• Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy ogli (1778-Xiva -1829)
  • Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874)
  • Komil Xorazmiy (1825-1899)
  • Mahtumquli Firogiy (1733-1793)
  • ^teim
  • Muhammad Yaqub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy
  • Muhammad Hakimxon tora Masumxon Tora ogli
  • Shoir Mahmur (XVIII asr oxiri - 1844
  • Jahon otin Uvaysiy (1778-1845).
  • Mohzoda Begim (XIX asr)
  • Mushtariy. Saodat (1810, vafoti nomalum)
  • Nodira. Mohlaroyim (1792, Andijon - 1842, Qoqon)
  • 7. MEMORCHILIK VA SANAT
  • Nazorat savollari 1 Узбекистоннинг янги TapioM.
  • III B O B TURKISTONNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI 1.
  • Birinchi bosqich
  • Polkovnik M.G. Chernyayev
  • XONLIKLARNING DAVRIDA TA'LIM, FAN VA MADANIYAT




    Download 1.88 Mb.
    bet8/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

    6. XONLIKLARNING DAVRIDA TA'LIM, FAN VA MADANIYAT



  • XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g'oyasi markaziy o'rinni egallar edi. O'z boshlang'ich nuqtasini X-XII asrlardan e'tiboran olgan so'fiylik tariqati naqshbandiylik g'oyasi bilan uyg'unligi negizida XV asrga kelib eng yuksak cho'qqiga ko'tariladi, u to XX asrdagi siyosiy to'lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o'ynaydi. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Jo'ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din pesh-volari yuqori mavqeyiga ega bo'ladilar. Bu davrning nomdor Jo'ybor shayxlaridan Xo'ja Muhammad Islom (1493-yil atroflari-1563), Hoji Jaloliddin Kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A'zam nomi bilan mashhur edi; Xo'ja Sa'ad (1531­32-1589); Xo'ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Xo'ja Abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo'lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo'lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o'zlarini «Musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o'zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo'llab-quvvatlagan, Olloh va Qur'on nomidan ularga katta va cheklanmagan huquqlar bergan. Masalan, Amir Nasrullo (1826­1860 )ning Qo'qon xonligini 1842-yili bosib olishi bunga dalil bo'la oladi. Yoki amir Shohmurod Olloh irodasini bajo keltirishni qizg'in namoyish qilgani va davlatda Islomning ravnaq topishiga g'amxo'rlik ko'rsatgani uchun «begunoh amir» nomini olgan. Darvoqe Shohmurod naqshbandiylar darvesh jamoasining a'zosi va o'sha davrda shu jamoaning boshlig'i bo'lgan shayx Safarning muridi bo'lgan.

  • Ruhoniylarning ta'siri va rahnamoligida o'z davrining mulkdorlari va xudojo'y kishilari mablag'lari hisobiga qabristonlar obod qilinar, u yerlarga boradigan yo'llar, ko'priklar ta'mirlanar va qabristonlarga yaqin joylarda masjidlar va madrasalar qurilardi. Naqshbandiylar ta'limotining asoschisi Bahovud-din Naqshbandning Buxorodan 12 kilometrlar chamasi narida joylashgan qabri to oktabr to'ntarishiga qadar ham musulmon dunyosi xalqlari o'rtasida mashhur qadamjoy bo'lgan. Bu yerda har chorshanba kuni Buxoro shahridan va boshqa uzoq-uzoq yurtlardan musulmonlar bozorga va an'anaga aylanib qolgan «gul bayrami»ga to'planganlar. Qur'oni Karimdan tilovatlar qi-lib nomozlar o'qiganlar.

  • Amirlar bu qadamjoni haftada bir marta albatta ziyorat qi-lishni odat tusiga kiritganlar, hojilar, jamoa arboblariga sovg'a-salomlar va tangalar hadya qilganlar.

  • O'rta Osiyodagi har uchala xonlikda ham ruhoniylar qozikalon sifatida barcha sud ishlarini o'z qo'llari ostida markazlashtirib olganlar. Qozikalonlarni amir va xonlar tayinlar edilar. Ma'rifat, fan va maorifda ham Islom mafkurasi asosiy va yetakchi yo'nalish bo'lib xizmat qilgan.

  • XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyodagi har ucha-la amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos bo'lgan u mu miy o'xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o'xshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o'xshashdirlar. Birinchidan, O'rta Osiyo hududi davlatlari XV asrlarda madaniy taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o'rinlarda turgan bo'lsa, XVI-XVII asr-lardan e'tiboran bu hududda tushkunlik boshlanadi.Ikkinchidan, har uchala davlat birliklari o'zlari alohida mustaqil faoliyat ko'rsatsalarda davlat idora ishlari o'zbek va fors tilida olib bori-lardi. Buxoroda fors, Qo'qonda fors-o'zbek, Xivada o'zbek tili rasman davlat tili bo'lib hisoblanardi. Turmushda, adabiy ijodda o'zbek va fors tillari keng qo'llanilar edi. Uchinchidan, an'anaga ko'ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors tilining obro'si saqlanib qolgandi.

  • Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarida xalq ta'limining tuzilishi va faoliyati deyarli bir xil bo'lgan. Ularda madrasalar, maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o'quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o'rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o'qitish uchun maxsus maktab bor edi. Masalan, «Ansob as-solatin va tavorixi al-havoqin» nom-li asarda yozilishcha, «Musulmonqul mingboshining buyrug'i bilan yosh Xudoyorxon va qipchoqlar bolalarini o'qitish uchun o'rdada maktab qurilib, unga maktabdor etib Mullo So-diq tayinlangan»1.

  • Lekin bu maktab hozir Qo'qonda mavjud bo'lgan Xudoyor­xon o'rdasida emas, balki 1845-yilda bo'lgan xon o'rdasida joy-lashgan edi. Keyinchalik bu o'rda buzilib ketgan.

  • Odatda, maktablarda asosan o'qish va yozish, arifmetika va adabiyot o'qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko'zi ojizlar o'qib, Qur'on, doston va she'r-u g'azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o'g'il bolalar uchun alohida bo'lgan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo'qonda maktab ochgan. U o'zining maktabdorlik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Me-ning suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o'rtacha 20 tadan 30 tagacha o'quvchilarim bo'lib, sakkiz yuz to'qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo'lib, shoira va o'z davrining aqlli va dono odamlari edi».2

  • Qo'qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko'proq bo'lgan. Bu esa qo'qonliklarning aksariyat ko'pchiligi savodli bo'lib, o'qish va yozishga usta bo'lganligidan dalolat beradi.

  • O'qituvchilar o'z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tash-qari barcha o'quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida masjidlar birinchi o'rinda turardi, chunki deyarli barcha masjidlarda maktablar ochilgan.


    1. 1 «Ahco6 ac-canoniH Ba TaBopKm an-xaBoi(mi», 78-6eT.

    2. 2 Мухторов А. Дилышэд и ero Mecro в истории o6iqecTBeHHoM мысли TanxanccKoro нapoдa в XIX-нaчaлe XX вв., 301 стр.

    1841-yilgi ma'lumotlarga qaraganda, Qo'qon shahridagi xonning asosiy madrasasida 1000 ta mulla o'qigan. Bu madrasani ikkita bosh mudarris boshqargan: Eshon Mavloniy va Mahzumi Buxoriy. Bular hurmatli insonlar bo'lib, katta ilmga ega edilar.

  • Madrasalar Qo'qon xonligining boshqa shaharlarida ham bor edi, ammo ular Qo'qondagidek salobatli va katta emasdi. O'qishni bitirganlarning ayrimlari bilimini takomillashtirish va oshirish uchun Buxoro va Samarqand madrasalariga ham borib o'qishardi.

  • Har bir maktabdor domlaning ham o'zicha o'qitish usul-lari bo'lgan. Ularning ba'zilari bolalarning yosh xususiyat-lariga alohida e'tibor bergan holda kichik yoshdagi o'quvchilarga husnixat va og'zaki hisobni o'rgatsa, katta yoshdagi o'quvchilarga esa Qur'onning oyat va suralaridan tashqari fors, arab, turkiy tillarda yozilgan o'nlab hayotiy kitoblarni ham o'qishni o'rgatar edi.

  • Demak, dastlabki boshlang'ich ta'limdan so'ng Qur'on xatm qilinib, «Chor kitob», keyin esa «So'fi Olloyor» ibtido qilingan. So'ngra «Kalila v a Dimna», «Qobusnoma» singari donishmandlik ruhidagi kitoblar o'qitilgan. O'quvchilarga «Odobnoma» dasturlari asosida dars berilgan. Xalq og'zida yurgan axloqiy, falsafiy ruhdagi maqollar, masallar, majmualar, rivoyatlar, hikoyatlardan esa tarbiya vositasi sifatida foydalanilgan.

  • Madrasalarda o'quv dasturi asosan uch bosqichda: bosh-lang'ich (adno), o'rta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal o'rgatilgan. Madrasalarda Qur'on ilmi (o'qish usullari, qiroat, tavsif), fiqh (shariat qonunlari), xandasa, ilmi nujum, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, jo'g'rofiya, tarix, tabobat fanlari o'qitilgan. Talabalar arab va fors tillari orqali Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Hofiz Sheroziy devoni, Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, Mir Alisher Navoiyning «Chor devon»i, Fuzuliy g'azaliyoti hamda sharqda milliy ta'lim sohasida darslik va qo'llanma sifatida foydalanib kelinayotgan «Maslak ul-muttaqin», «Avvali ilm», «Mu'zi Vazanjoniy», «Avomil», «Harakat», «Qofiya», «Sharqi muloyi Jomiy», «Risolai Shamsiya» kabi risolalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo'lganlar. Bu esa madrasalarda ta'lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o'rin o^^igim, dunyoni, tаfаkkurni shakllantirish borаsidа bаdiiy аsаrlаrgа alohida ahamiyat berilganligini ko'rsаtаdi.

  • Mаdrаsаlаrdа bilim olish mumkinligi, bu yerdа ham diniy, ham dunyoviy fаnlаr bo'yichа dunyogа tаnilgаn тМагткг, olimlаr bor bo'lgаnligi uchun ham Turkistondа turli mаmlаkаtlаrdаn ko'plаb tаlаbаlаr kelib o'qigаnlаr1.

  • Qo'qon xonlаri dаvridа turli mаnsаblаrdа xizmat qilgаn Muhiddinxo'jа 1861-yili Qo'qondаgi mаdrаsаlаrdаn biridа o'qigаn. Keyinchalik u N.Likoshingа so'zlаb bergаnligigа qаrа-gаndа, mudаrrislаr tаlаbаlаrning mаdrаsаdаn tashqarigа chiqib mаishat qilgаnlаrini yoqtirmаgаn. Tаlаbаlаr vаqtlаrini ertаlаbdаn kechgаchа domlаlаrining tushuntirishlаrini eshitib, kitob o'qish vа hattotlik mаshqlаri bilаn o'tkаzаrdilаr.

  • Pаyshаnbа kunlаri domlаlаr uylаrigа ketganlаr, tаlаbаlаr esа bo'sh vаqtlаrini o'yinlаr biten bаnd etgаnlаr. Jumа kunlаri o'qish bo'lmаgаn. Tаlаbаlаr bа'zаn bozorgа borib mаddohlаrning hiko-ya vа diniy rivoyatlаrini eshitаr edilаr. Tаlаbаlаrning ko'pchiligi esа Qo'qon xoni borаdigаn vа olimlаr yig'ilаdigаn Jome' mаsjidigа borishni orzu qilgаnlаr. Bu yerdа jurim nаmozidаn ke-yin olimlаr biten birgаlikdа Qur'on vа shаriаt haqida munozаrа-lаr o'tkаzilgаn. Bundа ko'pteb mashhur din аrboblаri, olimlаr, yosh mutаxаssislаr ham mаdаniyat tаrаqqiyotidа biroz tushkun-lik yuz bergаn bo'lsаdа, аjdodlаrimiz: fаlsаfа, tаbiiy fаnlаr, tibbi-yotshunoslik, jo'g'rofiya, tarix, bаdiiy ijod vа аdаbiyotning bar­cha sohalаridа qаlаm tebrаtdilаr.


    1. 1 Юлдошев Ж., Х,асанов С. Жадид таp6ияmунoслиги асoслаpи. Т., 1994. 5-6-6eTnap.

    Xiva xonligidа XVII аsrdа ro'y bergаn mаdаniy hayotdаgi tushkunlik Buxoro xonligidаgigа qаrаgаndа kuchliroq bo'^n. Bu shundа yaqqol ko'rhmdiki, Xorazmdа Аbulg'ozi Bahodir­xon xon bo'^n dаvr (1644-1663)dа Xorazm tarixini yozib qoldirish mаsаlаsi ko'tаrilgаndа, bu ishni eptey olаdigаn bir kimsа topilmаgаn. Bu haqda Аbulg'ozi Bahodirxonning o'zi quyidаgichа hikoya qilаdi: «Атшю bizning otа v а аqolаrimizning bepаrvoyiligi vа Xorazm xalqining beuquvligi, bu ikki sаbаbdin, bizning jаmoаtimizni Abdullaxonning otаlаri birlаn bizning otаlаrimizning аyrilgаn yeridin to bizgа kelguncha tarix^^ bitmаy erdilаr. Bu tarixni bir kishigа tаklif qilаli teb fikr qilduk.

