• Birinchidan
  • Cholpon (1898-1938) 1
  • Nozimaxonim (1869-1924)
  • 4. 1916-YILGI QOZGOLON 34
  • «Agar Sizlar ishni davom ettirmasalaring, u holda sizlarning An-dijonda qolgan ota-onangiz, qavm-qarindoshingiz hibsga olinadi, mol-mulki musodara qilinadi»
  • «Men qushim-ni gozga solsam»
  • Bobur nomidagi andijon davlat universiteti




    Download 1.88 Mb.
    bet19/20
    Sana01.01.2020
    Hajmi1.88 Mb.
    #7816
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    Abdurauf Fitrat qilingan. Bu asarlar o'sha davrdayoq

  • xalq orasida keng tarqaldi. Boshqa tillarga ham o'girildi. Masalan, «Munozara» 1909-1914-yillar orasida turk, ozarbayjon tillarida, «Sayyohi hindi» rus tilida chop etilgan. «Rahbari najot»ni esa do'sti, shoir va noshir Abdulvohid Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan chiqargan. Bulardan tashqari, uning «Mavludi Sharif», «Abo Muslim», «Begijon» asarlari va dastlabki she'rlari «Oyna», «Taraqqiy», «Sadoi Tur-kiston», «Turon», «Hurriyat», «Buxoroi Sharif» kabi gazeta va jurnallar sahifalarida e'lon qilingan.

  • Fitrat Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma'rifat va m adaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi. Lekin bu harakat sharoitga qarab turli yerda turlicha so-dir bo'ldi. Jumladan, 1915-1916-yillarga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona j abha bo'lib, ish olib borgan bo'lsalar keyinchalik ular ikkiga bo'linib ketdilar. Jadidlarning bir qismi (Abdulvohid Burhonov boshchiligida) eski tarzda faqat madaniyat tarqatish yo'lini tutgan bo'lsa, ularning yana bir boshqa bo'lagi Fitrat, Fayzulla Xo'jayev kabi chet ellarda o'qib kelgan yoshlar omma o'rtasida ma'rifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashni ham yoqlab chiqdilar. Bu guruh tarixda «Yosh buxoroliklar» degan nomini oldi. Bunday bo'linishning asosiy sabablari: Birinchidan, Turkiston o'lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og'irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati, ikkinchidan, bolshevoylarning mahalliy xalq o'rtasida yurgizgan tashviqot va targ'ibotlari ta'siriga ishonuvchanlik va nihoyat, uchinchidan mahalliy xalq vakillarining siyosiy qorong'ilikda saqlanganligi, ularning g'oyaviy nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligidir.

  • Fitrat o'z ona diyorini ozod va hur ko'rishni orzu qiladi. O'z niyatlari, ezgu armonlarini amalga oshirishda ojizlik qilgan Abdurauf Fitrat ulug' bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurlar singari millat fidoyilarini qo'msaydi. U «Temur sag'anasi» dramasida o'z qahramoni tilidan Amir Temurga murojaat qiladi: «Xoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko'mak istarga keldi. Bog'lari buzilgan, gullari so'lgan, bulbullari uchirilgan Turonni bir qoro-vuli senga arz etarga keldi».

  • Bunday murojaat Fitratning boshqa asarlari mazmuniga ham singib ketgan. Ulardagi asosiy g'oya - ona yurtni, Vatanni ulug'lash, xalq, millatning ozodligi va erkinligidir. Zero, ma'rifatga intilgan inson uchun, ayniqsa shoir uchun bir tomondan amir istibdodi, ikkinchi tomondan chor mustamlakasi zulmi ostida ezilgan xalqni, toptalgan yurtni ozod ko'rishdan ham ulug' ni-yat bo'lishi mumkinmi? U «Sayha» to'plamiga kirgan «Mening Vatanim» she'rida bunday deb yozadi:

  • «Vatan, u meningjonim tanim, sajdagohimdir.

  • Umening to'lin oyim, tinch omonligim, izzatim-sharafim.

  • Ka 'bam, qiblam hamda gulistonimdir».

  • Yoki boshqa bir she'rida:

  • «Yig'la biroz, oksizlangan tilagim, men ham senday baxtsizlikka tug'ildim»,

  • deb yurt taqdiridan kuyunadi.

  • Fitrat ana shunday ilg'or g'oya va fikrlar uchun ko'pchilik jadidlar qatorida shakkoklik, isyonkorlikda ayblandi, chor ma'murlari esa uni mustamlakachilikka qarshi turganlikda aybladilar, kommunistik mafkura hukmron bo'lgan qizil saltanat davrida esa millatchilikda, panturkizm g'oyasi tarafdori, «xalq dushmani» degan uydirma tamg'a bilan aybladilar. Profes­sor H.Yoqubovning hikoya qilishicha Fitratni 1937-yilgacha uning yaqin do'sti Fayzulla Xo'jayev o'z himoyasiga olib kel-gan. Qatag'on yillarida ko'pchilik qatori Fitrat ham qamoqqa olingan.

  • Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho'lpon (1898-1938)1 shaharda «Turon kutubxonasi» va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.

  • Xorijiy manbalardan birida shunday yozilgan: «Keng ma'ruza zali bo'lgan bu qiroatxonaning boshqaruv hay'atiga Turkiston Milliy birligining Andijondagi vakillari Husanxo'ja Niyoziy, Usmonxon Eshonxo'ja o'g'li, Vali Maqsudiy, Zohiriy A'lam, Fozilbek Otabek o'g'li, Abdulhay Maxsumlar saylandilar. Qiroatxona maktab vazifasini bajarar edi. Har oqshom usmo-niy turk zobitlari kundalik masalalar, madaniy-siyosiy va tarixiy mavzularda ma'ruzalar qiladilar».

  • Cho'lponning ochiq ifodalangan, go'zal turkcha, toza uslub bilan bitilgan da'vatkor, isyonkor she'rlarida Rossiya mustamla-kachilarini ayovsiz qoralovchi, Turkiston istiqlolini madh etuv-chi she'rlari o'lka aholisining milliy his-tuyg'usini, milliy o'zligini uyg'otgandi. Uning «Isyon» nomli mana bu she'rida shunday deyilgan:

  • Ey, sen menihaqir ko'rgan, tuban ko'rgan afandi.

  • Ey, ustimda bir umrga xo'ja bo'lmoq istagan

  • Ey, bo'ynimga kishan solib halokatga sudragan

  • Ko'zlarimnizaharlatib o'ynamagil, bas endi...

  • Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo'lkim uzilur;

  • Tomirimda qo'zg'olishning vahshiy qoniko'pirdi.

  • Eskifikr, an'analar endi butkul uzildi.

  • Yo bitarman, yoki sening saltanating buzilur.

  • Ey, sen meniqul o'rnida ishlatuvchiafandi

  • Titra, qo'rqqin bog'liq qo'lin bosh ko'targan kuch indi.



  • Jadidichilik harakatida faol qatnashib Turkiston milliy istiq-loli uchun kurashgan xalqimizning ajoyib farzandlari Saidahmad



  • KapuMoe HauM. Истикхюлни уш^ган пюир. Т., «Мaънaвият», 2000.



  • Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Karimbek Sharifbek o'g'li Komiy (1865-1922), Tavallo (1883-1959), Is'hoqxon Ibrat (1862-1937), Xislat (1880-1945) va boshqalar ham o'zlaridan so'ng boy ijodiy meros qoldirganlar. Ana shu ulug' zotlar orasida o'zining betakror va ibratomuz ijodi bilan Tavallo alo-hida o'rin egallaydi. Uning ijodida jadidchilik harakati va adabiyotining ta'siri kuchli bo'ldi. Shoirning 1913-yilda «B ayoz», 1917-yilda «Ravnaqul islom» to'plamlari bosmadan chiq-qan. Tavallo asarlari asosan, Vatanni sevishga, ardoqlashga, xalqni, mil-latni hurmatlashga, ilm-ma'rifatni, san'atni sevishga da'vat etadi. U

  • yashagan o'z davridagi xalq, millat holiga achinadi, dardli alam chekadi, sasidan o't chaqnaydi:



  • Falak bizga xabar ber, ne uchun bee'tibor etding? Jahonda jumla millat ichra bizni sharmisor etding. Halovat boshqa millat topdi irfon sunbulin esgan, Harorat xorini sanchib, bizni ko'p zuldor etding. Saodat tog'ina qo'ydi qadamni o'zga millatlar Safolat ko'chasida bizlarni chun xokisor etding.



  • Shoir millat va xalqning jahon taraqqiyotidan orqada qolganligi, zulm ostida ezilishi markazida ilmsizlik, ma'rifatsizlik va jaholat yotganligini ko'radi, loqaydlik, e'tiborsizlikdan nola qiladi.

  • Tavallo «Olamga bir nazar» she'rida xalq orasidagi ilm-ma'rifatga to'sqinlik qilayotgan chirkin illat, noinso-niy urf-odatlarni ayovsiz fosh qiladi va ilg'or taraqqiy etgan mamlakatlardan namuna - o'rnak olishga xalqni chorlaydi.

  • Tavallo xalqni ma'rifatga chorlab «So'q taraqqiy» she'rida g'aflat va loqaydlikni tark etishga da'vat qiladi:

  • Tur, ey millаt, qo'y emdi, chiq Ъuyon uyqu kаnorindаn, Ko'zing och, iЪrаt ol, sen o'zgа milht ^ru Ъorindаn. Jаholаt chodirigа ЪжкаПЪ yotmoqni tаrk аylа, Yur emdi, qolmа shundа o'zgа mil^t^r qаtorindаn.



  • Shoir o'zining «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan «Ibrat olmoqni vaqtu yetmadimu?» maqolasida yana yuqoridagi muammolarni oddiy xalq tilida rivojlantiradi: «...Telegramm (telegraf), telefon, ayroplan, gramofon va g'ayri shunga o'xshash quvvati bilan ishlaydigan narsalarni inson aqli ila bunyod etib, vujudga keltiradimi yoki o'z-o'zidan paydo bo'ladimi, albatta yo'q, hammasi ilm tufayli va hunardandur. Bas, shundog' bo'lgandan keyin nima uchun bizlar ilmdan bezormiz. Boshqa millatlar qancha ilmga rag'bat etsalar, bizlar hamon qochamiz». Xullas shoir Tavallo ilgari surgan ajoyib g'oya va chaqiriqlar bugungi kunda ham dolzarb muammo sifatida o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.

  • XX asrning boshlarida Turkistondagi demokratik harakat-larning oldingi saflarida o'zbek xotin-qizlarining vakillari ham faol qatnashganlar. Bular orasida Nozimaxonim (1869-1924) alo-hida o'ringa egadir.

  • Nozimaxonim o'zbek ma'rifatparvar shoirasi. U arab, fors, ozarbayjon, tatar va rus tillarini yaxshi bilgan. U 1900- yillar-dan boshlab she'r va publitsistik maqolalari bilan matbuotda ko'-rina boshladi. 20 yoshlarga kirganda «Beshyog'ochlik Nozimaxo-nim» nomi bilan el-xalq o'rtasida shuhrat topdi. Nozimaxonim «Turkiston viloyatining gazeti», «Osiyo», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalar va «Oyna» jurnalida o'z asarlarini chop ettirdi. Shoira she'rlarida Sharq ayollarining hayoti va qismatini keng qamrovli, bir tarzda kuylaydi. Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning ishtirok eta olmayotganligidan afsuslanadi, ularning haq-huquqlarini kamsitgan va poymol qilgan tuzumni, jamiyatni, uning hokim xo'jayinlarini la'nat-lay di. Shoira ayollarning ilmli, ma'rifatli bo'lishlariga katta ahamiyat berib, ularni bid'at va g'aflat uyqusidan uyg'otish-ga chaqiradi, o'zga millat ayollaridan namuna olishga da'vat etadi:

  • Boqingkim, o'zga millat qizlari na yerlarga yetmush, O'qub ilmu hunarlarni, ki hikmat sirini bilmush, Bilib, o'z e'tiborin ham huquqini tanib olmush, Asrlar eltg'on bid'at uyqusidan uyg'oning!



  • Nozimaxonim faqat o'z shaxsiy manfaati, quruq obro'-e'tiborini o'ylagan, millat, xalq taqdiri va taraqqiyotiga e'tiborsiz, loqayd, to'y-tomosha, aysh-u ishrat, qimor va dabdabaga mukkasidan ketgan, ma'rifatdan bexabar boylar, to'ralarni ayovsiz tanqid qiladi.

  • «Ming taassuf» she'rida u quyidagi satrlarni bitadi:



  • Ming taassuf, ajab zamon o'ldi, Yaxshikim ersa, ulyomon o'ldi. Har mahalla ichida to'rt samovar, Necha nodon chiqib qimor o'ynar. Ba 'zisi mast eshak kabi hangrar, Holimizni ko'rib kular ag'yor. Dilkimillat g'amida qon o'ldi. Kori behudalar ayon o'ldi.



  • Nozimaxonim o'zbek ayollaridan yetishib chiqqan birinchi publitsist jurnalistdir. U turli tillarni bilish muhim aloqa vositasi sifatida inson hayotida katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlagan.

  • Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o'z hukmronliklarini o'tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, erksevar farzandlari jadidlar harakati ta'sirida mil-liy istiqlol uchun, mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo'rlik va zo'rovonlikka qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o'lkada so'nggi asrlar davomida ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g'oyaviy-nazariy saviyasi ham yetarli darajada davr talabiga monand bo'lmaganligidan bu kurash birlashgan katta kuch sifatida muvaffaqiyat qozonildi. Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik «O'zingni bil, o'zgani qo'y» kayfiyati milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur yetkazadi.

  • Jadidlar o'zlari tashkil etgan matbuotda o'z g'oya-fikrlarini e'lon qilib xalq orasida keng ma'rifatchilik ishlarini olib boribxalqni «har vaqt g'aflat uyqusidan uyg'otuvchi», «millat ongining ochqichi» ekanligini namoyon etib o'lka aholisini hur fikrlashga katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda «Erk», «Turon», «Maorif havaskorlari», «Taraqqiyparvarlar», «O'qituvchilar ja-miyati» kabi uyushmalar paydo bo'ladi. Munavvarqori aytgani-dek, «Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qi-lish, ularning haq-huquqlarini yevropaliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyat-lar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi».

