|
Ta’lim jarayonining strukturaviy tarkibi
|
bet | 5/13 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 100,83 Kb. | | #261494 |
Bog'liq 1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
Ta’lim jarayonining strukturaviy tarkibi uning samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Bu tarkibiy qismlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Ta’lim jarayonining asosiy strukturaviy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Maqsadlar: Ta’lim jarayonining birinchi va asosiy elementi maqsadlardir. Bu o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan yuksak natijalarni belgilovchi yo‘nalishlar. Maqsadlar umumiy, maxsus va xususiy bo‘lishi mumkin3.
2. Mazmun: Ta’lim mazmuni o‘quv materiallarining ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan tarkibini tashkil etadi. Bu bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasi bo‘lib, o‘quvchilarni tayyorlashda asosiy omil hisoblanadi. Ta’lim mazmuni o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalarda aks etadi.
3. Metodlar va usullar: Ta’lim metodlari va usullari o‘quvchilarga bilim berish va ularga o‘zlashtirishda yordam beradigan vositalardir. Didaktik metodlar o‘qitishning turli shakllari va texnikalarini o‘z ichiga oladi, masalan, ma’ruza, suhbat, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari va boshqalar.
4. Vositalar: Ta’lim vositalari dars jarayonida foydalaniladigan texnik va material vositalaridir. Bunga darsliklar, elektron resurslar, laboratoriya jihozlari, multimedia vositalari kiradi4.
5. Tashkiliy shakllar: Ta’lim jarayonining tashkiliy shakllari o‘qitishning turli shakllarini ifodalaydi. Bu o‘quv mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, laboratoriya ishlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Tashkiliy shakllar ta’lim jarayonining mazmuni va metodlariga muvofiq tanlanadi5.
6. Nazorat va baholash: Ta’lim jarayonining muhim qismi bo‘lib, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashga qaratilgan. Nazorat va baholashning turli shakllari mavjud, masalan, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy baholash va mustaqil ishlar. Bu jarayon o‘quvchilarning rivojlanish darajasini aniqlash va ularning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ta’lim jarayonining bu tarkibiy qismlari birgalikda ishlaydi va ta’lim jarayonining yaxlitligi va samaradorligini ta’minlaydi. Har bir qism o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonining umumiy maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi .
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidi”gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilingan. Bu qonunda ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotga va dunyoviy demokratik jamiyat baxt - saodati yo‘lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilab berilgan.
Ta’limning asosiy mazmuni uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifa-larga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi.
Yangi demokratik jamiyat qurishda ta’limning mazmuni bu - jamiyat ehtiyoj-laridan kelib chiqib quyidagilarga amal qilgan holda belgilaniladi:
ilmiy bilimlarni yetakchi roli to‘g‘risidagi qoidaga; insoniyatning madaniy-ma’rifiy merosiy boyliklarini umuminsoniy qadriyatlarni egallab olish haqidagi “Milliy dastur” ko‘rsatmalariga; tarbiyalanuvchi shaxsni barkamol qilib rivojlantirish, iymon-e’tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish; ilmiy hayot bilan yangi demokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog‘liqligi haqidagi qoidaga; ta’limning bir maqsadga qaratilganligi; ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsip-lariga muvofiqligiga amal qilinadi.
“Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta’limning mazmunini quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi:
Hozirgi kunda Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqida bilim, ma’lumot beradigan fanga aylanib bormoqda.
Tarbiyaning asosiy qirralari – e’tiqod va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur, haqi-qat yo‘lida mohiyat safarbarligi va iroda qudrati - bularning barchasi mavzularda asosiy g‘oya sifatida yoritilishiga harakat qilinib kelinmoqda.
Birinchi Prezidentimizning bir fikrlarini aytib o‘tishni joiz: “O‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho‘chi-maydi, balki, zamonaviy bilim va falsafiy qarashlarga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g‘arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo‘ladi”.
Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika-ta’lim nazariyasi shug‘ullanib keladi.
Didaktika - grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “didasko”, ya’ni “o‘qitish”,
“o‘rgatish” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlar bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning “nimaga o‘qitish”, “nimani o‘qitish” va “qanday o‘qitish” kabi savollariga javob izlaydi.
Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o‘quvchi, talabalar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyat hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, balki, bu jarayonda o‘quvchi, talabaga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi, talabalar ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta’limdagi yutuqlar, avvalo, o‘qituvchiga bog‘liq. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rga-nish va baholash, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.
