|
O‘quvchining faoliyatini faollashtirish tamoyili
|
bet | 7/13 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 100,83 Kb. | | #261494 |
Bog'liq 1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
O‘quvchining faoliyatini faollashtirish tamoyili, o‘quvchilarni o‘zlashtirish, faol qatnashish, va o‘zlarining o‘quv jarayonida ishtirokini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tamoyillardan biridir. Bu tamoyil o‘quvchilarning o‘zlarining o‘quv va o‘zlashtirish jarayonida faol qatnashishini ta’minlashga qaratilgan. Quyidagi ma’lumotlarda o‘quvchining faoliyatini faollashtirish tamoyili haqida ko‘proq ma’lumot berilgan:
- Maqsad: O‘quvchilarning o‘zlarining o‘quv va o‘zlashtirish jarayonida faol qatnashishini va o‘zlashtirish darajasini oshirish.
- Asoslar: Faollashtirish tamoyili o‘quvchilarning aktivi va qatnashgan faoliyatini rag‘batlantirish, ularning o‘zlashtirish jarayonida mustaqil ishlashini ta’minlash, o‘z fikrlarini ifoda qilish, va qo‘llanilayotgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishga yo‘naltiriladi.
- Amaliyot: O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash uchun faol mashg‘ulotlar, qo‘shimcha vazifalar, ijodiy ishlar, va loyihalar tashkil etiladi. Ular o‘zlarining fikrlarini ifoda qilish uchun muloqotlar, darsda savollarga javob berish, va jamiyatning muammolari yoki savollari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari talab qilinadi.
Faollashtirish tamoyili o‘quvchilarning qiziqishi va ilg‘or hissotlari boyicha ilg‘or ishlarni tashkil etish, ularning o‘zlashtirish jarayonida faol qatnashishini rag‘batlantirish va o‘z fikrlarini ifodalashlarini ta’minlaydi. Bu tamoyil o‘quvchilarning o‘z fikrlarini ifodalash, masalalar yoki muammolar bo‘yicha g‘oyalar qilish, va ijodiy yondashuvlar topish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
YUrtimizda mazkur sohadagi yig‘ilgan tajribalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, demokratik jamiyatda o‘quvchilar ijtimoiy faolligi o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi, balki muntazam tarzda maqsadli ravishda olib borilgan pedagogik faoliyat natijasida shakllantiriladi. O‘quvchi-yoshlarga nazariy-amaliy bilimlarni berish, ularda ijtimoiy faollik ko‘nikma va malakalarini hosil qilish pedagogika nazariyasi va amaliyoti uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi bilan dolzarblik kasb etadi.
Avstriyalik psixolog va faylasuf V.Frankl individuallikning ahamiyati, inson shaxsining qadr-qimmati va mazmuni hamma vaqt u yashayotgan jamiyatga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Amerikalik sotsiolog T.Parkinsonning fikricha, chinakam shaxsiy qadr-qimmat insonning o‘rab turuvchi muhit bilan munosabatida, ya’ni uning faolligida ifodalanadi.
Psixologlar R.Plomin va X.Xermanslarning (1997) ta’kidlashicha, aslida shaxsning to‘laqonli, barkamol shakllanishiga uchta asosiy omil ta’sir etadi:
Shaxsda mavjud bo‘lgan biologik imkoniyatlar – bunda odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonlariga temperament tipining ta’siri nazarda tutiladi.
Shaxsning sub’ektiv, ya’ni psixologik imkoniyatlari – bunda mazkur imkoniyatlar shaxslararo munosabatlar jarayonining strategiyasini tuzadi, o‘zaro munosabatga kirishishni shaxsan o‘zi tanlaydi hamda ijtimoiy turmushda ularni to‘ldiradi va takomillashtiradi.
Bevosita shaxslararo munosabatlar jarayonining o‘zi bo‘lib, ular ijtimoiy madaniy muhitda amalga oshiriladi. Ijtimoiy madaniy muhit shaxslararo munosabatlar uchun bosh mexanizm sifatida shaxsning shakllanishini ta’minlaydi. Ammo har uchchala omil ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir-biriga ta’sir etadi. Bu uzviyliksiz shaxsning barkamol taraqqiyoti yuzaga kelmaydi.
