Elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari




Download 100,83 Kb.
bet10/13
Sana07.06.2024
Hajmi100,83 Kb.
#261494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari

3.2. Elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari
Elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari, o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi ta’lim faoliyatini internet, kompyuterlar, mobil qurilmalar va boshqa texnologiyalardan foydalanish orqali amalga oshirish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar to‘plamidir. Bu texnologiyalar o‘quvchilarga o‘quv-materiallarga internet orqali kirish, masofaviy darslar o‘tkazish, va o‘z vaqtlarida o‘rganish imkoniyatini beradi. Quyidagi elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari keng qo‘llaniladi:
1. Veb-saytlar va onlayn platformalar: Bu texnologiyalar elektron ta’lim uchun eng asosiy vositalardan biridir. Bu platformalar o‘quv materiallarini taqdim etish, interaktiv testlar, video-darslar, va qo‘shimcha ma’lumotlar orqali o‘quvchilarning o‘z vaqtlarida o‘rganishini ta’minlaydi.
2. Elektron darsliklar va ilovalar: Elektron darsliklar va ilovalar, kompyuterlar, tablet va smartfonlar orqali o‘quvchilarga mobil qurilmalar orqali kirish imkoniyatini beradi. Bu darsliklar va ilovalar animatsiyalar, audio-vaideo materiallar, va interaktiv testlar orqali o‘quvchilarni qiziqtirish uchun mo‘ljallangan.
3. Vebinarlar va video-konferensiyalar: Vebinarlar va video-konferensiyalar o‘quvchilarga masofaviy tarzda dars o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bu platformalar o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida jonli muloqotlar, darslar, va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
4. Elektron kutubxonalarni va maqolalarni foydalanish: Elektron kutubxonalardan va maqolalardan foydalanish o‘quvchilarga ilmiy materiallarga internet orqali kirish imkoniyatini beradi. Bu resurslar o‘quvchilarga ilmiy ma’lumotlar, yangiliklar va muhim maqolalar bilan tanishishga imkoniyat yaratadi.
5. Ta’lim dasturlari va o‘qituvchilar uchun ma’lumotlar bazasi: Bu dasturlar va ma’lumotlar bazalari o‘quvchilarga va o‘qituvchilarga ta’lim materiallarini tashkil etish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ular o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun turli xil ta’lim materiallarini yaratish va ularga kirish imkoniyatini beradi.
Bu elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarni o‘z vaqtlarida o‘rganishga imkoniyat yaratadi va ta’lim jarayonini samarali va muntazam qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, bu texnologiyalar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun interaktiv va qiziqtirici ta’lim muhitini yaratishga imkoniyat beradi.
Hozirgi kunda aniq fanlarni sifatli darajada o‘qitish pedagoglarning oldida turgan muammolardan hisoblanadi. Aniq fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar ko‘plab muammoli vaziyatlarga duch keladilar. Bilimlarni sifatli darajada yetkazib berishda pedagoglardan katta mahorat va o‘quvchilarni darslarga qiziqtirish kerak bo‘ladi.
Ta’limning zamonaviy metodlaridan hisoblangan elektron ta’lim aniq fanlarni o‘qitishda qo‘l keladi. Elektron ta’lim – bu ta’limning elektron metodlaridan biri hisoblanadi. Odatda, kompyuter yordamida kurslarning to‘liq yoki bir qismi o‘qitiladi.
Elektron ta’lim kurslarida xalqaro darajadagi resurslar taqdim etiladi. An‘anaviy ta’lim o‘qitvchi-kitob-o‘quvchi tarzida bo‘lib kelgan. O‘quvchilar barcha ma’lumotlarni kitobdan o‘qib olganlar. Elektron ta’limda esa barcha resurslar Internet tarmog‘iga joylashirilgan bo‘ladi. Bu ikkala tizimning eng asosiy farqi shundaki, an‘anaviy ta’limda resurslarga o‘zgartirish kiritish uchun ushbu kursga taalluqli bo‘lgan adabiyotni qayta nashr qilish zarur bo‘ladi. Elektron ta’limda esa resurslarni qiyinchilaklarsiz almashtirish mumkin, hattoki resurslarni har kuni yangilab turish mumkin. Bu esa hozirgi axborotlar almashinuvi zamonida ancha qo‘l keladi[1].
Elektron ta’lim tizimi ma’lum platformadagi kurslaning yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda har bir foydalanuvchi alohida ro‘yhatdan o‘tkaziladi, har bir foydalanuvchi o‘z profiliga ega bo‘ladi. Qulaylik tomoni shundaki ushbu kurslardan foydalanish hech qanday ortiqcha dasturlar talab etilmaydi, kompyuter yoki mobil qurilmadagi internet brauzeri yetarli bo‘ladi. Elektron ta’lim kurslari ma’lum yo‘nalishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘z ichiga mustaqil topshiriqlar, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ta’limda elektron ta’lim o‘z o‘rniga va bu tizim quyidagi qulayliklarga ega:

  1. Malakali va sifatli ta’lim – kurslar soxaning yetakchi mutaxasislari guruhi tomonidan tuzilgan bo‘lib, har bir dars sifatli bo‘ladi.

