• (XVI-XX asr boshlari) I K K I N CH I K I T O B TOLDIRILGAN, QAYTA ISHLANGAN IKKINCHI NASHRI
  • M a s u l m u h a r r i r
  • M. Sodiqov, M. Jorayev, A. Yaxshiyev.
  • BBK 63.3(5O)ya 721 ISBN 978-9943-00-583-9
  • I B O B XVI ASR VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA ORTA OSIYO XALQLARI 1. SHAYBONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
  • 2. SHAYBONIYXON VA BOBUR MIRZONING OZARO MUNOSABATLARI
  • Zahiriddin Muhammad
  • 3. SHAYBONIYXON VA SHOH ISMOIL
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet1/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

    BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI




    RUSTAMBEK SHAMSUTDINOV, | SHODI KARIMOV | , O'KTAMJON UBAYDULLAYEV
    VATAN TARIXI

    (XVI-XX asr boshlari) I K K I N CH I K I T O B
    TO'LDIRILGAN, QAYTA ISHLANGAN IKKINCHI NASHRI

    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan universitetlar, pedagogika institutlari tarix fakulteti talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilingan

    «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA

    AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI

    TOSHKENT - 2010


    M a s' u l m u h a r r i r: tarix fanlari doktori O'. Mavlonov, professor Q. Usmonov
    T a q r i z c h i l a r:

    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor I. Alimov, tarix fanlari doktori H. Sodiqov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent P. Isroilov, tarix fanlari nomzodlari M. Sodiqov, M. Jo'rayev, A. Yaxshiyev.


    Mazkur kitob 1997-yilda nashr etilgan «Vatan tarixi» (Birinchi ki-tob) o'quv qo'llanmasining davomi bo'lib, unda O'zbekiston tarixshunos-ligi taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi yutuqlariga hamda milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan holda Vatanimiz tarixining Shayboniylar davlatining tashkil topishidan to XX asr boshlarigacha bo'lib o'tgan muhim voqealari yoritilgan. Kitobda Shayboniylar, Ashtarxoniylar, o'zbek xonliklari, Tur-kistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, o'lkadagi mustamlaka hukmronligi, mustamlakachilikka qarshi kurash, demokratik va milliy-ozodlik, jadidchilik harakatlari turli manbalar asosida aks ettirilgan.

    Kitobdan universitetlar, pedagogika institutlari tarix fakultetlari tala-balari, shuningdek, Vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.


    Shamsutdinov R. va boshq.

    Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari); K.2.: /Mualliflar: R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O'.Ubaydullayev; Mas'ul muhar-rirlar: O'. Mavlonov, Q.Usmonov. - Taqrizchilar I. Alimov va boshq. — T.: «Sharq», 2010, 368 b.

    Sarlavhada: O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Bobur nomidagi Andi-jon Davlat Universiteti.

    BBK 63.3(5O')ya 721

    ISBN 978-9943-00-583-9

    © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2010



    Предлагаемая вниманию читателей книга является прямым про­должением учебного пособия «Ватан тарихи» (Отечественная история. Книга первая), изданного в 1997 году, в котором на основе достижений современной историографии Узбекистана, идей национальной незави­симости и разнообразных документальных источников освещается история Отечества со времен государства Шейбанидов, Аштархани-дов, узбекских ханств, завоевания Туркестана царской Россией и ее колониального господства. Показана национально-освободительная борьба народов края, направленная против колониальной политики царизма, а также демократические, национально-освободительные и джадидские движения.

    Книга предназначена студентам исторических факультетов уни­верситетов и педагогических институтов, а также всем тем, кто инте­ресуется отечественной историей.


    This book is direct continuation of the educational manual "Vatan tarixi" (the history of fatherland the first book), published in 1997, in which on the basis of the achievement of modern historiography and ideas of na­tional independence described the history fatherland beginning from the times of the states of Shaybanids, Ashtarhanids, Uzbek khans, occupation of Central Asia by the tsarist Russia and it's colonial domination, democ­ratic, national-liberation and jadid movements are described on the basis of the achievements of modern historiography and the ideas of national Independence.

    This book is intended to the students of historical faculties of univer­sities and pedagogical institutes, and also who is interested in the history of fatherland.


    Muqaddima
    Aziz va muhtaram ilm tolibi!
    Jonajon O'zbekistonimiz mustaqillikka erishganligi tufayli jamiyatimiz ijtimoiy hayotining barcha j abhalarida, shu jumladan, ma'naviy turmushimizda ham chuqur sifat o'zgarishlari, tiklanish va yangilanish jarayonlari jadal sur'atlarda sodir bo'lmoqda. Mazkur jarayon xalq ta'limi tizimini ham qamrab oldi va bu tizim-ni jahon andozalari darajasiga ko'tarish mustaqil O'zbekistonning davlat siyosati maqomini kasb etdi.

    Ushbu tarixiy yutug'imizning ma'naviy negizini mustah-kamlash o'zbek xalqi tanlab olgan o'ziga xos yo'lni muvaffaqiyat-li amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri ekanligi shak-shubhasiz. Bu muhim tarixiy vazifani - mustaqillikning ma'naviy asoslarini qaror toptirish va yanada mustahkamlashda siz yoshlarni ma'naviy kamolotga yetkazish, milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash, hozirgi zamon ilmiy bilimlari bilan qurollantirish favqulodda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois davlatimiz Pre-zidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning bu haqda tinmay g'amxo'rlik qilayotganligi bejiz emas, albatta. «...Noyob in-soniy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O'zbekistonning muno-sib o'g'il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo'nalishini tashkil etmog'i kerak. Shunga ko'ra Vatan tarixi va madaniyati, jug'rofiyasi va iqtisodiyotini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o'rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o'qitishga muhim siyo-siy vazifa sifatida qaralmog'i lozim^1.




    1 Каримов И. BaTaH саждагох каби мукaддaсдир. 3-жилд. Т.: Узбекистан, 1996. 38-бет.

    Biroq mustaqilligimizning dastlabki paytlarida bu muhim ta'lim-tarbiyaviy vazifani keng ko'lamda s amarali hal qilish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarimiz birmuncha cheklangan edi. Nafaqat O'zbekistonning boy tarixini yangicha idrok etish, balki yangi milliy istiqlol g'oyasining shakllanishi va uni fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida qaror toptirish ishiga xizmat qilishga dav'at etilgan Vatan tariximizning o'zi jiddiy yangilanishi lo-zim edi. Mustaqil O'zbekistonning ilmiy-nazariy jihatdan puxta asoslangan yangi tarixiga talab ortib bordi va bu talab paysal-ga solinmay qondirilishi zarur edi. Yana bir yetilgan ehtiyojning tez orada hal etilishi taqozo etildi. Tarix fanimiz yangilanishi va rivojining mustahkam tayanchi sifatida uning yagona konsep-siyasi yaratilishi kerak edi. Bu dolzarb muammoning yechilishi zarurligi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 1998-yilning iyunida bir guruh tarixchi olimlar, ijodiy xodimlar va jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatida uqtirilgan edi. Suhbatda yurtboshimiz bu masalaga e'tiborni jalb etib bunday degan edi: «Nazarimda o'zbek xalqining tarixiy o'tmishini, o'zligini, ma'naviyati haqi-da gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda yaxlit konsepsiya yo'q. O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo'lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi zarui».'

    Mazkur suhbatda yurtboshimiz boy, betakror tariximizning uzoq va yaqin davrlari, bosqichlari, dolzarb muammolari haqi-da muhim metodologik ahamiyatga molik g'oyalarni ilgari surdi va ta'riflab berdiki, ularning barchasi Prezidentimizning «Tari-xiy xotirasiz kelajak yo'q» degan risolasida o'z ifodasini topdi. Bu asarda tarixshunosligimizning ahvoli tahlil etilgan, uning rivojlanish istiqbollari belgilab berilgan, yoshlarni Vatan tarixini chuqur bilish bilan qurollantirishning dolzarb vazifalari, yangi-cha yondashuv va metodologik tamoyillar munosib o'rin olgan. Hozirgi kunda Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» nomli asari tadqiqotchilar uchun ham, tarix fanidan ta'lim berayotganlar uchun metodologik asos sifatida samarali xizmat qilmoqda.



    1 Каримов И. Виз келажагимизни уз кулимиз билан курмокдамиз. 7-жилд. Т.: Узбекистан, 1999. 134-бет.


    Islom Karimov sa'y-harakatlari bilan O'zbekiston Respubli­kаsi Prezidenti huzuridаgi Dаvlаt vа j аmiyat qurilishi akademiya-si qoshidа «O'zbekistonning yangi tаriхi mаrkаzi»ning tashkil to-pishi, Fаnlаr аkаdemiyasi tarix institutigа yangi mаqom berilishi, 1996-yil 16-dekabrdа Prezidentimiz imzolаgаn «O'zbekistonning yangi tаriхini yaratish to'g'risidа»gi fаrmoni vа ungа аsosаn 3 jild-lik O'zbekistonning yangi tаriхining yarаtilishi ham O'zbekiston tarixini tаdqiq etish vа o'qitish ishigа ijobiy tа'sir ko'rsаtdi.

    Tarix tа'limi haqida, O'zbekiston tаriхi fаnini o'qitishning sifаtini oshirish to'g'risidа so'z ketgandа bu sohaga ijobiy tа'sir ko'rsаtаyotgаn yanа bir omilni ham qаyd etib o'tish joiz-dir. O'zbekiston Respublikаsi Fаnlаr akademiyasining Tаriх instituti huzuridа Yahyo G'ulomov nomidаgi «O'zbek xalqi vа dаvlаtchiligi tаriхini o'rgаnish» Respublikа ilmiy semina-ri fаoliyat ko'rsаtib turibdi. Bugungi kundа bu muhim hujjаt o'zbek xalqi vа uning milliy dаvlаtchiligining hаqqoniy tаriхini yaratish, xalqimizdа, аyniqsа, yosh аvlod ongida tarixiy xotirа vа tаfаkkurni tarbiyalashgа xizmat qilmoqdа.

    Jаmiyatimiz mа'nаviyatini yuksаltirishgа ustuvor yo'nаlish berilayotganligining аsl boisi ham shundаki, har ШпюЫагпа tаrbiya ko'rgаn, mа'rifаtli, mа'nаviyati yuksаk milliy g'oya vа milliy istiqlol mаfkurаsi g'oyalаrini o'z ongidа qаror toptirgаn komil insonlаrni voyagа yetkаzib borish ko'p jihatdаn mа'nаviyat sohasidagi sа'y-harаkаtlаr tizimidа yoshlаrgа, tаlаbаlаrgа tаriх tа'limini berish, O'zbekiston tаriхi fаnini o'qitish, bu fаndаn tа'lim berish sifаtini dаvr tаlаblаri dаrаjаsigа ^Чат]! alohida o'rin tutаdi. Shu munosаbаt bilаn mustаqillik yillаridа bu borаdа qаtor muhim tаdbirlаr аmаlgа oshirildiki, uter o'zining ijobiy sаmаrаsini bera boshlаdi.

