• VIII. Aleksandr II tomonidan 1864-yilda sud nizomlarining joriy etilishidan songgi umumsaltanat sudi (XX asr boshlari)
  • 2. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI KURASH
  • 3. DARVISHXON BOSHCHILIGIDAGI QOZGOLON
  • 4. TOSHKENT QOZGOLONI
  • 5. 1898-YILGI ANDIJON QOZGOLONI
  • Turkiston o'lkasi TRMB ga bo'ysunuvchi politsiya jandarm boshqarmasi bo'limi




    Download 1.88 Mb.
    bet14/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20

    2.Turkiston o'lkasi TRMB ga bo'ysunuvchi politsiya jandarm boshqarmasi bo'limi



  • TRMB

    1. Krasnovodsk bo'limi

    2. Samarqand bo'limi

    3. Farg'ona bo'limi



    1. Ashxobod bo'limi

    2. Chorjo'y bo'limi

    3. Marg'ilon bo'limi



    1. Marv bo'limi

    2. Murg'ob bo'limi

    3. Sirdaryo bo'limi



    1. VIII. Aleksandr II tomonidan 1864-yilda sud nizomlarining joriy etilishidan so'nggi umumsaltanat sudi (XX asr boshlari)



    2. Toshkent sud palatasi



      1. Prokuror



      1. Okrug sudi



      1. Prokuror o'rindoshi

      1. O'ta muhim ishlar

      2. bo'yicha tergovchilar









      1. R

      1. is

      1. Advokat









      1. Xalq qozilari

      2. 1 1

      1. Tergovchilar 1



    3. Maslahatchilar



    4. Sudyalikka nomzodlar ning chekkalariga 5 yil muddatga surgun qilishi huquqi qonunan mustahkamlangan edi. U harbiy bo'lmagan fuqarolar ustidan har-biy sudlar hukmini tasdiqlashdek ichki ishlar vaziri vakolatlarini ham o'z qo'lida jamlagan. Viloyatlarning harbiy gubernatorlari, tumanboshilar, qasaba pristavlari ham politsiya generallari va zobitlari vakolatlariga ega bo'lganlar. Bundan tashqari, o'lkada ichki ishlar vazirligining idoralari, uning vakillari ham shunga muvofiq ush ko'rishgan.

    5. Turkiston shaharlarida politmeyster lavozimi joriy etilib, ularning huquqlari ham tumanboshilar huquqlari bilan tenglash-tiriladi.

    6. Toshkentda yangi va eski shahar politmeysterlari ish olib borgan. Ularga politsiya pristavlari bo'ysungan. Mahalliy ma'muriyat - volost boshqaruvchilari va oqsoqollar ham quyi mirshablik zobitlari vakolatlariga ega bo'lib, ularga yollangan mirshablar xizmat qilgan1.

    7. Mustamlakachilik ma'muriyatining muhim huquqiy bo'g'ini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko'rinishga ega bo'lib, sudlar va xalq sudlaridan tashkil topgan. Ularning birinchisi sof mustamlakachilik shaklida bo'lsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Sudlar hududiy bo'linishga ko'ra, tuman sudlari, xalq palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, dunyoviy masalalar bo'yicha ish yurituvchi sudlar qurultoylari, harbiy sud komissiyalaridan iborat bo'lgan.

    8. 1886-yildagi «Nizom»ga ko'ra m avjud sud tartiblari saqlangan holda unga ayrim o'zgarishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qi-lindi. O'lkada viloyat sudlari tashkil etildi. Viloyat prokurori va uning yordamchisi muovini, sud tergovchisi lavozimlari joriy eti-

    9. ladi.

    10. Imperiya sudida mustamlakachilik tuzumiga qarshi maq-sadlarda sodir etilgan «jinoyat»lar ko'rilgan. Uning asosiy vazifasi mahalliy xalq orasidan chiqqan vatanparvarlarning davlat hokimiyatini ag'darish maqsadida harakat qilgan siyosiy «jinoyat»chilik ishlari ustidan hukm chiqarish edi.


      1. 1 y36eKwcroHmiHr янги TaproM. Биринчи китоб... 207-6eT.

      Rus imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud islohoti tizimlari 1893-yil 2-iyunda tasdiqlandi. Toshkent shahrida sud palatasi, Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlarida bittadan okrug sudlari ta'sis qilinadi.

    11. 1899-yil 14-mayda Toshkent sud palatasining tantanali ochi-lish marosimi bo'ladi. U o'lkaning barcha sud organlari faoliyatini boshqarar va nazorat qilar edi.

    12. Chor hukumatining siyosiy tusga ega bo'lmagan barcha fuqarolik ishlari shariat va biy sudlariga topshirilgan edi. Mustam-lakachilar shariat qonun-qoidalaridan istibdod negiziga qurilgan o'z tuzumlarini o'lkada barqaror qilishda unumli foydalanganlar. Shu maqsadda uni uch xil qilib tuzishgan. Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona va Yettisuv viloyatlarining o'troq aholisi uchun qozilar sudi, shu viloyatlarning ko'chmanchi aholisi uchun biy sudlari hamda Kaspiyorti viloyati uchun maxsus xalq sudlari faoliyat ko'rsatgan1.

    13. Avval Toshkentda, so'ngra boshqa shaharlarda shahar dumalari tashkil etiladi. 1877-yilda maxsus Muvaqqat ko-missiya tuzilib, saylovlar, saylovchilar mulkdorlik darajasiga qarab uch toifaga ajratiladi. Bunda shahar ziyolilari, ishchilar va hunarmandlar yetarli miqdorda mulki bo'lmaganligi uchun saylov huquqidan mahrum etiladi.

    14. 2400 saylovchi ishtirokida o'tgan yig'inda shahar dumasi va boshqarmasi saylanadi. Ruslar uchun noiblarning uchdan ikki qismi miqdorida o'rin ajratiladi.

    15. Shahar boshqaruvi faoliyatini nazorat qiluvchi viloyat idorasi tuziladi. Uning raisi Sirdaryo harbiy gubernatori edi. 1888-yilda rus imperatori Toshkentni boshqarish ishini ma'qullagani holda uni nazorat qilishni general-gubernatorga topshiradi.

    16. Ichki ishlar vaziri huquqi harbiy okrug qo'mondoni zimmasiga yuklanadi. Duma oqsoqoli harbiy vazir tomonidan tayinlanadi.


      1. 1 Бобобеков X, Каримов Ш, Содицов М, Усмонов К,, Холбоев С, Шамсутдинов Р. Узбeкиcтoн Taprnxrn. lyrnci^a MabnyMoTHoMa. Т., «IHapK», 2000. 182-184^^^.

      Toshkent shahar dumasining oqsoqoli vazifasini 1877-yildan 1907-yilgacha shahar boshlig'i — hokim to'raning o'zi boshqargani ham mustamlaka ma'muriyatining qiyofasini ko'r-satib turibdi. Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori 1885-yil 15-sentabrda podshoga yo'llagan maktubida yana ham kengroq huquq berilishini so'rab yozadi: «Shaharning ma'muriy-politsiya hokimiyatiga... to'la itoatkorligini hisobga olib, ana shu itoatkorlik qonunlashtirib qo'yilsa, ya'ni shahar oqsoqoli lavozimi shahar boshlig'i lavozimi bilan qo'shib yuborilsa...» Amalda shunday bo'lganini ziyrak zamondoshlardan biri bunday e'tirof etgan: «Saylanadigan shahar oqsoqoli mahalliy aholi ko'z o'ngida do-imo boy, savdogar qiyofasida gavdalansa, shahar boshlig'i esa hokim to'radir»1.

    17. Rusiya imperiyasida amalda bo'lgan shaharga oid ikkita ni-zom (1870, 1892-yilgi) Turkistonda faqat Toshkent va Yettisuv-dagi Verniy (hozirgi Almati) shaharlarida qo'llanilib, boshqa shaharlarda joriy etilmadi. Rus ma'muriyati Toshkent tajribasi «bu chorani Turkiston o'lkasidagi boshqa shaharlarga qo'llash-ning foydasi haqida fikr yuritishga erta» degan tahqiromuz xulosaga kelgan edi. Shahar ma'muriy-politsiya tartib qoidalari asosida boshqarildi.

    18. Ma'lumotlarga qaraganda, 1870-yilda Toshkentda 80 mingga yaqin aholi yashagan. Ulardan 7 mingga yaqin kishi dehqon, 6 ming kishi hunarmand, 4 ming kishi savdogar, 4 ming kishi mardikor bo'lgan.

    19. XIX asr oxirlarida Toshkentda 20 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta karvonsaroy, 11 mingta loy suvoqli paxsa uylar bo'lib, shahar aholisining soni tobora oshib borgan.

    20. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy mar-kazi bo'lgan Toshkent shahri o'lka madaniy hayotining asosiy o'chog'i hisoblangan.

    21. Chor mustamlakachilari qishloqlarni boshqarishda 1867-yilgi Turkiston general-gubernatorligining viloyatlarni bosh-qarish haqidagi «Vaqtli Nizom loyihasi» deb atalgan hujjatlar majmuasiga amal qiladilar. Unga ko'ra ko'chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovullar), o'troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etiladi.


      1. 1 Уз6eкистoннинг янги TaproM. Биринчи китоб... 207-6eT.

      Volost asosini ming xonadondan ikki ming xonadongacha, ovul jamoalarini esa yuz o'tovdan ikki yuz o'tovga qadar aholi tashkil etgan. Chorizm bu o'zgarishlar bilan ko'chmanchi aholining urug'chilik asosidagi tarixiy bo'linishini bekor qiladi.

    22. 1886-yilda kuchga kirgan «Turkiston o'lkasini boshqarish ha-qidagi Nizom» bo'yicha o'troq aholining bir bosqichli boshqaruvi ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqollar volostlarga birlashtiriladi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig'ini barcha saylovchilar yig'ilishi bilan almashtiriladi.

    23. Shaharlar o'zlarining tutgan mavqeiga ko'ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy va madaniy markazlar vazifasini bajarar edi. Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Andijon, Marg'ilon, Namangan, Ashxobod (hozirgi Ashgobod) o'lkaning yirik shaharlari edi. Bundan tash-qari mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan Chimkent, Jizzax, Qar-shi, Termiz va Kattag'o'rg'on kabi shaharlarda iqtisodiy hayot rivojlana boradi.

