• Nazorat savollari
  • IV B O B TURKISTONDA CHORIZMNING MUSTAMLAKA HUKMRONLIGI
  • I. Markaziy boshqaruv III. Tuman boshqaruvi
  • TURKISTONNI BOSIB OLISHNING TUGALLANISHI




    Download 1.88 Mb.
    bet12/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20

    6. TURKISTONNI BOSIB OLISHNING TUGALLANISHI



  • Turkiston general-gubernatorligi tuzib bo'lingach, Rossiya hukumati o'zining asosiy diqqat-e'tiborini Turkmaniston hududlarini istilo qilishga qaratadi. Ana shu maqsadni ko'zda tutib 1869-yilda Krasnovodsk qal'asi qurilgan edi. Shu davrdan boshlab turkman yerlarini bosib olish uchun faol harakatlar boshlanib ketadi. 1877-yilda Axaltaka vohasidagi birinchi yirik manzilgoh - Qizil Arvat egallanadi. Shundan so'ng general Lazarev qo'mondonligidagi rus qo'shinlari Ko'ktepa (hozirgi Ashxobod) -ga hujum qiladilar va 200 askarni qurbon berib chekinishga majbur bo'ldilar. Ko'ktepa faqat 1881-yilga kelib turkistonliklarni qirishda «shuhrat» topgan Skobelev tomonidan bo'ysundiriladi. Taniqli rus olimi akademik V.V.Bartold «Ko'ktepa» («Geok-tepe») maqolasida tarixiy voqeani qanday sodir bo'lgan bo'lsa xuddi shunday bo'yamasdan to'g'ri yozgandi: «Rus qo'shini 8000 kishidan iborat bo'lib, 70 dan ortiq zambarakka ega edi. Yigirma kunlik qamaldan so'ng 1881-yilning 12 (24) yanvarida Ko'ktepa qal'asi shturm bilan ishg'ol qilindi, so'ng talon-toroj qilish uchun askarlar ixtiyoriga to'rt kungacha tashlab qo'yildi. Qal'ani qamal

  • qilish va zabt etish chog'ida 6000-8000 kishi halok bo'ldi. O'rta

  • Osiyodagi boshqa janglarga qiyoslasak ruslar katta qurbonlar evaziga g'alaba qozonganini ko'ramiz, ular o'lgan va yaradorlarni birga hisoblaganda 1000 dan ortiq odamini yo'qotdi. Bundan tashqari Ko'ktepa jangida Turkistonda birinchi marta ruslarning bayrog'i va zambaragi o'lja olingandi»1.


    1. 1 Бартольд В.В. «reoK-Tene». Оэч. Т.З. М; 1965, стр. 399.

    Axaltakada bo'lgan urushning bevosita qatnashchisi rus zobiti K.Geans Ko'ktepadagi dahshatli manzaralarni yanada oydinroq ko'z o'ngimizda gavdalantiradi: «Qirg'in boshlandi... Charchash nimaligini bilmaydigan dragunlar birinchi uzun hov­lini turkmanlar qoniga g'arq qiladilar. Olishuv uzoq cho'zilmadi, dushman jasurona kurashsa-da, oxiri bardosh bera olmadi, qarama-qarshi tomonga, baland devor yoqalab ichki qal'aga qarab chekindi, ammo fursat boy berilgandi. Otryadimizda mardligi bilan nom chiqargan knyaz Golitsinning kazaklari va poruchik Naxichevanskiyning I-eskadroni dragunlari jarlikdan chiqib, ularning yo'lini to'sdilar. Chorasiz ahvolda qolganlarini sezgan taka-turkmanlar qo'llaridagi yatog'onlarini o'ynatib... raqibga tashlandilar. Ammo devor orqasidan deyarli yonma-yon turib otilayotgan miltiq o'qiga uchib, ketma-ket qulay boshladilar. Qal'a bilan paxsa devor orasi murdaga to'lib ketdi»1. Rad etib bo'lmaydigan dalil va hujjatlar general Skobelevning qardosh turkman og'alarimizning jallodi ekanligi va qonxo'r zobit bo'lganligini yana bir marta isbotlaydi. Vahshiy zobitning yaqin xeshlaridan bo'lgan Adam Juletta Lamber quyidagicha hi-koya qiladi: «Janob Marvin bilan suhbat chog'ida general Skobe-lev O'rta Osiyoni bo'ysundirish haqida o'z qarashlarini ochiqdan-ochiq quyidagicha ifodaladi:

