• 3. JADIDCHILIK HARAKATI 7
  • Islom Karimov.
  • Sadullaxoja
  • Mulohaza uchun axborot
  • Zakiy Validiy Togonning esdaligidan
  • Ahmad Zakiy Validly logon . J , . °
  • O'LKADA DEMOKRATIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING AVJ OLISHI




    Download 1.88 Mb.
    bet16/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    2. O'LKADA DEMOKRATIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING AVJ OLISHI



  • Turkiston xalqlari chor Rossiyasi mustamlakachilik istib-dodi va zulmiga qarshi o'z erki, ozodligi va mustaqilligi uchun doimo faol kurash olib borganlar. Bu kurash 1905-1907-yillar-dagi rus burjua-demokratik inqilobi ta'sirida va xususan 1914-yilda boshlanib ketgan jahon urushining xalqqa keltirgan ofatlari, zulm-sitamlari tufayli yanada avj oldi. Birinchi rus inqilobining ta'sirida Turkiston o'lkasining Samarqand, Toshkent, Qizil Arvot, Chorjo'y, Ashxobod, Andijon, Qo'qon kabi shaharlarida ishchilarning chiqishlari, ommaviy ish tashlashlari va mitinglar bo'ldi. Namangan, Andijon, Farg'ona, O'sh uyezdlarining bir qator tumanlari va qishloqlarida ham dehqonlarning g'alayon va harakatlari kuzatilgan.

  • 1911-1913-yilda Farg'ona viloyati axborotlarida beril-gan ma'lumotlarga qaraganda «Idora tartibotlariga va jamoa osoyishtaligiga qarshi kurashlar» davomida 1911-yilda 833, 1913-yilda esa 1220 «jinoiy ish» ko'rilgan. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi, 1913-yilda esa 5394 kishi «jinoiy javobgarlik»ka tortilgan. Bu keltirilgan raqamlar mahalliy xalq o'rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash muttasil o'sib borganligini ko'rsatadi.

  • Bu davrda xalq ommasining kurash jarayoni shu darajada faollashdiki, hatto chor hukumatining Turkiston o'lkasidagi ishonchli tayanch bo'lgan qo'shinlari o'rtasida ham beqarorlik va norozilik to'lqinlari kuchayib bordi. 1912-yil yozida Turkiston sapyorlarining ko'targan qo'zg'oloni bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu qo'zg'olon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Qo'zg'olon qatnashchilaridan 14 kishi dorga osiladi. 18 kishi umrbod, 62 kishi

  • 15 yildan surgun qilindi va 288 kishi turli muddatlarda qamoq jazosiga hukm etiladi.

  • 1910-1914-yillarda Turkiston o'lkasida milliy o'zlikni anglash jarayoni kuchaya boshladi. Mustamlaka ma'muriyati idoralari 1911-yilda Farg'ona viloyatida «idora tartiblariga va jamoat osoyishtaligiga qarshi kurashdan guvohlik beruvchi 833 ta, 1913-yilda 1220 ta «jinoiy ish» qayd etganlar. Sirdaryo viloyatida esa shunday ayblar bilan 1911-yilda 3487 kishi 1913-yilda esa 5494 kishi javobgarlikka tortilgan. Bu raqamlar mahalliy xalq o'rtasida mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi kurash, muttasil o'sib borganligini ko'rsatadi.

  • 1914-1916-yillarda chor ma'murlarining jahon uru shi baho -nasida milliy mustamlakachilik zulmi va istibdodini kuchay-tirganliklari munosabati bilan Turkiston xalqlari yanada faolroq kurashga tortilganlar. 1914-yilning kuzida Sulyukta ko'mir konlari ishchilari, Yettisuv temiryo'llari xodimlari va Andijon pax-ta zavodi ishchilari 1916-yilda Toshkent va Qizil Arvot temiryo'l paravoz ta'mirlash korxonalari xizmatchilarining ish tashlash harakatlari Turkistonda kuchli ommaviy larzalar yaqinlashib kelayotganligidan darak berardi.