  • Hech munosib kishi topmaduk. Zarur bo'ldi. Ul sababdin o'zimiz aytduk. Turkning masali turur: «O'qsuz o'z kindigini o'zi kesar», degan»1.

  • XVII asrda yashab ijod qilgan Abulg'ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o'z sulolasining shon-u shuhrati uchun ku-rash olib borgan, ayni choqda parchalanib ketayotgan Xiva xon-ligini kuchli markazlashgan davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o'rnatishga erisha olgan hukmdor ham edi. U qoloqlashib qolgan Xorazmni ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuqori ko'tarishga intildi. Hukmdor sifatida bekliklar o'rtasidagi ziddiyatlar, o'zaro qirg'in urushlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar ko'rgan bo'lsa, ijodkor sifatida «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va «Manofe'-ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozadi. Abulg'ozi Ba-hodirxonning birinchi yodgorliklar asari «Shajarayi tarokima» yarim afsonaviy xususiyatga ega bo'lsada, u mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va ularning qadimiy tarixiga oid ma'lumotlar beradi.

  • Abulg'ozi Bahodirxonning ikkinchi qimmatli asari «Shajarai turk» bo'lib, uni oxiriga qadar yozib tugata olmadi. Bu asarni Abulg'ozi vafotidan so'ng o'g'li Anushaxonning topshiri -g'iga ko'ra urganchlik mulla va Abulg'ozining qarindoshi Mah-mud Ibn Muhammad Urganjiy yozib poyoniga yetkazadi. Bu taxminan 21 sahifani tashkil etgan qo'shimcha edi, xolos.

  • «Shajarai turk» asari qisqa muqaddima va to'qqiz bobdan iborat bo'lib, Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo'g'ulxongacha kechgan hodisalar va, shunindek Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikrini o'z ichiga oladi.


    1. 1 A6улFOзи Бaxoдирxoн. Шaжaрaи турк. TomKeHT, «Чулшш», 1992. 2-6eT.

    2. 2 Вамбери Г. «Иcтoрия Буxaры или Мaверaннaxрa». М.,1964, стр.115.

    Abulg'ozining «Shajarai turk» asari o'sha davrning eng noyob asarlar jumlasidandir. Shu bois mojar (Venger) sharq-shunosi G.Vamberi: «Jahon uning «Shajarai turk» nomli ta-rixiy asari uchun undan minnatdordir2 degan bo'lsa, taniqli adabiyotshunos Olim Sharofiddinov: «Abulg'ozi Bahodirxon bin­ni Arabmuhammad o'zbek xonlari ishida Boburdan keyingi mu-him shaxsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug'1 deb yuksak baho bergan. Abulg'ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va boshqa asarlari nafaqat Sharq tarixchilari, balki butun dunyo ilmiy jamoatchiligining ham diqqat e'tiborini o'ziga tortgan, juda ko'plab jahon xalqlarining tillariga tarjima qilingan. Jumladan «Shajarai turk» asari rus tilida 1825, 1854 va 1871-yilda Qozon shahrida, «Shajarai tarokima» asari esa 1898 va 1906-yilda bir necha marotaba nashr etilgan. 1871-1874-yillar orasida P.N. De-mezon «Shajarai turk»ni fransuz tiliga ag'daradi. Bu asar Angliya va Amerika xalqlari orasida ham keng tarqalgan.

  • Abulg'ozi Bahodirxon o'zining «Shajarai turk» asari bilan Xorazm tarixchilik maktabiga asos soladi. Xorazm xalqining bu-yuk farzandi Abulg'ozi boshlagan g'oyatda ulug' va mo'tabar ish-ni undan keyingi avlodlar, Munis Xorazmiy va Muhammad Rizo Ogahiylar davom ettiradi.


    1. 1 Шарофиддинов O. Y36eK ana6^ra тapиxи xpecтoмaтияcи. ToniKeHT, II жилд, 1945, 531-6eт.

    Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy o'g'li (1778-Xiva -1829) - o'zbek shoiri, tarixchi, tarjimon, xattot, ma'rifatparvar inson. Boshlang'ich ta'limni Kotda olgan, Xiva madrasalarida o'qigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni Avaz Inoq saroyida farmonnavis kotib lavozimida ishlagan. 1804-yilda Munis o'zining «Devoni Munis»ini yaratadi. 1806-yilda Xiva xoni Eltuzarxon unga Xiva xonlari tarixini yozishni topshiradi. O'sha yili xon fojiali halok bo'ladi. Ammo Munis kitob yozish-ni davom ettiradi. 1819-yilda u Mirxondning «Ravsat us-safo» («Soflik bog'i») kitobini tarjima qilishni boshlaydi. Bu kitobning faqat birinchi jildini yozib tamomlashga ulguradi, xolos. Xiva ta-rixini yozib tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy oxiriga yetkazadi. Munis Xorazmiyning «Ornalar» («Orna» -anhor, kanal demakdir) asarida sug'orish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir masalalar aks etgan. Bu risola XVII asr oxi-ri va XIX asr boshlaridagi dehqonchilik ijtimoiy munosabatlarni o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir. Munis Xorazmiyning asosiy adabiy merosi 1815-1820-yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar do'sti») devoni g'azal, ruboiy, qit'a va boshqa janrlardan iborat bo'lib, 80 000 dan ziyod misrani o'z ichiga oladi. U bir necha marta nashr qilingan. Munis Xorazmiy she'riyatida xalqchillik, taraqqiyparvarlik g'oyalari keng o'rin olgan. U «So'z» va «Shuaro» kabi she'rlarida ilm-fan, san'at, adabiyotni targ'ib qiladi, olimlar va san'atkorlarni yuksak qadrlaydi, ularni xo'rlagan reaksion guruh va to'ralarni qoralaydi.

  • Munis Xorazmiyning 1804-yilda bosilgan «Savodi ta'lim» she'riy risolasida savod chiqarishni yengillatish va husnixat san'atini rivojlantirish muammolari ko'tariladi.

  • Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) yetuk shoir, bilimdon tarixchi va mohir tarjimon sifatida fan va tarixda nom qoldi-radi. Uning she'riy asarlari «Ta'viz ul-oshiq» («Oshiqlar tumo-ri») devonida to'plangan. Devon Xivada bir necha marta (1905, 1909) tosh bosma (litografiya) usulida nashr qilinadi. Haj-mi 18 ming misradan ortiq bo'lgan bu devonda she'riy (nazm) janrining deyarlik hamma turi o'z ifodasini topgan. Ogahiyning she'rlarida xalqparvarlik, ma'rifatparvarlik buyuk va olijanob in-soniy fazilatlar ulug'lanadi, xon va to'ralarning adolatsizligi va xalqqa o'tkazgan jabr-zulmlari, chala mulla ruhoniylarning makr hiylalari ayovsiz tanqid qilinadi. Shu ma'noda shoirning «Qish» radifli g'azali diqqatga molikdir. Bunda qish fasli tasviri orqali kambag'al, bechora, kulbasiz va yupun oddiy mehnatkash xalq-ning ahvoliga achinadi, beva-bechoralarga nisbatan himmatsiz, e'tiborsiz va shafqatsiz bo'lgan boylar va davlatmandlardan nafratlanadi.

  • Ne bilurscin kechalar fciqr ahlidin, ne o'tkcmin, Bistari zarrin1 uza, ey kim qilursan xob2 qish. Ey g'ani3 boqg'ilyalanglar holig'a, shukr uchun, Kim kiyarsan tax-batax qoqim4 ila sinjob qish.


    1. Bistari zarrinzar - bilan to'qilgan to'shak. Xob - uyqu, uxlamoq. G'ani - boy, davlatmand.

    2. Qoqim - olmaxonga o'xshagan hayvon terisidan tikilgan po'stin.

    Ogahiy tarixchi olim sifatida ham o'zidan keyin katta meros qoldirgan. «Ta'viz ul-oshiqin» devoni debochasining oxirida u quyidagi tarixiy kitoblarni yozganligini aytadi: «Riyoz ul davla» (1844), «Zubdat ut tavorix» (1846), «Jome' ul-vaqeoti Sultoniy»

  • (1857), «Gulshan davlat» (1865), «Iqboli Feruziy» (1872). Bu asarlarida Olloqulixon (1825-1842) dan to Muhammad Rahim II (1865-1872) gacha bo'lgan tarixiy jarayon o'z aksini topgan.

  • Ogahiy mashhur tarjimon ham bo'lgan. U 16 asarni fors-tojik va bir asarni Usmonli turk tilidan o'zbek tiliga tarjima qilib, madaniyatimiz boyligiga ulkan hissa qo'shadi. Nizomiyning «Haft paykar» («Yetti go'zal») dostoni, shayx Sa'diyning «Guliston» va «Bo'ston» kitoblari, Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoni, Xi-loliyning «Shoh va gado» dostoni ana shular jumlasidandir.

  • Muhammad Rizo Ogahiy o'zbek adabiyoti va madaniyati taraqqiyotiga barakali ulush qo'shgan vatanparvar ulug' bir zot sifatida o'z o'rniga ega bo'lgan siymodir.

  • Komil Xorazmiy (1825-1899) Xorazm farzandi, ma'rifatpar-var shoir, ajoyib san'atkor, musiqashunos, mohir hattot, tarjimon va davlat arbobidir. Asli xivalik bo'lgan Komil kuchli qobiliyatga ega edi, u arab, fors-tojik tillarini puxta bilgan. Hattotlik va musiqa san'atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiyni Xiva xonli-gi saroyiga ishga t aklif etganlar. Dastlab u Sayid Muhammadxon, so'ngra uning o'g'li Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida avvaliga hattot, so'ngra mirzaboshilik vazifalarini bajaradi. Hat-totlik san'atini yoshlarga o'rgatgan Komil Xorazmiy 50 dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Muhammad Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon, Muhammad Sharif Tarro devon (atoqli bastakor va musiqachi - Matyusuf Xarrotovning otasi), Muhammad Rasul va boshqalar ana shular jumlasidandir. Rossiya Xorazm-ni zabt etgach Komil Xorazmiy Feruzshoh saroyida devonbegi lavozimiga tayinlanadi.

  • Komil Xorazmiy bosmaxona tashkil etishning asoschilaridan biridir. Uning sa'y-harakati va tashkilotchiligida 1870-yilda Muhammad Rahimxonning g'amxo'rligida Xivada bosmaxona tashkil etilgan. Bu bosmaxonada Navoiyning «Xamsa»si birinchi marta nashr qilingan edi.

  • Komil Xorazmiy badiiy ijod bobida ham katta qobiliyat egasi bo'lgan. Uning g'azallari, muxammas, musaddas, masnaviy, ru-boiy, qasida va boshqa janrlarda bitgan asarlari 3680 baytdan iborat bo'lib, maxsus devon shaklida tuzilgan edi. Lekin bu devondan shoirning «Baxri tavil» asari o'rin olmay qolgan.

  • Komil Xorazmiy musiqa ilmining katta bilimdoni va bastakor sifatida Xorazm maqomlariga notalar bitib qog'ozga tushirgan, sozanda v a ijrochi ham edi. U kuy bastalagan Xorazmning «Rost» maqomi, «Murabai Komil», «Peshravi Feruz» va boshqa kuylar hamon musiqa shinavandalarining qalblarini to'lqinlantiradi.

  • Komil Xorazmiy mohir tarjimon sifatida ham nom qozongan. U Husayn Voiz Koshifiyning «Latoif uz-zaroif» asarini fors-tojik tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan.

  • Komil Xorazmiy insonlar hayotida o'zga xalqlarning tili va madaniyatini o'rganish katta ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etgan. Uning tashkilotchiligida 1884-yilda Xorazmda bi-rinchi rus-tuzem maktabi tashkil etilgan.

  • Komil Xorazmiy ijodiyotini ko'zdan kechirar ekanmiz, uning asarlarida insonparvarlik, ma'rifatparvarlik ta'lim va tarbiyaning boshqa bir qator g'oya va masalalari bosh mavzu bo'lganligini ko'ramiz. Jumladan, shoir o'zining «Kamol» g'azalida ilm-ma'rifatni ulug'lab, ilmli, ma'rifatli va hunarli kishi hamisha el hurmati va ardog'ida bo'lishligini yozadi:



  • Emas kishiga bu dunyoda mulk-mol kamol, Husulu ilmu hunar keldi bezavol, kamol. Kamol bergusidir so'zga shuhratu ta 'sir, Bu qushga qilgali parvoz parrubol kamol.



  • Komil Xorazmiy odamlar orasiga yaxshilik urug'larini so-chadi, mansabga, boylikka berilib kekkaymaslikka chaqiradi, ularni insof-imonli va diyonatli bo'lishga da'vat etadi. U o'zining «Ey ko'ngil» g'azalida dunyo adolatsizligi, nohaqligi va teskari ishlaridan faryod chekadi. Agar dunyo pastkash bo'lmasa, nega nokasu nodonni ulug'lab, shod etib, dononi xor-zoru xafa qiladi, deb xulosa chiqaradi shoir:



  • Bo'lmasagardunu sufla do'stigardun ey ko'ngil, Nega dunni shod etar, dononi mahzun, ey ko'ngul.