    • Gap shunday, janob Marvin, faqat bularni gazetangizda bosib chiqara ko'rmang. Jahon ligasi nazarida g'irt yovvoyiga aylanib qolishni istamayman. Mening aqidam shunday: Osiyoda osoyishtalik o'rnatish masalasi to'g'ridan to'g'ri odamlarning qancha ko'p qirilishiga bog'liq. Zarba qanchalik kuchli bo'lsa, dushman shunchalik tez bo'ysunadi. Biz Ko'ktepada 20000 turkmanni o'ldirdik. Tirik qolganlar bu saboqni bir umr unutmaydigan bo'ldi. Umid qilamanki, bu aqidalaringizni bosib chiqarishimga ruxsat berasiz. Rasmiy axborotingizda siz hujum va ta'qib paytida har ikki jinsga mansub 8000 dushman o'ldirildi, deb yozgansiz. Shu to'g'rimi?

    • To'ppa-to'g'ri. Ularni sanashganda roppa-rosa 8000 odam chiqdi.

    • Bu ma'lumotlar Angliyada juda ko'p shov-shuvga sabab bo'ldi, sababi, sizning askarlaringiz erkaklar bilan bir qatorda ayollarni ham o'ldirishgan ekan.


      1. «BoeHHbrii cбopник», KcypHan, 1882 г., № 6, cTp. 27.

      Bu xususda shuni aytish lozimki, Skobelev men bilan suhbat chog'ida «Ko'plab ayollar o'ldirildi, askarlar duch kelgan odamni qilich biten chopib tаshlаyverishdi», deb tаn olgаn edi. Skobelev o'z diviziyasigа аyollаr vа bolаlаrgа tegilmаsin deb buyurgаn edi, uning oldidа ulаrni o'ldirishmаdi. Атпю boshqa dviziyadаgilаr hech kimgа shafqat qilishmаdi; аskаrlаr xuddi mаshinаdek isln^ xаloyiqni rosа qilich bilаn burdаlаshdi. Kаpitаn Mаslov buni ochiqchаsigа e'tirof etаdi. U «Axaltakaning bo'ysundirilishi» nomli аsаridа hujum bo'lаdigаn kuni — ertа tongdа hech kimni аsir olmаslik haqida buyruq bo'lgаn edi deb, guvohlik bergаnlаr orаsidа ko'pteb аyollаr bor edi. Yolg'on gаpirish tаbiаtimgа to'g'ri kelmаydi. Shuning uchun axborotimdа har ikki jinsgа mаnsub deb ochiq yozgаnmаn»1.

    1. Kаpitаn A. Mаslov rus аskаrlаrining yovuzliklаrini «detаl-lаshtirib» ko'rsаtаdi. Ulаr qarshilik ko'rsаtаyotgаn yoki jonini аsrаsh uchun qochib ketаyotgаnlаrning qovurg'аsigа, qornigа nаyzа sаnchishаr, tikkаsigа otishаr, yo boshigа qo'ndoq biten tushirishаr ekаn. Hatto ko'pchiligining qo'ndog'i yorilib ketgan ekаn...

    2. Skobelev dahshatli qirg'in bo'lishini oldindаn yaxshi bi^n vа bungа puxtа tаyyorgаrlik ko'rgаndi. Yurishgа otlаnаr ekаn, и bosh qo'mondonlik oldigа: «Birontа jurnаlist sаfаrdа qatnashmаsligi shаrt», - degan tаlаbni qаt'iy qo'yadi vа Ын^а to'lа erishаdi.

