• II B O B OZBEK XONLIKLARI 1. XONLIKLARNING TASHKIL TOPISHIDAGI TARIXIY SHAROIT
  • 2. BUXORO AMIRLIGI - MANGITLAR SULOLASI
  • Muhammad Rahim (1756-1758)
  • Doniyolbiy otaliq (1758­1785)
  • Shohmurod (1785-1800)
  • Eltuzarxon (1804-1806)
  • Amir Nasrullo
  • Amir Muzaffarxon (1860-1885)
  • Amir Abdulahad (1885-1910)
  • Xoji Muhammad (1560-1602)
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet5/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

    Nazorat savollari

    1. Shayboniylar davlatini tashkil topishidagi tarixiy shart-sharoitlar.

    2. Shayboniyxon va Bobur Mirzo munosabatlaridagi ziddiyatlar haqida nimalarni bilasiz?

    3. Bobur Mirzoning Movarounnahrni tark etishi sabablarini ko'rsating.

    4. Bobur Mirzo va Shoh Ismoil munosabatlaridagi ziddiyatlarni ayting?

    5. Bobur Mirzoning Hindistonga yurishlarining kelib chiqish sabablarini ayting?

    6. Bobur va boburiylar davrida Hindistondagi madaniy hayotni gullab-yashnashi va uning jahonshumul tarixiy ahamiyati.

    7. Shayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy hayot.

    8. Shayboniylar hukmronligining tanazzulga uchrashining sabablarini ayting?

    9. Abdullaxon II hukmronligi yillarida madaniy hayot.

    10. Ashtarxoniylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar.

    11. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatida siyosiy tuzum, maishiy iqtiso-diy munosabatlardagi o'zaro ziddiyatlarning sabablarini ko'rsating.

    12. Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida madaniy hayot haqida nimalar-ni bilasiz?

    13. Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida adabiy jarayon.

    14. Shayboniylar va ashtarxoniylar davrida me'morchilik obidalaridan qay-silarini bilasiz?

    15. «Boburnoma» va «Humoyunnoma» O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim manba ekanligi.

    16. Boburiy hukmdorlarning bunyodkorlik ishlari haqida nimalarni bilasiz?

    17. II B O B O'ZBEK XONLIKLARI







    18. 1. XONLIKLARNING TASHKIL TOPISHIDAGI

    19. TARIXIY SHAROIT



    20. Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklaridan iborat uch-ta yangi davlat tashkil topdi. Bu davlatlar etnik negizda vujudga keldilar. O'zbek urug' va qabilalari o'rtasida katta mavqeyiga va kuchga ega bo'lgan qo'ng'irotlar Xivada, mang'itlar Buxoroda va ming urug'i Qo'qon xonligida o'z hokimiyatini o'rnatdi. Bu o'zbek davlat birlashmalari bir-birlariga qarshi mol-dunyo, yer va davlat talashib tinimsiz va muttasil kurash olib bordilar, bir-birlarining tinka-madorini quritdilar va ming-minglab aholi qirilib ketdi. Shu boisdan bu davlatlar faoliyat yuritgan butun Turkiston o'lkasi hududida ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi jahon xalqlari taraqqiyoti va sivilizatsiyasidan nisbatan orqada qoldi.

    21. Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari turli urug', qabila va xalqlarning qurama ittifoqini tashkil etar edilar, ular o'rtasida siyosiy birlik shakllanmagandi. Natijada bu davlatlar hudud -larida yashagan xalqlar o'rtasida yagona xalq, yagona millat, yagona V atan his-tuyg'usi taraqqiy etmadi, bu davlat birlashmalari bunday oliyjanob his-tuyg'ularning rivojlanishi va k amol topishiga aksincha to'sqinlik qiladilar. Bu XVI-XIX asrlarda Movaro-unnahr hududida iqtisodiy va siyosiy hayot turg'unligining eng asosiy sabablaridan biridir.

    22. Ikkinchi yana bir asosiy sabab bu qishloq xo'jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan iborat ishlab chiqarish munosabatlarining saqlab qolinganligidir. Yer barcha boylik-larning manbaidir. Unga bo'lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantiruvchi eng asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Yevropa va dunyodagi boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lgan yerga egalik qilishning xususiy mulk shak-li qishloq xo'jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamg'arish jаrаyonining qudratli vositаsi bo'ldi. Osiyodа, jumlаdаn, Tur-kiston hududidаgi dаvlаt birlashmаlаridа esа mulk shakllаri vа dehqonchilik shakllаri аsrlаr mobаynidа o'zgаrmаdi, yergа xu-susiy mulkchilikka аsoslаngаn ishlаb chiqаrish munosаbаtlаri o'zgаrishsiz qolаverdi. Yerning аsosiy egаsi ilgаrigidek oliy hukmdorligichа qoldi. U yerni foydаlаnish uchun mаhalliy yer egаlаri vа mаsjidlаrgа ulashаrdi.

    23. Yer o'zining аsosiy xo'jаyini, egаsigа - qishloq mehnаt-chilаrigа berilmаdi. Yergа xususiy egаlikning yo'qligi, deh-qonchilikdаgi qo'shimchа qiymаt vа jаmg'аrmа shakllаri hisoblаngаn аbsolyut vа differentsiаl rentа bo'lmаsligi uchun sha-roit yarаtgаn edi. Bu hol zadаgоnlаrni esа o'z nаvbаtidа yerdаn foydаlаnish, dehqonchilikni yaxshilаsh, yer hosildorligini oshirish mаqsаdidа mаblаg' sаrflаshdаn mаnfааtdor bo'lmаsligigа аsosiy sаbаb bo'ldi. №и]а!а ishlаb chiqаrish kuchlаri rivojlаnmаdi yoki kаm rivojlаndi.

    24. Bаrchа yerter sharoitgа ko'rа dаvlаtgа, xon, ахт^а qarash-li bo'lib, foydаlаnish uchun turli shаrtlаr аsosidа аholining turli qаtlаmlаrigа berilаr edi. Tarixаn qаror topgаn tаrtibgа ko'rа yer uchta qаtlаmlаr o'rtаsidа tаqsimlаngаn:

    25. 1) Dаvlаt yerlаri (аmlok); 2) egаlik yerlаri (mulk) vа 3) vаqf yerteri, ya'ni mаsjid, mаdrаsаlаrgа, ruhoniyatgа qarashli yerkr. Dаvlаt yerlаri hech qаchon sotilmаsdi, аyribosh ham qilinmаsdi. Ulаrdаn umumiy tаrzdа o'lpon (xiroj) ШЧа^а^ Xususiy yer mulklаri har xil bo'^n: mulki hur, mulki ushriy vа mulki xi­roj. Bu yerlаrdаn olinаdigаn soliqlаr har xil bo'lib, so^^ming miqdori bа'zi ^ПаМа olinаdigаn dаromаdning yarmisigаchа borаrdi.

    26. O'rta Osiyo hududidа lаlmi vа sug'ormа yerlаr 2 million gektаrni tashkil qi^n vа jon boshigа yarim gektаrdаn to'g'ri kel-gan. АШаИа imorаtlаr egаllаgаn joylаr, texnikа ekinteri (pаxtа, tut dаrаxtlаri vа boshqa) egаllаgаn mаydonlаr ham shu hisobgа kirаrdi. Bundаn tashqari ishlаb chiqаrish kuchlаri tаrаqqiyotining pаstligi, dehqonchilik mаdаniyatining rivojlаnmаgаnligi vа аholining yuqori sur'аtlаrdа o'sib borаyotgаnligi hisobgа olinsа, mаvjud bo'lgаn sug'orilаdigаn yer miqdori а^Нш oziq-ovqаt mаhsulotlаri bilаn tа'minlаsh uchun yetаrli bo'lmаgаnligi аniq-ravshan mа'lum bo'lаdi.

    27. Biz bu o'rinda to'ralar, boylar va amaldorlarning oddiy meh-natkash xalqqa nisbatan zo'ravonliklari, adolatsizliklari haqida gapirib o'tirmaymiz. Shu bois o'lkada yashovchi xalq albatta og'ir va nochor hayot kechirishga mahkum edi.

