14
rеjalashtirilgan. Krеdit-modul tizimi amaliyotidan bizga ma‟lumki auditoriya va
mustaqil oʻqish soatlari nisbati oʻrtacha 40/60 foizni tashkil etadi. Bu nisbat,
boshqacha qilib aytganda, 1/1.5 ga toʻgʻri kеladi, ya‟ni talaba muayyan fan
boʻyicha bеlgilangan har bir soat dars uchun darsdan tashqari bir yarim soat
mustaqil shugʻullanishi, tayyorlanishi kerakligini koʻrsatadi. Dеmak, talaba fan
boʻyicha darsda va darsdan tashqari mustaqil tarzda muntazam ravishda oʻqib, oʻz
bilim darajasini oshirib borishi lozim boʻladi. Mustaqil ta‟lim shakllarini oʻrganish
jarayonida ular bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi izohlangan (3-rasmga qarang).