  • Jadidlar bu davrda «ozodlik, kenglik va adolat» shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga mu-nosabati g'oyatda e'tiborga molikdir. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil fevral inqilobi boshlanishi bilan to'la amalga oshdi. Bu hodisa el orasida obro'sini ko'tardi. Maz-kur holat jadidlar ma'rifatparvalikdan siyosiy kurashga allaqa-chon o'tganliklarini bildirar edi33.

  • 4. 1916-YILGI QO'ZG'OLON34

  • 1916-yil 25 iyunda rus imperatori Nikolay II ning «Imperiya-dagi rus bo'lmagan erkak aholini harakatdagi armiya rayonida mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo'llari qurish uchun olib boriladigan ishlarga, shuningdek davlat mudofaasi uchun zarur bo'lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish haqida»gi farmoni bamisoli yara ustiga chiqqan chipqonning o'zi bo'ldi. Farmonga binoan Turkiston o'lkasidagi rus bo'lmagan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan jami 250 ming erkak front orqasidagi ishlarga safarbar qilish ko'zda tutilgan edi. Lekin farmonning bunday tarzda Turkiston o'lkasiga mutlaqo tatbiq etib bo'lmasligini tajribali podsho amaldori, sobiq harbiy vazir A.N.Kuropatkin ham tushungan edi. U vazir yordamchisi general Frolovga Rossiyada ikki yildan beri davom etib, nihoyasi ko'rinmaganbu tadbirni, ya'ni urushga 19-43 yoshli aholini safarbar qilish masalasi hal bo'lmagan holda uni chekka o'lkalarga tatbiq etish noo'rinligini ko'rsatgan edi35.

  • Farmonga ko'ra Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samar-qandga 88 ming, Farg'onaga 50 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi. Podshoning o'sha farmoni haqidagi bu shum xabar yashin tezligida butun Turkiston o'lkasiga tarqaldi va azob-uqubatlardan bag'ri qon, alamzada Turkiston mehnatkashlarini larzaga soldi. Chunki mardikorlikka faqat kambag'allarning farzandlarini olish rejalashtirilgan edi. Mardikorlikka olish ro'yxatlarini tuzish volost boshqaruvchilari, oqsoqollar va ellik boshilarga yuklatilgan edi. Ular bundan o'z manfaatlari yo'lida foydalandilar. Mahalliy ma'murlar katta poralar evaziga boylar va amaldor to'ralarning arzandalarini safarbarlikdan qoldirar, ko'proq kambag'al oilalarning farzandlarini ro'yxatga qo'shib qo'yar edilar. Bundan tashqari mustamlakachi ma'murlar ijozati bilan boylar va amaldorlar o'z o'g'illari o'rniga mardikorlikka boshqa kishilarni yollashlari ham mumkin edi. Bunday nohaq-lik, adolatsizlik va firibgarlik busiz ham biri ikki bo'lmay, nochor hayot kechirayotgan chorasiz xalq ommasining sabr-kosasini toshirib yubordi, ular bosh ko'tarishga majbur bo'ldilar. Ana shu tariqa Turkistonda tarixda Jizzax qo'zg'oloni nomi bilan ma'lum bo'lgan umumxalq qo'zg'oloni sodir bo'ldi. Dastlab qo'zg'olon Samarqand viloyatining Xo'jand shahrida 1916-yil 4-iyulda boshlandi. Bu yerda to'plangan 6-7 minglar chamasi olomon politsiya idorasini qurshab oldi va mardikorlikka bormasliklarini izhor qiladilar. Qo'zg'olonchilarning oldingi saflarida Abdumadaminov, Dadaboy Masharipov, Yahyoxon Qori Olimxonov, Eshonxon Mirza O'rinov kabi xalq vakillari bordilar. Qo'zg'olonchilar safida ayollar va bolalar ham bor edi. Politsiya qo'zg'olonchilarni o'qqa tutdi. Uch kishi o'ldirildi, to'rt kishi yarador qilindi. Bu xabar tez orada butun Samarqand viloyatiga va boshqa hududlarga ham tarqab ketdi. Jumladan 7-iyulda Xo'jand voqeasidan xabar topgan Samarqand viloya-tining Dahbed qishlog'ida qo'zg'olon ko'tarildi. Bir necha ming kishi qatnashgan bu qo'zg'olonga mulla Usmon Abdurasulov, Gadoy Abduqodirov, Xolmo'min Xolmurodov, Azizqul Mu­rodov, Muxtor Hafizov singari xalq fidoyilari boshchilik qiladilar. Qo'zg'olonchilar bo'lim boshqaruvchisining mirzasi Qobulovni o'ldirdilar. Qo'zg'olon qatnashchilaridan Usmon Abdurasulov boshchiligida 30 kishi hibsga olindi va turmaga tashlandi. Qo'zg'olonning asosiy markazi Jizzax shahri va uyez-di edi. Qo'zg'olon ko'targan Jizzax xalqi chor ma'murlarining kamsituvchilikdan iborat mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashga otlandilar. Podsho farmoniga ko'ra Jizzax viloyati bo'yicha 10531 kishi mardikorlikka safarbar etilishi kerak edi. Shu jumladan Jizzax shahridan 655 kishi, Zomin volosti bo'yicha 731 kishi, Sangzor volostidan 2891 kishi, Sintob volostidan 508 kishi, Bog'dod volosti bo'yicha 2311 kishi36 front orqasidagi ishlarga olinishi ko'rsatildi. Ammo podshoning safarbar bo'yisha tadbirlari mehnatkash xalq tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi, aksincha, ommaning qahr g'azabi va nafrati kuchayib, ommaviy qo'zg'olonga aylanib ketdi. Bu qo'zg'olon davomida o'zining bu-tun qalbi-vujudini mehnatkash xalq baxtiga baxshida etgan ha-qiqiy qahramonlar yetishib chiqdilar. Nazirxo'ja Abdusalomov, Mulla Mahamad Rahim, Ziyoqori Abdullayev, Mamasharif Husanov, M.O'rinxo'jayev, Musabek To'rabekov, Abdulla Ochilov va boshqalar shular jumlasidandir. Sho'rolar hokimiyati yillarida laganbardor tarixchilar Jizzax qo'zg'olonining asl mo-hiyatini soxtalashtirib, buzib talqin qiladilar va unga diniy tus berdilar37.

  • Bu qo'zg'olonning milliy-ozodlik xarakterini xaspo'shladilar. Holbuki Jizzax qo'zg'olonini qon bilan bostirgan chor Rossiyasi zobitlarining o'zlari bu qo'zg'olonni Rossiya hukumatiga qar-shi qaratilganligini o'z vaqtida ochiq-oydin tan olib aytganlar. Samarqand viloyati harbiy gubernatori N.Likoshin bergan axborotda jumladan quyidagilarni o'qiymiz: «Norozilik harakati ko'tarila bordi, goh u yerda goh bu yerda ur-yiqitlar va o'ldirishlar sodir bo'ldi. Mahalliy amaldorlarning tushuntirishlari va ogoh-lantirishlari xalqqa ta'sir qilmadi. Ma'murlarning so'zlariga xalqning mutlaqo ishonchi qolmadi, nihoyat bu harakat Rossiya hukumatiga qarshi ochiq qo'zg'olon tusini oldi».

  • Chor Rossiyasining Jizzax qo'zg'olonining milliy mustam-lakachilik zulmiga qarshi umumxalq qo'zg'oloni ekanligini tasdiqlaydigan adolatli qarashlari 1916-yildagi boshqa rasmiy hujjatlarda ham tan olingan. Jumladan, chor hukumat tomonidan qo'zg'olonchilarni jazolash uchun tuzilgan favqulodda sud aybnomalarining birida yJizzax volostidagi qo'zg'olon xalq ha-rakati ekanligi e'tirof etilgan. Ana shu aybnomada bayon qilin -ganidek 12-13-iyul kunlari Jizzax uyezdi Yom volosti aholisi qo'zg'alib, otliq va yayov bo'lib, mustamlaka ma'murlari, volost boshqaruvchisi va oqsoqollarga qarshi shiddatli hujum boshladi. Qirq qishlog'ida Karim Orziqulov boshliq olomon ellikboshilar-dan Norcha va Qulbeklarni o'ldirishdi. Qo'zg'olonchilarni Tur-dibek Xudoynazarov boshchiligidagi 500 kishilik yana bir gu-ruhi Chuqurtoqqishloq oqsoqoli Mulla Mahkamboy Mulla Ro'ziqulovni toshbo'ron qilib o'ldirdi. Zomin pristavi Sobolev qurolli qo'zg'olon soqchilar va tarjimoni bilan Yom volostiga kelib qo'zg'olon tashabbuschilaridan yetti kishini, shu jumladan, Karim Orziqulov bilan Turdibek Xudoynazarovni qo'lga tu-shirib, soqchilar hamda Yom volost boshqaruvchisi Mulla Fo-zilov bilan Zominga jo'nadi. Lekin ular yo'lda 800 kishilik qo'zg'olonchilarning hujumiga duch keldi. Yom volostidagi singari qo'zg'olon harakatlari Yangi qo'rg'on, Zomin va boshqa volostlarda ham bo'lgan.

  • Mana shunday eng og'ir va hal qiluvchi damlarda ma-halliy hokimiyat vakillari mustamlakachi chor ma'murlariga yordam berganlar va o'z millatlarining manfaatlariga xiyonat qilganlar. Buni quyidagi dalil yorqin ifoda etadi. Jizzax shahri mehnatkashlarining qo'zg'olonlaridan tashvishga tushgan Jiz-zax uyezdi hokimi Rukin Eski shahar aholisining bir qismini katta masjidga to'plab, agar ular hukumatga qarshilik ko'rsatsa, hammaning mol-mulki musodara qilinib, uylari yakson qilina-jagini aytgan. Mahalliy ma'muriyat vakillari Akrom to'ra, Mux-torxon to'ra, Abdusamad Maxsum va boshqalar uyezd boshlig'iga ta'zim qilib, podsho farmonini to'la ma'qullab, uni shubha-siz bajarish va xalq harakatini bostirishda chor ma'murlariga yordam ko'rsatishga va'da berishdi. Mirzaahmad tilmoch hokim-ning so'zini tarjima qiladi va «Imperator a'zam janoblari xalqdan mardikorlikka odam olishni buyurgan. Imperator janoblarining buyruqlari shariat qonunidan ham afzal, shuning uchun albatta bajarilishi kerak», - deb yaltoqlik qiladi.

  • Mustamlakachi va mahalliy ma'murlarning o'zaro til bi-riktirib xalq ommasiga nisbatan ishlatgan zo'ravonlik, do'q-po'pisa siyosati mehnatkashlarning nafrat va nadomatini yanada battar oshirdi. Mehnatkash xalq milliy zulm va zo'rlikka qarshi yoppasiga qo'zg'olonga ko'tarildi.

  • G'azabi to'lib toshgan xalqning erk uchun kurashi o'z qahramonlarini yaratdi. O'zbek shoiri Fozil Yo'ldosh(1872-1955) ning «Jizzax qo'zg'oloni» dostonida bu qo'zg'olon manzarasini yorqin bo'yoqlarda aks ettirgan. Fozil Yo'ldosh o'z dostoni-ni yaratishdan oldin qo'zg'olonning bevosita qatnashchilari Abdulla Ochilov, Mamasharif Husainov, Shodi Ashirmatov, Mavlon Kenjayev, Urdush Muqimov va boshqalar bilan shaxsan uchrashgan va ular bilan suhbatlar olib borgan edi. Dostondagi Toir cho'loq, Qurbon Og'ajon polvon va boshqalar timsolida xalq qo'zg'oloni qahramonlari va ularning jasoratlari ifodalangan. Shoir yuksak badiiy mahorat bilan xalq ommasining chorizmga va mahalliy ma'murlarga, boylar va amaldor-to'ralarga qahr-g'azabi ortib borib, ochiq qo'zg'olonga aylanib ketganligini yor-qin satrlarda ifoda etadi:

  • Podshogа qarshi borаylik, Podsho kimdir, biz bilmаymiz, Podsho yordamchisin topib, Urrа deb ot qo'yaylik Yo o^ylikyo o'^ylik Sirа qаytmаnglаr xаloyiq,

  • Mehnatkashsanzulm o'tdi, Suyaklar o'rtanib ketdi. Qattiq zulm o'tgandan so'ng, Shuncha xalq qo'zg'olon qibdi.



  • 1916-yil 13-iyulga kelib Jizzax qo'zg'oloni keskin tus oldi.

  • Qo'zg'olon ko'targan olomon eski shahar oqsoqoli Mirzayr Xudoyorxonovni o'ldirib, yangi shahar tomon otlandi.

  • Voqealarning rivojlanib borishidan xabar topgan uyezd hokimi polkovnik Rukin qo'zg'olonni bostirish uchun qo'shin chaqirtirdi. Jazo otryadining kelishini kutib o'tirmasdanoq, Ru-kin pristav Zotoglov, tarjimon Mirzahamdam Zokirjonov va ikkita soqchi yigit bilan faytonga o'tirib, Eski shaharga jo'nadi va yo'lda qo'zg'olonchilarga duch keldi. Uyezd hokimi qo'shin kelishga qadar qo'zg'olonchilar bilan muzokara olib borishga qaror qiladi. Ammo olomon uning gapini tinglashni istamadi. Atrofdan: «U aldaydi, unga ishonmanglar! Ur ularni!» degan xitoblar yangradi. Qo'zg'olonchilar yopirilib kelib polkovnik Ru-kin va uning hamrohlarini do'pposlab o'ldirdilar. Faqat oqsoqol qochib ulgurdi.

  • Qo'zg'olonni bostirish uchun uyezd hokimining yordamchi-si polkovnik Afanasyev o'z qo'shini bilan yetib keldi. Olomon Afanasyev otryadini qurshab olmoqchi bo'ldi. Ammo ketmon, belkurak tayoq va toshlar bilan qurollangan qo'zg'olonchilar harbiy qismning yalpi o'q uzishiga bardosh berolmadi. Qo'zg'o-lonchilardan 11 kishi halok bo'ladi.

