi sof mustamlakachilik xarakteriga ega bo'lib, u asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini birlamchi ishlab berish va yer osti qazilma boyliklarini qazib olishga moslashtirilgan edi. O'lka sanoat mahsulotining deyarli hammasi (paxta tolasi, neft, ko'mir, paxta yog'i, sovun va hokazo) Rossiyaga olib ketilar edi.

    7. 1891-yilda Rossiyada sodir bo'lgan ochlikdan so'ng Tur-kistonga bamisoli vabodek yopirilib ko'chib kelayotgan oilalar oqimi ko'paydi. 1906-yildayoq o'lkaning besh viloyatida 451 ming tanob yerga ega bo'lgan 136 rus posyolkalari paydo bo'ldi. Har bir xo'jalikning tomorqasi 34,5 tanobdan iborat edi.1 Chor hukumatining bunday agrar siyosati natijasi o'laroq qishloq aholisi o'rtasida yersizlar soni ko'payib ketdi. Yersiz xo'jaliklar o'lkaning ayrim tumanlarida 40 foizga qadar yetadi. 1910-yilda butun Turkiston o'lkasida yersiz dehqon xo'jaliklar soni 30 foizni tashkil etgan.

    8. Chor ma'murlari mahalliy xalqni qorang'ulik va zabunlikda saqlash yo'lini tutdilar. Xalq maorifi tizimi qattiq nazorat ostiga olindi, ruscha tartib qoidalar joriy qilindi, rus tili rasmiy tilga aylnatirildi, ruschani bilgan fuqarolar har tomonlama rag'batlantirildi. Chor ma'muriyati Turkiston musulmon aholisining diniy e'tiqodi, his-tuyg'usi, diyonatiga, milliy qad-riyatlariga qarshi hujum e'lon qiladi. Musulmonchilikning be-shinchi farzi hisoblangan Haj ibodati, muborak Ka'ba safari Rossiya imperatori farmoni bilan 1903-yildan boshlab taqiqlab qo'yildi. Bundan kutilgan maqsadni Muso Turkistoniy o'zining «Ulug' Turkiston fojiasi» asarida shunday ta'riflagan: «...Hajga borgan bir Turkistonli u safar munosabati ila chet davlatlarni ham



    9. Дeлo кoнцeляpии TypKecraHCKoro гeнepaл-гу6epнaтopa. 1907, № 2.

    10. ko'radur, sayohatdan foydalanadur, ko'zi ochiladur, musulmon davlatlarini, xususan, Turkiya saltanatini, Islom shavkatini, Is-lomni quvvatini ko'radur. Ko'zi ochiq ziyolilar bo'lsa istibdodga qarshi chiqishni o'rganadur, ma'lumotlari ziyodalanib, zehnlari ochiladur. O'rik o'rikni ko'rib olayadur deganidek Hajga borgan Turkistonliklar mustaqil hur davlatni ko'rib havaslanadi. Xulo-sa - muborak safar, Haj safarini natijasi o'laroq turkistonliklar o'z huquqlarini, istiqlollarini talab qiladurlar, isyon chiqaradurlar deb man qiladi. Andijondagi Dukchi Eshon voqeasi ruslarning shundoq andishaga tushadurg'on bir namunadir».

    11. Tohir Shokir Labik o'zining 1934-yilda Berlinda chop ettirilgan «Turkiston paxta xo'jaligi» kitobida «1. Ibtido-iy maktab ruschadur. O'quvchilar ruscha o'qiydur. 2. O'rta maktab ruschadur. Bu maktabning talabalari 400 bo'lib, shundan ikki kishi musulmon edi. Biri Andijondan, yana biri O'shdan». ...O'quvchi ma'lumotini orttirish uchun gimnaziyaga yohud Toshkentdagi seminariyaga, Peterburgdagi akademiyaga joylanishi missionerlarning qo'lidadur. Ilm tahsili uchun xorijga chiqishga izn yo'q. Diniy bo'lsin, faniy bo'lsin, har qanday ilm o'quvchilar Rossiyaning ichida ilm o'qiydur. Buni Moskov va Peterburg ta'min etadur. Ammo no'g'oylardan Misrda, Xijozda tahsil ko'rgan olimlar chiqsa esada, juda oz, barmoq bilan sanarli darajadadur. Bizning Turkistondan xorijiy tahsil ko'rgan faloniy deb zikr qilishga hech raqam yo'qdur. Andijondagi ayni maktabda norasmiy sur'atda vaqtincha haftada ibtidoiy ikki dars musulmoncha o'qitulur edi», - deydi.