    24. Bosqinchilarning O'rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishlari natijasida yangi shaharlar ham paydo bo'ladi. Jumladan, Kazalinsk, Petro-Aleksandrovsk (To'rtko'l), Skobelev (Farg'ona), Chernyayevka(Avliyoota) kabi shaharlar shu tariqa vujudga ke-ladi. Bosib olingan shaharlarda ruslar uchun maxsus ajratilgan manzilgohlar paydo bo'ladi. Shaharlar ikki qismga bo'linib, biri eski shahar (mahalliy aholi yashaydigan qism) va ikkinchisi yangi shahar (ruslar yashaydigan qism) deb ataladigan bo'ldi. Masalan, Toshkentning rus qismini tashkil qilish uchun maxsus qo'mita tu-ziladi. Rejaga kirgan joylardan mahalliy aholiga mansub yuzlab oilalar zo'ravonlik bilan ko'chiriladi. Ularga yangi hovli, yer olish uchun yordam berilmaydi. Hovlilar buzib tashlanib, Yevropa va rus muhitidagi toifalar bo'yicha zobit va amaldorlar uchun uylar, oromgohlar, keng ko'chalar quriladi. Eski shaharning ya'ni o'zbeklar yashaydigan qism aholisining mustamlakachilar yashaydigan shahar qismiga o'tishi qat'iyan taqiqlanadi. Tosh-kentning yangi shaharini bunyod etish uchun katta mablag' talab qilinardi. Bu mablag'lar ko'proq eski shahar aholisi daromadi hisobidan qoplanardi.

    25. Toshkent, Xo'jand, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pet-rovsk, Kazalinsk kabi shaharlarda savdo-sotiq, sanoat va hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi rus fuqarolariga juda ko'p imtiyozlar beriladi. Ayni choqda musulmonlarning ulardan har tomonlama kuchayib ketmasligi choralari ko'rib boriladi.

    26. Chor mustamlakachilari yer egaligi va suvdan foydalanish masalalarini hal etishga dastlabki davrda to'g'ridan to'g'ri yor­damlashmadilar. Chorizm istilo qilgan vaqtda o'lkadagi yer-suv davlat mulki, vaqf va xususiy mulkdan iborat bo'lgan. Deh qonchilik va chorvachilik xo'jalik yuritishning asosiy tar-moqlari hisoblangan. Sun'iy sug'oriladigan yerlar dehqonchilik rivojlanishida asosiy negiz edi. Shuning uchun dehqonchilikni rivojlantirishda irrigatsiyaning ahamiyati juda katta bo'lgan. Irrigatsiya rivojlanishida miroblar alohida o'rin tutganlar.

    27. 1873-yilda general fon Kaufman rus podshosiga Turkistonda yerga egalik tuzilishini o'zgartirish loyihasini taqdim etadi. Loyihaga ko'ra amlok yerlar uni ishlatib turgan odamlar tasarrufiga o'tishi lozim edi. Bu qoidani vaqf yerlariga ham joriy qilish to'g'risidagi loyiha taklifi esa rad etiladi.

    28. Ammo fon Kaufman o'z so'zida qat'iy turib oladi. U mas'uliyatni o'z zimmasiga olib, yer masalasiga doir bir qancha tadbirlarni amalga oshiradi. Jumladan, yer haqiqatda kimning qo'lida ekanligini e'tiborga olish to'g'risida farmoyish beradi. Shunga muvofiq juda ko'p yerlar davlat hisobiga o'tkaziladi. Ayni chog'da mulkiy yerlarga va hatto vaqf yerlariga ham soliq joriy etiladi. 1886-yilda Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi yangi Nizomga muvofiq yer munosabatlariga doir bir qancha tadbirlar amalga oshiriladi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad mahalliy boy-zodagonlarni zaiflashtirish va mustamlakachilar hokimiyatini kuchaytirish edi.

    29. Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko'zlangan bosh maqsad va asosiy yo'nalishlarini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein shunday ifodalagan: «Bu O'rta Osiyo masalasida uch lavha mavjud. Agar birinchisiga yarqirab turgan yozuv «Paxta» bo'lsa, ikkinchisida «Sug'orish» va nihoyat, uchinchisida soyalanib turgan bo'lsa ham aslida hammasidan muhimi «ruslarni keltirib o'rnashtirish» yozuvi tu-ribdi».

    30. Chor ma'murlari Turkiston o'lkasida olib borgan mustamla-kachilik siyosatlarida o'z oldilariga bosh maqsad qilib ruslashtirish siyosatini qo'ydilar. Bu boradagi eng muhim va boshlang'ich qadam Rossiya hududlaridagi xalqlarni Turkiston yerlariga ko'chirishdan iborat bo'ladi. Chorizmning ko'chirish siyosatining mohiyati shundan iborat ediki ko'chirma xo'jaliklar uchun yer fondi mahalliy xalqning yerga bo'lgan huquqlarini o'taketgan darajada buzish yo'li bilan tuzilgan Rossiyadan dehqonlarni u yerga ko'chirish esa, chekka o'lkalarni ruslashtirish maqsadini ko'zlab millatchilik tamoyili asosida amalga oshirilgan.

    31. 1869-yildayoq Yettisuvdagi dehqonlar manzilgohlari to'g'ri-sidagi qoidalar ishlab chiqilgan bo'lib, bu qoidalar ruslarning turkistonlilar yurtiga ko'plab ko'chib kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratib berardi. 1868-1882-yillarda Yettisuvda har birida 250 aholi bo'lgan 29 rus qishlog'i tuziladi. Shu davrda Sirdaryo viloyatida bunday qishloqlar 19 ta bo'lib 1300 aholini o'z qamroviga olardi. Xususan 1891-yildagi Rusiyada ro'y bergan ochlikdan so'ng O'rta Osiyoga bamisoli vabodek yopirilib ke-layotgan rus oilalari oqimi kuchaydi. 1906-yilda o'lkaning besh viloyatida 451 ming tanob yerga ega bo'lgan 136 rus posyolkalari paydo bo'ladi. Har bir xo'jalikning tomorqasi 34,5 tanobdan iborat edi. Turkistondagi eng yaxshi yerlarga egalik qilgan bunday rus xonadonlari 1916-yilga kelganda 2.659 ming desyatina yerni o'ziniki qilib olgan 336 ming oiladan iborat edi. Bu o'lka umumiy aholisining 4,5 foizini tashkil etardi. Bundan tashqari 14 million desyatina yer bevosita davlat xazinasi ixtiyoriga olinadi. 190 ming desyatina yerni esa rus plantatorlari va pomeshchiklari o'zlariniki qilib oldilar. Eng katta yer egasi bo'lgan podsho Nikolay II ning birgina Murg'ob vohasidagi yerlari 104 desyatinaga teng edi.

    32. 1886-yilda chor hukumati yer islohoti o'tkazadi. Mustam-lakachilik xarakteridagi bu yer islohoti natijasida barcha seru-num va sug'oriladigan yerlar boylar va zamindorlar qo'liga o'tib ketadi, kambag'al dehqon xo'jaliklari yanada qashshoqlashdi va xonavayron bo'ladi.1889-1893-yillarda bunday xonavayron bo'lgan dehqonlar o'z bisotlaridagi 15.588 desyatina yerni sotib yuboradilar.

    33. AQSHdan paxta olishdan deyarli mahrum bo'lgan Rusiya hukumati bu qimmatli xomashyoga nisbatan o'sib borayotgan ehtiyojini asoratga solingan Turkiston hisobidan qondirishga asosiy diqqat-e'tiborini qaratadi. 1869-yili «Rus sanoati va savdosi o'sishiga yordam berish jamiyati» kengashida I.N.Rayevskiy «Rossiya va unga qo'shni sharq mamlakatlarida paxtachilikni rivojlantirish» mavzuida ma'ruza qiladi. Ma'ruzachi Rossiyaga O'rta Osiyo va boshqa paxtakor joylardan xom ashyo keltiri-lishi har jihatdan foydali va qulayligini isbotlab beradi. Uning ta'kidlashicha, Rossiyaga jami 3 088 285 pud (42 710 136 so'mlik) paxta keltirilgan bo'lib, shundan 639192 pud (5972491 so'mlik) paxta sharq o'lkalaridan olib kelingan ekan. Bu Rossiyaga keltirilgan paxtaning 21 foizini tashkil etgan.1 Albatta ko'p miqdordagi paxtani xarid qilish uchun millionlab so'm mablag' sarflangan. Rossiyada savdo floti bo'lmaganidan paxta Yevropa mamlakatlari floti va temiryo'llarida olib kelingan, natijada ulovidan tushovi qimmatga tushgan.

    34. O'rta Osiyoda paxtachilikni rivojlantirish Rossiya uchun katta foyda ekanini I.N.Rayevskiy alohida uqtirib o'tadi. U mahalliy g'o'za navlarining nuqsonlarini gapirib, uni Amerika navlari bilan almashtirishni tavsiya qiladi.

    35. 1871-yili I.V.Rayevskiyning shaxsan o'zi Toshkentga kelib Amerika paxtasini iqlimlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshiradi. Samarqandda Amerika paxtasi navini ekadi.

    36. Toshkentda Amerika paxtasini 1875-yili birinchi bo'lib ekkan kishi Mulla Yo'lchi To'ychiboyevdir. Xorijiy paxta navi urug'i Buxoro xonligida, shuningdek, 1878-yilda Andijon, Namangan, Qo'qon va Marg'ilonda ham qadalgan.

    37. XIX asrning 80-yillariga kelib, Amerika paxtasi urug'lari orasida «Upland» navi mahalliy sharoitda sifatli va ko'p hosil-li bo'lib chiqdi. To'qimachilik sanoati talablariga har jihatdan mos tushadi. Vaqt o'tishi bilan dehqonlar Amerika paxtasi navi ekilgan maydonlarni oshira borganlar. 1884-yili xorijiy navlar 300 desyatina yerga ekilgan bo'lsa, 1890-yilga kelib 58859 desyatinani tashkil etgan.

    38. Amerika va «malla g'o'za» navidan olingan tola 1890-yilda 2 million pudga, 1896-yilda 2 665 337 pudga yetadi. Tolaning asosiy qismi Amerika paxtasidan olingan. Paxta, asosan Farg'ona vodiysida yetishtirilgan. Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida ham bu qimmatbaho xom ashyo navlari ekilgan. 1900-yilga kelib pax-ta ekilgan maydon 257 501 gektarni tashkil qilgan.


      1. 1 Зиёев X,. Тapиx утмиш Ba кeлaжaк кузгуси. Б^фур FynoM томили aдaбиёт Ba сaнъaт ^11^^™. Т., 2000, 140-141-6eTnap.

      Turkiston o'lkasida Amerika paxtasining muvaffaqiyatli iqlimlashtirib borilishi va sanoat talablariga mos tushish rus sanoati korxonalari egalarini, savdo ahlini, harbiy xizmatchilarni, qo'yingki, puli bor barcha korchalonlarni hayajonlantirib va shoshirib yuboradi. Ular o'lkaga kelib, bevosita paxtachilik bilan shug'ullanishga va paxta zavodlari ochishga kirishadilar. Ular shu tariqa mo'may daromad ketidan quvib, boyligiga boylik qo'shishga mukkasidan tushadilar. Puldor odamlardan Turkis-ton ma'muriyati nomiga paxta maydonlarini kengaytirish, paxta zavodlarini ochishga ruxsat so'rab yozilgan arizalar birin-ketin tusha boshlaydi. Rossiyada «Paxta vasvasasi» avjga minadi. Natijada, o'lkada rus paxta maydonlari va paxtachilikka bog'liq zavodlar miqdori ortib boradi.