    Istiqlolning dastlabki yillarida e'lon qilingan ilmiy tadqiqot-lardan akadеmik A.Asqarovning bosh muharrirligida rus tilida nashr etilgan «Istoriya Uzbеkistana. Tom III (XVI - pеrvogo polovina XIX vеka).» Izdatеlstvo «Fan» Tashkеnt, 1993) kitobi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Unda so'nggi o'rta asrlardagi yoz-ma manbalar va arxiv to'plamlaridan olingan aniq matеriallarni hamda eng yangi adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish asosida O'zbеkistonning XVI-XIX asr birinchi yarmidagi tarixi xalqlar-ning hayoti, turmushi, siyosiy voqеalar, iqtisodiyot va madaniyat masalalari ochib bеrilgan.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita g'amxo'rligi va e'tibori samarasi o'laroq O'zbekiston tarixini fan sifatida rivojlantirish va uni o'qitishni zamon talablari asosida tashkil etish sohasida e'tiborga loyiq bir qator tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. 1996-yilda «O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganishning yagona konsepsiyasi» yaratildi va tarix ta'limi jarayonida qo'llanila boshlandi. Mazkur konsepsiya O'zbekiston tarixini fan sifatida o'qitishni yanada yaxshilashda muhim bosqich bo'ldi.

    Ana shu konsepsiya asosida Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, umumta'lim va boshqa turdagi maktablar, litseylar, kollejlar va gimnaziyalar uchun O'zbekistonning yangi tarixidan o'quv dasturlari tayyorlanib sinovdan o'tkazildi. Davlat Kon-sepsiyasi va o'quv dasturlarining yaratilishi, ayniqsa, milliy is-tiqlol mafkurasini shakllantirish borasida erishilgan yutuqlar o'z navbatida O'zbekiston tarixi bo'yicha darslik va bir qator o'quv qo'llanmalarining yaratilishi uchun zarur imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Bu imkoniyatlar tarixshunos olimlar, yetakchi pedagoglar tomonidan «O'zbekiston tarixi» (maktab darsliklari) va «Vatan tarixi» (Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanma) kabilarning yaratilishiga olib keldi. Darslik va qo'llanmalarning yaratilishi O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganishni yangi saviyaga ko'tarishga katta rag'bat bo'ldi.

    Keyingi yillar mobaynida Vatanimiz tarixini o'rganishga nisbatan tobora o'sib borayotgan qiziqish va intilishni hisobga olib keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallab O'zbekiston tarixidan eng zarur bilim va ma'lumotlar beruvchi bir qator ommabop qo'llanma va kitoblar yaratildiki, bular jumlasiga «O'zbekiston tarixi». O'quv qo'llanma. (Toshkent, «Univer-sitet», 1997) «O'zbekiston tarixi. Qisqacha ma'lumotnoma» (Toshkent. 2000) va «O'zbekiston tarixi. Ma'ruzalar to'plami». (Toshkent. 2000), «O'zbekiston tarixi». 1-qism (Toshkent. 2002), «O'zbekiston tarixi. Oliy o'quv yurtlarining nomutaxassis fakul-tetlari talabalari uchun darslik» (Toshkent,«Yangi asr avlodi», 2005) kabilarni ko'rish mumkin. Shuni alohida qayd etib o'tish joizki, tarixchi olimlar tariximizning hali yaxshi tadqiq etilmagan sahifalarini yangicha yondashuvlar asosida yoritgan tadqiqotlar yaratib, yangi tariximizni yozishga, O'zbekiston tarixi fanini oliy o'quv yurtlarida, ayniqsa, ularning tarix fakultetlarida o'qitishni takomillashtirish ishiga munosib hissa qo'shmoqdalar. Bu o'rinda mualliflar jamoalari tomonidan yaratilgan O'zbekistonning yangi tarixining uchta kitobini,1 «O'zbek davlatchiligi tarixi», «Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti», «O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlar tarixi», «Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash» kabi kitoblarni ko'rsatib o'tish zarur.

    Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi va ularning o'zbеk davlat-chiligi tarixida tutgan katta nufuzini ko'rsatuvchi yangi adabi-yotlardan Haydar Bobobеkovning 1996-yil «Fan» nashriyotida nashr etilgan «Qo'qon tarixi» kitobini ko'rsatish mumkin. Bu boradagi eng so'nggi adabiyotlardan mualliflar jamoasi tomo-nidan yozilgan «O'zbеk davlatchiligi tarixi»2 hamda «История Какандского ханство»3 kitoblari ham muhum ahamiyatga mo-likdir.




    1 Туркисгон 4op Рoccияcи муcтaмлaкaчилиrи дaвридa. Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Биринчи китoб. Toni^m': «Шapк», 2000; Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Иккинчи китoб. Узбeкиcтoн муcтaбид overlap xукмpoнлиrи дaвpидa. «Шapк» нaшpиёт-мaтбaa изж^рни Бoш тaxpиpияти. Toшкeнт, 2000; Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Учинчи китoб. Узбeкиcтoн муcтaкиллик йиллapидa. «Шapк» нaшpиёт-мaтбaa TOinjepini Бoш тaxpиpияти. Toшкeнт,

    2000.


    2 Бобоев X.., Хидиров З., Шодиев Ж., А^медова М. Узбек дaвлaтчилик тapи-хи II китоб. «Фaн вa технология тaшкилoти» нaшpиёти. Т., 2009

    3 Эгамбердиев А., Амирсаидов А. История Кoкaндcкoro xaнcтвa. Библи-orpaфичеcкий укaзaтель с иллюcтpaциями, XVIII век. - 1876 г. Т., 2007.

    4 Qarang: Узбекистан миллий энциклопедияси «Узбекистан миллий энци-клопедияси» Дaвлaт нaшpиёти. — Т.: 2001. 2-жилд. 302-306-бетлap.

    5 Узбекистон миллий энциклопедияси... 9-жилд. — T.: 2005, 417-419-бетлap.