    12. Tohir Shokir Labik yerli tub xalq tili va islom diniga qar-shi uyushtirilgan ulug' davlat shovinistik siyosatini fosh etib quyidagilarni yozadi:

    1. Musulmonlar o'lturg'on shaharlarda qancha daha bo'lsa, har dahada bir rus maktabi bo'ladur. Nafaqasi davlatga oyid-dur.

    2. Ruscha maktab ochilmog'on joylarda musulmonlarning masjid solishi, madrasa qilishi mumkin emas.

    3. Musulmon muddarislarining, muallimlar va imomlarning va boshqa diniy xizmatchilarning ruschani yaxshi bilishlari shartdir.

    1. 4. Aholi tarafindan ochilgan diniy maktablarning nafaqasi
      xalqqa oyiddur. Ruscha ta'lim ko'rmagan bolalar bundoq islo-miy maktablarda o'qish huquqidan mahrumdurlar.

    2. 5. Yerliklar tarafidan ruscha maktab ochilgan taqdirda, muallimning maoshi davlatga oyid bo'lib, boshqa nafaqalari, musarraflari boshqalarning gardanigadur.

    3. Yuqoridagi shartlarning tahqiq etib-etmasligi missionerlar faoliyatiga bog'liq edi. Missionerlar maorif nazorati, bo'lis idorasi hammalari bir kishidur. Garchi idoralari boshqa, ismlari boshqa-dur.

    4. Zikr qiling'on turluk shartlar ila ochilg'on maktablarning davomli sur'atda kontrol qilish, surishtirish o'zi missioner, vazifasi inspektor bo'lg'onlarning haqqidur.

    5. Taftishning kayfiyati; zikri kechgan ruscha maktablarda faqat ruscha o'qilurmish yoxud boshqa ilm ham o'qitilurmu? Muallimlar musulmon ruhoniylaridanmu? Ba'zi dahadamu? Ochilgan maktabdagi bolalar o'qishga majburmular, ixtiyorlik-mu? Talabalarning saviyasi ruslarning maorif nizomiga muvofiq-mu? Darsning o'qilishi maorif loyihasiga mutobiqmu va shunga o'xshash bahslar, savollar davomli sur'atda bo'lib turodur».

    6. Asosiy maqsadi tarjimonlar tayyorlashdan iborat bo'lgan «rus-tuzem» maktablari o'qituvchilari yerlik millatning tili-ni biladigan ruslardan bo'lgan. Yerlik bolalar ruscha ibtidoiy maktabga qaydsiz, shartsiz olinaverganlar. Nafaqalarini ham davlat to'lagan. Ammo o'rta maktab, oliy maktablarga qabul uchun rus lo'g'atini yaxshi bilishi shart qilib qo'yilgan. «Bularning nafaqalari, deydi Shokir Labik, ...musulmonlarning hisobidan to'lanodur».

    7. «...Islom diniga mansub yerlik maktab talabalaridan hech kimsani ruscha maktabga qabul qilinmaydur, qat'iyan man qilingandur.

    8. ...Ruscha maktab ochilmog'on bir mahallada musulmonlar tarafidan islomiy madrasa yoki maktab solishga izn yo'qdir... »

    9. Agar bunday madrasa va maktablar ruschani o'qitish sharti bilan rus ma'murlari ruxsatiga ko'ra ochilgan taqdirda ham uni tamomlab Shahodatnomaga ega bo'lgan «...musulmonlar faqat diniy vazifalarga tayinlanadurlar, idora ishlaridan mahrumdurlar».

    10. «Zamon-zamon o'rus zamoni keldi. Ruscha o'qish va o'qitish rivoj bo'ldi. Har yo'l ila rus madaniyati, rus tilini o'qishga, o'rganishga musulmonlar qiziqtirildi.

    11. Ruscha bilg'onlarni imtiyozi bo'ldi. Rasmiy til davlat tili ruscha bo'lg'oni uchun xalqning idoraviy muomilalarning ruscha bo'lishi majburiy edi... »

    12. Rossiya hukumati Turkiston o'lkasida maorif ehtiyojlariga umuman past nazar bilan qaragan va bu sohaga harbiy-mirshablik boshqaruvni saqlashni ta'minlashga ketadigan xarajatlarga nisbatan 35 barobar kam mablag' sarf qilgan.