  • Ilm-ma'rifat kuychisi bo'lgan Komil o'z zamonasida ilm qadriga yetmagan falakni la'natlaydi, u ilm olamida Aflotun bo'lsаdа qаdrlаnmаgаn ilm-mа'rifаt kishisigа аlаm biten аchinаdi:



  • Chun /а!ак нойон науот, хаят йонойш, ne sud, Ботя/г 1дИт1йа Ъо'Ьащgаr ¥а1оЫн, ey ко'н%и1.



  • Xullas, Komil Xorazmiy ijodidа bosh mаvzu inson vа inso-niylik, uning qаdr-qimmаtidir. Shoirning hayot vа ijod yo'li yosh аvlod kаmolotidа o'rnаk vа nаmunаdir.

  • Mahtumquli Firog'iy (1733-1793) Xiva xonligi hududidа yashab ijod qilgаn qаrdosh turkm^n xalqining ulug' shoi-ri vа mutаfаkkiridir. U Turkmаnistonning Hojigаvshon de-gan joyidа tug'ilgаn. Otаsi Dаvlаtmаmed Ozodiy o'z dаvrining mashhur shoirlаridаn bo'lgаn. Otаsi tа'siridа ijodiy ong shuuri ertа yaproq yozgаn Mаhtumquli dаstlаb ovul mаktаbidа, ke-yinchalik esа Xiva, Buxoro, Аndijon mаdrаsаlаridа tа'lim ola­di. Turli fаnlаr bilаn bir qаtordа zаrgаrlik hunarini ham puxtа egаllаydi. Mаxtumquli Ozorbаyjon, Eron, Аfg'oniston, Hindis-ton kаbi mаmlаkаtlаrni kezib chiqadi. O'rta Osiyo, Eron, Ozor o'^^i folklorini, аdаbiyotini zo'r ishtiyoq bilаn o'rgаnadi. Ni-zomiy Gаnjаviy, Аlisher Nаvoiy, Firdаvsiylаr yarаtgаn bаdiiy so'z durdonаlаridаn bahramаnd bo'lgаn Mаhtumquli kelajak аvlodlаrgа k аИа аdаbiy-bаdiiy meros qoldiradi. Mаhtumqulining ijodiy merosi 20 ming misrani tashkil etаdi. U sof muhаbbаtni, mаrdligu mаtonаtni, ezgulikni, аdolаt, insof-u diyo^tni, imon-u e'tiqodni kuylаgаn xalqpаrvаr shoirdir.

  • Shoir o'shа dаvr o^ro qirg'inbаrot urushlаrdаn fаryod qilаdi. U xa^teim birlik, birodаrlik, tinchlik, osoyishtаlikkа, insof-u diyonаtgа chorlаydi. Buni Mаhtumqulining «Tursа ke-rakdir» she'ridаn quyidа keltirilgаn bir necha sаtrlаrdа ochiq-oydin ko'rаmiz:



  • ()агйояЫаг, кин-кинСан ЪаИаг ЪоЧтоцйа, УййСан ЪаЫаг кеЬа kerakdir. S/агоЪ ichgan, zinc qilgаn ]а/онСа, Shunday mashhur ЪоЪ 1игяа кегак&г. Мши1тон qаrdoshlаr, йо'нта^ Ъи уо'Ыан, Kechаrsiz sirotdаn-ul nozik qildаn,

  • 5 - Vatan tarixi, 2.

  • Dajjol kelar derlar bir necha yildan, Olamga bir g'avg'o solsa kerakdir.



  • Mahtumquli xalq ruhiyati yo'g'rilgan shunday go'zal ohanglar yaratadiki, bu she'riy ohanglar umumturkiy adabiyotning betakror namunasi sifatida e'zozlanmoqda. «U nimadir», «Boshladi», «Go'zalsan», «Turkmanning», «Ko'zim tushdi», «Elingni», «Ayrilma» kabi yuzlab she'rlar shular jumlasidandir. Xullas, Mahtumquli o'zining o'tkir satirik nafasi, xalqchil asarlari, qimmatli nasihatnomalari bilan yillar osha xalqning sevimli shoiri bo'lib kelmoqda.

  • XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligi hududida ham fan, adabiyot va madaniyatga munosib hissa qo'shgan allomalar o'tgan.

  • Abdurahmon Tole' XVIII asrda yashagan buxorolik munajjim va tarixchi olimdir. U Abulfayzxon davri (1711-1747)da yashab ko'pgina tarixiy voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan va «Tarixi Abulfayzxon» asarini yozgan. Bu asar XVIII asrning birinchi yarmidagi O'rta Osiyoning siyosiy ahvoliga oid qimmatli manba bo'lib, Ashtarxoniylar davlatining o'zaro urushlar kuchayib ket-gan va Eron shohi Nodirshohning bosqinchilik yurishi natijasida inqirozga yuz tutgan davri haqida hikoya qiladi. Asarda bundan tashqari Rajabxon boshchiligida mustaqil Samarqand bekligi-ning tashkil topishi, Zarafshon vohasi va Shahrisabz vodiysida bo'lib o'tgan g'alayon hamda qo'zg'olonlar va ularning sabablari haqida ham qimmatli ma'lumotlar bor.

  • Muhammad Ya'qub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxminan 1771-1831) o'z davrining yirik tarixchi olimlaridan bo'lgan. U mang'itlar sulolasining ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758-1785)ning o'g'lidir. Muhammad Ya'qub «Gulshan ul-Muluk» («Podsholar gulshani») asarini yozgan. Asarning bi-rinchi qismida Buxoroning qadimiy tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon qilingan. Ikkinchi qismida esa, O'rta Osiyoning XVIII asr va XIX asr boshlaridagi davri tarixi o'z aksini topgan. Shu asrning oxirlarida Muhammad Sharif tomonidan tuzilgan va tarixiy voqealar solnomalarini o'zida aks ettiruvchi «Tadj-at-tavorix» asari qimmatli dalillarga boy kitobdir.

  • Kitobda voqealar rivoji Shayboniylardan boshlanib, XVIII asrning so'nggi davrlari bilan yakunlanadi. XIX asrning birin-chi yarmida yozilgan Muhammad Ya'qub Kenja ibn Ali Mir-zo Buxoriyning «Fathnomai sultoniy» tarixiy asarida soliqlar islohotlari, Xitoy-qipchoqlarning qo'zg'olonlari va 1826-yildagi siyosiy voqealar haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

  • «Muntaxab ut-tavorix» («Yilnomalar to'plami») 1843-yilda tarixchi olim Muhammad Hakimxon to'ra Ma'sumxon To'ra o'g'li tomonidan yozilgan tarixiy asardir. Unda payg'ambarlar haqidagi rivoyatlar, qadimiy Eron, Arab halifaligi, somoniylar, saljuqiylar, xorazmshohlar, mo'g'ullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha ma'lumotlar berilgan. Ayni zamonda ushbu kitobda Buxoro va Qo'qon xonliklarining tashkil topi-shidan boshlab XIX asrning 42-yillarigacha bo'lgan davr tarixi o'z ifodasini topgan. Ma'sumxon To'ra o'g'li asarda o'zining Rusiyaga, arab mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlaridan olgan taassurotlarini ham hikoya qiladi. «Muntahab ut-tavorix» asari XIX asrda O'rta Osiyodagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum va madaniyatini o'rganishda g'oyatda muhim manbadir. Asarning o'zbek tiliga tarjima qilingan nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (Inv. 594).

  • Bu davrda badiiy ijod bobida ham ilg'or va yirik mutafak kir-lar qalam tebratganlar. Jumladan, o'zbek va fors-tojik tillarida ijod qilgan Mutribiy «Tazkirot ash-shuaro» kitobida badiiy ijod bilan shug'ullangan 320 dan ortiq shoir va yozuvchilarning nomlarini tilga oladi. Afsuski ularning bosib o'tgan ijodiy yo'llari to'g'risida yetarli ma'lumotlarga ega emasmiz.

  • XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda yashab ijod etgan qalam sohiblaridan biri Voladir. U taxminan 1786-1793-yillarda Buxoro amirligiga qarashli Yangiqo'rg'on hududida tavallud topgan. Vola ko'zi tug'ma ojiz bo'lsada, favqulodda kuchli aql, xotira, qobiliyat va yoqimli ovoz egasi bo'lgan.

  • Shoir amirlikni larzaga solgan qipchoqlar qo'zg'oloni (1821­1826) ga xayrixohlik bilan qaragan, xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni u bilan birga kechirib, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilgan va ilg'or qarashlari uchun hokimlar tomonidan iskanjaga olingan.

  • Vola o'zbek va fors-tojik tilida ikki devon tuzgan bo'lsada u hozirgacha topilgan emas. U she'r va g'azallarida ulug' insoniy fazilatlar, haqiqiy va sof sevgi va muhabbatni kuylaydi. Buni biz Navoiy, Mahzun va Hofiz g'azallariga yozgan muxammaslarida yanada yorqinroq ko'ramiz.

  • Shoir Vola 1872-1873-yillarda qashshoqlik va muhtojlikda vafot etgan.

  • XIX asrdagi o'zbek va tojik adabiyoti tarixida salmoqli o'ringa ega bo'lgan, ammo ijodi yetarli darajada o'rganilmagan shoir va tabib Hoziqdir. O'zbekiston Sharqshunoslik institutida Muhammad Husayn Bulg'oriy tomonidan tuzilgan «Marsad ut-tasonif» nomli («To'plamlarni o'rganish joyi») antalogiyada O'rta Osiyo va Eron shoirlaridan katta bir guruhining, shu jumladan shoir Hoziqning ham o'zbek va tojik tillarida yozilgan 354 misra she'ri bor. Bundan tashqari Hoziqning bir necha g'azal va qasidalari 1820-1821-yillarda namanganlik shoir Fazliy tomonidan Qo'qonda tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» («Shoirlar anjumani») qo'lyozma asarda ham uchraydi. Uning o'zbek va to-jik tillarida yozgan she'rlaridan tuzilgan to'plam Rossiya FAning S.Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining bo'limida № 470 S sonli hujjatda saqlanadi.

  • Hoziqning asli ismi Junaydullo bo'lib, Hirotda tug'ilgan, tug'ilgan va vafot qilgan yillari noma'lum, vafotini 1843-yil deb taxmin qilinadi. Shoir 1799-1800-yillarda Hirotdan Buxoroga kelgan. Buxoroda uzoq yashash imkoniyati bo'lmaganligidan 1820-yilda Qo'qonga, u yerdan Xivaga, so'ng yana Qo'qon-Buxoro va umrining so'nggi yillarini Shahrisabzda o'tkazgan. Albatta bunday sarson va sargardon bo'lib yurishlar orzu-havas tufayli emas, balki hayot ehtiyojlari va nochorlikdan edi. Hoziq amir Nasrullo odamlari tomonidan Shahrisabzda qatl etilgan.

  • Shoirning chuqur insonparvarlik g'oyalari bilan sug'oril gan otashin she'rlari, yurak torlariga l arza soluvchi nozik va ohangdor g'azallari uzoq yillardan beri sevib o'qiladi va yoqimli ohanglar-da kuylanadi. Ularda mehnatkash xalq qismatiga achinish, ayrim zolim boylar va qonxo'r to'ralarga nafrat jo'shib kuylanadi. Zodagonlar va saroy ahli oltin va z arlar ishida ko'milib yotgan bir paytda asosiy boylikni yaratuvchi mehnatkash xalq: dehqon lar, hunarmand va kosiblar, olim va shoirlar ochlik va qashshoqlik da yashayotgan davrning jirkanch tomonlarini fosh qilgan shoir ol-tinning hayotda naqadar katta kuchga ega ekanligini zo'r badiiy mahorat va o'tkir kinoyalar bilan tasvirlaydi.

  • Metavon bo zar xudoro ham zi hud hushnud soxt, Zar Xudoro chun hush oyad bas shi harfi digar ast. Gar nadorand ahli dunyo chashm bar zar az chi ro' E'tibori Hoziq az eshik og'osikamtarast.



  • M a z m u n i:



  • Oltin orqalixudoni o'zingdan ham xursandqilishingmumkin, Oltin xudoga ham yoqqandan keyin boshqa gapning nima hojati bor. Agar dunyo ahli oltin orqali qaramaganida ne sababli, Hoziqning e'tibori eshik og'asinikidan ham past bo'lur edi.



  • Hoziqning tojik tilida yozgan yirik epik asari «Yusuf -Zulayho» dostonining yettita qo'lyozma nusxasi bizgacha ye-tib kelgan. Bu doston 1905-yilda Toshkent shahrida litografiya usulida bosilib chiqqan. Hoziqning tibbiyotga oid yozgan qo'l-yozma asarlari ham mavjud.

  • Bu davrda tarixiy-badiiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilish masalasida ham ba'zi bir amaliy ishlar qilingan. XIX asrning 30-yillarida Shahrisabz bekligida shoir Xiromiy hind, fors adabiyotida mashhur bo'lgan «Chor darvish» va «To'tinoma» hikoyalarini o'zbek tiliga o'girdi.

  • Boborahim Mashrab.