    O'zbеk xonliklari tarixining yangicha talqinlari O'zbеkiston milliy ensiklopеdiyasida ham bеrilgan bo'lib, undagi maqolalar ham ilmiy, ham ommabop xaraterga egadir. Buxoro xonligi, Buxoro amirligi tarixi taniqli tarixshunos olim Hamid Ziyoyеv4 tomonidan, Xiva xonligi tarixi tarix fanlari nomzodi dotsеnt ^'mat Polvonov5 tomonidan, Qo'qon xonligi tarixi esa tarix fanlari doktori, professor Haydart^k Bobobekov1 tomonidan yozilgan. Ushbu maqolalar tarix fanining eng so'nggi yutuqlari, yangiliklari yangicha konsepsiya ruhida yozilgan.

    Vatan tarixini chuqur bilish va o'rganishga azmu qaror etgan Siz talabalarning nazaridan bu yangi tarixiy tadqiqotlar chetda qolmas. Zero, ular boy o'tmishimiz, jo'shqin silsilalari tizimidan iborat tariximizning haqqoniy ilmiy manzarasini beruvchi bilim manbalaridir.

    Shu narsa ayonki, xalq ta'limi tizimimiz, shu jumladan, tarix fanidan ta'lim berish yangilanish jarayonini boshdan kechirmoqdaki, bu hol O'zbekiston tarixidan darsliklar va o'quv qo'llanmalarni vaqti-vaqti bilan yangilab, boyitib va takomillashtirib turishni zarur qilib qo'yadi. Darhaqiqat tarix ta'limi samaradorligini oshirish manfaatlari, talabalarni tarix ilmi bilan tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol mafkurasi va uning eng muhim tamoyilini shakllantirish zaruriyati ana shu ish-ni amalga oshirishni taqozo etadi.

    Chindan ham O'zbekiston tarixi fani yangilanish, o'sish, rivojlanish jarayonini boshdan kechirayotgan ekan, bu fandan o'qilayotgan ma'ruzalar, yaratilgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari vaqti-soati bilan yangilanib turishi, yangiliklar va tarixshunosligimiz erishayotgan keyingi yutuqlarni o'zlarida aks ettirib borishlari lozim. Mazkur qo'llanmani tuzuvchilar uni yaratishga jazm etar ekanlar, ana shu holni nazarda tutganlar. Kitob Vatanimiz tarixining favqulodda katta, mohiyatan g'oyat muhim va boy sahifasini yoritishga bag'ishlanadiki, bu davr qiyofasini ifoda etuvshi mavjud adabiyotlarning barchasi ham tarix fanimizning keyingi yutuqlarini aks ettirib ulgurganicha yo'q. Modomiki shunday ekan, yangi darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratib, bu yutuqlarni aks ettirib, talabalarga yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.


    1 Узбекистан миллий энциклопедияси... 11-жилд. — Т.: 2005, 209-212-

    Shu tahlitdagi qo'llanmalar nashr etilishini zoriqib ku-tayotgan, tarixiy bilimlarga chanqoq talabalar e'tiboriga havola etilayotgan ushbu kitob yaqin yillarga qadar kommunistik g'oya va mafkura singdirib yaratilgan tarixiy adabiyotlarga xos soxta­

    lashtirish vа buzishlаrdаn tаmomilа xolis bo'lisl^, Vаtаn tarix-shunosligimizning yangi metodologiyasi vа shu аsosdа emM^n yangi yutuqlаri zamirida dunyogа keldi. Uni yamUs}^ tаriхiy hujjаtlаr, voqealаrni umumiy vа ortiqcha shаrhlovchi, tаfsiliy izohlovchi quruq so'zlаr bilаn ko'mib yubormаslikkа harаkаt qi-lindi.

    Mumkin qаdаr mаnbаlаr mа'lumotnomаlаridаn упт^^11-mаslikkа vа imkon boricha tаriхiy haqiqatni bor^chm аniq-ravshan vа xolisonа yoritishgа intildik. Shuni ham qаyd etib o'tish joizki, qo'llаnmа muаlliflаri Ьшк^п аvvаllаri dunyo ko'rgаn tаriхiy аdаbiyotlаrdа bizning tаdqiqot obyektimiz bo'lgаn mаvzulаrni yoritishdа kаmroq foydаlаnilgаn yoki foydаlаnilmаgаn qo'lyozmаlаr, arxiv hujjаtlаri vа аyniqsа milliy muаrriхlаrimiz hamdа rus rrmtbuoti mа'lumotnomalaridan foy-dalandilar.

    Kitobdа Vаtаnimiz tаriхining XVI аsrdаn, ya'ni Shaybo-niylаr sulolаsi dаvridаn to 1917-yilgаchа bo'lgаn dаvrning mu­him sahifalаri yoritilаdi. Shubhasiz, bir kitob doirаsidа qo'yilgаn qаtor jiddiy vazifalarni biror nuqson vа kаmchiliklаrsiz, tаlаb dаrаjаsidа yoritib berish mushkul bir yumush bo'lishiga qara-masdan ularni baholi qudrat amalga oshirishga harakat qilinadi.



    I B O B

    XVI ASR VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O'RTA OSIYO XALQLARI


    1. SHAYBONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI
    Buyuk Amir Temur tomonidan Oltin O'rdaga berilgan kuchli zarba bir vaqtlar qudratli bo'lgan davlatning zaiflashuvi va parchalanib ketishiga sabab bo'lgan asosiy omillardan biri-dir. Uning o'rniga Volganing o'rta va quyi oqimida Qozon va Ashtarxon hamda Turkiya hukmronligi ostidagi Qrim yarim orolida Qrim xonliklari vujudga keldi. O'z navbatida Amir Temur vafotidan so'ng uning avlodlari o'rtasida o'zaro urushlar Amir Temur asos solgan buyuk saltanatning par chalanib ketishiga sabab bo'ldi va shimoldan kelgan ko'chmanchi qabilalarning bu yerlarni osonlikcha egallab olishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratdi.