    13. Turkistondagi sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilarning o'rtacha ish haqi Markaziy Rossiyadagi ishchilarning ish haqlariga nisbatan 1,5 barobar kam bo'lgan. Turkistonning o'zida ham bir korxonada ishlab, bir xil vazifa va yumushni bajargan rus millatiga mansub ishchi yerli millat vakiliga qaraganda ko'p maosh bilan ta'minlangan. Shaharlarda sanoat korxonalari va temiryo'llarda ishlaydigan ishchilar g'oyatda og'ir sharoitlarda mehnat qilganlar. Ishchilarning ish kunlari odatda 10-12 soatga, ba'zi tarmoqlarda esa 17-18 soatgacha cho'zilardi. Ishchilarning maishiy ahvoli to'g'risida hech kim g'amxo'rlik qilmasdi.

    14. Tub yerli aholi deyarli saylov huquqlaridan mahrum bo'lgan. Buni davlat dumasiga o'tkazilgan saylovlarda ochiq-oydin ko'rish mumkin edi. To 1906-yilga qadar ham chor ma'murlari Turkistonda davlat dumasi saylovlari tartib-qoidalarini ishlab chiqishga shoshilmagan edi.

    15. 1906-yil 27-aprelda rossiya parlamenti o'z ishini boshladi. Ana shunday tarixiy voqeadan so'ng besh kundan keyin Sankt-Peterburg podsho farmonini Toshkentga yubordi. Bu farmon «Yettisuv, Kaspiyorti, Sirdaryo, Samarqand va Farg'ona viloyat-larida davlat dumasiga saylovlar haqidagi holatni va unga qo'shimcha qonun-qoidalarni qo'llash haqida qoidalar» deb ataldi. Bu farmonga ko'ra tub yerli aholi bo'lmagan rus tilida so'zlovchi kelgindi millatlar vakillari umumiy saylovchilar sonidan qat'i nazar har besh viloyatdan bittadan, Toshkentdan va Yettisuvdan kazak qo'shinidan bittadan, jami bo'lib 7 deputatni, mahalliy tub yer aholisi esa umumiy aholi sonidan qat'i nazar viloyatlar va Toshkentdan jami bo'lib 6 deputatni saylashi kerak edi. Ana shu tariqa rus deputat uchun o'rtacha 46 ming, tub yerli yoki o'zbek deputati uchun esa 896 ming saylovchi ovoz berishi kerak edi. Budegan so'z mahalliy xalqning saylov va saylanish huquqi kelgin-di rus millati vakillariga qaraganda 20 barobar kamsitildi va bu davlat dumasida mahalliy millatdan saylangan deputatlarning kelgindi rus millati vakillaridan saylangan deputatlarga nisbatan bosimi oshib ketmasligi uchun maxsus o'ylab topilgan yo'l edi. Turkiston aholisi markazda I davlat dumasi tarqatib yu-borilgach, 1907-yil II davlat dumasi saylovlarida qatnashdi. Bu saylov natijasida rus mustamlaka istibdodi tomirlarining tobora chirib borayotganligini ko'rsatdi, shovinist va rusparast deputatlardan birontasi g'alabaga erisha olmadi. Rusiyzabon millatlar vakillaridan saylanishi lozim bo'lgan o'rinlarni sotsial-demokratlar (bolshevik va mensheviklar), sotsial-inqilobchilar (eserlar) va kadetlar uyushmasi bo'lmish - «taraqqiyparvar saylovchilar» guruhi egalladilar. Mahalliy tub yerli aholi vakil-lari nomidan Davlat dumasiga Toshkentdan «Jahongir domla» sifatida tanilgan taniqli olim V.P.Nalivkin, ulamo Abdurauf qori Abduvohid Qoriyev, Samarqanddan - savdogar Toshpo'lat Abduholiqov, Farg'onadan - savdogar Muhammadjonov, Sir-daryodan - chorvador boy T.Olloberganov, Yettisuvdan -muhan dis Muhammadjon Tanishboyev, Kaspiyorti viloyatidan -podpolkovnik Maxtumqulixonlar saylangan edilar.5

    16. Asosan tub yerli millat aholisidan iborat bo'lgan qish-loq mehnatkashlarining ahvoli shahar aholisiga nisbatan ham achinarli edi. Muhammad Muso Turkistoniy «Ulug' Turkiston fojiasi» kitobida qayd qilishicha: «Ruslarning Turkistonga biz madaniyat keltirdik, Turkistonni obod qildik degan iddaolari bo'sh so'zdan iborat bo'lib qoldi... Xalq faqirlashdi, sindi-sindi ko'paydi, hamma ish bank va shirkatlarning foydasig'a hal bo'ldi. Masalan, bir kishining bankidan ming (1000) so'm qarzi bor. Vaqtida to'lay olmadi. Haftalik oylik o'sgan foydasi bilan u qarzni uch ming (3000) so'm bo'lg'onligi, u bechora qarzdor vafot qilib vorislari to'layolmay, nihoyat hovli-joylari, bog'lari, bo'stonlari sotiladur. Puli bankka to'lanadur. Bu ishlar ayb bo'lmay elda, yurtda odatlanib, qonunlashib qolg'oni ma'lumdur.