    39. XIX asr oxirida, Toshkent shahri atrofida ruslarga qarashli paxtazorlar 4000 desyatina yerni egallab, bu umumiy maydonining 20 foizini tashkil etardi. Masalan, savdogar Belyakov 620, Yaraslavldagi katta to'qimachilik korxonasi 400, tijoratchi Tarsin 200 desyatina yerda dehqonchilik qilgan. Farg'ona vodiysida rus paxta maydonlari 500 desyatina yerni tashkil etgan. 1890-yilda Samarqand viloyatining Xo'jand uyezdida Kudrin firmasi va boshqa kishiga tegishli 300 desyatina yerda Amerika paxtasi yetishtirilgan. Hatto o'lkani bosib olishda jonbozlik ko'rsatgan general-mayor Abramovning Samarqandda shaxsiy paxta maydoni bor edi.

    40. Paxta maydonlarida mardikor va chorikorlar ishlatilgan. Qarabsizki, o'lkani bosib olgan ruslar endi yerli xalqni xo'jayin sifatida o'z yerida ekspluatatsiya qila boshlagan.

    41. Paxtachilik rivoji chor hokimiyati xazinasini boyita bordi. Hatto adolatsizlik haqida o'lkada rus tilida chiqadigan «Okraina» ro'znomasining 1896-yilgi sonlaridan birida shunday yozilgan edi: «Rus sanoati ehtiyojini qondirish maqsadida paxtachilik rivojlanishidan sanoat egalaridan o'zga hech kim foyda ko'rmadi. Paxta arzon bahoda olinib, Rossiyaga yuborildi. Shu paxtadan ishlangan tayyor mahsulotlarni u yoqdan o'lkaga keltirib sotishadi va katta foyda ko'rishadi. Mavjud paxta maydonlarini qisqartirib me'yorida ekish haqida jo'shib gapiriladi-yu, lekin uni ekishaveradi».

    42. XIX asr oxirida boshlangan paxta yakkahokimligi keyingi yillarda tobora mustahkamlana bordi.«Turkestanskiy xlopok» kitobining muallifi I.Slutskiy paxtachilikning umumrossiya hayotidagi ahamiyatini quyidagicha izohlagan edi: «Paxta bu-tun Turkiston o'lkasi hayotining asosiy tarmog'idir. Farg'ona,

    43. Sirdaryo, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari, Buxoro va Xiva xonliklarida yashovchi tub aholi va ruslar turmushi ko'p jihatdan hiyla foydali ekin - paxtaga bog'liqdir. Markaziy Rossiyada istiqomat qiladigan yuz minglab kishilar, fabrika-zavod egalari, temiryo'l ishchilarining hayoti Turkiston paxtasiga chambarchas aloqadordir. Turkiston o'lkasi va Rossiyaning Markaziy qismida savdo-sotiq rivojlanib, bundan chor hukumati ancha manfaat ko'rmoqda. Agar chor harbiylari Turkiston o'lkasini bosib olib, chinakam javohirotni qo'lga kiritgan bo'lsa, haqli ravishda aytish mumkinki, bu javohirning biri paxta edi va u Turkiston o'lkasini Rossiyaga butkul bog'lab qo'ydi. Shuningdek O'rta Osiyo temiryo'lining Andijonga yetkazilishi, Toshkent — Orenburg temiryo'li qurilishiga ham shu bebaho boylik sabab bo'lgan».

    44. Chor hukumati yerning izdan chiqishiga qaramay, paxtachi-likni kuchaytirishni o'z vakillaridan talab qilaverdi. Bu xususda Rossiya dehqonchilik noziri Krivoshein shunday degan edi: «Tur-kistonning har bir pud g'allasi Rossiyaga, rus va Sibir g'allasiga raqobatdir, ortiqcha har bir pud Turkiston paxtasi esa Amerika paxtasiga raqobatdir. Shuning uchun o'lkaga qimmatga tushsa ham g'alla keltirib berish lozimdir». Paxta yakkahokimligini o'rnatish haqidagi bunday g'oyani Turkiston general-gubernatori qo'llab-quvvatlab, bu tadbir hukumatga yiliga 70 million oltin rublni tejashga imkoniyat yaratishini uqtiradi. Uning fikriga ko'ra «ko'p millionli vatan paxta tolasini qayta ishlash sanoatini xonavayron bo'lishdan saqlovchi kafolat rolini o'ynashi mana shu Turkistonning Rossiyaga ko'rsatadigan buyuk iqtisodiy xiz-matidir».

    45. Bundan chiqqan ma'no shuki, agar Turkiston diyoriga g'alla ko'p ekilsa, Rossiyadan keltirilayotgan g'allaga nisbatan talab kamayib, ziyon ko'riladi. Demak qancha ko'p paxta ekilsa, Ros-siya g'allasiga ehtiyoj shuncha oshib boraveradi. O'z navbatida bu Rossiyaning ulovidan tushovi qimmatga tushayotgan Ameri-ka paxtasiga bog'liq muammolarni ham bartaraf etardi. Nozir-ning fikricha, paxtachilik rivojlanaversa, ikki tarafga foydadir. Turkiston aholisining ahvoli nima kechsa kechsinu, lekin Ros-siya manfaatlari to'la saqlansin — bu chor ma'murlari yuritgan yakka-yu yagona siyosatdir. Chor Rossiyasi Turkiston xalqlariga taraqqiyot, baxt-saodat va istiqbol olib keladi, deb o'zimizni o'zimiz nodonlarcha aldamaylik.

    46. Mabodo Rossiya hukumati Turkiston o'lkasida sanoat korxonalari qurgan bo'lsa, u hech qachon og'ir industriya tarmoqlarini yaratishga intilgan emas. U asosan o'z manfaati nuqtayi-nazarini o'ylab xom ashyo mahsulotlariga birinchi ishlov beradigan yengil sanoat korxonalarini qurishga e'tiborni qaratgan. Paxta tozalash, yog' ishlab chiqarish, vino, pivo zavodlari, pilla quritish korxonasi, tegirmon, bosmaxona va hokazolar ana shunday korxonalardir. Agar 1880-yilgacha bunday korxonalar 21 ta bo'lsa, 1900-yilda ularning soni 195 taga yetadi. O'lkada qurilgan birinchi temiryo'l ham chor Rossiyasining bosqinc-hilik manfaatlarini ko'zlagan. 1880-yilda boshlangan chor ma'murlari uchun g'oyatda og'ir bo'lgan Axaltaka urushi Rossi-yani Kaspiyorti temiryo'lini qurishga majbur etadi. Mixaylovskiy bo'g'ozidan to Qizil Arvotgacha bo'lgan temiryo'l qurilishining birinchi navbati 1881-yil 1-sentabrgacha qurib bitkazildi va 20-sentabrdan doimiy ravishda poyezdlar qatnovi boshlanadi. Keyinchalik temiryo'l qurilishi davom ettirilib, Ashxobodga, so'ng Samarqandga keltiriladi. 1888-yil 15-mayda birinchi po-yezd Samarqandga keladi. 1889-yilda temiryo'l aloqalari Mari -Kushka orqali Toshkent va Andijon bilan bog'lanadi. 1890-yilda Rossiya hukumatining yuqori mansabdorlari o'rtasidagi uzoq fikr almashuvlardan so'ng yangi - Orenburg - Toshkent temiryo'l qurilishi boshlab yuboriladi va 1905-yil 1-iyulda bu yo'ldan birin-chi poyezd o'tadi. Chunki Kaspiyorti temiryo'li orqali Turkiston bilan aloqa o'rnatish masofaning uzoqligi tufayli Rossiyaga iqti-sodiy jihatdan qimmatga tushayotgan edi. Endi yangi temiryo'li qurilishi munosabati bilan Toshkentdan Orenburggacha bo'lgan masofa ilgarigiga qaraganda ancha qisqa muddatda — ikki kecha-kunduzda, Moskvagacha esa to'rt kecha-kunduzda bosib o'tiladigan bo'ladi. Har ikkala temiryo'l ham Turkis-ton xalqlarining manfaatlarini ko'zlab, yoki Turkistonni jahon mamlakatlari bilan bog'lash maqsadida qurilgan emas. Agar Rossiya bosqinchilari qalbida bunday olijanob niyat bo'lganda bunday temiryo'llarni u avvalo turkiy xalqlar etnik madaniy, diniy, hududiy tomondan yaqin bo'lgan va Turkiston bilan che-garadosh Afg'oniston, Pokiston, Eron, Turkiya kabi davlatlar tomon ham qurgan bo'lur edi. Yo'q, Rossiya ma'muriyati bu temiryo'llarni birinchi navbatda va asosan Turkiston o'lkasidagi xalq boyliklarini tezroq, ko'proq va mo'lroq tashib ketish maqsadi bilan quradi. Bu borada raqam lar tiliga quloq soladigan bo'lsak masala yanada oydinlashadi. 1888-yilda Turkistondan O'rta Osiyo temiryo'li orqali 873093 pud paxta jo'natilgan bo'lsa, 1890-yilda 2673267 pud va 1893-yilda esa 3 588 025 pud paxta Rossiyaga yuborilgan. Yoki 1888-1893-yillarda, ya'ni olti yilda Turkiston o'lkasidan 14 257 515 pud qimmatbaho paxta xom ashyosi Rossiyaga tashib ketilgan. Bu jarayon yil sayin oshib boravergan. Faqat 1900-yilning o'zida O'rta Osiyo temiryo'li orqali Rossiyaga tashib olib ketilgan boyliklar hajmi 5 million pudni tashkil etadi. Shundan 60 foizi paxta bo'lib qolganlari qu-ruq meva, ipak tolasi, paxta yog'i, jun, teri va boshqa mahsulotlar edi. 1895-yilning o'zida birgina Farg'onadan Rossiyaga 3399371 pud paxta, 452 ming 740 so'mlik teri, 192 ming so'mlik pilla ta-shib ketiladi. Temiryo'l qurilishi bilan bu sohaning ishchilari ham o'sib bordi. 1890-yilda temiryo'llarda 2778 ishchi ishlagan bo'lsa,

    47. 1894-yilda - 3222 va 1898-yilda 5044 ishchi ishlagan. Shundan

    48. mahalliy millat vakillari 1890-yilda 728 kishini, 1894-yilda 863 va 1898-yilda esa 948 kishini tashkil etgan. Ulug' shoir Abdulhamid Cho'lponning:



    49. Kulgan boshqalardir,

    50. Yig'lagan mendir.

    51. O'ynagan boshqalardir,

    52. Ingragan mendir.

    53. Erk ertaklarini eshitgan boshqa,

    54. Qullik qo'shig'ini tinglagan mendir.

    55. Erkin boshqalardir, qamalgan mendir

    56. Hayvon qatorida sanalgan mendir,



    57. degan misralarida XIX asrda rus istilosi va uning natijasida butun g'arib Turkiston mustamlaka kishanlari halqasida ingragani o'z aks-sadosini topgan. Shu bois Turkiston xalqlari erk va ozodlik uchun chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi mustamlakachilik-ning dastlabki kunidan boshlab kurashga otlanadilar.