  • 3. JADIDCHILIK HARAKATI7



  • «Asrimiz boshlаridа jаdidlаrning o'z hisobidаn mаk-tаblаr, kut^xom^r, qiroаtxonаlаr, teаtrlаr, ro'zno-mаlат tashkil etgаnliklаrini, dаrsliklаr, qo'llаnmаlаr nashr qilgаnliklаrini, u^rni Turkiston bolаlаrigа bepul tаrqаtgаnliklаrini eshylik}}.

  • Islom Karimov.



  • XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jadidichilik harakati keng quloch yoyib rivojlandi. «Jadid» so'zi arabcha yangi usul degan ma'noni anglatadi. Jadidchilik harakati Turkistonda XIX asrning oxirida quruq madaniy-ma'rifiy harakatning, ya'ni eski maktablarning qiyin o'qitish tizimiga nisbatan yengil tovuch usuliga asoslangan yangi uslub (metod) asosida o'qitishga o'tishdangina iborat emasdi, ayni chog'da turk-islom huquqiy munosabatlarining millatga o'rgatilishi, milliy-ma'rifiy, taraqqiyot va milliy istiqlol muammolarini ham o'z ichiga olgan edi. Bu harakatning vujudga kelishida O'rta v a Yaqin Sharq mamlakatlarida keng quloch yoyib rivojlangan turli oqimlar va Turkiyadagi «Ittihodiy va taraqqiy», «Yosh turklar» harakatining ta'siri katta bo'ldi.

  • XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hamda demokratik harakat jarayoni asosan ikki yo'nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo'nalish chor Rossiyasiga qarshi kurashni tur-licha g'oya va yo'nalishlarda olib borish maqsadida Rossiyaning o'zida vujudga kelgan sotsial-demokratik kadetlar, eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning vakillari edilar. Hali bu guruhlar vakillari hatto oktabr to'ntarilishiga qadar ham o'lkada siyosiy partiya o'laroq uyushib shakllanmagan edilar. Chunki ular oz son-li va asosan kelgindi rusiy zabon millatlarning vakillaridan iborat bo'lganlar. Mahalliy xalq bu siyosiy guruhlarning birortasiga ham ommaviy sur'atda ergashmagan, ularni qo'llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga a'zo bo'lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa bo'lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g'ayridin-kofirlar deb, bosqinchi-mustamlakachilar deb qaraganlar. Bu siyosiy guruhlarning dastur maqsadlari, taktik kurash usullari mahalliy xalq g'oyasi va saviyasidan yiroq bo'lgan, ular bu dastur maqsadlar mohiyatini chuqur tushunib yetmaganlar va ularni qabul qilmaganlar.

  • Hali oktabr to'ntarishi yuz bermagan 1917-yil yozidayoq bir guruh andijonlik jadidlar bolsheviklar, mensheviklar, eserlarga xat yo'llab, ularning g'oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi o'zlariga singdira olmasliklarini bayon qilgan edilar. «Siz-ning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to'g'ri kelmaydi, -deyiladi o'sha xatda. - Shuning uchun kelguvsi davlatchilik hayo-tini birdaniga umum bir qolipga solish kerak emas. Umum qolip andozani bu yerda qo'llab bo'lmaydi ... Bizda sizning sof rus­cha ma'nodagi dehqonlar yo'q. G'arbiy Yevropacha ma'nodagi fermerlar va ijarachilar yo'q. Bizda erkin dehqon yashaydi. Ular hech qachon, hech qanday sharoitda krepostnoy qarolgina emas va balki ijarachi fermer ham bo'lmagan, erkin mulkdor bo'lib kel-gan. Muqaddas islom bizni hech qanday tabaqalarga va sinflarga bo'lmagan. Shuning uchun ham bizda sinfiy kurash uchun asos yo'qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh mulk-dor bo'lishidan qat'iy nazar teng huquqlidirlar».8