    3. Ortiqboy Аbdullаyev Ko'ktepа qirg'in mаnzаrаsi dahshat-lаrini yanаdа yorqinroq chizish mаqsаdidа rus zobitlаri аsаrlаridаgi bа'zi bir mаnzаrаlаrni beradi. А.N.Kuropаtkin yozаdi: «Qаl'а ichigа qarash dahshatli edi. Behisob o'likter bir necha kundаn beri uyilib yotаrdi. Bа'zi kulbаlаr murdаgа to'lib ketgandi».

    4. Turkrrran xalqini «yer yuzidаgi qorа dog'» deb hisoblаgаn kаlondimog' zobit N.I.Grodekov qo'shimchа qilаdi: «Dush-man qаmаl pаytidа miltiq vа zаmbаrаk o'qlаridаn qаy dаrаjаdа dahshatli tаlofot ko'rgаnini qаl'аni egаllаgаnimizdаn keyin bil-dik. Qаl'а ichidаgi bа'zi uylаrdа hatto o'n bes^^adm o'lik bor edi... »


      1. АдамЖулетта Ламбер. Гeнepал Qco6eneB. СПб, 1886, стр.16-17.

      Jаng аrаfаsidа Skobelev: «To'kilgаn har tomchi rus qoni uchun dushman qonini dаryodek oqizаmаn», - deb mаqtаngаn ekаn. U Ko'ktepаdа o'z vаqtidа jon berayotgan mullаning «8000 begu­noh odamni o'ldirganing uchun vijdon azobida qolmaysanmi?! — deb bergan savoliga yuzsizlik bilan: «Yo'q! 80000 bo'lmaganiga achinaman!» — deb javob bergan edi.

    5. 1884-yilda rus qo'shinlari Marv vohasi ustidan hukmronlik-ni o'rnatdilar va shu bilan amalda Turkiston hududining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi asosan yakunlandi. Biroq to 1895-yilga qadar ham Turkistonning janubiy hududlarida bosqinchilik urushlari olib boriladi, bir necha bor Afg'oniston qo'shinlari bilan chegara mojarolari kelib chiqadi. Faqat 1895-yili tuzilgan bitimdan so'ng bu muammolarga chek qo'yiladi. Tojiklar yashaydigan hududlarning Panj daryosining o'ng qirg'og'igacha bo'lgan qismi, Turkmanistonning Kushka daryosigacha Pende vohasidagi Kushka, Murg'ob va Tajanning quyi oqimidagi yerlar Rossiya ixtiyoriga o'tadi.

    6. Shunday qilib, chor Rossiyasi davlatining Turkiston hudu-dida olib borgan 1864-1895-yillardagi bosqinchilik qonli va dahshatli qirg'inbarot urushlari natijasida Vatanimiz xalqlari o'z gardanlariga og'ir va sharmandali mustamlakachilik bo'yin-turug'ini ilishga majbur bo'ladilar. Bu bosqinchilikdan iborat urushlar oqibatida chor Rossiyasi 1533255 kvadrat kilometrdan iborat yoki Frantsiya, Germaniya, Avstriya-Vengriya hududlarini birga qo'shib hisoblaganda teng keladigan yerlarni egallab oladi.

    7. O'rta Osiyo va Qozog'istonni bosib olishda, o'lkani vayron qilishda alohida xizmat ko'rsatganliklari uchun Oq podsho Aleksandr II tomonidan 150 dan ortiq rus generallari, zobitlari yuksak darajadagi nishonlar, oltin qurollar, Georgiy ordenlari, Qizil Xoch krestlari va boshqa qimmatbaho sovg'alar bilan mukofatlanadilar. Bu bosqinchi «qahramonlar»dan 50 kishi «Ge-orgiy Kresti kavaleri» nishoni bilan taqdirlangan1. «Toshkentni olgani uchun», «Samarqandni olgani uchun», «Qo'qonni olgani uchun», «Andijonni olgani uchun» kabi nishonli medallar ham zarb qilinib, bosqinchilar taqdirlanganliklari xalq xotirasida ha-mon saqlanmoqda.