  • Jizzax qo'zg'oloni chor ma'murlari va mahalliy hokim to'ralarni vahimaga soldi. Ular qo'zg'olonni qonga belash va bos-tirish maqsadida Toshkentdan yordam so'radilar. Toshkentdan to'plar va pulemyotlar bilan qurollangan otryad Jizzaxga yetib kelgach, qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi. Jizzaxning eski shahar qismiga harbiylar o't qo'yib, yer bilan yakson qiladi, yosh-u qari otib, chopib tashlanadi. Shahar aholisi qishloq va ovullar tomon qochdilar. Harbiylar qishloq va ovullarga ham hujum uyushtirdilar. Ko'plab dehqonlar va batraklarni dorlarga osdilar yoki otib o'ldirdilar.

  • Jizzax qo'zg'olonida ishtirok etgan va qamoqqa olinganlar ustidan shoshilinch suratda harbiy dala sudlari tashkil etilib, te­gishli choralar ko'rildi. Jumladan, Jizzax qo'zg'olonining rahbari Nazirxo'ja Abdusalomov boshchiligida 76 kishi ustidan 1916-yil 23-avgustda Zakomolskiy raisligida yopiq harbiy sud majlisi bo'ldi. Sud ishi yakuniga ko'ra 32 kishi otuvga hukm qilindi. 1916-yil 10-sentabrda hukm ijro etilib, Nazirxo'ja Abdusalomov, Jaynoq Abdurahmonov, Ziyoqori Abdullayev, Muhammadrahim Abdurahimov va boshqalar osib o'ldirildi, ko'plari sibirga surgun qilindi.

  • Jizzaxda boshlangan qo'zg'olon tez orada shahar atrofi-dagi Bog'don, Zomin, Sangzor, Yangiqo'rg'on, Yom, Ravot, Qoratosh, Usmat, va boshqa volostlarga ham yoyilib ketdi. Ayniqsa, Abdurahmon Jevachi boshchiligida chor ma'mur-larining mustamlakachiligi zulmiga qarshi bosh ko'targan bog'donliklarning jasoratlari vatan tarixida alohida o'rin tutadi. U bosqinchi mustamlakachilarga qarshi faqat barcha kuchlarni birlashtirib kurash olib borgan taqdirdagina muvaffaqiyatga erishish mumkin deb hisoblaydi. Shu maqsadda aholi o'rtasida tashviqot-targ'ibot ishlarini olib borish uchun Yangi qishloqqa o'g'li Abdurahmon Jevachi, Qulva qishlog'iga Jevachining o'g'li Qo'ng'irboy Qosimov, Ziyod Sariyev, Baxtiboy, Ilonc-hi qishlog'iga Joynoq Abdurasulov, Jo'ra Abdug'aprov, Yotoq qishlog'iga Shakarboy Imomboyev, Nurak qishlog'iga Zulfiqo-ri Yo'ldoshevlar safarbar qilindilar. Abdurahmon Jevachi Jiz-zax vohasida ko'tarilgan barcha qo'zg'olon kuchlarini birlash-tirish maqsadini ko'zlab ukasi Bobobek Abdujabborovni Jizzax shahriga Nazirxo'ja Abdusalomov huzuriga yuboradi, shundan so'ng Abdurahmon Jevachi uyida Nazirxo'ja Abdusalomov, Muhammadrahim Abdurahimov va boshqalar to'planishib majlis o'tkazdilar. Unda qo'zg'olonni tashkiliy jihatdan tayyorlash, Jiz-zax qo'zg'oloniga amaliy yordam berish, rus istilochi qo'shinlariga qarshi birlashib kurashish va Turkiston o'lkasi mustaqilligini ta'minlash kabi masalalar ko'riladi.

  • 13-iyul kunining ikkinchi yarmida Bog'donga Jizzaxda qo'zg'olon boshlanganligi haqida xabar keladi. Abdurahmon Je-vachi ko'rsatmasi asosida barcha qishloqlarga vakillar jo'natiladi va ular jizzaxliklarni qo'llab-quvvatlaydilar. Birinchilar qatorida yangiqishloqliklar ketmon, bolta, panshaxa, tayoq va kaltaklar bilan qurollanib «Mardikorlikka bormaymiz!» «Mardikorlikka boylarning farzandlari borsin!», «Mardikorlikka odam olish ro'yxati to'xtatilmasa g'alayon ko'tarishni davom ettiramiz!», «Oq podsho askarlariga qarshi kurashni davom ettiramiz!» de-gan g'ala-g'ovurlar, baqir-chaqirlar bilan mirshablar mahkamasi tomon yurdilar. Bog'don mirshablar mahkamasining boshlig'i Borillaning qo'zg'olonni qonga botirish to'g'risidagi do'q-po'pisasi ham qo'zg'olonchilarning shashtini qaytara olmadi. Bog'donda boshlangan qo'zg'olon 14-iyulda butun Forish, Sin-tob bekliklariga tarqaladi.

  • Qo'zg'olon markazi Shotolib qishlog'ida edi. Hayitboy Haydarovning «Jizzax tarixidan lavhalar» risolasida hikoya qilinishicha, bu qo'zg'olonga Abdurahmon Jevachining bar-cha qavm-qarindoshlari faol qatnashgan! «O'zbekiston Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarda yozilishicha, Bog'donda boshlangan qo'zg'olonda Mulla Davil, Sorabek, Doston va boshqa farzandlari, ukasi Bobobek Abdujabborov, shuning-dek Ismoil Allayev, Ibrohim Allayev, Umar Imomov, Umar Abdurasulov, Qobul Kattabekov, Quroqboy Qo'ymurodov, Ergash Abdusattorov, Umar Rizaqulov, Jo'ra Rahmonqu-lov, Murod So'fiyev, Yangiqishloqda Juldirboy Davronboyev, Omon Ibrohimov, Umar Tursunqulov, Jo'ra Raimov, Yusuf Ahmedov, Oqbuloqdan mulla Qulboy Soipov, Forish bekligining Uchma qishlog'idan Mulla Chinni Yo'ldoshev, Jonodil Jobbo-rov, Ilonchidan Qo'ng'irboy Qosimov, Ziyod Sariyev, Haydar Nazarov, Eshmon ellikboshi, Safarotadan Avaz Iskandarov, Sintob bekligidan Xo'janiyoz Sherbov, Mulla Kamoliddin, Muhammad Yusupov, Qalandarxo'ja va boshqalar qo'zg'olonga boshchilik qiladilar. Matlab Quvnoqov, Savron Hasanov, Tulli Musaboyev, Mulla Bobomurod Chalaboyev, Mulla Qurbon Mu-ronboyev, Tursunboy Suyundiqov, Temir Inomov, Ergash Rozi-qulov singari olovqalb qasoskorlar faol qatnashadilar»1.

  • Qo'zg'olonchilar Borillani qo'lga olish rejasini tuzadi. Maqsad undan mardikorlikka olish ro'yxatini qo'lga tushirish edi. Ammo pristavning ayg'oqchilari unga bu rejani xabar qilgan edi. Borilla endi o'z jonini saqlab qolish payida bo'lib, 14-iyul kechasiyoq Bog'dondan chiqib ketadi va chorvador ko'chmanchi qozoq



  • Xaudapoe X. «5KH33ax Tapnxi^aH naBxanap», 55-6eT.

  • chorvadorining uyida o'ziga panoh topadi. Bu voqeadan xabar-siz Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi qo'zg'olonchilar 14-iyul kechasi Bog'don mirshablar mahkamasiga hujum boshlaydilar. Ular yo'lda Yangiqishloq yaqinida pristav aloqachisi S.N. Sim-birsevni Jizzax jazo otryadini chaqirish to'g'risidagi maxfiy xat bilan qo'lga olib uni o'ldiradilar. 15-iyul ertalab Bog'don mirshablar mahkamasini ishg'ol qilgan qo'zg'olonchilar u yerda Borillani topolmaydilar. Vatanparvarlar Bog'don mirshablar mahkamasidan mardikorlikka jo'natilishi lozim bo'lgan 1950 nafar yigitlar ro'yxati yozilgan hujjatni topib oladilar va barcha hujjatlarni yirtib yoqib yuboradilar, mirshablar xonasini ostin-ustin qilib barcha buyumlarni sindirib tashlaydilar.

  • Qo'zg'olonchilar son jihatdan kun sayin ko'payib bordi. Abdurahmon Jevachi Jizzaxdagi qo'zg'olonchilarga bevosita va amaliy yordam berishga qaror qiladi. U 14-17-iyul kunlari Bog'don mintaqasidagi bekliklarga o'zining ishonchli vakillarini jo'natdi va birgalikda harakat qilib Jizzax tomon yurish kerak-ligini bildirdi. Natijada Forish, Narvon, Majrum va boshqa bekliklarning vatanparvarlari ham oyoqqa turdilar. Bu yurishga Ilonchi, To'qay, Anamuna, Yomchi qishloqlarining mingbo-shi jaynoq Abdurasulov boshchiligida qurollangan 200 otliq dovyurak yigitlar ham kelib qo'shildilar. Jizzax tomon yurgan qo'zg'olonchilarga Abdurahmon Jevachi o'zining yetti o'g'li Norbek, Doston, Islom, Qorabek Dovil, Sorabeklar bilan birga bosh bo'lib bordi. Bog'donlik qo'zg'olonchilar yetib kelganga qadar chor qo'shinlari Jizzaxdagi qo'zg'olonni bostirib olgan edi. Shunga qaramasdan Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi vatanparvarlar Qili arig'i yonida podpolkovnik Afanasyev boshchiligidagi rus qo'shinlarini qurshovga oldilar. Natijada bos-qinchi kuchlar qattiq otishmalarga chiday olmasdan shaharga chekindilar. Ana shunday paytda rus qo'shinlariga Ivanov boshchiligida qo'shimcha yordamchi kuchlar yetib keladi. Bu vaziyatni dushmanlar foydasiga o'zgartirib yubordi. Qo'zg'olon shafqatsizlarcha bostirildi. Dushmanning qattiq ta'qibiga bardosh bera olmagan qo'zg'olonchilar Nurota tog'lari, Samarqand , Bu-xoro va boshqa tomonlarga najot izlab qochdilar. Jizzaxga yashi-rincha qochib kelgan Bog'don pristavi Borilla jazo otryadiga boshchilik qiladi va qo'zg'olonchilardan shafqatsiz o'ch oladi.

  • Jazo otryadlari qishloqma-qishloq, ovulma-ovul, tog' va qirlar osha kezib yo'l-yo'lakay yoshu qari, erkak, ayol demasdan duch kelgan odamni otib, chopib o'ldiradilar.

  • 26-27-iyul kunlari Bog'don muzofotining o'zida sudsiz-tergovsiz 120 dan ziyod kishini otib tashladilar. Ular orasida Ko'hnabozor qishlog'idan aka-uka Haydar va Rahmon Qurbo-novlar, Omon Ibrohimov, Matlab Quvnoqov, Rahmon Ematov, Isroil Mo'minov, Ismoil Ollomurodov, Rahmat Rahmonov, Murodqosim Ortiqov, Jo'ra Rahimov, Otaqul Sultonov kabi erkparvarlar bor edi.

  • Insoniylik qiyofasini yo'qotgan «maxluq» jallodlar Yan-gi Qishloq, Mixin, Ilonchi, To'qay, Yom, Ota, Yotoq, Nurak, Qoratosh, Anamuna, Sarimsoq, Sharilloq, Safarota, Mojirin va boshqa o'nlab qishloq va ovullarga batamom o't qo'yib kulini ko'kka sovurdilar.

  • Ana shu tariqa Bog'don qo'zg'oloni chor ma'murlari tomonidan ayovsizlarcha shafqatsizlik bilan bostirildi. Qo'zg'olon ishtirokchilarining ko'pchiligi osib o'ldirildi, qamoqqa olindi, otib tashlandi va Sibirga surgun qilindi. Qo'zg'olonning rahbari Abdurahim Jevachi sud qilinib Jizzaxning Qutirbuloq mavzesida osib o'ldirilgan. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha Abdu-rahmon Jevachi sud jarayonida: «Nega xalqni qo'zg'olonga chorlading?» deb berilgan savolga quyidagicha javob bergan ekan: «Rossiya saltanati Turkistonni bosib olgandan so'ng, xalq ayovsizlarcha talandi, islom dini va shariat qonunlari oyoq osti qilindi, ko'plab masjidlarimiz, tarixiy obidalarimiz buzilib, kitoblarimiz yondirildi, ilmli kishilardan o'ch olindi. Turmalarga tashlandi, bu ham yetmagandek oq podshoning farmoni bilan mahalliy millat vakillarini mardikorlikka chaqirilishi xalq sabr kosasini toshirib yubordi. Biz Jizzax, Samarqand va Toshkent aholisi bilan birlashib ozod Turkiston jumhuriyatini tuzishga bel bog'lagan edik. Ming afsuski o'ylagan o'ylarim amalga oshmay qoldi».1

  • Sud hukmi o'qilgandan so'ng Abdurahmon Jevachiga: «Agar sen xaloyiq oldida qilgan ishimdan pushaymonman, tavba qildim, meni kechiringlar deb aytsang seni o'limdan ozod qilamiz»



  • Xpubapoe X,. «!>Kro3ax тaриxидaн naBxanap», 60-бет.

  • deyishdi. Abdurahmon Jevachi bu taklifdan nafratlanib va g'azablanib: «Men sotqin emasman. Men xalq ozodligi uchun ku-rashdim, o'z yo'limdan hech qaytmayman, alvido yurtdoshlar^,38 deya dor sirtmog'ini o'z qo'li bilan bo'yniga ilib mardlarcha jon bergan edi. Abdurahmon Jevachi siymosi Vatan va millat ozodligi va adolat uchun kurashda yosh avlod uchun o'rnak va namuna timsolidir.

  • Qo'zg'olon qatnashchilaridan Savron Hasanov, Musa To-g'ayev, Mamat Musayev, Chug'urchi Nazarov, Jonuzoq To-g'ayev, Suqon Eshmatov, Sindor Davronov kabi vatanpar-varlarning har biri o'n yil muddat bilan Sibirga surgun qilindi.

  • Jizzax bilan bir vaqtning o'zida Kattaqo'rg'on shahar va uyezdida ham xalq qo'zg'olon ko'tarib ko'chalarga chiqqan edi.