Mustaqil ishlash iste’dodini shakllantirish, kasbiy layoqat hissini, pedagogik voqea va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash ko‘nikmalarini rivoj-lantirish - bularning barchasi ta’lim jarayoning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Ta’lim jarayoni - ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o‘quvchilarning o‘zlashtirishi uchun o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining real aloqa-lashuvi, sababiyatli bog‘lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyati bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi, ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o‘stirib boradi.
Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiriladi. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi, talabalarning birgalikdagi faoliyati deb yuritilib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi, talaba faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tassavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga qodir bo‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdan iboratdir.
O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun amaliyot har qanday intilishning negizi hisoblanadi, degan qoidani hisobga olgan holda hech qachon sedan chiqarmasligi darkor. Ta’limda o‘qituvchi bilim berish bilan cheklanib qolmaydi, u o‘quvchi, talabalarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o‘quvchi, talabalarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirib boradi va shu tariqa o‘rganilayotgan narsaning ongli ravishda o‘zlashtirib olishga erishilib keladi, materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchi, talabalar faoliyatini birlashtirib boradi:
Ta’limiy maqsad – o‘quv materialining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tatbiq qila olishdir.
Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon - e’tiqodlarini shakllantirishdir.
Rivojantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamo-lotini, bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish-dan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi - talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo‘la boshlaydi. Uni o‘ylashga, qobiliyatini oshirishga, o‘z ustida ishlashga, dunyoqarashini shakllantirishga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi.
Bu bog‘liqlikni, avvalo, ta’limni amalga oshirish bosqichlarda ko‘rishimiz mum-kin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Birínchi bosqich - o‘quv materiallarini idrok qilishni o‘z ichiga oladi. Bunda o‘quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nima-lardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada, ularda yangi bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda - ular o‘zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tatbiq qiladilar.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Bularni bilish orqali o‘qituvchi ta’limtarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. Jumladan:
O‘quvchi va talabalarda bilim ko‘nikmalari va malakalarini hosil qiladi.
Ularda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o‘stiradi.
Yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo‘lib yetishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu, avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zamiriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchi, talabaga qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish juda ham zarur. O‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlariga, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
1.3. Ta’lim jarayonining asosiy tamoyillari
Ta’lim jarayonining asosiy tamoyillari o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va ta’lim maqsadlariga erishish uchun muhim mezon va qo‘llanmalardir. Bu tamoyillar ta’lim jarayonining yo‘nalishini belgilab beradi va pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan asosiy qoidalar hisoblanadi. Quyida ta’lim jarayonining asosiy tamoyillari haqida ma’lumot berilgan:
1. Ilmiylik tamoyili: Bu tamoyil ta’lim mazmuni ilmiy bilimlarga asoslangan bo‘lishini ta’minlaydi. O‘quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar zamonaviy fan yutuqlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Ilmiylik tamoyili o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilishga yordam beradi.
2. Tizimlilik va izchillik tamoyili: Ta’lim jarayonining barcha bosqichlari va elementlari o‘zaro bog‘liq va izchil bo‘lishi kerak. Bu tamoyil ta’lim mazmunining muntazam va tizimli ravishda taqdim etilishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida yangi materiallar avval o‘zlashtirilgan bilimlarga asoslanib kiritiladi, bu esa bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
3. Faollik va mustaqillik tamoyili: O‘quvchilarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi va mustaqil ishlashi bu tamoyilning asosi hisoblanadi. Bu tamoyil o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va o‘z bilimlarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
4. Tushunarli va qiziqarli bo‘lish tamoyili: Ta’lim mazmuni va metodlari o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Bu tamoyil o‘quvchilarning o‘quv materialiga nisbatan qiziqishini oshirish va ularni o‘quv jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.
5. Tarbiyaviy tamoyil: Ta’lim jarayoni nafaqat bilim berishga, balki o‘quvchilarning axloqiy va madaniy rivojlanishiga ham xizmat qilishi kerak. Bu tamoyil orqali ta’lim jarayonida o‘quvchilarga axloqiy qadriyatlar, madaniy meros va ijtimoiy norma va qoidalarning singdirilishi ta’minlanadi.
6. Individuallashtirish tamoyili: Har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish bu tamoyilning asosi hisoblanadi. Bu tamoyil o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlari va imkoniyatlariga mos ravishda ta’lim berishni nazarda tutadi, bu esa har bir o‘quvchining rivojlanishiga yordam beradi.
