|
Tezkor savol-javob o’yini “28ga28”
|
bet | 23/39 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 206,99 Kb. | | #234014 |
Bog'liq Burchaklar metodi-fayllar.orgTezkor savol-javob o’yini “28ga28”
Bu o’yinda o’qituvchining 28 ta savoliga o’quvchi 28 ta javobni 3 minut vaqt ichida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi tartibidagi so’z yoki harflar bilan berishi shart.
1. Suyuqlik zichligini o’lchovchi asbob - Areometr
2. Atmosfera bosimini o’lchovchi asbob – Barometr
3. Kuchni o’lchovchi asbob – Dinamometr
4. Qanday tebranishlar so’nuvchi bo’ladi – Erkin
5. Kuch qanday harf bilan belgilanadi – F
6. Erkin tushish tezlanishini aniqlagan olim – Galiley
7. Kub qirrasi uzunligini 2 marta o’zaro ko’paytirilsa, uning qanday kattaligi topiladi – hajmi
8. Qanday harakatda, jismga o’tkazilgan ixtiyoriy to’g’ri chiziq, o’z-o’ziga parallel ko’chadi – ilgarilanma harakatda
9. Ish va energiyaning o’lchov birligi – Joul
10. Absolyut temperaturaning o’lchov birligi – Kelvin
11. Induksion tokning yo’nalishini aniqlagan olim – Lens
12. Tebranuvchi jism qanday ataladi – mayatnik
13. Butun olam tortishish qonunini aniqlagan olim – Nyuton
14. Yorug’lik hodisalarini o’rganuvchi fizikaning bo’limi – Optika
15. Bosim qanday harf bilan belgilanadi? – P
16. Harakatda havoning to’sqinlik qiluvchi kuchi – qarshilik
17. Zanjirdagi tok kuchini rostlovchi asbob – reostat
18. Vaqtni o’lchovchi asbob – soat, sekundomer
19. Tebranish davri qaysi harf bilan belgilanadi – T
20. Elektr kuchlanish qaysi harf bilan belgilanadi – U
21. Elektr tokining quvvatini o’lchovchi asbob – vattmetr
22. Inglizchada “iks” o’zbekchada – x
23. Jism harakat trayektoriyasi uzunligi – yo’l
24. Oq yorug’lik spektrida qizil va sariq ranglari orasidagi rang – zarg’aldoq
25. Elektromagnitdagi sim o’ramlaridan tashqari ikkinchi asosiy qismi – o’zak
26. Magnit maydoni hosil qiluvchi simli o’ram – g’altak
27. Eng ko’p ishlatiladigan universal laboratoriya asbobi – shtativ
28. Neytronni kashf qilgan olim – Chedvik.
“Anogramma” o’yini
Bu o’yinda o’quvchiga berilayotgan so’zlar faqat biror hodisa, mavzu asosida yoki boshqa biror jihatlari bilan umumiy xususiyatga ega bo’lib, ular ichida faqat bittasi “begona” bo’ladi. O’quvchi ana shu so’zni aniqlay olishi va javobini izohlay olishi kerak. Anogrammalarda misollar:
1. Galiley, Nyuton, Paskal, Torrichelli, Rezerford
Javob: Rezerford – chunki, u mexanika bilan shug’ullamagan.
2. Detsi, santi, milli, mikro, nano, piko, kilo
Javob: kilo – chunki, bu o’nga karrali bo’lgan sonni, (1000 ni), anglatuvchi old qo’shimcha.
3. Voltmetr, Ampermetr, Vattmetr, Dinamometr, Potensiometr, Reostat, Rezistor
Javob: Dinamometr – chunki u elektr asbobi emas.
4. Qizil, zarg’aldoq, sariq, oq, yashil, havorang, ko’k, binafsha
Javob: Oq – chunki oq rang spektrni hosil qilsada, o’zi spektr tarkibiga kirmaydi.
5. Kinetik, potensial, ichki, tashqi, mexanik, issiqlik, elektr, yorug’lik, yadro
Javob: tashqi chunki, fizikada “tashqi energiya” tushunchasi yo’q. Qolgan so’zlar energiyaning turli ko’rinishlarini ifodalayapti.
|
| |