  • Sotsial-demokratlarda birlik bo'lmagan, ular ikki guruhga bo'lingan edilar. Bir guruhi bolsheviklar, ikkinchi guruhi esa mensheviklar deb atalgan. Ular bir-birlarini inkor etganlar. O'lkada proletariat-ishchilar hali sinf sifatida shakllanmagan edi. Asr boshida Turkistonda j ami bo'lib 34 ming ishchi bo'lgan, xolos. U ham bo'lsa asosan kichik-kichik korxonalar va temiryo'llarda ish laydigan xodimlar edilar. Xorazm, Qoraqalpog'iston, Qash qa daryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda ishchilar umuman bo'lmagan desa ham bo'ladi. Shu bois Turkiston o'lkasida marksizm-leninizmning yorqin ko'zga tashlanadigan bironta otashin vakili mahalliy xalq orasidan umuman yeti-shib chiqmagan. Bas shunday ekan, marksizm-leninizm bay-rog'i ostida Turkiston xalqlari inqilobiy harakatlarni amalga oshirdilar, deyishning o'zi mantiqsizlikdir. Bunday harakatlarni sabablar va taqdirlar bilan o'lkaga kelgan rusiy zabon millatlar vakillari amalga oshirganlar.

  • Ikkinchi yo'nalish Turkiston o'lkasida islom g'oyasi bir-ligi va jadidichilik harakati bayrog'i ostida faoliyat ko'rsatdi. Bu harakat o'lkadagi ijtimoiy-siyosiy faoliyatda asosiy kuch bo'lib mahalliy xalqlarning ongli qismi ularga ergashib borgan. Islom g'oyasi tarafdorlari va jadidchilar faoliyatida Rossiya ma'murlari o'zlarining asosiy raqiblarini ko'rganlar va ularga qarshi keskin kurash olib borganlar. Chor ma'murlari bu kurash-ni «panturkizm» («turkparastlik») va «panislomizm» («islom-parastlik») deb atalmish ataylab o'ylab chiqilgan g'oyalar asosida olib borganlar. Jadidlar harakatidagi asosiy va bosh g'oya mil-liy istiqlol, Turkistonda davlat mustaqilligi uchun kurash, turkiy xalqlar birligidan iborat bo'lgan.

  • Shu boisdan ham Turkiston xalqlari birinchi jahon uru-shi arafasi va yillarida Rossiya davlati tarkibida bo'lsalarda qardoshlik va diniy qarashlardan yaqin bo'lgan Turkiyani qo'l-lab-quvvatladilar, unga har tomonlama yordamlar uyushtirdilar. Chor ma'murlari Turkiston xalqlarining Turkiya, Afg'oniston, Eron va boshqa musulmon mamlakatlari bilan aloqalaridan o'lgudek qo'rqqanlar va o'z ayg'oqchilari yordamida bu munosabatlarni o'ta ziyraklik bilan kuzatib borganlar. Ular Turkistondagi har bir voqea, milliy ozodlik harakatida musul-mon davlatlari qo'lini ko'rganlar va uni oldini olish choralarini ishlab chiqqanlar. Masalan, Rossiya siyosiy razvedkasi va maxfiy politsiyasi bo'lgan Turkiston tuman muhofazasi bo'limi (TTMB) arxivida Turkiyaga xayrixoh ish ko'rayotgan o'zbek boylari va ziyolilari faoliyatiga oid ko'plab ayg'oqchilik ma'lumotlari saqlangan. TTMBning «O'ttizinchi», «Keldi», «Qori», «Turk», «Afandi» laqabidagi ayg'oqchilari maxsus ish bilan band bo'lgan. Shulardan ayrimlarini keltiramiz:

  • 1912-yil 23-oktabr «O'ttizinchi» axboroti:

  • - Toshkentdagi sartlardan biri menga aytishicha, musul-monlarning bari turklarning urushdagi (Serbiya bilan) mag'-lubiyatlaridan xafa bo'lmoqdalar. Turkiston musulmonlari o'rtasida Turkiyaga yordam berish uchun xayriya to'plash kuchaygan. Toshkent yaqinidan 40 ming so'm jo'natilgan. Buxorodan ham pullar kelgan. Ularning hammasi ziyoratchilar orqali jo'natilmoqda.