    28. O'rta Osiyo xalqlari qadim-qadimdan dehqonchilik, bog'dorchilik va chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar va bu borada ibrat olsa arzigulik tajribaga ham ega bo'lganlar. Buni yevropalik va rus olimlari yuqori baholaganlar. Jumladan, A.Middendorf: «O'rta Osiyoning mehnatsevar ahli, biz uchun ishga mislsiz talabchanlik, muhabbat, toliqmay unnash va harakat qilish matonati, katta jonli zakovat namunasi xizmatini o'taydi», deb yozadi.

    29. Ota-ona, avlod-ajdodlarimiz o'zlarining mehnatsevarligi, matonati va fidoyiligi tufayli g'oyatda og'ir sharoitlarda, ming yillar davomida ham deyarlik o'zgarmagan oddiy mehnat qurollari (omoch-bo'yinturuq, ketmon, belkurak, o'roq va h.k.) bilan astoydil mehnat qiladilar. Hamma ish deyarlik qo'lda bajarilib, mehnatkash xalqning gardaniga og'ir yuk bo'lib tushardi.

    30. Xususan, sug'orish ishlarida xalqimizning boy o'tmish tari-xiy tajribalari asqotdi. Suv olg'ich to'g'onlar va katta kanallar qurishda qulay joylarni tanlashda bu ayniqsa katta ahamiyat kasb etdi. Sug'orish dehqonchiligida chig'iriqlar ham keng qo'llanilgan bo'lib, ular daryolar, kanallar va quduqlarda o'rnatilardi. Chig'iriqlarni tortishda ishchi hayvonlar: tuya, ot, ho'kiz, eshaklardan keng foydalanganlar. Ba'zan bu ishni odamlar ham bajargan.

    31. XVI-XIX asrlarda juda katta ulkan kanallar va ariqlar qu-rish, ularni tozalash, suvni undan foydalanuvchilarga taqsimlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu ulkan kanal va ariqlar o'nlab, yuzlab kilometr uzunliklarga cho'zilardi. Jumladan, Chirchiq daryosining suvi 45 ta kanalni suv bilan ta'minlar edi. Shundan eng uzuni Zog'ariq 70 km, Bo'zsuv 60 km ga cho'zilgandi. Farg'ona vodiysidagi katta ariqlar ikki yuz kilometr, Samarqand viloyatidagi barcha ariqlar to'rt yuz kilometrdan uzun masofaga borardi. Ayniqsa, Farg'ona vodiysida keng ko'lamda sug'orish ishlari olib boriladi. XVIII asr va XIX asr boshlarida bu yerda ulkan kanallar barpo etildi. Bular: Shahrixonsoy, Andijonsoy va Yangiariq (har qaysisining uzunligi 100 km dan) kanallari qurildi. Bunday ulkan suv inshootlari Toshkent viloyatida (1822-1842-yillarda Xonariq), Buxoro amirligida (Zarafshon sug'orish tarmog'i XVIII asr oxirida), Xiva xonligida (XIX asrda Porsu' Xo'jayli va Ko'hna Urganchni sug'orish uchun Lavzon ko'lidan chiqarilgan ariq) ham qurildi. Albatta bunday ulkan va ulug'vor qurilish inshootlari o'z davrida har qanday kishini hayratga solishi turgan gap. Rus geografi knyaz V.Masalskiy bunday kanallardan hayratlanib: «Obi-hayotni ko'pgina o'nlab chaqirimlarga eltayotgan bu qudratli oqimlarni ko'rganda, texnik bilimlari juda nochor bo'laturib, Turkiston quyoshining jazirama nurlari ostida benihoya mehnat evaziga butun mamlakatni sug'orish shoxobchalari bilan to'ldirgan xalqqa beixtiyor mehring uyg'onadi, kishida»,1 deydi

    32. Kanallar va sug'orish shoxobchalarini tozalashda butun xalq qatnashgan. Bu ishlarda har bir dehqon xonadoni yiliga 90-100 kundan ishlab berar edi. Bundan tashqari fuqarolar ot-aravalarda dambalar qurilishi ishiga shoh-shabba, qamish va toshlar ham yetkazib berishi kerak bo'lgan. Bu ishlarning hammasi fuqaro tomonidan tekinga, haq olmasdan hashar yo'li bilan bajarilgan. Ular hatto kundalik ovqatlarini ham o'zlari bilan birga olib kelganlar. Masalan, 1828-yilda Polvonyob katta kanalining bosh qismini qurish uchun Xiva xoni Olloqulixon «yemishi va ketmo-ni» bilan birga 40 ming kishini ishlatgan. Cho'ponota yaqinidagi Zarafshon suv taqsimlagish qurilishida yiliga 5 mingga yaqin fuqaro mehnat qilgan.


      1. 1 MacanhCKuii В. Pocckh. rioniroe reorpacJDmecicoe omicaHMe Haniero oTe4ecTBa. СПб., 1913, 423 стр.

      Bu o'lkaning geografik joylashgan o'rni bilan bog'liq bo'lib, Usmonli turklarning O'rta yer dengiz portlarini yopib qo'yganligi (XV asrdan) va «Buyuk ipak yo'li»ning barham topganligi tufayli sodir bo'ldi. O'rta Osiyo hududi aholisi o'z ishlab chiqarish qobig'iga o'zi o'ralib qoldi, jahon fani va texno-logiyasi yutuqlaridan bahramand bo'la olmadi. Mahalliy aholi tor va oddiy kustarchilikdan iborat hunarmandchilik va kosib-chilik bilan o'zining talab-ehtiyojlarini qondirishdan nariga o'ta olmadi: bo'yoqchilik, to'qimachilik ko'nchilik, sham, sovun, yog' tayyorlash, tegirmonchilik kabi sohalargina birmuncha ri-voj topdi. Hunarmandlar ozgina, arzimagan daromaddan ham qanoat hosil qilar edilar. Ularda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan yollanma ishchilar ham, qo'shimcha qiymat ham yo'q edi.

    33. XVIII-XIX asrlarda Turkiston hududida jun, paxta va ipakdan to'qilgan matolar keng ishlab chiqariladi. Ayni zamonda mis o'ymakorligi bilan bog'liq hunarmandchilik, kulol va sopol buyumlar, musiqa asboblari, bolalar o'yinchoqlari, bezaklar va shuning singari buyumlar ishlab chiqarishga ham katta e'tibor beriladi.


      1. 1 Qarang: A3aMaT Зиё. y36eK дaвлaтчмлмгм TapMxM. Т., «IHapK», 2001, 278-279-6eTnap.

      Xullas, XIX asr boshlariga kelib O'rta Osiyo xalqlari o'z boshlaridan juda katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy og'ir damlarni kechirayotgan edilar. Bu davrda har qanday jamiyat borlig'i va taraqqiyotini belgilab beruvchi davlatchilik asoslari nihoyatda zaif holatni kechirayotgandi. Natijada millat va davlat qaramlik ahvoliga tushib qolayotgan edi. XVIII asrga kelib o'zbek davlatchiligida bo'linish, tarqoqlik holati yuzaga kelayotgandi. Millat va jamiyat boshqaruviga da'vogar hokimiyat uch yerda -Buxoro, Xiva, Qo'qonda alohida-alohida mujassamlashgandi. Ta'bir joiz bo'lsa, mamlakatda uch hokimiyatchilik g'olib kelgan edi. Davlatchilikdagi bunday bo'linish, uch hokimiyat-chilikning yuzaga kelishi oxir-oqibatda davlatning kuchsizlanishi va yemirilishiga, boshqa omillar bilan qo'shilib chor Rossiya-si bosqiniga dosh bera olmay qaramlikka yuz tuban bo'lishiga olib keladi.1 Bunday og'ir vaziyatdan faqat yuksak darajadagi onglilik va o'lka xalqlarining yagona va mustahkam birligi orqali chiqish mumkin edi. Afsuski bunday birlik va ahillik o'lkada yo'q edi. Bunday beboshlik xonlar, amirlar va beklar o'rtasidagi o'zaro dushmanlik va urushdan shimolda Pyotr I boshchi li gi dagi yovuz niyatli qo'shnilar foydalanib qolish uchun qulay fursatni poylab turgan edilar.

