• "Atom molekula” o’yini.
  • “Sen bo’shsan” o’yini.
  • "Loto” o’yini
  • Burchaklar metodi




    Download 206,99 Kb.
    bet19/39
    Sana15.05.2024
    Hajmi206,99 Kb.
    #234014
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
    Bog'liq
    Burchaklar metodi-fayllar.org

    “Do’stingni top” o’yini.

    Butun sinf o’quvchilariga kartochkalar beriladi. Kartochkalarda fizik kattaliklarning belgilari yozilgan. Bolalarning vazifasi 3 minut davomida o’ziga berilgan fizik belgi bilan formula tuzish mumkin bo’gan belgili o’quvchini ya’ni qo’shnisini topish. Topgandan so’ng 3 ta belgini to’g’ri joylashtirib qaysi fizik kattalikning belgisi paydo bo’lganini aytib berish. U haqida biladigan barcha ma’lumotlarni aytish. O’yin tugagandan so’ng o’quvchilarni rag’batlantirish va ularning o’yinga munosabatlarini so’rab olish.


    "Atom molekula” o’yini.

    Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. Bolalarga “atom” deb xitob qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta o’quvchi birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, vodorod molekulasi xitob qilinsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil qiladilar . Agar kislorod molekulasi deyilsa u holda 2 ta bola birlashib kislorod molekulasini hosil qiladi. O’yin davomida bironta o’quvchi birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini ko’rsatish talab etiladi.


    “Sen bo’shsan” o’yini.

    O’yinda 3 ta bola qatnashadi. Boshqaruvchi tomonidan ketma-ket bolaning ismini aytgan holda savollar beriladi. Ular javob beradilar. Mabodo javob bermasa qolgan o’tirgan o’quvchilardan so’raladi. Har bir bolaga 5 ta dan savol berilgandan so’ng ular o’yindan chiqarish uchun 1 kishining ismini yozadilar. Agar birtadan to’g’ri kelsa, o’sha o’yin davomida g’olib o’quvchi kimni chiqarish uchun ism aytadi. Keyin bola o’yindan cyiqadi. Chiqish davomida nimani bilmadi va bilib olganligi haqida so’zlab beradi.


    "Loto” o’yini

    5 ta o’quvchini o’yinga taklif etiladi. Ularga kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarda qopdagi kartochkalarga mos fizik terminlar, kattalik, formula, belgilanishlar mavjud. O’yinni boshqaruvchi bola qopdagi kichik kartochkalarni olib nima yozilganligini o’qiydi. Bolalar qo’llaridagi kartochkaga qarab tog’ri kelganini ochiradilar. Kimniki 1 – bo’lib to’lsa o’sha bola g’olib hisoblanadi. O’yin tugagandan so’ng bolaning o’yinga munosabati so’raladi.



    Download 206,99 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




    Download 206,99 Kb.