|
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
|
bet | 8/31 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #106041 |
Bog'liq Majmua bolalarni makt tay 23- 24Amaliy-2
Mavzu: Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTT ning maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’lim tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharaoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga o‘tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. Psixologik tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai-nazaridan 1 sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarini muvoffakiyatli jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi bo’lish ishtirokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni uz ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni kamrab oladi. Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. MTTda bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi. Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlanga bo‘lishi darkor. U yangi jiddyy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak. Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha uz aro bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. 21 Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan uz aro munosabatlarini axloqiy asosda ko‘rishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha ta`lim yoshi davomida rivojlanadigan o‘z xulq-atvorini boshqari qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talabalarini ongli bajarish, daf’atan asabiylashib ketishiga erk bermaslik, qo‘yilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o‘ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalgitadiganiga qarshi ularoq bajarish ko‘nikmasi va shu kabilar e’tiborga loyiqtsir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvordagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning harf topishida, shuningdek katta maktabgacha ta`lim yoshidagi bola shaxsiy xulq atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
|
| |