• 5. QOQON XONLIGIGA QARSHI YURISHLAR VA UNING TUGATILISHI 1
  • Xudoyorxon surgundan
  • Qurbonjon dodxoh
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet11/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20

    Gandimiyon sulhi. 1873-yil 12-avgustda Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan general Kaufman o'rtasida Gandimiyonda sharmandali o'zaro sulh bitimi imzolanadi. 18 moddadan iborat bu bitim imzolanishi tufayli Xiva xonligi o'zining siyosiy mustaqilligini yo'qotadi: «Men kim, Xiva xoni Muhammad Ra-himxon Soniy Bahodirxon o'zimni ulug' rus saltanatining quli deb tan olaman», - deyilgan edi o'sha bitimda.

  • Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan Xiva xoni o'rtasida muzokaralar boshlanadi. General Xivani idora qilishga oid yangi nizomni xon diqqatiga havola etadi. Rus davlatchiligi rusumlarini joriy etishga qaratilgan bu hujjatga binoan xonlikda boshqaruv tizimi bo'lgan devon tuzish lozim edi. Devon a'zoligiga Xiva xoni tomonidan ruslarga xayrixoh amaldorlardan Matniyoz devonbegi, Eltuzar inoq va mehtar Abdullabiy, ruslar tarafidan esa bosh shtab podpolkovnigi Pojarov, artilleriya polkovnigi Ivanov, podpolkovnik Xoroshikin va savdogar Oltinboyev tayinlanishi lozim edi. Ruslarga qarshi janglarda shijoati va vatanparvarligi bilan tanilgan Muhammad Murodbegi va Rahmatulla Yasovul boshilar esa Xivadan surgun qilinishi lozimligi ko'zda tutilgan edi. General Fon Kaufman muzokaralar bilan bir vaqtda, erksevar turkmanlarni jazolash uchun general Golavachyov qo'mondonligidagi katta kuchni safarbar qiladi. Piyodalar, otliqlar, to'p va raketalar bilan qurollangan Golavachyov jazo korpusining «Bekovich xuni uchun» deya qilgan vahshiyliklari rus harbiy idoralari hujjatlari va mahalliy muarrihlar bitiklarida saqlanib qolgan»1. Sulh bitimida Amudaryo va Orol dengizi



  • y36eKMCToHHMHr янги TapMxM. Биринчи китоб... 143-6eT.

  • suvliklarida rus kemalari boj to'lamasdan bemalol va emin-erkin yurishi, Buxoro va Xiva kemalariga esa bunday huquqlar rus hukmdorlari ruxsati bilan berilishi qonunlashtirildi. Yana xon-likning hududida ular bir necha o'rinda bandargoh port ko'rish huquqini oldilar. Rus savdogarlari xonlikning hududida hech qanday boj to'lamasdan erkin harakat qilish, savdo-sotiq ishlarini olib borish huquqiga ega bo'ldilar, ular boj to'lovlarisiz Xiva xonligi hududi orqali boshqa davlatlarga ham o'tish huquqiga ega bo'ladilar. Bitimga ko'ra rus fuqarolarining arznomalarini paysalga solmasdan xonlikning o'zi hal qiladi deb ko'rsatiladi, xivaliklarning arzlarini esa mahalliy rus boshliqlari tekshiradi, deyiladi. Ayni vaqtda xonlikning 20 yil davomida Rossiyaga 2.200 ming so'm tillo hajmida urush tovonini to'lashi shart qi-lib qo'yiladi. Amudaryoning o'ng qirg'og'iga, xonlikning taxtiga yaqin joyda Petro-Aleksandrovskiy qo'rg'oni (hozirgi To'rtko'l) quriladi.

  • Shunday qilib O'rta Osiyodagi Buxoro amirligi va Xiva xon-ligi o'z mustaqilliklarini qo'ldan boy berib, o'zi mustaqil harakat qila olmaydigan, chor Rusiyasi tarkibidagi qaram bir davlatga aylanadi.