    34. 2. BUXORO AMIRLIGI - MANG'ITLAR SULOLASI



    35. Buxoro xonligi taxtiga o'tirgan Ashtarxoniylar sulolasining so'nggi vakili Abulfayzxon bo'ldi. Manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda u irodasiz va uquvsiz xon bo'lgan. Bundan foydalangan mang'it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy Buxoroda otaliq mansabini qo'lga kiritadi, barcha ota-liqlarning boshlig'i va hukmron hokimi bo'lib oladi. Muhammad Hakimbiy yurgizgan siyosatdan o'zbek ayonlari norozi bo'ldilar, xonning obro'-e'tibori tushib ketadi. Natijada, Abulfayzxondan norozi bo'lgan o'zbek amirlari uni o'ldirish payiga tushdilar va Xiva xoni Sherg'ozixonni Buxoro taxtiga qo'ymoqchi bo'ldilar. Biroq fitna fosh bo'lib uning tashkilotchilari qatl qilinadilar. Sherg'ozixon bu bilan ham tinchimadi. Uning qutqusi bilan Shahrisabz hokimi Ibrohimbiy Muhammad Hakimbiydan ho-kimiyatni tortib olish maqsadida 1722-yilda o'z kuyovi (ba'zi rivoyatlarga qaraganda Sherg'ozining amakivachchasi) xivalik Shahzoda Rajabni Samarqandda xon qilib ko'targan. Ibrohimbiy esa uning huzurida «amirlar amiri» (amirulumaro) bo'lib olgan.

    36. Rajabxonni juda ko'p amirlar qo'llab-quvvatlagan va unga kelib qo'shilganlar. Ularning himoyasi va fatvosi bilan Rajabxon hatto qo'shin to'plab Buxoroga yurish boshlagan. Yo'l-yo'lakay unga yangi kuchlar kelib qo'shilgan. Ikki o'rtada qattiq jang bo'lgan (Karmanaga yaqin joyda). Muhammad Hakimbiy qo'shinlari yengilgan, chunki uni o'zbeklardan hech kim hi-moya qilmagan. Ammo shunga qaramasdan Rajabxon Buxoroni ololmagan. U yordam so'rab ko'chmanchi qozoqlarga murojaat qiladi va ko'chmanchi qozoqlarga istilo qilingan joylardan katta o'ljalar olib borishni va'da etadi. Iqtisodiy ahvoldan nochor bo'lib cho'lda qayerga borishni bilmay daydib yurgan qozoqlar bu taklifni jon-jon deb qabul qiladilar va butun o'tovlari va chor-va mollari bilan Samarqand viloyatiga ko'chib keladilar. Ular bu yerdan butun Miyonqol bo'ylab Buxoro tumanlarigacha bo'lgan joylarni egalladilar. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, hatto Rajabxonning o'zi ham nima qilarini bilmay qoladi. Muhammad Hakimbiy bilan Abulfayz esa yashirinib oldilar. Qozoqlar hech qanday qarshilikka uchramasdan yetti yil mobaynida Zaraf-shon vohasini talab xarobazorga aylantirdilar. Mahalliy aholi bu yerdan tinchroq hududlarga ko'chib keta boshladi, ularning ancha qismi qozoqlarga asir bo'lib tushadi. Xondan xalqning noroziligi kuchayib ketadi. Abulfayz o'z yaqinlarining maslahati bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chetlatadi. Otaliq Qarshiga ketadi. Ammo hokimiyatdan chetlatilgan bir hokim o'rniga bir nechasi paydo bo'ladi. Yeb to'ymas, ochko'z va tamagir mansabdorlar bozor va r astalar, savdo shoxobchalarining hammasini o'z qo'llariga markazlashtirib oladilar. Abulfayzxonni esa xalq hayoti qiziqtirmasdi. U kayfi safo, axloqiy buzuqi ishlarga g'arq bo'lgandi. Bunday ahvolda viloyat va tumanlar hokimlari o'zlarini mutlaqo nazoratsiz va mustaqil sezardilar. Rossiya el-chisi Benevenining ta'kidlashicha, Abulfayzxon qullardan ya'ni qalmiqlar bilan ruslardan tuzilgan gvardiyasining sodiqligiga orqa qilardi, xolos. Buxoroda ana shu og'ir ahvolni yaxshi bilgan Eron hukmdori Nodirshoh (1736-1747) Abulfayzxon qo'shinlariga qaqshatqich zarba berdi.

    37. Turkmanlarning afshar qabilasidan bo'lgan Nodirshoh asli Mashhaddan, po'stinchining o'g'li bo'lgan. U yoshlik chog'ida Abivard (hozirgi Turkmanistonning janubida) afsharlarning boshlig'iga tutingan o'g'il bo'lgan va uning qiziga uylangandi. Nodirshoh Ashtarxoniylar, xivaliklar va turkmanlarga qarshi kurashganda asosan afsharlar va qurdlarga tayanadi. Nodir Eron Shohi Taxmasp II (1722-1731) Xurosonga kelganda batamom o'zini uning ixtiyoriga topshiradi. Keyingi besh yil davomida Taxmasp II qo'shinlari Nodir boshchiligida Eronning Sharqi va janubidagi yerlarni batamom egalladi. Shoh Taxmasp II vafotidan so'ng taxtga o'tirgan (1731-1736) Abbos III ni ag'darib, Nodirshoh 1736-yilda Eron taxtini egalladi. Shundan keyin u Turkiya sultoni ustidan g'alaba qozonib g'arbiy chegaralarini mustahkamlab oladi. 1736-1739-yillarda Afg'oniston, Hindiston-ga muvaffaqiyatli yurishlar qilib 12 mingdan ortiq qo'shin bilan Nodirshohning o'g'li Rizoqulixon Qarshi shahriga boshlay-di. Muhammad Hakimbiy shahar mudofaasini tashkil qiladi. Atrof tumanlarni egallab olgan Rizoquliga Hisor noibi Boboxon o'zining uch ming kishilik qo'shini bilan Rizoquli tomoniga o'tib ketadi. Bu hol Eron qo'shinlarini yanada kuchaytiradi. Og'ir qamal holatida qolgan Muhammad Hakimbiy Abulfayzxonga yordam so'rab odam yuboradi. Abulfayz kattagina qo'shinga bosh bo'lib, Qarshi qamalidan chiqqan Muhammad Hakim-biy qo'shinlariga kelib qo'shilib Rizoquliga qarshi jang qila-di. Bu urushda eronliklarning askarlari raqiblariga qaraganda to'rt marta kam bo'lsalar-da g'alabaga erishadilar. Bunga Eron armiyasining o'tsochar quroli va artileriyasining sifat jihatdan us-tunligi asosiy sabab bo'ladi. Buxoro qo'shinlari tartibsiz qocha boshlaydilar. Abulfayz bilan Muhammad Hakimbiy Qarshi shah-ri ichiga yashirinib kirib boshpana topdilar. Rizoquli Qarshini uzoq qamal qilishni boshlaydi. Ammo shu paytda buxoroliklarga yordam berish uchun uning ittifoqchisi Xiva xoni Elbarsxon katta qo'shin tortib kelayotganligi ma'lum bo'ladi. Rizoquli otasiga yordam berish uchun shoshilinch suratda Abulfayzxon bilan sulh tuzib Amudaryoning narigi sohili tomon yo'l oladi. Elbarsxon esa o'z ittifoqchisining eronlilar bilan sulh bitimi tuzganligini eshitib Xivaga qaytib ketadi. Abulfayz Muhammad Hakimbiyni Qarshi shahrida qoldirib o'zi Buxoro sari yo'lga tushadi.

    38. 1740-yilda Nodirshoh yana Movarounnahrga qo'shin torta-di. Balxga yurib, Amudaryoning ponton ko'prigidan o'tib Buxo-ro qirg'oqlariga yaqin keladi. Bu xabarni eshitgan Muhammad Hakimbiyning o'g'li Muhammad Rahimbiy, ehtimol otasining roziligi va maslahati bilan, Balxda turgan Nodirshoh huzuriga jo'naydi.