      1. «Туркистон» ra3eTacM, 1996 йил, 20 anpenb.

      Tub yerli aholi vakillaridan ham ba'zi millat sotqinlari «alohi-da xizmatlari» uchun podsho hazratlari tomonidan taqdirlangan. Rossiya qo'shinlariga Qozog'iston, Turkistonga kelish yo'llarini ko'rsatib, bu bosqinni amalga oshirilishiga xizmat qilganlardan Boytursun O'razaliyev «o'z mehnati» evaziga Georgiy Xochining barcha darajalariga ega bo'ldi va u keksayganda podsho huku-mati tomonidan shaxsiy nafaqa bilan ta'minlangan. Shahar oqso-qoli Orzuqulbek ham chor ma'murlari tomonidan siylangan.

    8. Ana shu tariqa Turkiston o'lkasida chorizmning mustam-lakachilik zulmi davri boshlandi.Biroq, hech mubolag'asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo'q bo'lib ketishi muqarrar bo'lgan bir sharoitda ham baribir, qator yo'qotishlar bilan bo'lsa ham o'zbek millatimiz o'zligini saqlab qola oldi. Mustamlakachila-ri ning og'ir zulmi sharoitida ham xalqimiz o'zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyati, urf-odatlari va tur-mush tarzini saqlab qola oldi. Mustabid tuzum sharoitida ham o'lka xalqlarining erkinlikka, taraqqiyotga va istiqbolga bo'lgan azaliy intiqligi va intilishi so'nmadi. Xalqimizning qalbiga teran o'rnashgan istiqlol va ozodlik tuyg'usi tobora qudratli kuchga aylana bordi.



    9. Nazorat savollari

    1. Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olinishining asosiy sa-bablarini ayting.

    2. O'rta Osiyo masalasida ingliz-rus munosabatlari qanday bo'lgan?

    3. Chor hukumati tomonidan Toshkentni bosib olinishi haqida muarrix Muhammad Solih qanday ma'lumotlar bergan?

    4. Buxoro amirligining ruslarga qarshi olib borgan janglari haqida nimalar-ni bilasiz?

    5. Buxoro amirligida Jo'rabek va Bobobeklarning ruslarga qarshi olib bor­gan janglari haqida gapirib bering.

    6. Nima uchun rus hukumati Xiva xonligini «bo'ysunmagan O'rta Osiyo jazoiri» deb ta'riflagan?

    7. Qo'qon xonligida Po'latbek boshchiligidagi qo'zg'olon sabablari va uni tarixiy ahamiyati nimada?

    8. Qo'qon xonligi va chor Rossiyasi o'rtasida tuzilgan shartnomada nima-lar belgilangan edi?

    9. Turkiston general gubernatorligi tashkil etilishi va uning faoliyati nima maqsadga qaratilgan edi?

    10. Rus hukumatining Turkmaniston hududlarida olib borgan istilochilik ha-rakatlarining oqibati qanday bo'lgan?

    1. IV B O B

    2. TURKISTONDA CHORIZMNING MUSTAMLAKA HUKMRONLIGI







    3. O'LKADA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI



    4. Rossiya saltanati jahonning qudratli davlatlari Angliya, Fransiya, Germaniya imperiyalari qatori ulkan mustamlaka davlat edi. Rossiya o'z mustamlakalari hududi jihatidan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Germaniyani orqada qoldirib ketgandi. Angliya mustamlakalari13 million kvadrat kilometr, Fransiyaniki 11 million kvadrat kilometrni tashkil qilsa, Rossiyaning birgina Sibir mustamlakasi hududi 13 million kvadrat kilometrni tash-kil qilardi. Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi hududi esa kengligi jihatidan Fransiya, Germaniya va Avstro-Vengriya imperiyalari maydoniga teng bo'lgan.