  • O'zbek milliy madaniyati markazlaridan yana biri bu Qo'qon shahri edi. Bu yerda XVIII-XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma'rifat olamida nomi dunyoga mashhur bo'lgan ulug' mutafakkir va shoirlar yetishib chiqadi. Xususan, XIX asrda Qo'qon xoni Umarxon (1810-1822) va uning umr yo'ldoshi shoira Nodiraning sa'y-harakati tufayli Qo'qon shahri ilm-ma'rifat markaziga aylandi, bu yerda Qo'qon adabiy muhiti paydo bo'ladi.

  • XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asr boshlarida yashab ijod etgan iste'dodli va isyonkor shoir Boborahim Mash rab (1640-1711)dir. U Namanganda tug'ilgan. Yetti yoshidan mashhur shayx Mullo Bozor Oxund qo'lida ta'lim olib xat-savodini chiqargan. 15 yoshlaridan Qashqarda mashhur shayx Ofoqxoja qo'lida yetti yil tasavvuf ilmini egallaydi. So'ng kanizaklardan birini sevib qolgani uchun Ofoqxoja dargohidan quviladi. Yorkentga, u yerdan Xo'tanga, so'ng G'uljaga borgan. Mashrab G'uljadan Qashqarga qaytadi. So'ng Ofoqxoja topshirig'i bilan Toshkentga va yana Ofoqxoja huzuriga, undan keyin o'z ona yurti Namanganga keladi. Xullas 18 yil davomida yuqorida nomlari tilga olingan yurtlarni kezgan Boborahim Mashrab Yaman, Hindiston, Dakan (shahar), Isfaxon, Hirot, Mashhad, Makka, Madina, Halab, Sheroz, Shom, Rum, so'ng Buxoro, Toshkent, Shohimardon, Afg'onistondagi Shibirg'on, Andxo'y kabi joylarda ham bo'ladi. Buni O'zbekiston FA Sharq-shunoslik institutida saqlanayotgan 9968-raqamli qo'lyozma asoslab beradi. Unda Mashrabning «Kimyo» asaridan 16 kimyo (bob) va «Mabdai nur» kitobidan ikkinchi daftari, so'ng shoir-ning 71 g'azali, 7 muxammasi va bitta musaddasi berilgan.

  • Shoir Mashrab ijodini o'rganishda yuqorida qayd etilgan 9968-raqamli qo'lyozmadan tashqari Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan boshqa bir qator manba'lar, jumladan, «Tazkirai fahmiy», «Muntahab at-tavorix» (Muhammad Hakimxon to'ra asari) va Mashrab zamondoshi, u bilan birga bo'lgan Is'hoq Bog'istoniyning «Tazkirai qalandoron»1 asari g'oyatda qimmatlidir.

  • Mashrab she'rlarida o'zi yashagan davr hukmronlarining mehnatkash xalqqa qarshi qaratilgan siyosatini, boylar, amaldor to'ralar va chalasavod mullalarning riyokorliklari, munofiqliklari, o'zboshimchaliklari, xullas o'rta asr zulmining barcha illatlari fosh etiladi. Xalqning og'ir qismatli ahvoliga achinadi. Shoir «Devon»iga kirgan quyidagi satrlar bunga yorqin misoldir.



  • Dili tig'isitamdin, pora bo'lg'on xalqniko'rdim, Tani dardu alamdan yora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Ko'zi vaqti sahal sayyora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Muhabbat dashtida ovora bo'lg'on xalqni ko'rdim, Junun tug'yon etibdur har birisi bexabar tanho.



  • «Щapк юлдузи», 1990 йил, 8-coh, 152-6e^

  • Yoki:



  • Qaddimehnat tog'idin xam bo'lgan ey bechoralar, Bag'ri vaxshat tig'idin yuzpora ham yuz yoralar Ko'rmagan umri ishinda bir dami bir yaxshi kun, Tiyrag'amdin dilda dog', ham ko'zlarigiryonalar.



  • Is'hoq Bog'istoniyning «Tazkirai qalandaron» asarida be-rilgan shoir Mashrabning zamondoshi So'fi Olloyor bilan bo'lib o'tgan qisqa suhbati g'oyatda diqqatga loyiqdir.

  • Salom-alik adosidin so'ng So'fi Olloyor shoh Mashrabg'a yuzlanib demishlarki: «Yo Mashrabi devona, shoirlik shuhratingiz olamni tutibdur. Sizni birla muloqot orzusida erdim, ersa Tangri taolo bu orzumni yetkardi. Xush kelibsiz, safo kelibsiz!» Andin so'ng shoh va eshoni So'fi oralarinda ajib suhbat bo'lib o'tmish. Gap orasida shoh Mashrab deydilarki: «Yo So'fim, Siz butun umringiz mobaniyda pulisirotg'a xushomad qilmishsiz. Huzu-riy degoni esa do'zaxga xushomad etmish. Do'zax va pulisirot dahshatlaridin, do'zax azoblaridin avom xalq ruhini larzag'a solmishsizlar. Yo So'fim, insof birla tafakkur qilinsa, do'zax va pulisirot shu yorug' dunyoning o'zida mavjud ermasmu? Farzandi odam umrining ibtidosidin to intihosig'a qadar bosib o'tmish yo'lning o'zi qil ustida turmoqlik; gardun va zolimlar aning boshiga yog'dirmish azob-u uqubatlar, sonsiz falokatlar do'zax azobidan kammu? Yo So'fim, oyoqlaringiz ostig'a bir nazar tashlang, pulisirot va do'zax anda mavjuddir».

  • Eshoni So'fi va ahli do'zax ulamo shoh Mashrab javoblaridin tag'yir tortib, istig'for kelturmishlar. Eshoni So'fi shoh Mashrabg'a yuzlanib deydilarki: «Yo Mashrabi majzub, gunohga botmang. Ollo Taolo Behisht va do'zaxni Solih va kofir bandalari uchun yaratmish. G'ofil bandalarni bu haqiqatidan ogoh qilmoq siz va biz uchun ham farz, ham qarzdur». Anda shoh Mashrab deydilarki: «Yo So'fim, agar haqiqat qiling'usi bo'lsa, do'zah aro barcha gunohkorlar to'lub-toshub, anda oyoq bosarg'a joy qolmas, azob maloikalari ersa o'z yumushlarining uddasidin chiqa olmag'aylar. Behisht ersa bo'sh qolur. Keling, to tanda jon mavjud erkan, shu yorug' dunyo tashvishlari borasinda jismijo' qilmog'imiz ma'qulroqdur...»

  • Boborahim Mashrab 1711-yilda dinga shak keltirgan-likda ayblanib, Balx hokimi Mahmudxon tomonidan osib o'ldirilgan.

  • Shoir Mahmur (XVIII asr oxiri - 1844).U o'z davrining yirik satirik shoiri edi. Ziyoli oilasidan bo'lgan Mahmurning otasi Mulla Shermuhammad madrasada mudarrislik qilgan, Akmal taxallusi bilan she'rlar yozib, ijodiy ish bilan ham shug'ullangan. Mahmur-ning asli ismi Mahmuddir. Mahmur shoirlik taxallusidir. U otasi dars beradigan Mir madrasasida tahsil ko'rdi. O'z zamonasining yetuk namoyandasi bo'lib yetishdi. Mahmud otasi Akmalni o'rab olgan muhit ta'sirida juda yoshlikdan badiiy ijodga beriladi. Undagi qobiliyatni sezgan saroy ahllari Mahmurni saroy shoiriga aylantirishga harakat qiladilar. Mahmur saroyda askar bo'lib xiz-mat qilish bilan birga ijodiy faoliyatni ham davom ettiradi. Saroy shoirlari uni masxaralab, ustidan kular edilar.

  • Shoir Mahmur amaldorlar va saroy shoirlari bilan keli-sholmasdan saroyni tark etadi. U umrining oxiriga qadar qash-shoqlik va muhtojlikda Hapalak qishlog'ida yashadi, ijod etdi va shu yerda 1844-yilda xor-zorlikda vafot etadi. Mahmur yuqorida ta'kidlaganimiz singari satirik hajviy she'rlar ijod etgan. Ayniqsa, «Hapalak» she'ri shoir ijodining yuksak pog'onasi bo'lib, unga katta obro' va e'tibor keltiradi. Bu she'rda shoir Qo'qon xoni Umarxonga murojaat qilib xalqning og'ir iqtisodiy turmush sharoitini yengillatish, ularni ezib qo'ygan soliq va har xil to'lovlardan ozod qilishni iltimos qiladi. «Hapalak» o'zida bir qishloq manzarasini aks ettirsada, haqiqatda butun Qo'qon xonligidagi aksariyat xalqning og'ir iqtisodiy turmush sharoitini, kambag'al dehqonlar xonadonining vayrona bo'lish manzarasini badiiy bo'yoqlarda ifodalagan.

  • Mahmur «Hapalak»dan tashqari yana juda ko'plab hajviy she'rlar ijod qilgan: «Itboqar Qozi», «Hoji Niyoz», «Karimqul Mehtar», «Amakim» («Abdulkarim Fazliy Namangoniy to'g'risida hajv»), «Hakim Turobiy» va boshqalar shular jumlasidandir. «Amakim» she'rida shoir xushomadgo'y saroy shoiri Maddoh Fazliyni fosh etsa, «Qozi Muhammad Rajab to'g'risida hajv»da «adolat posbonlari» bo'lgan qozilarning tovlamachiligi, yulg'ish-ligi, ikki yuzlamaligi va ayyorligini ochib tashlaydi, tanqid qi^i. Shoir qozi Muhammаd Rаjаbning boshigа o'rаlgаn kаttа beo'xshov sаllаsini mаsxаrаlаb kulib:



  • Buz^ ]ит1а dаrvozаni sаllаsi, Eshiklаrni уауон qilur kаllаsi.

  • Mahmur атак^ Ш'гакг vа zodаgonlаrning noinsoniy, jirkаnch qiyofаlаrini vа ulаrning yami^s kirdikorlаrini ochishdа bаdiiy usullаrdаn, xalq hajviyasi vа bаdiiy til vositаlаridаn foydаlаnаdi. Jumlаdаn, «Hаkim Turobiy)^ nodon, bilimsiz vа tаmаgir tаbiblаrni fosh etаr ekаn, bаdiiy bo'yoqlаr vostosi bilаn Hаkim Turobiyning rаzil аft-аngorini qish fаsli chillаsigа o'xshatib:

  • «Erur rаngi qish chillаsidаn sovuq»

  • deydi.

  • Xullas, shoir Mahmur sаtirа jаnrlaridаn ustаlik biten foydаlаnish аsosidа o'zi yashagаn dаvrdаgi hayot nuqsonlаrini, kаmchilik vа аdolаtsizliklаrni keskin tаnqid qiladi vа keyingi аvlod yozuvchi-shoirlаri ijodigа bаrаkаli tа'sir ko'rsаtadi.

  • Gulxaniy. Аsli ismi Muhammаd Shаrifbo'lgаn Gulxаniy XVIII
    аsrning oxiri, XIX аsrning boshlаridа yashab ijod etgаn аtoqli vа
    xalqchil yozuvchidir. U tаxminаn 1770-yillаrdа Dаrvozdа (hozir-
    gi Tojikistonning Tаvildаrа vа xum tumаnlаri) kаmbаg'аl

  • oilаdа t аvаllud topgаn. Gulxаniy boshlаng'ish tа'limini qishloqdа oladi.Undа she'riy ijodgа havas judа ertа uyg'onadi. U ko'pteb yozmа bаdiiy аsаrlаrni mutolаа qiladi, xalq og^ki ijodini o'rgаnadi. Gu^niy og'ir iqtisodiy qiyinchilik sharoitidа yashay-di. Muhtojlik uni Fаrg'onа vodiysigа olib keladi. Nаmаngаndа mаrdikorchilik qiladi vа shu yo'l bilаn o'qishni dаvom ettiradi. Bu yerdаn xonlik Mаrkаzi Qo'qongа o'tadi vа shu joydа qo'nim topadi. Moddiy qiyinchilik shoirni Qo'qondа ham tаrk etmаydi. U hatto hammomdа o't yoquvchi - go'tex bo'lib ishlаydi. «Gulxаniy» taxallusini shoir ushbu kаsbi tufаyli tаnlаgаn bo'lsа ham аjаb emms. Biroq «Mаjmuаi shuаro» tаzkirаsidа yozilishichа shoir otаshqаlb, yurаgidа o'ti bor bo'^ni uchun «Gulxаniy» taxallusini qo'llаgаn. Gulxаniy Qo'qon xoni Olimxon sаroyidа bo'lsаdа, og'ir iqtisodiy sharoitdа edi.Umаrxon hukmronligi davrida ham shoirning hayotida o'zgarish bo'lmaydi. Shu tariqa u XIX asrning birinchi yarmida qashshoqlik va muhtojlikda bu bevafo dunyoni tark etadi.