  • Kattaqo'rg'on uyezdining Mingariq volosti aholisi 18-19-iyul kunlari qo'zg'olon qilib oqsoqollarning uylariga o't qo'ydilar. Qo'zg'olonning keng tus olayotganligidan tahlikaga tushgan uyezd hokimi N.M.Ross viloyat harbiy gubernatoriga 22-iyulda yuborgan xabarnomasida, Kattaqo'rg'on volostidagi O'zbekkent va Arabxona qishloqlarida qo'zg'olon ko'targan olomon qozi-ning uyiga hujum qilib, uni o'ldirgani to'g'risida ma'lumot beradi. Tobora keng quloch yozayotgan g'alayonning oldini olish uchun N.M.Ross «jinoyatchilarni» qidirib topgandan ko'ra, ularning uylariga yalpisiga o't qo'ygan ma'qul deydi.

  • 1916-yilgi xalq harakatlari Farg'ona viloyatining beshta uyezdiga: Andijon, Qo'qon, Namangan, Skobelev (Farg'ona) va O'sh uyezdlariga yoyildi. Rasmiy hujjatlarga ko'ra Farg'ona viloyatida kamida 107 joyda, Samarqand viloyatida 25 joyda, Sirdaryo viloyatida 20 joyda qo'zg'olon va g'alayonlar bo'lib o'tganligi qayd etilgan. 1916-yilning iyul o'rtalarida bo'lib o'tgan Marg'ilon qo'zg'olonida 25 mingdan ortiq xalq qat-nashdi. Ularning aksariyati kambag'al dehqonlar, kosib va hunarmandlardan iborat bo'lib, ular tengsizlik va haqsizlikka qarshi kurashga chiqqan edilar. Biroq mahalliy hukumat ma'murlari harbiy qo'shinlar yordami bilan bu qo'zg'olonni bostirishga erishdi. Qo'zg'olonchilardan 63 kishi katorgaga va surgunga jo'natildi.

  • Bular orasida Nurmuhammad Ma'zumov, Tojiboy Miraliyev, Layliboy Qosimboyev, Shermuhammad Habibullayev, Qodirjon Mamasodiqxo'jayev, Kamoliddin Holliyev va boshqalar bor edi.


  • Mustamlaka ma'muriyati bergan ma'lumotlarga ko'ra Farg'ona viloyatining 17 joyida aholining harbiy qismlar bilan qonli to'qnashuvi bo'lib o'tgan. 9-iyul kuni Andijonda ham odamlar qo'zg'aldi. Mahalliy amaldorlarni do'pposlagan ulkan olomon eski shahardan yangisiga Skobelev nomli katta ko'cha orqali yo'l oldi. Andijonliklar 1898-yildagi voqealarni unutmagan, intiqom o'ti endi barala alanga olgan edi. Ular Gultepa m aydonida tumanboshi I.Brjezitskiy bilan uchrahishadi. U kazaklar va politsiyachilar qurshovida turib, olomonning talablarini eshi-tib, kazaklarga ularni o'qqa tutishni buyuradi. Natijada uch kishi halok bo'lib, 12 kishi yaralanadi. Andijon uyezdi boshlig'i vazifasini bajaruvchi 1916-yil 27-sentabrda Turkiston rayon mu-hofaza bo'limi boshlig'iga yo'llagan xatida 9-16 iyul kunlaridagi qo'zg'olon tafsilotini bayon qilgan1.

  • 9-iyul kuni Andijon shahrining ikkinchi qismida Gultepa maydonidagi «tuzemetslar olomoni» amalga oshirgan tartib-sizliklarni bostirish chog'ida alohida Ural kazak yuzligidan Kuntayevning boshiga tosh tegib jarohat ko'rdi. «Tuzemets»lar-dan uch kishi o'ldi, 8 kishi yarador bo'ldi. Qo'zg'olon boshliqlari-dan 22 kishi ushlandi, tergov organiga topshirildi. 10-iyulda Oltinko'l bo'lisiga qarashli Dalvarzin qishlog'ida qo'zg'olonchilar bo'lis boshlig'i Mulla Hakimbek Mulla Ro'zibekov va uning hamrohlari (Temirboy Payg'ambarqulov, Karimjon Abdu-vaxobxo'jayevlar)ni o'ldirdilar. Qo'zg'olon boshliqlaridan 32 kishi ushlanib qamoqxonaga topshirildi.

  • 11-iyulda M aygir bo'lisining Chuvama qishlog'ida ko'tarilgan qo'zg'olonda «tuzemetslar olomoni» Chuvama ellikboshisi Qip-choqboy Boymirzayevni o'ldirdilar. Qo'zg'olon rahbarlaridan 16 kishi hibsga olinib, tergovga berildi.

  • 12-iyulda Baliqchi bo'lisidagi Xolmurod-Qo'rg'oncha qishlog'ida qishloq oqsoqoli Eson Ali Rahimqulov o'ldirilib, qo'zg'olon tashkilotchilaridan 2 kishi qamoqqa olingan. Xud-di shunday qo'zg'olon «tuzemetslar olomoni» tomonidan Yor-boshi bo'lisidagi Bekobod qishlog'ida, Sultonobod jabhsidagi So'fiqishloq, Norin bo'lisidagi Cho'ja qishlog'ida bo'lib o'tdi. Andijon tumanini Kapa, Hindimozor, Ko'tarma, Elaton, Mir-obod, Xo'jaobod (Baliqchi bo'lisidagi), O'rmonbek qishloqlarida ham qo'zg'olonlar bo'lib o'tdi. Qo'zg'olon qatnashchilaridan talaygina qismi hibsga olindi39.

  • Muso Turkistoniy «Ulug' Turkiston fojiasi» asarida Mar-g'ilon voqeasining chuqur va atroflicha tafsilotini bergan. Mar-g'ilondan keyin qo'zg'olon Skobelev uyezdining Fayziobod, Yozyovon, Yakkatut bo'lislariga yoyildi.

  • Marg'ilon bilan bir vaqtning o'zida Namangan shahrida ham qo'zg'olon ko'tarilgan. 11-iyulda Namangandagi Labbaytog'a dahasidagi Kurashxona maydoniga 1500 odam to'plandi. Labbaytog'a dahasining qozisi xalq qo'zg'oloni haqida darhol pristavga xabar yetkazdi. Pristav V.Dombrovskiy tish-tirnog'i-gacha qurollangan harbiy qism bilan yetib keldi. Erkaklar, ayol lar va bolalardan iborat olomon V.Dombrovskiydan mardikorlikka safarbarlik qiluvchi ro'yxatni tuzishni to'xtatishni talab qiladi. G'alayon kengayib ketishidan xabar topgan kapitan Rumyansyev o'z rotasi bilan yetib keldi. Bu ashaddiy millatchi kapitan dab-durustdan aholini o'qqa tutishga buyruq berdi. Pristav Dombrovskiyning e'tirof etishicha, qo'zg'olonchilar qu-rolsiz va katta talofat berilishiga qaramay harbiy va politsiyachilar bilan qattiq olishgan. Ular politsiyaga hujum qilib, pristav Fe-dorovning to'pponchasini tortib olmoqchi bo'lishgan, hatto qo'zg'olonchi Jamollidin Uvaysov bir politsiyachining qilichini tortib oldi.

  • Namangan qo'zg'oloni qatnashchilaridan 84 kishi turli muddatlarda qamoq jazosiga hukm qilingan. Farg'ona vodiy-si ning 17 joyida bo'lib o'tgan to'qnadshuvlarda ikki tomondan ayniqsa, mahalliy aholi juda ko'p qurbonlar bergan; 5 kishi o'ldirilgan, 109 kishi yarador qilingan. Yarador bo'lganlardan keyinchalik yana 28 kishi vafot etgan. Ammo bu raqamlarning ataylab kamaytirib ko'rsatilganligini keyinchalik mustamlaka ma'murlarning o'zlari tan olishgan. Jumladan, Farg'ona vi-loyati harbiy gubernatori, g'alayonlarda o'lgan va yarador bo'lganlarning ko'pchiligini aholi tez fursatda jang maydonidan olib ketganligi sababli aslida qancha talofat berilganligini bilish qiyin, deb yozgan edi.

  • 11-iyulda Toshkentning Eski shahar qismida xalq harakati to'lqini ko'tarildi. To'plangan olomon: «O'lsak o'lamiz lekin bolalarimizni bermaymiz!», «Zolim podshoning o'zi o'lsin!», «Qachongacha u bizni ezadi?» deb har tomondan baqirardi. Qo'zg'olonni bostirish uchun Kolesnikov boshchiligidagi jazo otryadi yetib keldi.

  • Qo'zg'olon vaqtida polkovnik N.Ye. Kolesnikov bir necha marotaba olomonni tinchlantirishga harakat qiladi. Qo'zg'o-lonchilardan biri qo'lida qilichi bilan N.Ye.Kolesnikovga tash -langanida u bu kishini to'pponchadan otib o'ldiradi. Shundan keyin xaloyiqning qoni qaynab «Ur» degan ovozlar yangradi. Olomon orasida Mahmud Mirsoatov ismli gimnaziya o'quvchisi «Mirshablarni uringlar!» deb odamlarni hujumga chaqirgan. Qo'zg'olonchilardan Mirqosim Isamuhammedov sherigi bilan telefon simini uzgan. Olomonning boshqarma idorasiga bos-tirib kirishi xavfi tug'ilganidan keyin N.Ye.Krolesnikovning buyrug'iga ko'ra ularga o'q uzildi. Natijada 11 kishi o'ldirildi

  • 11 - Vatan tarixi, 2.

  • va 15 kishi yarador qilindi. O'lganlar orasida Abdusamad Abdusoatxo'jayev, Shoyunus Abdukarimov va boshqalar bor edi. Ayollardan Ro'zivonbibi Ahmadxonova o'ldirildi. Zo'rbibi Musamuhammedova yarador qilindi. Usta Odil Alimboyev, Oxunbobo Abdulla Azizov, mulla Olim Fayziboyev, Po'lat Mirisayev, Shokir Kamolov, Ernazarxo'ja Ikromboyev, Sodiq Qo-riyev va boshqa kishilar yaralangan edilar. Boshqarma hovlisida ro'y bergan fojiadan keyin ko'p o'tmay Toshkent shahar boshlig'i O.O.Kochin yetib keldi. U o'zi ko'rgan voqeani shunday bayon etgan: «Men politsiya boshqarmasiga kelganimda ko'chada, boshqarma atrofida va qisman hovlida erkagu xotinlardan tash-kil topgan olomonga duch keldik. Olomon bir necha ming ki-chidan iborat bo'lib, ular orasida o'lganlar va yaradorlar yotardi. Politsiya boshqarmasiga boradigan ko'chada ayrim kishilar menga yig'i-sig'i aralash nimalarnidir tushuntirib, kimlarningdir ustidan shikoyat qilmoqchi bo'ldilar. Bu yerdagi erkaklar va xotinlarning hammasi xo'rlangan va ezilgan ko'rinadi. Politsiya boshqarmasiga kirganimda Eski shahar mirshablarining hammasi qo'llarida to'pponcha ushlab turganlarini ko'rdim. Boshqarma binosi oldida telefon simi uzilgan holda yotibdi. Idoraning ichida g'isht va tosh parchalarini, eshik va derazalar singanini ko'rdim. Hali harbiy qismlar kelmagan edi. Olomonning tarqalishini so'rab qilingan taklif inobatga olinmay, shovqin-suron eshiti-lib turdi. Ko'p o'tmay o'liklarni va yaradorlarni olishga va tib-biy yordam ko'rsatishga kirishildi. Shu paytgacha boshqarmaga harbiy bilim yurtining bo'linmasi va Toshkent yangi shahrining mirshablari kelishdi. Shundan keyin harbiy qismlar ham yetib kelib, olomonni ko'cha tarafdan o'rab oldi va ularni tarqatishga muvaffaq bo'lindi. Qo'zg'olonchilardan bir guruhi mirshab Mir-komil xonadoniga hujum qilish uchun Beshyog'och tomonga ke-tishgan ekan».

  • Chor hukumati qo'zg'olonni bostirgandan keyin ko'p kishi-larni hibsga oldi va sud qiladi. G'alayonning faol qatnashchilari -dan etikdo'z Abdurahmon Qayumso'fiyev va qora ishchi Mirqo-sim Shomuhammedov osib o'ldirishga hukm etildi. Ishchilardan Tojiboy Yunusxo'jayev, G'ulom Kamolov, Yo'lchi Ibrohi-mov, Nizomiddin xo'ja Zayniddin Xo'jayev, kambag'al dehqon

  • Murodxo'ja Mahmudali Xo'jayev, Yoqub Murodjaboyev va boshqalar uzoq muddatli surgun yoki qamoq jazosiga tortiladi-

  • lar40.

  • Garchand Toshkent qo'zg'oloni bostirilgan bo'lsada, uning aks-sadosi butun o'lka bo'ylab taraldi. Avvalo g'alayonlar Toshkent atrofidagi joylarda avjga chiqdi. Odamlar 12-14-iyul kunlari Xitoytepa, G'ishtko'prik, Xonobod, Piskent va Kaufman stansiyasi (Zangiota)da bosh ko'tarib, mardikorlikka bormasliklarini ma'lum qiladilar. 15-16 iyulda Brevskiy stansiyasi atrofida va 84-temiryo'l razyezdida ko'p ming kishilik olomon ko'chaga chiqdi. 20-iyulda Bo'lat bo'lisida 50 ming, Qibrayda 6 ming kishilik olomon mardikorlikka qarshi isyon ko'tardi.