    Ma'lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog' tizmalarining Shimoliy yon bag'irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq nomi bi-lan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xis-rav qo'llagan. Dashti Qipchoq XI-XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq man-balarida - qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida Chingizxon qo'shinlari to-monidan bosib olingach, tarixda Jo'ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin O'rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo'ji ulusi, ya'ni Oltin O'rda ikkiga bo'linib ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O'zbeklar mamlakati», aholi-si esa «o'zbeklar» deb atala boshlangan1.




    1 Асцаров А. Y36eR xaлкининг 3THoreHe3M Ba этник TapMXM. — T.: «YmiBep-cMTeT», 2007, 266-6eT.

    Ахмедов Б. Y36eK усули. — Т., 1992.

    XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqda ko'chmanchi qаbilаlаr o'rtasidа olib borilgаn o^ro jаnglаrdа Аbulxаyrxon (1412-1468) boshchiligidаgi Shаyboniylаr nomi ostidа urug' tarix mаydonigа chiqadi. Аbulxаyrxon 1428-yildа xon etib sаylаnadi vа qirq yil (1428-1468) hukmronlik qildi. U Sirdаryoning quyi oqimidа Sig'noq, Oqqo'rgon, Аrko'k, O'zgаn kаbi shаhаrlаrni egаllаb oldi vа bu hududlаrdаn doimo Movаrounnаhrgа tаhdid solib turdi. Аbulxаyrxon vаfot etgаch (1468-y.) o'rniga taxtga o'tirgan o'g'li Haydarxon davrida Iboqxon, Jon^^ Gеrayxon, mang'it amirlaridan Yomqurchi va Muso Mirzolar Oltin O'rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib Haydarxonga qarshi kurash olib borib, g'alabaga erishganlar, Haydarxon esa qatl etilgan. Shunda shoh Budoqning o'g'illari Shаyboniyxon vа Mаhmud Sultonni yaqin ^shi^ri Аshtаrxon xoni Qosimning sаroyigа olib borib yashirgаnlаr. Bundаn xаbаr topgаn sultonlаr o'z qurollаrini Qosimgа qаrshi qаrаtgаnlаr. Аmmo shаhzodа Muhаmmаd Shаyboniy o'z ukаsi bilаn qаmаl qilingаn Аshtаrxondаn omon-eson chiqib Dаshti Qipchoqqа yetib kelgаn. U XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon birlashtirgan Dashti Qipchoq yer-larini birlashtirish va hokimiyatni qaytadan tiklаsh uchun kurash olib boradi. Bu kurаshning dаstlаbki bosqichidа temuriylаr Shаyboniyxongа kаttа yordаm vа mаdаd bergаnlаr. Tarixiy mаnbаlаrdа Shаyboniyxon o'z ukаsi bilаn bir nechra mаrtа Mo-varounnahr hukmdorlari va noiblari -Turkiston vа O'trorni idora qilgаn noib Muhаmmаd Mazid Tаrxon, Sаmаrqаnd hokimi Аhmаd Mirzoter huzurlаrigа kelgаndа yaxshi kutib olgаnliklаri vа homiylik qilgаnliklаri ko'rsаtilаdi. Shаyboniyxon bir nechа vаqt Buxorodа hаm yashаgаn vа Dаshti Qipchoqqа borib kelib tu^n. Buxorodа bo'lgаnidа Shаyboniyxon mа'rifаtdаn sаboq olgаn, ilm vа she'riyatni sevib o'rgаngаn.

    Sig'noq shаhri (Qizil O'rdаgа borаdigаn yo'ldаgi Turrmn-Аriq degаn sobiq pochtа bekаtigа 10 km yetmаsdаn, Sig'noq shаhrining xаrobаlаri hozir hаm mаvjud) Shаyboniyxongа j аngsiz tаslim bo'lgаn. Mаng'it hokimi Muso-Mirzoning yordаmi evаzigа Shаyboniy qozoqlаr xoni Burunduqxonni (1481-1511) tor-mor qi^i. Аmmo keyin o'zi qаttiq zаrbаgа uchrаb, Mаng'ishloq ya-rim oroligа qochаdi.

    Sаmаrqand hokimi Аhmаd Mirzo mo'g'ullаrning tinim­siz qilib turgan hujumidan tinkasi qurib Shayboniyxonga yordam so'rab murojaat qiladi. Shu bahona bilan Shayboniyxon Movarounnahrga ikki bosqichda ya'ni 1488-1499-yillarda birin­chi marta, 1499-1507-yillarda ikkinchi marta yurishlar qiladi va birin-ketin O'tror, Yassi (Turkiston), Buxoro, Samarqand hamda Farg'ona hududlarini egallab oladi.
    2. SHAYBONIYXON VA BOBUR MIRZONING O'ZARO MUNOSABATLARI
    Temuriylar sulolasining nomini jahonga t aratgan vakillaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U 1483-yilda Andijonda tug'ilgan. Bobur Mirzoning otasi - Umarshayx Mirzo (1451­1494) Farg'ona viloyati hokimi, onasi Qutlug' Nigorxonim Mo'g'iliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

    1469-yilda Sulton Abusayid vafotidan so'ng temuriylar saltanati yana ikki qismga bo'linib ketganligi tarixdan ma'lum. Movarounnahrda Sulton Abusayid avlodlari navbat bilan hukm-ronlik qildi. Dastlab uning o'g'li Sulton Ahmad Mirzo (1469­1494), so'ngra Sulton Mahmud Mirzo (1494-1498) va niho-yat Mahmudning o'g'li Sulton Ali Mirzo (1498-1500) mustaqil hukmronlik qiladilar. Farg'onada Umarshayx hokimlik qilar edi. Bu hukmdorlar orasida ayniqsa Sulton Ahmad uquvsiz, sustkash bo'lgan. Uning davrida siyosiy tarqoqlik va toj-u taxt uchun kurash avjiga mingan. 1494-yilda Sulton Ahmad Mir-zo Mo'g'iliston xoni Sulton Mahmud o'zaro ittifoq bo'lib, lashkarlarini Farg'onaga yuborgan bir paytda Umarshayx fojiali halok bo'ladi.



