“Zakovat o’yini”
Bu o’yinni tashkil etishdan oldin, o’quvchilarga topshiriqlar beriladi. Shu topshiriqlarni a’lo darajada bajarib topshirgan o’quvchilar o’yinga jalb etiladi. Ular (6 o’quvchi) sinf o’rtasida qo’yilgan partaga guruh bo’lib o’tiradilar. Qolgan o’quvchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob beradilar. O’yinni bir o’quvchi olib boradi. O’yin orasida musiqali tanaffus ham bo’ladi. O’yin 10 bosqichdan iborat bo’ladi. O’yin davomida guruh savolga javob bera olsa, unga ball beriladi. Agar javob bera olmasa ball savol bergan o’quvchiga beriladi.
“Gaz, suyuqlik, qattiq” harakatli o’yin.
O’yinga butun sinf o’quvchilari taklif etiladi. Ularning har biri molekula bo’ladi. O’quvchilarga o’yin sharni tushuntiriladi.
Agar gaz holati deyilsa ular bir-biridan uzoq-uzoq joylashib tartibsiz harakat qiladilar. Agar suyuqlik desak ular bir-biriga ozgina yaqinroq kelib, yana tartibsiz harakat qiladilar. Agar qattiq jism desak ular aylanalarni tashkil qilishlari kerak. Aylanalarda taxminan 6tadan bola bo’lishi mumkin.
Ular bir-biriga yaqin turib, bir joyga turgan holatda tebranib turishlari lozim. Bu o’yin o’quvchilarga gaz, suyuqlik, qattiq jismlar molekulalarining tuzilishidagi farqni anglashga yordam beradi.
“Ziyraklik” o’yini.
Bu uyinda o’quvchilar 2 guruhga bo’linib, sinf xonasida bir-biriga qarab tiziladilar. 1 guruhdagi 1 chi o’quvchi birta fizik termin aytadi. 2 guruhdagi 1 o’quvchi uning nimaligini aytadi. Keyin 2 guruhdagi 2 o’quvchi fizik termin aytadi. 1 guruhninig 2 chi o’quvchisi nima ekanligini tushuntiradi. O’yin shunday oxirgi o’quvchigacha davom etadi. O’yin tugagandan syng o’quvchidan o’yinga munosabati qandayligi va o’yida o’zini qanday his qilganligi so’raladi.
"Atom molekula” o’yini.
Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. Bolalarga “atom” deb xitob qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta o’quvchi birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, vodorod molekulasi xitob qilinsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil qiladilar . Agar kislorod molekulasi deyilsa u holda 2 ta bola birlashib kislorod molekulasini hosil qiladi. O’yin davomida bironta o’quvchi birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini ko’rsatish talab etiladi.
|