    5. Chor Rossiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik siyo-sati va amaliyoti uning bu o'lkada o'z davlatchiligini joriy etish orqali olib borildi. Butun bir boshliq mustaqil Qo'qon xonligi davlati yo'q qilinib bir viloyatga aylantirildi, Turkistonda milliy davlatchilikka barham berildi. Chor Rossiyasi o'zining boshqa-ruv tizimini joriy etdi. Ammo imperiyaning bu o'lkada o'rnatgan ma'muriyati uning tasarruvidagi boshqa o'lkalar boshqaruvidan o'zining keskin harbiy-mirshablik ruhi bilan ajralib turgan. Mustamlakachi hukumat Turkistonni boshqaruviga oid ko'plab

    6. qonunlar loyihalarini (1865, 1867, 1873, 1884, 1886, 1908, 1912,

    7. 1916) ishlab chiqdi va ularni tasdiqladi, hayotga tatbiq etdi. Bu qonunning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o'zgartirishlarda Turkistonni boshqaruvidagi harbiy-mirshablik ruhi aniq o'z ifodasini topgan.


      1. 1 Узбeкиcтoннинг янги Taprexre. Биpинчи китoб... 191^^

      Rus zodagonlaridan A.B.Vrevskiy «Turkiston xalqlari o'zlarini boshqaruvchi va sud qiluvchi yagona hokimiyatga o'rgangan» deb, o'lkada qattiqqo'l mustabid idora zarurligiga ishora qilgan edi1.

    8. Turkistonda imperiyachilik boshqaruvining mustamlaka-chilik xarakteri birinchi general-gubernator Rossiya imperatori-ning general-ad'yutanti Konstantin fon Kaufman tomonidan ifodalangan. U 1868-yil 22-yanvarda Toshkent shahar aholisi bilan bo'lgan uchrashuvdagi nutqida ruslarni O'rta Osiyo xalqlari-ning katta og'asi deb atagan, Turkistonda rus hokimiyatining mus-tahkam va doimiy o'rnashganligini alohida uqtirib o'tgan edi. Fon Kaufman asli ruslashgan xorijlik nemis dvoryanlariga mansub edi, podshohlik ishonchini qozongan, sinalgan, barcha lavozimlarda podsho siyosatini ko'ngildagidek amalga oshirganlardan biri edi. Unga kuchli va qudratli hokimiyat podsho Aleksandr II tomonidan oltin yorliq tarzida in'om etilgan edi.

    9. Kaufman 1868-1876-yillarda o'lkadagi harbiy yurishlarga bosh-qosh bo'ldi va bu yurishlar uning nomini Turkiston o'lkasining omadli zobiti va istilochisi sifatida mashhur qiladi.

    10. Kaufmanning hukmronligi davrida Turkiston general-guber-natorlik boshqaruvi uning shaxsiy istibdodi asosida amalga oshirilgan. Maxfiy maslahatchi F.Girs qayd etganidek «general-gubernatorning hokimiyati, qonun bo'yicha ish ko'rilishini taqozo etgan bo'lsa-da, amalda o'zi xohlagancha amalga oshirildi. Gene-ral-gubernator o'lkadagi hokimiyatning yagona boshqaruvchisiga aylangan edi. Hokimiyatni bunday tartibda markazlashtirish oqibatida ishlar qonun asosida emas, aksincha, general-guber-natorning ko'rsatmasi asosida amalga oshirila boshladi1.

    11. 1865-yilda Toshkent shahri qo'lga olinganidan keyin, mus-tamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda, Sirdaryo hududi hamda 1864- va 1865-yillarda yangidan qo'lga olingan yerlar hisobiga Orenburg general-gubernatoriga bo'ysundirilgan Turkiston vilo-yati tashkil etilgan edi.

    12. 1867-yil 14-iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta'sis etdi va O'rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan Tukrsiton general-gubernatorligini tashkil qilish to'g'risida farmon e'lon qiladi.