  • 5. QO'QON XONLIGIGA QARSHI YURISHLAR VA UNING TUGATILISHI1


    1. 1 Mazkur mavzu batafsilroq quyidagi asarlarda aks ettirilgan: Y36eMicToHmiHr янги TapKM. Биринчи китоб... 146-178-6eTnap: X,. Бoбoбeкoв. IlynaTxoH Ky3Fonomi. Т., 1996.



  • Bu davrda xonlik o'z boshidan og'ir vaziyatni kechirayotgan edi. Bu davlatga shimoldan Rossiya, janubdan Xitoyning hu-jumi xavf tug'dirayotgan edi. 1865-yili Sharqiy Turkistonda xitoyliklarga qarshi yangi milliy isyon boshlangan edi.Qo'qon xonligida bu isyonga xayrixohlik bildiriladi. Yoqubbek bosh-chiligida harbiy qo'shin Sharqiy Turkistonliklarga yordamga keladi va xitoyliklar bu mintaqadan quvib chiqariladi. Mustaqil Sharqiy Turkiston davlati vujudga keldi. Bu davlat Qo'qon xonli-gi va Turkiya davlatlari bilan yaqin aloqa o'rnatishga harakat qi-ladi. Ammo Yoqubbek tashkil etgan mustaqil Sharqiy Turkiston



    davlati Xitoy tomonidan 1875-yili bosib olinadi.1

  • Ayni shu vaqtda chor istilo-
    chilari Qo'qon xonligini tugatishga
    kirishadilar. Ular Turkiston, Chim-
    kent, Toshkent va boshqa joylarni
    bosib olib Qo'qon xonligiga qattiq
    zarba bergan edilar. Qo'qon xoni
    Xudoyorxon qo'rqoq va tadbirsiz
    bo'lganligi uchun vatan himoyasi
    yo'lida biron arzigulik ish qilmaydi.
    Aksincha, chor hukumati panohida
    o'z taxtida o'tirishni o'ylardi, xo-
    los. U 1868-yili chorizm bilan sulh
    tuzadi va amalda Rossiyaga qaram
    bo'lib qoladi, uning itoatkorligini
    taqdirlagan chor hukumati Xu-
    Xudoyorxon surgundan doyorxonni Rossiya davlati or-
    qoclush arafasida«Orenburg deni bilan mukofotlaydi va unga
    shahri» 1877-yil . , , , e. ь

  • «Aslzoda» degan faxriy unvon


    1. 1 Юсуф Алптекин. IIIapKMM Туркистон дaъвoси. McraHOyn, 1973, 126-127-6eTnap.

    beriladi. Xudoyorxonning bu siyosati aholining g'azabini toshi-rib yuboradi. Buning ustiga xonning zulmi tobora kuchayib bora-di. Natijada 1872-yili xalq qo'zg'oloni ko'tariladi. 1876-yilgacha davom etgan bu qo'zg'olonga marg'ilonlik Is'hoq Mulla Hasan o'g'li boshchilik qiladi. 1872-yilda bir guruh norozi zodagonlar Xudoyorxonning qarindoshlaridan bo'lgan Po'latbekni taxtga ko'tarmoqchi bo'ladilar. U taxtdan voz kechgach, fitnachilar roziligi bilan, Po'latbek ismini olgan Is'hoq mulla g'azovotning boshida turadi. 1873-yilda unga Abdurahmon oftobachi (Qo'qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o'g'li), bundan tashqari Xudoyorxonning to'ng'ich o'g'li Nasridddin (Andijon ho-kimi) va akasi Murodbek (Marg'ilon hokimi) kelib qo'shiladilar. Qo'zg'olonni bostirishga ojizligini payqagan Xudoyorxon «pushti panoh imperatur hazrati oliylari»ning qudratiga suyanadi va fon Kaufmanga «do'stona» murojaat qilib, iloji boricha tezlik bilan Qo'qonga o'rus qo'shini va zambaraklarini yuborishni so'raydi.