7. Natijaviylik tamoyili: Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarining samaradorligini baholash va nazorat qilish bu tamoyilning asosidir. Bu tamoyil ta’lim natijalarini tahlil qilish va ularga erishish darajasini aniqlashga qaratilgan.
Ta’lim jarayonining ushbu tamoyillari pedagogik faoliyatni yo‘naltirishda va ta’lim maqsadlariga erishishda muhim ahamiyatga ega. Ularning to‘g‘ri va samarali qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi .
II BOB. TA’LIM TAMOYILLARI VA ULARNING AMALIY QO‘LLANILISHI
Ta’lim tamoyillari ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va ta’lim maqsadlariga erishish uchun muhim mezon va yo‘l-yo‘riqdir. Bu tamoyillar pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan asosiy qoidalar hisoblanadi. Quyida ta’lim tamoyillarining amaliy qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan:
1. Ilmiylik tamoyili:
- Nazariy asoslar: Ta’lim mazmuni ilmiy bilimlarga asoslanishi kerak. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarga zamonaviy ilm-fan yutuqlarini yetkazishga yordam beradi.
- Amaliy qo‘llanilishi: O‘quv materiallarini tanlashda zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va yangiliklardan foydalanish. O‘qituvchilar darslarda ilmiy tajriba va eksperimentlarni qo‘llab, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantiradi.
2. Tizimlilik va izchillik tamoyili:
- Nazariy asoslar: Ta’lim jarayoni mantiqiy izchillik va tizimlilikni talab qiladi, ya’ni bilimlarni ketma-ket va mantiqiy tartibda taqdim etish kerak.
- Amaliy qo‘llanilishi: O‘quv rejalarini tuzishda va darslarni rejalashtirishda avvalgi bilimlar bilan bog‘lanib, yangi mavzularni ketma-ketlikda taqdim etish. Masalan, matematika darslarida avvalgi darslarda o‘rganilgan tushunchalarni mustahkamlash uchun yangi mavzularni kiritish.
3. Faollik va mustaqillik tamoyili:
- Nazariy asoslar: O‘quvchilarni faol o‘quv jarayoniga jalb qilish va ularning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish.
- Amaliy qo‘llanilishi: O‘quvchilarga mustaqil tadqiqotlar, loyihalar va guruh ishlari orqali bilim olish imkoniyatlarini yaratish. Masalan, biologiya darslarida laboratoriya ishlari va mustaqil tadqiqotlarni tashkil etish.
4. Tushunarli va qiziqarli bo‘lish tamoyili:
- Nazariy asoslar: Ta’lim mazmuni va usullari o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak.
- Amaliy qo‘llanilishi: Darslarda vizual materiallar, multimedia texnologiyalari va interaktiv usullardan foydalanish. Masalan, tarix darslarida videofilmlar va elektron taqdimotlardan foydalanish.
5. Tarbiyaviy tamoyil:
- Nazariy asoslar: Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning axloqiy va madaniy rivojlanishiga ham xizmat qilishi kerak.
- Amaliy qo‘llanilishi: Darslarda axloqiy qadriyatlar va madaniy meros haqida ma’lumot berish. Masalan, adabiyot darslarida buyuk yozuvchilar va shoirlarning asarlarini tahlil qilish orqali o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.
6. Individuallashtirish tamoyili:
- Nazariy asoslar: Har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish.
- Amaliy qo‘llanilishi: Differensial yondashuvni qo‘llash, ya’ni o‘quvchilarning qobiliyatlari va qiziqishlariga mos darslarni tashkil etish. Masalan, matematika darslarida murakkab masalalarni yechishga qodir o‘quvchilar uchun qo‘shimcha topshiriqlar berish.
7. Natijaviylik tamoyili:
- Nazariy asoslar: Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarining samaradorligini baholash.
- Amaliy qo‘llanilishi: Doimiy nazorat va baholash tizimini qo‘llash, oraliq va yakuniy imtihonlar o‘tkazish. Masalan, darslar davomida kichik testlar va nazorat ishlarini tashkil qilish orqali o‘quvchilarni baholash.
Ushbu tamoyillarning to‘g‘ri va samarali qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning amaliyotga tatbiq etilishi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda yordam beradi .