  • Gulxaniy o'z asarlarida zamona illatlarini, hukmron doiralarning xalqqa o'tkazgan zulmi va og'ir turmush sharoitini badiiy mahorat bilan ochib beradi. Buni shoir o'zining turmush qiyinchiliklari va azoblari timsolida ko'rsatadi. U «Bideh» («Ber-gil») deb nomlangan tojik tilidagi she'rida o'zining navkar sifatida xizmat qilgan vaqtda kamsitilgan va xo'rlanganini quyidagicha ifodalaydi:

  • «Hazratim, ochlikdan o'ldim, yegani non ber menga», deb boshlaydi va «Navkaring ochlikdan o'lsa, nega xayfing kelmagay?!» deb xonga murojaat qiladi.

  • Gulxaniy saroy muhitidan norozilik kayfiyatini va bu muhit shoirga begona ekanligini mohirona tarannum etadi:



  • Hunar har chand metarovoad az har angushtam, Ey baxti noraso kore sadorad bar zor angushtam.



  • M a' n o s i:



  • Har bir barmog'im uchidan hunar jilolanib tursa ham, Lekin men shunday baxtsizmanki, barmoqlarim zar (oltin)dan juda uzoq turadi.



  • Gulxaniyga katta hurmat va obro' keltirgan asar so'zsiz «Zarbulmasal»dir. Xalq og'zaki ijodi durdonolarini chuqur o'rganish va mutolaa qilish asosida yuksak mahorat va badiiy uslubda yozilgan ushbu asardagi har bir masal o'zi mustaqil bir asardir, desak mubolag'a bo'lmaydi. «Zarbumasal»dagi «Maymun bilan Najjor», «Tuya bilan Bo'taloq», «Toshbaqa bilan chayon» masallarida «qissadan hissa» deganlaridek axloqiy-ta'limiy fikr va ma'nolar ibratomuz tarzda yoritilgan. Yozuvchi asardagi Yapaloqqush, Boyo'g'li, Ko'rqush, Hudhud, Kulonkir sulton, Sho'ranul, Malik Shohin va Kordonlarning bir-birlari bilan quda-anda bo'lish jarayonida aytgan gap-so'zlari, masal-maqollari va hikoyalari orqali hayotiy muammo va jumboqlarni yechib beradi hamda, o'zi yashagan davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzum manzarasini yorqin badiiy ifoda etadi.

  • Xullas, Gulxaniy xalqchil, demokratik masalchi-yozuvchi sifatida mehnatkash xalqning qalbidan chuqur joy olgan siymo-dir.

  • Jahon otin Uvaysiy (1778-1845). XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmidagi Qo'qon madaniy va adabiy muhitni Jahon otin Uvaysiy va Mohlar oyim - Nodiralar ijodisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jahon otin Marg'ilon shahri-ning Childuxtaron mahallasida tavallud topgan. Uning oilasi o'z davrning ilg'or va ma'rifatli oilalaridan bo'lgan. Otasi o'zbek va tojik tillarida she'rlar ijod qilgan. Onasi Chinnibibi maktabdor edi. Akasi Oxunjon Hofiz ham o'z davrining taniqli madaniyat va san'at xodimlaridan hisoblangan. Jahon otin Uvaysiy oilada tahsil olib savod chiqargan. Uning umr yo'ldoshi marg'ilonlik kosib Hojixon juda erta olamdan o'tadi. Beva qolgan Uvaysiy qizi Quyosh va o'g'li Muhammadxonlarni o'zi tarbiyalab voyaga yetkazadi.

  • Oiladagi muhit tarbiyasi ta'sirida she'riyatga havas Uvaysiyda juda yoshlikdan shakllanadi. U keyinchalik Alishyer Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Jomiy ijodlari bilan yaqindan tanishadi va ularni qunt bilan o'rganadi.

  • Umarxon Marg'ilonga hokim bo'lgan (1806-1807-yillar) kezlarda Uvaysiy el o'rtasida nomdor shoira sifatida tanilgan edi. Undagi nodir qobiliyati Nodirani o'ziga rom etadi. Uvaysiyni Marg'ilonda yaxshi tanigan va bilgan Nodira Umarxon Qo'qonda xon bo'lgach maxsus yorliq bilan uni xonlikning poytaxtiga olib keltiradi. Uvaysiy Umarxon saroyida juda ko'plab yosh ijodkorlarga ustozlik va murabbiylik qiladi. Jahon otin Uvaysiy bilan Nodira o'rtasida mustahkam ijodiy hamkorlik qaror topa-di. Mirza Karim o'zining «Mohlaroyim» romanida bu do'stona hamkorlikni quyidagicha ifodalaydi: «Jahon otin beklik dar-gohiga keldi-yu, Mohlaroyim bilan biri ko'z bilan qosh bo'lib qoldi»1.


    1. 1 «IHapK юлдузи», 1992 йил, 11-coh, 29-6e^

    Uvaysiy barakali ijod sohibasidir. Ma'lumotlarga qaraganda undan to'rtta lirik devon meros bo'lib qolgan. Shuningdek shoira uchta doston ham bitgаn. Biroq bu ijod du^o^^n bizgаchа to'liq yetib kelmаgаn yoki haligаchа topilgаn emаs. O'zbekiston FАning Sharqshunoslik instituti qo'lyozmаlаr fondidа №1837 rаqаmi bilаn Uvаysiyning mukаmmаl qo'lyozmа devoni sаqlаnаdi. Shoirаning «Kаrbolonomа» yoki «Shahzodа Hаsаn», «Shahzodа Husayn hаqidа doston» vа to'lа bo'lmаgаn «Voqe-oti Muhammаd Аlixon» kаbi dostonlаri ham аnа shu devongа qo'shib ko'chirilgаn. Devon tаrkibidа 269 g'аzаl, 29 muxаmmаs, 55 musаddаs vа bir murаbbа jаmlаngаn. Shoirаning hammа аsаrlаri o'zbek tilidа yozilgаn bo'lib, undа Nаvoiyning 9 g'аzаligа, Fuzuliyning 3 g'аzаligа, Аmiriyning 5 g'аzаligа muxammаslаr mаvjud.

  • Uvаysiy ijodi xalqpаrvаrligi bilаn аjrаlib turаdi. U xalqqа yaqin turgаn ijodkor sifаtidа umrining oxirigаchа yashaydi. Shu bois Uvаysiy аsаrlаridа el-yurt dаrdi, qismаti vа hasratlаri bosh mаvzu bo'ladi. Buni quyidаgi sаtrlаrdа ham yaqqol ko'ramiz:

  • Dunyoni Ъикин dаvrilа outworn g'аnimаt, Kelturdi xаloyiqmiki mehmoni g'аnimаt. To Ъи\ЪиИ таяЮна suxаnrezini Ъи Сат, Anvoyi]а^н Ъog'u gulistonig'аnimаt. Umringni Ъаhoridа muhаЪЪаtni sug'orgil, Kuz mаrdumining giryai Ъогош g'аnimаt. Ochg'ilko'zing, e dil, ko'rаqol vаqti tаmosho, Ayyomi jаhonning mohi to^nig'аnimаt.


    1. 1 HamisKumap. O'sha asar.A.Madaminovning tadqiqoti bo'yicha mazkur tazkirada «Zinnat» taxallusli erkak haqida 16 misradan iborat masnaviy, shoir-ning bitta tojikcha, bitta o'zbekcha qasidasi va bitta o'zbekcha g'azali berilgan.



  • Zinnat shoir (а), dаvlаt аЛюЫ, dodhoh. V.P.Nаlivkin vа M.S.Nаlivkinalаr «Ocherki bto jenshin osedlogo tuzemnogo ^seleniya Fergаni» nomli kitobidа «Qo'qondа ikkto shoirа yashagаn, birining tаxallusi Zinnаt, ikkinchisi esа Mаhzunа tаxallusli. Ishontirishib аytishmoqdаlаrki, ulаrdаn biri ochiq yuz biten erkаklаrchа kiyinib xon sаroyigа kelаr ekаn vа uning dodhoh unvoni ham bo'^n. Ikkаlаsining ham g'аzаllаri Umаrxonniki singаri «Mаjmuаt ush-shuаro» nomli she'rlаr to'plаmigа kiritilgаn»1 deb yozgаnlаr.

  • Qo'qon xonligi tarixida hozircha ma'lum bo'lgan ayol dodhohlardan faqat Qurbonjon dodhohni (1811-1907) bilamiz. Ammo Umarxon davrida tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» nomli to'plamga uning g'azali kiritilganligini e'tiborga olsak u mahalda Qurbonjon yosh qizcha bo'lgan edi. Zinnat kim bo'lishidan qat'i nazar, uning yozgan she'r va g'azallari mazmundor va yetuk bo'lgan. Ushbu satrlar mualliflaridan birining shaxsiy kutubxonasida bir qo'lyozma bayoz kitob bor. Unga Zinnatning «Baxru odobki...» so'zlari bilan boshlangan she'ri kiritilgan. Bunda u insonni ulug'laydi, odob haqida falsafiy fikr yuritadi, hayotda mavjud bo'lgan qarama-qarshiliklar haqida gapirib, ularning biror kun bartaraf bo'lishiga umid qiladi, xalqni esa quyoshga o'xshatadi.

  • Albatta, bitta she'r bilan bir shoiraga to'la baho berish qiyin. Biz adabiyotshunoslarimiz kelajakda Zinnatning kimligini, uning yangi asarlarini topib, unga munosib baho beradilar deb umid qilamiz.

  • Mohzoda Begim (XIX asr) - o'zbek shoirasi. Uning yashagan davri va tarjimai holiga oid ma'lumotlar kam saqlangan. Moh-zoda Begimning «Jahona xitob» deb ataluvchi she'ri qo'qonlik ma'rifatparvar shoir Ibrohim Davron (1874-1922) bostirib chiqargan «Ash'ori nisvon» («Ayollarning she'rlari», O'zR FA Sharqshunoslik instituti, inv. №16704) kitobiga kiritilgan. Shoira bu she'rida o'z davridagi xotin-qizlarning ayanchli qismati, ularning huquqsizligi va mudhish hayotini tasvirlab, o'zi yashayotgan tuzumning adolatsizligidan shikoyat qiladi.

  • Mahzuna. Mehribon mulla Boshmon qizi (XIX asr) - o'zbek shoirasi. Uning hayoti va faoliyati haqida to'la ma'lumot yo'q. Fazliyning «Majmuat ush-shuaro» asarida Mahzuna haqida bunday deyilgan: «U aqlu idrokda Zebunisodek yagona bo'lib, Qo'qonning mashhur shoiralaridandur. Bir oy yuzlining taxallusi Mahzuna bo'lib... Men notavon turli o'y-fikrlar bilan unga qanday g'azallar yubormayin, ul pari chehra menga har baytimga gavhardek pok javoblar qaytarar edi». Mahzunaning devoni haqi­da ayrim ma'lumotlar mavjud bo'lsa-da, hali bu devon topilmagan. Uning Fazliy bilan mushoirasi shoira qobiliyatini namoyish etib turadi, mazmunan dunyoviy g'azallarga hamohang... Erlar bilan ayollar o'rtasidagi har qanday munosabatlar ta'qiqlangan bir davrda shoiraning Fazliy bilan mushoira qilganligi uning ijodiy jasoratidir.

  • Mahzunaning ayrim g'azallari qo'lyozma bayozlarda uchraydi.

  • Mushtariy. Saodat (1810, vafoti noma'lum) - o'zbek shoirasi, Xudoyorxon saroyida kotiblik, munshiylik qilgan. She'rlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqiradi. Jo-hil va tuban kishilardan nafratlanadi. Uning ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi o'rinda turadi. Shoiraning xalq og'zaki dostoni og'zaki adabiyotdagi «Orzigul» dostoniga mazmunan yaqin. O'zR FA Sharqshunoslik instituti fondida (inv. № 9922) Mushtariyning «Jamilai Dilorom» dostoni va xalq qo'shiqlari usulida yozilgan g'azallari mavjud.

  • Nodira. Mohlaroyim (1792, Andijon - 1842, Qo'qon) - o'zbek shoirasi, ma'rifatparvari, «Komila» va «Maknuna» taxalluslari bilan ham she'rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy ming qabilasidan, Qo'qon xoni Olimxonning tog'asi.

  • Olimxon ukasi Umarxonga Marg'ilon hokimligini beradi va 1808-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she'r yozishni mashq qiladi. Shoira Uvaysiy bilan tanishib, uni yosh bolalar va kanizaklarni o'qitish uchun muallima sifatida saroyga taklif qiladi.

  • 1892-yilda Umarxon vafot etib, uning 14 yoshli o'g'li Muhammad Alixon (Ma'dalixon) taxtga o'tiradi. Nodira bor imkoniyatdan foydalangan holda madaniyat va san'atni rivojlantirishga intiladi. Uning zamondoshi, saroy shoiri Hojar shunday deydi: «Umarxon vafotidan so'ng bu iffat sadafining in-jusi Farg'ona, Toshkent, Xo'jand, Andijon va boshqa shaharlarda fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni o'z xizmatiga chaqirtirib keldi».

  • Nodira bir necha kitoblarni ko'chirtiradi va shoirlarni yangi-yangi devonlar, asarlar, dostonlar yozishga tashviq qiladi. Devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini shoiraning shaxsan o'zi ko'zdan kechirib turadi. U yaxshi kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga ko'taradi.

  • Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvon­saroylar qurilishiga e'tibor beradi. Katta go'ristondagi «Madrasai Chalpak», Taqachilik rastasidagi «Mohlaroyim madrasasi», «Dahmai shohon»ni ham Nodira qurdirgan.

  • Amir Nasrullo 1842-yilda Qo'qonga bostirib kirib, uni talon-taroj qiladi. Sulton Mahmudxonni, uning akasi sobiq xon Muhammad Alini, Nodirani va bir necha zodagonlarni fojiali ravishda o'ldiradi.

  • Nodiraning adabiy merosi g'oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtayi nazaridan mumtoz she'riyatining go'zal namunalaridandir.

  • Nodira she'riyatining asosini lirika tashkil etadi. U muhab-bat, sadoqat va vafo kuychisidir. Shoira go'zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu-fig'onlarini kuylaydi.

  • Nodira mumtoz poeziyaning mavjud barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning o'zbekcha va tojikcha g'azallari 5, 7, 9, 13, hat-to 18 baytli hajm va aruzning turli vaznlarida yaratilgan. Shoira g'azallarining asosiy qismi 7-9 baytlidir. U mumtoz adabiyot an'analarini samimiyat va ixlos bilan davom ettiradi. Navoiy, Fu-zuliy, Bedil g'azallariga muxammaslar bog'laydi. O'z g'azallarida ko'proq «muqarrar» (so'zning takrorlanib kelishi) va «qo'sh muqarrar» usullarini qo'llaydi.

  • Shoiraning asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tashxis, intiq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo'llanilgan. Uning lirik g'azallari chuqur mazmundorligi, insoniylik mavzulari bilan o'sha zamondagi ilg'or g'oyalarni tarannum etadi.

  • Nodira tojik tilida ham go'zal, ta'sirchan she'rlar yozadi. Ular ham mazmun, ham badiiy mahorat jihatdan o'zbek tilidagi g'azallaridek yuksak darajada yozilgan bo'lib, shoira ijodini yana ham keng va to'laroq o'rganishda muhim rol o'ynaydi.



  • 7. ME'MORCHILIK VA SAN'AT



  • O'rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda xo'jalik tushkunlikka yuz tutib borayotgan va aholi turmushi tobora tubanlashayotgan bo'lsada, me'morchilik va san'at taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga guvoh bo'lamiz. Bu davrda qurilgan ulkan va go'zal me'morchilik yodgorliklari hozirgi kunda ham har qanday kishining diqqat-e'tiborini o'ziga tortadi. Buxoroda yaxlit yodgorlik tariqasida rejalanib amalga oshirilgan ajoyib me'morchilik ansambli - Registonning kun botishi tomonida 1712-yilda qurilgan Bolohovuz masjidi o'sha davrning eng yirik inshooti bo'lgan. Hukmdorning saroylari, masjidlari va tanga chiqarish muassasalari makoni bo'lgan Ark qurilish majmui ham XVIII-XIX asrlarda barpo etiladi.

  • XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me'morchilik sohasida xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O'sha davr yodgorliklari orasida ajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko'rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin) lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to'q ko'k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroy-li qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab-yashnaydi. Shahar ikki qismdan - Ichan (ichkari) qal'a va Dishan (tashqari) qal'adan iborat. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIII asr) - O'rta Osiyoning eng go'zal inshootlaridan hisoblanadi.

  • Sherg'ozixon (1718-1720), Qutlug' Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830-1838-yillar) o'ziga xos nafis va go'zaldir. Bu qurilish obidalari O'rta Osiyo me'morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.

  • XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligida ham xalq me'morchiligi rivojlanadi. Xonlik-ning markazi Qo'qon shahrida, Marg'ilon, Andijon, Namangan, Toshkent shaharlarida masjid, madrasalar, kutubxonalar quri-ladi. Binolarni bezatish uchun gul namunalari keng qo'llanilib, shiftlarga bo'yoqli naqshlar chizish, naqshlarni ganchga o'yib so-lish odat bo'ladi.

  • O'sha davrda har uchala xonlikda ham yuqoridagidek in-shoot qurilishi va hunarmandchilik san'atining turli yo'nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari yog'och va misga o'yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni, yarog'-aslahalar yasash va har xil uy-ro'zg'or buyumlari, matolar to'qish keng tarqaladi.

  • Qo'qon shahri o'ziga xos yodgorliklari bilan ham mashhur-dir. Bu borada Qo'qon shu kunga qadar saqlanib qolgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari bilan Samarqand, Xiva, Buxorodan keyin to'rtinchi o'rinda turadi. Bu borada xususan Xudoyorxon o'rdasi, Norbo'tabiy madrasasi, Madrasai Kamol qozi kabi bosh-qa o'nlab tarixiy obidalar diqqatga loyiqdir.

  • Ko'plab tarixiy me'moriy yodgorliklar urush, ob-havo va yer qimirlashlari - zilzilalar tufayli buzilib vayronaga aylanadi, yoki yo'q bo'lib ketadi. Jumladan, 1815-yilda Qo'qon shahrida yuz bergan zilzila oqibatida juda ko'plab odamlar uylar tagida qolib, halok bo'ldilar. Ayrim joylarda yerlar yorilib ketadi. Bir necha kishilar unga tushib halok bo'ladi. Yerdan tutun chiqib suv favvora bo'lib otilgan. Yer olti oy davomida silkinib turgan1.

  • Teatr san'atida masxarabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo'g'irchoqbozlik kabi tomosha ko'rinishlari keng tarqalgandi. Masalan Buxoro amirligining turli shaharlarida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla Masxara, Zokir Masxara, Ergach Masxara kabi artistlar «Rais», «Sudxo'rning o'limi», «Ko'histonlik domla», «Murabboshi» singari asarlarni2 sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.

  • XIX asrda qo'g'irchoq teatrining Shosolih, G'ofur, Halfarang (Qo'qon), Orifjon Qo'g'irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Tosh-kent), Shomuhitdin Shoazimov, Tursunboy Abduljabbarov (Marg'ilon), Siddiq Kalon, Jo'ra Qayroq, Hamro Qo'g'irchoqboz (Samarqand), Zarif Misgar, Sharif Sayyoh, Qori Hoji (Buxoro), Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo'lgan.

  • Xonliklar hududida raqs san'atining Farg'ona, Buxoro, Xo-razm va Tog'li usullari mavjud bo'lib, o'z navbatida ularning har biri o'ziga xos janr xususiyati va turlariga ega edi. Masalan: Farg'ona o'yin san'ati: «Katta o'yin», «Kema o'yin», «Xonaki o'yin», «Yalla», Xorazm o'yin san'ati: «Maqom o'yin», «Xonaki o'yin», «Lazgi», «Yalla», «Zangbozi»larni o'z ichiga olgan va hokazo. «Tog' o'yin» ko'proq O'zbekiston hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo'lib, «Besh qarsak», «Uch qarsak», «Dastbozi» kabi usullardan iborat edi.


    1. 1 УзР ФА IHapKiHyHocnMK института, Kyne'3Ma, инв. №954, 314-BapaR.

    2. 2 История y36eKwcraHa. Т. III, Т., <^aro>, 1993, 412 стр.

    Xulosa shuki, XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo'jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo'lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo'shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O'rta Osiyo va undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaver-di, ilg'or davlatlardan orqada qoldi.Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mu-taxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega ja-honga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish daraja-laridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyasining o'lkamizni nisbatan oson zabt etishi-da mana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikin»1.

  • Darhaqiqat, XVII-XIX asrlar jahon tarixiga moddiy va ma-daniy yuksalish davri bo'lib kirganligi ma'lum. Xususan, Yevro-padagi bir qator mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli daraja-da o'sdi, zavod-fabrikalar qurilib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temiryo'llar qurildi, dengiz yo'llari ochildi, mehnat unumdorligi oshdi, odamlarning moddiy va madaniy turmush darajasi ko'tarildi. O'rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy ja-rayonlardan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi2.

  • Bu qoloqlikning ildizi, sabablari bor edi.


    1. 1 KapuMoe И.А. TapMXME xorapacro RenasKaic йук. Т., «IHapK», 1998 йил, 9-бет.

    2. 2 УсмоновК.., Содицов М., Обломуродов Н. Узбекистан тapиxи. 1-кисм. A6-дуллa ^одирий нoмидaги xamc мероси нaшpиёти, Т., 2002 йил, 221-бет.

    Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo'lib kelgan mam-lakatning, yagona iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo'linib ketishi, xonliklar o'rtasidagi to'xtovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o'zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va urushlar butun mamlakatni vayron qiladi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chi-qaradi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo'lib qovu-shishiga, jipslashishiga xalaqit beradi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona vatan tushuncha-sining qadri anglab olinmadi.

  • Ikkinchidan, O'rta Osiyo davlatlarining asrlar davomida o'zgarmay kelayotgan davlat boshqaruv usuli, tizimi, tor doira-dagi hukmdorlar zulmi taraqqiyotga g'ov bo'lib keladi.

  • Uchinchidan, O'zbek xonliklari o'rtasida ichki iqtisodiy va savdo birligi shakllanmadi. Natijada bu davlatlar hududlarida yashagan xalqlar o'rtasida yagona xalq, yagona millat, yagona vatan his-tuyg'usi shakllanmadi. Aksincha, bunday olijanob his-tuyg'ularning rivojlanishi va kamol topishiga to'sqinlik qilindi. Bu XVII-XX asrlarda O'rta Osiyoda iqtisodiy va siyosiy hayot turg'unligining eng asosiy sabablaridan biri edi.

  • To'rtinchidan, qishloq xo'jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan iborat ishlab chiqarish munosabatlari saqlanib qolin-ganligidir. Yer barcha boyliklarning manbaidir. Unga bo'lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantiruvchi asosiy omil bo'lib hisoblanadi.

  • Yevropa va dunyodagi boshqa mamlakatlarda mavjud yerga egalik qilishning xususiy mulk shakli qishloq xo'jaligi taraqqiyo-ti va dastlabki kapital jamg'arish jarayonining qudratli vositasi bo'ldi. Osiyoda, jumladan, O'rta Osiyo xonliklarida esa mulk shakllari va dehqonchilik shakllari asrlar mobaynida o'zgarmadi, yerga xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosa-batlari o'zgarishsiz qolaverdi. Yerning asosiy egasi ilgarigidek oliy hukmdorligicha qoldi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan bir egasi bo'lib, yer ishlovchilarga dehqonlarga ijara tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerdan olinadigan hosil-ning egasi edi xolos. Shu bois, dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi. Hukmdor yerni foyda-lanish uchun mahalliy yer egalari va masjidlarga ulashardi.

  • Beshinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e'tibor kuchayma-di. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko'mir, neft kabi boyliklarga serob konlar bo'lsada, ularni qazib olish, tog'-kon ishlarini rivojlantirish, kemasozlikni yo'lga qo'yish masalalari hal qilinmadi.

  • Oltinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Da-romad iste'mol va qo'shin xarajatlarini zo'rg'a qoplab, kapital-ga aylanmadi. Pul, oltin, kumush xon va amaldorlarning xazina to'plash manbai bo'lib qolgan edi.

  • Yettinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O'rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.

  • Sakkizinchidan, XIX asr ikkinchi yarmida Vatan istiqboli uchun qayg'uradigan, odamlarni bir g'oya va bir ezgu maqsad yo'lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtira oladigan yo'lboshchi-sardor bo'lmadi. Buxoro amirligida ham, Qo'qon va Xiva xonliklarida ham shunday arbob tarix sahnasiga chiqma-di. Bosqinchilarga ko'ksini qalqon qilib ko'hna Turon jangovar shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umummil-liy makon, uy deb bilgan yurtboshi topilmadi1.

  • Xullas, O'rta Osiyodagi yuqorida tavsifilangan omillar, bu yerdagi iqtisodiy va harbiy tang holat o'ziga qo'shni bo'lgan mamlakatlarni o'z mustamlakasiga aylantirish siyosatini avj oldi-rayotgan chor Rossiyasi saltanatiga juda ham qo'l keldi. Minta-qadagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy qoloqlik, parokandalik, o'zaro nizo va urushlar pirovard natijada O'rta Osiyoning Rossiya impe-riyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishiga olib keldi.

  • Nazorat savollari

    1. 1 Узбекистоннинг янги TapioM. Биринчи китоб. Туркистон чор Россияси MycraMnaKa4i€mni дaвpидa. Тузувчшгар: X.. Содицов, F.UIaMcymduHos, П. Pae-mauos, К.. Усмонов. Т., «IHapK», 2000, 52-53-беттар.


    1. Ashtarxoniylar davlatining parchalanib ketishi sabablarini ko'rsating?

    2. Xonliklarni tashkil topishdagi tarixiy sharoit.

    3. Buxoro amirligi va Xiva xonligi munosabatlaridagi ziddiyatlarni sabab-lari nimada?

    4. Buxoro amirligi va Qo'qon xonligi o'rtasidagi o'zaro nizolarni sabablari nimada?

    5. Mang'itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi sabablarini ayting?

    6. Qo'ng'irotlar sulolasi davrida Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot.

    7. Qo'qon xonligida madaniy hayotni gullab-yashnashi.

    8. Xonliklar davrida me'morchilik va san'atni rivojlanishi.

    9. Xonliklar davrida ta'lim va madaniyatni ahvoli.

    10. Qoraqalpoqlarning etnik kelib chiqishi haqida qanday ma'lumotlarni bi-lasiz?

    11. VI asr - XIX asrning 1-yarmida qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotiga doir qanday manbalarni bilasiz?

