O'quvchilarda badiiy asarning hissiy ta'siri va bola tarbiyasidagi ahamiyati




Download 43.04 Kb.
bet7/8
Sana26.06.2022
Hajmi43.04 Kb.
#24436
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I bob disertatsiya
otbor-priznakov-v-sobstvennoe-prostranstvo-obekta-na-osnove-mery-ego-kompaktnosti, 2021 yil 2 sentyabrdagi 254-sonli buyrug’ining mazmun mohiyati., tarix-ta-limida-ta-limiy-o-yin-texnologiyalari-afzallik-va-xususiyatlari, 161-turizm Boltayev G\'ulomjon Xalqaro kurs ishi, 8-laboratoriya ishi, INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI 2, 2 NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI O\'RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO’NIKMALARINI TARKIB TOPTIRISH, she\'riyat - ruhiy munosabat, da, 1, 9 sinf nazorat, 1000032374, matematik o\'yin, Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0
1.2 O'quvchilarda badiiy asarning hissiy ta'siri va bola tarbiyasidagi ahamiyati.

Badiiy adabiyot insonning ruhiy ozuqasi, hayotiy tayanchidir. Badiiy adabiyot o‘z mazmuni bilan fuqarolarning hayotiy faolligini oshirishda, jamiyat a‘zolarining ma‘naviyatini yuksaltirishda, davlat va xalq manfaatiga xizmat qilishda, ozod va obod Vatanni bunyod etishda, odamlarning dunyoqarashi, tafakkuri, ruhiyati, ishonch va e‘tiqodini rivojlantirishda xizmat qiladi va bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantiradi. Jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch - bu badiiy adabiyot. Shunday ekan, badiiy adabiyot asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy qadriyatlarni, ilg‘or demokratik qoida va tushunchalarni shakllantirish, boyitish, rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, boshlang‘ich ta‘lim bosqichida badiiy adabiyot orqali o‘quvchilarda xalqimizning tarixiy boy ma‘naviy meroslariga hurmat bilan qarash, avaylab-asrash shakllantiriladi. Merosimizni rivojlantirish asosida kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, ma‘rifat, ma‘naviyat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari kamol topadi.


Badiiy adabiyot orqali milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usini, vatanparvarlik, milliy g‘ururni shakllantirishni, ma‘naviy boy, jismonan sog‘lom, aqlan teran, barkamol avlodni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Badiiy adabiyot mazmunida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, har bir kishida nutq, muloqot madaniyatini shakllantirish chuqur o‘rin egallagan.
Badiiy adabiyot voyaga etayogan shaxsda nutq madaniyatini shakllantirishda ham, ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti ommabop tarbiya vositasi sifatida shaxsning madaniyatini shakllantirishda, siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, huquqiy, ekologik, jismoniy, iqtisodiy tarbiyalashda diqqatga sazavordir. Badiiy adabiyot hayotning barcha qirralarini aks ettirishi bilan boshqa san’atlardan ajralib turadi. Shu bilan birga badiiy adabiyotning tarbiyalanuvchi hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, dunyoqarashiga bir yo‘la ta‘sir etishi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida badiiy adabiyotning tarbiyaviy imkoniyatlaridan izchil foydalanish barkamol inson kamolotida muhim o’rin tutadi.