    39. Nodirshoh Muhammad Rahimni ochiq chehra bilan kutib ola-di va o'z qarorgohida qoldiradi. Abulfayz esa Eron askarlarining Buxoroga yaqinlashib qolganliklaridan vahimaga tushib shoshi-linch suratda Qarshidan Muhammad Hakimbiyni chaqirib ola-di va Nodirshoh huzuriga jo'natadi. U o'z nomidan elchi qilib jo'natgan Muhammad Hakimbiyga nima qilib bo'lsada shohni qahridan qaytarish va davlatni xarob qilishga yo'l qo'ymaslik chorasini ko'rishni topshiradi. Otaliq juda katta va qimmatbaho sovg'a-salomlar bilan Eron shohi huzuriga yetib boradi va Buxorodagi tang va og'ir ichki vaziyatni ochiq-oydin Nodirshohga aytib beradi. Muhammad Hakimbiy shohdan juda katta ishonch va yorliqlar olib Buxoroga jo'naydi. U endi Abulfayzxonning elchisi sifatida emas, balki Nodirshohning vakili sifatida keladi. Muhammad Hakimbiy xon huzuriga borishdan qo'rqib saroyga emas, balki Mirarab madrasasiga borib joylashadi va madrasa atrofini qurollangan soqchilar bilan mustahkamlaydi. U max­sus farmonlar chiqarib jarchilar orqali o'qib eshittiradi. Bu farmonlarda shoh armiyasining yetib kelayotganligi munosabati bilan kimda-kim shaxsiy va mulkiy xavfsizlikka taalluqli biror-bir masalani hal qilmoqchi bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri otaliqqa murojaat qilsin va u orqali har qanday muammoga javob olsin, deyilgan edi. Bu Muhammad Hakimbiyning xalq o'rtasidagi obro'sini oshirdi va xaloyiq Mirarab madrasasi tomon yopirilib kela boshlaydi. Ammo saroy a'yonlari va zodagonlar otaliqning bu qilgan ishlarini sotqinlik deb baholaydilar va g'azablanadilar. Otaliqni Abulfayzxon huzuriga chaqirib keyin umumiy kuch bilan xalqni qo'zg'atib eroniylarga qarshi kurashga otlantirishga harakat qilib ko'radilar. Ammo otaliq bu ishga ko'nmaydi va xon-ning huzuriga bormaydi. Shundan so'ng Abulfayzxon Mirarab madrasasi tomon borishga majbur bo'ladi. Uning yaqinlari Muhammad Hakimbiy xon huzuriga salom bergani chiqqanda uni otib o'ldirishni o'ylashadi. Biroq otaliq bu maxfiy fitnadan xabar topganday o'z navkarlariga mulozim va navkarlari bilan Mirarab madrasasiga yaqinlashib kelayotgan xonga qarshi o't ochishga buyruq beradi. Abulfayz sarosimaga tushib qoldi va Nodirshohga taslim bo'lishdan boshqa chora topa olmaydi. U o'z saroy ahllari bilan Nodirshoh huzuriga borish uchun Tolli Poch darvozasidan yo'lga chiqadi. Abulfayz orqasidan Nomoz-goh darvozasidan otaliq ham yo'lga ravona bo'ldi. Aholining tur-li tabaqalariga mansub vakillar otaliqni kuzatib boradilar. Otaliq yo'lning yarmida xonga yetib oladi va unga qo'shiladi. Ular bir-lashib Nodirshoh huzuriga boradilar. Ikki o'rtadagi uchrashuv Buxoroga yaqin Zarafshon daryosi bo'yidagi Chor Bakr degan joyda bo'ladi. Nodirshoh Buxoro xoni Abulfayzxonga katta hur-mat va iltifot bilan muomala qiladi, uning xonlikning huquqini tan oladi. Xon bu yerda o'n ikki kun bo'lgach Buxoroga qaytib keta-di. Asli turkmanlardan chiqqan Nodirshoh Ashtarxoniylar bilan quda-andachilik rishtalarini o'rnatdi. Abulfayzning bir qizini shohning o'zi, ikkinchi qizini esa Nodirshohning jiyani xotinlikka oladi. Ammo Eron shohi Buxoroda o'zining birdan bir ishonchli vakili deb Muhammad Hakimbiyni tanlaydi va faqat u orqali Bu-xoro bilan aloqa bog'ladi. Nodirshoh Eron armiyasini to'ldirish uchun Buxoro qo'shinlaridan o'n ming otliq askar ajratib olishga fаrmon beradi vа bu otryadgа boshchilik qilishni otаliqning o'g'li Muhammаd Rahimbiygа topshiradi. Nodirshohning to'lа ishonchini qozongаn Muhammаd Hakimbiy Buxoroning haqiqiy hukmdori edi, Аbulfаyzxon esа endi ungа bаtаmom qаrаm bo'lib qolgаndi. Buxoroni egаllаb olgаn Nodirshoh endi Xorazmgа qo'shin tortib boradi vа uni ham o'zigа bаtаmom tobe etadi.

    40. Ashtarxoniylаrdаn bo'lgаn so'nggi xon Аbulfаyzning o'z-
      beklar dаvlаtining аzаliy dushmani Eron shohlаri homiyligi vа
      hukmronligini tаn olishi аmаldа Ashtarxoniylаr sulolаsi hukm-
      ronligini tugаgаnligini bildirar edi. XVII аsr boshlаridа tash-
      kil topgаn Ashtarxoniylаr sulolаsi ikkinchi o'ringа tushib o'z
      o'rnini yangi ^^1X1^1, birinchi o'ringа ko'tаrilgаn o'zbeklar
      urug'i - та^'Ша^а bo'shatib beradi. Butun hokimiyat Eron
      shohi tomonidаn tаyinlаnаdigаn vа keyingi yillаrdа forscha ulug'
      аmir (аmiri kаbir) degan unvonni Muhammаd Hakimbiy

    41. otаliq qo'ligа o'tib ketadi. Otаliq 1743^Ыа vаfot etgаch o'zbek аmirlаri dаvlаtning turli yerlаridа isyonlаr ko'tаradilаr. shunday isyonlаrdаn birigа Ibodullа xitoy (xitoy-qipchoqlаridаn chiqqаn) boshchilik qiladi vа Buxoro devorlаri аtroflаrigаchа bostirib keladi. Har yilgi odаtgа ko'rа Buxoro xalqi 1745-yilning аprel oyi oxirlаridа Bahovuddin Nаqshbаnd mozori а№эШа аn'аnаviy «Qizil gul» bаyrаmigа chiqqаn edi. shu fursаtdаn foydаlаngаn Ibodulte xitoy Buxorogа bostirib kiradi vа judа ko'p o'ljаlаr bilаn Ы^а qo'shinlаrning ham kаttаginа qismini аsir qi-lib olib ketadi. Bu voqeadаn xabar topgаn Nodirshoh sinаlgаn аskаrlаrdаn otryad tuzib, uni Muhammаd Hakimbiyning o'g'li Muhammаd Rahimbiygа topshiradi. U shu qo'shin biten Buxorogа jo'nаydi. Mаrvdа ungа Nodirshohning o'g'li Rizаquli ham o'g'li o'z аskаrlаri vа аrtilleriyasi bilаn Ы^а qo'shiladi. Chorjo'ygа yetgаndа turkmаnlаr otryadi ham qo'shiladi. kuch biten Muhammаd Rahimbiy Buxorogа kirib keladi, щ^а «аmirlаr аmiri» unvoni (аmirulumаro) berildi. U otаsigа qa-rashli Buton^ yaqin G'oziobod qishlog'ini o'zigа mаkon qi­ladi. Dаvlаtning barcha yuqori ташаЫа^а o'z qarindoshlаri vа tаrаfdorlаrini tаyinlаdi. Xonlikning mаrkаzidа o'z mavqeyi-ni mustahkamlаb olgаn Muhammаd Rahimbiy Eron qo'shinlаri yordаmidа ^^п^п xalq qo'zg'olonini bostirishgа muvаffаq bo'ladi. Qаttiq jаnglаrdаn so'ng Ibodullа xitoy Miyonqаl'аdаn qochib Toshkentga boradi va shu yerda qo'lga olib o'ldiriladi. So'ng Shahrisabzda ko'tarilgan qo'zg'olon ham bostiriladi.