    12. Xiva xonligi va Qoraqalpoq o'rtasidagi o'zaro savdo-sotiq munosabat-larining asl mohiyatini ayting.

    1. III B O B

    2. TURKISTONNING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI







    3. 1. TURKISTONNI ZABT ETISHNING BOSHLANISHI



    4. Rossiya hukmron doiralarining Turkiston yerlariga g'arazli maqsadlarda ko'z olaytirishlari hali o'lkada shayboniylar hukm-ronligi davom etayotgan davrlardan boshlangan. Kavkaz, Volgabo'yi, Sibir va O'rta Osiyo ustidan hukmronlik qilish rus podsholarining azaliy va asriy orzusi bo'lgan. «Grozno'y» laqabi bilan mashhur bo'lgan Ivan IV ning Moskva uchinchi Rim, to'rtinchi Rimning esa bo'lishi mumkin emas, degan so'zlarida ana shu maqsad ro'y-rost aks etgandi. Shu orzuni amalga oshi-rishni Ivan «Grozno'y»ning o'zi boshlab beradi, 1553-yili Qo-zon va 1556-yilda Ashtarxon xonliklarini bosib oladi. Moskva davlati 1581-yilda Sibirdagi musulmon podsholigiga hujum qilib, uni zabt etadi. Rus davlati O'rta Osiyo mintaqasiga ko'z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar haqida keng ko'lamda josuslik ma'lumotlarini to'play boshlaydi. Bu holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili Antoni Jen-kinson boshchiligidagi elchilarning faoliyatida yaqqol namoyon bo'ladi. Ingliz savdogarlari Antoni Jenkinson Richard va Ro­bert Jonsonlar 1558-1559-yillarda, Moskva savdo elchisi Ivan Danilovich Xoxlov 1621-yilda Xiva, Buxoro va Samarqandga asosan o'lkani o'rganish va josuslik ma'lumotlarini to'plash maqsadida kelgan edilar.


      1. 1 В.Р.Вежевский, Л.И.Нерлюев. «OpeH6yprcKmi KpaE». Iyo3oH, 1897, 1-жилд 136-6eT.

      Lekin Turkistonni Rossiyaga qaram qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri amaliy ochiq harakat Pyotr I davridan boshlanadi. U o'zining Sharqqa nisbatan tajovuzkorlik siyosatini, O'rta Osiyo va Hindiston yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o'tirmaydi. «Sharq bilan aloqada Qozog'iston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun millionlab mablag' sarflasa ham Qozog'istonni bo'ysundirish yoki hech bo'lmasa u yerda Rossiya ta'sirini o'rnatish zarurdir»1, deydi Pyotr I.

    5. Harbiy tarixchi K.Аbаzа «Zаvoevаniye Turkestаnа» (SPb, 1902) аsаridа yozishicha, Pyotr I Hindiston boyliklаrigа su-qulib qаrаyotgаn edi. U fаqаt qutey vаziyatni kutаrdi. Bundаy vаziyatni 1714^Ыа turkmаn zodаgonlаrining vаkili Xo'jа Nаfаs Peterburggа borib Аmudаryodа oltinli qumlаrning ko'pligi to'g'risidа bergаn mа'lumoti tezlаshtiradi. Oltin vа boy-lik vаsvаsаsi bilаn Pyotr I tаjovuzkorlik siyosаtini аmаlgа oshi-rish mаqsаdidа O'rta Osiyogа 1717-yildа biz yuqoridа olgаn knyaz Bekovich-Cherkаsskiyni1 kаttа qo'shin biten yu-boradi. Аmmo Xiva xoni Sherg'ozixon tomonidаn bu qo'shin bаtаmom qirib tаshlаnadi. Rossiya biten Xiva xonligi o'rtаsidа dushmanlik vаziyati kuchаydi. Pyotr I O'rta Osiyo yerlаrigа bo'lgаn o'z tаjovuzkorligidаn voz kechmаdi. U Buxorogа jo-suslik mаqsаdlаridа elchi qilib itаliyalik Florio Benevenini jo'^tadi. Bu sаfаr ham muvаffаqiyatsiz chiqadi vа Benevenining o'zi zo'rg^ jon sаqlаb qoladi vа fаqаt Pyotr I o'limidаn so'ng 1725^Ыа Rossiyagа qаytadi. Florio Beneveni hali Buxorodа bo'lgаn chog'idаyoq josuslik ishlаri bilаn shug'ullаnadi vа rus podshosigа yozgаn xatlаrining chetlаridа shifrovkа bilаn mаxfiy xabarlаrni yuboradi. shu xildаgi xatlаrdаn biridа bundаy xa-bar berilаdi: «Аmudаryo Sаmаrqаnd tog'lаridаn boshlаnаdi vа аyniqsа, oltingа boy qumlаri Bаdаhshondan Gioqchа dаryosigа oqib keladi. Yerli xalq tog'lаrdаgi yirik oltinlаrni qаzib olаdi. Shuningdek uter loyqа soy suvlаrigа qo'y terisini yoyib qo'yib, so'ngra oftobdа quritаdilаrdа, sof oltin zаrrаlаrini terib o^diter. Bu tog'lаrdа oltin vа kumush izlаsh mаn etilgаn, ukrni maxsus sаrbozlаr qo'riqlаydi.

    6. Buxoro yerlаridа mis, аchchiqtosh, ruh vа temir ham topi^i. Xivaning Shayxjаyli tog'lаridа kumush mа'dаnlаr mаvjud. Mаzkur kondаn xabar topgаn Xiva xoni Аrokxon qo'rqib ketib bir konchini йпЫаут ko'mdirib yuborgаn. Chunki xаzinа dаrаgi qo'shni xonliklаrgа yetib borsа ya^ g'аnimlik boshlаnishi mum-kin, edi».


      1. Cho'qintirish marosimida Aleksandr Bekovich - Cherkasskiy nomini olgan.

      Xususan, rus elchisi o'z shohigа shunday maslahat beradi: «Аgаr Siz o'z xаzinаngizni yanа boyitish niyatini hosil qi^ngiz bu joylаrgа tаdorlik ko'ring.

    7. Chor atrofdan ko'p xavf tug'ilmasligi ayon. Chunki, Xiva, Buxoro o'zbeklari, shuningdek Paytxon (atxoy)lar ham bir-birlari bilan urushib turadilar. Faqat hindlar tinch, ammo ularning ham knyazlari o'zaro urishishadi. Toshkentliklar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar hech qachon Sizga xalaqit bermaydilar».1

    8. «Aytishlaricha, - deb yozadi A.S.Pushkin, - Pyotr I o'limi oldidan ikki narsani amalga oshira olmagani uchun armon bilan ketayotganini aytgan; Prut yonidagi jangda Turkiyadan yengilganini va Bekovichning o'limi uchun Xivadan o'ch ololmagani uchun qattiq afsus chekkan.»2

    9. O'rta Osiyoni bosib olish maqsadida Pyotr I zamonidayoq Qozog'istonning zabt etilgan hududlarida harbiy qal'alar va istehkomlar qurila boshlangan edi. 1717-yilda Omsk, 1718-yilda Semipalatinsk, 1720-yilda Ust-Kamenogorsk, 1742-yilda Or en burg qal'alari quriladi. Faqat XVIII asrning o'zida Chor ma'murlari yovuz niyat bilan hozirgi Qozog'iston hududlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy qal'a va istehkomlar qurganlar. XVIII asrning boshlarida har uchala Juzning qozoqlari qalmiq (jungar)larning doimiy bosqini ostida og'ir ahvolga tushib qo-ladi. 1723-yilda ro'y bergan og'ir ocharchilik qozoqlarning o'z mustaqilliklarini saqlab qolishlarini xavf ostiga solib qo'yadi. Oqibatda katta Juz jungarlarga siyosiy qaram bo'lib qoladi. O'rta Juz Buxoroga ko'chib borib Buxoro xonligiga, Kichik Juzning bir qismi esa Xiva xonligiga tobe bo'ladi. Bunday og'ir vaziyat Katta va Kichik Juzning xoni Abulxayrxonni o'z hokimiyatini saqlab qolish va qalmiqlar xataridan saqlanish ilinjida chor ho-kimiyati bilan yaqinlashuvga majbur etadi. Ana shu tariqa 1731-yilda Kichik Juz, 1731-1740-yillarda esa Katta Juz qozoqlarining aksariyati rus davlatining tobeligiga o'tadi.3


      1. 1 «

      2. 2 O'sha joyda.

      3. 3 «IHapK юлдузи»1990 йил, 8-coh, 184-6e^

      Bu Pyotr I orzu-armonlarining ro'yobga chiqishining boshlanishi edi. Qozoqlarning rus fuqaroligini qabul qilishlari chor mustamlakachi ma'murlarining Turkiston yerlarini egal-lash borasidagi bosqinchilik harakatlariga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Biroq Yevropadagi davlatlar o'rtasidagi vaziyatning tobora taranglashib va chigallashib borishi, rus-turk urushi (1806­1812), rus-shved urushi (1808-1809), rus-fors urushi (1805-1813) va nihoyat Napoleonga qarshi 1805-1812-yillardagi to'qnashuv va urush, qolaversa, chor samoderjaviyasiga qarshi dekabristlar nomini olgan dvoryanlar qo'zg'oloni va uni bostirish chor huku-matining Turkistonga nisbatan bosqinchilik siyosatini ma'lum muddatga ortga cho'zilishiga sababchi bo'ladi. Biroq 1830-yillardan ma'lum darajada Yevropadagi janjalli voqealardan qo'li bo'shagan chor hukumati yana o'zining ayg'oqchilik va yovuzlik niyatlarini O'rta Osiyo hududlariga qaratadi. 1839-1840-yillarda podsho Nikolay I ning homiyligi va fatvosi bilan Orenburg har-biy gubernatori V.A.Perovskiy katta qo'shin bilan Xivani bo-sib olish niyatida yo'lga chiqadi. Maqtanchoq va bosar-tusarini bilmaydigan Perovskiy qo'shini tarkibida 2 ta zambarak, 40 arava, 5325 askar, 10 ming tuya bor edi. Ammo og'ir obi-havo sharoiti, yoqilg'ining yo'qligi, oziq-ovqat tanqisligi, kiyim-kechaklarning yaroqsizligi natijasida Perovskiy qo'shinlari yo'l-yo'lakay katta talofatlar berib Xivaga yurishni to'xtatib orqaga qaytadi.

    10. Chor hukumati XIX asrning o'rtalaridan boshlab o'zbek xonliklarining yerlarini bosib olishga astoydil kirishadi. Buning sabablari avvalo shundaki;

    11. Birinchidan, o'zbek xonliklari o'zaro mol-dunyo, davlat va yer talashib bir-birlarining tinka-madorlarini shu darajada quritgan edilarki, ular tashqi dushmanga qarshi birlashib kurashish u yoqda tursin, hatto o'zlarini biror bir darajada himoya qilishga ham qodir emas edilar. Bu hol chor ma'murlariga juda qo'l kelar edi.

    12. Ikkinchidan, chor Rossiyasining harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli shuni talab qilar ediki, rivojlanayotgan rus kapitalistlari uchun yangi-yangi bozorlar, foyda manbalari kerak edi. Rossiya sanoat korxonalariga esa tabiiy yer osti boyliklari, xom ashyo bazalari; paxta, ipak, qorako'l teri va boshqalar zarur edi. 1861-1862-yillardagi fuqarolar urushi tufayli Amerikadan keladigan paxtaning kamayib ketishi o'zbek paxtasiga bo'lgan talabni haddan tashqari oshirib yubordi.

    13. Uchinchidan, O'rta Osiyo masalasida ingliz-rus muno-sabatlarining keskinlashib borishi Rossiya bosqinining tez-lashishiga sabab bo'ldi. Rossiya hukmronlik doiralari XIX asrning boshidanoq ingliz josuslarining o'zbek xonliklaridagi xatti-harakatlarini ziyraklik va shubha bilan kuzatib bordilar. Darhaqiqat, Hindistonni Angliyaning mustamlakasiga aylan-tirgan Ost-Hindiston kompaniyasi oltinga boy, hamda iqtiso-diy va strategik ahamiyati katta bo'lgan Turkiston o'lkasidagi voqealarni anchadan beri diqqat bilan kuzatib borar va bu o'lkani o'z tasarrufiga olish uchun qulay paytni poylardi. Buni Ost-Hindiston kompaniyasining O'rta Osiyoga bir necha marta o'z razvedkachilarini yuborganliklaridan bilsa bo'ladi. Jumladan, 1824-yilda mazkur kompaniya ayg'oqchisi Murkfort Buxoroda bo'ladi biroq u qaytish chog'ida yo'lda halok bo'ladi. 1831-yilda Buxoroga A.Byorns tashrif buyurdi. 1843-yilda 33 yashar kapitan Ebbot Xivaga yuborildi. O'sha yili Volf Buxoroga kelgan edi. U 1838-yildan buyon Buxoro amiri Nasrulloxon zindonida saqlanayotgan polkovnik Stoddart bilan mayor Konollini (bular 1842-yili qatl etilgan) qutqarish niyatida edi.