    58. 2. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI KURASH



    59. Chor Rusiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan yurgizgan mustamlakachilik, ulug' davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy suratda mahalliy aholining o'z milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini himoya qilish uchun muqaddas jangga otlantiradi. Chorizm tomonidan asoratga solingan, mustamlaka qilingan xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o'z mil-liy mustaqilliklari, ozodliklari va erklari uchun kurashib keldilar. E'tibor qiling:

    60. ...1. 1856-yilda Sirdaryoda Jonho'ja Nurmuhammad qo'zg'oloni.

    1. 1868-yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro shahri, Shahrisabz bekligidagi harakatlar.

    2. 1870-yilda Mang'ishloq qirg'izlarining isyonlari.

    3. 1871-yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar.

    4. 1871-yildagi Farg'onada Yetimxon qo'zg'oloni.

    5. 1872-yildagi Chirchiqdagi isyonlar.

    6. 1872-1876-yildagi Po'latxon boshchiligida Qo'qondagi qo'zg'olon.

    7. 1885-yildagi Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olon.

    8. 1892-yildagi Toshkent qo'zg'oloni.

    9. 1898-yilda Andijondagi Dukchi Eshon qo'zg'oloni.

    10. 1899-yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar.

    11. 1916-yil Jizzax qo'zg'oloni va boshqalar.

    1. Chor Rusiyasi hukumatining o'tkazgan siyosatiga qarshi mil-liy ozodlik kurashlari juda ko'p bo'lgan. Biz yuqorida ular ning ba'zilarinigina sanab o'tdik. 1887-1897-yillar mobaynida Far-g'ona, Samarqand va Sirdaryoda, mustamlakachilar idoralariga qarshi 668 marta hujum bo'lgan. 1897-1917-yillar orasida Turkistonda Rusiya bosqinchilariga qarshi 4922 marta isyon bo'lgan1. Ana shu qo'zg'olonlar va milliy ozodlik kurashlaridan ba'zilarini eslash joizdir.







    2. Миср угли Крдир. Москвa зулми, II жилд, MCTa^yn, 1972, 537-6ет.

    3. 3. DARVISHXON BOSHCHILIGIDAGI QO'ZG'OLON



    4. 1885-yilda Farg'ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi umumxalq qo'zg'oloniga tayyorgarlik ko'rildi.

    5. Vodiyning bir qator joylarida qo'zg'olonga tayyorgarlik ko'rish masalalari yashirin yig'ilishlarda ko'rilayotganidan mustamlakachi ma'murlar xabar topgan edilar. Shunday yig'ilishlardan biri 1885-yil 16-avgustida Asaka qishlog'ida Mullaxo'ja Nazirmirza uyida bo'lib o'tadi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu yig'ilishda yurtni chet el bosqinchilaridan ozod qilish, o'lkada milliy davlatni tiklash uchun mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. Yig'ilishda qo'zg'olon rejasi, uni o'tkazish vaqti, qo'zg'olonga rahbarlik qiladigan shaxs kabi masalalar hal etiladi. Qo'zg'olonga rahbarlik qilishga Darvishxon Eshon To'ra ko'rsatiladi. Bunga sabab bu vaqtda aholining norozilik harakatida faol ishtirok etib el-yurtga an-cha tanilib qolgan edi. U Andijon uyezdi Qo'rg'ontepa volostiga qarashli Chekto'ra qishlog'i fuqarosi, qo'zg'olonga rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo'lib, Andijon va Qo'qon uyezdlarida ancha katta yer mulkka ega bo'lgan. Ammo shunga qaramasdan Darvishxon o'z manfaatidan xalq, vatan manfaatlarini ustun qo'yib, milliy ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. U qisqa vaqt ichida O'sh, Andijon uyezdlari volost va qishloqlarida ko'plab aholini qo'zg'olonga jalb eta oladi.

    6. Darvishxon boshliq qo'zg'olonchilar yangi Marg'ilon shah-rini Andijon va Qo'qon bilan bog'lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Bu hodisa to'g'risida keyinchalik mustamlakachi hukumat vakillaridan biri «bu hodisa qo'zg'olon bo'lishi muqarrar ekanligini ko'rsatgan edi» deb xotirlagan.1 Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olonchilar ko'lami tobora kengayib bo-radi. Asaka, Qo'rg'ontepa, Shahrixon, Oltinko'l, Jalolquduq, O'sh uyezdining Novqat, Tutlik qishloqlari, Oqbo'yra volosti, Marg'ilon kabi joylar ham qo'zg'olon girdobiga tortilgandi.


      1. 1 Тиллабоев С. Мycтaмnaкaчиnapгa Kapiim Дapвишхон бошчиnигидaги кузропон. «Узбекистон Taprnxrn», Т.: 2002, 1-coh. ^-^^eraap.

      Qo'zg'olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun mustamlakachi hukumat viloyatni turli joylariga, jumladan

    7. Andijon, O'sh va Marg'ilon uyezdlariga harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo'ladi. Vodiy bo'ylab borgan sayin avj olayotgan Darvishxon rahbarligidagi qo'zg'olonni bostirish va uning rahbarlarini qo'lga olish vazifasi Andijon uyezdi boshlig'i kapitan Bryanovga topshirilgandi. Uning ixtiyoriga O'sh uyezdi-ning boshlig'i podpolkovnik Deybner, uning yordamchisi kapi -tan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuboriladi.

    8. Qo'zg'olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuch lar birinchi bor 17-avgust kuni kechqurun to'qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo'ladilar. Shundan so'ng Darvishxon Namangan tog'lari tomonida o'z atrofiga 800 ga yaqin odam to'plashga erishadi.

    9. Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olon to'g'risida Turkis-ton general-gubernatori O.Rozenbax Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida «qo'zg'olon viloyatning tur-li joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo'zg'olonchilarning o'g'rilik va talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to'liq ma'noda amaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko'rsatadi... ular yomon qurollangan, oz sonli bo'lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni kel-tirib chiqarishlari... , ayniqsa soliqlar to'lanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi».1


      1. Тиллабоев С. KypcaTiinraH aдaбиёт, 22-6eT.

      Chorizm ma'murlari kuch bilan qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirdilar. Qo'zg'olonchilardan shunchalik darajada ko'p qamoqqa olindiki, hatto ularni qamash uchun joy masalasi muammo bo'lib qolgandi, qo'zg'olon rahbari Darvishxon 1886-yil 22-fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog'i yaqinida qo'lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutulib ketadi. Darvishxon akasi Iskandarning bergan ma'lumotiga ko'ra 1889-yili Afg'onistonda vafot etgan. Uning boshchiligidagi qo'zg'olon garchand bostirilsada, biroq u bundan keyingi milliy ozodlik harakatlariga zamin hozirladi.

    10. 4. TOSHKENT QO'ZG'OLONI



    11. 1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda ham rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo'zg'olon boshlanadi1. Rasmiy doiralar bu qo'zg'olon vaboga qarshi rus amaldorlari qo'llagan tadbirlardan norozilik tufayli kelib chiqqan, deb nomlashgan. Shuning uchun ham uni «Vabo isyo-ni» deb nomlashgan. Shunchaki qaraganda chindan ham shun-day bo'lgan.

    12. 1892-yilda Turkistonda vabo tarqalgani xususida xabar paydo bo'ladi. May oyida Jizzaxda vabo bilan og'rigan kishilar topiladi. Vaboning Sirdaryo viloyatiga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun Chinoz qishlog'ida Sirdaryodan o'tadigan kechuv oldida chor hu-kumati tomonidan kuzatish manzilgohi ochiladi.


      1. 1 Bu voqea tavsiloti Hamid Ziyoyevning «Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmroligiga qarshi kurash» nomli kitobi hamda «O'zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» nomli kitobida keltirilgan.

      1892-yil 7-iyunda Toshkent hokimi uzoq o'ylab o'tirmay qator farmoyishlar chiqardi. Shahardagi 12 mozor yopiladi. Uning o'rniga to'rtta maxsus vabo qabristonlari ochilishi ma'lum qilina-di. Mustamlakachi ma'murlar marhumlarni eski qabristonlarga dafn etishni taqiqlab qo'ydi. Vabodan o'layotganlar ko'payib borsa ham yangi qabristonlardan atigi bittasi ochildi. Marhumlarni yashirincha eski mozorlarga ko'mish boshlandi. Bundan xabar topgan politsiya pristavi «gunohkor» mahrumlar qarindoshlarini hibsga olib, ularni to'g'ri bozor orqali haydab ketishadi. Pristav yo'l-yo'lakay ularga dag'dag'a qilib ko'milgan jasadlarni go'rdan qazib olinishini aytadi. Rus ma'murlarining musulmonchilik odatlarini oyoq osti qilishi va sharoitni poymol etishdan xalq g'azabga keladi. Olomonning g'azabi anchadan beri xalqqa zulm o'tkazib, ruslarning nog'orasiga o'ynayotgan bosh oqso-qol Muhammad Yoqub Karimberdi o'g'liga qarshi qaratiladi. Qo'zg'olonchilar shahar idorasi tomon yo'l oladilar. Yo'l-yo'lakay qo'zg'olonchilar soni ko'paya boradi. Katta oqsoqol Matyoqub sha'niga tahdid qiluvchi gaplar tobora kuchayib boradi. Oqsoqol-ning uyiga yaqin qolganda Abulqosim Eshon va bozor oqsoqoli

    13. Ziyo Muhammad boshchiligida Shayxontohur dahasidan kela-yotgan 500 kishilik to'da asosiy olomonga qo'shildi. Odamlar oq-soqol shahar boshlig'ining idorasida ekanligini eshitib, shu idora tomon yurish boshlaydilar. Xalqning bostirib kelayotganligidan xabar topgan shahar boshlig'i Putinsev Matyoqub bilan xalq oldiga peshvoz chiqadilar. Ular O'rda bozori yaqinidagi Voronsov xiyobonida uchrashadilar. Matyoqub qamchisini o'ynatib, xalq-ni so'kaverdi, olomon esa uni toshbo'ron qila boshlaydi. Bunday xatti-harakatdan kapalagi uchgan oqsoqol Sayfilla mirshab bilan shahar boshlig'ining idorasiga otda qochib yashirindi.

