• TADQIQOT MATERIALLARI VA VA METODOLOGIYASI
  • Keywords: educational technologies, game, puzzles, crossword, pedagogical skills,  reflection.  KIRISH




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana06.10.2022
    Hajmi0.59 Mb.
    #26842
    1   2   3   4
    Bog'liq
    boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-o-yin-ta-lim-texnologiyasi-asosida-refleksiv-ko-nikmalarini-shakllantirish
    2 5244883439034833575, 2toppp, difM56, Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumot, dasturlash 2, dasturlash 2 (1), KTE amaliy 1-mustaqil ish mavzulari sirtqi ta'lim, 10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘lla-fayllar.org, wCN3Poo6h5tIOWsc9YwNa0jeH4j6W1zo9HRtoeX8, 2-0000kurs (2)..., Ma\'lumotlar bazasini boshqarish tizimi, psixologiya 3-t, 008 O\'zbek tili 2-kurs 2-semestr 8-mavzu, BAXTIYOROVA MEXRIBON
    Keywords: educational technologies, game, puzzles, crossword, pedagogical skills, 
    reflection. 
    KIRISH 
    Bugungi kunda butun dunyoda ro„y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz 
    barqaror taraqqiy etib borish uchun har tomonlama modernizasiyalashgan tizimli yondashuvni 
    taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, 
    davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
    mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish 
    bo„yicha ustuvor yo„nalishlarni amalga oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Sh.M.Mirziyoyevning O„zbekiston Respublikasida umumiy o‟rta va maktabdan tashqari ta‟limni 
    tizimli islox qilishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, o‟sib kelayotgan yosh avlodni 
    ma‟naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‟tarish, o„quv-
    tarbiya jarayoniga ta‟limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, 
    shuningdek O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta‟limi 
    boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi PF-
    5538-son Farmoniga ko„ra O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha 
    rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi, O„zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA 
    (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o„quvchilarni 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 

    baholash dasturi reytingi bo„yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‟or mamlakati qatoriga kirishiga 
    erishish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish ko‟zda tutilgan.[1] 
    TADQIQOT MATERIALLARI VA VA METODOLOGIYASI 
    So‟nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o‟quvchilarning fikrlashi hamda analitik 
    qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta‟kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar 
    asosini esa, refleksiya tashkil etadi. Refleksiya so‟zi (lot.«reflexsio»-orqaga qaytish)-«har 
    tomonlama barkamol rivojlangan insonning o‟z xatti-harakatlari va ularning qonuniyatlarini 
    anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shakli hisoblanadi. U inson ma‟naviy dunyosining o‟ziga 
    xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o‟z-o‟zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir». 
    Ko‟plab olimlar refleksiyaning I.N.Semyonov tomonidan taklif qilingan tasnifiga tayanadilar. U 
    refleksiyaning quyidagi turlarini taklif etib sharhlaydi:
    1. Intellektual refleksiya: Muammolarni fikrlash asosida ijobiy hal qilishni belgilaydi.
    2. Shaxsiy refleksiya: O‟qituvchining nizoli (konfliktlar) pedagogik ziddiyatlardan janjalsiz 
    chiqishni fikran izlanish asosida bartaraf qilishni ta‟minlaydi. 
    3. Kommunikativ refleksiya: Muloqot jarayonida sheriklarining o‟zaro bir-birlarini tushunib 
    munosabat qilishni ta‟minlaydi.
    4. Kooperativ refleksiya: Jamoa a‟zolarining birgalikdagi o‟zaro muntazam mehnat faoliyatlarini 
    muvofiqlashtirish bilan bog‟liq bo‟lgan faoliyat.
    O‟quvchining bilimini rivojlantirishda pedagogik refleksiyaning ahamiyati beqiyosdir. 
    Shunday ekan Y.N.Kulyutkina, Y.S.Turbovskiy, P.V.Xudominskiy kabi tadqiqotchi olimlarning 
    fikricha, o‟quvchining doimiy pedagogik faoliyati, mazmunan refleksiv xususiyatga ega bo‟lib, u 
    barcha refleksiv jarayonlarni qamrab oladi. Qayd etish joizki, hozirgi kungacha pedagogik 
    refleksiya tushunchasining mukammal tasnifi mavjud emas.[2] 
    Boshlang‟ich sinfda olingan bilim keyingi bosqich uchun poydevor vazifasini o‟taganligi 
    sababli ta‟lim sifatini oshirish pedogoglar oldida turgan eng dolzarb masaladir. Shu maqsadda 
    ta‟lim muassasalarida faoliyat ko‟rsatayotgan pedagoglar, xususan boshlang‟ich sinf 
    o‟qituvchilari darslarda yangi zamon ruhini, yangi nafasni olib kirish orqali o‟quvchilar bilimini 
    rivojlantirish, ular dunyoqarashini o‟stirishga katta e‟tibor qaratishlari talab etiladi. Chunki, 
    boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining diqqati beqaror bo‟lib, bir soat uchun mo‟ljallangan saboqni 
    sabr-toqat bilan tinglay olmaydi. Bilim olishda avval o‟zlashtirilgan bilimlarni takrorlash, 
    ayniqsa, muhim vosita hisoblansa-da, bolalar uchun zerikarli jarayondir. Ayniqsa, boshlang‟ich 
    sinflarda ona tili, matematika darslarida yozish natijasida qo‟llarni toliqishi, o‟qish darslarida bir 
    mavzuni takrorlab o‟qish bolalarni zeriktiradi. O‟quvchilarni kayfiyatini ko‟tarish, toliqqan 
    qo‟llarini chigalini yozish maqsadida, turli didaktik vositalar hamda o‟yinlar o‟tkazish 
    o‟quvchilarda refleksiv ko‟nikmalarni shakllantirishda yaxshi samara beradi. Didaktik 
    vositalarga boshqotirma, krossvord, rebus, topishmoq, topshiriq va boshqalar kiradi. 

    Download 0.59 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keywords: educational technologies, game, puzzles, crossword, pedagogical skills,  reflection.  KIRISH

    Download 0.59 Mb.
    Pdf ko'rish