• (A1+); A2(A2+)
  • FK-fanga oid kompetensiyalar
  • Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si)
  • Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi




    Download 0.8 Mb.
    bet7/16
    Sana14.04.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #51182
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar
    Mashinasozlik chizmachiligidan ma`lumotnoma
    Kompetentlilik – (lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Ko`zlangan natijalarga erishish uchun bilim,ko`nikma va malakalarni notanish vaziyatda qo`llay olish qobiliyatini namoyish eta olishni bildiradi. Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko`nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati, real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi. Ta’limiy kompetensiyalar ikki guruhdan iborat: tayanch (umumiy) va maxsus (fanga oid). Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Lekin shu bilan birga, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantirilishi belgilandi. Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)); B1(+B1) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.

    1. TK-tayanch kompetensiya

    1. TK1-kommunikativ kompetensiya

    2. TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi

    3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

    4. TK4- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

    5. TK5- milliy va umummadaniy kompetensiya

    6. TK6- matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    1. FK-fanga oid kompetensiyalar

    1. FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi

    2. FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

    3. FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi

    Pedagogika adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YuNESKO ta’rifidir.
    Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida inson va texnika iimkoniyatlari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olib o‘quvchilarda bilim, ish-harakat usullari va ijobiy shaxsiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi loyihalashtirish, tatbiq etish (amalga oshirish), natijalarni maqsad bilan qiyoslab kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.

    Download 0.8 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi

    Download 0.8 Mb.