• Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi
  • «Rostgo’y bola»
  • Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi




    Download 43.04 Kb.
    bet4/8
    Sana26.06.2022
    Hajmi43.04 Kb.
    #24436
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    I bob disertatsiya
    otbor-priznakov-v-sobstvennoe-prostranstvo-obekta-na-osnove-mery-ego-kompaktnosti, 2021 yil 2 sentyabrdagi 254-sonli buyrug’ining mazmun mohiyati., tarix-ta-limida-ta-limiy-o-yin-texnologiyalari-afzallik-va-xususiyatlari, 161-turizm Boltayev G\'ulomjon Xalqaro kurs ishi, 8-laboratoriya ishi, INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI 2, 2 NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI O\'RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO’NIKMALARINI TARKIB TOPTIRISH, she\'riyat - ruhiy munosabat, da, 1, 9 sinf nazorat, 1000032374, matematik o\'yin, Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0
    Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi:
    Mirziyoyev Sh.M. “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884 son Qarori.
    Umumiy oʻrta ta’limning Milliy oʻquv dasturi.
    Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, 2009.
    Hujanboyeva Q., Hazratqulov M., Jamoldinova Sh. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. Toshkent, Innovatsiya-Ziyo. 2020.
    Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent, 2018.
    Azimova I., Mavlonova K., Qur'onov S., Shokir Tursun. Ona tili va o‘qish savodxonligi. 1-sinf darslik. Toshkent, 2021.

    Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi: ish kirish qism, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
    I BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA ADABIY JANR TURLARI VA ULARNING AHAMIYATI

      1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq o'stirishida foydalaniladigan adabiy janr turlari.

    Barchamizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o‘qituvchining diqqat markazida turadi. O‘quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o‘ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini asarning g‘oyaviy yo‘nalishini tushunishga o‘rgatish muhim hisoblanadi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, stilistik jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchi unga mos metodlar tanlashi talab etiladi.
    Adabiy asarning badiiy estetik mohiyati uning kompozitsiyasini, ya’ni undagi turlituman qahramonlar, bir-biriga o‘xshamaydigan sahnalar, alohida joy, manzara, vaziyat tasvirlari, monolog, dialoglar, o‘y, xayol, tush va boshqa turli komponentlarning murakkab tartibini o‘rganish, sharhlash orqali o‘zlashtiriladi. Tahlil jarayonida o‘qitishning xilma-xil usullaridan foydalaniladi. Bularning orasida adabiy o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiy o‘qishda matnning asl mohiyati dastlabki tarzda tasavvur etiladi. Uning o‘zak muammolari o‘quvchining ko‘z oldida osonroq gavdalanadi. Adabiy o‘qishda dastlabki urg‘u tushishi lozim bo‘lgan o‘rinlar ajratiladi, ular o‘quvchilarning ongiga ham, tuyg‘ulariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Gap epik asarlar ustida borar ekan, ularda «har qanday hissiyot voqealar qa’riga berkitilgan» bo‘lishiga e’tibor berish zarurati bo‘ladi, Chunki «qahramonlarni hayotiy voqealar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida ayni shu malakani – epik asar zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kela bilishni shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi

    Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi.


    Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.
    Ertak-Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi
    qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
    Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlar bo’ladi.
    Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan bo’lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to’g’riligi hiylagarning makri ustidan g’olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to’g’riso’zlilikning g’alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g’alaba
    Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
    Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo’y bola» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.
    Ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro’parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so’zlarining ma’nosi so’raladi. Javoblar to’ldiriladi, umumlashtiriladi.
    Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

    Download 43.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi

    Download 43.04 Kb.