• «Dadam qurgan dengiz»
  • «Jaloliddin Manguberdi»
  • Tushunarlilik
  • Botirova gulchehra to’lqin qizining




    Download 43.04 Kb.
    bet5/8
    Sana26.06.2022
    Hajmi43.04 Kb.
    #24436
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    I bob disertatsiya
    otbor-priznakov-v-sobstvennoe-prostranstvo-obekta-na-osnove-mery-ego-kompaktnosti, 2021 yil 2 sentyabrdagi 254-sonli buyrug’ining mazmun mohiyati., tarix-ta-limida-ta-limiy-o-yin-texnologiyalari-afzallik-va-xususiyatlari, 161-turizm Boltayev G\'ulomjon Xalqaro kurs ishi, 8-laboratoriya ishi, INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI 2, 2 NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI O\'RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO’NIKMALARINI TARKIB TOPTIRISH, she\'riyat - ruhiy munosabat, da, 1, 9 sinf nazorat, 1000032374, matematik o\'yin, Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0
    1. Ertak bilan tanishtirish:
    a) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;
    b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hok.
    2. Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
    3. Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
    4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
    Hikoya-kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
    Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir.
    O’zbek adabiyotida Hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va To’nyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabg’u-zmyning "Qisasi Rabg’uziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi Hikoyaning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sab’ai sayyor" dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari o’zbek Hikoya chiligining rivojlanishiga asos bo’lgan.
    O’zbek adabiyotida realistik Hikoya janri 20-asr boshlarida shakllandi (Cho’lpon, "Qurboni jaholat", "Do’xtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda G’.G’ulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda O’.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qo’shdilar.
    "Hikoya" atamasi kengroq ma’noda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. So’zlab berilgan bunday voqelik o’z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo’lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. Mas, O’.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olabo’ji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi o’zbek Hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A’zamov, N.Eshonqulov, Sh. Bo’tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
    Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yo’li, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat bo’lib qolishi mumkin. Biroq har qanday ko’rinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.
    Hikoya mazmuniga ko’ra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy hikoyalar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham bo’ladi. O’zbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bog’liq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar hikoyalar" ham uchraydi.
    Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
    Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi.
    Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar.
    Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach, o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning yo’nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
    Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
    Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o’ziga tortadi. Lekin, hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf «O’qish kitobi»dagi «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir), «Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar»
    (NurmatMaqsudiy), «Xazonchinak» (O’.Hoshimov), «Qo’shterak» (A.Irisov), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma-xil bo’lib, qahramonlarining xarakter-xususiyatlari bilan ham farq qiladi.
    Hikoya biror bir davr bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo’lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong’i tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo’la boshlaydilar. Ularda go’zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’usi hikoyalar bilan tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda «Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning qo’shinlariga nisbatan nafrat uyg’otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-Vatanga mehr-muhabbat uyg’otiladi, uning taqdiri orqali o’z ajdodlaridan faxrlanish tuyg’usi paydo bo’ladi.
    Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko’rishni taqozo etadi. Undagi har bir so’z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi.
    Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o’rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o’qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo’lishi lozim.
    Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.
    Hikoyani o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g’oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o’qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o’zlari savol tuzishi, so’z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o’qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.
    Kichik badiiy hikoyani izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagi reja varianti sxemasi e’tiborga olinadi:
    1) hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyada tasvirlangani kabi kishilar hayoti, davrga qisqa xarakteristika...);
    2) hikoyani (to’liq yoki mantiqiy tugallangan qismlarini) o’qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o’quvchining ifodali o’qishi;
    3) idrok etishni tekshirish (qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o’rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat);
    4) hikoyani qayta o’qish (hikoyani qismlarga bo’lish, o’quvchilarga o’qitish, ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
    5) hikoyaning har bir bo’limi yuzasidan suhbat o’tkazish va sarlavha topish;
    6) hikoyaning ayrim bo’limlarini ifodali o’qish;
    7) reja asosida qayta hikoyalash;
    8) hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda);
    9) hikoyani ifodali o’qish va ifodali qayta hikoyalash.
    Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi.
    Tahlilda o’qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o’ziga xosligi, obrazli tasvirning o’quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.
    Hikoyani o’rganishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab qolishda o’quvchilarga yordam beradi.
    Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
    Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
    Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
    «Antik adabiyotda Ezop masallari  juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan».
    Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.
    O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar.
    Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
    Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.
    Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
    Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi.
    3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
    CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.
    Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.
    3-sinf “O’qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
    Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
    Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
    Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
    4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.

    Download 43.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Botirova gulchehra to’lqin qizining

    Download 43.04 Kb.