  • Chor hukumati o'lkada qo'zg'olonlarni bostirish uchun 14 batalyon, 33 kazak harbiy bo'linmasi, 42 to'p va 69 pulemyot ajratdi. Jazo bo'linmalari shafqatsizlik bilan harakat qiladilar. Bu haqda A.N.Kuropatkinning rus imperatori Nikolay II ga yozgan raportida shunday satrlar bor: «Siz imperator Oliy hazratlari va barchaga muqaddas vatan hisoblangan buyuk Rossiya oldida o'z sodiqligini unutganligi, jinoiy ishlar qilganligi uchun Turkis-ton aholisi qattiq jazolandi». Qo'zg'olon qatnashchilaridan 3000 dan ortiq kishi sudga berilib, ulardan 347 tasi osib o'ldirishga hukm etilgan. Biroq, vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik uchun ulardan 51 tasi qatl qilinib, qolganlari o'lim jazosi qamoq va surgun bilan almashtirildi. Yuzlab odamlar turli muddat bilan qamoqqa hukm etildi. Ayrim shahar va qishloqlar butunlay yak-son qilindi. Ko'plab uylar yondirildi va mol-mulklari talandi. Ayniqsa, Jizzax qo'zg'olonchilariga nisbatan vahshiylarcha munosabatda bo'lindi. Jizzax g'alayoni ishtirokchisi To'ra Nor-boy xotiralari bizga ko'p narsani oydinlashtirib beradi. «Jazo bo'linmalari tog'da qochib yurib, och qolib, qishloqdan ovqat olib kelish uchun tushgan Mavlon Aymatovni ushladilar. U bilan yana 7 kishini ushlab daraxtlarga bog'ladilar. O'n kungacha har bir soat kaltaklab, ustidan suv quydilar. Askarlar qishloqdan ketadigan bo'ldilar. Shunda ular bu 7 kishini kaltaklab, o'ldirib ketdilar».

  • Qo'zg'olon qatnashchilaridan biri Muqim Urdushov Toshkentga qochib, so'ng Jizzaxga qaytib kelib, boshidan kechirganlarini quyidagicha bayon etgan: «Toshkentdan Jizzax ga keldim. Kechasi stansiyaga yetib, namoz vaqtida shaharga tushib keldim. Yo'lda ko'p askarlarni ko'rdim. Ularni yonida xalqdan talab qilingan qimmatli ro'zg'or ashyolari tog'-tog' bo'lib yotibdi. Askarlar qimmatli ipak so'zanalarni, atlas va shohi ko'rpalarni otlariga yopib qo'yibdi. Ipak gazlamalarni, shohi ko'rpalarni to'proqqa yozib ustida ag'anab yotibdilar. Hov-liga chiqsalar ham shohi va atlas ko'rpalarni yopinib chiqmoqda-lar. Bunda xalqdan talab olingan minglab ot-mollar va qo'ylar turibdi. Oyoq ostida bosilib yotgan qimmatli narsalarni ko'rib, juda rahmim keldi. Eski shahar yo'lida ketayotganimda yangi shaharga qarab qator-qator borayotgan xotin-qizlarni ko'rdim. Ular mendan: «Askarlar talab ketgan narsalarni qaytarib bera-yotgan emish, deb eshitdik shu to'g'rimi?» deb so'rashdi. Men buni ko'rmaganligimni aytdim. Eski shaharga tushsam eng yax-shi binolar, mahallalar, shahar ko'chalaridagi timlar, do'konlar, oshxonalar va choyxonalar kuyib, yer bilan tep-tekis bo'lgan. Bunda boyo'g'li sayramoqda. Xalq och va yalang'och, juda og'ir ahvolda. Bu ahvolni ko'rib ko'p achindim».

  • «Bir kuni - deb yozadi qo'zg'olon ishtirokchisi Mamasharif Husainov, - shahar atrofini askarlar o'rab, har hovliga besh-oltitadan bo'lib kiraveradilar. Odamlarni urib-so'kib quvib chiqdilar. Beshikdagi bolalarni yechib olishga qo'ymadilar. Xalq-ni bozor maydoniga to'plab, yosh va jinslariga qarab to'dalarga ajratdilar. Atrofiga to'p va pulemyotlar o'rnatdilar. Askarlar ba'zi odamlarni qulog'idan burab, to'p og'ziga olib bordilar, keyin qo'yib yubordilar. Ba'zilari odamlarga qarab miltiqlarini sharaq-shuruq qilib qo'rqitdilar. Odamlar orasida Oqposhsho Jizzax xal-qini otib yubordi, endi hammamizni otar ekan, degan gap tarqaldi. Xalqni vahima bosdi. Xotinlar va bolalar yig'ladi. Askarlar ularni miltiq qo'ndog'i bilan urardilar. Bir vaqt Yangi shahardan bir ot-liq askar chopib keldi: «Siz, makkor Jizzax podshohi a'zamning oliy farmoniga itoat qilmaganliklaringiz uchun podshohi a'zam sizlarni otuvga buyurgan edi. Sizlar endi bu shahardan 25 chaqirim nariga surgun qilamiz», deydi. Askarlar, mingboshi va politsiyachilar xalqni uch tomonga bo'lib haydadilar. Kun beni­hoyat issiq, hammayoqni chang-to'zon qoplagan, Eski shaharga keladigan suv Yangi shaharda bo'g'ib qo'yilgani uchun hech joyda suv yo'q. Bizlarni askarlar yugirtirdi. Bir yerga to'xtatib, hammaning yonini kavlab, bor pullarini qoqib oldi. Yana yugir-tirdi. Chopolmay yiqilganlarni miltiq qo'ndoqlari bilan urdilar. U vaqtdagi dod-voy olamni tutar edi. Yosh bolalar suvsizlikdan yuragi kuyib, o'lib qolaverdi. Homilador xotinlar tug'ib yotibdi, askarlar ularga qarashga yo'l bermaydi. Askarlar yurishdan bosh tortganlarni otdilar. Yugurib ketayotgan xalqni yana to'xtatib qo'llaridagi uzuklarini, quloqlaridagi sirg'alarini yulib oldilar. Shu ravishda cho'lga yetib borguncha necha joyda tekshirib to yaxshi kiyimlarigacha yechintirib oldilar. Bizlarni shunday azob-uqubatlar bilan shom paytida Qilich cho'liga olib borib tashlab qaytdilar. Odamlarda ovqat ham ko'rpa yostiq ham yo'q edi. Hamma och va suvsiz qoldi. Kechasi qishloqlarga borib ovqat olib kelib, hammaga oz-oz ulashib turdik. Bir to'p odamlar och qolib kasallikdan o'ldilar. Ular 10 kundan keyin bizga shaharga kirishga ruxsat berdi».

  • General Madridov Ivanovdan qolishmadi. Kichik yoshdagi bolalarni tiriklayin o'tga tashladi. Hatto homilador ayollarga ham shafqat qilinmadi. Bunday vahshiyliklar qilgan general Madridov yetti avlodiga yetadigan katta boylikni o'g'irlab ket-di. Oktabr to'ntarishidan so'ng, uning uyidan 17 pud turkman xotinlar taqadigan taqinchoqlar va 60 dan ortiq qimmatbaho turkman gilamlari topilgan edi. Turkiya olimi Ibrohim Yorqin-ning hisobiga ko'ra 1916-yil 25-iyunda Nikolay II farmoyishi bilan boshlangan «mardikorlar qo'zg'oloni» deb atalmish qo'zg'olonda41 1917-yil boshiga qadar taxminan 1,5 million kishi qatl qilindi. Ayrim ma'lumotlarga q araganda 1916-yilgi qo'zg'olon oqibatida Turkiston aholisidan 673 ming kishi o'ldirildi, 300 mingdan ziyod aholi xorijga chiqib ketdi. 1 million kishining mol-mulki musodara qilinib, talon-taroj etildi. Aholidagi otlarning 50 foizi, sigirlarning 39 foizi, tuyalarning 55 foizi, qo'y-echkilarning 50 foizi o'lgan va musodara qilingan edi. Xullas, Oqposhsho malaylari Jizzax qo'zg'oloni qatnashchilaridan vahshiylarcha o'ch oladilar.

  • 1916-yil 23-avgustida Turkiston general-gubernatori A.Ku-ropatkin mardikorlikka42 safarbarlik tadbirlari to'g'risida buyruq chiqardi. Buyruqda mardikorlikka olinadigan odamlar soni aniq ko'rsatildi; Sirdaryo viloyati 60 ming, Samarqand viloyati 32407, Farg'ona viloyati 51233, Yettisuv viloyati 43 ming va Kaspiyorti viloyati 13830 kishi. Safarbarlik 1916-yil 18-sentabrdan to 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobi g'alabasiga qadar davom etdi. P.Kovalyovning bergan ma'lumotlariga qaraganda turkis-tonlik mardikorlar Moskva, Peterburg, Ryazan, Tula, Oryol, Smolensk, Bryansk Dvinsk Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Perm, Yekaterinburg, Orenburg, Kiyev, Xarkov, Yekaterinoslav, Odessa, Zaporojye, Kerch, Tbilisi, Botumi, Suxumi va boshqa joylarga jo'natilgan.

  • General-ad'yutant Kuropatkin 1916-yil 28-avgustda tasdiq-lagan taqsimot bo'yicha Andijon uyezdining Yorboshi volos­tidan 871, Xakan volostidan 816, Oltinko'l volostidan 498, Ba-liqchi volostidan 908, Jalaquduq volostidan 340, Qo'rg'ontepa volostidan 466, Oyim volostidan 656, Qorasuv volostidan 497, Qo'qonqishloq volostidan 887, Maygir volostidan 427, Izboskan volostidan 284, Andijon shahidan 1082 kishi front ortidagi ishlar-ga safarbar qilinishi ko'rsatilgan.

  • Arxiv hujjatlarida Andijon shahridan front ortidagi ishlar-ga olingan mardikorlarning 1000 kishidan iborat ro'yxati, ular-ning ismi va familiyasi, qaysi mahalla, qaysi guzardanligi, yoshi, qanday vazifadaligi ko'rsatilgan. Shuningdek, qaysi yuzlikda, nechanchi eshelondaligi, eshelonlarning jo'natilish kuni, soati ham qayd etilgan43.

  • 1000 nafar mardikorni 10 ta yuzlikka bo'lib, har biriga yuz-boshi tayinlangan: 1-Uyluq yuzligiga Mirzarahim Ro'zimathojiyev (31 yosh, Temirchi mahallasidan), 2-Uyluq yuzligiga Ahmadjon Qalandarxodiyev (30 yosh, Sarvontepa mahallasidan), 3-Uyluq yuzligiga Qofirjon Ma'rufhojiyev (35 yosh, Durgun mahallasi-dan), 4-Olayliq dahasi yuzligiga Ahmadmuhammad To'xtayev (31 yosh, Ahmadbekhoji mahallasidan), 5-Olayliq yuzligiga Tohirjon Imonqulihojiyev (34 yosh, To'paboy mahallasidan), 6-Olayliq yuzligiga Mulla Ahmadali Mullamuhammad Yunu-sov (32 yosh, Eski ot bozori mahallasidan), 7-Soy yuzligiga Raimboqi To'lakboyev (40 yosh, Idrisqulbek mahallasidan), 8-Qirliq yuzligiga Mulla Mirzohid Haydarhojiyev (35 yosh, To'qmoq mahallasidan), 9-Soy-Qirliq yuzligiga Mulla Muham-madjon Oxunboboyev (41 yosh, Haydarali mahallasidan) va 10-Qirliq yuzligiga Turg'unxo'ja Valixo'jayev (27 yosh, Burgi ma-hallasidan) yuzboshi tayinlanganlar. Mazkur o'nta yuzboshiga Ahmadbekhoji mahallasidan 35 yoshli Masodiq mulla Oripov rahbar qilib belgilangan.

  • O'z navbatida yuzliklarning har biri o'nliklarga bo'linib, ularga o'nboshilar tayinlangan. Masalan, yuzboshi Mirzarahim Ro'zimathojiyevga quyidagi o'nboshilar qaragan: Abdurahim Madkarimov (30 yosh), Saidumar Qurbonhojiyev (24 yosh, nov-voy), Xo'jamberdi Ismoilboyev (25 yosh, Madaliqozi mahallasi­dan), Qurbon Abdullayev (24 yosh, Qoramulla mahallasidan), Qa-landar Qilichboyev (28 yosh, tilmoch), Hojimat Abdurahmonov (30 yosh, Madrabboy mahallasidan), Olimjon Yoqubboyev (28 yosh, Eski qo'za bozori mahallasidan), Meliboy Abdukarimov (29 yosh, Jurgun ko'cha mahallasidan), Xudoyberdi Egamberdiyev (29 yosh, qassob), Kamol Razzoqberdiyev (29 yosh, Qo'y bo-zori mahallasidan), Nazarali Abduxoliqov (29 yosh, Madqosim mahallasidan), Jumaboy Yo'ldoshboyev (30 yosh, Yoqubali Qoji mahallasidan), Yo'ldosh Diyorboyev (Eski kappon mahal-lasidan), Aliboy Nabirajonov (21 yosh, Ark ichi mahallasidan), Axronqulhoji (imom), Mullaboy Aliqulboyev (35 yosh, Ark ichi mahallasidan).

  • Mardikorlar 15-sentabrdan 15 oktabrgacha Andijondagi yig'uv punktiga (hozirgi Soydagi paxta zavodida) to'plab, soq-chilik nazorati qo'yilgan. Har bir eshelonda 40 ta vagon bo'lib, har bir vagonga 30 ga yaqin kishi joylashtirilgan. Eshelonda ishchilar joylashgan 33 ta vagondan tashqari, 1 ta sanitar, 1 ta izolyatsiya va 1 ta soqchilar vagoni, shuningdek, oshxona uchun 2 ta va oziq-ovqat mahsulotlari uchun 2 ta vagon ajratilgan. Har bir eshelonga 990-1000 ishchi joylashtirilgan. Andijon shahridan olingan ishchilar 1000 kishi bo'lib, ularning 2-eshelon bilan Andi-jondan jo'natilishi rejalashtirilgan.

  • 18-sentabrdan 18-oktabrgacha Turkistondan 30 eshelonda ishchilar olib ketiladi. Eshelonlarning yo'l marshrutlari aniq belgilab berilgan. Xususan, 107a- sonli poyezdning Andijon stansi-yasidan 18-sentabr soat 8.17 da jilishi, Toshkentga 19-sentabr 1400 da kelishi, Toshkentdan o'sha kuni 109-sonli poyezdda jo'nashi, 24-sentabrda 14.39 da Samara guberniyasidagi Kinel stansiyasiga yetib kelishi va joylarga taqsimlanishi belgilangan1. Bunday jara-yon Turkistonning boshqa shaharlarida ham kechgan.