  2. Kurslarning ochiqligi- kurs tinglovchilari ushbu kurslarni internet tarmog‘iga ulangan holda o‘qiy olishligi.

  3. Elektron ta’limda kurslarni tinglovchilarga yetkazib berishning arzonligi, bunda internet trafiklari uchun pul to‘lanadi.

  4. Elektron kurslarda modullarga ajratib o‘qitish – tizimdagi har bir kurs alohida modullarga ajratilgan bo‘ladi, bu esa kursni o‘rganishni osonlashtirib ko‘plab ma’lumotlarni taqdim etishga imkon beradi.

  5. O‘quv jarayoninig moslashuvchanligi – tinglovchi o‘zi tanlagan kursni davomiyligi va ketma-ketligi, butun kursni o‘zlarining ehtijoylaridan kelib chiqib moslashishi.

  6. Istalgan joyda turib o‘qish – tinglovchilar o‘z uylaridan yoki ishxonalaridan turgan holda ta’lim olish imkoniyati.

  7. Elektron kurslar foydalanuvchilari: o‘qituvchilar va talabalar zamonaviy texnologiyalar va standartlarga mos ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Elektron kurslar shuningdek, o‘quv materiallarini o‘z vaqtida va tezda yangilab turishga imkon beradi.

  8. Axborotni baholash mezonlarini aniqlash qobiliyati - elektron o‘quv jarayonida talabaning ta’lim jarayonidagi bilimlari baholanadigan aniq mezonlarni belgilash imkoniyati mavjud.

Elektron ta’lim tizimi pedagoglarning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi.
O‘qitilayotgan kurslarni doimiy takomillashtirish, tinglovchilarning ijodiy faolligini va ularning malakasini oshirish, kiritilgan innovatsiya va yangiliklarga mos bilim berish jarayonlarini muvofiqlashtirishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740son qarori bilan ―Elektron ta’lim milliy tarmog‘i‖ yaratilgan. O‘z faoliyatini 2017 yilda boshlangan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ham
―Elektron ta’lim tizimi‖ yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun hizmat qilmoqda. Tizimda hozirgi kunda kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari
1 kursi uchun o‘quv kurslari tayyorlangan. Har bir o‘quv kursi quyidagi 4 ta bo‘limdan iborat: 1) Kurs haqida ma’lumotlar; 2) Me‘yoriy hujjatlar; 3) Kursning asosiy mazmuni; 4) Adabiyotlar.
Kurs haqida ma’lumotlar bo‘limi – kursning maqsad vazifalari, kursni o‘qish davomida olish kerak bo‘lgan bilimlar, kurs davomida o‘quvchining o‘zlashtirishiga talablar, kurs davomidagi nazoratlar o‘tkazish tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Meyoriy hujjatlar bo‘limida – kursning asosiy mazmuni va uni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar, fan dasturlari bilan tanishish mumkin.
Kursning asosiy mazmuni – kursda asosiy qismi bo‘lib, o‘quv materiyallari joylashtirilgan qismidir. Har bir mavzu alohida bo‘limga ajratilgan. Bo‘lim ichida mavzuga doir ma’ruza matni , amaliy mashg‘ulotlar uchun misol va masalalardan yechimlaridan namunalar va beriladigan topshiriqlar, laboratoriya mashg‘lotlarini o‘tkazish tartibi , seminar mashg‘ulotlari hamda mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar joylatirilgan.
Adabiyotlar – bu bo‘limda kursga taalluqli bo‘lgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar joylashtiriladi. Bu esa o‘quvchilarga o‘qish uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Hozirgi kunda kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar yaratilish ishlari takomillashtirib borilmoqda. Tizimni takomillashtirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilgan. Keyinchalik ushbu kurslardan sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari hamda kechki (smenali) ta’lim yo‘nalishlari uchun foydalanish rejalangan. Shu bilan birga, kurslarni on-line o‘qitish va nazoratlarni elektron ravishda olish ham rejalangan. Nazoratlarni elektron tarzda olish uchun bir qator maxsus dasturlardan foydalanilmoqda. Masalan, shulardan biri iSpring Suite dasturlar paketidir. Ushbu dasturlar paketi foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. iSpring Suite dasturida testlar va savollar turli xil turlarini yaratish, testlarda rasmlar, chizmalardan foydalanish mumkin. Bu dasturning asosiy yutuqlaridan biri test natijalari bo‘yicha hisobotni avtomatik ravishda tayyorlashidir. Bir so‘z bilan aytganda, elektron ta’limdan foydalanish ta’lim olishning zamonaviy va samarali usullaridan ekanligi yaqqol o‘z isbotini topmoqda


Download 100,83 Kb.

1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 100,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalari

Download 100,83 Kb.