  • Yurtni sotgаnligi uchun Xudoyorxon vа yaqinlаrigа qarshi g'аzovаt e'lon qilinаdi. Xudoyorxon 1875-yil 2-iyul kuni o'z oilаsi bilаn Toshkentgа, rus elchixonаsi pаnohigа qochib boradi. Ta-rixchi olim X.Bobobekovning yozishicha 1875-yil yozidа, Qo'qon xoni Xudoyorxon 70 kishilik ahli аyoli, 500 gа yaqin hamrohlаri, 40 аrаvа xаzinа bilаn Toshkentgа Turkiston general gubernаtori fon Kаufmаn huzurigа pаnoh tortib kelgan. Kаufmаn 40 аrаvа xalq boyligini olib Xudoyorxonning o'zini Orenburggа surgun qilgаn. Keyinchalik xon Orenburg tutqinligidаn qochgаn1.

  • Toshkentdаn chiqqаn rus qo'shinlаri bilаn qo'qonliklаr o'rtаsidаgi birinchi jаng (kichik jаnglаrni hisobgа olmаgаndа) Mahram qаl'аsidа bo'ladi. Bu qаl'аdа 60 ming аtrofidа s аrboz bor edi (bа'zi mаnbаlаrdа 30 ming vа 50 ming rаqаmi qаyd etilаdi). Qаl'а zаmbаrаk o'qlаri ostidа 10 daqiqada vаyron bo'ladi. Jаng qаndаy o'tgаni vа qancha odаm nobud bo'lgаni haqida yaxshisi 1ищаиаг tili bilаn gаpirgаn mа'qul.

  • «Mahram а№эШа dushman (o'zbeklar - тиаШДаг) qan­cha tаlofot ko'rgаnini аniq rаqаmlаrdа ifodаlаsh qiyin. To'siqter orqаsidа vа Mahram qаl'аsi ichidа 100 dаn ortiq тшх1а topi-lib, dаfn etildi. Mahram orqаsidаgi mаydondа kаzаklаrning qilichi biten chopilgаn 1000 dаn ortiq тиМаш otryaddаgi yigitlаr yig'ishtirib olishib, ko'mishdi; general fon Kаufmаnning qo'riqchi bo'linmаsi dаryo yoqаlаb qochаyotgаnlаrni quvib, 100 kishini qUid^n o'tkаzdi. Tog'dаn tushib kelib otryadlаrimizgа qo'shilgаn chаvаndozlаr ham ko'p qurbon berishdi. Ulаrdаn qanchasi o'lib, qanchasi yarador bo'lgаni nomа'lum. Judа ko'p qo'qonliklаr Sirdаryogа cho'kib ketdi. Ochig'ini аytgаndа, shafqatsiz qirg'in ro'y berdi, Chegaramizni buzis!^ jurat etib, yerlаrimizgа bostirib kirishgani vа bizgа tobe odаmlаrning osoyishtаligini buzgаni uchun munosib intiqom olindi»2.


    1. 1 Х..Бобобеков. lyyKoH xa3MHacM кaердa? «XanK сузм»,1991 йил, 20 фeврaл.

    2. 2 Серебренников А. Военные дeйcтвия кoкандцев (на ocHoBe oфициальных данных). «Вoeнный c6opmnc», 1876, № 2, стр. 194-195.

    «Rаyimxo'jаning hikoya qilishichа, Mahramni olish chog'idа general Kаufmаn o'zini judа xotirjаm tutgаn. Rus qаrorgohi yaqinigа o'qter uchib kelib, to'p o'qlаri yorilib, bir аskаr vа bir yigit yarador bo'^n. Shundаn keyinginа Kаufmаn general Golovаchovgа qаl'аni to'pgа tutishni buyu^n. Ikki zаmbаrаk qulay marrani egallab, yaqin masofadan qal'ani yakson qilishga kirishadi. O'n minutdan keyin qal'a v ayron bo'lgan va rus askarlari hujumga o'tadi. Yerlilarning juda ko'pi o'ldirildi, qo'rquvdan o'zini daryoga tashlab g'arq bo'lganlarning son-sanog'i yo'q edi. Hujum tamom bo'lib hammayoq tinchigandan keyin nihoyatda dimog'i chog' Kaufman Rayimxo'janing oldiga kelib: «Rus askarlari qanday urushar ekan» - deb so'radi. Yaxshi urushdilar, a'lo hazratlari», - deb javob berdi Rayimxo'ja. General Kaufman bunga javoban: «Xudo xohlasa, butun Farg'onani mana shunday jangovar harakatlar bilan bo'ysundiramiz va qo'shib olamiz», deb aytdi1.