      1. 1 O'sha asar ..191-6eT.

      Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uyezd boshliqlari ham o'z ixtiyorlaridagi harbiy qismlarning qo'mondonlari bo'lishgan. Shu tariqa, «harbiy xalq boshqaruvi»dagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va generallari qo'lida jamlangan edi. «Xalq boshqaru-vi» - volost boshqaruvlari, yuzboshi-oqsoqollar, «xalq sudya-lari» - qozilar aholi tomonidan «saylangan».

    13. General-gubernatorlik O'rta o'lka boshqaruvida Turkistonda mutlaq hokim bo'lgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi.

    14. Markaziy o'lka boshqaruvida Turkistonda general-guber-natorligi mutlaq hokim bo'lgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi.

    15. Turkiston general-gubernatori o'z qo'lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o'zida u podsho noibi, harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, Yettisuv kazak qo'shinlari qo'mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o'tagan. Unga Buxoro amiri va Xiva xoni ham bo'ysungan.

    16. Bosh boshqarmaning ijroiya organi bo'lgan general-guber-nator mahkamasi dastlab to'rt bo'limdan iborat edi. Birinchi bo'lim ma'muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchisi bosh boshqarmaning moliyaviy-xo'jalik ishlariga qaragan. Uchinchi bo'lim soliqlar, shaharlar mablag'lari hamda boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlash bilan shug'ullangan.

    17. To'rtinchi bo'lim esa maxsus bo'lim hisoblanib, uning faoliyat doirasi g'oyat keng va serqirra bo'lgan. 1886-yilgacha mustaqil ish ko'rgan bu bo'lim harbiy va adliya vazirlari ko'rsatmalaridan mustasno ravishda sud qarorlarini ham qayta ko'rish huquqiga ega bo'lgan1.

    18. Turkiston o'lkasi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo'ysunmaydigan markaz vakillari - adliya, moliya va davlat mulklari vazirliklari ham bo'lgan.

    19. Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib besh viloyatga (Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Yettisuv va Kas-piyorti) bo'lingan.


      1. 1 y36eKwcroHmiHr янги TaproM. Биринчи китоб... 143-6eT.

      2. 2 Mazkur jadval «O'zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» kitobidan olingan.

      Turkistonda amalga oshirgan hukmronlik boshqaruv tizimi quyida ilova qilinayotgan maxsus jadvalda o'z ifodasini topgan2.

    1. Chor Rossiyasining Turkistondagi asosiy tayanch ma'muriy va m ajbur qiluvchi tashkiloti - bu politsiya idorasi edi. U juda k atta vakolatlarga ega bo'lgan. Politsiya ma'muriyati mustamlakachilik qonun-qoidalariga amal etishni nazorat qilar, mahalliy xalqning istalgan shubhali shaxsni istalgan paytda hibsga olar edi. Amaliy hayotda esa politsiyaning o'zi inson huquqlarini qo'pol ravishda buzardi.

    2. Politsiya tuzumiga suyangan podsho hukumati Turkiston o'lkasi idorasini eng quyi bo'g'inidan oliy bo'g'inigacha o'z qo'lida tutgan. General-gubernatorning o'zi bosh mirshab vazifasini o'tagan. Hokimi mutlaq general-gubernator o'lkadagi istagan odamini, xoh o'zbek, xoh rus bo'lishidan qat'i nazar, impyeriya-





      1. Xiva xonligi


      1. General-gubernator kengashi


      1. Turkiston harbiy okrugi rahbariyati


      1. Turkiston rayon muhofaza bo'limi


      1. Harbiy gubernator

      I. Markaziy boshqaruv

    3. III. Tuman boshqaruvi
      Viloyat mahkamasi boshlig'i maslahatchilari


      Tumanboshilar


      Shahar hokimiyati boshliqlari






    4. Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TURKISTONNI BOSIB OLISHNING TUGALLANISHI

    Download 1.88 Mb.