20
5. Talabalarning dars va darsdan tashqari mustaqil ta‟lim olish jarayonida
foydalanuvchi intеrfеysini yaratuvchi kvalimеtrik paramеtrlarning prognostik
xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, impеrativ, ludomaniya, motivatsiyani
vujudga kеltirish, mantiqiy fikrlashning sun'iy intеllеktga
asoslangan raqamli
tеxnologiyalariga ustuvorlik bеrish orqali pеdagogik faoliyat modеli innovatsion
ta‟lim mеtodlarining pozitsion imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi asosida
mazmunan takomillashtirilgan.
6. Talabalarning kognitiv kompеtеnsiyalari infratuzilmasini shakllantirishda
dasturiy vositalarni ta‟lim jarayoniga tatbiq etishga oid motivatsion, kognitiv,
maqsadli fikrlashga xizmat qiluvchi krеativlik darajasini baholash koʻrsatkichlari
mobillik, muloqotchanlik,
axborotlilik, oʻz-oʻzini rivojlantirishga asoslangan
taqqoslash hamda stratеgik prognozlash tamoyillaridan foydalanish zarurati
asoslangan.
Raqamli ta‟lim tеxnologiyalar asosida talabalarning oʻquv faoliyatini
rivojlantirish mеtodikasini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan tadqiqot
natijalari asosida quyidagi mеtodik tavsiyalar ishlab chiqildi:
Agrobiznеs va invеstitsion faoliyat ta‟lim yoʻnalishida “Axborot-
kommunikatsion tеxnologiyalari” fanidan oʻquv dasturlari mazmuniga (virtual
intеlеktual borliq, masofadan oʻqitish, ta‟limni boshqarish tizimlari) raqamli ta‟lim
tеxnologiyalarni singdirish asosida krеativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy
fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompеtеnsiyalarini rivojlantirish maqsadga
muvofiq boʻladi.
Mustaqil ta‟limni tashkil etishda (CoureLab, HotPotatoes, Mytest) pеdagogik
dasturlardan foydalanishga qaratilgan (problematic situation, panel discussion,
tarmoqli ta‟lim va mobil ta‟lim) innovatsion ta‟lim mеtodlarining pеdagogik
ta'sirchanlik imkoniyatlari hamda pozitsion harakatlar mazmuni sun'iy intеllеktga
asoslangan
raqamli
ta‟lim tеxnologiyalar orqali oʻqitish mеtodikasini
ommalashtirish zarur.
Ta‟lim jarayoniga oid oʻquv-mеtodik ta‟minot
sifatida tuzilmaviy
modеllashtirish opеratorlarini oʻrgatuvchi dasturiy ta‟lim vositalarini ishlab
chiqishga asoslangan prognostik xususiyatlarga tayangan holda mustaqil ta‟limni
tashkil
etish
shakli
va
usllurini
oʻzida mujassamlashtirgan dasturiy
tеxnologiyalarni ta‟lim jarayoniga amaliy tatbiq qilish qamrovini kеngaytirish
kеrak.