• Tavsiya………………………………………………………………………. Xulosa…………………………………………………………………….……30 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………..….……..32
  • Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари




    Download 219.5 Kb.
    bet1/9
    Sana23.10.2022
    Hajmi219.5 Kb.
    #27881
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Motivlarr
    308

    Maktab o’quvchilarda o’quv faoliyati motivlari
    Mundarija.
    Kirish………………………………………………………………………….2
    I BOB. O’QUVCHILARDA O’QUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSI…………………….4
    1.1.O’quv faoliyati-pedagogik psixologiya mavzu baxsi sifatida……………..4
    1.2. O’qivchilarda o’quv faoli rivojlantirishni o’rganishi……………….……13
    II.BOB. O’QIVCHILARNI O’QUV FAOLI RIVOJLANTIRISH AMALIY TARBIYA …………………………………………………………………….24
    2.1. O’quvchi o’quv aqliy faoliyatini aniqlash metodika ta’siri……………..24
    2.2. O’quv faoliyatida zamonaviy texnologiya…………………….…..……..28
    Tavsiya……………………………………………………………………….
    Xulosa…………………………………………………………………….……30
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………..….……..32
    KIRISH
    Boshlang'ich sinflarda yuqori bilim, ko'nikma va malakalarni shaklllantirish uchun o'quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga o'quvchilarning motivlari sohasini o'rganish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda O'zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uni shaxsga - ta'lim jarayonining asosiy subyektlaridan biriga qaratish alohida ta'kidlab o'tiladi. Shu munosabat
    bilan ta'lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichida o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabatlarning adekvat modelini qurish uchun o'quvchi individual xususiyatlarini tahlil etishga yanada sinchkovlik bilan yondashish talab etiladi. Qayd etilgan muammolarni tadqiq etish qator shart-sharoitlarga bog'liq. Avvalo, ta'limda o'quvchilar maqomini yangilash, ularni ta'lim jarayonining faol subyektiga aylantirish ehtiyoji tug'iladi. Binobarin, bu masala muammoning ikkinchi tomoniga, ya'ni o'quvchining ta'lim jarayoni subyektiga aylanish istagi va ehtiyojiga ham bog'liq. Aynan, ana shunday ehtiyojni ularda paydo etish, ya'ni o'quvchini o'quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda.
    Boshlang'ich sinf o'quvchilari motivlari sohasini o'rganishga oid anchagina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay, motivlar sohasining korellyasiyasi muammolari hali ham yetarli darajada o'rganilmaganligi sezilmoqda.
    Keyingi yillarda o'zbek pedagog olimlari tomonidan ham o'quvchilar o'quvbiluv faoliyatini tadqiq etishga oid qator keng qamrovli didaktik tadqiqotlar olib borildi. Shunday ishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, B.Adizov, R.Safarova, R.Asadova, U.Musayev, H.Nazarova, G.Najmiddinova, A.Hamroyev kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand, bu ishlarda o'quv-biluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo'lsada, ularda o'quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning ayrim masalalari bayon qilingan, xolos. Chunonchi, R.Safarova o'quvchilarning amaliy faoliyati til materiallarini o'zlashtirish ehtiyojiga ko'ra boshqarilishi zarurligi xususida fikr yuritgan. U o'quvchilarning qiziqishi, faolligi oshirilgan sari amaliy faoliyati ham rivojlana borishini ta'kidlagan. K.Zaripov esa o'qituvchilar malakasini oshirish tizimida o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish komponentlarini ajratib ko'rsatadi. N.Ortiqov o'quvchilar faoliyatida qiziqish, intilish, maqsad, ishonch kabi qator xarakterli xususiyatlarni ajratadi. Bular faoliyatning mahsuldorligi va yo'nalishini belgilaydi. O.Roziqov o'quv topshiriqlarida mazmun, maqsad, vazifa, usulni ularning invariantlari sifatida ajratgan. U o'quv topshiriqlari invariantlarini o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish vositasi sifatida asoslagan edi. B.Adizov boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etish orqali, A.Hamroyev esa boshlang'ich sinf ona tili ta'limi sharoitida o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatini kuzatib, uni an'anaviy ta'lim metodikasidan farqli o'laroq, ijodiy tashkil etish natijasida o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatiga rag'bati, layoqati va qiziqishi oshirilishi mumkinligini asoslab beradilar. G.Najmiddinova tadqiqotlarida o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatini shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o'quv materiali va uning ustida ishlash orqali o'quvchilarda o'quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi asoslab beriladi. O'quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi - ruhiyatining uzviy bog'liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o'z tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi. S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, hissiyotlar faoliyat dinamikasi, sur'ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh davri uchun xos bo'lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari ta'limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash orqali o'quvbiluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o'quv faoliyati uchun ham turtki bo'ladi va uni yo'naltiradi deb hisoblaydi. Uning ta'kidlashicha, faoliyat - bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va maqsadning bir-biriga mos kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir. O'tkazilgan psixologik tadqiqotlar natijasida o'quvchilar faoliyati taraqqiyot darajasini o'rganish, ta'lining psixologik asoslarini bayon qilish, ularda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, qobiliyat va layoqatni tahlil qilish, o'zlashtirish, o'quvchilarning psixik rivojlanishini bayon qilish, ijodiy faoliyat muammolarini yoritish kabi psixologik hodisalar tadqiq qilingan.



    Download 219.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 219.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари

    Download 219.5 Kb.