  • 1913-yil 19-aprel. «O'ttizinchi» axboroti:

  • - Qo'qonda Turkiya foydasiga pul to'planmoqda. O'tgan yili sentabrda 23000 so'm jo'natilgan. Hozir esa 16 ming so'm yig'ilgan. Ular mahalliy boylardan Solixjon Muhammadjonovda saqlanadi... Qo'qonda qandaydir sartdan qurol-yarog' transporti musodara qilingan. Bu qurol-yarog' Qo'qon stansiyasiga qand shaklida jo'natilgan.

  • 1916-yil 10 sentabr. «Afandi», «Turk» va «Keldi» axbo-rotlaridan parcha:

  • - Andijon tumanidagi Asaka qishlog'ida toshkentlik boy sart Said Qosim Ahmadboyev yashaydi. Katta do'koni va ancha yeri bor. U ko'pdan beri Turkiya bilan aloqada. Har yili unga paxta olib keluvchi aravakashlardan u Turkiyaga yordam uchun maxsus soliq oladi. Boyning yillik harakatdagi sarmoyasi 300000 so'm. Uning 25 qishloqda yeri 14 aravakashi bor. Andi-jonlik sarmoyador Mirkomil Mirmo'minboyev ham Turkiyaga yordam berganlikda, urushda Turkiyaning g'alabaga erishuviga ishonib targ'ibot olib borganlikda ayblanib chor ma'murlari tomonidan tergov qilingani haqida arxiv hujjatlari shohidlik be-rib turibdi.

  • Turkiston harbiy okrugi shtabi kontrrazvedka bo'limi boshlig'i, alohida jandarmlar korpusi podpolkovnigi Prigora va TTMB boshlig'i polkovnik Volkov o'rtasida 1914-1916-yillardagi yozishmalarda asosiy mavzu «Turk josuslari» haqida borgan. Ular fors fuqarosi Abbos Ali o'g'lini turk josusi Ahmad afandi deb hisoblab qamashgan. Uzoq tergovdan so'ng 1917-yil 22-fevralda siyosiy idoralar uning chindan ham fors fuqarosi Abbos o'g'li ekanini aniqlashdi. Shu birgina odam haqidagi ter-gov materiallari 89 betni tashkil qilgan.

  • Turkistonda jadidichilik harakatining katta ijtimoiy siyo-siy kuch sifatida maydonga chiqishida barcha shart-sharoit va omillar yetilgan edi. Ma'lumki, Yevropa XVIII-XIX asrlarda o'z boshidan texnika taraqqiyotini kechirib, XX asr madaniyati va turmushi uchun mustahkam poydevor yaratilgan edi. Osiyo, jumladan, Turkiston esa bu sohada orqada qolib ketgandi. Uchta o'zbek xonliklari (Buxoro, Xiva, Qo'qon)ning o'zaro birodarkushlik urush va nizolari, Rossiyaning bu davlatlarga bostirib kirishi, mintaqaning mustamlaka holatiga tushib qo-lishi, mustamlakachilik milliy zulmning o'rnatilishi va uning ku -chayib ketishi o'sha qoloqlikni yanada chuqurlashtirib yuborgan edi.

  • Qoloqlik va jaholatni, o'lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qo-lib ketgani, islom va shariat oyoq osti qilingani va bunday og'ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o'z zamonasining ilg'or, ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo'la boshladi. Ijtimoiy uyqudan uyg'onish, milliy uyg'onish tari-xiy zaruriyat bo'lib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, jadidichilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy taraqqiyotning talab vaehtiyojlariga javob tariqasida obyektiv ravishda maydonga kel-di. O'lkada millatning dard alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali, og'ir qismatini o'z qalbi va vujudidan o'tkazib, o'zining butun borlig'ini, aql-zakovatini, ongli hayotini erk ozodlik taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllanadi.

  • Turkistonda jadidchilikning maydonga kelishi va rivoj-lanishida Usmonli Turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, ma-daniy-mafkuraviy g'oya va harakatlarning ham ta'siri kuchli

  • bo'ldi.