    17. Yer va suvlarni sotib bankni haqlarini topshirish uchun Rusiya-ning maxsus bir idorasi bordurki, «tanfiz idorasi», deb tarjima qilinsa bo'lur. Paxtadan alamzada bo'lg'on, qarzdor bo'lib, to'lay olmog'on bechora dehqonlar, zamindorlar haqida so'zlang'on she'rlar ham bor:



    18. Paxtaniko'p ekishib chiqdi alarnipaxtasi Gar Egar soldirmasa boshida veksel nuqtasi. Paxtagapul chiqsa, mardum och bo'ridek Berishin fikr aylamaypishpak-to'qmoqg'a qochor.



    19. Tohir Shokir Labikning «Turkiston paxta xo'jaligi» kitobida yozishicha, Turkiston dehqonlarining davlat bankidan va bosh-qa banklardan bo'lg'on qarzi 1912-yilda bir yuz ellik olti milli­on yetti yuz o'n ikki ming oltin so'm bo'lib, shundan Farg'ona dehqonlarining hissasiga tushgani; 51 foiz, ya'ni 80.797000 so'm oltinni tashkil etgan.

    20. Chor hukumati aholidan olinadigan soliqlarni oshirish hisobidan ham katta daromad orttirar edi. Masalan, soliqlardan kelgan daromad miqdori 1913-yilda 23 million so'mni tashkil etgan bo'lsa, 1916-yilda 33,3 million so'mga yetgan. Bu summa o'sha vaqt uchun juda katta mablag' hisoblanardi, albatta. Masalan, «Turkestanskiy golos» gazetasida 1916-yil oxirida Andijonning eski shahar qismida bir qadaq qo'y go'shtining bahosi 20 tiyin bo'lgani holda yangi bozorida esa 25 tiyin bo'lgan. Yer solig'i 1914-yildagi 6859021 so'mdan 1916-yilda 14311771 so'mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 so'm 50 tiyindan qo'shimcha soliq olish joriy etildi.

    21. Qishloq dehqonlari oddiy mehnat qurollari: belkurak, ketmon, omoch-bo'yinturuq, o'roq, panshaxa kabilar bilan qurollangan bo'lib, ularning mehnat unumlari nihoyatda past bo'lgan. Ular-ning aksariyati ot-ulovga ham ega emasdi. Ot-ulovsiz bo'lgan dehqon xo'jaliklari Sirdaryo viloyatida 20,3 foiz, Samarqand viloyatida 29,6 foiz va Farg'ona viloyatida 41,3 foizni tashkil etgan. Chor ma'murlari qishloq xo'jalik texnikasini yetkazib be-rish, irrigatsiya, melioratsiya ishlari masalalariga mutlaqo e'tibor bermaganlar. 1910-yilda butun hozirgi O'zbekiston hududida hammasi bo'lib 1071 plug bo'lgan, xolos. Mustamlakachi chor unsurlarining butun diqqat-e'tibori o'lkadagi aholi qo'lidagi boyliklarni har xil yo'llar bilan shilib olib Rossiyaga tashib ke-tishga qaratildi. XIX asrning 60-yillaridan to oktabr to'ntari shi-ga qadar Rossiyadan turli gazlamalar va boshqa mollarning ko'p miqdorda kelib turishi mehnatkash ommaning yanada qattiq -roq «shilinishiga» sabab bo'ldi. O'lkada ming yillardan buyon davom etib kelgan ajoyib hunarmandchilik tarmoqlari, birin-chi nav bat da to'qimachilik va bo'yoqchilik tanazzulga uchradi. Chunki o'zbek paxtasi, ipagidan Rossiyaga olib ketilib ishlangan gazlamalar mahalliy hunarmandlar qo'lda to'qigan gazlamalarni ichki va tashqi bozordan siqib chiqargan edi.