2.1. Ta’lim tamoyillari: turlari va tasnifi
Ta’lim tamoyillari turli xil metodlar va yondashuvlarni ifodalaydi, ulardan ba’zilari o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda fokuslanadi, ba’zilari esa o‘quvchilarning madaniy va jismoniy tarbiyasiga e'tibor beradi. Quyidagi ta’lim tamoyillarining umumiy tasnifi mavjud:
1. Ilmiylik tamoyili: Bu tamoyil o‘quvchilarni ilmiy g‘oyalar, nazariy fikrlash va ilmiy tadqiqotlar olishga yo‘naltiradi. O‘quvchilarga ilmiy bilimlar, falsafa, matematika, kimyo, biologiya va boshqalar bo‘yicha tushunchalar o‘rgatiladi. Bu tamoyilni amaliyotda ilmiy tadqiqotlar, laboratoriya ishlari, va ilmiy maqolalar yozish orqali tatbiq etish mumkin.
2. Pedagogik tamoyil: Pedagogik tamoyil o‘quvchilarning o‘zlarini o‘rganish va boshqarishga, ijtimoiy qadriyatlarni tushuntirishga yo‘naltiriladi. Bu tamoyil o‘quvchilarning madaniy va tarixiy meroslariga, o‘zaro munosabatlarga, tashqi dunyo va o‘z ichki dunyolariga e'tibor beradi. Bunday tamoyilni amaliyotda darslar, muloqotlar, va ijodiy mashg‘ulotlar orqali tatbiq etish mumkin.
3. Axloqiy va etik tamoyil: Bu tamoyil o‘quvchilarni insonparvarlik, adolat, huquq va erkni samarali foydalanishiga yo‘naltiradi. O‘quvchilarga qadriyatlarga hurmat qilish, yaxshi odamlik, va jamoatda xizmat qilish ko‘nikmalari o‘rgatiladi. Axloqiy va etik tamoyilni amaliyotda muntazam qadriyatlar tarbiyalanishi, o‘quvchilarning yaxshi vaziyatini namoyon qilish va jamoatda maslaxatli fuqarolar bo‘lish uchun darslar va ijodiy mashg‘ulotlar orqali tatbiq etish mumkin.
4. Jismoniy madaniy tamoyil: Bu tamoyil o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish va sog‘liqni muhofaza qilishiga yo‘naltiriladi. O‘quvchilarga sport va yog‘alar, ovqatlanish va tashqi faoliyatlar orqali jismoniy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash o‘rgatiladi. Jismoniy madaniy tamoyilni amaliyotda sport mashg‘ulotlari, to‘y va to‘y o‘yinlari, va turar joylar orqali tatbiq etish mumkin.
5. Ijtimoiy madaniy tamoyil: Bu tamoyil o‘quvchilarning ijtimoiy munosabatlarda maslaxatli fuqarolar sifatida ishtirok etishga yo‘naltiriladi. O‘quvchilarga ijtimoiy adolat, barqarorlik, va jamoatga xizmat qilishni o‘rgatishga qaratiladi. Ijtimoiy madaniy tamoyilni amaliyotda jamoat xizmati faoliyatlar, ijtimoiy masalalar haqida muloqotlar, va ijtimoiy muammolarga yechimlar qidirish mashg‘ulotlar orqali tatbiq etish mumkin.
Bu ta’lim tamoyillari o‘quvchilarning turli sohalarda rivojlanishiga yordam beradi va ulardan foydalanish ta’limning o‘quvchilarni ilmiy, jismoniy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga qaratilgan.
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy , amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. I.P.Podlasy 1 ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi. 2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari. 3.Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti. 4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish. 5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi. 6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Didaktik qonuniyatlar. 2. Gnoseologik qonuniyatlar. 3. Psixologik qonuniyatlar. 4. Kibernetik qonuniyatlar. 5. Sosiologik qonuniyatlar. 6. Tashkiliy qonuniyatlar. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir. Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab. Ta’lim tamoyillari . Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o‘quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o‘quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko‘rinishlari o‘zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari dan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin: I. Ta’limning mazmunli tamoyillari . Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi: - fuqarolik; - ilmiyligi; - tarbiyalovchi ta’lim; - fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi); - tabiat bilan uyg‘unligi; - madaniyat bilan uyg‘unligi; - insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning subyektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq. Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizasiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.
2.2. Ilmiylik va tizimlilik tamoyili
Ilmiylik va tizimlilik tamoyili ta’lim jarayonini ilmiy g‘oyalar bilan ta’minlash va muntazam va tizimli bir usulda o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Quyidagi ma’lumotlarda ilmiylik va tizimlilik tamoyillari haqida ko‘proq ma’lumot berilgan:
|
| |