  • Ayniqsa, Turkiya sultoni Abdulhamid II davrida (1876-1909) mamlakatni qoloqlikdan olib chiqishga qaratilgan islohotlar, qabul qilingan qator qonunlar va ularning hayotga tatbiq eti-lishi Turkiston xalqlari uchun ham ahamiyatli edi. Turkiyadagi progressiv islohotlar, Yevropa madaniyati va turmush tarzini mamlakatda keng omillashuviga olib keladi. Bu ijobiy tenden-siya Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Shuningdek XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va «Tarjimon» jaridasi (1883-yildan Qrimda chiqa boshlagan) tachkilotchisi Ismoil Gaspiralining faoliyati ham Tur-kiston jadidlariga juda kuchli ta'sir ko'rsatgan. Uning jadidchilik faoliyati butun Sharqda, jumladan, Turkistonda mashhur bo'lib ketgandi. Ismoil Gaspirali Turkistonda bo'lgan va o'zining o'tkir asarlari bilan o'lka jadidlarining dunyoqarashiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ayniqsa, yangi usul maktablarining vujudga kelishida turtki, namuna bo'lgan.

  • Bu vaqtda Turkistondan, Xiva xonligidan, Buxoro amirligidan Turkiyaga borib tahsil ko'rayotgan ko'plab ziyoli-lar, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, ilg'or Yevropa turmush tarzi, texnika taraqqiyoti, madaniyati, ma'rifatidan ta'sirlanish, unga havas bilan qarash, o'z vatanlarida ham bu kabi o'zgarishlar bo'lishini qo'msash his-tuyg'ulari uyg'ona boshlaydi.

  • 1889-yilda «Ittihod va taraqqiyot» nomli hurriyatparvar jamiyatlar butun Turkiya bo'ylab maydonga keladi.9 Turkiyada



    tahsil ko'rayotgan turkistonlik ziyolilar o'z vatanlariga qaytib ona yurtlarida ham o'shanday «Ittihod va taraqqiyot» jamiyatlarini tashkil etganlar.

  • Sobiq Ittifoq tashqi ishlar mi-
    nistrligi huzuridagi SSSR tashqi
    siyosati arxivida, O'zbekiston Res-
    publikasi Milliy xavfsizlik xizma-
    ti arxivida Turkiston «Ittihod va
    taraqqiyot»chilari haqida ko'plab
    manbalar saqlanib qolgan. Jadidchi-
    lik harakati faolllaridan biri, keyin-
    chalik sho'rolarga aldangan va rah-
    barlik lavozimlarida xizmat qilgan, Sa'dullaxo'ja

  • 30-yillar boshida qatag'on bo'lgan

  • Akbar Boytursunovich O'razaliyev 1925-yil 6-iyulda Moskvada Xitoyga diplomatik xizmatga ketish oldidan shaxsiy varaqasidagi «O'tmishda qanday partiyaga mansub edingiz?» degan anketa savoliga shunday javob yozgan: 1914-yildan 1917-yilgacha yosh o'zbeklarning «Ittihod va taraqqiyot» yashirin tashkiloti a'zosi bo'lganman»10. Mahbus Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev 1937-yil 1-avgustda tergovchining «Siz millatchi aksilinqilobiy tashkilotlar rahbari sifatida hibsga olingansiz? Shu ayb mazmuni bo'yicha ko'rsatma bering?» - degan savoliga shunday javob qilgan: «Ha, men aksilinqilobiy, millatchi tashkilotlarga rahbar bo'lganman. Millatchilik faoliyatimni 1905-1906-yillardagi «Taraqqiyparvar» nomli burjua millatchi tashkilotidan boshlaganman. 1912-yildan boshlab Andijon shahridagi bu tashkilotning rahbarlaridan biri bo'lganman...»11. Aftidan, qiynoq va azob berishlar mahbusni avvalgi faoliyatidagi voqealarni e'tirof etishga majbur qilgan bo'lsa kerak.

    1. Mulohaza uchun axborot



    1. «Azizim Ozodjon!

    2. Cho'lpon akaning Andijonda inqilobga dovur ko'rsatgan ij-timoiy, siyosiy faoliyati haqidagi materialni iltimosingizga ko'ra, sizga yubordim. Bu tarixiy haqqoniy material mening qo'limga yaqinda tushdi va meni qattiq hayratga va hayajonga soldi.






