|
Boshqarmasi Pdf ko'rish
|
bet | 163/182 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 4,97 Mb. | | #136263 |
Bog'liq 1674214624 11-sinf Kimyo (o\'qituvchilar uchun qo\'llanma)173
c) Rivojlantiruvchi:
Metallarning olinish usullari haqidagi bilimlarni rivojlantirish.
TK4
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - fuqarolik burchini bilish va
kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush
mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Dars turi:
Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars
Dars uslubi:
Aralash(amaliy, suhbat, test topshiriqlari, munozara va tahlil)
Dars jihozi:
Yangi temir mix, mis (II)-sulfat eritmasi.
Darsning texnologik chizmasi
Dars bosqichlari
Vaqt
Tashkiliy qism
O‘tilgan mavzuni takrorlash
Yangi mavzuni yoritish
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Darsni yakunlash
Uyga beriladigan topshiriqlar
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
2. O‘tgan mavzuni so‘rash:
“Tezkor savol-javob”
a) Elektroliz nima?
b) Tuzlar qanday ko‘rinishlarda elektrolizga uchratilishi mumkin?
c) Osh tuzining suyuqlanmasi elektrolizida katod va anodda qanday moddalar hosil
bo‘ladi?
3. Yangi mavzuni tushuntirish:
Suvli eritmalar elektrolizi. Biz suvli eritmalar elektrolizida elektrodlarda sodir
bo‘ladigan jarayonlar haqida so‘z yuritamiz. Suvli eritmalar elektrolizida
elektrolitning ionlaridan tashqari reaksiyalarda vodorod ionlari yoki gidroksidlar
ham ishtirok etishi mumkin. Bu ionlar suvning dissotsiyalanishi natijasida hosil
bo‘ladi. Hosil bo‘layotgan ionlar tegishli elektrodlarga tomon harakatlanadi.
Katodga elektrolitning kationlari bilan vodorod- (H+), anodga elektrolitning
anionlari bilan gidroksid ionlari (OH–) tortilaveradi.
|
| |