Aylanuvchi transformatorlar




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/104
Sana10.12.2023
Hajmi4,61 Mb.
#115096
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
Boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

Aylanuvchi transformatorlar 
Aylanuvchi transformatorlar – bu mexanik siljish(rotorning α burilish 
burchagi)ni elektr signali, ya’ni chiqish kuchlanishi U ga o’zgartirib beruvchi 
eng ko’p tarqalgan elektrik mashina bo’lib, chiqish kuchlanishi rotorning 
burilish burchagiga funksional ravishda bog’liqdir.
Konstruktiv 
jihatdan 
aylanuvchi 
transformatorlar 
juda 
ham 
turli 
ko’rinishlarga ega, lekin hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgani ikki qutbli 


71 
aylanuvchi transformatorlar bo’lib, ikki fazali kontaktli halqalarga ega asinxron 
dvigatel singari yasalgan. Bunday aylanuvchi transformatorlarning stator va 
rotorining paketlari bir-biridan mahkam izolyatsiyalangan elektrotexnik po’lat 
listlardan tayyorlangan. Stator va rotorning yarimyopiq pazlarida ikki fazali 
cho’lg’amlar joylashgan, cho’lg’amlarning o’qlari bir-biriga nisbatan 90° ga 
surilgan (10.1-rasm). Odatda statorning ikkala S va L cho’lg’amlari bir xil 
o’ramlar soniga (Ws = WK) va bir xil aktiv R va reaktiv X qarshiliklarga ega. 
Rotorning A va B cho’lg’amlari ham bir xil qilinadi (WA = WB; RA = RB; ХА = 
ХB).  
Ko’pchilik aylanuvchi transformatorlarda rotor cho’lg’amlarining uchlari 
kontaktli halqalarga chiqariladi, bu kontaktli halqalar orqali cho’tkalar ulanadi. 
Halqa va cho’tkalar kumush qotishmalardan yasalgan. Rotorining burilish 
burchagi 
cheklangan 
holda 
ishlashga 
mo’ljallanganba’zi 
aylanuvchi 
transformatorlarda halqa va cho’tkalar latundan yasalgan elastik spiralsimon 
prujinalar bilan almashtiriladi. 
 
 
2.2 4-rasm. Aylanuvchi transformator.
Aylanuvchi transformatorning o’ziga xos xususiyati shuki, ularda 
birlamchi(stator) va ikkilamchi(rotor) cho’lg’amlari orasidagi induktivlik rotor α 


72 
burchakka burilganda ushbu burchakka bog’liq xolda sinusoidal(yoki 
kosinusoidal) qonun bo’yicha o’zgaradi, ayrim hollarda α ikkilamchi 
cho’lg’amlar EYuKsi amplitudasini aynan shu o’zgarish qonunini ta’minlaydi.
Rotor burilishining qaysi burchak funksiyasi chiqish kuchlanishi U 
bo’lishiga bog’liq holda quyidagi aylanuvchi transformatorlarga bo’linadi:
sinusli (SAT) — U= Umaxsinα, bu yerda Umax — maksimal chiqish 
kuchlanishi. sinusno-kosinusli (SKAT) — UA = Umaxsinα; UB = Umaxcosα;
chiziqli (ChAT) — kαbu yerda = const.

Download 4,61 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Download 4,61 Mb.
Pdf ko'rish