      1. Cho'lpon
      Bu tarixiy hujjat menga Cho'lpon aka bilan mening qarindoshlarim va yaqinlarim o'rtalarida bo'lgan mustahkam, uzilmas do'stlik rishta-larining siru asrorini ochib berdi. Andijonda chorizmga qarshi yashi -rin siyosiy jamiyat «Gap» bo'lib, uning faol tashkilotchilaridan biri Abdulhamid Sulaymon (Cho'lpon) ekan. Tazkirada nomi shariflari zikr etilgan taraqqiyparvar zotlardan bosh qa bu «gap» degan nomi bi-lan ish ko'rgan jamiyatga yana bir qancha ziyolilar, chunonchi: me-ning qarindoshlarim-pochchalarim Muhammadjon hoji, Hakimjon (Ma'ruf Hakimning otasi), Olimxon, Yaqub Sarkarovlar va ularning birgalikda rus-tuzem maktabida o'qigan qadrdon do'stlari Salohiddin Ashuraliyev... Qalandar Devonaboyev, Rahmatillo Sultonov (Cho'lpon bu kishi vafot etganda unga bag'ishlab marsiya yozgan edi)...

    3. Demak shoir Cho'lpon faqat zulmga qarshi she'r yozish bilan cheklanmagan, og'ir kishanlarni, baland dorlarni, sovuq va uzoq Sibir azoblarini ham pisand qilmagan mard, fidokor shoir ekan. Binobarin, Cho'lpon aka haqidagi kitobingizga uning yi-gitlik chog'ida Andijonda ko'rsatgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga 4-5 sahifa bag'ishlasangiz g'oyatda zo'r savob ish qilgan bo'larmidingiz... Yana o'zingiz bilasiz...

    4. Fikr-mulohazangizni aytursiz, degan umiddaman. Kamoli ehtirom bilan: Sizning Komil Yashin».1

    5. Taniqli adabiyotshunos olim, O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov: «Mazkur maktubni o'qib chiqqan har bir adabiyot ixlosmandi hayajonga tushmasdan qolmaydi. Chunki unda biz uchun g'oyatda qimmatli, g'oyatda muhim ma'lumotlar bor. Buni qarangki, Cho'lpon 1914-1915-yillardayoq ya'ni 17-18 yasharligidan boshlab mustabid chorizm zulmiga qarshi kurashga qo'shilgan, uning tevaragida esa, o'sha davrdagi Andijondagi ye-tuk ziyolilardan bir qanchasi bo'lgan ekan»12.



    6. Zakiy Validiy To'g'onning esdaligidan:



    7. «...Turkistonda tanishgan shaxslar orasida Nazir To'raqulov bilan Abdulhamid Sulaymon (Cho'lpon) menga alohida yaqin do'st bo'ldilar... Keyinroq o'zbeklarning eng buyuk shoiriga aylangan Cho'lpon o'sha vaqtda 15 yoshlarda bo'lgan bo'lsa kerak. Menga tarix kitobimni o'qib, ilhomlanganligi va fikrdosh-lik qilishimni aytib, xat yozdi. Andijonga uylariga mehmonga taklif qildi... Buyuk o'zbek shoirining o'zi bilan ham, uning mehmondo'st otasi bilan ham tanishib oldik... Sulaymon aka bilan xayrlashdik, u kishining menga qilgan sovg'alarini onamga olib bordim...»13.

    8. Cho'lpon 1914-yildan Qo'qonda «Sadoi Farg'ona» nomi bilan chiqayotgan jadid gazetasining Andijon dagi obunachi va e'lon qabul qiladigan vakili bo'lganligi gazeta sahifalarida qayd etil-gan. Cho'lpon bilan birmuncha vaqt birga ishlagan Ahmad Zakiy Validiyning guvohlik berishicha, bo'lg'usi shoir 1913-yildayoq Turk tarixiga doir asarlarni o'qib chiqqan, so'ngra «Turk yurdi» va «Say ra» kabi turkchilik nashrlarini kuzatar ekan»14.