    42. Muhammad Rahimbiyning ta'sir doirasi kengayib va kuchayib bordi. U kuchli qo'shin tuzdi va bu qo'shin tepasiga o'ziga sodiq kishilarni qo'yadi. 1747-yil 14-iyunda Nodirshoh suiqasd oqibatida o'ldiriladi. U tuzgan davlat bo'linib tarqab ke ta di. O'zaro taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashdan Muhammad Rahimbiy ham chetda turmadi. U 1747-yilda Abul-fayzxonni Mir Arab madrasasi hujralaridan birida o'ldirtiradi. Shun dan keyin Muhammad Rahimbiy xonning birin-ketin ikki o'g'li Abdulmo'min va Abdullani qatl etib 1756-yilda amir un-voni bilan Buxoro taxtiga o'tiradi. Muhammad Rahim Buxoro taxtiga xon sifatida o'z da'vogarligini qonunlashtirish maqsadida Abulfayzxonning qiziga uylandi hamda xon deb e'lon qilingan huquqni oladi. Lekin Muhammad Rahim (1756-1758) ham, undan keyingi vorislar ham xon unvonini olmay, otaliq unvoni bilan davlatni boshqardilar. Ana shu tariqa Muhammad Rahim-xon Buxoro davlatida yangi amirlar sulolasi - mang'itlar urug'i sulolasi davrini boshlab beradi.

    43. Cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lgan Muhammad Ra-himbiy akademik V.V.Bartoldning fikrlariga qaraganda, mar-kazlashgan davlat barpo etish siyosatini olib borgan. Uning bu siyosatini islom dini arboblari, zodagon va savdogarlar qo'llab-quvvatlaganlar. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun Muhammad Rahimbiy itoat etmagan beklar ustiga bir necha bor qo'shinlar tortib borgan va ularni qattiq jazolagan. Toshkent, Xo'jand, Turkiston, Urgut, Shahrisabz, Ko'lob, Hisor va bosh-qa yerlarni Buxoroga qo'shib olib, o'z hududlarini kengaytiradi. Hisorga esa yuz, kenagas va saroy qabilalarini ko'chiradi.

    44. Muhammad Rahimbiy vafotidan so'ng uning taxt vorisligiga o'g'li bo'lmaganligidan qizining o'g'li, nabirasi Fozil to'ra taxtga o'tiradi. U yosh bo'lganligi tufayli hokimiyatni amalda Muhammad Rahimbiyning amakisi Doniyolbiy otaliq (1758­1785) boshqarib boradi. Muhammad Rahimning vafot etganligi yangi kuch bilan amir va beklarning beboshligi va tarqoqligiga sabab bo'ladi. Ayrim o'zbek qabilalari hokimiyatdagi tashki-liy qiyinchiliklardan foydalanib davlat to'ntarishi yasashga va mang'itlarni hokimiyatdan chetlashtirishga harakat qiladilar.

    45. Ammo Doniyolbiy vaziyatning murakkabligini darhol tushunadi va keskin choralar ko'rib isyonchilarga o'z vaqtida qaqshatqish zarbalar beradi. Bu ishda unga markazlashgan davlatning foydasi va afzalliklarini ko'rgan va tushungan zodagonlar, savdogarlar, hunarmandlar va aslzodalar zulmidan ko'proq azob chekib qiynalgan kambag'allar yaqindan yordam berdilar. Juda ko'plab yirik zodagonlar qatag'on qilindilar, ularning mulklari talanadi. Yuzlar qo'zg'oloni bostiriladi, G'uzor va Shahrisabzda zodagonlarning Qarshida Norbo'tabiy isyonlari tor-mor keltiri-ladi. Keyin viloyat hokimlari bilan Fozil to'rani taxtdan chetlatish haqida kelishiladi. Fozil to'ra ota-onasi bilan Qarshiga jo'natiladi, taxtga nomigagina joniy shahzodalardan Abulg'ozi (1758-1785) o'tkaziladi. Lekin otaliq va haqiqiy hokim Doniyolbiyning o'zi bo'lib qoladi.

    46. Doniyolbiydan so'ng uning o'g'li Shohmurod (1785-1800)

    47. davrida zodagonlar o'zboshimchaligi va tarqoqligiga qarshi ku-rash davom ettiriladi. Aqlli va farosatli hukmdor bo'lgan Shoh-murod davrida davlat hokimiyati ancha mustahkamlanadi. U Muhammad Rahimbiyning beva xotiniga uylanib o'zini xon deb e'lon ham qildiradi. Ayni zamonda Samarqand hokimligini ham o'zida saqlab qoladi. Shohmurod o'z hukmronligini 1785-yilda Buxoro shahrida ko'tarilgan katta qo'zg'olonni bostirishdan boshlaydi. Bu qo'zg'olon harakat doirasining kengligi haqida shundan ham bilish mumkinki, uni bostirish chog'ida mingdan ortiq qo'zg'olonchilar nobud bo'lgan edilar. Shohmurod otasi davrida davlat idorasi tepasida turgan yuqori lavozimlardagi Buxoro amaldorlarini xalqqa zulm o'tkazganliklari va soliqlarni haddan oshirganliklari uchun o'z qo'llari bilan qatl ettiradi, vi-loyat hokimlari, amaldorlarni va qozilarni mansablaridan tu-shirib o'rniga o'z maslakdoshlarini tayinlaydi. «Fath nomai sultoni» asarining muallifi Muhammad Ali Buxoriyning bergan ma'lumotiga ko'ra Shohmurod Buxoro aholisini soliqlardan ozod qilib tarxon yorliqlari bergan. U 1786-yilda Karmana, Shahrisabz, Ho'jand, Mari zodagonlari ustiga yurish qilib ularni o'ziga tobe etadi, qattiqqo'l davlat siyosati yurgizadi. U Afg'oniston hukm-dori Temur Shohga qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib boradi, o'zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni o'z qo'lida saqlab turadi.

    48. Shohmurod hukmronligi davrida to'rtta: 1) moliyaviy, 2) ma'muriy, 3) qozi hakamlar va 4) harbiy ishlar sohasida islohotlarni amalga oshirdi. Moliyaviy ishlarda ma'lum darajada tartib o'rnatdi va davlat hokimiyatini mustahkamladi. U tom ma'nodagi qimmatga ega bo'lgan kumush tangalar zarb etadi. Ayni zamonda har bir shaxsning kumush tangalarni o'zi mustaqil zarb qilishiga ham sharoit yaratildi. Davlat fuqarolarning tangalarini zarb qilishga yordam berardi. Fuqarolar esa o'z navbatida foiz hisobida bu ish uchun davlat xazinasi foydasiga haq to'lashlari kerak edi. Sof kumush tanganing joriy qilinishi va uni erkin zarb etilishi savdo va rivojlanayotgan iqtisodiy ehtiyojlarga to'la javob berar va pul muomalasining barqarorlashuviga imkoniyat yaratardi.

    49. Shohmurod shariatga to'g'ri kelmaydigan: yorg'u, boj, tusmal, yasoq, oliq-soliq kabi soliqlarni, bepul ishlab berish tartib-qoidalarini bekor qiladi.

    50. Ma'muriy sohadagi islohotni Shohmurod otasi Doniyol-biy va hatto Muhammad Rahimbiy davrida Buxoroda eng oliy martabali lavozimda ishlagan davlat Qushbegi va Nizomiddin qozi kalonni o'z qo'li bilan qatl etishdan boshladi.

    51. U qozilik ishlarini ancha demokratiyalastirdi. Manbalarda ko'rsatilishicha, Shohmurod davrida agar qonunga xilof ish qilingan bo'lsa, xo'jayin ustidan qoziga arz qilish, hatto qul ham murojaat qilishi mumkin bo'lgan ekan. Ko'p hollarda qozilik jarayonida amirning o'zi ham ishtirok etib borgan. Albatta bu ishlarning o'z davrida Shohmurod tomonidan amalga oshiril-ganligi o'ziga xos katta jasorat edi.

    52. Shohmurodning o'zi uchun kundalik xarajati bir tangadan oshmagan, yeb ichishi va kiyinishi oddiy bo'lgan, biron-bir amaldorning uyiga ziyofatga bormagan, hech kimdan sovg'a olmagan, o'z sharafiga turli dabdabali tadbirlar uyushtirilishiga yo'l qo'ymagan. Oddiy xalqning Shohmurodga munosabati qanchalik bo'lganini shundan ham bilsa bo'ladiki, uni «begunoh amir», deb ataganlar. U bir tomondan, xalqqa, ikkinchi tomon-dan, lashkarga suyanib mamlakat siyosiy yaxlitligini ta'minlash -ga katta e'tibor bergan. Ayni vaqtda Buxoro tasarrufidan chiq-qan Xurosonni qaytarish uchun harbiy harakatlar olib borgan. Ammo bunga erisha olmagan.