    14. Putinsev odamlarni tarqatmoqchi bo'ladi. Lekin olo-mon oqsoqolni topib berishni talab qiladi. Bu talab rad etila-di. Xaloyiq Putinsevni ham toshbo'ron qiladi va urib yiqitadi, kaltaklashadi. Qo'zg'olonchilar binoning ichiga bostirib kiradilar. Qo'zg'olonchilarning Putinsevdan Matyoqubni ushlab berish, xalqni qiynab kelayotgan chora-tadbirlarni bekor qilish haqida-gi talablari qondirilmagach, shahar boshlig'ining idorasini ostin-ustun qilib tashlaydilar.

    15. Qurolsiz xalq askarlar yaqinlashib kelayotganligini eshitib, tarqala boshlaydi. Harbiy gubernator Grodekov unchalik katta bo'lmagan otryad bilan voqea ro'y bergan joyga yetib kelganidan «tartibsizlik» ishtirokchilaridan hech kim qolmagan edi. Qo'zg'olonchilar Matyoqubni uyiga bostirib borib, bu uyni ham ostin-ustun qilib tashladilar. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, shu joyning o'zida o'nga yaqin kishi o'ldirilgan. Ammo qan-cha kishining o'lganligi haqida ma'lumot yo'q. Chunki xaloyiq o'ldirilgan va yarador qilinganlarni o'zlari bilan birga olib ketib yashirgan.

    16. Qo'zg'olonchilarning yuzga yaqini oq podsho sarbozlari tomonidan Anhor tomonga qisib boriladi va suvga cho'ktiriladi. Qochganlar ayovsiz qiriladi. Bu yerda shahid ketganlarning soni haqida ma'lumot yo'q. Tarixga «Toshotar voqeasi» deb kirgan bu qo'zg'olon oqibatida g'alayon qatnashchilari bo'lmish 60 kishidan 8 kishi o'lim jazosiga, 3 kishi qamoqqa hukm qilinadi. Qo'zg'olon sodir bo'lgan bu joy Toshkentda «Jangob» nomi bilan mashhur.

    17. Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N.I.Grodekov 1892-yil 1-iyulda general-gubernatorga yo'llagan raportida qo'zg'olonning tasodifiy bo'lganini ta'kidlab, uning asosiy tashkilotchilarini

    1. topgani va hibsga olganini bayon etgan: «...shaharning osiyoliklar yashaydigan qismi oqsoqoli In'omxo'ja Umarxo'jayevni 24-iyun voqealariga olib kelgan harakatning asosiy rahbari va haqiqiy sababchisi deb hisoblash kerak. U shaxsan o'zi va eng yaqin xodimlari orqali nodon xalq ommasi orasida t ashviqot olib borgan, ma'muriyatimizning vaboga qarshi farmonlari va xatti-harakatlari xususida tashvish tug'diradigan xabarlar hamda mish-mishlar tarqatgan. Mazkur yerlik kishining eng yaqin sheriklari unga qa-rindosh bo'lgan yuzboshi Ahmadxo'ja va qudasi Usmonxo'jadan tashqari Shayxontohur dahasining qozisi Sharifxo'ja so'ngra Beshyog'och dahasining yerlik fuqarolari Badalmuhammad Xolmuhammedov va Boqijon Dadajonboyev bo'lgan. Menga ma'lum bo'lishicha, bu kishilar avvallari ham shaxsan o'zlari va ko'p sonli tarafdorlari orqali olomonga boshchilik qilganlar, olo-monni hukumatning tadbirlariga qarshi qo'zg'atganlar. Bu bar-cha shaxslarning xalq orasidagi zararli tashviqiy ta'sirini hisobga olib, 24-iyun voqealari sodir bo'lgan kunning o'zidayoq barchasi-ni qamoqqa olishga farmoyish berdim».

    2. Turkiston harbiy okrugi sudi yuzboshi lavozimida halol xizmat qilib yurt ahlining mustamlaka istibdodiga qarshi ko' -tar gan qo'zg'oloniga bosh bo'lgan Ahmadxo'ja Abdurashid-xo'jayevni 1892-yil 10-dekabrdagi majlisida osib o'ldirishga hukm qiladi. Ammo jamoatchilik fikrini hisobga olib bu hukm 15 yil surgun bilan almashtiriladi. Sobiq yuzboshi bu muddatni o'tash davomida salomatligini butkul yo'qotib 1907-yili Toshkentga qaytgach, ko'p o'tmay vafot etadi.

    3. N.P.Ostroumov bu qo'zg'olonning asosiy sababi to'g'risida 1892-yil 29-iyunda bir do'stiga yozgan xatida bunday de-gandi: «Ko'p jihatdan ayb o'zimizda, albatta, ularning fe'l-atvorlarini va qonun-qoidalarini o'rganganimiz yo'q va hali ham o'rganmayapmiz. Bunda ayb faqat vaboning o'zida emas, sabr kosasini to'ldirib-toshirib yuborgan so'nggi tomchidir. Noro-zilik allaqachondan beri kuchayib, yig'ilib kelmoqda edi, keyin esa boshqa noroziliklar qo'shilishi bilan birdaniga qo'zg'olon boshlanib ketadi».

    4. 5. 1898-YILGI ANDIJON QO'ZG'OLONI


      1. 1 1898-yilgi Andijon qo'zg'olonining kengroq tafsiloti Fozilbek Otabek o'g'li qalamiga mansub «Dukchi Eshon voqeasi» (Samarqand, 1927-yil) asarida ancha xolisona, to'g'ri bayon qilingan. Fozilbek Otabek o'g'li 1886-yili Andijonning «Devonaboy» dahasida tug'ilgan, ruscha , musulmoncha ma'lumotga ega bo'lgan, jurnalist sifatida yaxshi tanilgan, jadidchilik, istiqlolchilik yo'lida faol kurashgan, 1938 yili qatag'on qilingan. «O'zbekistonning yangi tarixi». Birinchi kitob. Turki s -ton chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Hamid Ziyoyevning «O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi». «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. 184-249-betlarda ham yoritilgan.



    5. Mustamlakachi chor ma'murlarini dahshat va vahimaga solgan xalq qo'zg'olonlaridan biri 1898-yilda Andijonda bo'ladi. Bu qo'zg'olonga Andijondagi poytug'lik Eshon Sultonxon To'raning muridi, «Dukchi Eshon» nomi bilan mashhur bo'lgan 42 yasharlik Muhammad Ali Xalfa Madali Eshon boshchilik qi-ladi. Muhammad Ali Xalfa Sobir o'g'li Dukchi Eshon 1856-yilda Farg'ona shahridan 25 chaqirim janubiy-g'arbdagi Chimyon qishlog'ida tug'ilgan1. Uning avlodlari asli qashqarlik bo'lishgan. Muhammadali juda aqlli va odobli bola bo'lgan. Oilasining no-chor hayoti tufayli maktabda o'qiy olmagan. Lekin mustaqil o'qib savodxon bo'lgan. Otasi yonida yurib beshik, yik tayyorlash, ke-yinchalik esa paxsa urish kasblarini egallagan. Shu bois uni «usta» ham deyishgan. Oilasi bilan 10 yoshida Mingtepadagi Tojik qishloqqa ko'chib ketgan. Muhammadali shu atrof yaqinda nom chiqargan va hatto Qo'qon xonligida ham hurmati bo'lgan mash-hur Sultonxon to'ra xizmatiga kiradi va o'zining mehnatsevarligi, aqli, odobi va taqvodorligi bilan Eshonning o'g'illari qatoridan joy oladi. Sultonxon to'raning Qoradaryoning o'ng sohilida -Poytug'da ham yerlari bo'lgan. U shu yerga ko'chib borib 3-4-yil yashaganda Muhammadalini ham o'zi bilan bu yerga olib kela-di. 1882-yilda Sultonxon to'ra vafot etadi. Vafoti oldidan u o'z shogirdi Muhammadaliga «eshonlik» to'g'risida xati irshodni (yo'llanma xatni) yozib imzo qo'yib muhrlab bergan edi. 1886-yilda 30 yoshida Muhammadali Makkai Mukarramaga borib kelgach, o'zini Eshon deb e'lon qiladi. Uning o'zi iqror bo'lib aytgan so'zlariga qaraganda Madinai-Munavvarada Muhammad payg'ambar qabrini ziyorat qilib qaytgach, pirini tushida ko'radi. U Muhammadaliga yurtingga borgach, o'n yil eshonlik qilgin, och-yalang'ochlarga ovqat, boshpana bergin, keyin esa kofirlarga qarshi g'azovat e'lon qilgin, deydi.

    6. O'zini Eshon deb e'lon qilgan Muhammadali Xalfa har kuni katta qozonda ovqat pishirib och-yalang'och, yetim-yesirlarni boqa boshlaydi. U dastlab bu ishni qarz olib amalga oshiradi. So'ng Eshonning obro'-e'tibori shu darajada ko'tarilib ketadiki, u qarzlarini ham uzdi va har kuni doshqozonda ovqat tayyorlab 150-200, ba'zan esa 400-500 kishini ovqatlantira boshlaydi. Muhammadali xalfa Eshon bo'lish bilan birga tabiblikdan xaba-ri bor edi. Eshonning xalq orasida obro'-e'tibori juda tez o'sib boradi. Uning muridlari faqat Farg'ona vodiysidagina emas, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa olis-olis joylarda ham bo'lgan.

    7. Chor Rossiyasining xalqqa qarshi mustamlakachilik, zo'rlik va adolatsiz siyosati Muhammadali xalfaning xalq kurashiga rah-barlik qilishining bosh sababidir. Qo'zg'olon boshlanishidan bir yil oldin Eshon turk sultoniga maktub yozadi. Maktubda Eshon ruslar Qo'qon xonligini bosib olganlaridan keyin musulmon lar o'rtasida axloqan buzilish kuchayganligini, shariat qoidalaridan chekinish ro'y berib, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashaxo'rlik avjiga chiqa boshlaganligini yozgan. Bundan tashqari Eshon ruslar kambag'allar uchun zakot yig'ishni, hajga borishni taqiqlaganliklarini, eski vaqflarni man qilib, yangilarni joriy etmayotganliklarini ta'kidlar ekan, turk sultonidan xalqning shariat qonun-qoidalari bo'yisha turmush kechirishi uchun sha-roit yaratishni oq podshodan talab qilishni so'raydi. «Rus huku-matining shariatni nazar-pisand qilmaganligini Allohning qahrini keltirmasmikin, deb qo'rqaman», deydi Eshon ushbu maktubi so'nggida.

