Matbuot materiallardan foydalanish




Download 206,99 Kb.
bet5/39
Sana15.05.2024
Hajmi206,99 Kb.
#234014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Burchaklar metodi-fayllar.org

Matbuot materiallardan foydalanish.
Har bir darsda o’qituvchi qo’shimcha materiallardan va matbuot materiallaridan foydalanishi lozim. Masalan: 2005 yil "Fizika,matematika, informatika" ilmiy - uslubiy jurnalining 1 sonidan foydalanish mumkin. Unda quyidagi maqolalar chiqgan.
"Issiqxona" effekti xavflimi?
"Moddalarning plazma holati"
"Elektron darsliklar - masofaviy o’qitish asosi sifatida".
I.Karimovning 2005 yil 28 yanvarda "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida "Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir" ma'ruzasidan foydalanib tuzilgan masalalardan
darslaringizda yechish tavsiya etiladi.
1 masala Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy avtomobil koprigidan yengil avtomobil 60 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanib o’tgan bolsa, u koprikdan qancha vaqtda o’tgan? Avtomobilni moddiy nuqta deb oling.
2-masala Amudaryo uzra uzunjigi 681 metrlik zamonaviy avtomobil ko'prigidan yengil avtomobil 42 sekundda o'tgan bo'lsa, u ko'prikdan qanday tezlik bilan harakatlanib o'tgan?
3-masala 2005 yilda ishga tushirilgan Amudaryo uzra zamonaviy avtomobil ko'prikdan yengil avtomobil 42 sekundda 16,215 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib o'tgan bolsa, ko'prik uzunligini aniqlang?
4-masala 2005 yilda ishga tushirilgan Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 72 km/soat tezlik bilan tekis harakatlangan poyezd temir yo'l ko'prigidan qancha vaqtda o'tgan? Poyezdning uzunligi 120 metrga teng.
5-masala Poyezd Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 40 sekundda o'tgan bo'lsa,u qanday tezlik bilan harakatlangan? Poyezd uzunligi 120 metrga teng.
6-masala Poyezd 2005 yilda O'zbekistonda ishga tushirilgan Amudaryo uzra qurilgan zamonaviy temir yo'l ko'prigidan 72 km/soat tezlik bilan 40 sekundda o'tgan bo'lsa,ko'prik uzunligini aniqlang? Poyezd uzunligi 120 metrga teng.
7-masala 2005 yilda ishga tushirilgan yangi Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on temir yo'l magistrali Toshguzar-Dehqonobod uchastkasining uzunligi 57 kmdan iborat. Poyezd qancha vaqtda shu masofani 20 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib o'tadi. Poyezdni moddiy nuqta deb hisoblang.
8-masala 2005 yilda O'zbekistonda ishga tushirilgan Toshguzar-Boysunning uzunligi 57 kmga teng. Poyezd yo'lining shu qismini 47,5 minutda bosib o'tgan bo'lsa,uning tezligini aniqlang.
9-masala O'zbekistonda 2005 yilda ishga tushirilgan Toshkent Boysun -Qumqo'rg'on temir yo'l magistrali Toshguzar-Dehqonobod uchastkasini poyezd 72 km/soat tezlik bilan 47,5 minutda bosib o'tgan bo'lsa,yo'lning uzunligi qancha?
10-masala Toshkent-Samarqand yo'nalishi bo'yicha elektr poyezd 5soatdan so'ng manzilda bo'ladi. Agar elektr poyezd 350 km masofani o'tgan bo'lsa,elektr poyezdning tezligini toping.
11-masala
Samarqand-Toshkent yo'nalishi bo'yicha elektr poyezdi 70km/soat tezlik bilan 350 km masofani bosib o'tsa,qancha vaqtda manzilga borib yetadi.
12-masala Uzunligi 681`metr bo'lgan Amudaryo uzra qurilgan ko'prikdan velosipedchi 8 m/s tezlik bilan harakatlanib o'tsa, qancha vaqtdan so'ng daryo sohilidan o'tadi?
13-masala Traktor 2,5m/s tezlik bilan Amudaryo Uzra uzunligi 681 m lik avtomobil ko'prikdan o'tgan. Ikki sohil orasidagi masofani traktor qancha vaqtda bosib o'tadi?
14-masala Amudaryo uzra uzunligi 681 metrlik ko'prikdan avtomobil 15 m/s tezlik bilan bosib o'tdi. Avtomobil qolgan qismini 17sda bosib o'tdi. U butun yo'l davomida qanday o'rtacha tezlik bilan harakat qilgan?
15-masala Poyezd Toshguzar-Dehqonobodgacha bo'lgan 57km masofaning yarmini 25m/s tezlik bilan bosib o'tgan. Poyezdning butun yo'l davomidagi o'rtacha tezligini toping.
16-masala Avtomobil Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan 54 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanib o'tdi.Uning ko'prikdan o'tish vaqtini aniglang.
17-masala Otliq Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan 4m/s tezlik bilan harakatlangan. Ko'prikdan qancha vaqtda o'tgan?
18-masala Ikkita otliqdan biri Amudaryo uzra uzunligi 681m bo'lgan ko'prikni 45 s davomida,ikkinchisi esa 50 s da bosib otdi.Otliqlar qanday o'rtacha tezlik bilan harakatlangan? Tezliklarni taqqoslang.
19-masala Toshguzar-Dehqonobod uchastkasida harakatlanayotgan poezd tezligini 20 s da 72 dan 54km\soat gacha kamaytirdi. Tezlikning vaqtga bog'lanish formulasi Vx(t) ni yozing va bu bog'lanish grafigini chizing.
20-masala Amudaryo uzra uzunligi 681 m bo'lgan ko'prikdan AB yo'nalish bo'yicha 54 km/soat tezlik bilan mototsiklchi yo'lga chiqdi. Xuddi shu paytda ko'prik oxiridan (B punktga) mototsiklchining harakat yo'nalishida 5m/sek tezlik bilan velosipedchi ham harakat qila boshladi. Amudaryo ko'prigining boshidan qanday masofada mototsiklchi velosipedchini quvib yetadi.
Mototsiklchi va velosipedchini moddiy nuqta deb oling.

Download 206,99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 206,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matbuot materiallardan foydalanish

Download 206,99 Kb.