    53. Buxoro amirligi XX asrga qadam qo'ygan davrda amirlik hududida jami bo'lib 2 million aholi yashagan. Amirlik tepasida turgan mang'itlar sulolasiga tegishli bo'lgan qabila 100 ming ki-shidan iborat edi. Shundan Buxoro va uning atroflarida 44 ming, Qarshi va uning atroflarida 31 ming, Xivada 10 ming mang'it yashagan, qolganlari turli joylarga tarqalib ketgan.

    54. Mang'itlar o'zbek qabilalari orasida eng nufuzli va obro'li qabilalardan biri bo'lgan. Umuman, o'zbek qabilalarining umu-miy soni to'g'risida fikrlar bir xil emas. O'zbek xalq og'zaki ijodida («Go'ro'g'li» dostoni) va ayrim manbalarda bu raqam 92 ta deb berilgan. Rus olimi N.Xanikov esa «Buxoro xonligining tavsifi» («Opisanie Buxarskogo Xanstva», 1843) asarida o'zbek qabilalari sonini 97 ta deb ko'rsatadi va mang'itlarni birinchi o'ringa qo'yib, uch guruhga bo'ladi. To'q mang'it, oq mang'it va qora mang'it.

    55. Mang'itlar qabilasi o'z vaqtida Chingizxonning ham nigohida katta e'tiborda bo'lganlar. Qabila vakillari u boshqargan davlat tizimlarida qatnashganlar. Chingizxon qo'shinlarida katta ta'sir kuchiga ega bo'lganlar. Hatto Chingiziylar davrida Oltin O'rda xoni bo'lgan Edigey o'zbek ham mang'itlar urug'ining farzandi edi.

    56. Shohmuroddan so'ng sulola taqdiri uning o'g'li Amir Haydar (1800-1826)ga o'tdi. Uning hukmronlik yillari mamlakatda no-tinchlik hukm suradi. Har doim bo'lgani singari Shohmurod vafot etgach yana mahalliy o'zbek va amirlar o'zboshimchalik bilan O'rta hokimiyatga qarshi bosh ko'tarib chiqadilar. Birin chi bo'lib, 1800-yilda Marv turkmanlari o'lpon yig'ish siyosatidan norozi bo'lib qo'zg'olon ko'tardilar. Haydar qattiqqo'llik bilan bu qo'zg'olonni bostiradi.

    57. Marvliklar 1804-yilda yana bosh ko'tardilar. Bu safar qo'zg'olonga amirning ukasi Din Nosirbek boshchilik qila-di. Amir Haydar Marv vohasini suv bilan ta'minlovchi Sul-tonobod to'g'onini buzdiradi. Natijada bir necha vaqt suv-siz qoldirilgan Marv aholisi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Qo'zg'olonchilarning bir qismi shaharni tark etdi, yana bir qis-mi esa amir qo'liga tushib, Zarafshon vohasiga ko'chirildi. Din Nosirbek Amir Haydarning oilasi va ming kishini olib Eron Mashhadiga qochib ketadi. 1825-yilda M arv xivaliklar tomonidan egallanadi. Sultonobod suv omborini tiklash borasidagi harakat va urinishlar zoye ketadi.

    58. Ayniqsa 1821-1825-yillarda Amir Haydarning Miyonqal'a vodiysida yashaydigan xitoy-qipchoqlarga va ularga qo'shilgan qoraqalpoqlarga qarshi olib borgan urushlari g'oyatda dahs-hatli va shiddatli bo'ldi. Qo'zg'olonning asosiy sababi soliq siyosatining og'ir oqibatlari edi. Tez orada qo'zg'olonchilar Kattaqo'rg'on, Yangiqo'rg'on va Chelak shaharlarini egalladilar. Shaharlarning kambag'al fuqarolari qo'zg'olonchilar tarafdori bo'ldilar va adolat talab qiladilar. Boy va amaldorlar esa Amir Haydarni qo'llab-quvvatlaydilar. Erk va ozodlikni talab qilgan qo'zg'olonchilarni Shahrisabz o'zbek qabilalari kenagaslari ham qo'llab-quvvatlaydilar. Qo'zg'olon to'rt yil davom etdi va 1825-yilda bostiriladi. Qo'zg'olonchilardan qattiq va qonli o'ch olina-di. Amirlik hududidagi ichki qo'zg'olon va to'palonlarga qo'shni xorijiy mamlakatlarning qilgan hujumlari qo'shilib yanada dah-shatli tus oladi. 1800-yilda O'ratepa masalasida Qo'qon xoni Olimxon bilan janjal kelib chiqadi. Qo'qon askarlari Jizzax, Zo-min va boshqa amirlik hududlariga bostirib kirib aholini taladilar. 1804-yilda esa g'arbda Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806) Buxoro amirligi chegaralariga bostirib kiradi. Katta qiyinchiliklar bilan bu hujum qaytariladi.

    59. 1815-yil bahorida Qo'qon xoni Umarxon Buxoro amirligiga qarashli bo'lgan Turkistonga qo'shin jo'natdi va kechasi kutilmagan va qo'qqisdan qilingan hujum natijasida shahar egallanadi. Qo'qon xonligi tomonidan Turkiston shahrining egallanishi ikki qo'shni xonlik o'rtasidagi dushmanlikning kuchayishiga sabab bo'ladi. Xullas, Amir Haydar o'z hukmronlik davrini to'xtovsiz harbiy yurishlar va jangu jadallarda o'tkazadi.

    60. Amir Haydar vafot etgach taxtga uning o'g'li Husayn o'tiradi. Lekin u ikki oy o'tar-o'tmas vafot etdi. Keyin ma'lum bo'lishicha Husayin zaharlab o'ldirilgan ekan. Husayndan so'ng Buxoroning zodagon va ayonlari uning boshqa bir og'asi Umarni amirlikka ko'taradilar. Yangi amirni naymanlar qo'llab-quvvatladilar. Ammo Haydarning yana bir o'g'li Nasrullo bu ishga rozi bo'lmadi va xitoy-qipchoqlarini o'z tomoniga tor-tib Buxoroni qamal qiladi va hokimyatni qo'lga kiritadi. U naymanlar urug' aslzodalarining hammasini qatl ettiradi, bir qismini shahardagi baland minoralardan tashlattiradi, ularning uy-joylarini va oilalarini talash va haqoratlashni qo'shinlariga topshiradi. ^smllo dаstlаb Umаrgа rahm qilib uni omon qol-dirdi. Ulаrgа Qo'qon xoni bosh^^ beradi. Lekin o'z vа'dаsigа vаfo qilmаgаn Nаsrullo jigаrining orqаsidаn odаm yubortirib o'ldirtiradi. O'shа pаytdа Urim! 21 yoshgа endiginа to'lgаndi. O^ketgan shuhrаtpаrаst vа ichi qorа ^smllo hammа nаrsаdаn shubhalаnаr vа hech kimgа ishonmаsdi. U endi hali hayot bo'^n uchta ukаsidаn xаvotirlаnаr vа shubhalаnаrdi. Shu bois ^smllo ulаrdаn qutulish uchun har uchаlаsini ham qopgа so-lib Аmudаryogа cho'ktirib yuboradi. Nаsrullo qonxo'rligi biten nom chiqаrgаn edi. Shu sаbаbdаn ungа «qаssobning botiri» deb lаqаb qo'yishgan.

    61. Amir Nasrullo o'z hukmronligi dаvri (1826-1860) dа qonxo'r jаllod sifаtidа xalqning qonini zulukdek so'radi. U аmirlikkа qarashli barcha viloyat vа tumаnlаrni Buxoro аtrofidа mus-tahkam birlashtirish uchun shafqatsiz qonli urush olib boradi. Аmirlikning barcha mulklаri orаsidа yarim mustаqillikkа egа bo'lgаn eng kuchli beklik - Shahrisаbz bekligi edi. Shahrisаbz kenаgаslаri mаng'it аmirlаrining o^ro og'а-inilаr kurashib bir-birlаrini o'ldirish biten bаnd bo'lgаnliklаridаn foydаlаnib, o'zlаrini Buxorodаn mustаqil deb e'lon qiladilаr. Dаrg'аzаb bo'lgаn Nаsrullo «o'zboshimchа» kenаgаslаrning а!аЫш berib qo'yish mаqsаdidа Shahrisаbz ustigа 30 yil mobаynidа 32 таЛа yurish qiladi. Fаqаt 1856-yilgа kelgandаginа kenаgаslаr qarshili-gini yengib Shahrisаbz vа Kitobni o'zigа bo'ysundirа oladi.