    Bu davrda Bobur Mirzo endigina 12 yoshga to'lgan edi. U valiahd sifatida taxtga o'tiradi (1494-yil iyun).Yosh va tajriba-siz Bobur Mirzo yuqori tabaqa vakillari o'rtasidagi siyosiy tarqoqlik kurashiga aralashishga majbur bo'ladi. U ulug' so-hibqiron bobosi davlatini birlashtirishni o'zining ezgu niyati deb bilar edi. Ana shu ezgu maqsad bilan harakat qilgan Bobur Mirzo boshchiligidagi Andijon qo'shinlari 1495-1496-yillarda Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va yetti



    oylik qamaldan so'ng Samarqand-
    ni egallaydi, Boysung'ur Qunduzga
    qochadi. Zahiriddin Bobur bobosi
    Amir Temurning rasmiy poytax-
    ti Samarqandda bor yo'g'i yuz
    kungina hukmronlik qiladi, xolos.
    U tez orada Andijonga qaytishga
    majbur bo'ladi. Buni muarrixlar
    har xil sabablar bilan sharhlaydilar.
    Birinchi sababi, Samarqand uzoq
    vaqt qamal qilinganligi oqibatida
    shaharda oziq-ovqat tanqisligi ku-
    chaygan. Ikkinchi sababi esa, Bobur
    Mirzoning yo'qligidan foydalangan
    mahalliy hukmdorlar Andijonda
    qo'zg'olon ko'taradilar va shaharni
    Zahiriddin Muhammad qo'lga oladilar. Bobur Mirzo
    Bobur Andijondagi o'zboshimcha beklarni

    tanobini tortib qo'yish maqsadida Samarqanddan chiqib Andijon sari otlanadi. Samarqand yosh shahzoda xotirasida juda chuqur iz qoldiradi. Bu Bobur Mirzoning Movarounnahr poytaxtiga birinchi bor qadam qo'yishi edi.

    1498-yilda Buxoroda turgan temuriylardan bo'lmish Sulton Ali Samarqandga kirib keladi. Uning ixtiyorida qurolli kuch yo'q bo'lib u amirlar qo'lida shunchaki bir qo'g'irchoq edi, xolos. Mamlakatdagi bunday bosh-boshdoqlik, boshqaruv tizimining tez-tez bir qo'ldan ikkinchi qo'lga o'tib turishi, xalqning og'ir iqtisodiy ahvoli Movarounnahr tuprog'idan temuriylarni surib chiqarishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan boshqa bir turkiy qabi-la - Dashti Qipchoqdagi chorvador o'zbek nomi bilan ataluvchi qavm va qabilalarning Muhammad Shayboniyxon boshchiligi-da bu hududlarni egallab olishlariga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxon 1500-yilda jangsiz Samarqandni egalladi. U shaharni talaydi, temuriy shahzodalarni qilichdan o'tkazadi. Aholiga katta va og'ir soliqlar solinadi. Bu hol Samarqand shahri aholisining norozilik qo'zg'oloniga sabab bo'ldi. Qo'zg'olonga

    Abulmakarim boshchilik qiladi. Shayboniyxon bu davrda Sa-marqandda 600 kishini qoldirib o'zi Ko'limalikda dam olayot-gan edi. Shunda Samarqand shahri ahli 19 yoshli Bobur Mirzoni Samarqandga chorlab, shahar darvozalarini unga ochib berdilar. Shayboniyning Samarqand shahrida qoldirib ketgan 600 kishidan iborat askarlari qirib tashlandi.

    Bobur Mirzo hukmdor etib ko'tariladi. Samarqand tuman-lari, Qarshi, G'uzor hududlari ham Bobur Mirzo hukmronligini tan oldi. Samarqandda sodir bo'lgan voqealardan xabar topgan Muhammad Shayboniyxon Turkiston atroflaridan katta qo'shin to'plab yana Samarqand sari yurdi. Bu davrda S amarqandda og'ir vaziyat vujudga kelgan edi. Qurg'oqchilik tufayli shahar oziq-ovqat va yem-xashak tanqisligiga uchradi. Natijada Bobur Mirzo lashkarlarining bir qismini tarqatib yuborishga majbur bo'ladi. U oz sonli qo'shin bilan qolgan edi. Bundan foydalangan Shay-boniyxon hujum boshlaydi. Bobur Mirzo Kesh, Toshkentdan kelayotgan yordamchi kuchlarni kutmasdan jangga kiradi. Za-rafshon qirg'og'ida bo'lgan jangda Bobur Mirzo yengiladi va Samarqandda yashirinadi. Shayboniyxon Samarqandni uzoq vaqt qamal qiladi. Shaharda misli ko'rilmagan og'ir ahvol yuzaga keldi. Bobur Mirzo och-yalang'och qolgan Samarqandni ya-rim tunda tashlab Toshkent tomon otlandi. U tog'asi Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon huzuriga Samarqandni qaytarib olishda yordam so'rab boradi. Biroq Muhammad Shayboniyxon Bobur Mirzo, Sulton Mahmudxonning birlashgan qo'shinlarini yengadi. Bobur Mirzo Mo'g'ilistonga qochishdan boshqa chora topa olmadi. Bu davrda Andijon ham Shayboniylar tomonidan egallangan edi. Muhammad Shayboniyxon 1505-yilga kelib butun Movarounnahrni egallab bo'lib, Xurosonni qo'lga ki-ritish maqsadida tayyorgarlik ko'rayotgan edi. Bobur Mir-zo 1504-1507-yillar oralig'ida Mo'g'iliston va Movarounnahr yerlarida quvg'inda yuradi va nihoyat oz sonli lashkar bilan Hisor tog'laridan oshib, Qobul shahrini egallaydi. U boshidan juda og'ir kunlarni o'tkazdi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim (1523­1603) o'zining «Humoyunnoma» asarida bunday deb yozgan edi: «To'liq 11 yil davomida Movarounnahr o'lkasida, chig'atoy, te-muriy va o'zbek sultonlari bilan shunday janglar va mudofaalar qiladilarki, ularning sanog'ini batafsil bayon qilishga qalam ojiz va nuqsonlidir. Oxirgi hamrohlari va qarindoshlari bo'lib, jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida cho-riq, qo'llarida tayoq bo'lgani holda beyarog', xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Qobulga qarab yo'l oldilar»1.

