Oz qo’ysangiz sol deydi,
Ko’p qo’ysangiz ol deydi.
Joni borga o’xshar
Issig’ingni o’lchar.
Sutkamiz hisobchisi
Dam olmoqni bilmas hech
Tokcha devor qoldi u
Cho’t qoqadi erta-kech.
Tiniqligi suvga o’xshar
Neki boqsa aksi tushar
O’zi qattiq temir emas
Qo’zg’atsangiz qimir etmas.
Yuzta aka-uka
Hammasi barovar
Qani o’ylab topingchi
Kim ekan o’zi bular.
Buvimda bor bir chiroq
Yonib turmaydi biroq
Ish tikar bo’lsa bivim
Taqib oladi har choq.
Bekorchi kerakmas
Ishlaganga bilinmas
O’zi qo’lsiz-oyoqsiz
Qarasangiz ko’rinmas.
Beqasamdan yo’li bor,
Osmon-falakda chiqar.
Ko’zda ko’rinmas
Qo’lga ilinmas
Shusiz hech joyda
Hayot ham bo’lmas.
10. Goh simobdek oqaman
Goh tutundek uchaman
Goh tosh kabi qotaman
Men birlashsam kuchliman.
11. Suvga solsam botmaydi,
Baliqlar ham yutmaydi.
12. Bir ko’z bilan tikilib
Yaratuvchi yuzimni
So’ngra oppoq qog’ozda
Aks ettirdi o’zimni.
13. Havo rangli suv emas
Ko’prigi bor ko’l emas
O’zi ko’rmas ko’rsatar.
14. Shishali yo’lak bo’ylab
Sergak oyim yuradi
Ob-havo nafasin
Birga aytib beradi.
15. Yoqdir qo’lin oyog’i
Na ko’rinar qulog’i
Ammo unga bir qadam
Yer shari oyu, zuhra.
16. G’ildiraksiz qanotsiz
Uchadigan minora
U bor bizga bir qadam
Osmondagi sayyora.
17. Suv ichida shag’illal
So’ng ishlaydi vag’illab
Simlardan taranar
Har xonani yoritar.
18. Simdan oqar arig’i
Birga yoqar yorug’i.
19. Po’lat qushim uchdi-ketdi
Bir zum o’tmay oyga yetdi.
20. Olamga dong taratgan
Inson qo’li yaratgan
Charchamay ko’kni kezar
Har kim tovushin sezar
Ko’ksida “Tinchlik” so’zi
Yurtimizning yulduzi Fanimizning quyoshi.
21. Ikki singil
Og’ir yengil.
22. Suvga tushsa suv bo’lmaydi
Loyga tushsa loy bo’lmaydi.
23. Igna uchi yaltiroq.
24. Qishda kelar
Yozda ketar.
25. Qaraganda qaraydi
Xuddi sizday bo’lib
Soch tarasa taraydi
Kim bo’lsa taqlid qilib.
26. Tokchada uning joyi
Meni uyg’otar doim
Yursa hamki erta-kech
Joyidan jilmaydi hech.
27. Sayohatda as qotar
Asbob nomi kim bilar.
28. Yerning tabiiy yo’ldoshi
Oydindagi soz boshi.
29. Qizaradi so’nmaydi
Usiz giyoh unmaydi.
30. Yer sharining to’rtdan uch qismin
Egallaydi ranggi yo’q modda
Unday kuchli erituvchi kam
Boshlangandir undan hayot ham.
31. Suvlar unga mehmondir
U beshinchi ummondir.
32. Rangi boru shakli yo’q
Uningsiz hayot ham yo’q.
33. Yer yuzasi oy kabi
Qizib kech sovib kelmas
Meteoritlar cho’g’ bo’lib
Ne sabab yetib kelmas?
34. Ming chiroqda yuzta son
O’lchar yuza va tomon.
35. Ot oladi mashina Elektr olib undan.
U esa olar zaryad
Kislota hamda suvdan.
36. Uzun tiniq shishadan
Shkalali: stakan
Oz kerakmi yoki ko’p
Suv miqdorin o’lchanar.
37. Yorug’i bor
Dovrug’i bor
O’zi yoq
Ovozi bor. 38. Simdan oqib keladi
Shamol kabi yeladi
Olam-olam kuchi bor
Uy ishiga u tayyor.
39. Juda tiniq bir shisha
Yorug’ berar hamisha
Lekin u chiroq emas
Pilik hamda yog’ demas
Havo kirmas ichiga
Hamma qoyil ishiga.
40. Sen ichida tursang tikka
Olib chiqar yuksaklikka.
41.Qo’l-oyog’i yoq yuradi
Urib turar yuragi
Har kuni uning qulog’i
Dadajonim buraydi.
42. Shakli o’xshaydi nokka
Nur sochadi har yoqqa
Kerakmas unga gugurt
U bilan ravshandir yurt.
43. Ovozi bulbul
Ochadi ko’ngil
Senga ham nafas
Fikringga zapas
Qo’shadi hissa
Milloonlar qissa.
44. Bir sim bor xo’p uzun
Ketgan juda uzoqqa
Eshitasan sozini
Tutib ko’rsang quloqqa.
45. Kerak har bir xonadonga
Issiqligi huzur jonga
Televizor xolodelnik
U bor bo’lsa jonli tirik.
46.Qorga o’xshar emas qor
Qor kabi sovug’i bor
Quyosh chiqqan zamoni
Yo’qo’lar o’sha oni.
47. Chopsa chopilmaydi
Yopsa yopilmaydi
Bulutli kun har qancha
Izlasang topilmaydi.
48.Poyonsiz mato uzra
Sochildi behisob cho’g’
Shunday turib tonggacha
Bir joyi kuygani yo’q.
49. Tunni qilar kunduzday
Nur sochadi yulduzday.
50. Dengizda suzar bo’lsang
Tog’larda kezar bo’lsang
Yo’l ko’rsatib turaman
Odamga men jo’raman
.
Topishmoqlar javobi:
Tarozi. 2,Termometr 3Soat 4.Ko’zgu 5.Santimetr
6.Ko’zoynak 7.Vaqt 8. Kamalak 9.Havo 10. Suv 11. Propka 12. Fotoapparat 13. Ko’zoynak 14. Termometr 15. Kosmik kema
16. Kosmik raketa 17. G E S 18. Elektr toki 19. Raketa
20. Yer suniy yo’ldoshi 21. Tarozi 22. Soya 23. Shudring
24. Bug’ 25. Ko’zgu 26. Soat 27. Kompas 28. Oy
29. Quyosh 30. Suv 31. Atmosfera 32. Havo 33Atmosfera borligi uchun 34. Santimetr 35. Akkumulyator
36. Menzurka 37. Yashin momaqaldiroq 38. Elektr toki
39. Lampochka 40. Lift 41. Soat 42. Lampochka
43. Radio 44. Telefon 45. Elektr toki 46. Qirov
47. Soya 48. Yulduz 49. Lampochka 50. Kompas