    62. ^smllo аskаrlаri Shahrisаbz vа Kitob аЫэ^пц tаlаb ko'p nomа'qulchilik ishlаrini аmаlgа oshiradilаr. Аmirning o'zi esа Shahrisаbz begining malikasi - Kenаgаsoyimni zo'rlik bilаn Buxorogа olib kelib o'zigа xotinlikkа oladi. Xonliklаrni birlash-tirish uchun kelgan ingliz emissаrlаri Konolli vа Stoddаrtlаrni аmir ^smllo so'ydirtiradi.

    63. Nаsrullo bilаn Qo'qon xonligi o'rtаsidаgi munosаbаtlаr yuqoridа t а'kidlаgаnimizdek toborа o'tkirlаshib bordi. U Qo'qon xonligini bosib olish niyati biten nаfаs olаrdi. Nаsrulloning 1840-уШа Qo'qongа qilgаn birinchi yurishi ми^а bermаdi. Qo'qon xonligidаgi ichki o^ro nizo-jаnjаllаrdаn foydаlаngаn аmir 1842-yildа ikkinchi таЛа bu yergа lashkar tortib ketedi. U ish-ni dаstlаb Shahrisаbzdа turgаn Nodirаbegimning kichik o'g'li Sulton Mahmudxonni o'zi bilаn Ы^а olib kelib O'rаtepаgа ho­kim qilib tayinlashdan boshladi. O'sha davrda O'ratepa Buxoro amirligi ixtiyorida edi. Mamlakat hayoti uchun yaqinlashib ke-layotgan xavfni sezgan Nodirabegim darhol o'g'illari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun amaliy chora-tadbirlar ko'radi. U Xo'jand shahriga borib ikki o'g'lini murosayi madoraga kelti-radi. 1841-yil noyabr oyida Muhammad Alixon taxtdan voz ke-chib Sulton Mahmudni o'z o'rniga o'tqazadi. Ammo bu ko'rilgan chora-tadbirlar amir Nasrulloni 1842-yilda Qo'qonga ikkinchi marta lashkar tortib borishiga to'sqinlik qila olmaydi. Nasrullo xon o'rdasiga kirib aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmud-xonni so'ydiradi. Amir Nasrulloning qonxo'r jallod sifatida nom qozonishining eng yuksak cho'qqisi shu bo'ldiki, u o'limi oldidan o'z xotinini - Kenagasoyimni o'ldiradi, og'asi va uning barcha bolalarini ham qatl etadi. Xullas, amir Nasrullo o'zidan so'ng xalqning qonxo'r jallodi sifatida tarixda dahshatli iz qoldiradi.

    64. Buxoro amirligi taxti Nasrullodan so'ng uning o'g'li Amir Muzaffarxon (1860-1885) ga o'tadi. U ham o'z avlod-ajdodlari izidan borib amirlik hududlarini kengaytirish maqsadida qonli urushlar olib boradi. Butun Farg'ona vodiysini zabt etib Qashqar hududlarigacha yetadi. 1865-yilda Muzaffarxon ikkinchi marta Qo'qonni o'ziga tobe etib Xudoyorxonni Qo'qon taxtiga tiklaydi. Muzaffarxonning amirlik davri Buxoro tarixining eng og'ir va dahshatli qora davrlariga to'g'ri keladi.

    65. Amir Muzaffarxon otasi davrida mansabda bo'lgan amaldorlarni bo'shatadi, mol-mulklarini musodara qiladi, Karmanaga surgun qilingan kishilar yana poytaxtga keltiri-lib, ularga mansablar beradi. U shu yo'l bilan o'z mavqeyini mustahkamlamoqchi bo'lgan. Bu esa aslida kishi bilmas davlat va sulola qudratiga berilgan zarba edi. Ahmad Donishning fikricha, Karmanadan qaytarib yuqori davlat vazifalariga tayinlangan mansabdorlar o'z faoliyatlarida «xalqning qonini so'rganlar». Amir Muzaffar Hisor va Qo'qonga harbiy yurishlar (1863-1865) olib boradi. Uning davrida lashkar ham zaiflashadi, otasi davrida harbiy yurishlarda chiniqqan sarkardalar qatl qilinadi. Ular o'rniga «tagi past kishilar va g'ulomlar» tayinlanadi. «Rusiya o'lkaga bostirib kirganda esa, - deb yozadi Ahmad Donish, - tagi past, nodon va g'ayratsiz sarkardalar juftakni rostlab qoladilar, to shu vaqtgacha ulardan ozor chekib kelgan askarlar g'ulomlarga


    66. xizmat qilishni or bilib ketdilar. Natijada, barcha viloyatlar Rusi-ya qo'liga tushdi.»1

    67. O'ziga qaraganda bir necha barobar kuchli bosqinchi chor Rossiyasi mustamlakachilariga q arshi teng bo'lmagan janglar olib borgan va yengilgan Amir Muzaffarxon 1868-yilda sharmandali sulh bitimini imzolashga majbur bo'ladi. Bu bitimga asosan Bu-xoro amirligi o'z mustaqilligini yo'qotadi va Rossiyaning vassaliga aylanadi.

    68. Amir Muzaffarxondan o'g'li Amir Abdulahad (1885-1910)

    69. ga yarim mustamlaka va batamom Rossiyaga qaram bo'lgan Buxoro taxti meros bo'lib o'tadi. U biror ishni mustaqil hal qila olmas edi. Amir Abdulahadga qarshi bir qator hududlarda no-rozilik harakatlari bo'ladi. Jumladan, 1909-yil hijriy yangi yil sayli vaqtida Shahrisabz va Qarshida xalq amirlikka qarshi bosh ko'taradi. Xalqning bu chiqishlari shafqatsizlik bilan bostiriladi. Biroq shuni aytish kerakki 1886-1887-yillarga oid hujjatlarning guvohlik berishicha amir Abdulahadxon qul va cho'rilarga rasman ozodlik berish to'g'risida farmon chiqargan. U 1910-yilda vafot etgach, taxt voris o'g'li Olimxon (1910-1920)ga nasib etadi.


      1. 1 Азамат Зиё. Y36eR дaвлaтчилиги TapMxM... 283-284-6eTnap.

      Olimxon 1881-yilda tavallud topgan. 1893-1896-yillarda Sankt-Peterburgda o'qigan. 1898-yilda Qarshi viloyatiga hokim-likka yuboriladi. O'n ikki yil hokimligi davrida Olimxon bir qator qurilishlar qiladi. Jumladan, Qarshi shahrida Qashqadaryo ustida uzunligi 122 m, eni 8,2 m daryo tubidan balandligi 5,35 m bo'lgan ustunlari g'isht va tosh ohakdan ko'prik qurdiradi. Ko'prik ustida to'rtta ravoq (qorovulxona) bunyod etadi. Olimxonning o'zi «Bu-xoro xalqining hasrati tarixi» kitobida bu haqda shunday hiko-ya qiladi: «Mazkur viloyatga yaqin joyda Qashqa degan sho'x daryo oqardi. Undan kambag'al beva-bechoralarning kechib o'tishida rohati buzilib, doimo g'am-tashvishda edilar. Aholining osoyishtaligini ko'zlab mazkur daryoga toshu temirdan bir ko'prik qurdirdim, ko'prikni esa o'z nomim bilan atadim. Sho-yad faqiru fuqarolar suv kechish tashvishidan qutulib, tinch-u osuda yashasalar, deb o'yladim. Shu bilan yana boshqa bir qancha madrasa va ibodatxonalar qurib, bu borada anchagina yumushlarni yuzaga keltirdim»1. Qarshi qo'rg'onining yonidagi bog'da katta ko'l, madrasa va ibodatxonalar shu davrda qurilgan edi.

    70. Amir Olimxon o'z hukmronligi davrida xalq manfaati nuqtayi nazaridan bir qator foydali ishlarni ham amalga oshirgan. Uning o'zi bu haqda quyidagicha yozadi: «Taxtga o'tirganimdan so'ng bu banda dargohi oliyda mamlakatimning bir yillik xiroj to'lashdan ozod qilish farmoyishini berdim...