  • Skobelevning ma'lumotnomasiga ko'ra, jang maydonidan 2000 salla yig'ib olingan. Vereshchagin buni ikkiga bo'ladi, ammo «jang chakki bo'lmadi» deb qo'shib qo'ydi».2

  • «Biz 39 zambarak (daryoga tushib ketgan to'p bu hisobga kirmaydi)1500 miltiq, behisob nayza, qilich, cho'qmor, 50 dan ortiq tug', bayroq, nishonlarni o'lja qilib oldik. Qal'ada o'q-dori, snaryadlar va qo'rg'oshin hamda 1910 pud un, 837 pud guruch, 320 pud jo'xori saqlanayotgan katta omborxonalar topildi, 224 ta ot qo'lga olindi.

  • Ko'rgan talofotlarimiz: 6 kishi o'ldirildi (1 qarorgoh zobiti, 4 oddiy askar va bir yigit ), 8 kishi yarador (bir qarorgoh zobiti va 7 quyi amaldagilar) bo'ldi. Dushman talofotini 1200 kishi deyish mumkin. 149 zambarak o'qi, 29 raketa va 9.387 patron ishlatildi.


    1. 1 KoHcraHraH Пeтpoвич фюн KaycJDMaH-ycKopm'enb TypKecTaHCKoro кpaя. Личные BocnoMmmHrei Н. P. OcTpoyMoBa (1877-1881гг.). Т., 1899, CTp.211.

    2. 2 М.Д.Скобелев. СПб., 1984, crp.17.

    3. 3 И.А.Терентьев. « McToprni 3aBoeBamDi Азии» Т. 2, СПб, 1906.

    Jangdan keyin Kaufman Toshkent orqali Oliy hazrat janobi oliylari nomiga g'alaba, qo'lga tushgan o'ljalar va qurbonlar soni ma'lum qilingan telegramma yubordi: «...dushman to'la mag'lub etildi: uning xonlikning aholisiga ta'siri nihoyatda katta bo'ldi, ammo Mahram jangining oqibatlari haqida oldindan bir narsa deyish qiyin. Xo'janddan kutilayotgan qo'shimcha ulov kelishi bilan Qo'qon sari harakatni davom ettiraman. Sizga tobe ulug' imperator qo'shinlari o'z shuhratiga munosib mardona jang qila-di. Vazifa a'lo darajada bajarildi»3.



    A.I.Terentyev yana quyida-gi ma'lumotini beradi: Aderkas (chor zobiti) Qashqar qishlog'ida dushmanning ot-aravalari bilan kelayotgan to'dalariga duch kelib qoldi. Ko'cha butunlay chang-to'zon bilan qoplangandi. Kazaklar chang to'dasiga qarata miltiqlardan o'q uzib, so'ng hujumga o'tishdi. Oqibatda to'rt bayroq, 25 miltiq, behisob qilich va nayza, bir qancha ot va yuk ortilgan 10 arava o'lja olindi. Biz talofat ko'rmadik. 40 ga yaqin dushman o'ldirildi». «Dushman (Namangandagi jang tafsiloti) Skobelevning hisobiga ko'ra (musulmonlar uchun qog'oz ham xayf) 3800 kishini yo qotdi. Uch viadimir shahri 1877-yil kun ichida bizning talofatimiz:

  • quyi amaldagilardan olti kishi o'ldi, 29 kishi yarador bo'ldi, 3 zo-bit yaralandi»1.

  • Xullas, 29 avgustda general K.P.Kaufman boshliq rus qo'shini Qo'qon shahriga g'olib sifatida kirib keldi. Qo'qon a'yonlari Xudoyorxonning o'g'li Nasriddinbek boshchiligida undan ke-chirim so'raydilar. 1875-yil 22-sentabrda Nasriddinbek bilan Kaufman o'rtasida olib borilgan muzokaralardan so'ng tengsiz va sharmandali bitim imzolanadi.


