|
III. HISOB-GRAFIK ISHI 13
|
bet | 2/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 27,04 Mb. | | #126752 |
Bog'liq Боьланишлар аксиомалариIII. HISOB-GRAFIK ISHI 13
2.1. 1-masala 13
Мavzu: Bo`ylama (normal) kuchni aniqlash va uning epuyrasini qurish 13
Nmax=NIII=28 kN 13
IV. HISOB-GRAFIK ISHLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR 16
HGI ning 1-masalasi uchun topshiriqlar 16
HGI ning 1-masalasi uchun shakllar 17
HGI ning 2-masalasi uchun topshiriqlar 18
HGI ning 2-masalasi uchun shakllar 18
HGI ning 1,2-masalasi uchun nopshiriqlar 20
Kirish
Amaliy mexanika muhandislik tuzilmalari elementlarining mustahkamligi, bikrligi va ustivorligi haqidagi fandir.
Bu fan barcha texnika oliy o’quv yurtlarida o’rganiladi, u ayniqsa mashinasozlik va qurilish oliy o’quv yurtlari uchun katta ahamiyatga egadir.
Har qanday ixtisoslikdagi muhandisga, ko’pincha mustahkamlikka oid hisoblashlarni bajarishga to’g’ri keladi. Mashina detalini hisoblashda inshootlarni qurishda aftidan nazarga olmasa bo’ladigan xatolik og’ir oqibatlarga olib kelishi, inshootlarni, tuzilma yoki mashinalarning butunlay buzulishiga sabab bo’lishi mumkin.
Amaliy mexanika fanini o’rganish jarayonida talaba mashina detallarining asosiy tushunchalari va qonunlari hamda shu qonunlardan kelib chiqadigan detallardagi ichki zo’riqishlarini aniqlash usullarini bilishi, olgan bilimini muhandislik va maxsus fanlarni o’rganishi uchun bo’lgan qonun-qoidalarini tadbiq eta olish zarur.
Hisob-grafik ishi (HGI) ni bajarish uchun topshiriq va variantlarni quyidagicha qabul qilish tafsiya etiladi: 1 - HGI ni qabul qilish uchun 2 xonali son bo’lisi kerak. Masalan 01, 02, …99 va h.k. (raqamning o’ng tomonidagi soni bo’yicha shakl va chap tomonidagi soni bo’yicha esa jadvaldan olinadi). 2 - HGI ni qabul qilish uchun gurux jurnali bo’yicha shakl va raqamning o’ng tomonidagi soni bo’yicha esa jadvaldan olinadi.
Umumiy ma’lumotlar
(Nazariy mexanika qismidan)
Kuchning o’qdagi proektsiyasi:
Kuchning o’qdagi proektsiyasi skalyar kattalik bo’lib, kuchning son qiymatini (modulini) kuch vektori bilan o’qning musbat yo’nalishi orasidagi burchak kosinusiga bo’lgan ko’paytmaga teng (1-shakl):
1 – shakl. Kuchning o’qqa proektsiyasi
Agar kuch vektori o’qqa perpendikulyar yoki parallel bo’lsa:
=0,
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti:
Kuchning momenti skalyar kattalik bo’lib, mos ishora bilan olingan kuch miqdorini kuch yelkasiga ko’paytmasiga teng (2-shakl).
2 – shakl
Agar kuch jismni O markaz atrofida soat strelkasi aylanishi yo’nalishida aylantirishga ҳarakat qilsa, moment miqdori manfiy, teskarisiga aylantirishga ҳarakat qilsa, moment miqdori musbat olinadi.
Muvozanat tenglamasi:
Agar jism tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi tahsirida muvozanatda bo’lsa, kuchlar sistemasining bosh vektori va bosh momenti M0 nolga teng bo’lishi lozim (3-shakl):
3- shakl.
Bosh vektori va bosh momentlarning miqdorlari
va
Bo’lganligi uchun, shartlarni quyidagi analitik ifodalarga almashtirish mumkin:
Ushbu ifodalar muvozanat tenglamasi deb yuritiladi.
Masalalarni yechish tartibi:
Jismga qo`yilgan bog’lanishlarni olib tashlab, bog’lanish reaktsiya kuchlari bilan almashtiriladi;
Dekart koordinata o`qlari tanlanadi;
Muvozanat tenglamalari tuziladi;
Nomahlum reaktsiya kuchlari aniqlanadi;
Aniqlangan reaktsiya kuchlarining miqdori to`g`riligi tekshiriladi.
|
| |