• II.Asosiy qism
  • - mavzu: Amir Temur bizning ulug’ bobomiz




    Download 2,36 Mb.
    bet20/25
    Sana28.01.2024
    Hajmi2,36 Mb.
    #147523
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
    Bog'liq
    2-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt
    9.1-semenar, Karimova Nasiba iqtisod nazariyasi (2), Dekanat 11-15 amaliy MB, My future profession is surgeon, 12-dars.Vitaminlar amaliy, biologiya (2), 3-Mustaqil ta'lim (1), 3-MI, komlp tashkilk etish афтш, metodlar, NYU YORK FOND BIRJA (1), Mavzu Shaxsiy kompyuterni profilaktika qilish uchun zarur bo\'lg, Reja 1 Profilaktika zaruriyati
    26- mavzu: Amir Temur bizning ulug’ bobomiz
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda Amir Temurdan o`rnak olishga havas uyg`otish,xalqqa,Vatanga farzandlik burchi – Vatanni sevish,xalqni sevish ekanligini o`quvchilar qalbiga singdirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
    O`quvchilarni guruhlarga ajratish
    II.Asosiy qism:
    Bolajonlar,Amir Temur bobomiz haqida nimalarni bilasiz?
    O`quvchilar fikri umumlastiriladi.
    Darhaqiqat,Amir Temur bobomiz – buyuk shaxs,kuragi yerga tegmagan sarkarda,yirik davlat arbobi,qonunshunos,yuksak iqtidorli notiq,ruhshunos,shu bilan el-yurtni sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson.Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida ulug` bobomiz nomi bilan ataluvchi go`zal xiyobonda sohibqiron Amir Temur bobomiz va uning avlodlariga bag`ishlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi.Toshkent,Samarqand,Shahrisabz shaharlarida bobomiz savlatlariga mos purviqor haykallari qad ko`tardi.Bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz,Vatanimiz ozodligi uchun bag`ishladi.Yurtimizning har bir qarich yeri uning uchun muqaddas edi.Buni Sohibqironning mamlakat tuprog`ini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod qilish yo`lida olib brogan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko`rishimiz mumkin.Bobomizdan bizlarga “Temur tuzuklari”nomli mashhur asar meros bo`lib qoldi.
    -“Bir kunlik adovat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir”,der edilar Sohibqiron bobomiz.Shayx Shamsiddin Kulol Amir Temur tug`ilmasdan burun unga “Sohibqiron”laqabini bergandi.Bobomizning sohibqirondan tashqari yana “Ko`ragon”,”Qutbiddin”,”Abdulmansur”,”Sulton G`oziy”kabi unvonlari ham bo`lgan.
    Bobomizga berilgan ,”Qutbiddin” unvoni –zamona peshvosi,yo`l ko`rsatuvchi avliyo,degan ma`noni anglatadi.
    Abdulmansur”unvoni-zafarmand va g`alaba qozonuvchi degan ma`nolarni beradi.
    Sulton G`oziy” unvoni-“din uchun kurashuvchi sulton”degan ma`noni bildiradi.



    Download 2,36 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




    Download 2,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mavzu: Amir Temur bizning ulug’ bobomiz

    Download 2,36 Mb.