    Bobur Mirzo Afg'onistondagi tarqoq qabilalarni birlash-tirdi. Qobuldan so'ng G'azna egallandi. Qobul Bobur Mir­zo davlatining poytaxti edi. U 1508-yilda rasmiy suratda o'zini Afg'onistonning podshosi deb e'lon qiladi. Hatto Xuroson hukm-dori Husayn Boyqaro Bobur Mirzo bilan birgalikda Muhammad Shayboniyxonga qarshi jangga otlanishga o'zaro kelishib olgan edi. Faqat Husayn Boyqaro Mirzoning 1506-yildagi kutilmagan bevaqt o'limi bu rejaning amalga oshuviga imkon bermadi. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahr so'ng Xurosonni egallab, bu hududlarni temuriylardan tortib oldi.


    3. SHAYBONIYXON VA SHOH ISMOIL
    Shayboniyxonning janub tomon ilgarilab borayotganligini Eron shohi Ismoil ziyraklik bilan kuzatib turar va u Shaybo-niyxonning bu harakatini to'xtatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Shoh Ismoil bilan Shayboniyxonning to'qnashuvi aniq bo'lib qoldi. Eron hukmdori Ismoil Ardabel shahridagi safaviylar xonadonidan edi. U Ozarboyjondagi turk qabilalari ko'magidan foydalanib uncha katta bo'lmagan, biroq kuchli va tartib-intizomli qo'shin tuza oldi.

    1510-yilda Eronga yurish qilib, Mashhar va Eronning shi-molidagi boshqa shaharlarni egallagan edi. Eron shohi asosiy kuchlari bilan Shayboniyxonga qarshi chiqqach, u Mashhaddan Seraxs orqali Marvga ketgan edi. Bundan xabar topgan shoh Ismoilning 70 ming kishilik qo'shini Marv qo'rg'onini qurshov-ga oldi. Biroq Shayboniyxon tomonidan qattiq mudofaa qilingan shaharni qo'lga ola olmagan Ismoil hiyla ishlatdi va qal'ada hi-moyalanayotgan Shayboniyga: «Agar mard bo'lsang tashqariga chiqib, men bilan maydonda olishasan», deydi. Erkaklik va


    Гyл6aдaн6eгим. «XyMoK>HHoMa». Т., 1959. 24-25-6eтлap.

    mаrdlik g'ururi tu^n Shayboniyxon oz sonli qo'shin biten Ismoilni orqаsidаn boradi. Eronlik safaviyter Mаrv yaqinidаgi Murg'ob dаryosi qirg'og'idа, Tаhrirobod deb аtаlgаn joydа d аryo ustidаgi ko'priklаrni buzib, Shayboniylаrni tuzoqqа tushirаdilаr. Ko'p o'zbek sаrkаrdаlаri qirib tаshlаnаdi. Mаg'lubiyatgа uch-rab yarаlаngаn Shayboniyxon yaqin bir qishloqqа chekinadi. Eronliklаr Shayboniyxonni qo'lgа olib 1510-yil 12-dekabrdа uning boshini tаnаsidаn judo etib1, nаyzа uchiga ilib qo'yadikr. Zаki Vаlidiy To'g'onning yozishichа, shoh Ismoilning buyrug'i bilаn Shayboniyxonning bosh suyagidаn sharob qаdаhi yasаlаdi vа u oltin bilаn bezаtilib, Misr sultoni Falajga sovg'а sifаtidа yuborilаdi. Chunki Falaj ham Shayboniyxon singаri sunniy mаzhаbidа edi vа uni judа sevаrdi.2 Аrаb tarixchisi Ibn Аyos «Bаdoiy o'z-zuhur» nomli аsаridа keltirishichа Shayboniyxon­ning bosh suyagidаn yasаlgаn qаdаh ustigа shoh Ismoil quyidаgi sаtrlаrni yozdirgаn ekаn;



    Alsayf val-xanjar rayxonano, Tuf a 'lo almarjis val-as. Mudominoman dam a 'donno, Vahasno jumjumatu'al-ras!

    АшЬйш bu sаtrlаrning mа'nosini quyidаgichа shаrhlаsh mumkin:

    Qilich va xanjar bizning hidimizdir, «Tuf» bo'lsin nargiz va sumbulimizga. Dushmanning qoni ichkiligimizdir, Aylansin bosh suyak qadahimizga!


    1 Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida Tillaqori va Sherdor madrasalari o'rtasidagi burchakda joylashgan bo'lib bu yerga keyinchalik boshqa Shayboniylar ham dafn etilgan. Qarang: Shayboniylar daxmasi. Узбекистан миллий энциклопедияси... 9-жилд. 678-679-бетлар.

    2 Лхмад З. В. Бугунги турк эли (Туркистон ва якин тaриxи). И^^^ул, 1981, 2-нaшри, 55-56-бeтлaр.