    1. 1 O'sha joyda.

    Bu bitimga ko'ra Qo'qon xoni o'zini Rossiya saltanatining quli deb tan oladi, qo'shni xonliklar bilan hech qanday aloqalar va munosabatlar qilmaslikka va'da beradi. Sirdaryoning o'ng qirg'og'idagi barcha yerlar Rossiya ixtiyoriga o'tadigan bo'ladi. Qo'qon xonligiga qarshi olib borilgan urushda rus armiyasi ko'rgan olti yuz ming so'm hajmdagi zararni to'lash Qo'qon xon-ligi yelkasiga yuklatiladi. Ayni chog'da shartnomada 1876-yil 1-noyabrdan boshlab Qo'qon xonligi Rossiya xazinasiga har yili

  • 500 ming so'mdan to'lab borishi shart qilib qo'yiladi. Bu summa besh yil davomida foiz haqini to'lash hisobidan kuchga kiradigan

  • bo'ladi.

  • Qo'zg'olonning asosiy aybdori Abdurahmon Oftobachini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun marg'ilonliklarga 125 ming til-lo hajmida tovon to'lash majburiyati belgilandi. Xalqning og'ir ahvolda yashayotganligini e'tiborga olib 60 ming tilloni 1875-yil 21-oktabrgacha qolgan 65 minggini esa 1876-yil 21-oktabrgacha to'lashga ruxsat beriladi. Agar Marg'ilon guberniyasi aholisi ush-bu tovonni belgilangan muddatda to'lamasa bu oltinlar Qo'qon xonligi xazinasidan to'lattirib olinadi, deb qayd qilindi, bitimda.

  • Shunday qilib, Qo'qon zodagonlari mamlakatning erkini be-rib, faqat o'z jonlarini saqlab qoldilar, xolos.

  • Qo'qon xoni Xudoyorxonning qochishi, Nasriddinbek bilan Kaufman o'rtasidagi tengsiz vasharmandali bitim xalq ommasining yangidan katta kuch bilan qo'zg'olon ko'tarishiga sababchi bo'ladi. Bu galgi qo'zg'olon markazi Andijon edi. Qo'zg'olonchilar Po'latxon nomi bilan yurgan Is'hoq mullani Bo'taqara qishlog'ida xon deb e'lon qiladilar. Po'latxonga qarshi jo'natilgan Kaufman otryadi Andijon ostonasida mag'lubiyatga uchraydi. 1875-yil 7-oktabrda qo'zg'olonchilar xon qo'shinini tor-mor keltirib Qo'qonni egallaydilar. Nasriddinxon Xo'jandga, ruslar panohiga qochadi. 11-noyabrda Skobelev qo'mondonligidagi rus askarlari qo'zg'olonchilarni Baliqchi yaqinida zarbaga uchratdilar. Terent-yev bu haqda shunday xabar beradi:

  • «...Baliqchi shahriga yorib kirib, dushman lageri va ku-chini egalladilar. Tong otgandan keyin artilleriya kechuvdan o'tib, shaharga o'q ota boshladi, shu zahoti Skobelev 2-yondosh batalonga qarashli 2-rota va ellikta kazak otliq o'qchilari bilan hujumga o'tadi, dushmanning chekinishiga yo'l qo'ymaslik uchun butun otliq askarlarni zambaraklar bilan shaharning orqa tomoniga yuboradi. Jangga kirgan bo'linmalar uchta istehkom-ni majaqlagandan keyin bozorni ishg'ol qiladilar va shu yerda tor ko'chadan kelayotgan qipchoqlarning katta otliq olomoniga duch kelib qoldilar... Dahshatli ur-yiqit ichida merganlarimiz do'ldek yog'dirayotgan o'qqa uchgan qipchoqlar bor-yo'g'i 20 qadam narida to'da-to'da bo'lib yiqilar, ko'cha yuzi ularning o'ligiga to'lib ketgan edi. Bu dahshatli jahannamdan bir amallab qutulib chiqqanlar narigi yonboshda poylab turgan kazaklar -ning changaliga tushar edi. Ularni ikki chaqirim joygacha quvib borib, hech qanday rahm-shafqat qilmay qilichdan o'tkazishdi. Biz tomondan bir quyi amaldagi kishi o'lib, 8 ta yarador (shundan uchtasi og'ir), uch kishi kantuziya olgan edi. Skobelev dushman-ning talofatini 2000 kishi deb hisoblaydi».