    8. Qo'zg'olon boshlanishidan bir necha kun avval Eshon huzuriga ba'zi bir mahalliy mansabdor shaxslar kelib, Eshon tayyorlagan murojaatnoma yoki qasamyodga o'z muhrlarini bo-sishadi. Bu murojaatnomada shunday deyilgan edi:

    9. «Alloh yo'q joydan o'n sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh etib, uni barcha jonzotlarning so-hibi, Odam atoni esa xalif qilib ko'tardi. Butun olamni Alloh payg'ambarimiz uchun yaratib, uni eng yaqin kishisiga aylantiradi va ul hazratni taxtga o'tqazdi-da, shunday murojaat qiladi: «Ey payg'ambar! G'ayriddinlar va imon-e'tiqodidan qaytganlar bilan jang bo'lg'usidir». Bunda o'ziga sodiq qolgan va eng ya-qin bo'lganlarga jannat va'da qiladi. Choryorlar xalqqa pandu nasihat qilib deydilarki, «Kimki g'azovat yo'lida o'z mulki va hayotini Alloh va payg'ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari bo'lg'usidir». Ular nomunosib bandalarni tiyish uchun kitob bitdilar va bizga esdalik sifatida qoldiradilar. Shunday ekan, o'zimizni Allohning qullari va payg'ambarning ummatlari hisoblaydigan bizlar albatta g'azovot e'lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va payg'ambar yo'lida bu muqaddas urushda biz g'olib chiqishimiz, ikkinchidan hayotimizni qurbon qilishimiz lozim.

    10. Biz quyidagi o'z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomul-lohni qo'yib, Alloh va payg'ambarga qasamyod qilib, xalifamiz bilan shartnoma tuzdik. Shundan keyin, agar o'zimizga bino qo'yganimizdan shaytonning vasvasasiga uchib yoki shirin jo-nimizni saqlashni o'ylab, qo'rqib, va'damizdan qaytib, uni bajarmasak do'zaxga tushaylik, ikki dunyoda yuzimiz qora bo'lsin, qiyomat kuni sharmanda-yu sharmisor bo'laylik.

    11. Bu so'zlarning tasdig'i uchun muhrimizni qo'ydik.

    12. Mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro'-e'tiborli kishilardan o'n ikki kishi muhrini bosgan.

    13. 14-may kechqurun Muhammadali xalfa uyida kengash bo'lib, unda F arg'ona viloyatining turli bo'limlaridan kelgan kishilar qat-nashadi. Kengash Eshon ma'lum qilgan rejaga binoan vodiydagi uch shahar - Andijon, Marg'ilon va O'shdagi harbiy lagerga bir kunda hujum qilinishi kerak edi. Bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo'qonni ham olib, vodiyda xonlikning tuzumi tiklanardi. So'ngra mustamlakachilar Samarqand, Toshkent va Chimkentdan ham haydab chiqarilardi.

    14. 16-may kuni kechqurun yana Eshon xonadonida kengash bo'lib, unda mingga yaqin odam qatnashadi. Shu kengashda Eshonning o'n to'rt yoshli jiyani Abdulaziz (Musulmonqul) xon qilib ko'tarilajagi, qo'zg'olon qachon boshlanishi aytiladi.

    15. 17-may kuni shom namozida Tojik qishlog'idagi masjidga juda ko'p odam to'planadi. Namoz paytida Eshon xalqqa murojaat qi­ladi: «Ey muhtaram musulmonlar!» Ey birodarlar! Hammangizga ma'lumdirki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon, xalq mu-sulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy, amri nofiz edi. Hukumatni Alloh taolo o'zi biladur, kofirlarni musallat qiladi, yurtimizga rus keldi. Xudoyorxon o'rniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf o'ltirdi. Farg'ona xonligi yerida Moskva xonli-gi - oq podsho hukmron bo'ldi.

    16. Rus vatanimizga istilo etdi. So'ngra tilimizga istilo qila-di. Sekin-asta dinimizga istilo qilmoqqa boshladi, bilasizlarki, musulmonlarning axloqi buzildi. Rusning kelg'oniga o'ttiz yil to'lmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas bo'ldi. Qozilarimiz bo'yniga but taqadig'on bo'ldi. Xulosa (shulki), shariatimiz xor, musulmonchilik g'arib bo'ldi. Hurriya-timiz g'oib bo'ldi, istiqlolimiz mahv bo'ldi, o'zimiz o'tmas, so'zimiz kesmas bo'ldik. Ey voh...

    17. Ey musulmonlar, bunga sabab o'zimiz bo'ldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tek turavyersak bu kofir yana battar qiladur. Voy biz-ning holimizga.

    18. Tarixda o'tgan muazzam bir saltanat qo'rg'on qahramon pahlavonlar avlodimiz - bu zillatga hech qanday ziruh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat, sizlarga nima bo'ldi?

    19. ...400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk hammasining ismi Muhammad. Hammasi xanafiy mazhabdir. Bu ismda, bir mazhabda, bir qabristonda bu qadar olimlari to'plangan Turkistonni dini taqdimda, din odamlarini yetishtirishda na darajada xizmatlari sabqat etganligi o'quvchilar diqqatiga arz o'rindur. Jahon tarixida, yer yuzida, ko'k yuzida bu misli ko'rilmog'ondir. Turkistonliklar har qancha iftixor etsa arziydur, bajodur, ey birodarlar, bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. O'luk uyqusida uxlaysizmi?!» - deb hazrat Eshonning so'zi bu joyga kelg'onda zori boshlandi. Hozir turg'onlar ho'ng-ho'ng yig'lash bilan Eshonning amriga oshoda ekanliklarini bildirdilar, alarning hayajonlarini bosish uchun hazrat Eshon so'zida davom

    20. etdi:

    21. - Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey payg'ambar ummati! Chin mo'min bo'lsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, ji­hod. E'tiqod, Alloh yo'lida jihod qilamiz, o'lsak-shahid, o'ldirsak-g'ozi bo'lamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu ro'dapo o'rusdan qutilish yo'q.

    22. Ey mo'minlar, ko'zingizni oching! G'aflatdan bedor bo'ling! Kofirlardan huquqimizni olaylik.

    23. Ey birodarlar, hurriyatimizni olaylik, o'z vatanimiz, o'z yurtimizda o'zimiz hukumat quraylik. Buning uchun bizdan g'ayrat istaydur, himmat istaydur, jihod istaydur, fiysabilliloh ji-hod vaqti keldi!

    24. Keyin yaqin qishloqlarga chopar yo'llaydi, hazrat Eshon amirlari bilan jihod fiysabilliloh e'lon qilinadi. Choparlar kimki musulmon bo'lsa, bu oqshomdan qolmay jihodga hozir bo'lsin, deb nido qilishadi».

    25. Xufton namoziga odamlar qurollanib kelishadi. Ammo ularning kamdan kami qilich va miltiq bilan qurollangan, asosiy qismi so'yil, cho'qmor, ketmonsop, panshaxa ko'tarib olish-gan edi. Namoz paytida ular qurollarini masjid devoriga suyab qo'yishadi.

    26. Namoz o'qib bo'lingach, hamma baravar «Jihod! Jihod! Ji-hod!» - deya hayqira boshladi. Qisqa vaqtda bu ovoz butun qish-loqni tutib ketadi.

    27. Bir mahal Eshon hovlisining darvozasi ochilib, undan oq otni yetaklab chiqishadi. Muhammadali xalfa: «Bismillohir rah-monir rahim, baniyati jihod!» deb otga minadi. Shundan keyin qo'zg'olonchilar yo'lga tushadilar.

    28. To'plangan odam olti yuz nafarcha edi. Lekin ularning hammasi ham otliq emasdi. Shu boisdan otliqlar piyodalarni mingashtirib olishadi. Qolganlar piyoda yoki aravada yo'lga tu-shishadi. Yo'lma-yo'l qo'zg'olonchilar safi ortib boradi. Olomon ikki bayroq ostiga uyushgandi, birinchi bayroqqa Mulla Ziyo-vuddin Maxsum boshchilik qilayotgan edi. Ko'k to'n kiyib, oq salla o'ragan otliq Eshon eng oldinda devona bolalar davrasida borardi. Dukchi Eshon boshchiligidagi qo'zg'olonchilar Andijon shahrida joylashgan harbiy garnizonga hujum qilib, 23 rus askarini o'ldirdilar, 24 tasini yarador qiladilar, 30 tacha miltiq-ni o'lja oladilar. «Eshon to'poloni» tez orada deyarlik butun Farg'ona vodiysiga yoyiladi. Quva, Asaka, Shahrixon, Aravon,

    29. O'sh, Marg'ilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa joylarda xalq harakatga keladi. Publitsist jurnalist Alinazar Egamnazarovning «Siz bilgan Dukchi Eshon1 maqolasida bunday hikoya qilinadi: «Qo'zg'olonni faqat Andijon, Marg'ilon va O'sh uyezdlari xal-qi emas, Namangan uyezdi, Yettisuv viloyati xalqi ham qo'llab-quvvatladi. Avliyootadagi harakatga Shodibek xalfa ismli Eshon boshchilik qiladi. U to'plangan yuzdan ortiq odam dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijonga tomon harakat qila-di. Namangan va Andijondan ularga tomon yurgan harbiy lar oradan besh kun o'tgach, Shodibek xalfani 23 nafar sherigi bilan ushladi.

    30. Namanganda uyezd boshlig'ining o'rinbosari Bushen bosh-liq harbiylar yashirin ravishda tog' so'qmoqlarini kezib, bir necha ovulni tintuv qilishdi va 29 nafar qo'zg'olonchini, shular qatori to'rt boshliqni ham uchlashdi. Ularning yonidan g'azovot bosh-lash to'g'risidagi Murojaatnoma va Muhammadali xalfaning xati, shuningdek musulmon davlati tuzilajagi, uning poytaxti etib Namangan shahri tanlanganligi haqidagi murojaatnoma ham chiqdi.

    31. Shu kunlarda Prejivalsk va Pishpek uyezdlarida, Sirdaryo viloyatining Xovos temiryo'l bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o'rtasida qurolli to'qnashuvlar bo'ldi».

    32. Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostiriladi va qo'zg'olon baho-nasida yerli xalq yoppasiga qirg'in qilinadi.

    33. Baron Vrevskiy Sankt-Peterburgga jo'nab ketganligi mu-no sabati bilan Turkiston o'lkasi Bosh harbiy gubernatori vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi general-leytenant Korol-kovning Rossiya harbiy vazirligining Bosh shtabiga yuborgan telegrammasida bunday deyiladi:


      1. 1 «UIapK юлдузи», 1993, № 10-12.