O’quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning asosiy manbalaridan biri badiiy asardir. Badiiy asar o’quvchining aqlini, bilimini, ahloqini va mantiqiy hissiyotini tarbiyalash bilan birga, uning lug‘at boyligini, nutq madaniyatini o‘stirish vositasi hamdir. Badiiy asar o‘quvchilarning nutqi uchun asosiy manba sanaladi, shuning uchun badiiy asarlar mazmunini puxta o‘zlashtirish ta‘lim jarayonida muhim o‘rin tutadi. Badiiy asar matni ustida turli usullar bilan qancha ko’p ish olib borilsa, ularning mazmunini o‘quvchilar shuncha puxta va chuqur o‘zlashtiradi va fikrini, nutqini ravon, aniq ifodalashga muvaffaq bo‘ladi. Buning uchun, avval, boshlang‘ich ta‘lim tarbiya tizimida badiiy adabiyotni chuqur o‘rganishga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. Chunki, badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish bilan birga, ularda xulq-atvor ko‘nikmalarini rivojlantirishda, xatti-harakatlar insoniy tuyg‘ularni tarkib toptirishda zarur vositalardan hisoblanadi. Bizga ma‘lumki, 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan davr bolalar nutqining rivojlanish davri hisoblanadi. Bolaning idroki, tafakkuri va nutqi unda biror narsani tushunib olishda yordam beradi. Demak, 10 yoshgacha bo‘lgan davrdagi bolalarning nutqi sodda va obrazli, ravon ifodalanishi mumkin. Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot tushunchasi turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan so‘z san‘ati bo‘lib, voqelikni bolalarcha idrok etish, bolalarcha tasavvur va tafakkur obrazlarida gavdalantiruvchi badiiy asarlar majmuasi hisoblanadi. Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish borasidagi pedagogik faoliyatni tashkil etishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
O‘quvchi badiiy adabiyotni o‘rganish jarayonida nutq madaniyatiga doir bilimlarni o‘zlashtirishi natijasida nutq his-tuyg‘ulari shakllanadi. Hayotda nimalar yuz berayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bo‘ladigan munosabatlar rivojlanadi. Boshlang‘ich ta‘lim bosqichi o‘quvchilarining idrok etish, xotiralash, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilibgina qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo‘lmasin, munosabat bildirish, ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatlar she’rlardan ta’sirlanish natijasida ro‘y beradi. O‘quvchi shaxsini o‘zgartiradi, barqaror tus oladi yoki yo‘qoladi. Nutqiy his – tuyg‘ulari kamol topadi. Nutq madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ta‘siri kuchli bo‘lib, undagi ma‘naviy-ruhiy muhit, voqea va hodisalar o‘quvchi tafakurini rivojlantirishda tarbiyaviy asos hisoblanadi. Badiiy adabiyot shaxsning ma‘naviyruhiy kayfiyatiga, uning nutq, muomala munosabatlariga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Har qanday kishining jamiyatdagi mavqei, kayfiyati, o‘zini erkin his etishi shoirning jo‘shqin she‘riga, yozuvchilarning asarlaridagi qahramonlarning muomala, ya‘ni muloqotni qanday amalga oshirishiga bog‘liqdir.
Shu boisdan kundalik hayotda biz uchun zarur hisoblangan badiiy adabiyotni bilish har bir o‘qituvchi uchun zarur. Badiiy adabiyot o‘quvchilarning so‘z san‘ati, muloqot, axborot, ma‘lumot almashinuvida, nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Badiiy adabiyotni o‘rganish natijasida o‘quvchilarda to‘g‘ri idrok etish, tushunish, anglash kabilar takomillashib boradi. O‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish faqatgina boshlang‘ich ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtiribgina qolmay, balki jamiyat taraqqiyotida ma‘naviy omil rolining oshib borishini taqozo etadi. Bugungi kunda badiiy adabiyot vositasida nutq madaniyatini shakllantirish shaxs kamolotining ustivorligini ta‘minlaydi. Shunday ekan, o‘qituvchini ushbu ishga ilmiy-metodik jihatdan tayyorlash, unga ijodiy yondashish, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, ularga mos mazmun va metodlar belgilashni taqozo etadi. Demak, o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirish o‘qituvchilarning pedagogik ijodkorligiga, ilmiy bilim va metodik malakalarni egallashiga, tajribasiga bog‘liq. Nutq madaniyatini shakllantirish ta‘lim jarayonida, sinfdan tashqari ishlarda ro‘yobga chiqadi. Bunda boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari badiiy asarni pedagogik tahlil qila olishda ilmiy-metodik yondashishi bosh masaladir. Badiiy asarni insoniy, axloqiy, estetik oziq manbai sifatida tahlil qilish nutq madaniyati bilan hamohangdir. Boshlang‘ich ta’limda badiiy adabiyotdan o‘quv-tarbiyaviy ishlarda to‘gri foydalanishning samaradorligi o‘qituvchining bilim saviyasiga, uning ixtisoslik bilim darajasiga va har bir asarni pedagogik tahlil qila olish mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchining badiiy asarni pedagogik tahlil qila olish mahorati adabiyotning ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanishning shartidir. Badiiy asar asosida o‘quvchilar nutq madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchining asosiy ish metodikasi: kasbiy tayyorgarligi, ta‘limiy va tarbiyachilik malakalari, ma‘naviy boyligi talab darajasida bo‘lishi zarur.
