70
Transformatorlar ishlatilish joyiga qarab umumiy maqsadlar uchun
ishlatiladigan kuch transformatorlari bilan maxsus kuch transformtorlariga
bo’linadi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kuch transformatorlaridan elektr
energiyasmini uzatish va taqsimlash sistemalarida kuchaytiruvchi yoki
pasaytiruvchi transformator sifatida foydalaniladi.
Maxsus transformatorlarga quyidagilar: maxsus maqsadlarda ishlatiladigan
kuch tramsformatorlari (pech transformatorlari, to’g’rilagnch transformatorlari,
payvandlash transformatorlari, radiotransformatorlar), avtotransformatorlar,
o’lchov va sinov transformatorlari, chastotani o’zgartirish uchun ishlatiladigan
transformatorlar va boshqalar kiradi.
Transformatorlar bir fazali va ko’p fazali bo’ladi, ko’p fazali
transformatorlar orasida uchfazali transformatorlar eng ko’p ishlatiladi.
Bundan tashqarn, transformator ikki chulg’amli (har qaysi fazasida ikkita
chulg’am bo’ladi) va ko’p chulg’amli (har qaysi fazasida ikkitadan ortiq
chulg’am bo’ladi) bo’lishi mumkin.
Sovitilish usuliga qarab transformatorlar moyli (moyga botirilgan) va
quruq(havo bilan sovitiladigan) transformatorlarga bo’linadi. Lekin,
transformatorlarning tiplari juda turli-tuman bo’lishiga qaramasdan, ishlash
prinsipi va ularda sodir bo’ladigan fizikaviy protsesslar asosan bnr xildir.
SHunnng uchun transformatorning ishlashini transformagorning asosiy tipi
misolida ko’rib chiqish lozim; asosiy tip sifatida ikki chulg’amli kuch
transformatori qabul qilingan.