    14. Ost-Hindiston kompaniyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligiga Rossiyaga qarshi ittifoq tuzishni taklif qiladi va birla-shib Rossiya tajovuziga qarshi kurashishni tavsiya etadi. Lekin bu takliflar amalga oshmaydi. Inglizlarning O'rta Osiyoni bo-sib olishdan iborat rejasining amalga oshuviga Hindiston bilan o'zbek xonliklari o'rtasida joylashgan Afg'oniston to'siq bo'ladi. Hatto 1838-1842-yillarda va 1878-1880-yillarda inglizlar bilan Afg'oniston o'rtasida ikki marta urush ham kelib chiqadi. Ammo inglizlar afg'on xalqining qarshiligini bostira olmaydilar. O'z milliy mustaqilligi uchun kurashga otlangan xalqni yengib bo'lmasligini o'sha d avr ingliz-afg'on urushlari ochiq-oydin ko'rsatadi. Albatta, Rossiya hukumati inglizlarning ishtahasi karnay bo'lib O'rta Osiyoga intilayotganligiga befarq qaray olmasdi va bu hududlarni tezroq egallash ishtiyoqida yonardi. Chor Rossiyasining Turkis-tonni bosib olishi podsho Aleksandr II hukmronligi davrida niho-yatda tezlashdi. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi to'rt bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich 1847-yildan boshlanib 1865-yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda Qo'qon xonligiga qarash-li hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich 1865-yildan boshlanib 1868-yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich 1873-1879-yillarni o'z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo'qon xonligi hududlari chor qo'shinlari tomonidan zabt etiladi. To'rtinchi bosqich 1880-
      1885-yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib olinadi.
      Rossiya dаvlаtining Turkiston yen^im bosib oHs!^ intilishining
      yangi to'lqini 1847^Ыа boshlаndi. Shu yili Sirdаryoning Orol
      dengizigа quyilаdigаn joyi - Rаim egаllаnib, Orol harbiy qаl'аsi
      bаrpo qilinadi. Orenburgdа «Nikolаy» vа «Konstаntin» degan
      kemаlаr qurilib, ulаr bo'lаk-bo'lаk keltirilib Orol dengi-

    15. zigа tushiriladi. Oq masjid (Qizil O'rdа), Turkiston, Chimkent, Аvliyootа, Pishpek, To'qmoq vа boshqa shаharlаrdа Qo'qon xonligining harbiy istehkomlаri mаvjud edi. 1852-yildа chor qo'shinlаri Oq masjidgа hujum qUadi^r, lekin uni qo'lgа kiritа olmаydilаr. 1853-yildа generаl Perovskiy boshchiligidа ikki ming аskаrdаn ortiq qo'shin Oq masjidgа ikkinchi mаrtа hujum uyush-tiradi. 22 kunlik qurshov vа jаngdаn so'ng chor аskаrlаri isteh-komni egаllаgаnlаr. Qаl'а himoyachilаridаn 74 kishi tirik qo^n xolos. Chor qo'shinlаridаn bor yo'g'i 25 kishi h^ok bo'lgаn vа 46 kishi yarador qilingаn. Istehkomgа «Perovskiy forti» nomi berilgan. Oq masjiddаgi mаg'lubiyat Qo'qon xonligini qаttiq tashvishlаntirdi. Tezlik biten Toshkentdа kuch to'plаnib hokim Sаbdаlxo'jа boshchiligidа 8 ming аskаrlik qo'shin vа ko'ngillilаr Oq masjidni qаytаrib olish uchun yo'lgа chiqadi. Lekin ikki o'rtаdаgi jаngdа uter yengilаdilаr. Vаtаn himoyachilаridаn 192 kishi h^ok bo'ladi. Qo'qon xonligi qo'shinlаri yarаdorlаrni 92 tuyagа ortib orqаgа chekinishgа mаjbur bo'ladilаr.

    16. 1853-yilning dekabr oyidа Yoqubbek boshchiligidаgi 13 ming kishilik qo'shin Oq masjidgа kelib ya^ dushman bilаn to'qnаshdi. Yurt himoyachilаridаn bu jаngdа minggа yaqin kishi o'ldirildi vа yarаdor qilindi. Bosqinchilаr fаqаt 55 аskаrlаrini yo^td^^ Bundаy ketmа-ket mаg'buliyatlаr Vаtаn himoyachilаri ruhini tushirmаdi. Ulаr 1855-yildа ya^ 1500 kishilik qo'shin bilаn Oq masjidgа otlаndilаr. Аmmo chor qo'shinlаrigа yangi kuchlаr ke­lib qo'shilgаnini eshitib, orqаgа qаytdilаr.

    17. 1854-yildа Olmаotа o'rnidа Verniy harbiy qаl'аsining qurilishi Turkistonni egallashdа hal qiluvchi o'rin tu^n istehkomlаrdаn bo'ldi.

    18. 1855-1857-yillаrdаgi Qrim urushi munosаbаti bilаn chor та'шшйап O'rta Osiyoni zаbt etish bo'yichra kаttа miqiyosdаgi harbiy harakatlarni olib borolmaydilar. Qrim urushidagi mag'-lubiyat O'rta Osiyoning Rossiya uchun siyosiy va strategik jihatdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Rossiya O'rta Osiyo uchun olib boriladigan raqobatli kurashda Buyuk Britaniya qirolligini nafaqat siyosiy-iqtisodiy va strategik jihatdan balki harbiy jihatdan ham mag'lubiyatga uchratish va Qrim urushidagi mag'lubiyat tufayli xalqaro maydonda bo'shashib qolgan obro'sini tiklashi ham mumkin edi. Chun-ki hind xalqining butun mamlakatni qoplab olgan va inglizlar tomonidan zo'rlik bilan bostirilgan 1857-yilgi qo'zg'oloni Bu-yuk Britaniyaning Hindistondagi mavqeyi uncha mustahkam emasligini ko'rsatdi. Shu boisdan Rossiya hukmron doiralari o'rtasida O'rta Osiyo muammosini tezroq hal qilishga chorlovchi xat, da'vat va takliflar 1860-yillarda tez-tez ko'zga tashlanadigan bo'lib qoldi. Jumladan, Orenburg general-gubernatori Katenin tashqi ishlar vaziriga yozgan xatida «O'rta Osiyo mulkiga hukm-ronligimizni o'rnatishimiz uchun albatta Turkiston va Toshkent-ni egallashimiz shart» deb ko'rsatdi. Uning fikricha, Toshkentni qo'lga kiritish Buxoro mulklariga qurolli kuchlar bilan borish uchun albatta zarurdir.

    19. 1862-yilda «Russkiy vestnik» oynomasi sahifalarida ham Turkiston yerlarini bosib olishga da'vat etuvchi bir qator shovi-nistik g'oyadagi maqolalar bosilib chiqarildi. «Golos» deb ata-luvchi liberal oynoma esa Hindistonni mustamlakaga aylantirgan inglizlardan namuna olishga da'vat qiladi, «Kaspiyni rus dengiziga aylantirish, O'rta Osiyoning ko'chmanchi elatlarini o'troq yashashga o'rgatish, bu saxroyilar bilan pachakilashib o'tirmay, ularni hattoki terror qilishga chaqirdi. Harbiy vazir D.A.Milyutin harbiy yurishlarning doimiy tarafdori edi. Shu bois u 1864-yil oktabrida tashqi ishlar vazirligi tomonidan pod-shoh uchun tayyorlangan agressiv xarakterdagi ma'ruza matnini batamom ma'qulladi. Bu matnda Rossiyaning Sharqqa intilishi oqlanadi, «Yarim yovvoyilar» qabilalari bilan to'qnashib qolgan damlarda o'ta tinchliksevar siyosatni saqlab qolishning imkoni yo'qligi xususida, Qo'qon xonligining tabiiy boyliklari bo'lmish paxta, ipak, qimmatbaho ma'danlar to'g'risida gap boradi. Xul-las, oltmishinchi yillar boshlarida Turkistonni bosib olish bo'yicha



    20. g'oyaviy tayyorgarlik ko'riladi. En-digi asosiy vazifa bu g'oyani amalga oshirishdan iborat edi.

    21. 1860-yilda polkovnik Simmer-man qo'shini Qo'qon xonligining 5 ming kishilik qo'shinini tor-mor kel-tirib, To'qmoq va Pishpak qal'alarini egalladi. Iliorti vodiysi Alatov okrugi deb o'zgartirildi. Xuddi shu yili 21-oktabrda polkovnik Kolpakovskiy otryadi Qora Kostek daryosi yon bag'ridagi Uzun yog'och soyidagi jangda Qo'qon xonligining 20 ming Polkovnik M.G. Chernyayev qo'shinini batamom qirib tashladi.

    22. 1861-1863-yillarda chor qo'shin-lari Qo'qon xonligiga bir necha zarbalar berdi. Bu davrda Qo'qon xonligiga qarashli Yangi Qo'rg'on, Din Qo'rg'on, Merka v a ikkin-chi marta Pishpek egallanadi.

    23. 1863-yil yozida polkovnik Chernyayev Orenburg general-gubernatori Bezakning roziligi bilan Sirdaryo yoqasidagi So'zoq qal'asini qo'lga kiritdi va uni tevarak-atrofdagi aholisi bilan birga «Rossiyaning mulki» deb e'lon qiladi.

    24. 1864-yil boshida Verniy (Olmaota) istehkomidan chiqqan 2500 kishilik Chernyayev boshchiligidagi chor qo'shinlari 4-iyunda Avliyootani egallaydi. Shahar ostonasidagi jangda vatanparvar kuchlarning 1500 kishilik qo'shinlari va xalq qasoskorlari mag'lubiyatga uchradilar. Himoyachilardan 307 kishi o'ldiriladi va 390 vatanparvar yarador bo'ladi. Chernyayev bilan izma-iz Perovskiy otryadidan chiqqan polkovnik Veryovkin guruhi esa Turkiston qal'asiga yurish qiladi va uni 12 kunda bosib oldi.

    25. 1864-yil 16-iyulga qadar chor armiyasi qo'shinlari ikki yo'nalish bo'yicha mustaqil harakatlarni davom ettiradi. Sibir-Yorkend tomonidan 8-G'arbiy Sibir, 21-Sibir kazak armiyasi batareyasi, Orenburg - Xiva yo'nalishi bo'yicha esa 4-Orenburg liniya bataloni, 1864-yildan boshlab 2-Orenburg liniya bata-lonining 1-vzvodi; 1865-yildan 6- va 9-Orenburg liniyalari bataloni, 4-G'arbiy Sibir bataloni janub tomondan o'z haraka­tini davom ettirib, shahar va qishloqlarni birin-ketin egallab bo-radi.

    26. Avliyoota va Turkistonning dushman tomonidan zabt etilishi butun Qo'qon xonligini oyoqqa turg'azdi. Toshkent shahri cho-rizm bosqinchilariga qarshi kurashning markaziga aylandi. Bu yerga Marg'ilondan, Yusufbek, Xo'janddan Mirza Ahmad Qush-begi qo'mondonligida qo'shinlar, Andijon, Namangan, O'sh va boshqa joylardan harbiy qismlar keltiriladi. To'plangan qo'shin va xalq qasoskorlariga Qo'qon xonligining lashkarboshisi mulla Alimqul boshchilik qiladi1. Vatanparvar kuchlar to'plangach duo fotiha olib Chimkent tomon ravona bo'ladilar.

    27. Chimkentda bir kecha-kunduz qattiq jang bo'ladi. Muhammad Solih o'zining «Tarixi jadidi Toshkand» asrida yozishicha: «So'ngra to'rt tomondan askarlar otdan tushdi va karnay sadolari ostida rus askarlariga qarshi hujumga o'tiladi. Himoyachilar 2-3 ming qadam yugurgach, dushmanning to'p va miltiqlaridan yomg'irdek yog'ilgan o'qlar ostida qoldilar». Oqibatda 12 ming kishi halok bo'ladi va yaralanadi. Ammo general Chernyayev boshchiligida chor qo'shinlari urushni davom ettira olmay Turkistonga qaytishga majbur bo'ladi. Jinay degan joyda bo'lgan jangda ham vatanparvarlarning qo'li baland kela-di. Vatan himoyachilari Iqon qal'asi uchun bo'lgan jangda ham g'alabaga erishadilar. Alimqul boshchiligida yurt himoyachilari urushni davom ettirish maqsadida tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaffarxonning Qo'qonga hujum qilganligi to'g'risida xabar oladi. Natijada lashkarboshi Alimqul qo'shinning katta bir qismini Chimkentda qoldirib o'zi Qo'qonga qaytishga majbur bo'ladi. Albatta bu hol dushmanga qo'l kela-di va Chernyayev 1864-yil 21-sentabrda Chimkentni jang bilan egallaydi. Shahar mudofaachilaridan ko'p kishi qirib tashlanadi.



    Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XONLIKLARNING DAVRIDA TA'LIM, FAN VA MADANIYAT

    Download 1.88 Mb.