Dj.Kaprara va boshqalarning (1999) tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ijtimoiy fe’l-atvor me’yorlariga amal qilish o‘zaro hamkorlik va bir-biriga yordam ko‘rsatishga imkoniyat yaratadi – o‘zaro simpatiyani hosil qiladi, ta’lim jarayoniga halaqit qiluvchi depressiyaga hamda muammoli fe’l-atvorga qarshi kurashishga undaydi. Shaxslararo munosabatlar jarayonida yoshlarga o‘zidagi intellektual imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu holat shuni tasdiqlaydiki, ijtimoiy va intellektual rivojlanish nafaqat mazkur o‘quvchida, balki, tengdoshlarida ham kuchayishi kuzatilgan.
G.K.Selevko faollikning ikki darajasini farqlaydi. Birinchi, quyi daraja – insonning ma’lum darajada mahsuldor, bajaruvchi, qayta tiklovchi faoliyatini belgilab, bunda inson ko‘proq boshqarilayotgan ob’ekt rolini ijro etadi. Bu darajadagi faoliyat «ob’ekt faoliyati» deb nomlanadi.
Ikkinchi, yuqori darajadagi faollik – ta’lim oluvchi faoliyatining birlamchi sababi, manbasi rolini o‘ynab, ijodiy, o‘zgartiruvchi sifatga ega. Bunda faoliyatni amalga oshiruvchi inson sub’ektdir va faoliyatda uning irodasi ishtirok etadi
(«sub’ekt faoliyati»).
Shaxs ijtimoiy faolligini o‘rganish sohasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Jumladan, L.I.Amanbaeva «YAngi ijtimoiy sharoitda o‘quvchiyoshlarning fuqarolik tarbiyasi», A.A.Savastina va L.B.Osipovalarning «YOshlar ijtimoiy faolligi – jamiyatning dinamik rivojlanish sharti sifatida», V.A.Sitarov va V.G.Maralovning «SHaxs ijtimoiy faolligi», «Maktabgacha ta’lim va kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy faollikni shakllantirish asoslari» , S.Yu.Korolkova «Yoshlar ijtimoiy faolligi» kabi ishlarda ijtimoiy faollikning nazariy asoslari, amaliy yo‘nalishlari bir qadar ochib berilgan.
V.S.Merlinning fikriga ko‘ra, shaxsning o‘z-o‘zini anglashida quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: 1) o‘zini qanday bo‘lsa, shundayligicha anglash; 2) o‘z «Meni»ni shaxs tomonidan ijobiy qabul qilinishi; 3) o‘zining qanday ruhiy xususiyat va ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligini tushunishi; 4) o‘ziga o‘zi tomonidan beriladigan ijtimoiy-axloqiy baholar, ularning darajasini anglashi.
Ayni paytda bu muammo doirasida pedagogik, falsafiy, psixologik va turli nuqtai nazarlardan har xil yo‘nalish va mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borgan zamondosh olimlarimizning ilmiy izlanishlari ham mazkur tadqiqotning dunyoga kelishiga turtki bo‘lib, unda qo‘yilgan muammolarni hal qilishda o‘ziga xos ko‘mak berdi. Jumladan, M. Maxmudova, G.J. Tulenova, T.Egamberdieva, Q.Q. Quranboev, I.R. Safarbuvaeva kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida ijtimoiy faollik va shaxsni faollashtirish muammolari pedagogik, psixologik hamda falsafiy jihatdan yoritib berilgan.
Xususan, M. Maxmudovaning ilmiy izlanishlarida kichik yoshdagi o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni tarbiyalash masalalari asoslab beriladi.
Tadqiqotchi quyidagi shartlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini shakllantirish jarayoni samaradorligini ta’minlash uchun etarli asos bo‘la oladi degan xulosaga kelgan. YA’ni:
kichik yoshdagi o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini yaxlit tarbiya jarayonining hal qiluvchi, yakunlovchi bosqichi sifatida tadqiq etish;
1-4 sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish mazmuni, shakllari va metodlarini aniqlash;
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ijtimoiy faollikni shakllantirish yo‘llari hamda ishlab chiqilgan tizim samaradorligini o‘rganish va ishonarli dalillar vositasida asoslab berish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalashda o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.
Q. Quranboevning tadqiqot ishi esa «Talabalarning ma’naviy-ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Yoshlar tashkilotlari misolida)» deb nomlanib, talabalarning ma’naviy-ijtimoiy faolliklarini rivojlantirishning uslublari va mazmuni, uning pedagogik asoslari yaratib berilgan. Muallif ilmiy kuzatishlarida ma’naviy-axloqiy muammolar, yoshlar ta’lim-tarbiyasida ongli intizomning o‘rni, burch va mas’uliyat, jamoatchilik sifatlarini tarkib toptirish muammolari tahlil qilinadi.
|
| |