O’qituvchi o‘z o‘quvchilari nutq madaniyatini shakllantirishda quyidagilarni amalga oshirishi zarur: - badiiy adabiyotning muhim o‘rni, bilimlari va dunyoqarashini o‘stirish; - o‘quvchilarning nutq haqidagi bilim va malakasini oshirishda maktab hayoti va ta‘lim-tarbiyaga bag‘ishlangan eng yaxshi badiiy asarlar bilan tanishtirish; - bolalar adabiyotining axloqiy tarbiya, nutq madaniyati haqidagi asarlarini chuqur o ‘rganish; - sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarida qo‘llaniladigan asarlar ko‘lami va uning mazmuni bilan tanishtirish. Ushbu ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, yangi-yangi asarlarni o‘qishga qiziqtirish zarur. Shuningdek, badiiy adabiyotning o‘zaro hayot qonuniyatlari bilan bog‘liq tomonlari haqida o‘quvchilarga yo‘llanma berish ham o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Badiiy adabiyot doimo taraqqiyotda bo‘lganidek, nutq madaniyatini shakllantirish ham doimo o‘quvchilarning ijodkorligini, mustaqilligini rivojlantiradi.
Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot hayotni yaxlitlikda, barcha qirralarini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ushbu bobda badiiy adabiyotning tarbiyalanuvchi hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, dunyoqarashiga ta‘sir etuvchi imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Ma‘lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy qismini badiiy asarlar tashkil qiladi. O‘quvchilar badiiy asarni o‘qir ekanlar, ularning ko‘z oldida alohida manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo‘ladi. O‘quvchilar asarni o‘qish orqali yozuvchining ilgari surgan fikri, g‘oyasi bilan tanishadilar. Har bir asar bilan tanishish, uni o‘ylash va tushunish o‘quvchining nutqiga, dunyoqarashiga, xarakterning shakllanishiga, sezgisining takomillanishiga yordam beradi, ta‘sir qiladi. Yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusidir. Ota-bobolarimiz ma‘rifat va ma‘naviyatini, adabiyotni kelajak avlodga singdirish yo‘llarini qidirganlar. Ushbu izlanishlar samarasi o‘laroq badiiy adabiyot orqali komil insonni tarbiyalash asoslari shakllandi. Zero, badiiy asarni tahlil qilganda muhim bo'lgan omillardan biri o‘quvchilarga hissiy ta‘sir ko‘rsatishdir. Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyot yosh avlodning nutqini rivojlantirishga va nutq madaniyatini o‘stirishga katta imkon beradi. Undagi ijobiy va salbiy obrazlar o‘quvchilar qalbida o‘chmas iz qoldirishi natijasida ular mavzularning asl ma’nosini yaxshi tushunib, esda saqlab qoladilar. Chunki adabiyot kishiga ma’lumot berish bilan birga, o‘quvchining nutq madaniyatini shakllantirishda, hulq va ahloqini mustahkamlashda yordam beradi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirishda badiiy adabiyotning muhim o‘rni, nutq madaniyatini shakllantirishdigi omillari ko‘rsatilgan. Badiiy asarlar asosida o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishning mazmuni va vazifalari ishlab chiqilgan.
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilib kelinmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlar, chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodning barkamol shaxs sifatida shakllanishi, ulg‘ayishi, teran fikrlar yuritishi, o‘z o‘rniga ega bo‘lishi har bir jabhada olayotgan tarbiyaning bugungi O‘zbekiston kelajagi uchun voyaga yetishida imkoniyatlar eshigini keng miqyosda ochib bermoqda. Shunday ekan, bilimli va tarbiyali yoshlar yurtimizning kelajagidir. Bu borada Sharq donishmandlari aytganlaridek, “Eng katta meros–bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik esa-bu bilimsizlik “Shunday ekan, o‘z ustimizda tinmay ishlashimiz kerak”,-deb aytganlar Shavkat Mirziyoyev.
Ko‘rib turganimizdek bilim, ta’lim va tarbiya barchasi yaxlit tizimdir. Bularni barchasini bola ona qornidan boshlab toki oila, mahalla-kuy, ilm maskani va shu jarayonda hayot saboqlari davomida barchasiga ega bo‘lib boradi. Bu o‘z navbatida yosh avlodning Vatanni sevish, oqil inson bo‘lish, ota-onaga hurmat, keksalarni ulug‘lash, jamiyat bilan hamnafas yashashga zamin hozirlaydi. Biz maktab dargohiga qadam qo‘yar ekanmiz, ta’lim va tarbiyani birdek o‘rganmog‘imiz, eng samarali yo‘lni tanlashimiz, yurtga munosib farzand bo‘lish va yetuklik sari ilk qadamlarni tashlamog‘imiz darkor. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar hayotida o‘qituvchi, ot-ona va oilaning o‘rni beqiyosdir. Chunki ular bolaga ilk tarbiyani berish bilan birga, ularning har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash, bu orqali sog‘lom fikrlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi namuna bo‘la oladigan yoshlarni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shadilar. Bugungi kunda o‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishlari, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Buni biz boshlang‘ich sinflar uchun yaratilgan yangi dastur va darsliklarda ko‘rib guvohi bo‘lishimiz mumkin. Shunday ekan, har bir jarayon bolaning kitob o‘qishi, unga oshno bo‘lishi bilan bog‘liq. Ichki olamimizni hech narsa kitobchalik benazir boyita olmaydi. Ruhiyatingizni hech narsa kitobchalik o‘qish, o‘rganish, mehnatchalik muvozanatga, to‘g‘ri yo‘lga sola olmaydi. Kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, bahslashishda ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Ayniqsa, Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng boshlang‘ich sinflar uchun o‘qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko‘proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko‘proq e’tibor berildi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar hayot obrazlari orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subyektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy, amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga badiiy asarni o‘qitish, uni tahlil qilishni o‘rgatish bilan ularning fikrlash doirasi kengayadi, har bir jarayonni to‘g‘ri mulohaza qilishga o‘rgatadi. Shu asosda o‘quvchi dunyoqarashi o‘zgaradi. Badiiy asarlarni o‘rganishda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlikda ish olib boriladi. Chunki o‘qituvchi bolaning to‘g‘ri talqin qilishiga ko‘maklashadi.
Badiiy asarlar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi.
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2. Asarning g‘oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, sujet chizig‘i, qurilish va tasviriy vositalarni tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog‘lanishli nutqning o‘sishini ta’minlaydi.
3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qish o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Chunki o‘quvchi matnni o‘qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlanadi. Matnni tahlil qilishda o‘quvchilarda ijodiy fikr uyg‘onadi, ularda estetik did tarbiyalanadi. O‘qituvchi ta’lim berish jarayonida badiiy asarni o‘quvchi ongiga yetkazishda ko‘plab o‘xshatish va tasviriy vositalardan foydalanadi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyalarini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi. Badiiy asarlarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning uchun o‘quvchilar asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashgan taqdirdagina matnni to‘g‘ri o‘qish, qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatlarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy baholashi mumkin. Bunda o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarga badiiy asarni tadbiq etganda ularda tasvirlangan davr haqida o‘z ma’lumotlarini aytib o‘tishi darkor. Har bir badiiy asarlar tahlili o‘quvchi yoshiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Badiiy asar tahlilida qahramonlar nutqi monolog va dialog shaklida bo‘lishi mumkin. Monolog–asar qahramonining suhbatdoshiga, o‘ziga ba’zan kitobxon tomoshabinlarga qarata aytgan gap so‘zi va nutqidir. Diolog esa–badiiy asarda ichki personaj orasida bo‘lgan bahs-munozara, suhbatdir.
Monolog: Hamid Olimjon “Muqanna” Xalqqa ayting, men also o‘lganim yo‘q. Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q. Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman[2]. Dialog: Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” Ulug‘bek va Abdulatif dialogi:-Shahzodai juvonbaxt!–dedi sekin.–Taxtimning valiahdi sen eding. Ollohning inoyati bilan ko‘zim tirigida bu baxt senga nasib bo‘libdi, men bunga rozimen.-Balli sizga qiblagoh! Men bu taxtni birlamchi haq taoloning inoyati, ikkilamchi o‘z kuch-qudratim ila qo‘lga kiritdim[3]!
Boshlang‘ich sinflarda umuman badiiy asar tahlilida o‘quvchi fikrlash doirasi kengayadi, dunyoqarashi o‘sadi. “Bu qanday amalga oshadi?”-degan savol vujudga kelishi mumkin. Buni biz badiiy asarlar turiga kiruvchi hikoya, masal, ertak, she’r, maqol va topishmoq janr turlarini amaliy o‘rganish orqali o‘quvchi ongida shakllantirishga muvofiq bo‘lishimiz mumkin. Bularni barchasi bolalarga ta’lim va tarbiya, hayot saboqlarini berishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Turli janrdagi har xil badiiy asarlarning qurilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quvchilar ongiga ta’siri ham turlicha bo‘ladi. Ya’ni har bir janr o‘quvchilarni turli xil yondashishga chorlaydi. Hikoya - kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoyadagi qahramonlar xatti-harakatlari haqida bahslar yuritiladi. O‘qituvchi bolaga ularning eng go‘zal xislatlarini qalblariga singdirishlari va o‘zlariga kerak bo‘lgan xulosalarni shakllantirishlariga yordam beradi. Hikoya orqali o‘quvchilarning nutqi boyitiladi, o‘z mulohazalarini to‘liq ravishda aytishlariga imkoniyat yaratiladi. Shu bilan ularning lug‘at boyliklari ham kengaytiriladi. Har bir personaj hayotidagi voqealar rollar asosida o‘quvchilarga yetkazib borilsa, bu o‘quvchida ijodiy yondashish ko‘nikmasini hosil qiladi. Asar muallifning qisqacha ma’lumoti, ya’ni kampirning tongda ho‘kizdan xabar olgani bilan boshlanadi. Ana shundan keyin voqealar rivoji ma’lum vaqtgacha muallif ishtirokisiz kechadi. O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar voqealarni bir-biriga bog’lab turuvchi zanjir sifatida ishtirok etadi. Bunda yozuvchi personajlar holatini xalqona maqollar, matallar, shuningdek, iboralar yordamida yoritib bergan. Bu esa hikoyaning xalqchilligini ifodalaydi.
Masallarning o‘quv jarayonimizdagi ahamiyati esa unda inson xarakteriga xos bo‘lgan xususiyatlar masalda majoziy obrazlar hayvonlar, jonivorlar va o‘simliklar dunyosiga ko‘chiriladi. 3-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Qaysar buzoqcha” masali oilasi, o‘rtoqlari, do‘stlaridan ajralib yomon yo‘llarga kirib qolgan oqibatda ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Ushbu masaldagi asosiy xulosa ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo‘linganni bo‘ri yer” hikmatida o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari masal janridagi asarlar boladagi qo‘pollik, qo‘rslik, yolg‘onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi.
Badiiy asarning yana bir turi bo‘lgan ertak janri ham bolalarni yaxshilik qilishga, ezgulik kuchiga, qahramonlar xarakterlari orqali kuchli, botir, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lishga yetaklaydi. O‘qituvchi ertaklarni o‘qitish bilan axloqiy, ma’naviy tarbiyalarni o‘quvchi ongiga singdirib, shakllantirib boradi. Ertak atamasi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asarida ham keltirib o‘tilgan bo‘lib, biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini anglatadi degan qarashlar mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ko‘proq ertak o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘ladi. Chunki ular bolalik chog‘idan bobo-buvilaridan yoshi katta aka-opalaridan ertaklar eshitib, so‘z boyliklarini boyitib kelgan bo‘ladilar. Bu bilan ular o‘zlariga kerakli mulohazalarni qabul qilib oladi.
Maqol janri bilan ham bolalar har bir masal, hikoya, ertaklarni o‘rganib borishi davomida tanishib chiqadilar. Bu bilan badiiy asarlarning janr turlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ularning zamirida mehr-oqibat, ezgulik, sadoqat, vafo, vatanga muhabbat, o‘zlikni anglash kabi go‘zal hislar yotadi. O‘quvchi maqollarni o‘rganishda dunyoqarashi shakllanadi, to‘g‘ri va ongli o‘qish malakalari takomillashadi, maqoldagi har bir so‘zning va yaxlit maqolning ma’nosini to‘liq idrok etishga erishadi. 4-sinf “O‘qish kitobi”da keltirilgan “Mehnat–baxt keltirar”, “Mehnat–mehnatning tagi rohat” kabi maqollar bolalarni mehnatsevarlikka, boshqalarga yordam berishga undaydi. Har bir maqolda ezgu g‘oyalar mujassam bo‘ladi.
Umuman, boshlang‘ich sinflarda badiiy asarlarni tahlil qilish va idrok etishdan maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilimlarni berish bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni biz faqatgina badiiy asarlar tahlili asosida ko‘rib chiqdik. O‘quvchi yoshlar olayotgan ta’lim-tarbiyada ham kelajakda komil inson bo‘lish, har bir jarayon bilan bog‘liq ma’naviy ozuqalarni olish, bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar namoyon bo‘lishi bilan ularning ongi va tafakkuri yuksalib boradi.



Download 43.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 43.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quvchilarda badiiy asarning hissiy ta'siri va bola tarbiyasidagi ahamiyati

Download 43.04 Kb.