    22. Tohir Shokir yuqorida nomi eslatib o'tilgan kitobida shunday hikoya qiladi: «Turkiston paxtasi uchun Moskovdan pul keladur. Bu to'g'ri, ammo ruslar paxta uchun kelg'on pullarni turlik-turlik yo'llar bilan qaytarib Moskovga olib ketadur. Masalan, o't aroba, otash aroba, shayton aroba, ot arobasi, elektrik asboblari, telefon va olotlari, choy, shakar, gazlama, idish-tovoqlar, imorat asboblari, qishloq xo'jalik asboblari, sanoat moshinalari, maorif ehtiyojlari va shularga o'xshash zaruriy ashyolarni Rossiyadan keltirib, Turkistonga yog'dirib, ham paxtaning pulini oladur, ham millatdagi mavjud boyligini shimirib oladurg'on bo'ldi. Bular yetmaganidek ichkilik, qimor, fahsh, sudxo'rlik yo'llari bilan xalqning bisotida bor narsalarni shilib oladurg'on bo'ldi. Rossiya insonlarning kundalik hayotida ehtiyoji tushadirg'on zaruriy asbob, ashyo va ziynatlarini boshqa davlatlardan kelti-rishni man qiladi. Qo'shni davlatlardan: Eron, Afg'oniston, Hin-diston, Chin (Xitoy)dan keltirishga to'sqinlik berdi. Faqat hamma narsani ruslar, Rossiyadan keltirib paxtani va boshqa ma'dan pullarni o'zi qaytarib olib, ekspluatatsiya qilishda hech qusur qilmas bo'ldi. Buning ustig'a, Turkistonga kamyob yana boshqa nav mollarni Rossiyadan keltirib bizlarga sotib qo'limizdagi va sanduqlarimizdagi pullarimizni shupurib oladurg'on bo'ldi. Yana Turkistonga madaniyat keltirdik taraqqiysiga sabab bo'ldiq deb qilg'on iddaolari oshiqcha bo'ldi».

    23. «Turkiston xabarnomasi» gazetasi bozorlarda narx-navo oshib, xalqning ruhiyati tushganligini yozadi.

    24. Xo'sh, dastlabki inqilob davrida Turkiston o'lkasida, aytay-lik Kattaqo'rg'onda narx-navolar qanday edi? 1905-yangi yil-ning ilk bozori kuni Kattaqo'rg'onda eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tubandagi narxlarda sotilgan ekan: bir botmon (8 kilo) sara bug'doy - 45 tanga (Kattaqo'rg'onda 15 tiyin-bir tanga hisoblangan), bahorgi bug'doy esa 52 tanga, bug'doy uni - 52-56 tanga, arpa, jo'xori, moshlarning bahosi bir xil - 32 tangadan, tariq - 28 tanga, kunjut - 115 tanga, zig'ir urug'i - 60 tanga, shu yerlik kishilarga qarashli zavodlarda ishlab chiqarilgan bir botmon paxta moyi - 22 tanga, «Birodarlashgan Turkiston» zavodidan keltirilgan moy esa 14 tanga, bir qadoq (400 gramm) mol yog'i - 20 tiyin, qo'y yog'i esa 22 tiyin. Mol go'shtining bir qadog'i 8 tiyin, qo'y go'shti - 12 tiyin. Kezi kelganda o'sha p aytlari paxtaning bahosi qancha bo'lganligi to'g'risida alohida to'xtalib o'tmoqchimiz: bir botmon (8 kg) birinchi nav paxtaning naxhi 90-100 tanga, agar chigiti chala pishgan bo'lsa - 50-60 tanga, II-III navlari - 30-40 tanga turarkan. Demak bir kilogramm paxtaning puliga (ya'ni, 187,5 tiyinga) to'rt (4) kg qo'y go'shti, bir yarim tiyinga birorta hammol yollab o'sha masalliqni uygacha ko'tartirib borish mumkin ekan.

    25. «Bozorlar xiyla tushkun ruhda o'tmoqda, dehqonlarning umidlari puchga chiqqanga o'xshaydi. Eng yaxshi xom paxta deyarli ikki barobar arzon narxda sotilmoqda (yaqinda bir bot-mon paxtaning bahosi-180 tanga edi). Xaridorlarning avji sust, ko'pgina mahsulotlar shu yerlik aholi qo'lida qolib ketyapti».1