  • Chor ma'muriyati jo'natilishi kerak bo'lgan 200470 ki-shi o'rniga amalda 123 mingdan ortiq mardikorni safarbar qila oldi. Ulardan 101600 kishi Rossiyaning G'arbiy qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga yuborilgan. 10000 dan ortiq kishi Turkiston o'lkasining o'zida ishlatilgan. Mardikorlar har-biy va sanoat korxonalarida, konlarda, temiryo'llar qurilishida, o'rmonlar va ayrim kapitalistlarning xo'jaliklarida qattiq nazorat ostida betinim ishlatilganlar. Ular ochlikdan, xo'rlikdan, mashaqqatli mehnatdan ko'p aziyat chekdilar. Ko'plari sovuq urishidan, turli kasalliklardan o'lib ketdilar yoki bir umrga nogi-ron bo'lib qoldilar.

  • Mardikorlarga arzimagan ish haqi to'langan, turar joylari juda ham xarob bo'lgan, yemishlari ham juda nochor bo'lgan.

  • 400 kilometrlik Botumi-Suxumi temiryo'li qurilishida 2000 dan ziyod mardikorlar ishlaganlar. Bu inshootning Gudaunti (Myuseri) rayonida 200, Suxumi rayonida esa 100 nafar andi-jonlik bo'lib, ular mislsiz og'ir sharoitlarda mehnat qilganlar. Bi-rinchi bo'lib Gudauntidagi andijonlik mardikorlar ish tashlashni boshlab berganlar. General Yanushkevich xabarida bu ishchilar ishga chiqmaslikka qat'iyan qaror qilganliklari, «bizlarga shahar-da yashab, zavod va fabrikalarda ishlashni va uch oydan keyin vatanimizga qaytib ketishni va'da qilganlar», deb aytganlari qayd etilgan. Ular ish tashlab, ish joyidan o'z xohishlari bilan ketib qolganlar. Ish tashlash keng tus oladi. Ish beruvchilardan biri



  • УзР IVmA, И.25-фонд, крушит, 185-иш, 28-30-вaрaклaр.

  • o'zbek ishchilari 30-oktabrdan 17-noabrgacha ishga chiqmagan-lari oqibatida 2000 so'm zarar ko'rganidan nolib shikoyat qilgan. Bunday shikoyatlar ko'plab bo'lgan. Kavkaz armiyasi polkovnigi Davidov ish beruvchilar va ma'muriyatni yoqlab, mardikorlar ish-dan qochib shaharlarga borishmoqda, bozor va masjidlarda yu-rib, narkotik va fahsh ishlar bilan shug'ullanishni xohlayaptilar, degan tuhmat xabarni yuqori tashkilotlarga yo'llagan. Bunday tuhmatlar ko'p bor uyushtirilgan, oqibatda mardikorlar tazyiq-ta'qibga uchrab turganlar. Sabr-kosalari to'lgan mardikorlar ku-rashni davom ettiraverganlar.

  • Ma'muriyat bergan xabarda ishchilarning jipslashib, har qan-day qiynoqlar, turmaga tiqish va hatto otib yuborganlarida ham baribir ishga chiqmasliklarini aytganlari qayd etilgan. Ishchilar o'zlarini Suxumiga, Botumiga, hatto Rossiyaning ichki qismiga yuborishlarini talab qilganlar. Ish tashlash yo'l qurilishining ja-nubiy va shimoliy qismini ham qamrab oladi: norozilik namo-yishlari o'tkaziladi, ochliklar e'lon qilinadi. Oqibatda Tiflis huku-mati Toshkentga, Turkiston general-gubernatoriga telegramma yo'llab, ish tashlovchilarni tinchlantirishni talab qilishga majbur bo'ladi. Shu maqsadda Turkiston general-gubernatori buyrug'i bilan Andijon Eski shahari oqsoqoli Rustam Toshmatov 1916-yil 29-dekabrda Botumiga keladi. O'n to'rt kun davomida, 1917-yil 1 yanvardan 13-yanvargacha, oqsoqol izvoshda ish joylarini ayla-nib chiqib, namoyishchilarni, ish tashlaganlarni hiyla-nayrang, «Agar Sizlar ishni davom ettirmasalaring, u holda sizlarning An-dijonda qolgan ota-onangiz, qavm-qarindoshingiz hibsga olinadi, mol-mulki musodara qilinadi» qabilidagi do'q-po'pisalar bilan al-dashga muvaffaq bo'lgan.

  • Rustam Toshmatov 1917-yil 21-yanvarda Andijonga qaytib keladi. Bu xizmati uchun u general-gubernator tomonidan taqdir-langan. Andijonda chop etilgan «Turkestanskiy golos» gazetasi «Andijon shahar ariq oqsoqoli Rustam Toshmatovning front ortidagi andijonliklardan hol-ahvol so'rab kelganligi haqidagi hisoboti» nomli materialda bu safarni yoritgan. Umuman, 1916-yil 1-iyuldan boshlab gazetada mardikor mavzusiga katta o'rin ajratilgan. Jumladan, «Mardikorlar talabi» , «Ishchi tuzemetslar yo'lda», «Ishchilarni jo'natishga doir», «Tuzem ishchilar mak­tublari», «O'sh eshelonini jo'natish», «Joylardan salomlar», «Yo'ldan». Bizning muxbirimiz Abdulla Yo'ldoshqoriyevdan», «O'zbek harbiy ishchilarining yo'ldan yuborilgan maktubla-ri», «Palovni sog'inmoqdalar», «Ishchilar uchun ketmonlar», «Orenburgdan xatlar», «Harbiy sud», «Ajralib qolganlar», «Sud xabarlari», «Sud zalida», «Ro'zi Oxun Muhammad Nazarboyevning ishi bo'yicha», «Dalvarzin ishi» kabi nomlar bi-lan chop etilgan qator xabar va maqolalar mardikor olish, mardi-korlik hayoti bilan bog'liq ko'plab muhim ma'lumotlar beradi.

  • Hamza Hakimzoda Niyoziy mardikorlarning og'ir qis-matli hayoti haqida «Sog'inib» asarida, «Ishla» deb tepasida dag'dag'a qilib turgan yuzboshiga mardikor tilidan shunday javob beradi:



  • «Qаttiq tegmа mengа muncha yuzboshim, Oqizmа ko'pgdmim uzrа ko'z yoshim. Yurаkbаg'rim o'zihаdsizezilgаn, Yurtu Vаtаn, el^nm^sog'inib».



  • Mardikorlik mavzusida yozilgan va xalqimiz orasida mash-hur qo'shiq bo'lib ketgan «Do'ngalagim» she'rining muallifi ham o'sha mardikorlardan biri Andijon shahrining Oqyor guzari-dan 566-raqam bilan Andijondan poyezd eshelonida Dvinskaga ketgan 31 yoshli Xudoyberdi Qoraboyev edi.



  • Poyezdingni jildirgan, O'txonasi bilan do'ngalagi Dvinskaga ketdi Andijonni Mardyigitining bir bo'lagi. Dvinskaga ketmas edi Mardyigitning bir bo'lagi, Dvinskaga ketkizvorgan Nikolay zolim zambaragi. Dvinskaga yo'lbo'lsin, Qarag'ayzoring qul bo'lsin. Yigitlarni qiynagan Nikolayingyo'q bo'lsin.

  • Bizni to'qqiz oy ishlatdi, Sizran degan o'rmonda. Ketolmaymiz Andijon, Bir chaqa yo'q karmonda. So'k oshingni ichmayman, Etigimni yechmayman. Qorda qarag'ay kesganman. Hech haqqimdan kechmayman.



  • Ammo keyingi vaqtlarda e'lon qilingan ayrim tarixiy asar-larda bu she'rni xalq og'zaki ijodi mahsuli deb, hatto, matni bi-roz o'zgartirilgan tarzda berilmoqda. Jumladan, X.Ziyoyevning asarida: «Poyezdning g'ildiragi, Ustaxonasi bilan do'ngalagi, Dvinskaga ketishdi, Mard yigitning bir bo'lagi» shaklida, «Va-tan tarixi» kitobida esa: «Poyezdingni jildirgan, O'txonasi bilan do'ngalagi, Dvinskaga ketishdi, Mard yigitning bir bo'lagi» deb berilgan. Holbuki, hozirda poytaxtdagi «Qatag'on qurbonlari xo-tirasi» muzeyi zallarida yangrab turuvchi «Do'ngalagim» ashula-sining matni ham X.Qoraboyev matni bilan bir xil:



  • Poyezdingni jildirgan O'txonasi bilan do'ngalagi Dvinskaga ketdi Andijonni Mardyigitining bir bo'lagi...



  • Aslida, she'rning muallifi X.Qoraboyev deyishga asos yetarli. Chunki xalq og'zaki ijodi namunalari ham alohida kishilar, xalq-ning iste'dodli vakillari tomonidan yaratiladi, keyin xalq ichida og'izdan og'izga o'tib yuradi. X.Qoraboyevda shoirlik iqtidori bo'lgani shubhasiz: uning qarindoshi Odiljon Egamberdiyevning say'-harakati bilan 1980-yilda G'afur G'ulom nomidagi Adabi-yot va san'at nashriyotida Xudoyberdi shoirning «Men qushim-ni g'ozga solsam» nomli she'riy to'plami chop etilgan. Bu esa X.Qoraboyevda chindan ham shoirlik iste'dodi bo'lganidan, uning she'r muallifi bo'lish ehtimoli ko'p ekanligidan dalolat beradi. Albatta, hali bu bahsli masalani uzil-kesil, hujjatli asos-da hal qilish vazifasi oldinda turibdi, nasib qilsa buni uddalarmiz

    1. ham. Shunga qaramay, she'r aynan andijonlik mardikor tilidan aytilgani haqiqatga ko'proq yaqindir. Biroq hozir maqsadimiz boshqa - shoirning keyingi taqdiri. Mardikorlikdan qayt-gan Xudoyberdi Qoraboyev ijtimoiy hayotda faol bo'lgan, she'r va g'azallar yozib turgan; minglab aldanganlar qatori, sovet hokimiyatiga ishonib, uni istiqlolchilardan himoya qilish-ga uringan va 1919-yilda o'zi tug'ilib o'sgan Oqyor qishlog'ida bo'lgan is-tiqlolchilar bilan to'qnashuvda halok bo'lgan.


    1. Sovet davrida yaratilgan tarixiy

    2. adabiyotda Turkiston ziyolilari, ayniqsa, ularning sarvari bo'lmish jadidlar 1916-yilgi qo'zg'olonda ishtirok etmaganlar. Ular chor hukumati tarafida turib, qo'zg'olonga salbiy munosabatda bo'lganlar, degan fikr chuqur o'rin olgandi. Aslida esa Turkiston yerli aholisining 1916-yilgi shonli milliy ozodlik harakatida o'lka ziyolilari, munavvarlari bo'lgan jadidlar faol rol o'ynagandilar.

    3. Jadidlar Nikolay II ning 1916-yil 25-iyundagi farmonini be-kor qilish va butun o'lka bo'ylab birdaniga isyon harakatini bosh-lash uchun kurash olib bordilar. Yosh buxoroliklar sardorlaridan Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Yosh xivaliklar rahbari Pahlavon Ni-yozhoji, Turkiston jadidlari Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonovlar xalq ommasini o'lka qo'zg'oloniga da'vat etganlar, joylarda aholining yig'inlarini o'tkazdilar, o'sha mudhish farmonni bekor qilishni qat'iyan talab qilib chiqdilar.

    4. Samarqanddan Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, Toshkentdan Munavvar Qori, Xivadan Polvonniyoz Yusupov, Buxorodan Usmonxo'ja, Jizzaxdan Qori Komil, Qo'qondan Obidjon Mah-mudov, Andijondan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Sa'dul-laxo'ja Tursunxo'jayev, Haqqul Husanboyev, Akbar O'ro z -aliyev beklar va boshqalarning ishtirokida bo'lgan yig'in larda mardikorlikka olish haqidagi farmonga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqilgandi. Turkistonda mardikor olish xususidagi

      1. 1

    5. farmoyishning qonuniy shakl olishiga monelik qilish uchun tadbir ko'rdilar, bu farmon qo-nuniy shakl olgan taqdirda no-rozilik mohiyatidagi isyonlar chiqarishni ko'zda tutdilar.

    6. Andijon shahridagi eng yi-rik millioner, milliy burjuaziya-ning tipik vakil laridan biri, jadidchilik harakatining ho-miylaridan biri Mirkomil Mir-mo'minboyevning Qo'qon va Marg'ilon shaha rlari ming-boshilari no mi ga yo'llagan xatida shun day yozgan edi: «Shahringizdagi aholi va boy-larga mardikorlikka qarshi chiqishlarini ayting, Rossiya-ning ahvoli juda tang, shu-ning uchun hech narsadan qo'rqmanglar. Hammangiz bir yoqadan bosh chiqarib ish yuri tingizlar, mardikor olinishiga qarshi qo'zg'olon ko'tarilishi oson. Hozirgi vaziyatda hukumat amal dorlariga pul bo'lsa bas, hamma ishni bitiradilar. Mening xaloyiqni qo'zg'olonga undash harakatim bilinib, tekshiruv o'tkazilganda 150 ming so'm berib o'zimni saqlab qoldim. Shu boisdan sizlar ham xavotirlanmay harakat qilaveringlar».

    7. Andijon taraqqiyparvarlar jamiyati sardorlaridan biri, ke-yiinchalik Turkiston milliy muxtoriyati tashkilotchilaridan biri, hukumat a'zosi bo'lgan Ubaydulla Asadullaxo'jayev o'sha 1916-yil A.N.Kuropatkinga tutqazgan arizasida ham Andijon uyezdi boshlig'i polkovnik Brjezitskiy davrida, avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik, zo'ravonlik nihoyatda ku-chayib ketgani va bu qoidaga aylangani, tizimga tushganini bayon etgandi. Aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahalliy amaldorlarni, ellikboshi, mingboshilar, shahar bosh oqsoqo­li Shermat Alimqulov kabi ma'muriyatni jalb qilganini, soliq, o'lpon undirish, pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan be-vosita emas, balki bilvosita, o'rtadagi odamlar orqali amalga oshirilayotgani ham aytilgandi o'sha shikoyatda. Uyezd boshlig'i tilmochi Yusufhoji Chorishev hamda pristavlar tarjimonlari pora olishda mustamlakachi ma'murlarga vositachilik qilayotganlik-lari, natijada aholining amaldorlarning noqonuniy ishlari yuza-sidan shikoyatlari hech qachon adolatli hal qilinmayotgani ham Ubaydulla Xo'jayev arizasida ko'rsatilgandi44.