    9. O'zbek ma'rifatchiligining to'ng'ich bo'g'iniga mansub mashhur murabbiy va jurnalist Mo'minjon Muhammadjonov 1916-yilda Cho'lpon bilan ilk bor uchrashgani xususida shunday yozgan:

    10. «Abdulhamid har kuni xususiy ravishda ruscha o'qir edi.



    11. Tatariston, Ozarboyjon, Hindis-

    12. tonda chiqadigan hamma gazeta

    13. va jurnallarga mushtariy bo'lib,

    14. ruscha gazetalarni ham o'qir edi»15.

    15. Andijondagi«Taraqqiyparvarlar»,

    16. «Padar kushchilar», «Gap»chilar

    17. nomi ostida faoliyat ko'rsatgan

    18. ijtimoiy-siyosiy jamiyatga man -

    19. sub yoshlar safida Usmonxon

    20. Eshonxo'ja o'g'li, Fozilbek Otabek

    21. qozi o'g'li, Akbar O'razaliyevlar

    22. bo'lgan. Usmon Eshonxo'ja o'g'li

    23. (1899-1937) Andijonning yangi

    24. shahridagi rus-tuzem maktabini,

    25. oliy boshlane'ish bilim yurti-Ahmad Zakiy Validly lo'g'on .J , . °

    26. ni, erlar gimnaziyasini bitirgan,

    27. muallimlik qilgan, «Turkestanskiy golos» gazetasida ishlagan. «Bu gazeta, - deb yozgan Usmonxon keyinchalik - butun Turkistonda o'zining inqilobiy yo'nalishi jihatidan yagona gazeta edi. Uning muharriri Turkistonda tanilgan sotsialist-revolyutsioner Vadim Chaykin edi»16.

    28. Fozilbek Otabek qozi o'g'li (1886-1938). Madrasani, rus-tuzem maktabini bitirgan, faol jadidchi. «Rossiya telegraf agentligi» (ROSTA) Turkiston bo'limi, Andijon shu'basi mudiri bo'lib xizmat qilgan. O'zbek italyan, fors tillarini bilgan, mohir publi tsist, tarjimon, olim.

    29. Akbar O'razaliyev (1890-1937) faol taraqqiyparvarchilardan. Uning 1917-yil 24-fevralda Turkiston general-gubernatori A.N.Kuropatkinga yozgan arizasida shunday satrlar bor: «... 1914-yilning 6-iyunida Andijon shahrida mahalliy havaskor sart yoshlari tomonidan ko'ngilochar kecha tashkil qilindi. Unda sart tilida Mahmudxo'ja Behbudiy yozgan «Padarkush» nomli pyesa ham qo'yilgan. Pyesa o'z mazmuniga ko'ra ibratli edi. Hozirgi zamon sartlari jamiyatning ma'naviy tushkunligi-ni ochib bergan. Shu kechada to'plangan mablag'ning bir qis­mi Andijondagi erkaklar progimnaziyasi foydasiga, qolgan qis-mi esa ko'ngilochar boshqa muassasalar foydasiga sarflangan. Bu kechani o'tkazish uchun mahalliy rus hukumatining roziligi olingan. Bu pyesani sevib, uni o'ynaganlardan biri men edim...»17.