      «Farg'ona harbiy gubernatori shuni ma'lum qiladiki, kecha kechqurun Marg'ilon uyezdida Eshon Muhammadali xalfa g'azovot e'lon qiladi va ming kishidan iborat sheriklari bilan Andijonga yo'l oldi. Qo'zg'olonchilar telegraf simni uzib, bugun saharda 20-batalon lageriga hujum qilishdi. Bu hujum chog'ida askarlardan 21 nafari o'ldirildi va 10 nafari yarador qilindi. Qo'zg'olonchilar guruhi to'qnashuv joyida o'lgan 11 nafar va yarador bo'lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishdi. Farg'ona harbiy gubernatori Marg'ilondan Andijonga temiryo'l orqali 20-batalon rotasini va ovchilar komandasini yubordi, o'zi esa 13 kazak bilan tuproq yo'ldan jo'nab ketdi. Ayrim xabarlarga qaraganda, biz tomonimizdan qurbonlar yanada ko'proq va Andijondagi rus aholisi bu yerda ilgari hech bo'lmagan hodisa sababli sarosimaga tushib qolgan. Men qo'shinlarda, shaharlarda ehtiyot choralari ko'rish va tartibsizliklar paytida Farg'ona viloyatining barcha qo'shinlarini harbiy gubernatorga bo'ysundirish, shuningdek Orenburg polkini o'tloqdan qaytarish haqida ko'rsatma berdim. General-leytenant Korolkov».

    34. Harbiy vazir general-leytenant Kuropatkin bu telegrammani darhol oq podsho hazratlariga olib kirgan va qo'zg'olonni bos-tirish yuzasidan belgilangan tadbirlarni bayon qilgan. Podsho bu tadbirlarni ma'qullagan va shu asosda Korolkovga darhol ko'rsatmalar asosida Turkistonning yangi tayinlangan harbiy qo'shinlari qo'mondoni Duxovskiyga telegramma jo'natiladi. Unda quyidagilarni o'qiymiz:

    35. «Harbiy vazirlik Bosh shtabi Osiyo qismi

    36. 1898-yil 21-may, 25724-son

    37. Turkiston Bosh gubernatori va Turkiston harbiy okru-gi qo'shinlari qo'mondoniga general-leytenant Korolkov 18-mayda yuborgan, «Siz janobi oliylariga ma'lum bo'lgan oshig'ich telegramma asosida podsho hazratlariga berilgan axborotdan so'ng oliy hazratlari 21-mayda general-leytenant Korolkov ko'rsatmalarini ma'qullab, Siz janobi oliylariga quyidagilarni bu-yurishimni amr qiladilar:

    1. Siz janobi oliylari hoziroq xizmat joyiga jo'nab keting.

    2. General-leytenant Korolkov Farg'onaga jo'nab ketsin va rus qo'shinlariga hujum qilishga yo'l qo'ygan shaxslarni tergov qilsin, mahalliy aholi va amaldorlar qay darajada aybdorligini, qo'shinlar o'zlarini qanday tutganliklarini aniqlasin.

    3. Farg'ona harbiy gubernatori general-leytenant Povalo Shvi-kovskiy va Andijon uyezdi boshlig'i egallab turgan vazifalaridan chetlatilsinlar.

    4. 1-Turkiston muntazam brigadasi boshlig'i, general-mayor Ionov Farg'onaga yuborilsin va uning zimmasiga viloyatda joy-lashgan qo'shinlarga vaqtinchalik qo'mondonlik qilish vazifasi yuklatilsin; shuningdek bizning lagerimizga hujum qilishga aybdor bo'lganlarni ushlashga va mabodo yangi guruhlar paydo bo'lgudek bo'lsa, ularga qarshi kurashga jalb etiladigan harbiy qismlarni ham boshqarsin.

    1. 5) General Ionov ixtiyoriga Samarqanddan Farg'onaga
      2-Ural kazak polkining ikki sotnyasi shu polk komandiri polkov-
      nik Jigalik rahbarligida jo'natilsin.

    2. 6) Pomir posti tarkibi mustahkamlansin.

    1. Tog'larda va viloyatlarda g'alayonlar bo'lgudek bo'lsa, tadbirlar belgilansin.

    2. Tegishli rahbar shaxslarga ko'rsatib o'tilsinki, qo'sinlari-mizga hujum qilishda aybdor bo'lganlar namunali tarzda saf-qatsizlik bilan jazolansinlar, bunda Turkiston okrugi qo'sinlari -ning vaqtinchalik qo'mondonligiga dala sudi hukmlarini tasdiqlash huquqi berilsin.



    1. Farg'ona harbiy gubernatori lavozimini vaqtinchalik bajarish uchun 2-Kaspiyorti o'qchi brigadasi boshlig'i general-mayor Chaykovskiy yangi Marg'ilonga yuborilsin. Samarqand shahri uyezdi boshlig'i polkovnik Chernyayevskiy va Toshkent shahar uyezdi boshlig'i podpolkovnik Krilov unga yordamchi etib tayinlansinlar.

    2. Generallar Ionov va Chaykovskiyga 600 so'mdan, pol-kovnik Chernyayevskiy va podpolkovnik Krilovga 300 so'mdan, Farg'onaga jo'natilayotgan ikki sotnya ofitserlari va polk komandirlariga yarim yillik maoshi hajmida yo'l puli berilsin.

    1. Oliy hazratlarining yuqorida bayon qilingan amrlarini Siz janobi oliylariga ijro uchun ma'lum qilarkanman, Sizga yana shuni yetkazish sharafiga muyassarmanki, yuqorida tayinlangan shaxslarga va Ural polkining ikki sotnyasiga darhol jo'nab ketish haqida ko'rsatma berildi Harbiy vazirlik boshqaruvchisi general-leytenant Kuropatkin».

    2. Podsho Nikolay II qo'zg'olonchilarni «namuna» bo'ladigan darajada qattiq jazolash uchun ko'rsatma berdi. Ana shu ko'rsatma asosida qo'zg'olonchilar ustidan olib borilgan sud jarayoni 3 oy davom etadi. Dastlab 447 kishi sud qilinadi va 800 ga yaqin kishi guvohlikka chaqiriladi. General-mayor Te-rentev raisligida o'tgan harbiy sud materiallari «Andijanskoe delo» 20 jildni tashkil qilgan. Ushbu sud ishi bo'yicha 380 kishi­ning ustidan sud hukmi chiqirilgan. Sud hukmida quyidagilarni o'qiymiz: «.. kuchli muhofaza to'g'risidagi qonunning 17, 18 va 31-moddalari asosida harbiy vaqt qonunlarini joriy etgan holda, jinoyatchilarni jazolash va axloqini tuzatish to'g'risidagi qonunlar to'plamining 249-moddasiga binoan harbiy sudga be-rilgan mingtepalik Eshon Muhammadali xalfa Muhammad Sobir o'g'li, 45 yoshda, Kulla bo'lisining sobiq boshlig'i G'oyibnazar Ortiqxo'ja o'g'li (Ortiq so'fi o'g'li deyish ham mumkin), 45 yoshda, turklar: Subxonqul Arabboyev 52 yoshda va Bo'taboy G'aynoboyev 36 yoshda, sartlar: Rustambek Sotiboldibek o'g'li 33 yoshda va Mirzahamdam Usmonboyev 44 yoshda, ishini ko'rdi. Sud ishni qarab chiqib, sudlanganlarni quyidagi ishlarda aybdor deb topdi: 1) Muhammadali Eshon shunda ayblandiki, u o'lkada rus hokimiyatini ag'darib tashlashni o'ylab o'lkadagi ko'pgina shaharlar va bo'lislar aholisini qurolli qo'zgolon ko'tarishga ko'ndirgan g'azovot (muqaddas urush) e'lon qilgan va o'zining bir guruh jinoyatchi sheriklari bilan ularga boshchilik qilib shu yil 18-mayga o'tar kechasi qo'lda qurol bilan Andijon shahridagi lagerda turgan 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonning 4 va 5-rotalariga hujum qilgan; 2) G'oyibnazar shunda ayblanadiki, u Muhammadali Eshon bilan o'lkadagi rus hokimiyatiga qarshi qo'zg'olon ko'tarish va g'azovot e'lon qilish haqida til biriktirib, Kulla bo'limi boshlig'i lavozimida ishlayotganligidan foydalanib, do'q-po'pisa bilan boshqa ma­hal liy kishilarni bu ishda ishtirok etishga ko'ndirib, rejaning muvaffaqiyat qozonishiga ko'maklashgan, Andijon garnizoni lageriga hujum chog'ida jinoyatchilar guruhining bir qismiga boshchilik qilgan, guruh Kulla qishlog'idan jo'nashidan avval o'z uyida tunagan meshchan Safron Bishkovni o'ldirib, kallasini kesgan; 3) Subxonqul Arabboyev shunda ayblandiki, u o'lkada rus hokimiyatiga qarshi qo'zg'olon ko'tarish va g'azovot e'lon qi-lish to'g'risida Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon garnizoni lageriga hujumda ishtirok etgan, bunda guruhning bir qismiga boshchilik qilgan; 4) Rustambek Sotiboldibek o'g'li shunda ayblandiki, u Muhammadali Eshonning fitnasida ishtirok etib, ko'mak berishni oldindan va'da qilgan va o'z do'konining Andijon garnizoni lageri yaqinida ekanidan foydalanib, lagerda to'satdan hujum qilingan paytda muvaffaqiyatni ta'minlaydigan ma'lumotlarni yetkazib bergan, bu hujumda shaxsan ishtirok etgan va boshqalarga boshchilik qilgan; 5) Mirzahamdam Us-monboyev shunda ayblanadiki, u Muhammadali Eshon bilan til biriktirib, Andijon lageriga hujumda shaxsan ishtirok etgan; 6) Bo'taboy G'aynaboyev shunda ayblanadiki, u o'sha Eshon bilan til biriktirib, Andijon garnizoni lageriga hujum qilishda shaxsan ishtirok etgan.

    3. Sud aybdor deb tan olingan sudlanuvchilar jinoiy xatti-harakatining xususiyatini aniqlashga va qonun bo'yicha jazo belgilashga kirishib, sudlangan olti jinoyatchining barchasi ji-noiy xatti-harakati jinoyatchilarni jazolash va axloqini tuzatish Qonunlar to'plamining 244-moddasida ko'zda tutilgan Oliy hokimiyatga qarshi til biriktirib, qo'zg'olon qilishdan iboratdir va shu bois, barcha mol-mulkidan mahrum etilib, o'lim jazosi beriladi. Sudlanganlar kuchli muhofaza to'g'risidagi Qonunning 17-moddasi asosida, harbiy vaqt qonunlarini joriy etgan holda (ji-noyatning oldini olish va tugatish to'g'risidagi Ustavning I modda, I kodeksiga ilova) sudga berilganliklari uchun Harbiy qonunlar to'plamining 1869-yildagi 2-nashrining XXII kitob 10-moddasiga binoan sud jami sudlanganlarga o'lim jazosi berib, ularning barchasiga bu jazoning osib o'ldiriladigan turini belgilaydi. Bar-cha bayon qilinganlar asosida sud qaror qiladi: sudlangan Eshon Muhammadali, G'oyibnazar Ortiq xo'ja o'g'li (Ortiq so'fi o'g'li deyish ham mumkin), Subxonqul Arabboyev, Rustambek Sotib-oldibek o'g'li, Bo'taboy G'aynaboyev va Mirzahamdam Usmon-boyev Oliy hokimiyatga qarshi qo'zg'olon ko'targanliklari uchun barcha mol-mulklaridan mahrum etilib, oltovi ham osib o'ldirilsinlar.