    8. Chor ma'murlari, bosqinchilarning poraxo'rlikka mukka-sidan ketganligi, bunday og'ir yukning mahalliy aholi yelkasiga tushgani Zakiy Validiy To'g'on esdaliklarida ham o'z ifodasini topgan. Chor hukumatining Peterburg va Turkistondagi amaldorlari, Buxoro va Xiva xonlaridan, Turkiston mahalliy aholisidan katta poralar olgani haqida to'xtalib, Zakiy Validiy To'g'on mana bu dalillarni keltirgan:«Amudaryo uyezdi boshlig'i polkovnik Gulasovskiy, ma'lum muddatda Turkiston general-gubernatori bo'lgan general Galkin, harbiy vazir Suxominov, Rusiya harbiy shtabining Osiyo bo'limi boshlig'i general Seel va uning muovini Abdulaziz Davlatshin juda katta pora oldilar... Turkiston general-gubernatori Kuropatkin urush ehtiyojlari uchun aholidan 2 million 400 ming rubl «sovg'a» to'plagan edi. Bu pullarning ko'p miqdori generalning cho'ntagida qolar edi»45.

    9. 1916-yil iyulida Andijon mahalliy jamoatchiligi nomidan jadid Ubaydulla Xo'jaev, millioner boy Mirkomil Mirmo'minboyev, jadidlarga xayrixoh bo'lgan sotsialist-revolyutsioner Vadim Chaykinlar Peterburgga borib davlat dumasiga Turkistonda ro'y bergan dahshatli, fojiali voqealarni izohlab, Andijonga duma a'zolaridan kelib, mustamlakachi ma'murlarning bu yerdagi jinoyatlarini tekshirib, aybdorlarni jazolashni talab qiladilar. davlat dumasi a'zolari Rayevskiy, Vinogradov, P.B.Tevkeleyev-lar andijonlik vakillar xatiga, talablariga ko'ra Oliy bosh qo'mondonlik qarorgohiga borib, bor ahvolni bayon etishib, zud-lik bilan chora ko'rmaslik, kelajakda og'ir oqibatlarga olib keli­shini bildirishdi. Bunga muvofiq podsho Nikolay II Turkistonda mardikorlikka olish muddatini 1916-yil 15-sentabrgacha ke-chiktirish haqida farmon berdi. G'arbiy front qo'mondoni A.N.Kuropatkin Toshkentga Turkiston general-gubernatori qi-lib jo'natildi. A.N. Kuropatkin bilan birga Turkistonga IV davlat dumasi a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B. Tevkeleyevlar keldilar, ularga Sh.Z.Muhammadyorov, Mustafo Cho'qayevlar hamroh bo'lishgandi.

    10. Ular Toshkent, Qo'qon, Marg'ilon va boshqa shaharlarda bo'ldilar. 24-avgust kuni Duma a'zolari A.F.Kerenskiy, K.B.Tevkeleyev, Mustafo Cho'qayevlar Andijondagi «Slava Ros-sii» mehmonxonasida tunaydilar. Ertasiga ertalab mehmonlar qo'zg'olon ko'tarilgan Jome' masjidiga keladilar, bu yerda to'plangan aholi bilan uchrashadilar. Xaloyiq Andijondagi unutilmas iyul kunlarida nimaiki fojia yuz bergan bo'lsa, uni Peterburgdan kelgan duma vakillariga bayon qiladi.

    11. Andijonda chiqayotgan «Turkestanskiy golos» gazetasining 26-avgust sonida shunday xabar chop qilgandi: «Davlat dumasi a'zolari Andijonda ikki kun bo'lganlarida ular huzuriga rus, sart va tatar jamiyatlaridan ko'plab vakillar tashrif buyurish-di. Taxminiy hisoblarga ko'ra shu qisqa vaqt ichida deputatlar Andijondagi barcha millatlar va turli xil jamoat vakillaridan yuzga yaqin kishilarni so'roq qilganlar. Bu so'roqlar qisman shikoyat, arznoma, talablar shaklida bo'lib, mahalliy aholining katta qismini o'z og'izlaridan deputatlar va ularning kotiblari yo-zib olganlaridan boy materiallar to'plandi, ularning eng dolzarb masalalari Toshkent sud palatasi prokuroriga xabar qilinadi. Ancha murakkab masalalar esa, davlat dumasi minbaridan, shu-ningdek duma budjet komissiyasida aytiladigan bo'ldi»46.

    12. Davlat dumasi a'zolarining Turkistonga kelishini va ularni 1916-yilgi mudhish voqealar bilan tanishtirish ishini tashkil qilganlar ham jadidlar ekani yuqoridagilardan ma'lumdir.

    13. TTMB boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik Rozalion-Soshalskiyning 1916-yil 24-noyabrda yo'llagan ma'ruzanomasida Andijondagi «Turkestanskiy golos» gazetasi binosida har kuni oqshomda gazeta muharriri Chaykin raisligida o'zlariga «taraq-qiyparvar» nomini bergan yo'nalishdagi 20 ga yaqin o'zbek yosh-larining yig'ilishlari o'tkazilayotgani, bularda hozirgi ahvol va boshqa masalalar muhokama etilayotgani aytilgan.

    14. Polkovnik Volkov agenturasi yo'llagan axborotda Andijon «taraqqiyparvarlar»i maslakdoshi rus jurnalisti Vadim Chaykin hokimiyatga qarshi mahalliy yoshlarni uyushtirayotgani qayd etilgan. Turk-yunon urushida millatdosh, dindosh Turkiyaning yunonlar ustidan g'alaba qozonishiga umid bildiruvchi va bu ishga ko'mak beruvchi maxfiy jamiyat bo'lib uning asosiy maq-sadi mahalliy rus hokimiyatini yerga urib qoralash orqali yerli aholi o'rtasida obro' qozonishdan iboratligi ham ko'rsatilgan. TTMB maxfiy agenti Mirza Ahmad Qushbegiyev uni to'ldirib, «Agar bu jamiyat jazosiz qolaversa u holda dahshatli kuchga aylanadi. Xalq ularning qaramog'iga ilinib, jilovini ularga berib qo'yadi», deb andijonlik taraqqiyparvarlarning siyosiy kuch eka-nini ta'kidlagan.

    15. Taraqqiyparvarlar o'z oldiga siyosiy erkinlikka erishish, rus va mahalliy ma'muriyat zulmidan ozod bo'lishdek maqsadni va-zifa qilib qo'yganlar. Ularga ruscha va musulmoncha ma'lumotga ega bo'lgan Andijon yoshlarining ko'pchiligi xayrixoh edi. Andi-jon uyezdi boshlig'i polkovnik Yu.A.Brjezitskiy Farg'ona viloyati harbiy gubernatoriga 1916-yil 13-sentabrdagi bildirgisida «Hozir-da aholi ma'muriyat ovoziga emas, balki janob Vadim Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Ahmadbek Hoji Temurbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jaevlar va ular to'dasi ovoziga quloq os-moqda. Odamlar arz-shikoyatlar bilan ma'muriyat oldiga emas, balki o'shalar huzuriga adolat istab bormoqda. Ma'murlar Toshkent, Andijon va Qo'qon kabi yirik ma'muriy markazlarda tobora kuchayib borayotgan «taraqqiyparvarlar» firqasidan juda hayiqib qolishdi» deb yozgan.

    16. «Taraqqiyparvarlar» sardori Ubaydullaxo'ja Asadulla-xo'jayevning «Rus imperator jug'rofiya jamiyati» majlisidagi ma'ro'zasida «Rus xalqi bizlarni o'g'irlik va jinoyatga o'rgatdi» degan fikrni «Turkestanskiy golos» gazetasi o'z sahifalarida yozgan edi. Buni o'qigan mustamlakachi shovinistlar nihoyatda darg'azab bo'lishgan.

    17. Aholi tomonidan advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev nomiga yozilgan arizada shunday yozilgan: «Hozirgi Andijon no-hiyasi boshlig'i Brjezitskiy davrida avvallari ham mavjud bo'lgan poraxo'rlik, tovlamachilik va zo'ravonlik nihoyatda kuchayib ketdi. Qonun-qoidaga aylangan bu sistemaning xususiyatla-ri, birinchidan, aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahal-liy amaldorlar: ellikboshi, mingboshi va shahar bosh oqsoqoli Shermat Alimqulov kabi ma'muriyat vakillari jalb etilayotgani-da, ikkinchidan, soliq, o'lpon undirish va pora olish ma'muriyat vakillari tomonidan bevosita emas, balki bilvosita vositachilar orqali amalga oshirilayotganida namoyon bo'lmoqda. Xusu-san, nohiya boshlig'ining tilmochi Yusufjon Hoji hamda pris-tavlarning tarjimonlari vositachilik qilishmoqda. Bu usul shun-day ustalik va izchillik bilan olib borilmoqdaki, natijada aholi amaldorlarning qonunga xilof ishlari yuzasidan qilgan jinoyatla-ri hech qachon adolatli hal bo'lmaganligiga ko'nikib ketishgan. Bu ahvolni Asadullaxo'jayev general-gubernator Kuropatkinga yetkazgan. U esa Asadullaxo'jayevning talabini qondirib Andi-jon tuman boshisini lavozimidan chetlatadi. Shuningdek mar-dikorlikka olish bo'yicha barcha ishlar jadidlar rahbarlik qiluv-chi «Tuzem qo'mitasi» ixtiyoriga topshirilib, uning raisligiga U. Asadullaxo'jayev, muovinligiga esa Munavvarqori Abdurashid-xonov tayinlanadi».

    18. Kuropatkinning «taraqqiyparvarlar»ga ko'rsatgan bun-day ishonchi tagida yotgan yashirin maqsadni fahmlamagan shovinistlar benihoya darg'azab bo'ladi. Polkovnik Brjezitskiy maslakdosh do'sti, Farg'ona viloyati harbiy gubernatori vazifa-sini bajaruvchi polkovnik Ivanovga yuborgan xatida shunday degan: «Tuzemetslar so'nggi vaqtda surbetlashib ketishdi. Ja-nob Xo'jayevlar va Chaykinlar «Kambag'al tuzem aholini eza-yotgan ma'muriyat» ustida yana arzbozlik kompaniyasini bosh-lamoqda. Fikrimizcha, zudlik bilan ularning faoliyatiga chek qo'yish kerak. A. Chaykin, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev ukasi Bashirullaxo'ja, Ahmadbek Temirbekov, Poshshoxo'ja Umarxo'jayevlarni mardikorlikka jo'natish tugaguncha o'lkadan chiqarib yuborish zarur. Shaxsan o'zim ko'rgan-kechirganlarim asosida mahalliy aholiga ishonchimni batamom yo'qotdim. Bu

    19. 12 - Vatan tarixi, 2.

    20. xalq iyul oyida rus qizlarini va ayollarini zo'rladi, ko'priklarni yondirdi, himoyasiz amaldorlarni o'ldirdi. Bunday yovvoyilar-ga men endi sira ishonmayman. O'lkadagi 27 yillik xizmatimdan kelib chiqib, shunday qat'iy xulosaga keldim: yovvoyi tuzemlarga bizning insonparvarligimiz mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Faqat miltiq-nayzalargina ularni mardikor berishga majbur qiladi». 1898-yilgi Andijon qo'zg'olonini bostirishda faol qatnashgan Brjezitskiyning bu xulosasi polkovnik Ivanovning o'sha vaqtda xalq orasida mashhur bo'lib ketgan «bir rus soldati etigi poshna-si mingta tuzemets ablahdan afzal», degan iborasiga hamohang edi.

    21. Shovinist Ivanov jadidlarni, ayniqsa, Ubaydullaxo'ja Asa-dullaxo'jayevni o'lgudek yomon ko'rardi. U bor vositalarni ishga solib taraqqiyparvarlar ustidan jinoiy ish qo'zg'adi. Shax-san o'zi ko'zatuv ishlari olib bordi. 162 varaqni tashkil etgan ma'lumotnomasida «taraqqiyparvarlar»ning rus inqilobchilari bilan hamkorligi xunuk oqibatlarga olib kelishi haqida ma'lumot to'plab o'lka hukmdori Kuropatkinni qo'rqitmoqchi bo'ldi. «Xo'jayev o'z ta'sirini kuchaytirish uchun, - deb yozgan edi Ivanov, - Andijondagi Sulaymon Kelginboyev to'dasi bilan bi-tim tuzib, tayyor tashkilotga bosh bo'lib oldi. Kelginboyevning Asadullaxo'jayev bilan ittifoqiga «Turkestanskiy golos» gazetasi muharriri, faxriy fuqaro A.A.Chaykinning ukasi Vadim Chaykin va o'z xodimi yahudiy Il ya Yakovlevich Shapiro bilan jon dili bilan kirishgan va u bilan til biriktirgan».

    22. «Bu o'zbeklar, - deyiladi TTMB boshlig'i o'rinbosari, polkov­nik Rozalion-Soshalskiyning 1916-yil 24-sentabrdagi bildirgisi-da, - Andijon shahrining eski qismini o'zaro bo'lishib olishgan va har kuni o'z jabhalarini aylanib chiqadilar va aholidan hol-ahvol so'rash ma'nosida qandaydir shikoyatlar yo'qmi degan savollar ham berishadi. Boshqacha qilib aytganda, ularning o'zlari aholi vakillariga biron narsa bo'yicha shikoyat yozishlikka shama qila-dilar. Kechqurun tahririyatda to'planishib Chaykin va uning yor-damchilari, jumladan, huquqshunos Shapiro ishtirokida yig'ilish o'tkazadilar».