    26. Ayniqsa, 1914-yilda boshlangan urushni bahona qilib, chor ma'murlari Turkiston xalqlarini behayolarcha taladi, zulm-ni kuchaytirdi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak gazlama, qurilish materiallarining narxi kun sayin oshib bordi. Masalan, gazlama narxi 300-400 foizga, kiyim-kechak narxi 200-300 foizga, qand narxi 250 foizga, poyabzallar narxi 300-400 foizga ko'tarildi. Farg'ona vodiysida ilgari 50 so'm turadigan otning narxi 100­200 foizga, 5-9 so'mlik qo'ylar narxi 30-35 so'mga oshdi. G'alla va non narxi ancha ko'tarildi. Chunki Rossiyadan Turkistonga g'alla keltirish kamaydi. Natijada rus g'allasiga umid bog'lab nuqul paxta ekkan o'zbek dehqoni juda og'ir ahvolga tushib qoldi. Rus g'allasiga ko'z tikkan va unga ishongan Turkiston dehqonlari g'alla ekin maydonlarini keskin qisqartirib paxta ekiladigan maydonlarni haddan ziyod oshirgan edilar. 1901-yilda paxta maydonlari 268013 desyatina bo'lgan bo'lsa, 1916-yilda bu



    27. «Туркисгон xaбapнoмacи», 1905 йил, 4 янвap.

    28. ko'rsatkich 533671 desyatinaga yetgan edi. Urush yillarida paxta-ning bozor narxi oshdi. Bu hol paxta ekuvchi dehqonlarga katta foyda keltirishi mumkin edi. Ammo bu o'rinda ham chor hukumati ustasi faranglik qilib to'qimachilik sanoati egalarining talablariga ko'ra paxta savdosi nazoratini o'z qo'liga oldi va uning bozor narxini 30-31 so'mdan, 24,05 so'mga tushirdi. Bu tadbir mahalliy paxtakorlarga katta zarar keltirgan bo'lsa, rus kapitalistlarining hamyonlarini to'ldirdi. Faqat Tver to'qimachilik sanoati 1913-1914-yillarda paxtaning eski narxidan 1.893.000 so'm foyda qilgan bo'lsa, 1915-1916-yillardagi keltirilgan foyda 9.931.000 so'mga teng bo'ldi. O'lka mehnatkashlari bundan tashqari banklar, firmalar va mahalliy sudxo'rlardan olgan qarzlari orqasidan ham katta zahmat chekib, mushkul ahvolga tushgandi.6 Bular ham yetmagandek 1915-yil 1-yanvaridan boshlab tub aholidan harbiy xizmatni o'tamaganlari evaziga daromadlaridan qo'shimcha 21 foiz harbiy soliq olish tartibi ham joriy qilindi.

    29. O'lka xalqlarining madaniy ehtiyojlarini qondirish masalasiga umuman panja orasidan qarab kelingan. Bu soha uchun bir kishiga bir yil davomida sarflanadigan mablag' atigi 6 so'm miqdorida bo'lgan, xolos.

    30. Turkiston xalqlarining tibbiy salomatligi hech kimni tashvishga solmagan. Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish ayanchli va achinarli ahvolda bo'lgan. Bu holni shunday dalildan ham bilish mumkinki, 1913-yilda butun boshli Turkiston hududida 212 tibbiyot xodimi bo'lgan, xolos. Agar Farg'ona vodiysida har 50 ming aholiga bittadan tibbiyot xodimi to'g'ri kelsa, bu ko'rsatkich Qoraqalpog'iston hududida har bir tibbiyot xodimiga 250 ming kishini tashkil etgan. Shu bois Turkiston aholisi eng qisqa umr ko'rgan va bu yerda turli xildagi yuqumli kasalliklar keng tarqalgan.

    31. Yuqoridagi zikr qilingan sabablarga ko'ra XX asrning boshlarida, xususan 1917-yilgi fevral burjua-demokratik inqilo-bi arafasida Turkiston o'lkasida g'oyatda keskin ijtimoiy-siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan qo'rqib qolgan chor hukumati zo'r berib tub yerli aholini Rossiya davlatiga nisbatan «sodiq» bo'lishiga da'vat etar, ularni «vatanparvarlik» g'oyalari ruhida tarbiyalashga intilardi. Chor ma'muriyati davlatga qarshi har qanday xatti-harakatlarni darhol ayovsizlarcha va shafqatsizlik bilan bostirish to'g'risida mahalliy hokimlarga to'g'ridan to'g'ri ko'rgazma berdi. Hatto masjid madrasalarda ham oq podsho hazratlariga hamdu sanolar, unga sog'liq va uzoq umr tilab «xutba»lar o'qishga buyruq berildi.




    Download 1.88 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.