|
Bodring va pomidorni tuzlash texnologiyasi
|
bet | 2/3 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 62,5 Kb. | | #158592 |
Bog'liq 9.Bodring va pomidorni tuzlash texnologiyasiPomidor tuzlash
Sifatli mahsulot tuzlash uchun pomidor mevasini mayda va o’rta katta-kichiklikdagi, shakli to’g’ri, po’sti qattiq, et qismi zich, kam xonali mevalar tavsiya etiladi. Ta’mi bo’yicha yaxshi bo’lishi uchun pomidor mevasini pushti rang yoki nimrang mevalar yaxshi deb hisoblanadi.
Yetilmagan yashil pomidor mevasini tuzlaganda ulardan dag’al va ta’mi shirin bo’lmagan mahsulot olinadi. Agar qizil pomidor mevasini tuzlansa, bunday mahsulot ezilib yorilib ketadi. Mahsulot va ziravorlarni tuzlashga tayyorlash bodring singari bo’ladi.
100 kg pomidor tuzlashga 1,5 kg yangi ukrop, 0,3-0,6 kg qarag’at bargi estragon, xren, 100 g qizil achchiq garmdori va 100 g kesilgan sarimsoq va xren ildizi kerak bo’ladi (1-jadvalga qaralsin).
Idishga solingan pomidor mevalari va ziravorlar ustidan namakob quyiladi. Osh tuzi pushti rang pomidor mevalariga 8 foiz, qizil ranglarga 9 foiz va xom va nimrang mevalar uchun 7 foiz solinadi. Pomidor ham kamram va bodring singari bochkalar va shisha bonkalarga tuzlanadi (1-rasm).
Pomidor achishi va tuzlangan mahsulotni tayyor bo’lishi
bodringlarga qaraganda taxminan ikki marotaba tezroq etiladi.
Shundan keyin bochkalar berkitilib 2-3 kundan keyin erto’lalarga joylandi. Shisha bonkalarga tuzlanganda, tayyor bo’lgan mahsulot 7-10 kundan keyin germetik berkitiladi va ular ham erto’lalarda saqlanadi.
Tuzlangan pomidorlarni sifat ko’rsatkichlari quyidagicha bo’ladi: mevalari, bir xil o’lchamda, butun ezilmagan, namakobning ta’mi mevalarga to’liq o’tgan, namakobning ranggi oqish, lekin ozgina loyqalangan va pomidor mevasini hidi kelib turadi. Ta’mi yoqimli, sho’rroq va ziravorlarning ta’mi kelib turadi, biroq mog’or hidi yoki ta’mi bo’lishi mumkin emas. Pomidor mevasida tuz miqdori 3-6 foiz va kislota miqdori (sut kislotasi) 0,7-1,5 foiz bo’lishi kerak.
|
| |