  • Skobelev yo'l-yo'lakay barcha qishloqlarga shafqatsizlar-cha o't qo'yib yakson qilib olg'a siljib bordi. Ayniqsa, u Andijon shahrining kulini ko'kka sovurdi. Uni yovuzlarcha to'pga tutib, bombardimon qildirdi. Terentyev bunday yozadi;

  • «Skobelev yo'lda kelar ekan, sanasini ko'rsatmay, Kolpa-kovskiyga telegramma jo'natdi, u 7-fevralda egasiga kelib tegdi. Unda Andijonda hamma narsa joyida ekanligi, aniq ma'lumotlarga qaraganda, shahar to'pga tutilgan paytda xaro-balar orasida 20000 kishi halok bo'lganligi aytilgan edi».


    1. 1 Узбeкиcтoннинг янги Taprexre. Боинги китоб... 170^eT.

    1907-yilda Toshkentda chop etilgan «M.D.Skobelev xotirasi»da quyidagilarni o'qiymiz: «Andijonliklar qattiq qarshi-lik ko'rsatdilar: ular har bir to'siqdan foydalanar edilar, tomlar ustidan turib o'q otishar, ko'chalar, hovlilar, uylar, masjidlar ichida yuzma-yuz olishardilar. Ularning qarshilik ko'rsatishlari oldinda hujum qilib borayotganlarni g'azablantirar, tobora junbushga keltirardi. Bozor maydonida Skobelev kolonnasi yirik xarilardan qilingan to'siqqa duch kelib qoldi. Zambaraklarimiz oldinga o'tkazildi va bir necha o'q uzilgandan keyin dushman tumtaraqay bo'lib ketdi. Turkistonliklar beshta istehkomdan tashqari, mus-tahkam qo'rg'onchaga aylangan, uylarni ham jang bilan qo'lga kiritdilar. Nihoyat, har uchala kolonna o'rdaga yetib keldi va saroyni isyonchilardan tozaladi. Qisqa muddatli hordiqdan so'ng manzilgohga qaytildi, darvoqe, yo'l yoqasidagi imoratlarning hammasiga o't qo'yib borildi. Old qismlar qayerda ketayotga-nini yong'inga qarab bilib olish mumkin edi. Otishmalar hali tinmagan, andijonliklarning harbiy uroni-«Ur!», «Ur!» sadolari eshitilib turardi. Andijonni butunlay vayron qilish uchun gene­ral Troitskiy Skobelevga oltita zambarak berib, shaharni to'pga tutishga, bozor va yong'in bo'layotgan tomonlarni nishonga olishga buyruq berdi»1.

  • 1876-yil 9-yanvаrdа Skobelev vаyronа vа kultepаgа аylаngаn Аndijongа kirib boradi. Po'lаtxon qolgаn-qutgаn kuch^i bilаn Uchqo'rg'ongа chekinishgа ulgurgаndi. 1876-yil 28-yanvаrgа o'tаr kechаsi Skobelev tomonidаn yuborilgаn jаzo otryadi Uchqo'rg'onni egаllаydi, barcha himoyachilаr o'ldiriladi. Po'lаtxon bu yerdаn qochib ulgurdi, biroq tez orаdа Mаrg'ilondа qo'lgа olindi. Po'tetxon qo'zg'olonini tor-mor keltirishdа qirg'iz Sl^don Jontoyev rus zobitlаrigа o'z yigitlаri bilаn yordаm berаdi.