    30. Bu o'rinda Andijondagi «Taraqqiyparvarlar»ning tahsinga sazovor tashabbuslaridan birini eslash ham joizdir, 1917-yilning 19-fevralida shahardagi mah alliy jamoat arboblari, ma'rifatparvar tashkilotlar vakillari, jadidlarning Farg'ona vodiysida zamonaviy institut ochishga bag'ishlangan yig'ilishi bo'ladi. Yig'ilish kech-qurun yetti yarimda boshlanib tungi 3 gasha davom etadi. P.M.Turniyeyev, P.N.Sheremetyevskiy, V.A. Chaykin va boshqa ko'plab notiqlar o'z so'zlarida Farg'ona oliy texnika maktabi ochish zarurligini har jihatdan asoslab beradilar. Soat 11 ga borib jamoat tashkilotlari va ayrim shaxslardan institut ochish uchun 40 000 so'mlik hayriya jamg'armasi tashkil bo'ladi. Bu jamg'arma tarkibida ko'plab taraqqiyparvarlar bo'lgan. Ma'rifat havaskorlari jamiyati 5000 so'm, millioner boy, jadid Ahmadbek hoji Temurbekov 25000 so'm hadya etadi. «Sahovatli boy, o'zbek milliy sarmoyadorlarining tipik vakili Ahmadbek hoji keyin yana ko'p mablag' ajratishga va'da qiladi... Yig'ilishda institut ochish ni hal etish ushun 15 nafar a'zodan iborat tashkiliy qo'mita saylanadi... Xuddi shunday tashkiliy qo'mitalar, institut ochish hayriya fondlari vodiyning Qo'qon, Namangan, O'sh, Skobelev shaharlarida ham tashkil etilib, ularda jamiyatlar xizmati katta bo'ladi»18. O'zbek ma'rifatparvarlari qudratli guruhining faoliyati haqida rus mahfiy politsiyasi TTMB katta m a'lumot to'plagan edi. U Turkiston yoshlarining Turkiya bilan aloqasidan cho'chigan va yosh turklar ta'sirini yo'qotish choralarini izlagan. TTMB arxivida Mirza Ahmad Qushbegiyevning «Taraqqiyparvarlar jamiyati g'oyalari ocherki» deb nomlangan ma'lumotnomasi bu jihatdan diqqatga sazovordir. «Taraqqiyparvarlar» jamiyatining bosh g'oyasi, - deb yozgan A. Qushbegiyev, - yosh turklar taraqqiyotiga taqlid etishdir. Ularning rejasi xalqqa siyosiy va ichki erkinlik berish. Ular aholi o'rtasida o'z e'tiborlarini siyosat va din zaminidagi harakatlari bilan amalga oshirishni rejalash­


    31. tirishgan. Ular o'zlarini xalqni rus va mahalliy ma'muriyat zulmidan xalos etishga qaratilgan siyosatni olib boruvchilar qi-lib ko'rsatishga intilishadi, rus tili va ma'lumotini egallagan va rus elementlari doirasida yuruvchi yoshlarning ko'pchiligi ularga xayrixoh va g'oyalarini tarqatishda yaqindan yordamlashadi»19.

    32. TTMB turklarga xayrixoh yoshlar safidan eng xavflisi deb Munavvar Qoridan so'ng uning do'sti Ubaydulla Asadul-laxo'jayevni bilgan va uni tezda ro'yxatga olgan. U maxfiy ayg'oq-chi ta'rificha, «rus tili va ma'lumotini egallagan yoshlar dan» edi. Toshkent eski shaharining «Qoryog'di» mahallasida bog'bon Asadulla Mahsum oilasida dunyoga kelgan Ubaydullaxo'ja rus-tuzem maktabini bitirgach, kelishtiruvchi sudya idorasida til-moch sifatida faoliyatini boshlagan. Uning uquvligi, aql-idroki va bilimga chanqoqligi sudya e'tiborini o'ziga jalb qiladi. Saratov shahriga jo'nashga to'g'ri kelganda Ubaydullani ham o'zi bilan olib ketib, unga ustoz bo'lishining sababi ham shu edi. Saratovda u adliya bo'yicha mutaxassislikni o'rganib, ham nazariy, ham



      amaliy bilimlarni egallaydi. O'sha yillarda u rus inqilobiy g'oyalariga qiziqib, eserlar bilan yaqinlashadi.

    33. Ubaydullaxo'ja 1909-yilda Lev Tol-

    34. stoyga xat yozgani va uning ta'limoti

    35. haqida o'z fikr-mulohazalarini bil-

    36. dirgani diqqatga sazo vor. Buyuk

    37. adibning yosh o'zbek yigiti maktubiga

    38. javob yozib, Saratovga yo'llagani ham

    39. Ubaydullaning aql-zakovati ulug'

    40. yozuvchi e'tiborini jalb qilganidan

    41. dalolat beradi. U sotsial-demokrat,

    42. eserlar dasturi bilan tanishadi va

    43. o'z dunyoqarashini shakllantirishda


    44. Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'LKADA DEMOKRATIK VA MILLIY OZODLIK HARAKATLARINING AVJ OLISHI

    Download 1.88 Mb.