    Shayboniyxonning bosh suyagidаn yasаlgаn иПа qаdаhning Misrgа yetib kelishi sunniy mаzhаbidаgi а^Н o'rtаsidа kаttа norozilik uyg'otdi. Misr sultoni Qаnsu Gаvri o'shа bosh suyakni katta hurmat bilan ko'mdiradi. Yana Ibn Ayosning aytishicha, 200 dan ortiq misrlik shoir shoh Ismoilning yuqorida keltirilgan she'riy to'rtligiga qarshi javob she'riy to'rtliklar yozdilar. Masalan, shayx Nosuriddin Tahhan qalamiga mansub she'riy javob to'rtlikning o'zbekcha tarjimasi quyidagichadir:
    Саг hidlab yursang hushbo'y narsalarni Kopaytirarsan mudhish qo'rquvlarni. Jangda dushmannio'ldirish sharafdir, Faqat it yalaydi bosh suyaklarni!

    Shayboniy taqdiridan voqif bo'lgan Bobur Mirzo qalbida Shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo bo'ladi. Ana shu niyatida u Shoh Ismoil elchisi-ni Qobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Ismoil elchilari Bobur Mirzoga sovg'a tariqasida shialar odatiga ko'ra o'ralgan salla qalpoqni tortiq qiladilar. Bu albatta diplomatiya o'yini edi. Atrofdagilarning nigohi Bobur Mirzoga qadalgan; nahotki Bo-bur Mirzo o'zi sunniy bo'laturib shialar qalpog'ini kiysa... Shu payt elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo'shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo Shoh Ismoil taklifini qabul qiladi va diplomatik mahoratini ishga so-lib: «Inshoolloh Samarqandni egallasak bu qalpoqni kiyamiz», deb og'ir vaziyatdan chiqib ketadi. Chunki agar shu paytda u qalpoqni kiyganida barcha sunniylar Bobur Mirzodan yuz o'girar edilar. Shoh Ismoil o'zaro kelishuvga asosan Samarqand taxti uchun kurashda Bobur Mirzoga har tomonlama yordam ber-di. U Bobur Mirzoni qurollantirdi, unga sipohlar berib jangga otlantirdi. Bobur Mirzo 1512-yilda Shoh Ismoil yordamida Samarqandni qo'lga kiritdi. Ammo bu safar Samarqand aholisi Boburni qo'llab-quvvatlamadi. Xalq uni bu gal shiddatli hukm-dor avlodi, qo'rqmas sipoh, xalqparvar shoir va mutafakkir, avvalgi Bobur Mirzo deb emas, balki shoh Ismoilning qo'g'irchoq gumashtasi, Samarqand sunniy aholisining nazarida mansab, ho-kimiyat uchun har narsaga tayyor, o'z elidan, dinidan qaytgan shialar xizmatkori sifatida qabul qiladi. Bunga Bobur Mirzoning yo'l qo'ygan xatolari va noto'g'ri xatti-harakatlari asosiy sabab bo'ldi. U Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hokim deb e'lon qiladi. Shiya imomlari nomi bilan tangalar zarb qila boshladi, Movarounnahrni Eron manfaatlariga bo'ysundiradi.

    Albatta, bu hol sunniy mazhabidagi Movarounnahr aholisining g'azabini qo'zg'adi. Bu orada Bobur Erondan kel-gan qo'shinlarga javob berib ularning boshliqlariga katta-katta sovg'a-salomlar ulashadi. Shu tufayli yuzaga kelgan qulay fursatdan foydalangan va xalq ommasining kayfiyatini to'g'ri hisobga olgan Shayboniylar urug'idan bo'lgan Shayboniyzodalar Ubaydulla Sulton boshchiligida birlashib 1512-yil iyun-noyabr oylarida katta qo'shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdilar. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo'shini bilan qarshi chiqadi, ammo Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorga qoch-di. Shayboniy avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o'zining eng tajribali va nomdor sarkardalaridan bo'lgan amir Ahmad (laqabi «Najmi-soniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligida qo'shin yuboradi. Eron qo'shini o'z yo'lida Xuroson amirlarining madad beruvchilarini o'ziga qo'shib olib, Termiz yonida Jayhundan kechib o'tdi va Bo-bur Mirzo bilan qo'shildi. Birlashgan Eron va Bobur qo'shinlari Qarshi shahrini o'rab oldi va Amir Ahmad shahar aholisini butunlay qirib tashlashga buyruq berdi. Qarshi shahrida 15 ming aholi qirib tashlandi. Qariyalaru bolalarni ham ayamadilar. Bu paytda Ubaydulla, Muhammad Temur sulton va boshqa o'zbek sultonlari fursat poylab Buxoro yaqinida raqiblarini kutib turar edilar. Amir Ahmad Buxoro tomon yuradi va G'ijduvonni qamal qila boshlaydi. Kutilmaganda u o'zbek sultonlarini hujumiga duch keldi va tez orada yakson qilindi. Bu jangda amir Ahmad-ning o'zi o'ldiriladi. Eron qo'shinidan ozgina qismi qochib ul-gurdi. Shundan so'ng Bobur Mirzo bilan Shoh Ismoil o'rtasidagi ittifoq barham topdi. Bobur Mirzo endi Movarounnahrdan butunlay umidini uzib Qobulga qaytdi. U 21 yil mobaynida, ya'ni 1526-yilga qadar Qobulni boshqargan. So'ngra Bobur Mirzo Qobulni ikkinchi o'g'li Kamron Mirzoga qoldirib o'zi Hindiston sari yurish boshlaydi va buyuk boburiylar sulolasi saltanatiga asos soladi.

    Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek va hind «xalqlari tarixida buyuk lashkarboshi va davlat arbobi, ulug' shoir, mutafakkir olim va tarixchi sifatida munosib o'rin olgan. Hind xalqining buyuk farzandi Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Bobur Mirzo va uning nabirasi Akbarga yuksak baho bergan. U shunday deb yozadi: «Bobur - dilbar shaxs, Uyg'onish davrining tipik hukm-dori, mard va tadbirkor odam bo'lgan. U san'atni, adabiyotni






    Download 1.88 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.