  • Rus qo'shinlаrining Qo'qon xonligigа qarshi olib borgаn urush harаkаtlаridа Xudoyorxon tomonidаn general fon Kаufmаngа аsir sifаtidа usln^ berilgan Kitob vа Shahrisаbz beklari Jo'rabek vа Bobobek fаol qatnashdilаr vа Xudoyorxon-dan «o'ch» o^diter.

  • K.P.Kаufmаn Qo'qondа ko'tаrilgаn xalq harаkаtini bos-tirish bahonasidа Qo'qon xonligini mustаqil dаvlаt sifаtidа tugаtadi. 1876-yilning 19-fevrаlidа Qo'qon xonligi bekor qilin-di vа uning o'rnigа Ра^^а viloyati tashkil qilinadi. Turkiston xa^^^ing jаllodi, Fаrg'onа vodiysidа vаhshiylаrchа fаoliyat ko'rsаtgаn jаzo ekspeditsiyasining boshlig'i general Skobelev Ра^^а viloyatining harbiy gubernаtori etib tаyinlаndi. Xulosa



    shuki, o'zbek xalqi mustaqillik uchun kurashining Po'latxon rahbarligidagi qo'zg'oloni mag'lubiyati bilan uchala o'zbek xonligi ham rus podsholigiga to'la qaram bo'lib qoladi. Ammo bu Farg'ona vodiysida chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurash barham topadi, degan ma'noni anglatmaydi. Erk ozodlik va mustaqillik kurashida boy tarixiy an'analarga ega bo'lgan o'zbeklar, qirg'izlar va tojiklar bosqi-ni va kelgindi battol dushmanga qar-shi kurashni davom ettirdilar, vatan tuyg'usi, nomus va or tuyg'usi ularga hech orom bermaydi. Chor Rossiya- Qurbonjon dodxoh si bosqiniga qarshi kurash markazi

  • endi Oloy tog'lari hududlariga ko'chadi. Bu yerda To'maris ulug' an'analarining davomchisi jasur turk malikasi qirg'iz ayoli Qur-bonjon dodxoh o'z o'g'illari bilan son va qurollanish bo'yicha teng-siz chor askarlariga qarshi kurashda afsonaviy qahramonliklar ko'rsatadi. Qurbonjon dodxoh ayol holiga qaramasdan Turkis-ton xalqlarining jallodi maqtanchoq va alchoq chor generali Sko-belevni u bilan sulh muzokaralari boshlashga majbur qiladi.

  • Chunki Skobelev nopisandlik bilan tinchlik bitimini tuzish uchun Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yuborgan edi. Mag'rur qirg'iz vatanparvar ayoli Ionovni qabul qilmadi va mavqeyi o'zi bilan teng bo'lgan qo'mondon bilan muzokara boshlashga rozi ekanligini ma'lum qiladi. Natijada general Skobelevning o'zi Qurbonjon dodxoh bilan sulh muzokaralari olib borishga majbur bo'ladi va uning talablarini inobatga olish-dan boshqa chora topa olmaydi. Bu qonxo'r ustidan Qurbon jon dodxohning qo'lga kiritgan katta ma'naviy g'alabasi edi. Tur kis -ton general-gubernatori fon Kaufman faqat 1877-yil yanvarida-gi na Sank-Peterburgga axborot yuborib, Farg'ona vodiysida tinchlik o'rnatilganligidan oq podsho hazratlarini voqif etib, ko'nglini tinchlantirgan edi.

  • Ammo bu tinchlik nisbiy xarakterda edi, xolos. Amalda esa vatanparvarlik dushmanga qarshi kurashni davom ettirib, chekinib bordilar. Bu holni biz qirg'iz va o'zbek urug'lariga mansub turli qabilalarning 1877-yil davomida ham Xudoyqul, Abdullabek Umarbek Sulaymon udaychi, Taniqul, Valixon to'ra, Abdukarimbek va boshqalar bosh bo'lgan guruhlarning chor Rossiyasi qo'shinlariga qarshi kurashni davom ettirganliklarida yaqqol ko'ramiz.




  • Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.