    71. Buxoroyi Sharif arkining yaqinida, Baloyi hovuz deyilgan joyda o'z nomimga bir ibodatga masjid bino qildirdim. Buxo-ro minorasining past tomonida bozorning ichki tomonida o'z nomimdan Dor-ul-ulum - Bilim uyi bo'lgan bir madrasa qur-dirdim: har xil ilmdan dars beruvchi muallimlar tayin ettirdim. Mazkur madrasada istiqomat qiladigan talabalar sarf-xarajatlari, maosh va kiyim-kechagi ham o'z tarafimdan belgilanib, unga bir nafar nazir tayin etdim; ularning yemak-ichmak maosh va kiyim-kechaklarini muayyan bir vaqtda yetkazdirardim. Bozor va yo'l obodligiga ko'p harakat qildim, uch yil ichida Buxoro mamlakati ancha obod bo'ldi...»2.


      1. 1 Амир Олимхон. Byxopo xanRHHMHr xacpaTM TapMxM. - Т.: OaH, 1991. 7-6eT.

      2. 2 Амир Олимхон. Byxopo xanRMHMHr xacpaTM TapMxM, 8-6eT.

      Albatta amir Olimxonning o'z o'tmish tarixi to'g'risida bildirgan bu fikr-mulohazalari uning hukmronligi yillarida xalqqa o'tkazgan zulmkorlik siyosatini, davlatni boshqarish va idora etishda yo'l qo'ygan juda ko'plab qo'pol xato va kamchiliklarini aslo oqlay olmaydi. Olimxon amirligi davrida mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy turmush yanada og'irlashadi. Xalq ommаsining yashash, turmush tаrzi yomonlаshadi, zulmkorlik ekspluаtаtsiya kuchаyadi. Xalq gаrdаnigа tushаdigаn soliqlаr miq­dori oshdi. 1913-yildаgi mа'lumotlаrgа qаrаgаndа аmirning yillik dаromаdi oltin hisobidа 30 тШю^а teng bo'lgаn. Аnа shu boy-likning kаttаginа qismi shaxsan, атшш^ аyshu ishrаti vа be'mаni noаxloqiy tаdbirlаrigа sаrflаngаn. Аmir Olimxon o'z dаvlаti hududidа xalqning umumiy та^ааОа^а jаvob berа olаdigаn siyosаt yurgizmаdi. Ilg'or fikrli jаdidlаr harаkаtining fаollаri bilаn umumiy til topib аmirlikdа tinchlik, osoyishtаlik, ham-fikrlilik vа birlikni shakllаntirа olmаdi, аksinchа, uterni quvg'in qiladi, qаttiq jаzolаdi vа bu bilаn xalq ommаsi ko'pchiligining ^fret vа nаdomаtigа uchrаdi. Oqibаtdа bundаy siyosаtdаn bi­rinchi nаvbаtdа аmir Olimxonning o'zi pаnd yedi vа zаrаr ko'rdi. Аmirdаn g'oyat zаdа bo'lgаn jаdidlаrning kаttа bir qismi esа bolshovoylаrning yolg'on vа'dаlаri, tаshviqot-tаrg'ibotlаrigа ko'r-ko'ronа ishonib, ulаr tomonigа o'tib ketadilаr. Oqibаt nаtijаdа Buxoro аmirligi hududidа yashagаn xalqlаr uzoq уШаг mobаynidа qizil sаltаnаt bo'yinturug'ini o'z bo'ynidа ko'tаrib yurishgа mаjbur bo'ladi.



    72. 3. XIVA XONLIGI


      1. 1 Xiva xonligi deb 1602-yilda poytaxt uzil-kesil Xivaga ko'chgandan keyin atalgan.

      1505^Ыа Xorazmni Shayboniyxon bosib oldi. Eron shohi Ismoil Safaviy Shayboniyxonni m^g'tob etgасh Xorazm Eron dаvlаtigа qаrаm bo'lib qolаdi. Biroq qizilbosh emmy^r hukm­ronligi uzoq dаvom etn^i. Bir yil o'tаr-o'tmаs 1511-yildа Xo­razm o'zbek xonteri hukmronligidа o'z mustаqilligini tiklаb olаdi. Xorazm аЬэ^ orаsidа eroniylаrgа qarshi qo'zg'alon ^шМЫ^ь Ulаr dashtiqipchoqlik Berka Sultonning o'g'li Elbаrsni chаqiradilаr. Dashtiqipchoqlik Elbаrsxon 1511-yilda taxtgа ko'tаriladi. Shundаn so'ng Eron аskаrlаri Xiva, Xаzorаsp vа Qiyotni tashlab chiqib ketdilаr. Аnа shu tаriqа 1512-yildа Elbаrsxon boshchiligidа Xnra xonligigа1 аsos solinаdi. Elbаrsxon tufаyli Dаshti Qipchoqdаn judа ko'plаb ko'chmаnchi o'zbek qаbilаlаrining kelа boshlashi vа 1524-yildа Shoh Ismoilning vаfot etishi O'zbek sultan^ming Urgаnchdа mustahkamlаnib olishlariga imkoniyat yaratib beradi. Ular hatto shimoliy Xuro-sonning anchagina qismini (hozirgi Turkmanistonning Janubiy qismi), Saraxs tumani va uning shimoliy qismi bilan birga, Balxon va Mang'ishloqdagi turkmanlarni ham bo'ysundirib oldilar.

    73. Elbarsxon 1518-yilda vafot etgandan so'ng xonlar tez-tez almashib turadigan bo'lib qoladi. Xiva xonlari o'z qo'l ostilari-dagi xalqlarni itoatda saqlash uchun qabilalar o'rtasida nizolarni kuchaytirdilar, ular o'rtasida urushlar keltirib chiqaradilar. Bu xalqni xonavayron qiladi.

    74. Elbarsxonning beshinchi vorisi bo'lgan Avaneshxon davrida Shayboniylardan bo'lgan Ubaydullaxon Xivani bosib olishga uri-nib ko'radi (1538). Hatto Avaneshxonni o'ldirib Xorazm taxtiga o'z o'g'li Abdulazizni tayinladi ham. O'zbek oilalari Xorazmdan Buxoro xonligini hududiga ko'chiriladi. Biroq o'ldirilgan Ava-neshxonning Shayboniylardan qutulib qolgan urug'doshlari Din Muhammad avlodiga mansub Durun huzuriga qochib boradilar. Durun turkmanning adak (adakli) qabilasi yordamida Xorazmga bostirib kiradi va Xivani egallab Shayboniylar hoki-mini o'ldiradi. Abdulaziz zo'rg'a qochib qolishga ulgurdi. Din Muhammad Xorazmga Ubaydullaxon yuborgan qo'shinlarni tor-mor keltiradi.

    75. 1575-yilda Shayboniylardan bo'lgan Abdullaxon Xorazmga yana qo'shin tortib boradi. Bu davrda Xorazm xoni Xoji Muhammad (1560-1602) Xurosonga qarshi qo'shin tortib ketgan edi.

    76. Xoji Muhamadxonning yo'lda kelayotganidan xabar topgan Abdullaxon uning ukalari bilan sulh bitimi tuzadi va Buxoroga qaytib ketadi. 1593-yilda Abdullaxon II Xorazmni nihoyat bo-sib oladi. Xorazm xoni o'z o'g'illari bilan Eron shohi Abbos panohiga qochib borishga majbur bo'ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari turkmanlar yordamida Xivani qaytarib oladilar. Lekin shu yili Abdullaxon II Xorazm ustiga yana qo'shin tortib keladi. Xazoraspni egallab, qo'zg'olonchilarni qatl ettiradi. Xoji Mu-hammadxon yana Eronga yo'l oldi. Mamlakatda toju-taxt uchun boshlanib ketgan urush, janjal va nizolar oqibatida Shayboniylar urug'i batamom qirilib bitadi va inqirozga yuz tutadi. Bu qulay vaziyatdan foydalangan Xorazm yana o'z mustaqilligini qaytadan tikladi va Xoji Muhammadxon o'z taxtini egalladi. Ana shu tariqa o'zbek sulolasining Elbarsxon asos solgan Xorazm davlati taxti hukmronligiga mustahkam zamin yaratiladi.


    77. Download 1.88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.