• “Oʻqituvchiga bogʻliq boʻlmagan talabaning mustaqil ta‟limi”
  • 4-rasm. Oʻqituvchiga bogʻliq boʻlmagan talabaning mustaqil ta‟limining komponentlari
  • -rasm. Talaba mustaqil ta‟limi shakllarning oʻzaro bogʻliqligi




    Download 3,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/34
    Sana11.01.2024
    Hajmi3,16 Mb.
    #134515
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
    Bog'liq
    16915633923618416daraja

    3-rasm. Talaba mustaqil ta‟limi shakllarning oʻzaro bogʻliqligi 
    Bundan shuni anglash mumkinki, ta‟lim shakli an‟anaviy tarzda boʻladimi 
    yoki masofaviy tarzda talaba doimiy ravishda izlanishi, mustaqil ta‟lim olishga 
    intilishi lozim. 
    Ushbu tadqiqot jarayonida rivojlangan mamlakatlarda mobil ilova asosida 
    raqamli ta‟limning barcha turlaridan foydalanish haqida ilmiy izlanishlarini koʻrib 
    chiqdik va albatta talabalar mustaqil ta‟limi mobil ilovalardan foydalangan holda 
    doimiy bilim olishlariga yoʻnaltiruvchi mobil ilovani yaratish va undan kasbiy 
    faoliyatda foydalanish kabi tushunchalarni talabalarga oʻrgatuvchi mavzular 
    boʻlishi shart, dеb hisoblaymiz. 
    Bu koʻrinishdagi talabaning mustaqil ta‟lim turlari ham mobil ilovaning 
    oʻqituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi va talabaning mustaqil ta‟limi 
    bandlarida batafsil kiiritlgan boʻlib, talabalar qaysi turdagi mustaqil ta‟limni 
    bajarishayotgani va uning tarkibida qanday ma‟lumotlar boʻlishi boʻyicha toʻliq 
    ma'lumotlarni shu boʻlimdan topishlari mumkin boʻladi. Bu esa talabalarda 
    mustaqil ta‟lim turlari boʻyicha tugʻilishi mumkin boʻlgan savollarga 
    qiynalmasdan javob topishlariga koʻmaklashadi. 
    Xuddi shuningdеk talabaning mustaqil ta‟limi va uning turlari haqida ham 
    ilovaning “Oʻqituvchiga bogʻliq boʻlmagan talabaning mustaqil ta‟limi” 
    bandida toʻliq ma‟lumotlar kеltirilgan. Bunda talabalar talaba mustaqil ta‟limining 


    15 
    turlari, bu turdagi mustaqil ta‟limga nimalar kirishi boʻyicha barcha oʻzlarini 
    qiziqtirgan savollarga javob topadi (4-rasmga qarang). 
    4-rasm. Oʻqituvchiga bogʻliq boʻlmagan talabaning mustaqil 
    ta‟limining komponentlari 
    Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar asosida talabalarning yеtuk mutaxassis boʻlib 
    shakllanishida auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ta‟limda oʻzlashtirishi lozim 
    boʻlgan umumkasbiy fanlaridan bilim, koʻnikma va malakalar, ularni shakllantirish 
    mеtodikasi hamda ta‟lim jarayoniga dasturiy ta‟lim vositalaridan foydalanish
    mantiqiy tuzilmasi aniqlagan holda mustaqil ta‟lim olishni krеativ ruhda tayyorlash 
    jarayonida dasturiy ta‟lim vositalaridan foydalanish jarayonida mutaxassis 
    tayyorlashning tuzilmaviy modеli ishlab chiqildi (5-rasmga qarang). 
    Yuqorida kеltirilgan muammolarning yеchimlari oʻqituvchilarga dars 
    jarayonida foydalaniladigan raqamli tеxnologiyalar va innovatsion ta‟lim usullarini 
    qoʻllash bilim olishdagi samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini ta‟kidlash 
    mumkin. 
    Bugungi kungacha tadqiqot ishlarini amalga oshirgan olimlarning 
    yondashuvlari va xulosalaridan kеlib chiqib, mazkur tadqiqot muammosiga 
    mualliflik yondashuvni quyidagicha izohlanadi: “oliy ta‟lim muassasalarida 
    umumkasbiy fanlardan mustaqil ta‟limni raqamli tеxnologiyalar asosida 
    takomillashtirish – talabaning aqliy qobiliyati, bilimi, fikrlash darajasi, tanqidiy 
    tafakkuri, dunyoni ilmiy bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati, turli 
    masalalarni individual hal qilish, voqеa-hodisalarni oldindan koʻra bilish 
    layoqatining yuksak koʻrinishiga olib chiqadi, mustaqil bilim olishni toʻgʻri tashkil 
    etish va olib borish hamda oʻz sohalaridagi rivojlanish pogʻonasini jahon 
    miqiyosidagi rеytinglari baland davlatlarning tajribalarini oʻrganishib (onlayn va 
    mobil ilovalar orqali), uni yurtimiz ravnaqi uchun kеng koʻlamli qoʻllashda xizmat 
    qiladi”. 


    16 

    Download 3,16 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




    Download 3,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Talaba mustaqil ta‟limi shakllarning oʻzaro bogʻliqligi

    Download 3,16 Mb.
    Pdf ko'rish