    4. Ish bo'yicha ashyoviy dalillar: 1) g'azavotning qon sachragan yashil bayrog'i; 2) tayoqdagi qizil nishon; 3) sudlangan va ularning barcha sheriklaridan tortib olingan qurollar musodara qilinsin; qolgan ashyoviy dalillar quyidagilar: muqaddas urush haqidagi shartnoma, qurollar va boshqalar tergov tugagunga qadar ishda qoldirilsin.

    5. Harbiy sud Ustavining 1128-1155-moddalariga binoan, sud xarajatlari barcha sudlanganlardan teng miqdorda undiril-sin, mabodo ularning bunga qurbi kelmagan sharoitda xazina


    6. hisobidan to'lansin. 20-Turkiston asosiy-muntazam batalonining 22 nafar o'ldirilgan harbiylari oilalari zarari, boquvchisidan ayrilgan har bir oilaga yiliga 200 so'm hajmida, yillik daromaddan 4 foizini kapitalga aylantirib, bir paytda har bir oilaga 5000 so'mdan Harbiy qonunlar to'plamining 1868-yildagi 2-nashrining

    7. 8 - Vatan tarixi, 2.

    8. XXII kitob, 62-modda, I-bandiga asosan sud qilinganlar va ularning merosxo'ridan undirilsin1.

    9. Turkiston Bosh harbiy gubernatori Duxovskiy qo'zg'olonning asosiy aybdorlari osib o'ldirilgach, shahar qal'asi ichiga ko'milsin va ustiga hojatxona qurilsin, deb buyruq bergan. Oxirgi paytda bu qaror o'zgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis edi. Qo'zg'olonchilar shu yerga ko'milib, ustidan so'ndirilmagan ohak, keyin tuproq tortilgan. So'ng qatl etilganlar qayerga ko'milganligi bilinmasligi uchun butun maydon tekislab yuborilgan.

    10. General Duxovskiy Andijonga kelganida uni vokzal maydonida 10 ming kishiga yaqin aholi yer uzra bosh egib kutib olishga majbur bo'lgan. Shunda general uyezd boshlig'idan, nega bu odamlar yuzini yerga qaratib, egilib turibdi, deganida uyezd boshlig'i unga: «Oliy hazratlari, bu avom xalq Rossiya hukumati oldida yuzi qora, gunohlariga iqror bo'lib, qo'l qovushtirib, bosh egib turibdi», deb javob qilgan. Non-tuz bilan turgan bir gu-ruh yahudiy va armanilar bilan salomlashib, general Duxovskiy izvoshga o'tirib qarorgohga qarab yo'l oladi. Bunday xo'rlanish aholining qalbi va ongida kuchli jarohat bo'lib saqlanib qolgan edi. Hatto, 1925-yil O'zbekiston SSR Sovetlarining 1-qurultoyida 1898-yilgi o'sha mudhish xo'rlanishni esga olgan edi:

    11. «...Farg'ona yaqin kunlarda ham nihoyatda og'ir kunlarni boshidan kechirdi. 1898-yilda jafokash Farg'ona xalqi uch kun mobaynida boshini yer qadar egib tiz cho'kib turishga mahkum etildi, sababi, bu yerga oq podshoning amaldorlaridan biri gene­ral kelgan edi»2.


      1. 1 Эгамназаров Алиназар. Сиз билган Дукчи Эпгон. XyKKcaTni i^cca. «niapK» HampueT-MaT6aa KoHqepmnaiHr Bom TaxpupuHTU. TomKeHT, 1994.75-76-бeтлap.

      2. 2 Шамсутдинов Рустам. «Дукчи Эпкш вoкeacидaн суш». Т., «niapK юл-дузи», 1991, 6-coH.200-6eT.

      Sud hukmi bilan 362 kishi otib o'ldirilgan, 341 kishi turli muddat bilan qamalgan. 16 kishi oilasi bilan uzoq va dahshat-li Sibirga surgun qilingan. Qo'zg'olon markazi Mingtepa, Tojik, Qashqar qishloqlari uch kun davomida tinimsiz to'pga tutilib kultepaga aylantirilgan. Sudsiz, so'roqsiz o'zboshimchalik bilan yondirilgan qishloqlar, qirib yuborilgan gunohsiz fuqarolar bu hisobga kirmaydi.

    12. «Hozir Marhamatda yashayotgan keksalarning hikoya qilishlaricha, deb yozadi Alinazar Egamnazarov o'zining yuqorida tilga olingan maqolasida, - ertasi Andijonga qo'shimcha har-biy kuchlar kelgach, ishga kirishib, O'qchi qishlog'igacha borib, yo'lda uchragan erkakni otishgan. O'qchida bir ayolning voyaga yetgan to'rt o'g'li bo'larkan. Chor askarlari shu to'rt aka-ukaning hammasini otib tashlashgan. Ona sho'rlik bu fojiani ko'tara olmay jinni bo'lib qolgan»1.

    13. Chor ma'murlari qo'zg'olonni bostirishda va isyonchilarni ushlashda xizmat qilgan harbiylar, millat va yurtni malaylarga sotgan mahalliy millat vakillarini taqdirlashni ham unutmadilar. Qo'zg'olon bo'lishi haqida O'sh uyezdi boshlig'ini o'z vaqtida ogohlantirgan Qorabek Hasanov Oltin medal va yiliga 300 so'm-dan bir umrlik nafaqa bilan taqdirlanadi. Muhammadali Xalfani ushlashda jonbozlik ko'rsatgan Izboskan noibi, shtab-kapitan Og'abekov 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni bilan, uning yigitlari Yoqub Ibrohim o'g'li, Musa Masodiq o'g'li «Jasurligi uchun» yozuvi bo'lgan, ko'krakda Georgiy lentasi qadab taqib yuriladigan kumush medal va yuz so'mdan pul bilan podporuchik Karcheladze 4-daraja Muqaddas Vladimir ordeni va qilich bilan mukofotlandilar. Andijon harbiy garnizoni boshlig'i Mixaylov podpolkovnik edi, polkovnik bo'ldi. Oddiy askarlaridan ham o'n kishi taqdirlanadi.

    14. Ayniqsa, Dukchi Eshonni ushlab berganlarga katta muruvvat ko'rsatiladi. Muhammadali xalfa hozirgi Jalolobod viloyati Bozorqo'rg'on tumani hududida joylashgan Arslonbob yo'lida Chorbog' qishlog'ida Qodirqo'l mingboshi va qo'rboshi Matyoqub tomonidan hiyla nayrang bilan ushlab beriladi.

    15. O'shanda Dukchi Eshon bu millat xoinlariga qarata «Ik-koving o'lar vaqtda jinni bo'lib o'lgin. Bizni rusga tutib bergan qo'llaring bilan o'zingni tishlab o'lgin» debgan edi. Matyoqub besh oy o'tmasdanoq vafot etgan.


      1. 1 Эгамназаров Алиназар. Сиз билган Дукчи Эшон. XyxGKaTnrn irecca. «IHapK» нaшpиёт-мaтбaa кoнцepнининг Boni Taxprepierra. Тoшкeнт, 1994. 11-бeт.

      1889-yil 12-iyunda Harbiy gubernator, general-mayor Sik-lovskiyning raportida shunday deyilgan: «Andijon uyezdining Qo'qon qishlog'ida yashovchi, o'tgan yili ming tepalik Eshonni qo'lga tushirganligi uchun mazkur uyezdning Mayg'ir bo'limi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan Matyoqub Madrahimov besh oy xizmat qilgandan keyin, 1898-yil 14-noyabrda qazo qi-ladi. Uning xotini va ikki bolasining yashash uchun hech narsasi qolmadi. Shuning uchun uning xizmatlarini, oilasining o'ta qashshoqlanib qolganligini inobatga olib, siz janobi oliylariga iltimos qilamanki, o'z tasarrufingizdagi mablag' hisobidan bu bevaga pul nafaqasi tayinlash mumkin, deb hisoblay olasizmi? Yana shuni qo'shimcha qilib aytamanki, men Madrahimovaga favqulodda hollar uchun mablag'idan 25 so'm berdim».

    16. Andijon uyezdi boshlig'i ma'lumotiga qaraganda, Matyoqub Madrahimovning bevasi moddiy jihatdan to'la ta'minlangan bo'lib, unga eridan 10 desyatina yer, uy jihozlari, 500 pudga yaqin guruch meros qoldirgani, marhumning ikki bolasi bo'lib, ulardan biri Qo'qon qishloq bo'limi boshqarmasida xizmat qilayotgani, Madrahimovaning moddiy muhtojligidan emas, balki marhum erining xizmatlari uchun unga 10 so'm miqdorida nafaqa to'lash zarurligi aytilgan. Andijon uyezdi, Farg'ona viloyati, Turkiston o'lkasi mustamlakachi ma'murlari, amaldorlari, hatto Rossiya saltanati harbiy vaziri shaxsan imperatorning o'zi Matyoqub Madrahimov oilasiga 5 yil muddat bilan har yilda 50 so'mdan nafaqa tayinladi. Bu bilan mustamlakachilar «Farg'ona aholisining ko'z oldida rus ma'muriyati o'ziga sodiq odamlarning xizmatini munosib taqdirlab borishlarini» isbotlamoqchi bo'ladi1.

    17. Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirilgach, o'lkaga Rusiyadan ko'plab rus oilalarini ko'chirish siyosati yanada kuchayadi. Tur-kiston general-gubernatori Duxovskiy podsho Nikolay II ga yo'llagan xatida: «Qo'zg'olonchilar bizning uyquda yotgan 22 sol datimizni o'ldirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga o'lim jazosi berilib, 300 kishi qatorgaga hukm eti-ladi. Qo'zg'olonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga 200 oilali rus qishlog'i qurildi», degan edi. Xuddi shuning-dek Andijon shahri atrofidagi Xakand, Xartum qishloqlaridan ham yerli aholi ko'chirilib, ularning yerlari rus oilalariga beriladi. Bu yerlar faqat 1925-26-yillardagina o'z egalariga qaytarib beri-


      1. 1 Шамсутдинов Рустам. «Дукчи Эшон BoRea^^a!! сунг». - «IHapK юлду-зи», 1991, 1-тон.

      ladi.

    18. Xullas, ota-bobo avlod-ajdodlarimiz chor Rusiyasi mus-tamlakachilik zulmi sharoitida ham erksevar xalqimizning tari-xiy an'analarini muqaddas saqlab davom ettirdilar va kelgindi bosqinchiga qarshi qonuniy va adolatli kurash olib borganlar.




    19. Download 1.88 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turkiston o'lkasi TRMB ga bo'ysunuvchi politsiya jandarm boshqarmasi bo'limi

    Download 1.88 Mb.