131
b) muvozanat konstantasining turli omillarga bog‘liqligi: Muvozanat konstantasi
eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi. Uning son qiymati
berilgan haroratdagi
muvozanat holatiga baho beradi. Muvozanat konstantasining qiymati qancha katta
bo‘lsa, reaksiyada mahsulot miqdorlari ko‘p, agar uning qiymati kichik bo‘lsa,
dastlabki modda(lar) ning miqdori ko‘pligini ko‘rsatadi. Muvozanat konstantasi
to‘liq emas, dastlabki moddalarning miqdorlari
kamaysa, tegishli mahsulot miqdori
ortadi, ya’ni biror
moddaning konsentratsiyasi o‘zgarishi, boshqa moddalarning
konsentratsiyalari o‘zgarishiga olib keladi. Muvozanat
konstantasi haroratga
bog‘liq. Demak, kimyoviy muvozanat holatida boshlang‘ich
moddalar
konsentratsiyalarining ko‘paytmasi reaksiyadan keyingi hosil bo‘lgan moddalar
konsentratsiyalarining
ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Kimyoviy muvozanat vaqtida
harakat to‘xtamaydi, vaqt birligi ichida
qancha mahsulot parchalansa, xuddi
o‘shancha mahsulot hosil bo‘ladi. Kimyoviy muvozanat dinamik (harakatchan)
xususiyatga ega bo‘lgani uchun u tashqi omillar ta’sirida o‘zgaradi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuga doir masalalar yechish
2-masala. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar
konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/
l; [B]=0,2 mol/
l ga teng bo‘lsa
muvozanat
holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/
l) toping (K
M
=1).
Masalaning yechimi: reaksiya bo‘yicha A va B moddalarning muvozanat
konsentratsiyalari hamda muvozanat konstantasi qiymatlari ma’lum, shu qiymatlar
asosida C moddaning muvozanat konsentratsiyasini topamiz: