• Tadqiqotning o`rganilganlik darajasi
  • Kirish 1.Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi




    Download 43.04 Kb.
    bet2/8
    Sana26.06.2022
    Hajmi43.04 Kb.
    #24436
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    I bob disertatsiya
    otbor-priznakov-v-sobstvennoe-prostranstvo-obekta-na-osnove-mery-ego-kompaktnosti, 2021 yil 2 sentyabrdagi 254-sonli buyrug’ining mazmun mohiyati., tarix-ta-limida-ta-limiy-o-yin-texnologiyalari-afzallik-va-xususiyatlari, 161-turizm Boltayev G\'ulomjon Xalqaro kurs ishi, 8-laboratoriya ishi, INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI 2, 2 NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI O\'RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO’NIKMALARINI TARKIB TOPTIRISH, she\'riyat - ruhiy munosabat, da, 1, 9 sinf nazorat, 1000032374, matematik o\'yin, Transport va muhandislik obodonlashtirish 1.0
    Kirish
    1.Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi.
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ,binobarin 2022-2026 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi loyihasini hayotga kirib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash ,ularning ta’lim-tarbiyasini barpo etayotgan yangi O‘zbekiston talablariga mos holda sifat jihatdan yuqori pog‘onaga ko‘tarish, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o’quvchilarini masalani muhokama qilib yechishga o’rgatish orqali mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash ularning bandligini ta’minlash, hayotga o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasini o‘ta dolzarb ijtimoiy pedagogik muammo hisoblanadi.
    Ushbu muammoni hal etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o‘rta ta’lim maktablari( boshlang‘ich sinflari)da darslarni muhokamali va muammoli tarzda tashkil etish salmoqlidir. Zero, o‘rta ta’lim o‘quv dasturlariga hayot va kelajak faoliyat uchun zaruriy bilimlar bilan qurollanadilar, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar, o‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida aqliy qobiliyatlarini o‘stiradilar, ilmiy salohiyatlarini yuksaltiradilar, jismoniy kuchlarini rivojlantiradilar, ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptirib faol bilimlarni puxta egallashlariga xizmat qiladi. Shunga asosan, boshlang‘ich sinf darsliklaridagi badiiy asarlar mohiyati,mazmunini,g'oyasini óquvchilarga yetkazib berish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
    Tadqiqotning o`rganilganlik darajasi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ,,...oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun keng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarur, oliy o’quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlarini ko’paytirib, yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim’’ deb ta’kidlangan.
    Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning- ,,Mustaqil fikrlaydigan yoshlarimizning yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishida, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etish kerak.’’ deya bildirgan fikrlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar asosida o’z tasdig’ini topmoqda.
    Yuqoridagilarni e’tiborga olib, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga katta e’tibor qaratilishi lozim.
    Badiiy asar tahlili yuzasidan D. Qur'onov, U. Rasulova, Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Hujanboyeva Q., Hazratqulov M., Jamoldinova Sh., kabi o’zbek olimlari ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu va boshqa tadqiqot ishlarida badiy asar tahlilining turli usullari va yo’nalishlari, ularning o’quv jarayonida adabiyotga qiziqish va muhabbat uyg'otishda qo’llanilishi, o’quv fanlararo aloqadorlik asosida tanlangan ta’lim mazmuniga qo’yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan hal etilgan.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, boshlang’ich sinf darsliklaridagi badiiy adabiyot namunalarini muhokamali yondashuv asosida o'qish darslarini tashkil etish, ma'naviy va marifiy kónikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni hayotga yo’naltirish muhim pedagogik muammo bólib qolmoqda.
    Ilmiy-nazariy adabiyotlar va tarixiy-metologik manbalar hamda ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili, shuningdek umumiy ta’lim maktablarining amaliy tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, barkamol avlod va uning tarkibiy qismlari, mamunan o‘rin olgan o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga oid Respublikamizda anchagini ishlar amalga oshirilgan, risola, monografiyalar yozilgan tadqiqot ishlari bajarilgan. Ammo muhokama asosida darslarni tashki etish va uning muhim tarkibiy qismini tashkil etilgan fanlarni shakllantirishning innovasion texnologiyalari maxsus ilmiy tadqiqot ishi sifatida amalga oshirilgan. Holbuki, Yangi O’zbekistonni qurish huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish o’quvchi-yoshlarda bu jarayonda fuqarolik pozisiyasini shakllantirish muammosini tadqiq qilish lozimligini toqozo etadi.

    Download 43.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 43.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish 1.Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi

    Download 43.04 Kb.