Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 516-guruh boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanidan kurs ishi mavzu




Download 100,83 Kb.
bet12/13
Sana07.06.2024
Hajmi100,83 Kb.
#261494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari

XULOSA


Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

  • o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi;

  • xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; - muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

  • u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;

  • o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;

  • o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; - o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

  • o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;

  • o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi. O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘zo‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.

Ta’lim metodlari pedagogning imkoniyatlarini kengaytiradi, vaqtini tejaydi. Mashg‘ulot jarayonlarida professor-o‘qituvchiga darsni qulay boshqarish imkonini beradi, unga faollik kasb etish bilan bir qatorda ta’limning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Jumladan:

  • Ta’lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari uning davomiyligi bilan belgilanadi.

  • O‘qitish jarayoni pedagog, ta’lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zaro ta’siridan iborat.

  • O‘qitish jarayoni pedagog, ta’lim oluvchi va o‘qitish vositalarining o‘zoro ta’siridan iborat bo‘lib, hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoiyatlari o‘qitish vositalariga o‘qituvchi va ta’lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi.

  • Ta’lim metodlari darslarning qulayligini ta’minlaydi. Unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.

Ta’lim jarayonining nazariy asoslarini o‘rganish va tushunish, ularni amaliyotda qo‘llash pedagogik faoliyatni samarali tashkil qilish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o‘quvchi, talabalar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydigan faoliyat hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, balki, bu jarayonda o‘quvchi, talabaga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi, talabalar ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.


Download 100,83 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 100,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 516-guruh boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanidan kurs ishi mavzu

Download 100,83 Kb.