    23. Chaykinning general-gubernatorga yo'llagan telegrammasi bo'yicha Andijon shahrining katta oqsoqoli ishdan olingan vaqt­dan beri Chaykinning ahamiyati yanada ko'tarilib ketadi. Shun-dan beri Chaykin general-gubernator bizning tomonimizda va u, Chaykin ma'muriyatdagi har qanday amaldorlarni xizmati-dan haydashi mumkin, deb yuribdi. Deyarli har kuni «Turkes-tanskiy golos» gazetasi tahririyatiga kelib, yig'ilishda qatnasha-yotgan «taraqqiyparvar»chilardan hozircha quyidagilar ma'lum: Olimjon Hoji Mirza Yusupov Asaka volost boshqaruvchisining sobiq mirzasi, Sa'dullaxo'ja Tursunxo'jayev savdogar, Mirkomil passajida o'zining manfaktura (gazlama) do'koniga ega, Mirali Umarboyev shahar noibi, Latifjon Maxsum Qoziyev, Andijon shahri 2-qismidagi hokim tilmochi, Olimjon Hojining qarindoshi, Qo'chqorboy Alimov, Mirali Umarboyevda prikazchik Otaxon Nazarboyev xususiy kitob do'koniga ega, Mirhaydar, Mirkomil Mo'minboyev uyi yonidagi gazmol magazinni egasi.

    24. Polkovnik Ivanov shaxsan o'zi va maslakdoshlari nomidan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevni va uning safdoshlarini dar-hol hibsga olish, butkul Turkiston o'lkasidan chiqarib yuborishni general-gubernatordan qat'iy ravishda talab qilgan. Kuropat-kin esa usta siyosatchi sifatida Sirdaryo viloyati gubernatoridan bu haqda fikr so'raydi. U esa 1916-yil 5-noyabrda Kuropat-kinga yo'llagan axborotida U. Asadullaxo'jayevning «zararli faoliyati»ga oid hech qanday asoslar yo'qligini yozadi. Ammo, oxiri general-gubernator mahkamasi, maxsus bo'lim, siyosiy razvedka-Turkiston rayon muhofaza bo'limi ko'rsatishicha, Tur-kistonning harbiy-siyosiy doiralari jadidlarning «taraqqiypar-varlar» firqasining aholiga ta'siridan xavfsirab, uning faoliyatini to'xtatishga qaror qilishgan.

    25. 1917-yil 31-yanvarda TTMB boshlig'i o'rinbosari polkovnik Rozalion-Soshalskiy Farg'onaga kelib, harbiy gubernator mah-kamasidagi hujjatlar bilan tanishadi. Tez orada «o'ziga «taraq-qiyparvarlar» nomini qo'ygan Andijondagi uyushma faoliyati haqida»gi jinoiy ish qo'zg'atiladi. Xuddi shu vaqtda inqilobiy mazmundagi o'zbek tilida tarqalgan varaqalar chor ma'murlarini g'oyat tashvishga solayotgan edi. Bu varaqalarni yozishda va tar-qatishda 50 dan ortiq «taraqqiyparvarlar» gumon qilinadi.

    26. «Taraqqiyparvarlar» asta-sekin inqilobiy harakatga qo'shilib ketayotganliklari endi ravshan bo'lib qolgan edi. TTMB boshlig'i polkovnik M.Volkov 1917-yil fevral oyida general-gubernator Kuropatkinga «Taraqqiyparvarlar» firqasi ishi bo'yicha ishga ki-rishganini va o'rinbosari podpolkovnik Rozalion-Soshalskiyning 7-fevralda Andijonga yuborilganini ma'lum qiladi. Shu bilan birga Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va boshqa firqa a'zolari va rahbarlarini jinoiy faoliyatda ayblab o'lkadan surgun qilish haqida Kuropatkinning buyrug'i ijro uchun qabul qilinganini ta'kidlaydi.

    27. Nihoyat, Kuropatkin o'ta shovinist generallar va zobit-larning siquviga dosh berolmay, mardikorlikka safarbarlikni uyushtirishda adolatli ish ko'rishni talab qilgan jadidlarni sudga beradi. Ammo Turkiston o'lkasi tarixida kutilmagan voqea yuz beradi. Toshkent okrug sudi raisining o'z kasbdoshi, ishonchli vakil - advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va uning saf-doshlari ustidan farmonining e'lon qilinishi Turkiston xalqini qo'zg'olon ko'tarishga majbur etadi. Jadidchi Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayevning Andijonga kelgan A.F.Kerenskiy va bosh-qalarga qo'zg'olonni yuzaga keltirgan sabablari haqida aytgan mana bu fikrlariga e'tibor bering: «Podsho farmoni e'lon qilin-masdan oldin Andijonda mustamlakachi ma'murlar xalqni aldab sizlarning o'g'illaringizni frontga olmaymiz, shu bois armiyani qo'llab unga otlar va boshqa kerakli narsalar bilan yordam bersangiz, pul qilsanglar bo'ladi, deb aldagan va bunga ishongan aholi front uchun ko'pdan ko'p moddiy sarf-xarajatlar qilgan edi». U. Asadullaxo'jayevning bu fikrini davlat dumasi minba-ridan turib 13-dekabrda noib Jafarov katta achinish bilan aytgan edi.

    28. Farg'onada 10 yildan beri gubernatorlik qilib kelayotgan general-leytenant Aleksandr Gippius podsho farmonining bemavridligini payqab, uni nihoyatda tinch yo'l bilan bajarish-ga urinadi. U «Farg'ona viloyati vedomosti»da podsho farmoni bilan barobar aholiga o'zining murojaatini e'lon qiladi. Namo-yish tarzida bu murojaat arab imlosida, o'zbek tilida beriladi. Unda gubernator mardikorlar davlat tomonidan to'la-to'kis ta'minlanishi, odamlar o'zlari o'rniga boshqa odam yollab yu-borishlari ham mumkinligini aytgan. Gippius joylarda aholining g'alayonlari haqidagi xabarlarga asoslanib, general-gubernatorga

    29. «xalq g'alayonlari» nima sababdan kelib chiqishidan qat'i nazar, u o'z taraqqiyoti davomida diniy va siyosiy zaminga ko'chishi xavfi bor», deb uni ogohlantiradi. U 17-iyulda ro'za tugab, 18 iyuldan hayit uch kun davom etilishini eslatgan holda, bu kunlar «to'polon chiqish uchun juda qulay» ekanligini uqtiradi. Gippius podsho farmonini aynan Farg'onada qo'llab bo'lmasligini yozish-ga jur'at etadi. U mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib, pod-sho farmoniga «o'zi bilganicha to'zatish va chekinishlar kiritaja-gini, bundan maqsad yirik tartibsizliklarga yo'l qo'ymaslikdir», degan mazmundagi telegrammaning bir nusxasini Toshkentga, ikkinchi nusxasini esa Peterburgga - Bosh shtabga yuboradi.

    30. Tajribali siyosatchi va tadbirkor general yon bosishlar, qis-man chekinishlar va hatto Qur'oni Karimni ham ishlatish bi-lan qo'zg'olon chiqarmaslikka urinadi. Katta olomonning ko'z o'ngida gubernator boshiga salla o'rab, yelkasiga to'n tashlab, Qur'ondan suralar o'qiydi. Lekin, har qanday urinishlar tugal natijaga olib kelmasligiga ko'zi yetgach, oxirgi chorani qo'llaydi. Vaqtdan yutish maqsadida u 27-iyulda podsho farmoni ijrosini to'xtatib turish haqida ko'rsatma beradi. Bunday dadil va qaltis ishni asoslab, gubernator zo'ravonlik ishlatilsa, «isyonga doim moyil» va «hamisha g'azovot ruhi ufurib turadigan» Farg'onada aholi qisman tog'larga chiqib ketishiga, qisman qaroqchilar to'dasiga qo'shilib ketishiga, asosan esa diniy va siyosiy shior os-tida ochiqchasiga ko'tarilib ketishiga urg'u beradi. Gippius oliy qo'mondonlikka Turkiston rus davlati uchun qudrat manbayi bo'lib qolishi maqsadida shunday qilingani ma'qulligini aytadi. Ammo Markaz uning dalillarini qabul qilmay, hatto farmonni buzishda va musulmonlarga yon bosishda ayblab vazifasidan bo'shatadi. Uning o'rniga o'taketgan shovinist, kaltadum polkov-nik P.Ivanov tayinlanadi. U tabiiy ravishda tezlik bilan farmonni bajarishga hamda ochiqdan-ochiq harbiy jazolar qo'llashga kiri-shadi1.

    31. A.F.Kerenskiy boshliq 31 nafar Davlat dumasi a'zolari Mi-nistrlar Kengashi raisi, harbiy, ichki ishlar va adliya vazirligiga yozgan murojaatlarida 1916-yil iyulida Turkistonda bo'lib o'tgan



    32. O'zbekistonning yangi tarixi. Brirnchi kitob... 418-bet.

    33. dahshatli voqealarni tasvirlab, «ko'p minglab «tuzumetslar» jin-si, yoshi farqlanmay jazo ekspeditsiyalari tomonidan yo'q qilib yuborildi», «qirg'iz aholisi minglab o'ldirilmoqda», Samarqand viloyati, Jizzax uyezdida jazo otryadiga o'z yo'lida uchragan bar-cha aholini va butun qishloqlarni yo'q qilishga buyruq berilgani, aholining yoppasiga qirg'in qilingani, shahar, qishloq va ovullar yondirib yuborilgani, aholining barcha mol-mulki tortib olingani kabi dahshatli manzara ochiq-oshkora yoritib beriladi. 1916-yilgi qo'zg'olon masalasining Davlat dumasida ko'rilishining asosiy tashkilotchilari, tashabbuskorlari ayni andijonlik taraqqiypar-varlar va demokratlar bo'ldi.

    34. Shunday qilib, Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingach o'lka xalqlarining barcha insoniy haq-huquqlari oyoqosti qilindi, milliy zulm kuchaydi. Turkistonliklar milliy-ozodlik kurashlariga otlandilar, qo'zg'olonlar yuz berdi. Xalq ommasi Rossiya mus-tamlakachilik iskanjasidan qutulishning birdan bir, eng ishonchli yo'li qurolli qo'zg'olon ekanligini tobora anglab yeta boshladilar. 1916-yilgi qo'zg'olon mana shu yo'ldagi ulkan ko'tarilish bo'ldi. Bu qo'zg'olon o'lka xalqlari kuch-qudratining haqiqiy namoyishiga aylandi. Eng oddiy qurollar bilan qurollangan o'zbek qirg'iz, turkman, tojik, qozoq, qoraqalpoq xalqlari 1916-yilda rus istilochilariga qarshi «Jihod» e'lon qilgan va Turkistonda chor hokimiyatini parchalab tashlab, musulmon davlati barpo etishni ko'zda tutgan edilar. Ammo xalq qo'zg'oloni Rossiya mustam-lakachilari tomonidan qonga botirildi. Ammo u Turkiston xal-qining ozodlikka bo'lgan xohish irodasini bostira olmadi. Buni biz Turkiston general-gubernatori Kuropatkinning podshohga yo'llagan quyidagi xabaridan ham bilsak bo'ladi: «Yarim asrlik hukmronligi maboynida rus hukumati o'zga xalqlarni rus pod-shohining ishonchli xizmatchilariga va rus imperiyasining sodiq fuqarolariga aylantira olmadi»47.

    35. Duma majlisida dumaning musulmonlar fraksiyasi raisi Qut-lug' Muhammad Mirza To'qil bilan birga Turkiston qo'zg'oloni sabablarini aniqlash uchun hozir bo'lgan A.F.Kerenskiy bosh-qa urush o'choqlari qatori Turkistonda ham yangi front yuzagakelganidan shikoyat qiladi. U o'z yurtdoshlarining vahshiy-liklaridan voqiv bo'lgach, vayronaga aylantirilgan shahar va qishloqlarni ko'rgach, yuzaki bo'lsada, turkistonliklarni yoqlab chiqdi. 1917-yil fevral inqilobi xabari kelganda, hali Turkistonda 1916-yil qo'zg'olonining izlari o'chmagan, rus hukmronligi to'la-to'kis tiklanib ulgurmagandi. Turkistonliklar Kerenskiyga tabrik telegrammasi yo'llashib, uning yordamida ozodlikka chiqishga umid bog'ladilar. Chunki Kerenskiy 1916-yil noyabrida Turkistonda so'zlagan nutqida rus hukumatini shafqatsizlikda ayblagan, Turkistonga o'z hukmatini tuzish huquqini berish-ni talab qilib chiqqan, 1916-yil oxirida Peterburgga kelgan To'rg'ay viloyati delegatsiyasiga rus hukumatining va'dalariga ishonmaslikni maslahat bergan va shu sababdan nafaqat Tur-kistonning, balki turkiy xalqlarning ishonchini qisman oqlagan

    36. edi48.

    37. Xullas, 1917-yil fevral burjua-demokratik inqilobi arafasida Turkistonda murakkab bir ijtimoiy-siyosiy vaziyat vujudga kelgan edi. O'lkada yashab kelayotgan xalq ommasi og'ir ijtimoiy va milliy mustamlakachilik zulmini o'z bo'ynidan uloqtirib tashlash uchun faol kurashga otlanadi. Xususan, 1916-yilgi qo'zg'olon bu mintaqa katta siyosiy larzalar arafasida turganligini ko'rsatardi. Ammo xalq ommasining erk uchun, ozodlik va milliy istiqlol uchun olib borayotgan kurashiga boshchilik va rahbarlik qilishini eplay oladigan siyosiy partiya Turkiston o'lkasida yo'q edi.

    38. Nihoyat, 1917-yil fevralida Rossiyada inqilob yuz berdi, podshohlik Rossiyasi quladi. Butun mamlakat bo'ylab hurriyat, ozodlik keng quloch yoydi. Jadidchi shoir Abdulhamid Cho'lpon bu inqilobni Fransiyadagi XVIII asrdagi buyuk inqilobga tenglashtirdi. Ayni shu fevral inqilobidan keyin O'rta Osiyodagi jadidchilik harakatida, jadidlar faoliyatida tamomila yangi davr boshlandi, yangi sahifa ochildi. Jadidlarning o'z maqsad va istak-larining ro'yobga chiqishi uchun zarur ijtimoiy-siyosiy vaziyat, sharoit yuzaga keldi.

    39. Xullas, jadidchilik harakati o'zining yangi bosqichiga qadam qo'ydi.


    1. Download 1.88 Mb.
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bobur nomidagi andijon davlat universiteti

    Download 1.88 Mb.